Daily Right
55 subscribers
28 photos
4 videos
25 files
46 links
🖥️Hamkorlik uchun @DailyRightbot
Download Telegram
🏛️Dunyoda 1-raqamli Garvard universitetining tekin onlayn kurslarida qatnashishni istaysizmi?🤩

Garvard universiteti butun dunyo boʻylab talabalar uchun oʻz onlayn kurslarini edX platformasi orqali taqdim etmoqda.🥳

Bunday imkoniyatni aslo qoʻldan boy bermaslik lozim😉

🔰Tibbiyot
🔰Dasturlash
🔰Gumanitar fanlar
🔰Computer science
🔰Biznes sohalari boʻyicha 100 dan ortiq tarmoqlarda "amerikancha" bilimlarni Garvard onlayn kurslaridan oling

Havola: https://pll.harvard.edu/catalog/free

Manba

@𝑫𝒂𝒊𝒍𝒚𝑹𝒊𝒈𝒉𝒕
👍4🔥1🤯1
#DailyQuotes

Internetda oʻqigan hamma narsangizga ham ishonaveramang.

©️Abu Rayhon Beruniy

@𝑫𝒂𝒊𝒍𝒚𝑹𝒊𝒈𝒉𝒕
😁19👏21👍1😢1
🇺🇿🇰🇬 So'x qanday hudud, u qay tarzda paydo bolgan? Boshqa anklav va eksklavlar ham mavjudmi?

So'x, Shohimardon, Qalacha, Jangail  - Qirg'izistondagi o'zbek anklavlari

Barak   - O'zbekistondagi qirg'iz anklavi

Vorug', G'arbiy Qalacha - Qirg'izistondagi tojik anklavlari

So'x anklavining janubida 40 gektarlik Oʻzbekiston hududi ham joylashgani aytiladi. Bu hudud Qirg'izistonning Tayan qishlog'iga chegaradosh bo'lib, rasmiy nomi aniq emas.
Bundan tashqari yana ba'zi juda kichik hududdan iborat eksklavlar ham mavjud. Ularni xaritada sinchkovlik bilan koʻrish mumkin.


Anklavlar "Stalinning Vaqt Bombalari"midi?

Batafsil👇
Markaziy Osiyodagi yirik muammolardan biri - anklavlar va eksklavlar.

Manba

@DailyRight
👍4🥰1
#DailyPhoto🛰️

Shohimardon, So'x va Oʻqchi qishlogʻining Google Earth'da 🌍 olingan suratlari.

@DailyRight
🔥2
#DailyPoll

1991-yilda Mustaqillik e'lon qilinishi arafasida boʻlajak davlat nomi ham muhokama qilingan. Bu haqida Sodiq Safoyev Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida maʼlum qilgan edi. Variantlar orasida "Turkiston" nomi ham mavjud boʻlgan. Ammo oʻsha vaqtda davlat nomidan koʻra uning mustaqilligini eʼlon qilish muhimroq edi.
Xoʻsh, agar siz oʻsha jarayonda boʻlganingizda qaysi nom uchun ovoz bergan boʻlar edingiz? "Oʻzbekiston" yoki "Turkiston"

@DailyRight
👍8
#DailyNarx_navo

Toshkent shahrida qolipli non narxi 2800 soʻmni tashkil etmoqda. Yana talabalarga ogʻir keladigan boʻldi 😅🤦🏻‍♂️

Biz koʻp non yeb yuborayapmiz qadrli yurtdoshlar.

©️Deputat

@DailyRight
😁4😢2🤯1
#DailyRight

Juma ayyomining xayri va barokati barchamizga boʻlsin, aziz dindoshlar 🌙

@𝑫𝒂𝒊𝒍𝒚𝑹𝒊𝒈𝒉𝒕
👍52😢1
#DailyQuotes

Nimanidir boshladingizmi uni oxirigacha davom ettiring. Xuddi, Dori kabi.

"Suzishda davom eting..."

©️Dori (Nemoni izlab)

@𝑫𝒂𝒊𝒍𝒚𝑹𝒊𝒈𝒉𝒕
👍5🤩2
#Daily_analysis

Qozogʻistonda konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida referendum boʻlib oʻtdi. Avtoritar Postsovet respublikalaridan farqli ravishda Qozogʻiston birinchi boʻlib konstitutsiyani "niqob" qilishdan farqli oʻlaroq konstitutsiyaga haqiqiy oʻzgartirish kiritmoqda. To'qayevning shaxsan oʻzi konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritishdan maqsad prezidentlik muddatini "0"ga tushirish emasligini ochiqcha aytdi va prezidentlik muddati tugashi bilan ketishini maʼlum qildi. Bu bilan Qozogʻiston demokratik islohotlar yoʻlida bizdan ancha, takrorlayman ancha oʻzib ketdi. Yangi rahbar - yangi qon degani. Bizda esa...

Gruziya qanday muvaffaqiyatga erishdi?! Yoki ularda ham konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritib bitta avtokrat bilan erishdimi. Latviya, Litva, Estoniya-chi ? Aslida bu boltiqliklar 90-yillardayoq oʻzining haqiqiy DEMOKRATIK yoʻliga tushib olgan edi.

Ammo Markaziy Osiyodagi "beshlik"da ahvol boshqacha boʻlib qolmoqda. Tojikistonda Imomali yakka hukmronlik qilmoqda. Oʻzidan soʻng katta ehtimol bilan oʻgʻli taxtga oʻtiradi. Xuddi "Respublika" nomli xonlikka oʻxshaydi.Turkmaniston haqida gapirmasa ham boʻladi, dunyoda 2-raqamli avtokratik, yopiq davlat va bu avloddan avlodga davom etmoqda. Qirg'izstonda rahbarlar tez-tez almashsada, baribir bu davlatda davlat boshqaruvi yaxshi rivojlanmagan, ammo har holda boshqa qardoshlari kabi norasmiy monarxiya emas.

"Nazarboyev “Elboshi” maqomidan mahrum bo‘ldi, Qozog‘iston endi super-prezident respublika emas, u kuchli parlamentga ega prezidentlik respublikasiga aylantirilmoqda", deyiladi Markaziy saylov komissiyasi xabarida. Bizda ham
#ochiqlik #shafoflik heshteglari bilan konstitutsiyaviy islohotlar oʻtkazilishiga bel bogʻlashdi. Ammo natija ushbu #heshteglarga umuman aloqasi boʻlmagan avtokratiyaga yetaklamasa deb qoʻrqaman. Agarda shunday boʻladigan boʻlsa, Qozogʻistonning 4,5,6-prezidentlari bilan ham katta ehtimol bilan bizning bitta rahbar uchrashadi.

"Yevropa boʻylab bir sharpa kezib yuribdi—kommunizm sharpasi"

©️ Kommunistik partiya manifesti ( Karl Marks va Fridrix Engels)

Bizda ham konstitutsiyaviy islohotlar sharpasi kezib yuribdi.

@𝑫𝒂𝒊𝒍𝒚𝑹𝒊𝒈𝒉𝒕
👍5🔥3😢2👏1
#DailyAnalysis

Rossiya imperatori Putin I on hazratlari bobokaloni Pyotr I hukmronligi hududlarini tiklamoqchi emish.

Shunda Ukarainadan tashqari Boltiqbo'yi va Shimoliy Qozogʻistondan ham yerlarini qaytarib olmoqchimi?🤔

Ispanchasiga aytganda
"Gran estúpido Poutine I"

@DailyRight
👍5🔥2👏1🤯1
Daily Right pinned Deleted message
elektron_kutubxona_r_bredberi_farengeyt_boyicha_451_daraja.pdf
1.2 MB
#DailyBook

Rey Bredberining dunyo boʻylab mashhur boʻlgan fantastik, detektiv, sarguzasht janridagi "Farengeyt boʻyicha 451 daraja" romani.

@𝑫𝒂𝒊𝒍𝒚𝑹𝒊𝒈𝒉𝒕
👍3🔥1
#Hayit_muborak

Butun musulmon ahliga bugungi Qurbon Hayiti muborak boʻlsin!

@𝑫𝒂𝒊𝒍𝒚𝑹𝒊𝒈𝒉𝒕
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tim is an official IELTS examiner in Uzbekistan.

He is answering/explaining the differences between band 8, 8.5 and 9 candidates.

@speaking_team
👍3🔥1
#RamadanKareem

Ramazon Karim muborak boʻlsin!

@DailyRight
👍21
#Kebqoldi

Farosat koʻrinmaydi lekin yoʻqligi seziladi...

@DailyRight
😁3👍1