Daryo | Rasmiy kanal
456K subscribers
112K photos
4.79K videos
7 files
94K links
“Daryo” saytining rasmiy kanali

English — @daryo_eng
Русский — @daryo_russian
Kirill — @daryo_kirill
Tezkor — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Lifestyle — @daryo_lotin

Tahririyat — @daryoga_murojaatbot
Reklama — +998 90 185 02 32
Download Telegram
Xitoyda Fransiya fuqarosi qatl etildi

Erkak metamfetamin tayyorlash va sotishda ayblangan. Fransiya hukumati uni afv etishni so‘ragan edi.

Batafsil — https://daryo.uz/njB-HapvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Saida Mirziyoyeva Mar-a-Lagoda Serjio Gor bilan uchrashdi

AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor bilan Vashingtonda ham uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/gWDdd-pvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar pora bilan ushlandi

“Daryo” manbalarining xabar berishicha, amaldor davlat zaxirasida bo‘lgan 20 sotix yer maydonini pul evaziga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/Hrm8datDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda uch kun sel xavfi borligi e’lon qilindi

To‘qqizta viloyat tog‘li hududlaridagi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor.

Batafsil — https://daryo.uz/fcfYc-tDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Eronda qolib ketgan AQSHning qiruvchi samolyoti uchuvchisi qanday qutqarildi?

Eron AQSH harbiy-havo kuchlarining F-15 qiruvchi samolyotini urib tushirdi va ekipaj a’zolaridan biri Eron hududida deyarli ikki kun faqat to‘pponcha bilan qurollangan holda qolib ketdi. U qanday qutqarildi? Murakkab operatsiyaning barcha tafsilotlari.

Batafsil — https://daryo.uz/EHJbK-pDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Bog‘cha bolalari kefirdan zaharlangan”. Vazir maslahatchisi Toshkent viloyatidagi ommaviy zaharlanish haqida

Sog‘liqni saqlash vaziri maslahatchisi Abdurahmon Ismoilov Bo‘ka, O‘rta va Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on va Piskent tumanlaridagi bog‘chalarda ro‘y bergan ommaviy zaharlanishga kefir tarkibida aniqlangan stafilokokk sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/oqlNchtDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekistonda talabalarni o‘qish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlandi

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlanib, unda oliy ta’lim tizimini tashkil etish, ta’lim jarayoni, boshqaruv, moliyaviy munosabatlar hamda talabalar va pedagog xodimlarning huquq va majburiyatlari belgilandi.

Batafsil — https://daryo.uz/oa9SbapvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda 7-aprel kuni harorat yana pasayib, yomg‘ir yog‘adi

Prognozlarga ko‘ra, seshanba kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini, qor ko‘chishi xavfi bor.

Batafsil — https://daryo.uz/kJNKB-tvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda unni birja orqali sotish talabini buzgan 25 ta korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Raqobat qo‘mitasi ichki bozorda bug‘doy mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish uchun birja savdolarida davlat resursi bug‘doyni xarid qilgan hajmining tegishli normasi bo‘yicha un mahsulotini savdolariga chiqarish majburiy ekanini eslatdi.

Batafsil — https://daryo.uz/ybm3hatvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Toshkentda ikki kishi itlar ustiga mashina haydadi

Bozorda qorovul bo‘lib ishlovchi ushbu ikki shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, chora ko‘rish uchun sudga berildi.

Batafsil — https://daryo.uz/wpqJs-pvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
AQSH va Eron urushni 45 kunga to‘xtatishni ko‘rib chiqmoqda

Vaqtinchalik sulh urush butunlay tugashiga olib kelishi mumkin. Tramp 8-aprelgacha sulh uchun muhlat bergan. Aks holda AQSH Eronning fuqarolik infratuzilmasini nishonga olmoqchi.

