ComMed
746 subscribers
299 photos
165 videos
43 files
161 links
Nurmuhammad Qurbonov
🩺 USMLE Step 1 PASS
🇹🇷 Egey universitetida amaliyot
🇺🇸 Michigan universitetida klinik tajriba
🚀 ComMed asoschisi
📚 Xalqaro darajadagi shifokor
Download Telegram
🩺 USMLE'ni qachondan boshlagan yaxshi? Ingliz tili darajasi qanday bo‘lishi kerak? 🇺🇸

Men o‘zim USMLE'ga tayyorgarlikni 1-kursdan boshlaganman. Hozirgacha Dubay 🇦🇪, Turkiya 🇹🇷 va AQSh 🇺🇸da amaliyot o‘taganman va shaxsiy tajribamdan kelib chiqib, aynan shu yo‘lni tavsiya qilaman.

Chunki avval eski bilimlarni o‘rganib, keyinchalik ularni qaytadan xalqaro standartlarga moslab yangilashdan ko‘ra, boshidanoq bilimlarni zamonaviy va xalqaro standartlar asosida o‘rganish yaxshiroq. 📚🌍

Albatta, 1-kursdan boshlab barcha fanlarni tugatib, darhol USMLE Step 1 topshirish kerak demoqchi emasman.

Lekin fanlarni sekin-asta, tizimli va chuqur o‘rganish 📖, 3-kursga kelib birdaniga katta bosim ostida kuniga 6–8 soatdan tayyorlanishdan ancha afzal. 🔥

🎓 1-kursda yoki 0 Dan nimadan boshlash kerak?

Avvalo Medical English 🇬🇧 va fundamental fanlarni o‘rganish kerak. USMLE step 1 qaysi fanlarni o'z ichiga oladi

1️⃣ Embriologiya
2️⃣ Gross Anatomy
3️⃣ Neuroanatomy
4️⃣ Fiziologiya
5️⃣ Biokimyo
6️⃣ Mikrobiologiya
7️⃣ Immunologiya
8️⃣ Farmakologiya
9️⃣ Psixiatriya
🔟 Biostatistika
1️⃣1️⃣ Patologiya

Bu fanlarni erta boshlashdan maqsad — faqat yodlash emas, balki tibbiy tushunchalarni tasavvur qilish va chuqur tushunishni o‘rganishdir. 🧠📚

Ko‘pchilik: “USMLE'ni faqat 3 yoki 4-kursdan boshlash kerak, undan oldin tushunib bo‘lmaydi”, deb maslahat beradi. 🤔

Menimcha, bu har doim ham to‘g‘ri emas. Men buni o‘z tajribamda ham, o‘quvchilarimda ham ko‘rdim. To‘g‘ri tizim va yaxshi tushuntirish bo‘lsa, 1-kurs talabasi ham fundamental fanlarni juda yaxshi o‘rgana oladi. 💪

🚀 USMLE + Medical English kursi

Biz 1-kurs va istalgan kurs talabalari uchun, hatto ingliz tili darajasi 0 bo‘lganlar ham o‘rgana oladigan maxsus USMLE + Medical English kursini tashkil qildik. 🩺🇺🇸🇬🇧

Bu kurs oddiy 0 dan boshlanadigan kurs emas, balki “−1 dan boshlanadigan kurs” 😄

Ya'ni, kurs davomida siz USMLE fundamental fanlari + Medical Englishni birgalikda o‘rganasiz. 🧬📖🇬🇧

Fanlarni tushunish uchun kerak bo‘ladigan ingliz tilini ham bosqichma-bosqich rivojlantirib borasiz.

Kurs shakli: Onlayn/Oflayn

👨‍🏫 Kursni kimlar olib boradi?

🇺🇸 USMLE sertifikatiga ega ustoz — men

🇬🇧 IELTS 7.0 yoki undan yuqori natijaga ega ingliz tili ustozlari

📅 Kurs boshlanish sanasi: 15-sentabr

📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
@Com_Med_Admin ga murojaat qiling.

Bizning kanal: @Com_Med
🔥73👍1👏1
ComMed pinned «🩺 USMLE'ni qachondan boshlagan yaxshi? Ingliz tili darajasi qanday bo‘lishi kerak? 🇺🇸 Men o‘zim USMLE'ga tayyorgarlikni 1-kursdan boshlaganman. Hozirgacha Dubay 🇦🇪, Turkiya 🇹🇷 va AQSh 🇺🇸da amaliyot o‘taganman va shaxsiy tajribamdan kelib chiqib, aynan shu…»
🇺🇸 USMLE haqida TOP 5 ma'lumot 🩺

1️⃣ USMLE nima?
USMLE — United States Medical Licensing Examination, ya'ni Amerika Qoʻshma Shtatlarida shifokorlik litsenziyasiga oid tibbiy imtihonlar tizimi. 🇺🇸

2️⃣ Medical English'ingiz ham rivojlanadi 🇬🇧
USMLE o‘rganish davomida tibbiyot bilan birga Medical English ham o‘rganasiz. Natijada tibbiy terminlarni tushunish, maqolalar o‘qish va ingliz tilida klinik fikrlash qobiliyatingiz rivojlanadi. 📚

3️⃣ Faqat yodlash emas — klinik fikrlash 🧠
USMLE sizni faqat ma'lumotlarni o‘qib, yodlab olishga emas, balki ularni amaliy tahlil qilishga o‘rgatadi. Case-based savollar orqali klinik vaziyatlarni tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmangiz sinovdan o‘tadi. 🩺

4️⃣ Norma va patologiyani birga o‘rganasiz 🔬
Masalan, bugun faqat suyaklarning anatomiyasini yodlab, 6 oydan keyin uning patologiyasini o‘rganib yurmaymiz. Normal fiziologiya, anatomiya va patologiyani bir-biri bilan bog‘lab o‘rganamiz. Bu o‘qishni qiziqarliroq va tushunarliroq qiladi. 🔄

5️⃣ Oson va samarali o‘rganish usullari 🚀
Maqsad shunchaki: “Kitobni o‘qi va yodla” emas. Balki ma'lumotlarni oson va samarali usullar bilan o‘rganishdir. Masalan: mnemonics, Anki, savollar yechish, takrorlash va case-based learning. 📖💡

🔥 Tibbiyotni zamonaviy va samarali usulda o‘rganmoqchimisiz?

📲 Kanalga obuna bo‘ling: @Com_Med
💬 Kommentariyada “+” belgisini qoldiring!
4👍4🔥3
O'quvchimizdan Natija🥳🥳🥳
USMLE va Medical English bularni bogʻliqligini mana isbot. O'quvchimiz Jasmina 2-kursga o'tdi. Mana natija.
Jasminadan tez orada Step 1 Pass ni kutib qolamiz.
USMLE albatta ingliz tilini rivojlantiradi shak- shubhasiz.

Medical English va USMLE boshlash uchun @Com_Med_Admin ga murojat qiling.

@Com_Med
🔥8👍32🎉2❤‍🔥1🤩1
USMLE kursimizda o‘qigan bir qancha talabalarimizning fikrlari! 🎓🇺🇸

USMLE — bu shunchaki kurs emas. Bu bir xil maqsadga ega, zamonaviy fikrlaydigan va o‘z ustida doim ishlaydigan bo‘lajak shifokorlar jamiyati. 🩺📚

Siz ham shunchaki kursga emas, bizning jamiyatga qo‘shiling! 🤝

@Com_Med
🔥9👍31🥰1🤩1
🚨 BARCHA FJSTI TALABALARI BILISHI SHART: USMLE STEP 1 UCHUN MENGA INSTITUTI QANCHA PUL AJRATDI 🤫🤫🤫?! 🇺🇸🩺
👇👇👇
🔥1
ComMed
🚨 BARCHA FJSTI TALABALARI BILISHI SHART: USMLE STEP 1 UCHUN MENGA INSTITUTI QANCHA PUL AJRATDI 🤫🤫🤫?! 🇺🇸🩺 👇👇👇
📸 Yuqoridagi rasm — may oyida Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Michigan universiteti hospitalining Simulation Centeridagi amaliyotimdan lavha.

