Machine haqida batafsil ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz:
Musobaqa 3-Iyun soat 18:00-dan ertangi 4-Iyun soat 18:00-gacha davom etadi, barchangizga omad!
Forumga qo'shiling —
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5 5
Machine haqida batafsil ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz:
Musobaqa 10-iyun soat 17:00-dan ertangi 11-iyun soat 17:00-gacha bo'lib o'tadi, barchangizga omad!
Forumga qo'shiling —
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ohirgi xabarlarga ko'ra Eron patriot xakkerlik guruhlari o'z aktivlarini boshlaganini e'lon qilishdi, va ularga shu bilan birga dunyoning har bir chekkasidan xakkerlar qo'shilib ularga yordam berish uchun shay turishganini e'lon qildi.
Yaqin orada Pokiston va Hindiston kichik vaqt "davom etgan urushiga" ham har tomondan xakkerlik guruhlari yig'ilgani ammo asosan Hindiston ochiqchasiga katta kompaniyalarda ishlaydigan kiberxavfsizlik muhandislarini ham ushbu amaliyotga tortganligi va haligacha ushbu amaliyotlar davom etayotganligi ma'lum
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍10 10
Nega Eron internetni o‘chirib qo‘ydi
Isroillik Gonjeshke Darande (fors tilidan tarjimada “Yirtqich chumchuq”) xakerlar guruhi Erondagi davlatga qarashli Sepah bankiga kirib borib, uning ma’lumotlarini yo‘q qilganini e’lon qildi. Ushbu hujum natijasida xizmatlarda keng ko‘lamli uzilishlar yuz berdi.
👽 Eronning Islomiy inqilob soqchilari korpusi (IRGC) tarkibiga kiruvchi APT34 (OilRig), APT35 (Charming Kitten), APT39 (Remix Kitten) kabi guruhlar Isroil infratuzilmasiga — suv ta’minoti tizimlari, transport tugunlari, hatto kuzatuv tarmoqlariga ham zarbalar berdi.
Keymous+ va Mysterious Team Bangladesh asosan o‘z kiberoperatsiyalarini Misrga yo‘naltirgan, biroq ikkala guruh ham Isroil tashkilotlariga qarshi hujumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
✉️ Telegram ✊ Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 📹 TikTok
@CentiSec
🕹 Isroil Eronga qarshi moliyaviy infratuzilmasiga kuchli kiberhujumlar uyushtirdi. Javoban Eron dezinformatsiya kampaniyalari va psixologik urush orqali hujumlarga qarshi turishga urindi. Bu hodisadan so‘ng xaktivistlar faolligi oshdi, ularning aksariyat harakatlari Eron foydasiga yo‘naltirilgan edi. Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan media vositalari orqali olib borilayotgan dezinformatsiya harakatlari onlayn voqelikni shakllantirish va buzishda davom etmoqda.
Isroillik Gonjeshke Darande (fors tilidan tarjimada “Yirtqich chumchuq”) xakerlar guruhi Erondagi davlatga qarashli Sepah bankiga kirib borib, uning ma’lumotlarini yo‘q qilganini e’lon qildi. Ushbu hujum natijasida xizmatlarda keng ko‘lamli uzilishlar yuz berdi.
AQShga qarshi esa “Janob Hamza”, “Arab arvohlari”, “Noma’lum kiber jamoa”, “Dinet”, “Elita otryadi”, “Marokashning qora kiberarmiyasi” va “Bangladeshning sirli jamoasi” tomonidan hujumlar uyushtirildi. Ushbu guruhlar xuddi shu davrda Isroilga qarshi ham chiqishgan.
Keymous+ va Mysterious Team Bangladesh asosan o‘z kiberoperatsiyalarini Misrga yo‘naltirgan, biroq ikkala guruh ham Isroil tashkilotlariga qarshi hujumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu usul ham ilgari mashhur bo‘lgan ClickFix kabi foydalanuvchini o‘zi zararli kodni ishga tushirishga undaydi. Farqi shundaki, bu safar Win+R oynasi emas, balki Explorer (Проводник) manzil satri ishlatiladi.
