CHIRCHIQ ZIYOSI
3.53K subscribers
2.98K photos
462 videos
1 file
861 links
Download Telegram
Uch avlod uchrashuvi

Xotira-kechagi oʻtmishni, ajdodlar oʻgiti, milliy merosimizni anglatib tursa, qadr-insonni yuksaklikka koʻtaradi. 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan 4-may kuni Chirchiq shahar 7-umumiy oʻrta ta'lim maktabida "Xotira-ulugʻ qadriyat" mavzusida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda Chirchiq shahar hokimi M. Abdurahimov, Chirchiq shahar IIB boshligʻi, polkovnik I.Xasanov, Chirchiq shahar "Nuroniylar kengashi" a'zolari , "Iftixor" MFY nuroniylari va faxriy oʻqituvchilar ishtirok etdilar.

Maktabning bitiruvchi sinf o'quvchilari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda yoshlarga bugungi nurafshon kunlarga shukrona keltirish, yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, kelajakda Vatanga munosib farzand bo'lishlariga tilaklar bildirildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_HIKMATI

Ortiqcha mеhnatdan kelgan kasalliklar dam olish bilan, bekorchilikdan kelgan kasalliklar esa mehnat bilan davolanadi.

© Gippokrat
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

Osmondan ikkita qor parchasi yonma-yonlikda tushib kelishar edi.
– Uchish qanchalar yaxshi, to’g’rimi? – deb so’radi ulardan biri.
– Yo’q, – dedi bunga javoban ikkinchisi.
– Uchmayapmiz, axir biz qulayapmiz!
– Lekin yaqinda qo’namiz va birodarlarimiz bilan bir butun qatlamga aylanamiz…
– Qo’ysang-chi… Pasda halok bo’lamiz, bizni oyoq-osti qilishadi!
– Oyoq osti bo’lmaymiz, kunlar iliganda oqar suvga aylanishimizni, hatto daryogacha oqib borishimiz mumkinligina o’ylab ko’rgin…
– Hecham – da! Suvga aylanarmishmiz!…
Erisak ham loyqa suvga aylanamiz, hamda behuda yo’q bo’lib ketamiz!…

Ular shunday baxs bilan yergacha yetib kelishdi. Keyin… keyin esa har ikkisi o’z tasavvuridagi taqdirni kutib oldilar.

@toshkent_vohasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hafta_dayjesti

Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi tomonidan hafta davomida amalga oshirilgan eng muhim voqealar haqida "Hafta dayjesti"da tanishing.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kinotavsiya

“Choʻlpon. Qush esdaligi” hujjatli filmi

Mazkur film yetuk adib, buyuk maʼrifatparvar shoir va yozuvchi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon hayoti va ijodiga bagʻishlangan.

“Choʻlpon. Qush esdaligi” filmida Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlponning qatagʻonga uchrashi, bunga asosiy sababchi boʻlgan sobiq rus imperiyasi va ijodkorni qatagʻon ostonasiga yetaklab kelgan sotqinlar fosh etiladi.

Senariy muallifi Erkin Bozorov, rejissyor va prodyuser Husan Rashidov, operator Jahongir Ibragimov, rassom Shuhrat Abdumalikov, kartina direktori Kamila Matenova.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
KUN_HIKMATI

Agar birovning tashvishi seni ham tashvishga solsa;
-bilki hali tabiating toza ekan.

© Donolar bisotidan
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰QADR –
muayyan qadriyatning yaʼni, biron-bir narsa, voqea, hodisa yoki biror idealning inson va jamiyat uchun qadri va ijtimoiy ahamiyatini anglatadigan tushuncha.

Qadr tilimizda xilma-xil maʼnoni anglatadi va maʼnaviy qiyofamizni koʻrsatadigan sermazmun tushunchalardan biri hisoblanadi.


Rasmiy
sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqvim

🗓 Kun tarixi

Bugun, 7-may kuni kimlar tug‘ilgan?


📺 Taqvim

Rasmiy
sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from Otabek Hasanov
#Chirchiq_shahar
#Ko'rgazmalar_ tanlovi

Maktabgacha va ma'tab ta'limi bo'limi , Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo'linmasi hamkorligida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan 8- umumta'lim maktabi 2-sinf o'quvchilari o'rtasida qo'ldan yasalgan ko'rgazmalar tanlovi  o'tkazildi. Tanlovda bolajonlar o'z qo'llari bilan yasagan ijod na'munalari bilan ishtirok etdilar.

✍️RMMM Chirchiq shahar bo'linmasi.
Joriy yilning 3-may kuni Chirchiq shahrida Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni jismoniy chiniqtirish va harbiy xizmatga tayyorgarlik ko‘rishga ko‘maklashish maqsadida umumta'lim maktablaridagi 11-sinfni bitiruvchi o‘g‘il bolalar bilan Chirchiq shahar hokimligi, harbiy prokuratura, mudofaa ishlari bo‘limi, yoshlar ishlari agentligi, maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi bilan hamkorlikda dastlab o‘quvchi yoshlar bilan birgalikda 5000 qadam piyoda yurib o‘tildi.

Shundan so‘ng Toshkent harbiy okrugi poligonida "AК-74" jangovor qurolidan amaliy otish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirda shahardagi mavjud umumta'lim maktablari, kasb-hunar maktablari o‘quvchilari hamda "Vatan tayanchi" otryadi a'zolari dala o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashdilar. O‘quvchilarga harbiy xizmatchilar  avtomatni yig‘ish va undan o‘t ochish bo‘yicha zarur ko‘nikmalar berdilar.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM