D0RIXONA
3.71K subscribers
302 photos
28 videos
122 files
97 links
Tibbiyot talabalari uchun foydali ❗

Foydali dorilar tavsiyalar❗

Yozilayotgan dorilarni bemorlarga qòllash uchun Admin javobgar emas.

Hamkorimiz @Rasmiy_Agentlik
Download Telegram
💊 SEFIKSIM — ANTIBIOTIK

🦠 Sefiksim — sefalosporinlar guruhiga mansub antibiotik bo‘lib, ayrim bakterial infeksiyalarni davolashda qo‘llanadi.

📌 Qaysi holatlarda ishlatiladi?
• Nafas yo‘llarining ayrim bakterial infeksiyalarida
• Siydik yo‘llari infeksiyalarida
• Quloq va tomoqning ayrim bakterial infeksiyalarida
• Boshqa sezgir bakteriyalar chaqirgan infeksiyalarda

⚠️ Muhim!
Sefiksim oddiy shamollash, gripp yoki boshqa virusli infeksiyalarni davolamaydi. Antibiotikni o‘zboshimchalik bilan boshlash tavsiya etilmaydi.

❗ Dozasi bemorning yoshi, vazni, kasalligi va buyrak faoliyatiga qarab belgilanadi. Davolash kursini shifokor tavsiyasisiz o‘zgartirmang yoki to‘xtatmang.


@D0RIXONA
❤4👍1
✅ADRENOMIMETIKLAR

Adrenomimetiklar - simpatik nerv tizimi alfa va beta adrenoretseptorlarini faollashtiruvchi dori vositalari

1. Alfa-1 adrenomimetiklar
💊 Fenilefrin
💊 Midodrin
● Vazonakstruksiya ( qon tomirini toraytiradi )
● Qon bosimini oshiradi
● Burun shishini kamaytiradi

2. Alfa-2 agonistlar
💊 Klonidin
💊 Metildopa
● Gipertenziyada qo'llanadi
● Gipertenziv krizda qo'llanadi
● Narkotikdan chiqarish uchun
● Sedativ ta'sir

3. Beta-1 agonistlar
💊Dobutamin
● Yurak qisqaruvchanligini kuchaytiradi
● Yurak qorinchasi qon otishini kuchaytiradi

4. Beta-2 agonistlar
💊Salbutamol
💊Fenoterol
💊Terbutalin

● Bronxospazmni bartaraf etadi
● Yengil tokolitik ta'sir
● Kronik obstruktiv o'pka kasalligi
● Erta tug'ruqni oldini olish

5. Aralash ( alfa+beta ) adrenomimetiklar
💊 Adrenalin
💊 Noradrenalin ( asosan alfa-1 tasir )
💊 Izoproterenol
● Qon tomirini toraytiradi
● Qon bosimini oshiradi
● Yurak qisqarish kuchini oshiradi
● Anafalikatik shok ; Bronxospazm ; Yurak faoliyati to'xtashi holatlarida ishlatiladi.
● Av blok ; Bardikardiyada Izoproterenol

@D0rixona
👍1
🫁Nafas yo'llari kasalliklarida ingolyatsiya uchun qaysi dori vositalaridan ko'p foydalaniladi?

✅ Ingolyatsion dori vositalari

1.Dekasan ( Dekometoksin )
Kuchli antiseptik va antibakterial ta'sir. Nafas yo'llarini infeksiyadan tozalash uchun )

2. Nebutamol ( Salbutamol )
Bronxospazmlarda , o'tkir astma xurujlari , bronxial astmada )

3. Berodual ( Salbutamol+ipratropiy bromid )
Bronxni kengaytiruvchi , yallig'lanishga qarshi , obstruktiv bronxitlarda

4. Gidrokortizon
Garmonal preparat , yallig'lanishfa qarshi dori vositasi

5. Nebuflyuzon ( Flutikazon + salmeterol )
Garmon aralashgan , yallig'lanishga qarshi , bronxlarni kengaytiradi.

6. Berotek-H ( Fenoterol )
Bronxlarni kengaytiradi , bronxospazmni bartaraf etadi.

7. Pulmecort ( Budesonid )
Kortikosteroid , yallig'lanishni kamaytiradi

8. Pulmares(Formoterol + Budesonid )
Kortikosteroid , bronxlarni kengaytiradi , yallig'lanishni kamaytiradi.

Qosimov_medic

Dorilar haqidagi barcha ma'lumotlar
@D0rixona kanalida
👍4❤3⚡2🔥1
🩺GENLE QOVUZLOG‘IGA TA'SIR QILUVCHI DIURETIKLAR

Ushbu dorilar organizmdan ortiqcha suyuqlik va tuzlarni chiqarib yuborishga yordam beradi. Ular shishlar, yuqori qon bosimi va boshqa holatlarni davolashda qo'llaniladi.