Chap tomondagi manekenga yordam ko‘rsatayotgan yoshroq yigit — men 😄

O‘ng tomondagi esa institutimiz — FJSTI (Farg‘ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti) rektori Sidikov Akmal Abdiqahhorovich.

Xullas, mavzuga qaytsak... 👇


📚 HAMMASI QANDAY BOSHLANDI?

Men 5-kursgacha institutdagi deyarli hech qanday tadbir yoki marosimlarga qatnashmaganman. Oddiy kontrakt asosida o‘qiydigan talaba edim.

Biladigan narsam va gapiradigan narsam bitta — USMLE. 1-kursdan beri. 🩺🇺🇸

Xullas, 1-kursda institutimizda USMLE darslarini yo‘lga qo‘ygan rektor — rasmdagi inson. Shunda ozgina o‘qib ko‘rganman.

Keyin o‘zimcha inglizcha videolarni ko‘rardim. Kichik USMLE darslari o'tardim kichik kurslarga. Shunaqa qilib 3-kursning 2-semestrigacha USMLE o‘qish kerakligini bilardim va xohlardim, lekin qanday va qayerda o‘qishni bilmasdim.

Bilganim — kurs qimmat edi. Adashmasam, 89$ edi. 💰


🎁 MEDCLOUD GRANTI VA KATTA IMKONIYAT

Keyin MedCloud grant e'lon qildi. Unda qatnashdim va yutdim. 🎉

Bu menga bir yil davomida Stepga tayyorlanish uchun kerakli materiallar va ustozlar bilan bepul tayyorlanish imkoniyatini berdi.

Bu qulay imkoniyat edi va undan foydalandim. 💪

1 yil-u 6 oyda tayyor bo‘ldim.

📅 2025-yil 14-iyul kuni Dubayda USMLE Step 1 imtihonini muvaffaqiyatli topshirdim. 🇦🇪



💰 USMLE MENGA QANDAY IMKONIYATLAR BERDI?

USMLE topshirish uchun o‘zim taxminan 2500$ xarajat qildim.

Lekin institutda birinchi marta USMLE topshirganim uchun rektorimiz tomonidan 30 million so‘m mukofot berildi. 🙏

🇹🇷 Undan so‘ng Turkiyadagi Egey universitetida amaliyotda bo‘ldim. Undagi hamma xarajatlarni ham institut qopladi — taxminan 1000$.

🇺🇸 Keyin bu yil AQShga bordim. Albatta, rektorimiz bilan.

Bunga institutimiz 6100$, ya'ni taxminan 75 million so‘m ajratdi.

O‘rtadagi boshqa mukofotlar esa — sir 😄🤫

📊 Xullas, menga faqat USMLE topshirganim uchun bir yil ichida jami 10 000$ ga yaqin mablag‘ ajratildi.


🤔 MEN NEGA HAMMANI USMLEGA TORTMOQCHIMAN?

Rektorimiz bilan AQShda birga bo‘ldik va ko‘p suhbatlashdik. 🇺🇸

U kishi mendan yana boshqa topshiruvchilarni va qolgan talabalarni ham tayyorlashimni aytdi.

Eng muhimi, kelajakda boshqa talabalar ham USMLE topshirsa, ularning ham imtihonlari va boshqa xarajatlarini qoplab berishga tayyorligini aytdi. 🔥


Bilim aslida o‘zim uchun. 📖

Lekin bu sharoitda bilim faqat o‘zim uchun bo‘lib qolmadi. USMLE orqali olgan bilimlarim mening darslarimni ham ancha yuqori darajaga olib chiqdi. 🩺📚


🤝 ENG KATTA O‘ZGARISH — ISHONCH

USMLE topshirishdan avval rektorimizni faqat uzoqdan ko‘rardim.

Undan keyin esa rektor bilan ko‘p suhbatlashdik, ko‘p maslahatlar oldim.

Siz ham institutda yuqori martabalarga erishishingiz va rahbariyatning ishonchini qozonishingiz mumkin.

Lekin buning uchun faqat gapirish yetmaydi.

Natija ko‘rsatish kerak. 💪

Rektor sizga qachon ishonishni boshlaydi?

Qachonki uning ishonchini oqlasangiz va natija ko‘rsatsangiz.

Men uchun o‘sha natija — USMLE Step 1ni topshirish bo‘ldi.

Men shunday qildim.


🎯 QADRLI FJSTI TALABALARI!

Sizlarda ham bu imkoniyat bor!

Siz hamma tadbirda qatnashib, hamma narsani zo‘r qila olmaysiz.

Lekin ba'zida bitta aniq maqsad va bitta katta natija hammasini o‘zgartirib yuborishi mumkin. 🔥

Men uchun bu — USMLE bo‘ldi.

Bu — yana aytaman — USMLE topshirish. 🇺🇸🩺
Barcha FJSTI talabalari
Ayniqsa, yangi 1-kurs talabalari!

Sizlarda vaqt ham, imkoniyat ham bor.

📌 Imkoniyatdan foydalaning!
📚 O‘rganishni boshlang!
💪 Natija ko‘rsating!
🌍 Katta imkoniyatlar tomon harakat qiling!

Bugun boshlagan kichik harakatingiz ertaga sizga katta imkoniyatlar ochib berishi mumkin.

Men bu imkoniyatdan barcha talabalarimiz foydalanishini juda xohlayman.

Shuning uchun bu xabar institutimizdagi barcha talabalar, ayniqsa yangi 1-kurs talabalari bilishini xohlardim.

📢 Barcha FJSTI talabalari bilan ulashing!

@Com_Med
👍115❤‍🔥1
🇺🇸 USMLE O‘QISH VA OXIRIDA STEP 1 TOPSHIRISH UCHUN SIZDAN NIMA TALAB QILINADI?
👇👇👇
🥰3👍2
🔥 USMLE’GA OLIB BORUVCHI 8 TA MASLAHAT

💰 Ishoning, 1-o‘rinda PUL EMAS.

USMLE — qisqa masofaga yuguriladigan sprint emas, UZОQ MUDDATLI MARAFON. 🏃‍♂️

Bu yo‘lda “eng zo‘r o‘qiganlar” yoki “hamma mavzuni mukammal tushunganlar”gina Step topshira oladi, desangiz — ADASHASIZ.

🏆 BU YO‘LDA TASHLAB KETMAGANLAR, OXIRIGACHA BОRGANLAR YUTADI.

Chunki siz boshida Embriologiyani boshlaganingizda mavzular nisbatan kichik va tushunarli tuyulishi mumkin. Lekin 2–3 oydan so‘ng Fiziologiya boshlanadi.

Ko‘pchilik hatto shu bosqichgacha ham yetib kelmaydi.

Nega?

Chunki boshida siz HAMMA NARSANI TUSHUNMAYSIZ.

🧩 USMLE — PUZZLE’GA O‘XSHAYDI.

To‘liq rasmni ko‘rish uchun puzzle’ning katta qismini yig‘ishingiz kerak.

USMLE’da tushunish qiyin bo‘lgan mavzular bor. Kuniga ko‘p vaqt talab qiladigan sxemalar, murakkab savollar va:

“Bu mening qo‘limdan kelmaydi.”

“Juda qiyin ekan.”

“Men buni tushunmayapman.”

degan fikrlar ham bo‘ladi.

Ba’zilar shu joyda tashlab ketadi.

Lekin ASOSIY KUCH NIMADA, BILASIZMI?

🔥🔥🔥 DAVOM ETISHDA. 🔥🔥🔥

Qo‘lingizdan kelganicha o‘qish, xato qilish, yana o‘rganish va yana davom etish — aynan shu narsa sizni marraga olib boradi.



🧠 MEN ANIQ BILAMAN:

USMLE topshirganlarning hech biri 100% barcha mavzularni mukammal tushunib imtihonga kirmagan.

Lekin bir narsani aniq bilaman:

🏆 ULAR OXIRIGACHA DAVOM ETISHGAN.


💡 UMUMIY 8 TA TAVSIYAM

1️⃣ BOSHIDA TUSHUNMAYOTGANINGIZDAN QO‘RQMANG.

