CopyFolio
27 subscribers
7 photos
2 links
Kunduzi kopirayter, kechasi so'z sehrgari…

( Copywriter & Marketolog )

Portfolio:

Murojaat Uchun: @KopyFolio

tap.link/CopyFolio
Download Telegram
128 GB xotiraga ega, yangi rusmdagi uyali aloqa”

100.000 dona qo’shiq bir vatqning o’zida cho’ntagingizda”

Xususiyatlarni emas, balki imtiyozlarni soting!
🔥1
“Ajoyib savdo matni aslida yozilmagan, u yig’ilgan”

Ko’pchilik insonlarda, kopirayter faqat so’z boyliklaridan foydalangan holda savdo matnini tuzib, pul ishlaydi degan tushuncha mavjud.
Aksincha esa unday emas.

Kopirayter ish boshlashidan oldin, mahsulot haqida katta bir tadqiqot o’tkazadi. Deylik, mahsulotning tarixi, kelib chiqishi, qanday yo’llarda foyda keltirishi va shunga o’xshagan tomonlari haqida tadqiqot o’tkizib savdo matnini yoza boshlaydi. Ishoning, bu siz o’ylaganchalik oson emas.
Oson tuyildimi? demak, sizda bu kasb haqida chuqur nazariy tushuncha mavjud emas.

Kopirayting tarixidagi mashhur kopirayter, Yevgeniy Shvarts: “Ajoyib savdo matni aslida yozilmagan, u yig’ilgan.” deya ta’kidlab o’tgan.

Ya’ni, ajoyib savdo matni faqatgina rangbarangdor, jozibador so’zlar bilan yozish bilan cheklanmagan. Balki matnga, yetarlicha tadqiqot qilingan ma’lumotlar orqali ishlov berilgan.

Yetarlicha izlanishlar olib borgan kopirayterga g’oyalar oqimi o’z-o’zidan kela boshlaydi.

#Malumot

@CopyFolio ©️
🔥2
Qadrli Kuzatuvchilar !

CopyFolio” sahifamizga xush kelibsiz! Safimizga qo’shilganinggizdan juda xursandmiz. Mahoratinggizni oshirmoqchi bo’lgan kopirayter bo’lasizmi yoki bu sohaga yangi qiziquvchi shaxsmisiz? Ahimiyatsiz. Blogimizga obuna bo’lish orqali siz to’g’ri tanlov qildingiz.

CopyFolio”da biz ishonarli yozish san’ati va ilmiga ishtiyoqmandmiz. Maqsadimiz, sizni o’ziga jalb qiladigan, ishontiradigan jozibali kontent yaratishga imkon beradigan vositalar, texnikalar va strategiyalarni baham ko’rib borishdir.

Obunachi sifatida quyidagilarni kutishingiz mumkin:

Qo’llanmalar: Bizning keng qamrovli qo’llanmalarimiz sizga samarali kopirayterning asosiy tamoyillari bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatadi. Auditoriyangizni tushunishdan tortib, harakatga jalb qiluvchi chaqiriqlarni ishlab chiquvchi faktorlarni bo’lishib boramiz.

Mutaxassis tushunchalari: Tajribali kopirayter va marketing bo’yicha mutaxassislar fikr mulohazalari bilan bo’lishib boriladi.

Vaziyatni o’rganish: Ishonchli savdo matn yozishning kuchini ko’rsatadigan haqiqiy misollar, brendlar ajoyib natijalarga erishish uchun kopirayterlikdan qanday foydalanliklari haqida bilib olasiz.

Interfaol hamjamiyat: Kopirayter ishqibozlarini rivojlanayotgan hamjamiyatimizga qo’shilishlari, samarali muloqotga bo’lgan ishtiyoqinggizni boshqalar bilan baham ko’rib savol-javob orqali o’z tajribanggizni oshirish imkoniyatlari mavjud.

Kopirayterlik bilan bog’liq barcha bilimlar uchun asosiy manba sifatida “CopyFolio”ni tanlaganingiz uchun tashakkur! Har qanday savol yoki takliflar bilan @Kopyfolio profilimiz orqali ma’lumot olishinggiz mumkin!

@CopyFolio ©️
1
Har bir sohada bir nechta asosiy qoidalar mavjud

- Sog’liq uchun ko’proq protein iste’mol qilish.
- Energia to’plash uchun ko’proq uxlash
- Ko’z nurini saqlab qolish uchun ekran vaqtini kamaytirish
Va ho kazolar…

Yozish uchunchi? Yozish uchun esa albatta ko’proq yozish va ko’proq kitob o’qish..!

@CopyFolio ©️
2
Assalomaleykum yana bir bor!

Kecha va bugun safimizga qo’shilgan yangi do’stlar! Safimizga qo’shilganlar orasida ko’pchilikning “CopyWriter” aslida kim ekanligidan xabari yo’q ekan. Shuning uchun, bu haqida ma’lumot berib o’tishni lozim topdim.

Kopirayting sohasi hozirgi kunda yurtimizda zamonaviy kasblar sababli ommabop kasblar orasiga kira oldi. Aslida esa bu soha chet el mamlakatlarida juda ham mashxur kasb hisoblanadi.

Xo’sh bu kasbning asl vazifasi nimalardan iborat?

Kopirayting asosan reklama matnlarini yozishdan iborat kasbdir. Kopirayting sohasida ishlab keladiganlarning asosiy vazifasi o’quvchini noyob qiziqarli va o’qiganda tushuna oladigan matnlarni yaratishdan iboratdir.

Ish sifatli bo’lishi uchun, kopirayter marketing sohasida ham bilimlarga ega bo’lishi ham zaruriyatlardan biri hisoblanadi. Bu kasbni tanlagan yoki tanlamoqchi bo’lgan inson matn yozish mexanizmlarini bilishi hamda xatolarsiz yoza bilishi kerak.

Qiziqtirgan savollaringizni muhokama guruhga yozib qoldirishinggiz mumkin. Savollarga javob beriladi albatta!

#Malumot

@CopyFolio ©️
Kopirayterlikda muvozanat balansi

Yaxshi g’oyalar harakat va harakatsizlikni muvozanatlashtirganingizda keladi.

Hech qachon harakat qilmay, o’z ustingizda ishlamasangiz, yozgani hech qanday g’oyaga ega bo’lmaysiz.

Hech qachon dam olmaganingizda esa, yozish uchun g’oyani o’ylashga vaqtingiz bo’lmaydi.

Muvozanatni toping, uni nazroat qilishni o’rganing shunda g’oyalar o’z-o’zidan yaraladi.

@CopyFolio ©️
Kopirayter sifatida bozorni qanday o’rganish mumkin?

Bozorni o’rganish, siz yozayotgan mahsulot yokida xizmat bilan tanishishdan boshlanadi.

Mahsulot nima vazifani bajaradi? U qanday muammoni bartaraf e’tadi? U qanday ko’rinishga ega? Va uni ta’mi qanday..?

Shu savollar yordamida, o’zingiz yozayotgan mahsulotingiz haqida ma’lumot qidira boshlaysiz. Agar mahsulotni shaxsan o’zingiz amaliy jihatdan sinab ko’rishingiz imkoni bo’lsa, bu amaliy nazariya savdo matningizni haqiqiyroq bo’lishiga yordam beradi. Chunki siz o’zingizda sinab ko’rgan narsalarni yaxshiroq tasvirlashingiz imkonini beradi.

Raqobatchilarning mahsulotlarini o’rganish ham ushbu bosqichning qismi hisoblanadi. Sababi, yozayotgan mahsulotingizni bozordagi boshqa mahsulotlar bilan solishtirgan holda, uning foydali tomonlari haqida ko’proq ma’lumot berishingiz mumkin bo’ladi.

@CopyFolio ©️
ChatGPT
ChaiGPT


Pokistonlik hamkasblarimizdan ajoyib yondashuv😄

Bugun ko’rgan eng yaxshi rasmlarimdan biri shak-shubxasiz

@CopyFolio ©️
🎉1👀1🗿1
Sifatni oshiramiz

Bularni matnda qo’llashni to’xtating:

- Biz Xaqimizda…

- Mijozlar tajribasini yuqori darajada oshiring

- Mening vebinarimga qo’shiling va (mavzu) haqida bilib oling

- Men (kasb nomi…) mutaxassisiman

- Bizning xizmatlar nimalarni o’z ichiga oladi

O’rniga bularni ishlating:

- Agar siz (biron muammo) ga yechim izlayotgan bo’lsangiz, siz to’g’ri joydasiz

- Mijozlaringiz maqtoviga sazovor bo’ling

- 60 daqiqadan so’ng siz tez so’z yod olish ko’nikmasini bilib olasiz

- Men sizning savollaringizga javob beruvchi mutaxassisman

- Bizning xizmatlar orqali siz bularga ega bo’lasiz:

Juma Muborak!

#Foydali

@CopyFolio ©️
🔥73👀1🗿1
Marketingda yoki Biznesda qilish zarur bo’lgan asosiy qoida

Marketingda (yoki biznesda) eng katta xatolardan biri bu o’zingiz haqingizda juda ko’p gapirishdir.

Esingizda turishi kerak bo’lgan qoida: Mijozga siz xizmatingizni taklif qilishingiz kerak, mijoz sizga emas.