1. Furosemid 💊
Bu eng keng tarqalgan "halqali" diuretiklardan biridir.
• Savdo nomlari: Laziks, Diusemid, Difureks, Kineks, Semilakt (+spironolakton).
➡️ Chiqarilish shakllari:
• Tabletkalar: 5 mg, 20 mg, 40 mg, 80 mg, 500 mg.
• Ichish uchun eritma tayyorlanadigan granulalar (bolalar uchun 10 mg).
• Ampuladagi 1% eritma (inyeksiya uchun).
➡️ Qo'llanilishi:
• Ichishga: Odatda 40 mg dan kuniga 1 marta (ertalab).
• Tez ta'sir uchun: Mushak orasiga (m/o) yoki vena ichiga (v/i) sekin yuboriladi.
➡️ Dozalari:
• Kattalarga: 20-50 mg dan kuniga 1-2 marta.
• Bolalarga: Tana vazniga 0,5-1,5 mg/kg hisobidan (sutkada 20 mg dan oshmasligi kerak).

2. Torasemid 💊
Uzoqroq ta'sirga ega zamonaviy diuretik.
• Savdo nomlari: Torsid, Ursemid, Toraz, Diuver.
➡️ Chiqarilish shakllari:
• Tabletkalar: 5 mg va 10 mg.
➡️ Qo'llanilishi:
• Kuniga bir marta ovqatdan keyin, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan ichiladi.
➡️ Dozalari
• Boshlang'ich doza: 2,5 mg (5 mg tabletkaning yarmi) kuniga 1 marta.
• Zarur bo'lganda doza kuniga 5-10 mg gacha oshirilishi mumkin.
• Muhim: Agar 10 mg doza yetarli samara bermasa, davolash sxemasiga shifokor tavsiyasi bilan boshqa gipotenziv dori qo'shiladi.

3. Etakrin kislota 💊
Juda kuchli va tez ta'sir ko'rsatuvchi diuretik.
• Savdo nomlari: Uregit, Crinuril, Ecrinex, Edecrin, Hydromedin va boshqalar.
➡️ Chiqarilish shakllari:
• Tabletkalar: 50 mg (0,05 g).
➡️ Qo'llanilishi:
• Odatda ertalab ovqatdan keyin ichiladi.
➡️ Dozalari:
Kattalarga: 50 mg dan.
Bolalarga: 25 mg dan.
Zarur holatlarda shifokor nazorati ostida doza 100-200 mg gacha oshirilishi mumkin.
• Ta'sir vaqti:
• Boshlanishi: 30-60 daqiqadan so'ng.
• Maksimal ta'sir: 2 soatdan keyin.
• Davomiyligi: 6-9 soat.

⚠️ Diqqat! Diuretik ta'siri juda kuchli bo'lganligi sababli, preparat har kuni ichilmaydi. Qabul qilish oralig'i 1-2 kundan oshmasligi kerak
.

MEGA MED


@D0rixona
❤4👍1
🧴 ДЕРМАТОЛОГИЯДА ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН ДОРИЛАР — ТЎЛИҚ ҚЎЛЛАНМА 💊

Дерматологияда қўлланиладиган муҳим дорилар билан танишинг! Улар ҳуснбузар, замбуруғли инфекциялар, терининг бактериал инфекциялари, экзема, псориаз, пигментация, аллергия ва бошқа кенг тарқалган тери касалликларини даволашда қўлланилади.

📚 Қамраб олинган мавзулар:

🔹 Замбуруғларга қарши дорилар
🔹 Тери инфекцияларига қарши антибиотиклар
🔹 Ҳуснбузарни даволаш учун дорилар
🔹 Кортикостероидлар ва яллиғланишга қарши дорилар
🔹 Қичишиш ва аллергияга қарши антигистамин дорилар
🔹 Псориаз ва экземани даволаш воситалари
🔹 Вирусларга қарши дорилар
🔹 Пигментацияни камайтирувчи ва терини оқартирувчи воситалар
🔹 Қўтир ва педикулёзни (битлашни) даволаш воситалари
🔹 Кенг тарқалган дерматологик дори шакллари: кремлар, малҳамлар, лосьонлар ва геллар

🩺 Тиббиёт талабалари, ҳамширалар ва фармакологияни ўрганувчилар учун фойдали ўқув қўлланма! 📚💊

Manba. humosurgeryclub

@D0rixona
👍3
Pentoksifillin ( Trental )
Trental

• Ta'sir etuvchi modda: Pentoksifillin (400 mg tabletka yoki 20 mg/ml ampula shaklida).
• Guruhi: Angioprotektor, qon reologiyasini yaxshilovchi, tomir kengaytiruvchi.
• Asosiy ta'siri: Eritrotsitlarning moslashuvchanligini oshiradi, trombotsitlar yopishishini (agregatsiyasini) kamaytiradi va qon oqimini yaxshilaydi.