Bu tabiiy. Bir necha oydan keyin oldin tushunmagan narsalaringiz asta-sekin bir-biriga bog‘lana boshlaydi.

2️⃣ NIMA BO‘LGANDA HAM DAVOM ETING. 🔥

Step 1 faqat First Aid, UWorld va case’lardan iborat emas.

Bu yo‘lga stress, tushkunlik, charchoq va hatto ko‘z yoshlar ham kiradi.

Muhimi — TO‘XTAB QOLMASLIK.

3️⃣ DAVOMIYLIK — USMLE’DA ENG MUHIM NARSALARDAN BIRI.

Bir kun juda ko‘p o‘qib, keyin bir hafta tashlab qo‘yishdan ko‘ra, har kuni oz bo‘lsa ham davom etish muhim.

4️⃣ USTOZINGIZ BO‘LSA VA UNGA ISHONSANGIZ — VAZIFALARINI BAJARING.

Har kimning gapiga quloq solib, yo‘nalishingizni o‘zgartiravermang.

5️⃣ ATROFDAGILARNING GAPIGA BERILIB KETMANG.

“USMLE qiyin.”

“Qimmat.”

“Shu yerning o‘zi yaxshi-ku.”

Bunday gaplar sizning xohishingizni so‘ndirishi mumkin.

🤫
BA’ZI MAQSADLARNI HAMMAGA AYTISH SHART EMAS.


6️⃣ O‘ZINGIZGA ANIQ REJA TUZING. 📚

Qancha vaqtda tugatasiz?

Kuniga necha soat o‘qiysiz?

Qachon UWorld boshlaysiz?

Qachon NBME ishlaysiz?

🎯 REJASIZ UZOQ YO‘LGA CHIQISH QIYIN.

7️⃣ KURS YOKI GURUH BILAN O‘QING. 🤝

USMLE — uzoq muddatli jarayon.

Guruhda esa siz bilan BIR XIL MAQSADDAGI INSONLAR bo‘ladi.

Bir-biringizni qo‘llab-quvvatlaysiz, tajriba almashasiz va motivatsiya olasiz.

8️⃣ AGAR SIZ HAM XUDDI SHUNDAY MUHITNI IZLAYOTGAN BO‘LSANGIZ — IZOHDA “+” QOLDIRING. ❤️



💰 9️⃣ ALBATTA, PULSIZ QIYIN. LEKIN PULNING O‘ZI HAM HAMMASINI HAL QILMAYDI.

Shaxsan men ham PULSIZLIK SHAROITIDA USMLE O‘QIGANMAN.

Shuning uchun imkoniyat yo‘qligini sabab qilib, ORZUINGIZDAN VOZ KECHMANG.


🔥 USMLE — MUKAMMAL BO‘LISH HAQIDA EMAS.

🏆 USMLE — OXIRIGACHA BORISH HAQIDA.

📚 Shu kabi USMLE tayyorgarligi, tajriba va maslahatlar uchun:

👉 @Com_Med
🔥84👏1
📚🔥 TIBBIYOTNI SHU MANBALARDAN O‘RGANISHINGIZ SHART

👨‍⚕️ Kim bo‘lishingizdan qat’i nazar — talaba yoki shifokor, tibbiyotni puxta o‘rganish uchun quyidagi manbalarni bilishingiz kerak.

🟢 Ingliz tilini bilmasangiz ham muammo emas!
ChatGPT orqali tarjima qiling, lekin bilimni ishonchli original manbalardan o‘rganing.



🔵 🦴 ANATOMIYA VA ATLAS

Agar tibbiyotni endigina boshlagan bo‘lsangiz yoki 1–2–3-kurs talabasi bo‘lsangiz:

🔴 1️⃣ Gray’s Anatomy for Students — 4th Edition

🟠 2️⃣ Color Atlas of Anatomy — 7th Edition

🟡 3️⃣ Netter’s Atlas of Human Anatomy — 7th Edition

🟣 4️⃣ High-Yield Gross Anatomy



🔵 🧠 FIZIOLOGIYA VA MURAKKAB MAVZULAR


Fiziologiya, nevrologiya, kardiologiya va boshqa murakkab mavzularni chuqurroq tushunmoqchi bo‘lsangiz:

🔴 1️⃣ Kaplan Lecture Notes
📖 Taxminan 2000 betlik katta manba.

