CodeVerce
64 subscribers
70 photos
6 videos
10 files
66 links
Darslar • Maqolalar • Kodlar
admin: @dinMuhammad05
Download Telegram
yechim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
hozirda javascriptni o'rganyapman, ko'p vaqtim javascript , qanday rivojlanish va yaxshi odatlar shakllantirish haqida resurs axtarish bilan kunim o'tib ketyabti shu sababdan, o'rgangan narsalarimni sizlar bilan o'rtoqlashmoqchiman. Ilm o'rganib uni berkitib yashash bu haqiqiy baxil insonni xislatlaridandir zero bizni payg'ambarimiz(S>A>V) baxilikdan qaytarganlar.
InshaAllah kanalga qushilganingizdan afsuslanmaysiz degan umiddaman
Allohim ilm safarimizda ko'plab hamrohlar nasib etsin (amin), ilmmiy musobaqalar, marafonlar, yig'ilib birga olgan ilmlarimiz haqida fikr almashish nasib etsin
va albatta bu bilan birgalikda albatta leetcode-dan misollar ishlashni olib ketamiz, haftada bitta ikkita bo'lsa ham
Channel name was changed to «CodeVerce»
kanal nomini CodeVerce - ga o'zgartirdim. Code - dasturlashga ishora , Verce - "koinot", "dunyo" ma'nosida. Ya'ni : "Kod olami".
Bugun biz #JavaScript bo‘yicha yangi darsni boshlaymiz. #dasturlash #fullstack
bugungi mavzu: kirish. dasturlash muhitini sozlash. #1_dars
1. Dasturlash muhiti – bu dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan vositalar va konfiguratsiyalar to'plamidir. To'g'ri sozlangan muhit dasturchining ish samaradorligini oshiradi va kod yozish jarayonini ancha yengillashtiradi.

Dasturlash muhiti nima uchun kerak?
• samaradorlik.

• Standartlashtirish:(Jamoa bo'lib ishlaganda, bir xil muhit turli xil muammolarning oldini oladi.)

• Avtomatlashtirish: Ko'pgina vazifalarni (masalan, kod formatlash, xatolarni tekshirish) avtomatlashtirish mumkin.

2. Asosiy vositalar
JavaScript va umuman veb-dasturlash uchun quyidagi asosiy vositalar kerak bo'ladi:
a. kod muharrir.
b. Veb-brauzer (Web Browser).
c. Node.js .
d. Git va Versiyalarni Boshqarish Tizimlari (GitHub, GitLab, Bitbucket).
e. Terminal / Buyruqlar Qatori (Command Line Interface - CLI).

3. Muhitni Sozlash Bosqichlari (Umumiy Ko'rinish).
a. Kod muharririni o'rnatish: VS Code kabi muharrirni rasmiy saytidan yuklab olib o'rnating.
b. Node.js va npm (yoki yarn)ni o'rnatish:
c. Gitni o'rnatish: Git rasmiy saytidan yuklab o'rnating
d. Brauzerda dasturchi vositalarini o'rganish.

4. Eng Yaxshi Amaliyotlar (Best Practices)


JavaScriptga kirish:
Endi JavaScriptning o'ziga o'tamiz. Bu bo'limda uning nima ekanligi, tarixi, imkoniyatlari va asosiy tushunchalari haqida gaplashamiz.

1. JavaScript Nima?
JavaScript (JS) – bu yuqori darajali, ko'pincha JIT (Just-In-Time) kompilyatsiya qilinadigan, dinamik, zaif tipli, prototipga asoslangan, ko'p paradigmali dasturlash tili. U HTML va CSS bilan bir qatorda veb-texnologiyalarning uchta asosiy ustunidan biri hisoblanadi.
#theory

Yuqori darajali (High-level).
Interpretatsiya qilinadigan / JIT-kompilyatsiya qilinadigan.
Dinamik (Dynamic).
Zaif tipli (Weakly typed).
Prototipga asoslangan (Prototype-based).
Ko'p paradigmali (Multi-paradigm).

Bir oqimli (Single-threaded)

ECMAScript: JavaScript tilining standartlashtirilgan spetsifikatsiyasi ECMAScript deb ataladi. Har yili yangi versiyasi chiqadi (ES2015/ES6, ES2016, ES2023 va hokazo), ularda tilga yangi imkoniyatlar qo'shiladi. Brauzerlar va Node.js ushbu standartni amalga oshirishga harakat qiladi

2. JavaScriptning Veb-Dasturlashdagi O'rni
3. JavaScript Asosiy Tushunchalari
a. sintaksis asoslari
b. o'zgaruvchilar
c. ma'lumotla typelari (Data types)
d. operatorlar (operators)
e. Boshqaruv Konstruksiyalari (Control Flow).
f. Funksiyalar (Functions)
g. Ob'ektlar va Xususiyatlar (Objects and Properties).
h. Massivlar (Arrays).
i. DOM Manipulyatsiyasi (Qisqacha).
j. Hodisalar (Events)

Shu mavzularni qisqa tarzda tanishib chiqamiz, va kelgusi darslarda to'liq har bir mavzu uchun alohida bir kun ajratib full tarzda ko'rib chiqamiz InshaAllah
#leetCode
1. masala:
Butun sonlar massivi nums va butun son berilgan bo'lsa target, ikki raqamning indekslarini shunday qilib qaytaringki , ular qo'shilibtarget .

Har bir kirishda aynan bitta yechim bo'ladi deb taxmin qilishingiz mumkin va siz bir xil elementni ikki marta ishlata olmaysiz .

Javobni istalgan tartibda qaytarishingiz mumkin.

1-misol:

Kirish: nums = [2,7,11,15], maqsad = 9
Chiqish: [0,1]
Tushuntirish: chunki nums[0] + nums[1] == 9, biz [0, 1] ni qaytaramiz.
2-misol:

Kirish: raqamlar = [3,2,4], maqsad = 6
Chiqish: [1,2]
3-misol:

Kirish: raqamlar = [3,3], maqsad = 6
Chiqish: [0,1]
Har bir qiladigan ishimizni, o'qiydigan kitobimizni, shakllantirishni xohlagan odatimizni bizga foydasini bilib olsak, biz uni bajarishga bo'lgan ishtiyoqimizni oshiradi. Har bir kitobda kirish qismi bo'ladi , u qismda kitob , kitobni mavzusi, nima sababdan yozilgani? va muallif haqida ma'lumotlar keladi. Bu bejizga emas, yuqorida keltirib o'tganimizdek sababiyatga ega.
foundation kursini tugatib shu muammoga duch kelgan edim, lekin shu podcastni ko'rib ko'nglim ancha xotirjam bo'lgan edi .
(Avvalo Alloh)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM