Chartak “Ziyokor” kitob va kanstovar do'koni📚🖋🖇
29 subscribers
919 photos
58 videos
7 files
223 links
Assalomu aleykum hush ko’rdik sizni!

99-019-98-48.

Chatga o’tish... t.me/chartak_books

Admin bilan aloqa uchun @Aloqa_Adminbilan_bot ga yozing☺️
Download Telegram
📌📌📌

Мутолаа қалбни юмшатади.

Китоб ўқиш жараёнида ўқувчи қаҳрамонлар билан бирга бўлади. Уларнинг қувонч ва ташвишларига шерик бўлади. Тадқиқотлардан маълум бўлишича, бадиий асар ўқиган одам ҳаётда ҳам бошқаларнинг ҳис-туйғуларини яхши тушунар экан.

👇👇👇
https://t.me/Chartak_book
📌📌📌
📚📚📚💰💰💰

♦️Сиз азиз кутобхонлар учун кулайлик, энди сиз узингиз укиб болган китобингизни сиздан ярим нархига сотиб оламиз, ёки сиз кайтарган китобингиз устидан пул тулаб янги китобларни харид килишингиз мумкин📚
Бу сизга узингиз севган янги китобларни сотиб олишга яхши имкондир❗️❗️❗️

Факат китоб яхши сакланган булиши керак албатта ☺️

👇👇👇
https://t.me/Chartak_book
📌📌📌
#tavsiyaqilamiz
#mentigatgankitob

Тасаввур қилинг: пешонангизга тўппончани тираб, беш соат ичида нақ 42 километр югуришингиз кераклигини буюришди. Акс ҳолда ўзингиз ва бутун оилангизнинг ҳаёти хавф остида қолиши тайин.
Ҳа, қўрқинчли вазият.
Ёки бошқача версия: ўзингиз учун қулай кроссовка ва спорт кийимларини харид қилдингиз, ойлаб шуғулландингиз ва охири марафонни югуришга муваффақ бўлдингиз, финиш чизиғида эса сизни оила аъзоларингиз ва яқин дўстларингиз қучоқ очиб табриклашди.
Бу, эҳтимол, ҳаётингиздаги энг ифтихорли лаҳзалардан бўлишга арзир.
Худди ўша 42 километр. Худди ўша инсон у ерда югуряпти. Оёқларда эса худди ўша оғриқ. Танада ўша чарчоқ. Аммо сиз вазиятни эркин танласангиз, унга тайёрлансангиз, балки у сизнинг ҳаётингиздаги муҳим онлардан бирига айланиши мумкин. Бироқ сиз бирор вазиятга мажбуран тушиб қолсангиз, инсон зоти учун бундан ортиқ даҳшат бўлмайди.
Одатда, азобли ва ёқимли муаммо ўртасидаги фарқ ҳам ана шунда: инсон ўзи ихтиёрий танлаган ва унинг учун масъулиятни ўз зиммасига олган муаммолар ёқимли бўлади.
Агар бирор вазиятда сиз ожиз қолган бўлсангиз, демак, у сизнинг назоратингиз остида эмас: сиз уни ҳал қилишга қодир эмассиз ва у сизнинг истагингизга қарши тарзда олдингиздан чиққан.
Муаммоларни эркин ва ўз ихтиёримиз билан танласак, ўзимизни қаноти бордай ҳис қиламиз. Бироқ ихтиёримизга қарши муаммолар бизни танлаганда, ўзимизни бечора қурбонлардай тутамиз.


Сотиб олиш учун @Aloqa_Adminbilan_bot
👇👇👇
@Chartak_book
📌📌📌

#mentugatgankitob

Meni menda demang menda emasman,
Bir men bordir mendan menda ichkari.

Elif Shafaqning “Ishqqa oid 40 qoida” asari aynan shu ichkaridagi “men”imizni qaysidir ma’noda izlashimizga, balki qisman topishimizga yordam beradi, yo’l ko’rsatadi.
Asar ikki davr XIII va XXI voqealarini hikoya qiladi. Romanning yozilish uslubi judayam ajoyib. Buni davr tafovuti ham ko’rsatib turibdi. Undagi bosh qahramonlar: Har bir shaxs ichida bitta yomon, bitta yaxshi shaxs yashirin deb bilguvchi, har yomonning bir yaxshisi bor, har yaxshining vaziyat taqazo etsa bir yomoni, albatta, bo’ladi degan fikrda yashovchi, hammani tushuna oluvchi, Xudoni izlab yo’lga chiqqan Shams Tabriziy; Shamsni o’z ichidagi “men”i deb o’ylaguvchi, Tabriziyga ma’naviy ishq orqali qattiq bog’lanib, uning hajrida shoirga aylangan Mavlono Rumiy; “Shirin shakkoklik” kitobini o’qib, dunyoning qaysidir burchagida kezib yurgan, u hatto umrida ko’rmagan insonga xat yo’llash orqali butun hayotiy “rejim”larini o’zgartirgan, suratidagi “men”ini siyratidagi ‘MEN”iga almashtirib “pragrammalash”tirolgan Ella.
Ko’pchilikdan eshitib qolamiz “dinda buning qoidasi unday, yo’q xato qilyapsan bunday. Bundan so’ng u keladi, undan so’ng buni qilasan” kabi tanbeh va o’gitlarni. “Ishqqa oid 40 qoida”da bu kabi tanbehlar qoralanmaydi, ammo boshqacharoq talqin etiladi. Ya’ni “odamlar Xudo bilan qanday gaplashishlariga qarab hukm chiqarish kerak emas. Har bir insonning o’z yo’li va o’z duosi bor. Xudo biz haqimizda aytgan so’zlarimizga qarab hukm chiqarmaydi. U bizning qalbimizga teran nazar soladi. Qonun-qoidalar (aqidalar) asosiy emas, asosiysi, bizning qanchalar sofligimiz”. Oddiy misol “Nega nomoz o’qimaysa?” degan savolga ayrimlar “asosiysi dilingda bo’lsin” deb javob beradi. Bu javobni noto’g’ri deb bo’lmaydi. Dilingda bo’lmasa-yu ammo shart deb nomoz o’qiyversang, bu shunchaki amal bo’lib qolaveradi. Endi tanganing ikkinchi tarafi ham bor: chindan dilingda bo’lgan narsa amalga ko’chadi… Ham dilda, ham amalda bo’lishi qanchalar go’zal!
Kitobni ilk bor ko’rib turgan kitobxon uni sevgi-muhabbat haqida deb o’ylaydi. Hatto do’konimizga kelgan bir haridorga tavsiya qilsam “ramantik emasman” degan javobni oldim va unga tushuntira ketdim. Asar chindan ham sevgi-muhabbat haqida ammo boshqacharoq, ma’naviy ishq to’g’risida.
Asarni psixologik asarlar sirasiga kirgazsak bo’ladi. Ruhni tozalaydi, o’zingizga berib keladigan ko’plab savollaringizga javob topib beradi. Eng muhimi o’zingizni, o'zligingizni anglash yo’lini ko’rsatadi.
Shams Tabriziy uchun kechaning ahamiyati yo’q, erta bilan ishi bo’lmaydi. Uning uchun ayni dam muhim. Uning fikricha odamlar ayni paytdagi umrini yashay bilishi darkor. Chunki bugun ertaga kechaga aylanadi. Erta esa bugun bo’ladi. Shunday ekan aynan bugunning kechagayam, ertagayam dahlia bor.
Shams uchun gunoh-u savob nisbiydir. Xudoni chindan sevgan inson sababsiz gunoh qilmaydi.
Asarni o’qir ekan kitobxonni Rumiydek shayx, odamlarni ma’ruzalari orqali yaxshilikka boshlovchi shaxs mayxonaga borgani ozgina ajablantirishi mumkin. Buning ham o’z sababi bor. Uni Shams jo’natgandi.
Rumiy kuchli notiq edi. Hammani sehrlab qo’yolar xalqning dardiga malham bo’lguvchi gaplarni so’zlardi. Shuning uchun ham xalq ichida mashhur bo’ldi. Ammo dardmandning holini dard chekkan odamdan boshqa hech kim yaxshi tushunolmaydi. Tabriziy Rumiyni aynan shunday dardli bo’lishini istadi. Shu sababdan ham xalqning hatto eng-eng quyi qatlami ahvolidan Rumiyni xabardor qilish uchun hatto tilanchiga aylantirdi, mashhurlik otidan pastga tushirdi, mayxonadan may olib keltirdi, foxisha bilan muloqot qildirdi. Natijada Rumiy hammani tushuna oladigan, his qiloladigan insonga aylandi. Shamsning eng katta ohirgi imtihoni qolgandi. Bu- Rumiyni o’zidan judo qilish. Shunday bo’ldiyam.
Ellaga keladigan bo’lsak, uning osuda va tartibli, ammo biroz mazmunsiz hayotiga jo’shqinlik, o’zi nafratlanadigan tartibsizlik kirib keldi.
“Shirin shakkoklik”ni o’qib o’zi ham shirin shakkoklik istab qoldi. Qalbining qayeridadir qurim bosib uxlab yotgan ishqni taftish qila boshladi. Ayol e’tiborsiz qolsa yo o’chib qoladi yoki yonib ketadi. Ella eriga nisbatan o’chib Azizga nisbatan yondi. Ishq ellani uydan chiqib ketishga, mustaqil yashashga chorladi. Uning qilgan ishiga har bir kitobxon har xil baho beradi. Kimdir qoralaydi, kimdir oqlaydi, kimdir esa shunchaki tushunadi. Menga o’xshaganlar esa hech birini qilolmaydi))
18+ligiga kelsak, asar psixologik ruhda ekanligi hisobga olingan. 18 yoshdan kichiklar tushunmasligi mumkin)
Xullas, o’qishni maslahat beraman…

Sotib olish uchun @Aloqa_Adminbilan_bot
👇👇👇
@Chartak_book
📌📌📌

Мутолаа қалбни юмшатади.

Китоб ўқиш жараёнида ўқувчи қаҳрамонлар билан бирга бўлади. Уларнинг қувонч ва ташвишларига шерик бўлади. Тадқиқотлардан маълум бўлишича, бадиий асар ўқиган одам ҳаётда ҳам бошқаларнинг ҳис-туйғуларини яхши тушунар экан.

👇👇👇
@Chartak_book
📌📌📌

Мутолаа мия фаолиятини яхшилайди.

Эмори университети олимлари китоб ўқиган инсоннинг ақлий салоҳияти бир неча кун давомида юқори ҳолатда бўлишини исботлашди. Тадқиқот муаллифлари китоб ўқиш миядаги асаб толалари сонини оширишини таъкидлашмоқда.
👇👇👇
@Chartak_book
Инглиз тили укитувчилар ва бошлангич синф укувчилари учун таркатма материаллар 📚
📌📌📌
Ассалому алейкум азиз харидорлар❗️
Янги китоблар ва канцтоварлар келганини маълум киламиз!
Келиб янги товарлардан харид килишингиз ёки буюртма беришингиз мумкин😊

👇👇👇
https://t.me/Chartak_book
📌📌📌
Siz bilarmidingiz 14 fevral xalqaro kitob ulashish kuni!
Siz ham bu kunda o’z yaqin kishingizga kitob sovg’a qilishni rejalashtirdingizmi?
Yo’q bo’lsa hali vaqt bor, ular uchun sovg’ani tayyorlab qo’ying va o’zingiz ham kuting 😊
Ilm ulashaylik do’stlat📚
👇👇👇
https://t.me/Chartak_book
📌📌📌
Bugun, 9 fevral g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning 579 yilligi to’lgani munosabati bilan,
Navoiyning Xamsasini sotuvga olib keldik!
Bu beshlik o’z ichiga 5 ta asarni olgan bo’lib ular o’zbek adabiyoti va so’z mulki sultoni Alisher Navoiyning iqtidorini yaqqol ko’rsatib turadi!

👇👇👇
@Chartak_book
​​Qo'l osmonni ko'rsatsa, axmoq odam barmoqga qaraydi.

©Albert Eynshteyn

@Chartak_book