🟠 2️⃣ Boards & Beyond (B&B) Notes
Albatta, eng yangi variantidan foydalaning!


🔥 ASOSIY YO‘NALISH BERUVCHI MANBA

📕 FIRST AID 2026

Eng oxirgi nashri

📌 First Aid — asosiy va muhim ma’lumotlarni tizimlashtirish hamda tibbiyotni to‘g‘ri yo‘nalishda o‘rganish uchun muhim manbalardan biri.



😎 Shu manbalarni yaxshi o‘rganib chiqqaningizdan keyin menga rahmat aytasiz! 📚

📢 📚 KITOBLARNI OLISH UCHUN:

1️⃣ Ushbu xabarni tibbiyot talabalariga va tibbiyot guruhlariga ulashing.

2️⃣ Ulashganingizdan so‘ng pastda kitoblar havolasi bor

Kitoblar📕📕📕

Ulashgan ulashmaganiz vijdonizga havola😂😂😂

3. Bularni o'zbekchada o'rganib USMLE topshirmoqchi bo'lsangiz izohlarda +++ qoldiring.

🔥 Bilimni to‘g‘ri manbadan boshlang!

👉 @Com_Med
👍3🔥21
Savollarni bemalol berishingiz mumkun😊😊😊
👍2
⭐️ PODKAST | TIBBIYOT | 2027

⚡️ Nega baʼzi talabalar boshqalarga nisbatan 20 barobar tez muvaffaqiyatga erishadi. Oʻzi tibbiyot talabasi oʻqishi kerakmi, kabi muhim mavzular haqida gaplashamiz Xudo xohlasa.

♏️ Mehmonimiz Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tarixida ilk bor Amerikaning USMLE Step 1 imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan doʻstim Nurmuhammad Qurbonov boʻladi.

Mavzu: Tibbiyotda oʻqish kerak emas(mi)
⏰️ Vaqt: 3-sentyabr | 20:00
🔗 Manzil: @FJSTI_TALABALAR

🔔 @FJSTI_talabalar — yagona norasmiy talabalar uchun kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Testosteron erkaklarda qanday vazifalarni bajaradi?
Testosteron qayerda ishlab chiqariladi?
Sport zalida testosteron qabul qilish xavflimi?
Nimalar testosteron miqdorini kamaytiradi?
Estrogen faqat ayollarda bo‘ladimi? U qayerda ishlab chiqariladi va qanday vazifa bajaradi?
Homiladorlikda nega anemiya, ich qotishi va gestatsion diabet rivojlanishi mumkin?
LH, FSH, hCG, progesteron, estrogen va boshqa gormonlar reproduktiv tizimni qanday boshqaradi?
Erkak va ayol reproduktiv tizimining fiziologiyasi qanday ishlaydi?

Ayyolar va Erkaklar reproduktiv fiziologiyasi hammasi 1 ta darsda.

🔥 Bu va boshqa yuzlab savollarga USMLE uslubida javobni quyidagi videodars orqali olasiz!

Bu kursimizdan ozgina parcha holos

📚 Reproduktiv tizim + Endokrinologiya + Homiladorlik
🧠 USMLE Step 1 uchun tushunarli va klinik yondashuvda

🎯 Tibbiyotni shunchaki yodlamang — mexanizmini tushuning!!



Prezentatsiya bu yerda

📲 Kimga kerakligini bilasiz — ulashing:
👉 @Com_Med
🔥6👍3🎉31
Alhamdulillah!!!
Ota-ona uchun farzandi orqasida rahmat eshitishdan ko'ra katta baxt yo'q menimcha☺️☺️☺️

Albatta bu darajaga chiqishimda otam va onam o'rni beqiyos.❤️

Hamma talabalarga nasib qilsin.

@Com_Med
22🔥8👏4👍2