DIP Animation
165 subscribers
99 photos
66 videos
76 links
DIP Animation — анимационная студия. Следите за новостями студии и развитием наших проектов.
http://dipanimation.com/
+998909044200
Download Telegram
#события #фестивали #world
Going Global! DIP Animation на Международном фестивале анимации в Анси, Франции.

Наша студия впервые побывала на важнейшем международном мероприятии индустрии — Annecy International Animation Film Festival, параллельно с которым проходил кинорынок контента MIFA.

Участие в этом событии дало нам возможность познакомиться с глобальными трендами и новинками, провести встречи с зарубежными компаниями и обсудить варианты сотрудничества.

От имени нашей студии мы выражаем искреннюю благодарность Посольству Франции в Узбекистане, а также лично Дени Дюкло и Эммануэль Фосильон за помощь в организации поездки.

—————

Going Global! DIP Animation Fransiyaning Ansi shahridagi Xalqaro animatsiya festivalida!

Bizning studiyamiz animatsiya sohasidagi eng nufuzli xalqaro tadbir — Annecy International Animation Film Festivalda ilk bor ishtirok etdi. Festival doirasida kontent bozoriga yo‘naltirilgan MIFA ham bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda ishtirok etish bizga global tendensiyalar va yangiliklar bilan yaqindan tanishish, xorijiy kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish imkonini berdi.

Studiyamiz nomidan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga, shuningdek, Denis Dyuklo va Emmanuyel Fossilyonga safarimizni tashkil etishdagi yordamlari uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.

YouTube | Facebook | Instagram | LinkedIn
6🔥4👍2👏1
#события #world
🌍 У нас в студии снова иностранные гости!

Мы встретились с южно-корейскими игровыми компаниями: разработчиком компьютерных игр Proxi Planet и анимационной студией Popcorn Studio. Обсудили возможности сотрудничества, совместной разработки проектов, а также участие нашей студии в проектах южно-корейских студий.

🚀 Расширяем международные партнерства, движемся вперёд!

—————

🌍 Bizning studiyamizda yana xorijlik mehmonlar!

Biz Janubiy Koreyaning o‘yin kompaniyalari — Proxi Planet kompyuter o‘yinlari ishlab chiqaruvchisi va Popcorn Studio animatsiya studiyasi bilan uchrashdik. Hamkorlik imkoniyatlari, qo‘shma loyihalar ishlab chiqish hamda studiyamizning janubiy koreya loyihalarida ishtirok etish masalalarini muhokama qildik.

🚀 Xalqaro hamkorliklarni kengaytirib, olg‘a intilmoqdamiz!

YouTube | Facebook | Instagram | LinkedIn
🔥7👏3
#ПомидорДоппи #Новости
✈️🍂 Свежий бортовой журнал Uzbekistan Airways с осенним настроением и весёлыми страничками от Помидора Доппи уже на борту!

В обновлённом выпуске маленьких пассажиров ждут новые загадки, примеры и головоломки, благодаря которым время в полёте пройдёт незаметно и увлекательно.

А тех, кто успешно справится со всеми заданиями, ждёт приятный бонус — стикеры с Доппи в Telegram.
И, конечно, новые эпизоды мультсериала уже доступны в бортовой медиа-системе! 🎬

—————

✈️🍂 Uzbekistan Airwaysning kuzgi kayfiyatdagi va Pomidor Do‘ppidan quvnoq sahifalarga ega bort jurnalini kutib oling!

Yangilangan sonimizda kichik yo‘lovchilarni yangi topishmoqlar, misollar va boshqotirmalar kutmoqda. Ular yordamida parvoz vaqti sezilmay o‘tadi va maroqli bo‘ladi.

Barcha topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarganlarni esa yoqimli bonus — Telegramda Do‘ppi stikerlari kutmoqda. Albatta, multserialning yangi qismlari ham bortdagi media tizimida mavjud! 🎬

#PomidorDoppi #UzbekMultfilm #UzbekistanAirways #UzbekistanCartoons

YouTube | Facebook | Instagram | LinkedIn
4👏1
#события #world
Сегодня в нашей студии мы принимали гостей — представителей Ассоциации креативных индустрий, Ассоциации игровых индустрий, а также фонда IndieGO.

Среди них:
Василий Овчинников — генеральный директор Организации развития видеоигровой индустрии;
Владимир Вареник — операционный директор фонда ИФСИ, управляющий партнёр фонда IndieGO Start;
Александр Бодров — заместитель генерального директора Организации развития видеоигровой индустрии.

🌍 Для нашей студии это важное событие и отличная возможность: мы поделились своими проектами, обсудили возможности сотрудничества и перспективы их развития на международном рынке.

—————

Bugun studiyamizda Kreativ industriyalar assotsiatsiyasi, O‘yin industriyasi assotsiatsiyasi hamda IndieGO fondi vakillarini mehmon sifatida kutib oldik.

Ular orasida:
Vasiliy Ovchinnikov — Videoo‘yin industriyasini rivojlantirish tashkiloti bosh direktori;
Vladimir Varenik — ИФСИ fondi operatsion direktori, IndieGO Start fondining boshqaruvchi hamkori;
Aleksandr Bodrov — Videoo‘yin industriyasini rivojlantirish tashkiloti bosh direktorining o‘rinbosari.

🌍 Bizning studiyamiz uchun bu muhim voqea va katta imkoniyat bo‘ldi: o‘z loyihalarimizni taqdim etdik, hamkorlik imkoniyatlari hamda xalqaro bozorda rivojlanish istiqbollarini muhokama qildik.

YouTube | Facebook | Instagram | LinkedIn
6
#события #фестивали #world
DIP Animation на Content IP Market 2025 в Южной Корее!
На прошлой неделе мы были на Content IP Market 2025 в Южной Корее! Особенно приятно, что нас туда пригласили сами организаторы, отметив значение нашей студии в регионе Центральной Азии.

Content IP Market 2025 - это важное событие в мире контента, где представлены ведущие корейские компании производители кино, анимации и компьютерных игр. Выставка организована Министерство культуры, спорта и туризма Республики Корея (МКСТ) и Корейским агентством креативного контента (KOCCA).

Для нас это была возможность познакомиться с топовыми корейским производителями и дистрибьюторами контента. За три дня работы контентного рынка мы провели более 20 встреч, представили наши проекты и подписали меморандум о сотрудничестве!
Все только начинается!

—————

DIP Animation – Content IP Market 2025 tadbirida, Janubiy Koreyada!
O‘tgan hafta Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan Content IP Market 2025 tadbirida ishtirok etib, o‘z studiyamiz salohiyatini namoyish etdik! Eng quvonarlisi — ushbu nufuzli tadbirga bizni tashkilotchilarning o‘zi taklif etdi. Bu esa DIP Animation’ning Markaziy Osiyodagi o‘rni va salohiyati yuksak baholanayotganidan dalolat beradi.

Content IP Market 2025 — kino, animatsiya va kompyuter o‘yinlari sohasidagi yetakchi koreyalik kompaniyalar ishtirok etadigan muhim xalqaro platforma. Tadbir Koreya Respublikasi Madaniyat, sport va turizm vazirligi hamda Koreya kreativ kontent agentligi (KOCCA) tomonidan tashkil etilgan.

Bu tadbir bizga: yetakchi koreyalik prodyuserlar va distributorlar bilan tanishish, o‘z loyihalarimizni taqdim etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish imkonini berdi. Uch kun davomida 20 dan ortiq uchrashuv o‘tkazdik va kelgusi hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladik!
Bu faqat boshlanishi. Oldinda — yanada katta yutuqlar!

YouTube | Facebook | Instagram | LinkedIn
7🔥2
#bolalar_uchun
#multserial

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi bolalar uchun to‘liq metrajli animatsion filmlardan tashqari, ko‘p qismli multfilmlar yaratishni ham yo‘lga qo‘ymoqda.

Bunday loyihalarning dastlabkilaridan biri — “Ustoz Tiprabek” ko‘p qismli musiqiy-animatsion loyihasidir.

Markaz direktori Jahongir Ahmedov “Dip Animation” studiyasida bo‘lib, loyihaning ssenariy yozish, qahramonlarni modellashtirish jarayoni bilan tanishdi.

Loyiha Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar, Suv xoʻjaligi, Energetika, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirliklari hamda Bosh prokuratura bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Loyiha orqali bolalarga ekologik madaniyat, huquqiy savodxonlik, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, tabiiy boyliklar, xususan, suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi muhim hayotiy ko‘nikmalar quvnoq qo‘shiqlar va qiziqarli syujetlar orqali yetkaziladi.


“Ustoz Tiprabek” ko‘p qismli multfilmi qahramonlarining o‘yinchoq va merchlari, raqamli o‘yini ham yaratiladi.

📱 Telegram | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4