Chet Elda Oʻqish | Official
84 subscribers
48 photos
7 videos
2 files
82 links
Ushbu kanalda siz butun dunyoda joriy etilayotgan GRANT lar haqida maʼlumot olasiz
Download Telegram
​​АҚШда истиқомат қилаётган юртдошимиз Аброр Қодиров ўз каналида қуйидаги маълумотни қолдирди:

«Зўр янгилик ўқиб қолдим! Кўпчиликга фойдаси тегиши мумкин. Бўлишмасам бўлмас.

Биз мактабда ўқувчиси бўлган вақтларда Америкада бир йил яшаб, ўқиш имкониятини берадиган FLEX (Future Leaders Exchange - Келажак Лидерлари Алмашинуви) дастури бўларди. Биз иштирок этиш ёшига етганимизда Ўзбекистон бу дастурда иштирок этишни тўхтатиб бўлганди. Бу йилдан эса дастур расман қайтибди. Ажойиб!

FLEX дастури ҳақида
1992 йилда дастур ушбу дастур лойиҳаси АҚШ конгресси томонидан ишлаб чиқилган ва лойиҳани молиялаштириш маъқулланган. Лойиҳа АҚШнинг собиқ Совет Иттифоқи ҳудудидаги давлатлар билан алоқаларини ривожлантиришга қаратилган эди. Кейинчалик эса бошқа мамлакатлар ҳам ушбу рўйхатга қўшилди.

FLEX дастури тўлиқ АҚШ ҳукумати томонидан молиялаштирилади. Дастурнинг ташкилий масалалари эса АҚШ Ҳукумат департаментининг Таълим ва маданий алоқалар бюроси томонидан амалга оширилади. Танлов ғолибларига Америкада бир йил бепул ўқиш учун стипендия ва волонтёрлик асосида танланган мезбон оилада яшаш имконияти берилади. Мазкур лойиҳадан кўзланган мақсад америкаликлар ва бошқа миллат вакиллари ўртасида дўстона алоқларни ўрнатишдир.

Минглаб америкаликлар ва маҳаллий мактаблар мазкур грантни қўллаб қувватлайди ва ҳеч қандай ҳақ олмасдан ғолибларни ўқитади, оилаларига қабул қилади. Ўтган 27 йил мобайнида FLEX дастури ўрта мактабларнинг 28 000 нафар ўқувчисига стипендиялар ажратди.

Дастурни ким ташкил қилади?
Имтиҳонларни Халқаро таълим бўйича Америка кенгашлари ўтказади. Мазкур ташкилот ғолибларни аниқлайди ва улар учун семинарлар ташкил этиб керакли маълумотлар билан таъминлайди. Шунингдек, улар иштирокчиларни Америкага жўнатиш ишларини ҳам ташкиллаштиришади.

Америка Кенгашлари 40 йилдан ортиқ вақт мобайнида АҚШ, Европа, Евроосиё, Осиё ва Африка давлатларида ўн минглаб ўқувчиларни қўллаб-қувватлаб келяпти. Шунингдек, мазкур ташкилот FLEX дастуридан ташқари университет талабалари ва аспирантлар, олий таълим муассасалари ўқитувчилари учун ҳам бошқа бир қатор дастурларни жорий қилган бўлиб, уларни мувваффақиятли амалга ошириб келмоқда.

Стипендия таъминотига нималар киради?
FLEX дастури ғолибларига қуйидагилар тақдим этилади:
• Доимий яшаш жойидан то АҚШдаги белгиланган уйгача ва ватанига қайтиб келиш йўл кираси;
• Ойлик стипендия. Ушбу стипендияни ўқувчи шахсий ҳаражатлари ҳамда АҚШда яшаган даврида ижтимоий ҳаётда тенг иштирок этишига сарфлайди;
• Олдиндан яхшилаб текшириб, танланган мезбон оилада бир йил мобайнида бепул яшаш;
• Америка мактабида рўйхатга олиниш ва ўқиш;
• Дастур олдидан ва кейин ўтказиладиган тайёрлов курсида иштирок этиш;
• АҚШда ташкил этиладиган маҳаллий тадбирларда иштирок этиши.
• Тиббий суғурта. Мазкур суғурта АҚШга келгунга қадар бўлган касалликларни
даволашни қопламайди. Шунингдек, стоматологик ёрдам ҳам ушбу суғурта таркибига кирмайди

Дастурда ким иштирок этиши мумкин?
FLEX дастурида иштирок этиш барча учун очиқ ва бепул. Иштирокчилар дастур талабларига жавоб бера олса ва танловдан муваффақиятли ўтса кифоя. Имконияти чекланган ўқувчилар ҳам ушбу танловда иштирок этишлари мумкин. Ҳар йили 20 га яқин имконияти чекланган иштирокчи ушбу танловда ғолиб бўлиб, FLEX дастурида қатнашади. Улар ҳам бошқалар билан тенг танловдан ўтадилар. Ҳар бир иштирокчи бир йилда бир марта ариза топшириши мумкин.

Ушбу танловда иштирок этувчилар қуйидаги шартларга мос келиши керак:
1. 2002 йилнинг 15 февралидан 2004 йилнинг 31 март саналари оралиғида туғилган бўлиши;
2. Танловда иштирок этиш пайтида мактабнинг 11 синфи ёки лицейнинг иккинчи курсида ўқиётган бўлиши;
3. Яхши ва аъло баҳоларга ўқиши;
4. Инглиз тилини аъло даражада ўзлаштиргани ва танлов доирасида ушбу
маҳоратини намоён эта олиши;
5. Америка визаси талабларига жавоб бериши;
6. Ўзбекистон фуқароси бўлиши шарт.

Дастурда иштирок этиш учун ушбу ҳавола орқали расмий сайтга ўтиб, анкетани тўлдириш керак бўлади: https://ais.americancouncils.org/flexuz

Анкета топшириш 6 февралгача давом этади.»
🇺🇸Stanford University

📆Tashkil etilgan: 1891- yil

🚩Joylashgan oʻrni: 🇺🇸AQSh, California, Stanford

👨‍🎓👩‍💻Talabalari soni: 16,520

💰Kontrakt narxlari: 53,529$ yillik

💻📲Rasmiy web-sahifasi: stanford.edu

Universitet 2018 yili jami 200 ga yaqin xalqaro talabalarga toʻliq grant asosida taʼlim olishi uchun moliyaviy koʻmak berildi. Qolgan qismiga esa yuqori miqdorda grantlar taqdim etildi.

❗️💵Oʻrtacha moliyaviy yordam miqdori: 55,850$

Universitet sizni qabul qilgandan soʻng oilaviy 1 yillik daromadingiz 65.000$ dan kam boʻlsa umumiy hisobda harajatlaringiz 4.500$ gacha kamaytiriladi va hattoki hamma harajatlaringizni Universitet oʻzi boʻyniga oladi!!

🔝Universitet dunyo reytingida top-30 talik eng nufuzli xalqaro OTMlardan hisoblanadi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda♻️
🔸 Web. www.Unisite.uz
🔸 YouTube. https://www.youtube.com/channel/UCOnU__229kZX_CydFELlKZQ
🔸 Telegram @Chet_Elda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸James Madison University
Amerika Qo'shma Shtatlarining Mahalliy Universitetlaridan biri!


🇺🇸Biz Amerikaga oqishga ketmoqchi bo'lganlar uchun O'zbekistonda viza olishda obro'yi baland universitelar haqida postlar chiqarmoqchimiz!

1-universitetimiz JMU (James Madison University)
Hozirgi kunda Mavqeyi jihatdan juda ham yaxshi o'rinni egallagan bu universitet O'zbekistondagi AQSH elchixonasida. Lekin bu universitetga topshiruvchilar juda kamchilikni tashkil etadi. Sabab sifatida O'qish to'lov pulining qimmatligi bo'lishi mumkin.
Kontrakt narxi 23.000$ atrofini tashkil qiladi va 5000$ gacha chegirma olish mumkin (shahsan o'zim 5000$ chegirma olganman)

Keyingi po'stlarimizni kuzatib boring...

L.Abdusattorov
@Chet_Elda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yevropa #Osiyo #Amerika
🤔Oʻqishga qaysi davlatga borgan maʼqul? | Shaha Dolimov va Bek Olimjon

Ⓜ️Manba: Shaha Dolimov Youtube

👉👉@Chet_Elda👈👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali #Video #Kanada
🇨🇦Kanadada oʻqish; Oʻzbekiston fuqarolari uchun $120,000 miqdorgacha boʻlgan scolarship dasturi haqida bilasizmi?
©Rakhmad Sobirov ("Sobirov's Law Firm" rahbari) tayyorladi

♻️Doʻstlaringizga ham yuboring
👉 https://t.me/Chet_Elda
AQSh universitetlariga bir oylik sayohat qilish imkoniyati

"EducationUSA Academy" dasturi o'zbekistonlik yoshlarga Amerika universitetlarida ikki haftadan to'rt haftagacha vaqt o'tkazish imkoniyatini taqdim etmoqda. Dasturda qatnasha olishingiz uchun yoshingiz 15 va 17 orasida bo'lishi va ingliz tilini kamida o'rtacha, ya'ni muloqot qila oladigan darajada bilishingiz kerak. TOEFL yoki IELTS bo'lishi shart emas.

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi universitetlardan birida bir oyga yaqin vaqt o'tkazadi:

Boston University (Boston, MA)
Diablo Valley College (Pleasant Hill, CA)
Embry-Riddle Aeronautical University (Daytona Beach, FL)
Northwestern University (Evanston, IL)
Cloud State University (St. Cloud, MN)
John’s University (Queens, NY)
Syracuse University (Syracuse, NY)
Temple University (Philadelphia, PA)
University of Colorado Boulder (Boulder, CO)
University of Tennessee-Knoxville (Knoxville, TN)
University of Wisconsin-Madison (Madison, WI)

Dasturga qabul qilinsangiz, tepadagi universitetlardan birida bir oygacha vaqt o'tkazasiz. U yerda yashaysiz; xalqaro talabalar bilan ishlaydigan universitet xodimlari sizga hujjatlarni qanday topshirish, o'qish uchun moliyaviy yordamni qanday topish kabi mavzularda ma'lumot beradi. U yerda talabalar bilan ham uchrashib, yangi do'stlar orttirish, Amerika hayoti bilan yaqindan tanishish va ingliz tilida muloqot qilish malakangizni oshirish imkoniyatiga ham ega bo'lasiz.

Dasturda qatnashish mutlaqo bepulmi?

AQShga borish-kelish va u yerda yashash xarajatlari to'liq qoplanadi. Qo'shimcha kundalik xarajatlar uchun qo'lingizga pul ham beriladi. Ehtimoliy xastaliklar uchun tibbiy sug'urta bilan ham ta'minlanasiz. Xullas, Amerikaga borishni xohlaydigan yoshlar uchun juda zo'r imkoniyat.

Dastur ishtirokchilariga qo'yiladigan talablar

Agar dasturda ishtirok etishni xohlasangiz, quyidagi talablarga javob berishingiz kerak:

- O'zbekiston fuqarosi bo'lish;
- 15 va 17 yosh orasida bo'lish;
- Maktab yoki kollej/litseyning yuqori sinflarida o'qiyotgan bo'lish;
- Ingliz tilini muloqot qila oladigan darajada bilish;
- AQSh universitetlarida o'qish niyatiga ega bo'lish;
- Dasturni bitirib qaytganingizdan keyin O'zbekistondagi maktab yoki litseyingizda kamida yana bir semestr yoki chorak o'qishingiz kerak; ya'ni maktab yoki litsey/kollejni bitirganlar topshira olmaydi;
- O'qishdagi baholaringiz yaxshi bo'lishi;
- AQShga ilgari bormagan bo'lishingiz;
- Mustaqil, mas'uliyatli, o'ziga ishonadigan, maqsadlaringiz jiddiy bo'lishi;
- Universitet yotoqxonasida yashashga tayyor va boshqalarning madaniy-ijtimoiy farqli qarashlarini hurmat qiladigan bo'lishingiz lozim.

Eslatma: 2020-yil 1-iyunda 15 yoshdan kichik bo'lsangiz yoki 17 yoshdan o'tib ketsangiz, bu dasturga topshira olmaysiz.

Dasturda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni topshirish kerak:

- To'ldirilgan anketa (DOC 78 KB)
- Maktab baholari varaqasining ingliz tiliga tarjima qilingan va maktab (yoki kollej, litsey) muhri bilan tasdiqlangan nusxasi (so'nggi chorak va o'tgan yilning baholarini topshirish kerak)
- Pasport nusxasi.

Qayerga topshirish kerak?

Yuqoridagi hujjatlar elektron pochta orqali Tashkent-Advising@state.gov manziliga 2020-yil 20-fevral mahaliy vaqt bilan 18:00 gacha yuborilishi kerak. Email sarlavhasiga “EducationUSA Academy” deb yozishni unutmang.

Hujjatlar faqat email orqali olinadi. Ularni ko'tarib elchixonaga borib yurmang.

Bu dastur haqida ingliz tilida shu yerdan ma’lumot olishingiz mumkin.

Manba: Murodjon Abdullayev

@Chet_Elda
University of Toronto, Canada
@Chet_Elda
Markroft Musics
Most Famous Musics and Songs in the World with their Lyrics...
Eng mashhur Qo'shiqlar va ularning matni...


00:01 ●━━───── 3:43
⇆ㅤㅤ◁ㅤ❚❚ㅤ▷ㅤㅤ↻


Administrator: @Murodjon_Abdullayev

https://t.me/Markroft_Musics
​​Oʻqish bepul universitetlar – Berea kolleji (Berea College)

Berea kolleji (Berea College) AQSHning Kentukki shtatida joylashgan hamda qabul qilingan barcha talabalarga (mahalliy va xalqaro talabalarning hammasiga) 100% grant taqdim etadi. Yaʼni ushbu oliygohga kirgan mahalliy talabalar ham, xorijiy talabalar ham oʻqish puli (Tuition Fee) toʻlamaydi.

Ha, aytgancha, nomida “kollej” soʻzi boʻlgani uchun Oʻzbekistondagidek kollej deb oʻylamang, tagʻin. AQSHda oliy taʼlim muassasalari ham kollej deb ataladi.

Berea kollejidagi imkoniyatlar quyidagicha:

– Kollejga qabul qilingan xorijiy talabaning taʼlim puli butun oʻqish muddati davomida 100% qoplab beriladi.

– Xorijiy talaba birinchi yili tekin turar joy va oziq-ovqat xarajatlari bilan ham ta’minlanadi. Biroq ikkinchi yildan boshlab bu ta’minotdan ba’zilari (oziq-ovqat xarajatlari) toʻxtatiladi va shu sababli, talaba keyingi yillarda oʻz xarajati uchun yiliga oʻrtacha 1000-1200 AQSH dollari sarflashiga toʻgʻri kelishi mumkin.

– Xorijiy talabalar, albatta, haq toʻlanadigan ish bilan ta’minlanadi. Ishlarni tashkillashtirish bilan kollej ma’muriyati shugʻullanadi. Har bir talaba haftasiga kamida 10 soat kollej tomonidan tashkillashtirilgan ishlarda ishlashi lozim. Odatda talabalar haftasiga 15-20 soatdan ishlashadi va bir akademik yilda oʻrtacha 2000 AQSh dollari ishlab topadi. Yozgi ta’til davomida ham talaba kollejda qolishi va ishlashi mumkin. Yozgi ta’tilda talabalar haftasiga 40 soatgacha ishlay oladilar.

Berea kollejida faqatgina bakalavriat dasturlari mavjud, magistratura bosqichi mavjud emas.

Xalqaro talabalardan hujjatlarni qabul qilish oʻqish boshlanuvchi yildan bir yil oldin oktabr-noyabr oylarida boshlanadi va odatda 30-noyabrda yakunlanadi.

Qabul jarayonida nomzodlardan quyidagi til sertifikatlaridan biri talab etiladi:
– IELTS – kamida 6 ball;
– TOEFL: Paper-based – kamida 190; Internet-based – kamida 68.

Shuningdek, ACT yoki SAT I sertifikatlariga ega boʻlish ham xalqaro nomzodga ustunlik berishi mumkin (lekin bular majburiy emas).

Oʻqishga qabul qilingan talabalar 50 AQSH dollari miqdorida Entrance Fee (kirish badali) toʻlashi lozim. bu pul talabaga qaytarilmaydi.

Shuningdek, oʻqishga kirgach, talaba 2200 AQSH dollari miqdoridagi summani depozit sifatida qoʻyishi lozim. Bu pul toʻliq talabaning oʻz puli hisoblanadi va talaba bu mablagʻni 4 yillik oʻqish davomida turli xarajatlarga ishlatishi mumkin.

Kollejga, odatda, jar yili 30 nafar xorijiy talaba qabul qilinadi.


Kanalga ulanish👇👇
@Chet_Elda
​​Oʻqish bepul universitetlar – Deep Springs kolleji (AQSH)

AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan Deep Springs kolleji 1917-yilda tashkil topgan boʻlib, AQSHdagi eng kichik oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Ushbu kollej har yili oʻrtacha 14 nafar talabani oʻqishga qabul qiladi.

Oliygohga qabul qilinganlarning barchasi avtomatik ravishda 50 ming AQSH dollaridan koʻproq boʻlgan moddiy yordam bilan taʼminlanadi va bu mablagʻ taʼlim haqi, turar joy va oziq-ovqat xarajatlarini toʻliq qoplash uchun yetarli.

Biroq qabul qilinganlardan oʻz kitoblari, tibbiy sugʻurta, safar xarajatlari va shu kabi boshqa xarajatlarning taʼminoti uchun maʼlum summada depozit qoʻyish talab etiladi. Agar talaba iqtisodiy jihatdan depozitni qoʻyishga qodir boʻlmasa, depozit summasi ham universitet tomonidan qoplanishi mumkin.

Ushbu oliygohga faqatgina bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar topshirishi mumkin, magistratura bosqichi mavjud emas.

Shuningdek, mazkur oliygohda faqatgina bitta yoʻnalish mavjud – qishloq xoʻjaligi. Boshqa yoʻnalish mavjud emas.

Asosiy talablar quyidagilardan iborat:
– Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi sertifikatga ega boʻlishi lozim (kamida IELTS 6.5 ball yoki shunga teng boshqa xalqaro til sertifikati).
– Nomzod ushbu oliygohga qabul qilinishi uchun avval bakalavriatni bitirmagan boʻlishi lozim. Bakalavriat bosqichida oʻqiyotganlar (hali bitirmaganlar) ham hujjat topshira oladi. Biroq ular qabul qilinsa, 1-kursdan oʻqishni boshlashadi.
– Nomzod ariza topshirish muhlati tugaguncha 23 yoshdan katta boʻlmasligi kerak.
– Istalgan davlat fuqarolari hujjat topshirishi mumkin. Shuningdek, hujjat topshirishda millat, jins, ijtimoiy kelib chiqishga oid cheklovlar ham mavjud emas.

Talablar haqida batafsil SHU YERDA tanishing.

Hujjatlarni qabul qilish odatda har yili oktabr oyida boshlanib, noyabr oyining birinchi 10 kunligida yakunlanadi. Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi.

Hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqichda nomzodlardan bir nechta insho yozib topshirish soʻraladi. 2-bosqichga oʻtganlardan esa yana bir insho, tavsiyanomalar, baholarni topshirish soʻraladi. Shuningdek, 2-bosqichga oʻtganlar Deep Springs kollejiga tashrif buyurishi, talabalar bilan biroz muddat ishlashi va darslarda qatnashib koʻrishi kerak. Yakunda ulardan intervyu olinadi va shu intervyudan muvaffaqiyatli oʻtganlar kollejga qabul qilinadi.

2-bosqich shartlari uchun AQSHga borishga iqtisodiy imkoniyati yetmaganlar uchun AQSHga bormasdan suhbat oʻtkazish yoki boshqa shakldagi muqobil variant taʼminlab beriladi.

Ushbu oliygohning yana muhim jihati mavjud: oʻqish faqat 2 yil davom etadi va mazkur oliygohda oʻqishni bitirganlar bakalarvlik diplomini olish uchun boshqa bir oliygohda oʻqishni davom ettirishi lozim.

Deep Springs kollejidagi oʻqishni bitirganlar bakalavrlik diplomini olish uchun Yale, Brown, Stanford, UC Berkeley, University of Chicago va shu kabi boshqa oliygohlarda oʻqishini davom ettirgan.

Oliygohda oʻqish bevosita ranchoda amaliy ish mashgʻulotlari bilan birga olib boriladi. Bunda har bir talaba haftasiga kamida 20 soat ishlaydi. Ushbu jarayonda talabalar turli uy hayvonlariga (qoramol, ot va h.k.) qarashni, traktor, yuk mashinasi va shu kabi dalaga ishlov berish mashinalarini haydash va boshqarishni, ferma ishlarini yuritish, ferma mahsulotlarini yetishtirish kabilarni oʻrganadi.

Deep Springs kollejidagi oʻqish jarayoni talabalarni amaliy hayotga tayyorlash, oʻz-oʻzini boshqarishga oʻrgatish kabilarga asoslangan.

MANA BU YERDA koʻp beriluvchi savollar va ularga javoblar bilan tanishishingiz mumkin. BU YERDA esa kollej prezidentining boʻlajak talabalarga maktubini oʻqishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇
@Chet_Elda
AQSh: bakalavriat uchun to’liq grant, bepul turar joy, yillik 3 000 AQSh dollari stipendiya!
👉 https://grantlar.uz/aqsh-bakalavriat-uchun-toliq-grant-bepul-turar-joy-yillik-3-000-aqsh-dollari-stipendiya/

@Chet_Elda
💯Agar siz IELTSni karantin tufayli topshira olmagan bo'lsangiz, Bakalavrga GRANT dasturiga siz uchun ZO'R taklif 🇰🇷

IELTS sertefekatsiz GRANT dasturiga hoziroq hujjat topshiring, sertefekatni esa 15 iyulga qadar yetkazib bersangiz bo'lgani 👍
Application fee yo'q - 0$

👨‍🎓 Shahzod kabi siz ham 3500$ Grantlar oling!

🗂 Atiga 3 ta hujjatni elektron variantda topshiring:
1. O'qish joydan baholar.
2. Pasport nusxasi
3. Rasm 3.5x4.5
&. IELTS 5.5+ yoki TOPIK 3급. (IELTS sertefekati hozir bo'lmasa, 15 iyulga qadar topshirsh imkoni bor).

🗓 1-qabul: 10 maygacha.

🎓 Yo'nalishlari:
Business Administration (IELTS)
Hotel Management (IELTS)
IT Smart Computing (IELTS)
Korean Studies (TOPIK)

📍Manzil: Toshkent, Yakkasaroy, Nukus ko'chasi 57. (Mo'ljal: 1-glinka notarius)

Bepul ro'yhatdan o'ting 👉 @Koreyada_Grant_bot

📲 71 200-555-8
Hozirda Sinergiya universitetida Ramadam Scholarship boʻlmoqda.
Joylashuv - Dubay
Kirish imkoniyati yuqori universitetlardan...
Telegramda👇👇
@Chet_Elda

https://youtu.be/HuV1jWTtyC8z