Dozalash va qabul qilish

• Tabletka (masalan, Trental 400): (kattalarga odatda 1 tabletkadan 2–3 marta).
Ampula 20mg/ml 5ml

Ampulani infuziya qo'shib kuniga 1 mahal qo'llaniladi dozasini shifokor tanlaydi




To'liq ma'lumot rasmda

Dorilar haqidagi barcha ma'lumotlar
@D0RIXONA kanalida


Telegram sahifamiz
@D0rixona
👍12❤1🔥1🥰1👏1
💊 Enterojermina (Enterogermina)

Enterojermina (Enterogermina) — bu probiotik dori bo‘lib, tarkibida Bacillus clausii sporali bakteriyalari mavjud. Ichak mikroflorasini tiklash uchun ishlatiladi.
Ta’sir mexanizmi
Ichakdagi foydali bakteriyalarni ko‘paytiradi
Zararli mikroorganizmlarni bostiradi
Antibiotiklardan keyingi disbakteriozni kamaytiradi
Immunitetni biroz qo‘llab-quvvatlaydi
📌 Qo‘llanilishi
Ichak disbakteriozi
Antibiotik qabul qilgandan keyin
Diareya (ich ketishi)
Ovqat hazm qilish buzilishlari
Bolalarda ichak mikroflorasini tiklash
💉 Chiqarilish shakllari
Og‘iz uchun suspenziya (flakonlarda)
Kapsula shakli
Dozalash
Kattalar:
Kuniga 2–3 marta 1 flakon yoki kapsula
Bolalar:
Kuniga 1–2 marta 1 flakon

Yon ta’sirlari
Juda kam hollarda allergik reaksiyalar
Qichishish yoki toshma
❗ Qarshi ko‘rsatmalar
Preparat tarkibiga individual sezuvchanlik

Dorilar haqidagi barcha ma'lumotlar @D0rixona kanalida

Obuna bo'ling
@D0rixona
🔥3❤1
💊 DIBAZOL (Bendazol)

🔹 Farmakologik guruhi:
Spazmolitik, vazodilatator, gipotenziya qiluvchi vosita


Ta’sir mexanizmi
Qon tomirlarni kengaytiradi
Qon bosimini pasaytiradi
Ichki a’zolar spazmini bartaraf etadi
Nerv tizimiga ijobiy ta’sir qiladi
Chiqarilish shakllari:
Tabletkalar – 20 mg
Inʼeksiya eritmasi:
1% (10 mg/ml)
1 ml, 2 ml, 5 ml ampulalar
📌 Qo‘llanilishi:
Arterial gipertenziya
Gipertonik kriz
Ichki a’zolar spazmlari
Nevrologik kasalliklar
Dozalanishi:
Peroral: 20–40 mg kuniga 2–3 marta
Inʼeksiya: 1% eritma 2–4 ml (IM yoki IV)
⚠️ Yon ta’siri:
Bosh aylanishi
Qon bosim tushishi
Allergik reaksiyalar

Dorilar haqidagi barcha ma’lumotlar @D0rixona kanalida
Farmakologiya - Lumen.pdf
1.8 MB
📚 Farmakologiya — to'liq qo'llanma
O'zbek tilida · USMLE Step 1 uchun

Ichida nima bor:
• 8 ta bo'lim — avtonom, yurak-qon tomir, antimikrob, endokrin, onkologiya, neyropsixiatriya va boshqalar
• Har dori uchun: nishon → mexanizm → toksiklik → antidot
• Haqiqiy imtihon grafiklari va sxemalari (ta'sir potentsiali, ivish kaskadi, nefron, folat yo'li…)
• Antidotlar jadvali va 50+ "oxirgi daqiqa" faktlari

Mexanizmni tushunsang — toksiklik, qarshi ko'rsatma va antidot o'zi joyiga tushadi.

Yuklab ol, saqlab qo'y 🔖

Manba

Telegram sahifamiz
@D0rixona
👍3
Kardiologiyada ishlatiladigan bazi dorilarni dozalanishi

Telegram sahifamiz
@D0rixona
👍2