CodeVerce
64 subscribers
70 photos
6 videos
10 files
66 links
Darslar • Maqolalar • Kodlar
admin: @dinMuhammad05
Download Telegram
😱😱😱
$ null > 0
false

$ null = 0
false

// lekin
$ null >= 0
true

////////////////////////////////////
$ null < 0
false

//lekin
$ null <= 0
true
“Tarix unutulsa, u takrorlanadi.”
“Kimki o‘tmishni eslamasa, uni yana boshidan kechirishga mahkum bo‘ladi.”
Forwarded from Vohid Karimov
Chet elda O'zbekiston haqida mag'rurlanib gapiradigan narsalar ohirgi 5 yilda ko'payib qolgan bo'lsada (13ta olimpia medali, futbol jahon chempionati, shaxmatistlarimiz, boksyorlarimiz va hkz) o'zbek taomlari hali ham birinchi o'rinda turibdi 😁
Forwarded from 1% Bilim
Agar ideal mahsulot yaratmoqchi bo’lsangiz, Google Maps ni eslang.

2005 yilda ishga tushgan Google xaritasida Yevropa bo’lmagan. Osiyo bo’lmagan, Afrika bo’lmagan, Avstraliya bo’lmagan…

Aytgancha Google Maps bugun eng ko’p ishlatiladigan karta.

@birfoizbilim
Forwarded from Saud Abdulwahed
AI sartaroshlarning ishini olib qo'ymaydi deb kim aytdi 🌚
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ai mastava
Twitterdan topib keldim

Mehnat bozori rasvo. Yoshlar o’zlarini rezyumelarini yozish uchun ChatGPT ishlatishyapti. HR lar bo’lsa ularni o’qish uchun AI ishlatyapti. Hech kim ishga olinmayapti.

@aimastava
Forwarded from Botir Ziyatov
Foydalanuvchi interfeysida 'Sizning' yoki 'Mening' so‘zlarini qachon ishlatish kerak ?

Ushbu qiziq postni sizlar bilan bo‘lishmoqchiman.

Foydalanuvchilar uchun quyidagilardan qaysi biri yaxshiroq?

- "Mening hisobim" yoki "Sizning hisobingiz"?
- "Mening buyurtmalarim" yoki "Sizning buyurtmalaringiz"?
- "Mening ishlarim" yoki "Sizning ishlaringiz"?

Bunga Amazon qilgan yechimdan misol.

Amazon umuman bu so‘zlarni ishlatmaydi, shunchaki:
- Hisob
- Buyurtmalar
- Ishlar

Lekin ba'zi hollarda ishlatish kerak bo‘lsa:

Foydalanuvchiga murojaat qilganda - "sizning"
Foydalanuvchi sizga javob berganda - "mening"

Ko‘p hollarda bu so‘zlar umuman kerak emas. Oddiy nomlar yetarli.

@botirziyatov
C++ dastur.uz.exe
3.2 MB
DIQQAT!

Algoritm bo'yicha bilmingizni oshirmoqchimisiz?

Ushbu qo'llanmada mavzular bo'yicha 1000 dan ortiq masalalar keltirilgan.
Barchasi O'ZBEK tilida.
Mavzular ketma-ket keltirilgan.
Qiyinlik darsajasi ortib borish shaklida joylangan

Boshqalarga ham tarqating, ular ham algoritmlash bo'yicha bilimlarini oshirishsin.
@sardoroga_blog

Muallif: Qudrat Abdurahimov
Shogirdi
: Sardor Dushamov (:
Forwarded from @Rustam-Z⚡️
Yesterday, META's live demo FAILED multiple times

They released, new smart glasses with AI features. If you missed, watch this quick recap 👈

AND...

Demo was live. And it failed at least 3 times. AI didn't work properly. Video call didn't work https://youtu.be/Fmy7HFoAH-k

THIS IS THE BIGGEST LIVE DEMO FAILS OF 2025 🤡

Someone is probably getting FIRED ☠️ over this. But probably this is fake.

BIG FAIL.

@cracking_maang
Forwarded from JR TwitGram 🥂
Qachondir o'zingizni tupoy sal kallasi ishlamaydigandek his qilsangiz, quyidagini o'qing.

Hozirgina kodimni o'zgartirib test qilishga harakat qildim. Kodimni o'zgartiryapman lekin testning natijasi o'zgarmayapti. Boshimdan tutun chiqishni boshladi.

Ohiri tushunib yetdim.

Kodni o'z kompyuterimda o'zgartirib, testni ssh qilib kirgan remote serverda qilayotgan ekanman. Yani o'zgarishlar remote serverda hali yo'q.

Press F.
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Biror jiddiy loyihani productionga chiqarilganda mana shu ikkita narsani qilish shart.

Bir narsa kundek ayon. Har bitta loyihada muammolar bo'ladi. Productionda bo'ladi. Foydalanuvchilar topadi shu muammolarni. Bundan qochib qutilib bo'lmaydi.

Shuning uchun ham muammo chiqqanda tezroq tuzatish haqida o'ylashimiz kerak.

Unga Monitoring va Logging yordam beradi.

Monitoring sizga muammo kelib chiqishdan oldin proaktiv tarzda nimadir qilishga yordam beradi. Masalan siz CPUni monitor qilayotgan bo'lsangiz va 80% kelganda muammo chiqishini bilsangiz, monitoring yordamida 60%ga kelib qolganda email jo'natadigan yoki boshqacha notification keladigan qilsangiz bo'ladi. Undan keyin esa nega CPU ko'tarilib ketayotganini topib to'g'rilasangiz bo'ladi. Muammo kelib chiqishidan oldin.

Logging esa kutilmagan muammo chiqib bo'lgandan so'ng nimaga kelib chiqqanini topishga yordam beradi. Hamma narsani ham monitor qilib bo'lmaydi. Masalan biznes logikada xato ketgan bo'lishi mumkin. Shunday holatlarda loglardan foydalanib muammo nimaga kelib chiqqanini bilish mumkin.

Bularsiz muammolarni topish va tuzatish qiyin masala.

@jakhonrakhmonov
CI/CD - bu zamonaviy dasturlashda juda muhim tushuncha. Keling, buni pog'onama-pog'ona tushuntirib beray.
CI/CD nima?
CI/CD - bu ikki muhim jarayonning qisqartmasi:

CI = Continuous Integration (Uzluksiz Integratsiya)
CD = Continuous Delivery/Deployment (Uzluksiz Yetkazib Berish/Joylashtirish)

Oddiy misolda tushuntirish
Tasavvur qiling, siz oshpaz bo'lib, har kuni yuzlab odamlar uchun taom tayyorlaysiz. Agar har safar barcha ingredientlarni alohida tekshirib, keyin hammasi birdan aralashtirgan bo'lsangiz, xatoliklar ko'p bo'lar edi. Lekin agar har bir ingredientni qo'shayotganda darhol ta'mini tekshirib, muammolarni erta aniqlasangiz, oxirgi natija ancha yaxshi bo'lardi.
Aynan shu prinsip dasturlashda ham qo'llaniladi.

Continuous Integration (CI) - Uzluksiz Integratsiya
Bu jarayonda dasturchilar o'z kodlarini kuniga bir necha marta umumiy kod omboriga (repository) yuboradi. Har safar kod yuborilganda:
Avtomatik tekshiruv ishga tushadi
Testlar ishga tushiriladi
Xatolar erta aniqlanadi
Sifat nazorati amalga oshiriladi

Masalan, agar siz 5 ta dasturchi bilan ishlayotgan bo'lsangiz va har biringiz o'z qismini alohida yozayotgan bo'lsangiz, CI sizning kodlaringiz bir-biriga mos kelishini va birgalikda muammosiz ishlashini ta'minlaydi.
Continuous Delivery/Deployment (CD) - Uzluksiz Yetkazish
Bu ikki xil jarayon bo'lishi mumkin:
Continuous Delivery - dastur ishlab chiqarish muhitiga (production) joylashtirish uchun har doim tayyor turadi, lekin qo'lda tasdiqlanadi.
Continuous Deployment - testdan muvaffaqiyatli o'tgan har bir kod avtomatik ravishda ishlab chiqarish muhitiga joylashtiriladi.
Real hayotdan misol
Netflix yoki Google kabi kompaniyalar kuniga yuzlab yangilanishlarni o'z ilovalariga qo'shadi. Bu faqat CI/CD tufayli mumkin:

Dasturchi yangi funksiya yozadi
Kod avtomatik tekshiriladi
Barcha testlar o'tkaziladi
Agar hammasi yaxshi bo'lsa, avtomatik ravishda foydalanuvchilarga yetkaziladi
Bu jarayon 24/7 davom etadi

CI/CD ning asosiy afzalliklari
Tezlik: Yangilanishlar tezroq chiqadi
Sifat: Xatolar erta aniqlanadi va tuzatiladi
Ishonchlilik: Testlar avtomatik o'tkaziladi
Xavfsizlik: Har bir o'zgarish nazorat ostida
Qanday ishlaydi?

Kod yozish - dasturchi yangi funksiya yozadi
Commit - o'zgarishlarni saqlaydi
Push - umumiy kod omboriga yuboradi
Build - dastur avtomatik yig'iladi
Test - barcha testlar o'tkaziladi
Deploy - tayyor bo'lsa, foydalanuvchilarga yetkaziladi

Bu jarayon har bir kod o'zgarishida takrorlanadi va butunlay avtomatlashtirilgan.
CI/CD zamonaviy dasturlashning asosi hisoblanadi, chunki u jamoaviy ishni samarali qiladi va yuqori sifatli mahsulot yaratishga yordam beradi.

Yana bir misol:
CI/CD - ni qo'llab biz serverda joylagan loyihamizni qachonki githubda o'zgartirsak avtomatik ravishda CI/CD serverda ham yangilab beradi
gRPC (Google Remote Procedure Call) -
bu Google tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy, ochiq kodli remote procedure call (RPC) framework hisoblanadi.


gRPC nima va nima uchun kerak?
gRPC - bu turli xil dasturlash tillarida yozilgan ilovalar o'rtasida muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiya. Tasavvur qiling, sizning bir ilovangiz Python da yozilgan, ikkinchisi Java da, uchinchisi Go da. gRPC yordamida bu ilovalar bir-biri bilan xuddi bir tilda yozilgandek oson muloqot qila oladi.

Oddiy qilib aytganda, gRPC clientga serverdagi funksiyani xuddi o'z lokal funksiyasidek chaqirish imkonini beradi. Bu microservice arxitekturasida juda muhim ahamiyatga ega.

Xulosa:
gRPC zamonaviy microservice arxitekturasi uchun juda kuchli vosita. U performance, type safety va multi-language support ni birlashtiradi. Biroq, u REST ga qaraganda murakkab va browser support cheklangan. Shuning uchun loyihangizning ehtiyojlariga qarab to'g'ri tanlov qilish muhim.
kanaldagi tarjimon funksiyasi orqali istalgan tilda o'qishingiz mumkin😊
Forwarded from Botir Ziyatov
#startup

Noah ismli dasturchi Notion asosida loyiha ishlab chiqdi.
loyiha nomi : potion.so

Potion bu - Notion kontentingiz bilan bir necha daqiqada osongina veb-sayt yaratishingiz mumkin.

Noah:
Internetda Notion haqida gapiradigan odamlar ko‘p, buni ajoyib belgi sifatida ko‘rdim.
Men 2,5 yildan beri Potionni ustida ishlayman va 6 ming dollarlik MRR ga erishdim

2023 yil iyun oyida Noah bu biznesni 300 ming dollarga sotdi!

@botirziyatov