O’zingiz, brendingiz, kompaniyangizni tarixi, mahsulotingiz qanday o’ylab topilgani haqida gapirish o’rniga, mijozlaringiz duch kelayotgan muammolar haqida gapiring.

Shunda o’z mahsulotingizni ushbu muammoning yechimi sifatida ko’rsatishingiz mumkin bo’ladi.

Mijozlaringiz e’tiborini ularni muammolarini hal qila olishingizga qarata olsangiz, ular sizni tinglashlari hamda sizdan o’sha yechim bo’la oladigan mahsulotingizni sotib olishga tayyor bo’lishlari mumkin.

#Foydali

@CopyFolio ©️
Marketing bu o’ziga xos g’oyani topishdir

G’oya - bu mijozni o’ziga tortadigan va ularning his-tuyg’ulariga ta’sir qiladigan vositadir.

Masalan: Agar matras ishlab chiqaradigan biron bir brend “Chaqaloq kabi uxlang” kabi marketing g’oyani boshlasa, bu kompaniya uchun katta muvaffaqiyat bo’ladi.

Sababi, ularning maqsadli bozori 20-40 yoshdagi odamlardir va bu yoshdagi ko’p insonlar yaxshi uyqudan mahrum bo’lganlardir.
Kechasi bilan o’z muammolarini o’ylab tunni o’tkizadiganlar uchun, chaqaloq kabi tinchlantiruvchi uyquni taklif qiladigan matraslarni sotish yaxshi qaror bo’ladi.

Bundan tashqari, reklamada ona va chaqaloq uxlayotganining mohiyatini qo’shish, tomoshabinlarni jalb qilib, mahsulotga bo’lgan his-tuyg’usini oshiradi.

O’z-o’zidan esa yuqorida keltirilgan yoshdagi insonlarning ko’pchilik qismi “Tinch uyquni ortga qaytarish kerak” degan o’y-hayol bilan mahsulotni katta ehtimol bilan sotib olishadi.

Marketing - bu mijozning ehtiyojlari va brend berayotgan takliflarni birlashtiradigan g’oyani topishdir.

#Marketing

@CopyFolio ©️
🔥422🤝1
Taniqli brendlar doim o’z mahsulotini ajoyib yo’l bilan targ’ib qilib kelgan

#Marketing

@CopyFolio ©️
4
“FreeWater” deb nomlanadigan kompaniya suvni hamma uchun bepul ishlab chiqadi.

Suv inson uchun zarur vositadir. Suvni bepul bo’lishi kerak deb fikrlaydiganlar ham uchrab turadi.

FreeWater kompaniyasi ham shunday deb hisoblab, suv to’ldirilgan idishlarni BEPUL tarqatish orqali bu g’oyani haqiqatga aylantirmoqdalar.

Ular bu yo’l orqali qanday qilib pul topishadi deya hayron bo’lishingiz tabiiy.

Ular suv to’ldirilgan idishlarning bo’sh turgan joylariga reklama joylashtirish orqali pul topishadi.

Har bir FreeWater idishlari reklama beruvchilarning reklamalari bilan bezatilgan bo’ladi.
Shunday qilib, ular asosan bu mini billboardlarni odamlarga tarqatganliklari uchun pul oladilar.

Lekin bu hali hammasi emas.
FreeWater har bir idishdan olingan 10 sentni xayriya qilish orqali, yiliga 1 milliard dollar xayriya qilishni rejalashtirib kelmoqda.

#Marketing

@CopyFolio ©️
🔥5🏆31
Muvaffaqiyatli reklama yozish formulasi

Samarali yozuv formulasi bu:

P.A.S
Problem (muammo)
Agitate (his tuyg’uni qo’zgotmoq)
Solution (Yechim)


Ushbu formulani qo’llash juda oson va juda ham samaralidir.
Bu yordamida ijtimoiy tarmoqlardagi savdo sahifalarida, axborot byulletentlarida,mahsulot/xizmat tavsiflarida samarali reklama xizmatini shakllantirish mumkin.

Buni qanday ishlatishni ko’rib chiqamiz:

Problem (Muammo)

Mijozlaringizni muammolarini ko’rsating.

O’quv darsliklari uchun ko’p pul sarflagan bo’lsangiz ham, yetarlicha natija olmayapsizmi? Bu xolat sizga tanishmi?”

Agitate (His tuyg’uni qo’zgotish)

Biroz his-tuyg’ularni qo’shib, mijozni his-tuyg’usini qo’zg’oting.

“Hech qanday o’quv kursi sizga ta’sir qilmayotgani va siz hech qachon talaba bo’la olmasligingizni his qilishni boshladingizmi?”

Solution (Yechim)

O’z xizmat/mahsulotingizni mijozlarning muammolariga yechim sifati o’laroq tanishtiring.

“Lekin menda bunga yechim bor: Darslik ta’sir qilmayotgani sababi siz emas, aksincha kursning sifatsizligidandir. Keling o’qiyotgan darslikni o’zgartirib, qanday qilib tezroq samarali o’rganish mumkinligini zamonaviy darsligim orqali tushuntirib o’taman”

@CopyFolio ©️
🤝7🔥3
Qanday qilib biron bir mahsulotni sotib olganingizni analiz qiling

Siz mahsulotni sotib olgan jarayoningizga e’tibor bering. Sizni bu mahsulotni sotib olishga nima majbur qildi? Qanday omil sotib olishingizga sabab bo’la oldi?

Sotib olganingizdan so’ng mahsulot haqida qanday e’tirozlaringiz bor? Bu e’tirozlarga qanday yechim malham bo’la oladi? Bu e’tirozlarni kim hal qiladi?

Bunday jarayon sizga ko’pgina marketing kurslariga qaraganda marketing haqida ko’proq ma’lumot beradi. Sinab ko’ring.

#Marketing

@CopyFolio ©️
🏆6
​​Mahsulot yoki xizmatlar uchun to’g’ri nom tanlash siri

Aksariyat korxonalar mahsulot/xizmatlarga quyidagi shaklda nomlarni tanlaydilar:

- Yog’li qo’l kremi
- Moychechak choyi
- yangi mijozlar uchun uy sotib olishda maslahat
- Bitiruvchilar uchun imtixonga tayyorlov kursi

Ko’p korxonalar tavsif beruvchi nomlardan foydalanadilar. Asosiy e’tibor mahsulotga qaratilgan. Ammo bu samara bermaydi.

Agar siz haqiqatdan ham mijozni jalb qilishni xohlasangiz, mijozlarni ishontiring. Natijaga va’da beradigan nomlardan foydalanishingiz kerak.

Formulani ko’rib chiqamiz. Tepadagi namunalarni o’zgartirgan tarzda

Natija + Tavsif

- Yosharadigan qo’llar sababchisi yog’li qo’l kremi
- Shirin tushlar tuxfa etuvchi tinchlantiruvchi moychechak choyi
- Ko’chmas mulk bo’yicha konsalting
- Maktabdan keyingi muvaffaqiyat. Bitiruvchilar uchun talaba bo’lish uchun innovatsion kurs


Farqni ko’rdingizmi?

Odamlar mahsulotlarni emas, balki va’dalarni sotib olishadi.

@CopyFolio ©️
7
“-Oy porlayapti demang, oynaning siniqlarida oyning porlashini ko’rsating” Anton Chexov ©️

Biron hodisani ko’rsatish, gapirishdan ko’ra samaraliroqdir.
Bu kopirayterlikdagi oltin qoidadir.

Agar siz ko’chmas mulk xizmatlarini ko’rsatadigan tashkilot bo’lsangiz, nima qilishingizni ayta ko’rmang:

“20 yildan ortiq tajribaga ega bo’lgan holda, biz barcha turdagi ko’chmas mulk loyihalarini ichiga olgan o’z xizmatlarimizni taklif qilamiz”

Buning o’rniga sizning xizmatingiz nimani anglatishini ko’rsating:

“Biz sizga g’amxo’rlik qilamiz. Sizning ko’chmas mulkingizga xuddi o’zimiznikidek e’tibor qaratamiz. Chunki sizning xursandchiligingiz va vaqtingiz eng qimmatli boyligingizdir”

Eslab qoladigan yana bir qoida:
Mijozga nima ish qilishingizni emas, aksincha nima uchun sizning xizmatingiz mijozga muhimligini ko’rsatishga harakat qiling!

@CopyFolio ©️
🔥82
To’xtab qolgan G’OYA

Kechasi g’oyani orqasidan quvib serial orqali marketing haqida ma’lumot berib o’tmoqchi edim. Yarimiga yetar-yetmas g’oya kelmay qoldi. G’oya kelmasa qaysidur mashxur erkak (ismi yodimga tushmadi) inson idishlarni kechki payt o’z qo’llari bilan yuvgan. Ya’ni g’oya kelishi uchun. Men ham idishlarni yuvsam miyyam tinchlanadi va g’oya kelishni boshlaydi. Anchadan buyon bu jarayonni takrorlamagandim, bugun takrorlab ko’raman. Miyya zo’riqib ishlashdan charchagan. Miyyaga dam ham berib turish kerak.

P.S: Rasmdagi matnda imlo xatolar bo’lishi mumkin. Sababi soat sahar 03:00 lar atrofida yozgan edim. Tahrirlanmagan hali.

@CopyFolio ©️
🔥6💯1