DTPI rasmiy kanali
7.87K subscribers
34.2K photos
1.99K videos
378 files
9.21K links
Download Telegram
#sport
#talaba_yutugi
#xushxabar

Sport - sog'lik garovi

🏛 Denov tumani sport maktabida 3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan tuman, shahar mahallalarida istiqomat qilayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan nogironligi bo'lgan shaxslar o'rtasida sportning Parapauerlifting turi bo'yicha sport musobaqasi o'tkazildi.

🏆 Mazkur musobaqada 49 kg vazn toifasida Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 2 MI-21 guruhi talabasi Abdurashidov Bahodir faol ishtirok etib, faxrli 1-o'rinni egalladi.

dtpi.uz
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Bobomurodov Eshmamat Norbadalovich O‘ZBEKISTON “VETERAN” JANGCHI-FAXRIY VA NOGIRONLARI BIRLASHMASI tomonidan Yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongida Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirishda faol va samarali ishlarini inobatga olib “YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH UCHUNmedali hamda ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Pedagogka fakulteti nomidan ustoz Bobomurodov Eshmamat Norbadalovichni ushbu yutug‘lari bilan samimiy tabriklab qolamiz!

🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram
Bugun Pedagogika fakulteti anjumanlar saroyida Boshlang‘ich ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchilari D.Meliyeva, O.Ergasheva, Tarix va falsafa kafedrasi dotsenti T.Xo'janova va Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi D.Boboqulovalar tashabbusi bilan Boshlang‘ich ta'lim yo'nalishi 1-bosqich 7BT-2023 guruhi talabalari ishtirokida "Bosh Qomusimiz- baxtimiz kafolati" mavzusida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligiga bag'ishlangan adabiy-badiiy tadbir bo'lib o'tdi.

🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram
8-DEKABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI KUNI

🏛 Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar , uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda .

🔰 Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida ham Tarix va falsafa kafedrasi professor o'qituvchilari va talabalar ishtirokida “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va uning yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida so'z yuritilib , talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram
Bugun Filologiya fakulteti anjumanlar saroyida Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchilari Feruza Ismatullayeva, Shohsanam Yusupova va Maftuna Narzullayevalar tashabbusi bilan O'zga tilli guruhlarda rus tili ta'lim yo'nalishi 3-bosqich 309-guruh talabalari ishtirokida "Konstitutsiyam - faxrim, g'ururim" mavzusida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligiga bag'ishlangan adabiy-badiiy tadbir bo'lib o'tdi.

🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram