CHIRCHIQ ZIYOSI
3.53K subscribers
2.98K photos
462 videos
1 file
861 links
Download Telegram
#Kun_hikmati

Dunyodan o'tganlarning yaxshi sifatlarini eslanglar, ularning yomon sifatlarini aytishdan saqlaninglar.

✍️ Imom Termiziy

🌌9 may - Xotira va qadrlash kuni
#eʼtibor

Mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan keksalarni yo‘qlash, ularning holidan xabar olish maqsadida Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari Zuhra Mirgaziyeva, Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov, Chirchiq shahar prokurori Ummatbek Ablabekov va Chirchiq gornizoni boshlig’i Shovkat Mamadjanovlar bilan birgalikda shahrimizdagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 99 yoshni qarshilagan Aklima Shayxutdinovaning xonadonida bo‘lishdi.

Dastlab Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi hamda davlatimiz rahbarining qarori bilan faxriylarga ajratilgan bir martalik 20 million so‘m pul mukofoti va maxsus esdalik sovg‘a taqdim etildi.

Suhbat davomida onaxon o‘zining hayot yo‘llari haqida yig‘ilganlarga so‘zlar ekan, bugungi dorilomon kunlarga shukronalar aytib, duolar qilishdi. Bayram munosabati bilan ko‘rsatilgan ushbu e’tibor uchun kun qahramoni va ularning yaqinlari davlatimiz rahbari va tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdilar.

Shuningdek, Chirchiq Nuroniylar markazi tomonidan ajratilgan 1 million so’m pul mukofatini Olimjon Yo’ldashev topshirdi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotira-muqaddas, qadr-aziz!

Xotira-kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi muqaddas kitob zarvaraqlaridek  hayotimizni yoritib turadi. Qadr-insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu intilishlariga maqsad-maslaklariga oliyjanoblik bag‘ishlaydi.

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Chirchiq shahar bo‘linmasi kengashi ham “9 may - Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayramini nishonlash bo‘yicha qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.  Shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan 50 nafar ta’lim tizimida uzoq vaqt mehnat qilgan va hozirda keksalik gashtini surayotgan mehnat faxriylari hamda ishlayotgan pensionerlar uchun joriy yilning 6-may kuni Zangiota-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab sayohat-ziyorat ishlari tashkillashtirildi.

Mustaqillik yillarida barpo etilgan diqqatga sazovor joylar, osmono‘par binolar, ziyoratgohlar, muzeylarga tashrif xodimlarimiz qalbida o‘chmas xotira, ajdodlarimizni qadrlash ularga bo‘lgan e’tibor qalblarida chuqur his tuyg‘uni uyg‘otdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Axir, bu dunyoning zamirida hazrati inson turadi. Zero xotira hamisha muqqaddas, qadr azizdir.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joriy yilning 8-may sanasida Chirchiq shahar kasb-hunar maktabi jamoasi hamda Yoshlar ittifoqi faol koordinatorlari bilan birgalikda Chirchiq shahar "Iftixor" MFY 2-kichik nohiya 12-uyda istiqomat qiluvchi 1929-yilda tug`ilgan Front ortida ishtirok etgan Shamshurina Yekatirina “Xotira va qadlash kuni” munosabati bilan yoʻqlab borildi.
🔰Yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib fido bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasini yod etish esa eng oliy vazifamizdir. Zero  “Inson aziz, xotira-muqaddas”dir.


https://t.me/chirchiqshaharkasbhunarmaktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#хотира_ва_қадр

Мухтарам Юртбошимиз ташаббуслари билан қад ростлаётган – навқирон Нурафшон шаҳримизда бугун яна бир сўлим маскан юз очди.
Ўзбек аёлининг метиндек мустаҳкам бардошига қўйилган мажмуага бежизга “МАТОНАТ МАДҲИЯСИ” деб ном қўйилмади.

Сабаби, ватан ҳимояси йўлида қурбон бўлган беш нафар навқирон фарзандларидан ажралишига қарамасдан, бева қолган келинларини бошини қовуштириб, фарзандларидан қолган зурриёдларни тарбиялаб вояга етказган, хонадонидан бирор ножўя гап чиқармаган Зулфия ая ҳақиқий ўзбек аёлининг ёрқин тимсолидир.
Шубҳасиз, бу мажмуа янги ҳаёт остонасига қадам қўяётган ёшларимиз учун муқаддас маскан, талаба ва ўқувчилар учун маънавият ўчоғи, ҳар бир оила учун ибрат мактаби бўлиб хизмат қилади.

Фурсатдан фойдаланиб, ўз вақтларини аямасдан ташриф буюрган, фахрийларимизга, ҳурматли вазирларимиз, ректорларимиз ва олимларимизга, республика идоралари вакилларига, халқимизнинг ардоқли санъаткорларига, барча фаолларга бугунги тадбирдаги иштироклари учун чуқур миннатдорлик билдирамиз.
Барчангизни яна бир бор бугунги байрам билан муборакбод этамиз.

📱 Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube 📱 Facebook  | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kun_hikmati

O'z millatining tilini, urf-odatlarini, turmush tarzini bilmaydiganlarning baxti nuqsonlidir.

✍️ Azimjon Qosimov

🌸Kuningiz xayrli o'tsin!
Forwarded from UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
📚2024-yil 7-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir, taniqli shoir va Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Ne’mat Dushayev hamda Zoxidjon Xolovlar tashrifiga oid videorlikni e'tiboringizga havola etamiz.

👉https://youtu.be/XHRgi7gJf08?si=jltLVQB1ZoDdlOkG

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
#kun_tarixi

BUGUN G'AFUR G'ULOM TAVALLUD TOPGAN KUN

O‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tavallud topdi. To‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida onasidan yetim qolgan G‘afur avval eski maktabda, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. U Oktyabr to‘ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi usuldagi maktablarda o‘qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so‘ng «Kambag‘al dehqon», «Qizil O‘zbekiston», «Sharq haqiqati» gazetalari muharririyatlarida ishladi. Gazeta uning uchun dorilfunun rolini o‘tadi, xalq hayotini o‘rganish, unga faol aralashish yo‘lida muhim vosita bo‘ldi.

G‘afur G‘ulom urushdan keyingi yillarda ham adabiyot janrlarining ko‘pgina turlarida samarali qalam tebratib, yuksak badiiy asarlar yaratdi, publitsistika va adabiyotshunoslikka oid qator ajoyib maqolalarini e’lon qildi. Uning ijodi xalq hayotining shu davrdagi o‘ziga xos yilnomasi o‘laroq namoyon bo‘ldi. Agar G‘afur G‘ulom bu davrda she’riy asarlari bilan faylasuf shoir darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, «Shum bola» qissasi, «Mening o‘g‘rigina bolam» singari hikoyalari bilan xalq turmushi va ruhini yaxshi biluvchi mohir nosir ekanligini namoyish etdi.

G‘afur G‘ulom o‘zbek tarjima maktabining maydonga kelishiga ham ulkan hissa qo‘shgan. U «Otello», «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga katta mahorat bilan o‘girgan.

G‘afur G‘ulom O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (1943) edi. Unga 60 yillik yubileyi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berilgan (1963).

Shoirning ko‘pgina asarlari Osiyo va Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilingan.

O‘zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan so‘z san’atkori G‘afur G‘ulom 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

@toshkent_vohasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
CHIRCHIQ SHAHRI_MA'RIFAT ULASHIB LOYIHASI DOIRASIDA UCHRASHUV_10.05.2024

OBUNA BO'LING: NURAFSHON TV