Batafsil — https://daryo.uz/61cKBapvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Afg‘onistondagi suv toshqinlarida 100 ga yaqin odam halok boʻldi

Minglab oilalar boshpanasidan ayrilib, oziq-ovqat va ichimlik suvi tanqisligiga duch keldi. Tabiiy ofat ortidan Afgʻonistonda zilzila ham qayd etildi.

Batafsil — https://daryo.uz/Hz5Ku-pvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Eron razvedkasi rahbari halok boʻldi

Majid Xademiy razvedka tuzilmalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. U milliy xavfsizlik va strategik mudofaa fanlari bo‘yicha ilmiy darajalarga ega bo‘lgan.

Batafsil — https://daryo.uz/seu6X-pDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
AQSHning F-35 va F-22 qiruvchilarini urib tushirish imkonsizmi?

Qo‘shma Shtatlar havo ustunligiga erishmay turib biror harbiy kampaniyani boshlamaydi. Boisi AQSH harbiy doktrinasi havo hukmronligiga erishishga qaratilgan. Buning uchun esa ilg‘or texnologiya, jumladan, beshinchi avlod samolyotlari talab etiladi. Maqolada AQSH havo kuchlariga xizmat qilayotgan ikkita stels qiruvchi — F-22 va F-35 haqida batafsil so‘z boradi.

Batafsil — https://daryo.uz/q0L5GJpDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Ipoteka bank OTP Group 16,99% stavkada “Oson” ipoteka aksiyasini yo’lga qo’ydi

Aksiyada yillik stavka 16,99% gacha pasaytirildi, taklif cheklangan muddatda — 1-apreldan 30-iyungacha amal qiladi.

Aksiya shartlari:
•yillik foiz stavkasi — 16,99%
•boshlang‘ich badal — 15% dan boshlab
•kredit muddati — 20 yilgacha
•yuqori kredit summasi — 480 mln so‘mgacha
•o‘zini o‘zi band qilganlar hamda rasmiy daromadga ega mijozlar uchun amal qiladi

Aloqa markazi: (78) 150-89-13.

Reklama
O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/HtMKRftDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Yandex Uzbekistan “G‘azalkent” futbol klubi bilan bosh homiylik shartnomasini imzoladi

Batafsil — https://daryo.uz/yandex

Reklama
“Hozir daydi top”. Olmazor IIB amaldori profilaktika inspektorlariga daydi topib, bayonnoma rasmiylashtirishni buyurdi

U agar daydi topilmasa, xodimlar o‘zi yoki qarindoshini daydi sifatida ko‘rsatishi kerakligini aytgan. IIV holat yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/u2PEiBpDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Odam savdosi va zo‘ravonlikda ayblanayotgan “influenser”: Endryu Teyt nega O‘zbekistonga keldi?

4-aprel kuni Endryu Teyt o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga O‘zbekistonga kelgani aks etgan videolar joyladi. Videoda uni aeroportda katta ehtirom bilan kutib olinganini ko‘rish mumkin. Bu holat O‘zbekistonda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Batafsil — https://daryo.uz/02RqlatDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
⚡️ Shoshilinch xabar: DISKONT’da “Super arzonroq narxlar” haftaligi boshlandi!

Faqat 6-9-aprel kunlari maishiy texnika va smartfonlar arzonroq narxda.

Bozor aylanishga vaqt sarflamang, eng ma’qul narxni DISKONT’dan toping.

Hoziroq buyurtma berish 👈

Qimmatga olma DISKONT’dan ol!
Bog‘lanish uchun: 712077788
Saytimiz: diskont.uz

Telegram | Manzillar

Reklama
Bangladeshda kasallikdan 100 ga yaqin bola vafot etdi

Mamlakatda 6 oylikdan boshlab qizamiqqa chalinish holatlari keskin ortdi. Kasallikka qarshi emlanish 2025-yilgi tartibsizliklar va hukumat almashinuvi sabab qoldirilgandi.

Batafsil — https://daryo.uz/-ddJratDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo