ABITURENT_UZ(DTM)
97 subscribers
285 photos
240 videos
271 files
1.17K links
ABITURIYENT_UZ (DTM) RASMIY KANALI
HUSH KELIBSIZ
DTM TESTLAR
BLOK TESTLAR
MAJBURIY FANLARDAN TESTLAR
ENG SO'NGGI YANGILIKLAR
Adminga murojat unchun👉👉 @dtmabiturent_uz
ABITURIYENTLARGA OMAD YOR BO'LSIN.👨‍🎓👩‍🎓👌👌
Download Telegram
1988591.pdf
255.9 KB
Test varianti.Nemis tili
1920943.pdf
380.3 KB
Test varianti.Fizika
1951494.pdf
267.1 KB
Test varianti.Kimyo
1999592.pdf
660.8 KB
Test varianti.Geografiya
1935993.pdf
233.3 KB
Test varianti.Ingliz tili
1992292.pdf
245.9 KB
Test varianti.Fransuz tili
2002817.pdf
257.4 KB
Test varianti.Qoraqalpoq tili va adabiyoti
@otm_info (kvota_kollej).pdf
33.7 MB
KOLLEJLARGA QABUL PARAMETRLARI TASDIQLANDI

Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2020 yil 7 avgustdagi 2-son bayoniga muvofiq 2020/2021 oʻquv yili uchun vazirliklar va idoralar tizimidagi kollejlarga qabul parametrlari tasdiqlandi.

👉 Kollejlar soni – 200 ta.
👉 Davlat granti asosida qabul parametrlari – 12762 ta.

Kollejlarda kadrlar tayyorlash kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar hisobidan kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 YILGACHA MUDDATDA kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJq7CgO0CodqBw
MAGISTRATURA ABITURIYENTLARI DIQQATIGA!

2020/2021 oʻquv yilida magistraturaga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun maqsadli qabulga tanlovda ishtirok etish maqsadida

HUJJATLARNI QAYTA TAHRIRLASH TARTIBI

Jarayon qanday tarzda amalga oshiriladi?

👉 1. Maqsadli qabul boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarini qayta tahrirlash faqatgina magistraturaga oʻqishga kirish uchun www.magistr.edu.uz veb-platformasi orqali onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun amalga oshiriladi.

👉2. Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentga oʻzi tanlagan oliy taʼlim muassasasi va mutaxassislikni oʻzgartirgan holda, maqsadli qabul belgilangan mutaxassislik boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarini qayta tahrirlash huquqi beriladi.

❗️Bunda:
Abituriyent quyidagi shartlarni inobatga olgan holda maqsadli qabul koʻrsatkichlari ajratilgan oliy taʼlim muassasasiga yozma ariza bilan murojaat qiladi:

Abituriyent tegishli mutaxassislik negizidagi mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tugatgan boʻlishi shart;

Abituriyent kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, talabalar safiga qabul qilingach, oʻqishni tamomlagandan soʻng mazkur oliy taʼlim muassasasida kamida 5 yil ishlash sharti belgilangan uch tomonlama shartnomani imzolashga rozi boʻlishi kerak.

Masalan, Termiz davlat universitetining tegishli magistratura mutaxassisligi boʻyicha Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti uchun alohida maqsadli qabul koʻrsatkichi tasdiqlangan boʻlsa, abituriyent Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga ariza bilan murojaat qiladi.

👉3. Shundan soʻng, maqsadli qabul koʻrsatkichlari ajratilgan oliy taʼlim muassasalari abituriyentlarning arizalarini umumlashtirgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga murojaat qiladi.
👉 4. Abituriyentlar arizalari va oliy taʼlim muassasalari murojaatlari asosida vazirlik texnik ishchi guruhi tomonidan magistr.edu.uz platformasidagi abituriyentlarning hujjatlari tahrirlanadi.

✔️ Abituriyentlarga maqsadli qabul uchun hujjatlarini qayta tahrirlashga 2020 yilning 21 avgustiga qadar (21 avgust kuni ham) ruxsat berilgan.

👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJq7CgO0CodqBw
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Masofaviy ta'limga o‘tish kontrakt kamayishiga sabab bo‘lmasligi tushuntirildi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Maqsud Hamroyev masofaviy ta'lim shakliga o‘tilishi to‘lov-kontrakt miqdori kamayishiga sabab bo‘lmasligini tushuntirdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Maqsud Hamroyev masofaviy ta'lim shakliga o‘tilishi to‘lov-kontrakt miqdori kamayishiga sabab bo‘lmasligini tushuntirdi.

tilishi to‘lov-kontrakt miqdori kamayishiga sabab bo‘lmasligini tushuntirdi.

«Oliy ta'lim muassasalari pandemiya davrida ham odatdagidek ish haqi va stipendiyalarni to‘lab kelyapti. Bu xarajatning kamayishiga olib kelmaydi. Kommunal xarajatlarning ma'lum miqdorda qisqarishini xarajatlarning kamayishi deb nazarda tutadigan bo‘lsak, hozirgi belgilangan to‘lov-kontraktning o‘zi o‘qituvchining ish haqiga yetmaydi.
Batafsil👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJq7CgO0CodqBw
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2020
#Tarqating

Hurmatli abituriyentlar, DIQQAT bilan koʻring!

OTMlariga kirish imtihonlari 2-sentabrdan boshlab 2 hafta davomida ochiq stadionlarda otkaziladi. U qanday va qay tartibda otkaziladi?

👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJq7CgO0CodqBw
💥💥💥 «Abituriyent ruxsatnomasi»ni 23-24-avgustdan boshlab abitur.dtm.uz sayti orqali taqdim etish rejalashtirilmoqda

❗️Abituriyentlar «Abituriyent ruxsatnomasi»ni abitur.dtm.uz saytidan elektron shaklda yuklab olgach, printer orqali oq qog‘ozga chiqartirgan holda imtihonga pasport bilan birga olib kelishlari kerak.
👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJq7CgO0CodqBw
#Qabul2020
#Tarqating

⚡️⚡️⚡️​​Abituriyentlar ruxsatnomalarni ertadan boshlab olishi mumkin

Bu haqda DTM direktori oʻrinbosari Sardor Radjabov maʼlum qildi.

Unga koʻra, ertadan, yaʼni 22 avgustdan boshlab DTMning saytidagi har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida abituriyent ruxsatnomasi qoʻyiladi. Har bir abituriyentning roʻyxatdan oʻtganda koʻrsatgan telefon raqamiga bu haqda SMS-xabar yuboriladi.

👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJq7CgO0CodqBw
Test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyent ruxsatnomasi namunasi

👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJq7CgO0CodqBw
​​Test sinovlarini o‘tkazish muddatlari

Test sinovlari 2-sentabrdan boshlanadi va kuniga 2 marta, havo salqin paytda o‘tkaziladi.

Bunda, test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 gacha,
2️⃣-smenada 17:00 dan 20:00 gacha bo‘ladi.

Abituriyentlarni kiritish:

1️⃣-smenada 06:30 dan,
2️⃣-smenada 15:30 dan boshlanadi.

Shuning uchun, abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan hududga test sinovlari boshlanishidan 1-1,5 soat oldin kelishlari kerak bo‘ladi.

Test sinovlari davomiyligi bo‘yicha eng ko‘p Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida 12 kun, eng kam Farg‘ona viloyatida 10 kun davom etadi.
👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJq7CgO0CodqBw
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Matbuot anjumani: Test sinovlarini o‘tkazish tartibi va abituriyent ruxsatnomasini tarqatish masalalari

2020-yil 21-avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi zalida bo‘lib o‘tgan «Test sinovlarini stadion va xiyobonlarda o‘tkazish tartibi, abituriyent ruxsatnomasining shakli va uni tarqatish masalalari» mavzusidagi matbuot anjumani.

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJq7CgO0CodqBw
#DoubleDegree
#Qabul2020

⚠️ Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining 2020/2021 oʻquv yili qabuli uchun xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida qabul koʻrsatkichlari tasdiqlandi

👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJq7CgO0CodqBw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2020

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filiali direktori, professor Shamsiddin USMONOV 2020-2021 oʻquv yili uchun filialda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazishga tayyorgarlik jarayonlari haqida maʼlumot berdi.
👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJq7CgO0CodqBw
#Qabul2020
#Abituriyent

Suratdagi savolga javob:

Abituriyentlar ruxsatnomasini ertaga, 22 avgustdan boshlab olish mumkin. Ammo bu degani ruxsatnomalar faqat 1 kun, yaʼni ertaga beriladi, boshqa kuni berilmaydi, degani emas.

Ruxsatnomalarni ertadan boshlab, toki test kunigacha, istalgan payt imkoningiz boʻlganda, bemalol abitur.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizga kirib, yuklab olishingiz mumkin. Testga kirish uchun ruxsatnomani printerdan qogʻozga chop etib olishingiz ham kerak boʻladi.

❗️Ruxsatnomani rangli qilib chop etish shartmas, oq-qora rangdagisi ham boʻlaveradi.

👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJq7CgO0CodqBw
​​Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

🔖 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni shaxsiy kabinet (abitur.dtm.uz)laridan olishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Abituriyentlardan ruxsatnomalarni avgust oyi yakuniga qadar yuklab olib, chop etib olishlarini so‘raymiz.

Mazkur ruxsatnoma test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlarga beriladi.

“Abituriyent ruxsatnomasi” test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga berilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

👇Batavsil_ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEsaiJq7CgO0CodqBw