CHIRCHIQ ZIYOSI
3.68K subscribers
2.41K photos
401 videos
1 file
770 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh
#Maʻnaviyat_xiyoboni

⚡️ Chirchiq shahri 3-kichik nohiyadagi “MA’NAVIYAT XIYOBONI” foydalanishga topshirildi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, shahar hokimi Murodjon Abdurahimov, faxriylari, nuroniylari, viloyat sektor rahbarlari, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, viloyat Kasaba uyushmasi raisi, 22 ta tuman va shahar hokimlari, Chirchiq shahar sektor rahbarlari, “Nuroniy” jamg‘armasi, shahar faollari, shahar deputatlari, Yoshlar ishlari agentligi, korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla “yettiligi”, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Xiyobon “Shohruh Qurilish dizayn” mas’uliyati cheklangan jamiyati (quruvchi Begzod Axmedjanov) tomonidan 1 mlrd. 400 million so‘m mablag‘ evaziga aholi uchun dam olish va madaniy-ma’naviy xordiq chiqarish uchun tashkil qilindi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Hayotning har lahzasi go'zal.
Umrning har dami g'animat.

✍️ Anvar Obidjon.

🌸Kuninguz xayrli o'tsin!
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰OMMAVIY
MADANIYAT madaniyatning murakkab, hamma vaqt bir xil talqin qilinmaydigan oʻziga xos shakli.

Ommaviy madaniyatni Gʻarb madaniyati bilan bogʻliq hodisa deb tushunish, shuningdek, uni gʻoyasizlik, sifatsizlik va didsizlik namunasi sifatida baholash keng tarqalgan.

Ayni paytda, folklor, xalq madaniyati ham ommaviy madaniyat koʻrinishlari sifatida talqin qilinadi.

Ommaviy madaniyat chuqur ijtimoiy va madaniy ildizlarga ega.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

O'lim yoqasidagi ayol eridan so'rabdi:
Men o'lsam qancha vaqt o'tib uylanasiz?
— Qabring qachon qurisa, o'shanda.
— Va’da berasizmi?
— Haa…

Ma’lum vaqtdan keyin ayol vafot etibdi. Er har kuni ayol qabriga borar, ammo qabr hech qurimas ekan. Er bir kuni tunda qabr oldiga borsa, ayolning ukasi qabrga suv solayotgan ekan. Nega bunday qilayotganini so'rasa:
"Opam har kuni qabrimga suv quygin" deb vasiyat qilganlar, — deb javob beribdi...

@toshkent_vohasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa

Chirchiqda oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi

Chirchiq shahridagi ”Yangi O’zbekiston” massivida bunyod etilgan 5-son oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, tibbiyot faxriylari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Uch qavatli zamonaviy shifo maskani “Shoxrux qurilish dizayn” MChJ bunyodkorlari tomonidan qurib bitkazildi. Qurilish-montaj ishlariga 14,168 milliard so‘m miqdorda mablagʻ sarflandi.

250 kishiga mo‘ljallangan mazkur tibbiyot muassasasi shahardagi 8 ta mahallada istiqomat qiluvchi 25 mingdan ziyod aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Ular uchun chinakam maʼnoda tuhfa boʻldi deyish mumkin. Bu yerda 14 nafar malakali shifokor va 52 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat olib boradi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa

"Maʼnaviyat xiyoboni" faoliyat boshladi

Joriy yilning 4-aprel kuni Toshkent viloyati hokimi Chirchiq shahridagi "Tinchlik" mahallasida fuqarolar bilan oʻtkazgan ochiq muloqoti davomida, mazkur manzilda "Maʼnaviyat xiyoboni" tashkil qilish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar bergan edi.

Chirchiq shahrida mazkur ziyo manzili faoliyat boshladi. 3-kichik nohiyada "Maʼnaviyat xiyoboni” foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, maʼnaviyat sohasi xodimlari, 22 ta shahar va tuman hokimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Xiyobon “Shohruh qurilish dizayn” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 1 milliard 400 million so‘m mablag‘ evaziga qurib bitkazildi.

Aholi uchun dam olish va madaniy hordiq chiqarish maqsadida tashkil qilingan manzilda turli koʻngilochar tadbirlar, maʼnaviy-maʼrifiy kechalar oʻtkaziladi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Дилфузахон Касимова
#Chirchiq_shahar
#G'ofur_Gulom_121_yilligi.

👥 Kitobxonlikni keng tarģib qilish, kutubxonaga kitobxonlarni jalb qilish maqsadida Chirchiq shahar axborot kutubxona markazida G'afur Gulom tavalludining 121- yilligi munosabati bilan kitob kòrgazmasi tashkil etildi.
📚G‘оfur G‘ulom — O‘zbekistonning taniqli yozuvchilaridan biri bòlgan. Shoirning kòpgina asarlari Osiyo va Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilingan.
👥Shuningdek G‘оfur G‘ulom urushdan keyingi yillarda ham adabiyot janrlarining ko‘pgina turlarida samarali qalam tebratib, yuksak badiiy asarlar yaratdi, publitsistika va adabiyotshunoslikka oid qator ajoyib maqolalarini e’lon qildi. Uning ijodi xalq hayotining shu davrdagi o'ziga xos yilnomasi o‘laroq namoyon bo‘ldi. G‘оfur G‘ulom o'sha davrda she'riy asarlari bilan faylasuf shoir darajasiga ko'tarilgan.

✍️RMMM Chirchiq shahar bo'linmasu.
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_HIKMATI

Erkin bo‘lishning bitta yo‘li bor-bizga bog‘liq bo‘lmagan barcha narsaga e'tibor bermaslik.

© Epiktet
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#kun_iqtibosi

Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo’lur.

Mahmudxoʻja Behbudiy

@toshkent_vohasi
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#mitti_hikoya

Sayyoh Portugaliyadan Rossiyaga jo‘nab ketayotganida kuzatuvchilardan biri unga qaltis savol berdi:

Otang, bobong hamda bobokaloning dengizda cho‘kib o‘lganligini bila turib, kemaga o‘tirishdan qo‘rqmaysanmi?
Kechirasan, o‘zingning ajdodlaring qay yo‘sinda olamdan o‘tishgan? — so‘radi sayyoh o‘z navbatida.
Issiq to‘shaklarida, tinchgina, — mag‘rur javob qaytardi suhbatdoshi.
Unday bo‘lsa, aytchi, azizim, — dedi mashhur sayyoh suhbatdoshiga, — o‘zing har kecha to‘shakka kirib yotishga qanday jur’at qilasan?

@toshkent_vohasi
Forwarded from Дилфузахон Касимова
#Chirchiq_shahar
#haftalik_reja_ijrosi

🔹Oila jamiyatning muqaddas maskani, eng asosiy tarbiya makonidir. Oiladagi ota ibrati, ona mehri, bobo va buvilar o’gitlari orqali milliy qadriyatlarimizga bo’lgan imon-e'tiqod, halollik, mehr-oqibat avloddan avlodga o’tadi, farzandlarimiz ongi va qalbida muhrlanib boradi. Iqtisodiy jihatdan farovon, ijtimoiy-axloqiy va g’oyaviy muhiti sog’lom oila negizida yuzaga kelgan jamiyat va davlatning poydevori mustahkam bo’ladi. Chunki bunday oilalarda ma'naviy barkamol inson voyaga yetadi, uning his-tuyg’ulari, dunyoqarashi, tafakkuri el-yurtga halol xizmat qilishdek insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan.
Oila va xotin-qizlar bo'limi, RMMM shahar bo'linmasi, hamkorligida 15 may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan mahallalarda “Oila-muqaddas dargoh” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
RMMM Chirchiq shahar bo'linmasi.