ABITURENT_UZ(DTM)
110 subscribers
285 photos
240 videos
271 files
1.17K links
ABITURIYENT_UZ (DTM) RASMIY KANALI
HUSH KELIBSIZ
DTM TESTLAR
BLOK TESTLAR
MAJBURIY FANLARDAN TESTLAR
ENG SO'NGGI YANGILIKLAR
Adminga murojat unchun👉👉 @dtmabiturent_uz
ABITURIYENTLARGA OMAD YOR BO'LSIN.👨‍🎓👩‍🎓👌👌
Download Telegram
​​​​⚡️O‘zbekiston kinematografiya akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020 yil 20 noyabr kuni “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va kino ijodkorlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvning 92-sonli BAYoNI qaroriga muvofiq:

❗️ “O‘zbekkino” Milliy agentligiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, ta’lim va kinematografiya sohasi vakillari va mutaxassislari bilan hamkorlikda 2021 yil 1 aprelga qadar kinematografiya sohasida mutaxassis kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan O‘zbekiston kinematografiya akademiyasini tashkil etish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatilgan.

@DTM_Abiturentt_uz
​​​​Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi tegishli qarori bilan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi institutning klinik bazasi etib belgilandi.

Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va unga qabul har yili belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida va qo‘shimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Institutda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, klinik ordinatura, magistratura mutaxassisliklari va 2021 yildan boshlab tayanch doktoranturada kadrlar maqsadli tayyorlanadi.

Institut Farg‘ona viloyatidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarida aniq fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi o‘qituvchilarga doimiy ravishda ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatadi.


Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAE6JbSV7-rkZQ54BLA
​​Gapirish ko‘nikmasini baholash mezonlari va imtihon materiallari

Gapirish ko‘nikmasi tillarni o‘rganishning muhim qismidir. Shuning uchun talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida gapirish (speaking) ko‘nikmasini baholash mezonlari va chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining gapirish ko‘nikmasini baholash qismi bo‘yicha savollar Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (https://dtm.uz/page/cefr_speaking) ga joylashtirildi.
O‘ylaymizki, gapirish bo‘limining baholash mezonlari va test namunalari o‘qituvchilar va o‘quvchilarda chet tilida gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishga va chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishlarida amaliy yordam beradi.
Gapirish ko‘nikmasini baholash mezonlari: Bu yerda
Gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha savollar: Bu yerda

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAE6JbSV7-rkZQ54BLA
​​Жиззахда Россия тиббиёт университетининг филиали ташкил этилади

Вазирлар Маҳкамасининг «Н.И. Пирогов номидаги Россия миллий илмий-текшириш тиббиёт университети» федерал давлат автоном олий таълим муассасаси филиалини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисидаги қарори лойиҳаси эълон қилинди.

«Н.И.Пирогов номидаги Россия миллий илмий-текшириш тиббиёт университети» Федерал давлат автоном олий таълим муассасаси Жиззах шаҳрида
«Н.И. Пирогов номидаги Россия миллий илмий текшириш тиббиёт университети» Федерал давлат автоном олий таълим муассасаси филиалини ва «Н.И. Пирогов номидаги Россия миллий илмий-текшириш тиббиёт университети» Федерал давлат автоном олий таълим муассасаси филиали клиникаси ташкил этилади.

Филиал ва Филиал клиникаси фаолиятининг асосий йўналишлари қуйидагилардан иборат:

👉 республиканинг соғлиқни сақлаш соҳаси тармоқларидаги муҳим тиббий-касбий ва тиббий-технологик вазифаларни ҳал этишга қодир бўлган юқори малакали тиббиёт кадрларни тизимли-узлуксиз халқаро таълим стандартларига мувофиқ тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш;

👉 даволаш иши, педиатрия иши, стоматология, фармация ва тиббиётнинг бошқа соҳаларида фундаментал ва амалий илмий тадқиқотлар олиб бориш;

👉 соғлиқни сақлаш соҳасида тиббиёт кадрлар тайёрлаш тизимини такомиллаштириш ва модернизация қилишга йўналтирилган янги таълим дастурлари ҳамда ўқитиш шаклларини ишлаб чиқиш ва татбиқ этиш;

👉 тиббий таълим, илм-фан ва ишлаб чиқаришнинг яқин интеграциялашуви учун шарт-шароитлар яратиш;

👉 илмий-педагогик салоҳиятнинг ривожланишини қўллаб-қувватлаш, педагогик технологиялар ва ўқитиш усулларини фаол такомиллаштириш;

👉 клиникада, клиник, ўқув ва ўқув-амалиёт базаларида талабалар амалий кўникмаларини самарали ўзлаштириш учун шарт-шароитлар яратиш;

👉 тиббий таълим ҳамда илмий-техникавий соҳаларда хорижий мамлакатларнинг етакчи таълим муассасалари, илмий-тадқиқот марказлари ва бизнес ҳамжамияти билан узоқ муддатли муносабатларни ривожлантириш ва мустаҳкамлаш.

Филиал тиббиёт кадрларига бўлган эҳтиёжни ҳисобга олган ҳолда ўқитишнинг Соғлиқни сақлаш вазирлиги билан келишилган асосий бакалавриат йўналишлари (магистратура ва клиник ординатура (резидентура) мутахассисликлари) бўйича барча даражалардаги мутахассисларни, шу жумладан, олий малакали илмий ва илмий-педагог кадрларни тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини оширишни амалга оширади.

📚 Филиалда ўқитиш рус тилида, Россия Федерациясининг федерал таълим стандартларига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги билан келишилган ҳолда Бош муассаса томонидан тасдиқланган ўқув режалари ва дастурларга мувофиқ тўлов-контракт асосида амалга оширилади.

Филиалнинг таълим фаолияти 2022/2023 ўқув йилидан бошланади.

Филиал битирувчиларига Ўзбекистон Республикасида олий маълумот тўғрисидаги ҳужжат сифатида тан олинадиган Университет дипломи берилади.

👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJqJyTEWbIsoHQ
🔅#FAKT

Mutolaa insonni go’zallashtiradi.

Yuqori darajadagi aqliy salohiyat insonning tashqi ko’rinishini ham go’zallashtiradi. Har qanday mavzuda qiziqarli suhbat qura olish va o’z bilimini namoyish etish suhbatdoshining mehrini qozonishga yordam beradi.
👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJqJyTEWbIsoHQ
​​Test namunalari ko‘paytirildi

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga “Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari” bo‘yicha yangi namunaviy test materiallari joylashtirildi.

Talabgorlar https://dtm.uz/page/test_namunalari havolasi orqali yangi test namunalari bilan birgalikda, oldindan mavjud bo‘lgan namunaviy test materiallari bilan ham tanishib, test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.

Hozirda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida:

👉 A2 tilni bilish darajasi bo‘yicha – ingliz tilidan;
👉 B1 tilni bilish darajasi bo‘yicha – ingliz, nemis, fransuz va arab tillaridan;
👉 B2 tilni bilish darajasi bo‘yicha – ingliz, nemis, fransuz va arab tillaridan;
👉 C1 tilni bilish darajasi bo‘yicha – ingliz, nemis, fransuz va arab tillaridan test namunalari mavjud.

Elsatib o‘tamiz, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (https://dtm.uz/page/cefr_speaking) ga gapirish (speaking) ko‘nikmasini baholash mezonlari va gapirish ko‘nikmasini baholash qismi bo‘yicha savollar ham joylashtirilgan.

👨🏻‍🎓 O‘ylaymizki, test namunalari talabgorlarning chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlariga yordam beradi.
👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJqJyTEWbIsoHQ
​​Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari endi viloyatlarda ham o‘tkaziladi

🔖 Oktabr oyida Davlat test markazi tomonidan “Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari” bo‘yicha talabgorlarning fikrlarini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilgan edi.

🙋🏻‍♂️ So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aksariyat talabgorlar chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarini o‘z yashash hududida topshirish istagini bildirdi.

Shu sababli, Davlat test markazi talabgorlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida 2021-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovlarini viloyatlarda va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

📍 Bunda talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish mobaynida test topshirish hududini o‘zlari tanlashlari mumkin.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatga olish Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali (https://dtm.uz/page/cefr) amalga oshirilmoqda.

📆 Yanvar oyi uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirgan nomzodlardan hujjatlar 2021-yil 4-8-yanvar kunlari Davlat test markazi va uning hududlardagi bo‘limlari orqali qabul qilinadi.

Test sinovlari esa talabgorlarning sonidan kelib chiqqan holda 2021-yil 21-30-yanvar oralig‘ida o‘tkaziladi.
👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJqJyTEWbIsoHQ
Elementar matematikadan qòllanma.pdf
9.1 MB
Oliy o'quv yurtiga kiruvchilar uchun "Elementar matematikadan qo'llanma".

👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJqJyTEWbIsoHQ
11-sinf Jahon tarixidan mavzulashtirilgan testlar.pdf
1.5 MB
📘11 sinf jahon tarixi[pdf]
📖Elektron -yangi nashr asosida tuzilgan mavzulashtirilgan test.


👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJqJyTEWbIsoHQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Жорий йилда 27 декабрь якшанба кунига тўғри келганлиги сабабли мактабларда қишки таътил бошланғич синфлар учун 25 декабрь (жума), юқори синфлар учун 26 декабрь (шанба) кунидан бошланади. Бу ҳақда Халқ таълими вазирлиги матбуот котиби Лайло Рустамова маълум қилди.


👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJqJyTEWbIsoHQ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
​​​​Maktablarda bu yil qishki taʼtil qachon boshlanadi?

Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablarda 2020 yilda qishki taʼtil 27 dekabrdan oldinroq boshlanadi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, 2020 yil 27 dekabr yakshanba kuniga toʻgʻri kelgani sababli qishki taʼtil boshlangʻich sinflar uchun 25 dekabr va yuqori sinflar uchun 26 dekabrdan boshlanadi.

📈 Qishki taʼtil 2021 yilning 10 yanvarigacha davom etadi. 11 yanvardan barcha oʻquvchilarga darslar boshlanadi.

Batafsil ma'lumot
@DTM_Abiturentt_uz
​​​​#Rasmiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axboroti

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yil 16 yanvardan barcha onlayn shaklda oʻqiyotgan talabalar uchun oʻquv jarayoni anʼanaviy shaklda boshlanadi, degan notoʻgʻri xabarlar tarqaldi.

Shuni rasman maʼlum qilamizki, oliy taʼlim muassasalarining barcha talabalarini toʻliq anʼanaviy taʼlim shakliga oʻtkazish rejalashtirilmagan.

Batafsil ma'lumot
@DTM_Abiturentt_uz
​​#Rasmiy

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ахбороти

Бугун ижтимоий тармоқларда 2021 йил 16 январдан барча онлайн шаклда ўқиётган талабалар учун ўқув жараёни анъанавий шаклда бошланади, деган нотўғри хабарлар тарқалди.

Шуни расман маълум қиламизки, олий таълим муассасаларининг барча талабаларини тўлиқ анъанавий таълим шаклига ўтказиш режалаштирилмаган.

Мазкур масалада янгилик бўлса, вазирлик расмий веб-сайти ва телеграм канали орқали маълум қилинади.
❗️Adabiyot vaqti❗️


1. Tog'ay Murodning qaysi asarida qishloq mehnatkashlarining og'ir qismati,katta-kichik rahbarlarning ularga bepisand munosati aks etgan?
✏️Ot kishnagan oqshom

2. Mirkarim Osimning qaysi asari 1925-yilda yaratilgan bo'lsa ham o'z vaqtida chop etilmagan?
✏️ Yangi ariq

3. Hamza Hakimzoda Niyoziy "Birovni zolim qilib,birovni qilding yaxshi,birovni shoir qilib,birovni shoh qilding"deganda nimani nazarda tutgan?
✏️ qalamni

4. Kim Vatanga ta'rif berish uchun so'z topolmayotgan holatini chamanda sevgilisi rasmini chizishga munosib rang topolmayotgan rassomga o'xshatadi?
✏️ Saida Zunnunova "Mening Vatanim"

5. "Kichkina ko'k qog'oz parchasini ko'rib,hammasiga tushundi.....U xatni o'qimadi,qo'l-oyog'i muz bo'lib turgan joyida qotib qoldi."Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
✏️ O'lmas Umarbekov"Qiyomat qarz"

6. Qaysi ijodkor bolaligini shunday eslaydi:"Buvim mening bolaligimni turli ertak,qo'shiq,dostonlar bilan bezagan,u tez-tez o'zining tushi haqida gapirib berardi"
✏️ Chingiz Aytmatov

7. "Bir qancha yo'l yurib edi oldidan chiqdi katta bir bog',bir yog'i chorbog' juda katta kalondimog'".Ushbu parcha qaysi dostondan olingan?
✏️ "Ravshan"dostonidan

8. "Zamona kimniki","Bo'l","Muncha ko'p"asarlari muallifi?
✏️Zavqiy

9. "Oq kema" asarida kim yuvosh,baquvvat bo'lmasin yalqov,uyquni yaxshi ko'radi,o'rmonchilikka ham shu vajdan kelib qolgan deya ta'riflanadi?
✏️ Seydahmad

10. Qaysi shoir bolalaridan ayrilgandan keyin iztiroblarini bolasini o'g'irlatgan kaklikka o'xshatgan?
✏️Maxtumquli

11. "Xamsa"asaridagi qaysi qahramoni o'z yorini tilidan ham rashk qiladi?
✏️Farhod

12. "Kecha va Kunduz"asarida to'rt chaqaga arzimagan qurboni zamon deb kim aytilgan?
✏️ Akbarali mingboshi

13. O'zbek adabiyotida ilk roman-dilogiya muallifi kim?
✏️ Cho'lpon

14. "Uning ijod maydoniga kirib kelishi mislsiz kuchi bilan hammani o'ziga jalb qilgan notanish bir pahlavonning maydonga kirib kelishiga o'xshaydi.Ha,u ijod maydoniga yosh va kichkina jussasi bilan keldi-yu,juda katta yuk ko'tardi." Ushbu ta'rif qaysi ijodkor haqida?
✏️Usmon Nosir

15. O'zbek adabiyotidagi ilk badiiy doston qaysi?
✏️ Qutadg'u bilig(Yusuf Xos Hojib)

16. ".....yuzlari oyday,o'zlari toyday,yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan..." Ushbu ta'rif qaysi qahramonlar haqida?
✏️ "Uch og'a-ini botirlar"-aka-ukalar

17. Nodiraning muashshar janriga oid asari?
✏️ Firoqnoma

18. Dilining o'rtanganini ho'l bolishdan so'rashni aytgan shoir kim.
✏️Sergey Yesenin

19. Oybeking shoir sifatida shakllanishida kiming ta'siri kuchli bo'lgan.
✏️Cho'lpon

20. Kichik-kichik detallardan katta umumlashma obraz yasay oladigan ijodkor kim?
✏️ G'afur G'ulom

21. Fursatni kapalak umriga qiyos etgan ijodkor kim?
✏️ G'afur G'ulom

22.Qaysi ijodkoring she'rlari shior va chaqiriq bo'lib yangradi?
✏️Usmon Nosir

23. Ufqdan botar quyoshni shart kesilgan boshga o'xshatgan shoir kim?
✏️Usmon Nosir

24. Quyoshni zambarakka o'xshatgan shoir kim?
✏️Rauf Parfi

25. "Odamga quvvat beradigan umid,uning boshini toshdan qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir." Ushbu ta'rif qaysi asar haqida?
✏️ "Ufq"(Said Ahmad)

26. "Qullar" roman-epopeyasi muallifi kim?
✏️ Sadriddin Ayniy

27. Asarda o'nlab insonlar taqdiri borki,shafqatsiz va chigal hayot bo'roni ularni xuddi cho'ldagi bir uyum xashak singari sarson-sargardon qiladi.Ushbu jumla qaysi asar haqida?
✏️ Chinor (Asqad Muxtor)

28. Kitoblarini asrashni vasiyat qilib ketgan ijodjor kim?
✏️ Ozod Sharafiddinov

29. Qaysi ijodkoring she'ridagi har bir misradan ruhiyatga oziq bo'luvchi ma'nolarni ko'plab topish mumkin?
✏️ To'ra Sulaymon (Armon she'ri)

30. Qaysi ijodkor tabiat manzaralarini,hayvonot va o'simlik dunyosini nihoyatda tiniq,ichdan his etib tasvirlay olish qobiliyatiga ega?
✏️ Shukur Xolmirzayev
.👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJqJyTEWbIsoHQ
​​​​​​Toshkentda tibbiyot klasteri negizida Koreya tibbiyot universitetining filiali tashkil etiladi

Hukumatning “Koreya konsorsiumining investitsiya loyihasi doirasida Toshkent shahrida tibbiyot klasterini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahrida 400 oʻrinli, kuniga 3500 ambulator tashrifga moʻljallangan Tibbiyot markazi, shuningdek, quvvati 2400 talaba (bakalavr, magistr)ga taʼlim berishga moʻljallangan Koreya tibbiyot universitetining filialini oʻz ichiga olgan umumiy qiymati 135,2 million AQSH dollari boʻlgan tibbiyot klasterini yaratish boʻyicha taʼsischilari Uclone&SNS Korea Inc, KIND biznes guruhi, KDBank aksiyadorlik guruhi, Shinhan Bank, K-Exim Bank, Koreyaning Chung-Ang universiteti boʻlgan Koreya konsorsiumining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya loyihasini amalga oshirish haqidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAE6JbSV7-rkZQ54BLA
​​​​Kelasi yildan ayrim abituriyentlar yana bir sinovdan oʻtadi

Abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqati aniqlanadi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida aytilgan deya Xalq soʻzi yozgan.

Hujjat bilan abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqatini aniqlash 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab 5 iyundan 5 iyulga qadar Xalq taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligining qarorlari (buyruqlari) bilan hududlar hamda oliy taʼlim muassasalarida tuziladigan Maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Maxsus komissiyalar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

👉 pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish jarayonida abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqati darajasini aniqlash uchun ekspertlar tarkibini tasdiqlash;

👉 abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqati darajasini aniqlash uchun savollar bazasini shakllantirish;

👉 pedagogik layoqatni baholash boʻyicha tasdiqlangan savollar bazasi asosida variantlangan savollar toʻplami(biletlar)ni tasdiqlash;

👉 abituriyentlarning suhbatga jalb etish jadvalini tasdiqlash va eʼlon qilish.
​​E’lon

Ertaga kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinadi

2020/2021 o’quv yilida kollej va texnikumlarga o’qishga kirish istagida bo’lgan abiturientlar ishtirokida o’tkazilgan saralash imtihonlari (test sinovlari, yozma va kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalari 2020 yil 17 dekabr kuni e’lon qilinadi.

Abiturientlar saralash imtihonlari natijalarini o’zlari hujjat topshirgan ta’lim muassasalarida bilishlari mumkin.

Shuningdek, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti - www.dtm.uz orqali ham test sinovlari natijalari bilan tanishish mumkin bo’ladi.

@DTM_Abiturentt_uz
​​​​Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchun 3 ta majburiy fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) dan namunaviy test topshiriqlari joylashtirildi. Unda har bir fan bo‘yicha:

👉 15 tadan test topshirig‘i;
👉 test topshirig‘ining yechilishi;
👉 to‘g‘ri javob;
👉 manba keltirilgan.

👨🏻‍💻 Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari bilan https://dtm.uz/page/majburiy_2020 havolasi orqali kerakli fanni tanlagan holda tanishish mumkin.

Avvalroq umumta’lim fanlaridan ham namunaviy test topshiriqlari (https://dtm.uz/page/namuna_2020) e’lon qilingan edi.

O‘ylaymizki, namunaviy test topshiriqlari abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlarida yordam beradi.

@DTM_Abiturentt_uz
Talaba va oʻquvchilarga poyezd chiptalari uchun 50 foiz chegirma beriladi

2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 10 yanvargacha oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlarida taʼlim olayotgan talabalar hamda oʻquvchilarga poyezd chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma beriladi.
@DTM_Abiturentt_uz