🔵 FileFix qanday ishlaydi:
Qurbon maxsus tayyorlangan fishing (firibgarlik) saytga kiradi. U saytda ichki korporativ portal ko‘rinishi berilgan bo‘ladi. Sayt foydalanuvchiga "hujjatni ochish"ni taklif qiladi va quyidagi "yo‘l"ni nusxalashni so‘raydi:
C:\Company\internal-secure\HRPolicy.docx
Aslida esa, bu "yo‘l" emas — quyidagi zararli PowerShell buyrug‘i clipboard’ga (buferga) nusxalanadi:
powershell.exe -c ping example.com # C:\company\internal-secure\HRPolicy.docx
Foydalanuvchiga quyidagi ko‘rsatma beriladi:
Ctrl+L → Ctrl+V → Enter — bularning barchasi Explorer’ning manzil satrida amalga oshiriladi.
Natijada foydalanuvchi hech narsadan shubhalanmasdan Enter tugmasini bosadi va real hujjat ochilmaydi — balki PowerShell komandasi ishga tushadi! Bu esa — bevosita brauzer orqali zararli kodni ishga tushirish degani.
🚫 Nega bu usul xavfli:
Explorer (Проводник) manzil satrida yozilgan komandalar filtrlanmaydi
Windows interfeysi foydalanuvchida shubha uyg‘otmaydi — odatiy ish jarayoni kabi ko‘rinadi
Foydalanuvchi fayl ochaman deb o‘ylaydi, aslida esa zararli kod ishga tushadi.
Hech qanday fayl yuklanmaydi (.exe yoki .lnk) — faqat clipboard orqali ish yuritiladi
🛡 Qanday himoyalanish kerak:
Brauzer.exe → powershell.exe kabi jarayon zanjirlarini kuzatadigan xavfsizlik tizimlaridan foydalaning
Xodimlarga tushuntiring: har qanday “qo‘lda tuzatish”, “hujjat ochish” yoki “sistemani sozlash” talab qiladigan ko‘rsatmalar — potensial xavf
EDR tizimlarini yoqing va Проводник hamda clipboard harakatlarini log qilib boring
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1 14
U ko‘plab mashhur ma’lumotlar sizib chiqishiga sababchi bo‘lgan va odatda AQSh hukumati yoki yirik korporatsiyalarni nishonga olgan.
🔥 Asosiy faoliyatlari va hujumlari:
1. AQSh hukumatiga oid ma’lumotlar sizib chiqishi
FBI InfraGard (2022): FBI InfraGard a’zolari (xavfsizlik sohasidagi hamkorlik tarmog‘i) haqida shaxsiy ma’lumotlar (ism, telefon, email) e’lon qilingan. U bu tarmoqqa soxta akkaunt orqali kirgan.
DC Health Link (2023): AQSh Kongressi xodimlarining sog‘liqni sug‘urtasi bo‘yicha ma’lumotlari sizib chiqqan. Taxminan 56,000 kishining ma’lumotlari zarar ko‘rgan.
2. Five Eyes razvedkasi bilan bog‘liq hujum
AQSh va uning ittifoqchilari (UK, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya) o‘rtasida almashiladigan maxfiy razvedka hujjatlarini qo‘lga kiritganini da’vo qilgan.
Harbiy loyihalar, xavfsizlik strategiyalari kabi maxfiy hujjatlar tarqatilgan.
3. Apple va Qualcomm maxfiy hujjatlari (2023–2024)
Apple ichki kodlari va Qualcomm’ga tegishli texnik hujjatlar, firmware fayllarini sizdirganini da’vo qilgan.
4. General Electric (GE) hujjatlari (2023)
GE’ning AQSh harbiy loyihalari bilan bog‘liq ichki hujjatlari va parollari tarqatilgan.
5. Shuningdek boshqa kompaniyalar ham.
AMD, T-Mobile, Weee!, va Pfizer kabi yirik firmalarning ichki ma’lumotlari, xodimlar parollari, mahsulotga oid sirlar haqida postlar joylashtirgan.
Forumlar faoliyati: BreachForums va boshqa "dark web" forumlarda faol.
Ijtimoiy muhandislik: Soxta ishchi yoki sherik sifatida kirib ma’lumotlarga ega bo‘lgan.
Ma’lumotlarni sotish yoki bepul tarqatish: Ba’zida diqqatni jalb qilish uchun bepul tarqatadi, ba’zida esa kriptovalyuta evaziga sotadi.
Siyosiy yo‘nalish: Ko‘p hollarda AQSh yoki G‘arb davlatlariga qarshi siyosiy izohlar bilan chiqadi.
Xavfsizlikni ta’minlash: Doimiy laqab almashadi, iz qoldirmaslikka harakat qiladi.
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 1-qadam: Nisbatan erkin yoki demokratik tuzumlarga ega mamlakatlarda "kadrlar tanlash agentligi" yoki "masofaviy ish beruvchi" sifatida soxta xizmat yaratish.🟢 2-qadam: Shu xizmat orqali turli texnik mutaxassislarni, ayniqsa, IT sohasidagi mutaxassislarni yollash (ham josuslik, ham PSYOP uchun).🟢 3-qadam: Shu xizmat orqali davlat muassasalari va yirik kompaniyalarda ishlovchi, maxfiy ma'lumotlarga ega bo‘lgan shaxslar yoki fikr yetkazuvchilar bilan aloqa o‘rnatish.🟢 4-qadam: Shu vosita orqali ularni soxta firmalarga yollash yoki mavjud bo‘lmagan loyihalarda ishtirok etishga undash.🟢 5-qadam: Olingan ma’lumotlarni tahlil qilib, ulardan turli axborot operatsiyalarida foydalanish – odatda uchinchi tomon qo‘llari orqali amalga oshiriladi (masalan, soxta akkauntlar, "foydalanuvchilar", "mustaqil blogerlar" va h.k.).
AQSh Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning bu sxemasi ochilganidan so‘ng, FBI Nyu-Jersi shtatida bir kishini hibsga oldi va 16 ta shtatda joylashgan turli yashirin joylarda noutbuklar va elektron qurilmalarni tintuv qildi.
Bu operatsiya, Shimoliy Koreya o‘zining yadroviy va raketa dasturlarini moliyalashtirish uchun masofaviy ishlayotgan texnik mutaxassislarni yashirincha yollayotgani haqida xavotirlar kuchayganidan so‘ng boshlandi.
Shimoliy Koreya minglab IT mutaxassislarini boshqa mamlakatlarda yashirin ishlashga yuboradi. Ular ko‘pincha Rossiya, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya yoki AQShdagi kompaniyalarga “frilanser” yoki “masofaviy ishchi” sifatida kiradi. Aslida esa, ularning daromadining katta qismi Shimoliy Koreya hukumatining razvedka yoki harbiy dasturlarini moliyalashtirishga ketadi.
PSYOP (psychological operations) degani nima?
Bu – aholining fikrini shakllantirish, ijtimoiy tarmoqlarda muayyan kayfiyatni yaratish, yoki yolg‘on ma’lumotlar tarqatish orqali raqib davlat ichkarisida ijtimoiy beqarorlik yoki siyosiy bosim hosil qilish.
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1 17
Qora xakerlikdan, oq xakerlikga bo'lgan yo'l
👽 Dunyoning eng mashhur va shu bilan birga eng xavfli deb topilgan xakerlaridan biri bu — Kevin Mitnick. U nafaqat yirik kompaniyalarni aldashda, balki butun dunyo kiberxavfsizlik tizimlariga ta’sir ko‘rsatishda o‘z nomini tarixga yozdirgan. U hayotini jinoyatdan qonun sari o‘zgartirgan kam sonli insonlardan biridir.
U 5 yil qamoqda saqlangan, shundan 8 oyini yolg‘izlikda o‘tkazgan. Rasmiy idoralar hatto uni “telefon orqali yadroviy urush boshlashi mumkin” deb xavotirga tushgan edi.
⏺ Qamoqdan chiqqach, Kevin Mitnick jinoyat yo‘lidan butunlay voz kechdi va o‘z bilimlarini qonuniy yo‘nalishda ishlatishga qaror qildi. U "white hat hacker" — ya’ni tizimlardagi zaifliklarni aniqlab, ularni himoya qilishga yordam beradigan mutaxassisga aylandi.
✉️ Telegram ✊ Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 📹 TikTok
@CentiSec
Kevin Mitnick dastlab oddiy qiziqish bilan telefon tarmoqlarini aldash (phreaking) orqali sistemalarga kira boshlagan. Ammo bu qiziqish tez orada qonunni buzadigan darajaga yetdi. 1980-yillarda u bir nechta yirik texnologik kompaniyalar — xususan Nokia, Motorola, Sun Microsystems va Fujitsu tizimlariga ruxsatsiz kirib, maxfiy kodlar, dasturiy ta'minotlar va kompaniyaviy sirlarni qo‘lga kiritgan.
Mitnickning jinoyatlari, ayniqsa, ijtimoiy muhandislik (social engineering) orqali amalga oshirilgan. Bu — texnik vositalarsiz, balki insonlarni manipulyatsiya qilish orqali tizimlarga kirish usuli. U ko‘pincha kompaniya xodimlarini telefon orqali chalg‘itib, ulardan maxfiy ma’lumotlarni aytib qo‘yishlariga erishgan.
1995-yilning fevral oyida, ko‘p yillik ta’qibdan so‘ng, Kevin Mitnick nihoyat FBI tomonidan qo‘lga olindi. Uni Tsutomu Shimomura ismli xavfsizlik mutaxassisi aniqlagan — Shimomura Mitnickning izini texnik usullar orqali topgan va uni huquq-tartibot organlariga yetkazgan. Mitnick qo‘lga olinganda, uning kompyuteridan minglab maxfiy fayllar, buzilgan tizimlarga oid hujjatlar va ko‘plab parollar topilgan.
U 5 yil qamoqda saqlangan, shundan 8 oyini yolg‘izlikda o‘tkazgan. Rasmiy idoralar hatto uni “telefon orqali yadroviy urush boshlashi mumkin” deb xavotirga tushgan edi.
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XSS.is Yopiq Forumning egasi qo’lga olindi
O’zi qanday joy edi?
👽 Pentester, black hats, exploit developer uchun yopiq bo’lgan forumlardan biri bo’lgan, asosan 0day va qo’lda yasalgan exploit-lar, malware, botnetlar, carding, phishing va bypass qilish metodlaridan iborat bo’lgan.
Forum private, har kim ham kira olmaydi.
Profilingiz kuchli bo’lishi va soxta akkauntlardan foydalanishingiz siz birdan fosh bo’lishingizni ta’minlab beradi, aktiv bo’lsangizgina forumda yashay olasiz, o’qib yuradiganlarni esa yo’qotishadi.
🦅 22-iyul kuni forumning adminini qo’lga olingani va $7mln yevro noqonuniy yo’lda topganligi fosh etildi va maxsus kuchlar asosan YEVROPOL va Ukraina kuchlari tomonidan Kiyevda qo’lga olindi.
✉️ Telegram ✊ Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 📹 TikTok
@CentiSec
O’zi qanday joy edi?
Forum private, har kim ham kira olmaydi.
Profilingiz kuchli bo’lishi va soxta akkauntlardan foydalanishingiz siz birdan fosh bo’lishingizni ta’minlab beradi, aktiv bo’lsangizgina forumda yashay olasiz, o’qib yuradiganlarni esa yo’qotishadi.
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aeroflot aviakompaniyasida axborot tizimlari ishdan chiqdi
O’nlab reyslar bekor qilindi.
Aeroportda yo‘lovchilar soni ko‘payib ketib, chiqishlarda navbatlar hosil bo‘lgan.
🇷🇺 Shuni ham ta’kidlash kerakki, 2024-yil davomida Aeroflot guruhi 55,3 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lib, u dunyodagi eng yirik 20 ta aviakompaniyadan biri hisoblanadi.
👽 Gumonlanuvchi sifatida Silent Crow guruhi bo’lishi mumkin.
✉️ Telegram ✊ Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 📹 TikTok
@CentiSec
O’nlab reyslar bekor qilindi.
28-iyul kuni Rossiyaning yetakchi aviakompaniyasi Aeroflot o‘zining axborot tizimlarida yuz bergan nosozlik sababli o‘nlab parvozlarni bekor qildi. Kompaniya muammo sabablari haqida batafsil ma’lumot bermagan, ammo ayni damda mutaxassislar tizimni tiklash ustida ishlayotganini bildirgan.
Moskvadagi Sheremetyevo aeroportidan uchishi kerak bo‘lgan yo‘lovchilarga o‘z bagajlarini olib chiqib ketish tavsiya etilgan. Kompaniyaning Telegram sahifasida Rossiyaning turli shaharlariga, shuningdek Minsk va Yerevan shaharlariga reyslar bekor qilingani haqida ma’lumot berilgan.
Aeroportda yo‘lovchilar soni ko‘payib ketib, chiqishlarda navbatlar hosil bo‘lgan.
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Metasploit orqasida aslida nimalar yotibdi
🦅 H. D. Moore — axborot xavfsizligi sohasidagi eng mashhur mutaxassislardan biri. 17 yoshida AQSh Mudofaa vazirligida xavfsizlik vositalarini ishlab chiqishda qatnashgan.
👽 Moore 2006-yilda Month of Browser Bugs deb nomlangan yangi loyihani boshlaydi — u 30 kun davomida har kuni yangi brauzer zaifligini e’lon qilib, ishlab chiquvchi "gigant" kompanyalarni Microsoft, Apple, Mozilla tezkor tuzatish choralarini ko‘rishga undadi.
2009-yilda Rapid7 kompaniyasi Metasploit’ni sotib oldi. Moore esa 2016-yilgacha u yerda Chief Research Officer lavozimida ishladi.
🔺 Keyinchalik u runZero (avvalgi nomi Rumble) nomli "yoruqlik tezligida" tarmoqni avtomatik tahlil qilish va tahdidlarni aniqlovchi platformani yaratdi.
U bugungi kungacha ochiq code'lik xavfsizlik yondashuvlarini targ‘ib qilib keladi va zamonaviy kiberxavfsizlik legendalaridan biri sifatida tan olinadi.
✉️ Telegram ✊ Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 📹 TikTok
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
O‘sha paytlarda kuchli eksploitlar faqat yirik xaker guruhlari TESO va LSD qo‘lida edi. Ommaviy foydalanish uchun toolar yo‘q, yetmaganiga rasmiy pentesting tool'lar $20,000dan boshlangan! Oddiy xodimlar, tadqiqotchilar, yoki yangi boshlovchilar – ularning imkoniyati deyarli nol'ga teng edi.
Shu payt H. D. Moore katta sahnaga chiqadi. 2003-yilda u ochiq kodli, bepul eksploitlar platformasi — Metasploit Frameworkni yaratdi. 11 ta eksploit, 27 ta payload, hammasi Perl’da. Exploit, payload, encoderlar – bularni LEGO kabi birlashtirish mumkin edi. Keyinchalik kod Ruby’da yozildi, va butun jahon xakerlar jamiyati uni rivojlantira boshladi.
2009-yilda Rapid7 kompaniyasi Metasploit’ni sotib oldi. Moore esa 2016-yilgacha u yerda Chief Research Officer lavozimida ishladi.
U bugungi kungacha ochiq code'lik xavfsizlik yondashuvlarini targ‘ib qilib keladi va zamonaviy kiberxavfsizlik legendalaridan biri sifatida tan olinadi.
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aeroflotga hujum qilgan guruh a’zosi, rus xakerlari tomonidan deanonimlashtirildi
Hozirda ko’rib turgan oddiy kiyingan, orqasiga ryuzkzak ilvogan bu inson aslida yaqinda bo’lgan ruslarning Aeroflot qismiga zarba berganlardan biridir.
👽 Denis Rogatin — Lvovlik, 2009 yilda Lvov Milliy universitetining Mexanika-matematika fakultetini tamomlagan. U yaqinda Rossiyaning yirik kompaniyalariga qilingan DDOS hujumlarida ishtirok etgan, jumladan: "Dobrotsen" do'konlari, "Samarali Doktor" klinikalari, "Vinlab" tarmoqlari. Ukraina kiberjinoyatchisi Silent Crow Duty-Free forumidagi ITRUSSIA xakerlari tomonidan aniqlangan.
🌐 Boshqa hamkasblari bilan suhbatda unga Rossiyaning biror hokkey klubi saytini va raqamli infratuzilmasini xakerlik qilishni taklif qilishgan, lekin u o'zini kattaroq maqsadlarga qiziqishini bildirgan. Bizga ma'lum bo'lishicha, bir nechta rossiya kompaniyalariga hujum qilish rejalari yanvar oyidan boshlangan.
olindi: shot_shot
✉️ Telegram ✊ Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 📹 TikTok
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Hozirda ko’rib turgan oddiy kiyingan, orqasiga ryuzkzak ilvogan bu inson aslida yaqinda bo’lgan ruslarning Aeroflot qismiga zarba berganlardan biridir.
olindi: shot_shot
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nextron tadqiqotchilari Plague nomli ilg‘or backdoor’ni fosh qilishdi. U Linux’dagi PAM zanjiriga joylashib, yashirin SSH kirish imkonini beradi:
hech qanday loglarsiz, hech qanday tarixsiz va faqat oldindan o‘rnatilgan parollar orqali ishlaydi.
Asosiy xususiyatlari:
E’tibor bering:
/etc/pam.d/sshd faylida notanish .so modullar bor-yo‘qligini tekshiring
Loglarsiz kirishlar, bo‘sh terminal tarixi, va noma’lum PAM modullarini kuzating
Faqat oldin tizimi buzilganlar zaif bo‘ladi. Bu — APT darajadagi qurol, yadro eksploit emas.
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4 21
📜 Nega bu ro‘yxat?
Hujumchi nuqtai nazaridan o‘rganish, zaifliklarni topish va ekspluatatsiya qilish uchun:
Nazariya + amaliyot birgalikda bo‘lishi kerak bo‘lganlar uchun:
Himoya tarafida ishlashni xohlaydiganlar uchun:
Bu platformalar sizga faqat texnik bilim emas, balki real amaliy tajriba ham beradi. Ularning yarmi — xalqaro darajadagi musobaqalarda qatnashish imkonini bersa, qolganlari — sizning professional portfoliongizni boyitadi.
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1 24
Xizmat Sifatida RansomWare
RaaS (Ransomware-as-a-Service, “xizmat sifatida ransomware”) — bu biznes modeli bo‘lib, unda malware ishlab chiquvchilar obuna asosida boshqa hujumchilarga shifrlovchi dasturlarni (ransomware) va ularni boshqarish uchun infratuzilmani taqdim etadilar.
RaaS — MaaS (Malware-as-a-Service) turining bir ko‘rinishi bo‘lib, u o‘z navbatida SaaS (Software-as-a-Service) modelining zararli (malicious) varianti hisoblanadi.
❓ RaaS tarkibiga nimalar kiradi
RaaS modelida odatda ransomware tarqatiladi — qurilmadagi fayllarni shifrlab, ularni tiklash evaziga tovon puli (ransom) talab qiladigan dastur. Bundan tashqari, 2019-yil oxiridan boshlab ko‘plab ransomware ishlab chiquvchilar xizmatlariga ma’lumot o‘g‘irlashni ham qo‘shdi: to‘lov qilinmasa, o‘g‘irlangan ma’lumotni e’lon qilish bilan tahdid qilinadi (ya’ni “double extortion”). Shuningdek, RaaS orqali bloklovchi dasturlar ham tarqatilishi mumkin — ular qurilma ishini to‘liq bloklaydi va tovon puli to‘languncha ochilmaydi.
RaaS doirasida taqdim etiladigan “xizmat paketi” quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
💰 RaaS xizmati uchun to‘lov tizimi
Bunday xizmatlar odatda darknetda sotiladi. RaaS uchun bir nechta to‘lov modeli mavjud:
Ba’zi ta’minotchilar aralash modeldan foydalanadi — masalan, obuna puli ham oladi, ustiga-ustak tovon pulidan ham ulush talab qiladi.
🎃 RaaS modeli bo‘yicha mashhur guruhlar
Ransomware-as-a-service bozoridagi yirik o‘yinchilar qatoriga Conti, REvil (Sodinokibi), DarkSide, Babuk va LockBit kiradi.
✉️ Telegram ✊ Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 📹 TikTok
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
RaaS (Ransomware-as-a-Service, “xizmat sifatida ransomware”) — bu biznes modeli bo‘lib, unda malware ishlab chiquvchilar obuna asosida boshqa hujumchilarga shifrlovchi dasturlarni (ransomware) va ularni boshqarish uchun infratuzilmani taqdim etadilar.
RaaS — MaaS (Malware-as-a-Service) turining bir ko‘rinishi bo‘lib, u o‘z navbatida SaaS (Software-as-a-Service) modelining zararli (malicious) varianti hisoblanadi.
RaaS modelida odatda ransomware tarqatiladi — qurilmadagi fayllarni shifrlab, ularni tiklash evaziga tovon puli (ransom) talab qiladigan dastur. Bundan tashqari, 2019-yil oxiridan boshlab ko‘plab ransomware ishlab chiquvchilar xizmatlariga ma’lumot o‘g‘irlashni ham qo‘shdi: to‘lov qilinmasa, o‘g‘irlangan ma’lumotni e’lon qilish bilan tahdid qilinadi (ya’ni “double extortion”). Shuningdek, RaaS orqali bloklovchi dasturlar ham tarqatilishi mumkin — ular qurilma ishini to‘liq bloklaydi va tovon puli to‘languncha ochilmaydi.
RaaS doirasida taqdim etiladigan “xizmat paketi” quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
1. Tayyor (kompilyatsiya qilingan) ransomware yoki uning source kodi;
2. Ransomware’ni sozlash tool'lar (qaysi operatsion tizimni nishonga olish, tovon talabi, yozuvi matni va h.k.);
3. Qo‘shimcha zararli tool'lar (masalan, shifrlashdan avval ma’lumotni o‘g‘irlash uchun dasturlar);
4. Ransomware'larni yuritish uchun infratuzilma;
5. Boshqaruv paneli (control panel);
6. Texnik qo'llab-quvvatlash;
7. yopiq forum (tajriba va ma’lumot almashish uchun);
8. Dokumentatsiyalar
Bunday xizmatlar odatda darknetda sotiladi. RaaS uchun bir nechta to‘lov modeli mavjud:
1. ransomware’ni bir martalik xarid qilish;
2. xizmatga oylik obuna;
3. to‘lovdan foizli komissiya (tovon pulining ma’lum ulushi).
Ba’zi ta’minotchilar aralash modeldan foydalanadi — masalan, obuna puli ham oladi, ustiga-ustak tovon pulidan ham ulush talab qiladi.
Ransomware-as-a-service bozoridagi yirik o‘yinchilar qatoriga Conti, REvil (Sodinokibi), DarkSide, Babuk va LockBit kiradi.
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ular ma'lumotlarni darhol ochiqlashmadi. Avval xakerning faoliyatini diqqat bilan kuzatib, barcha tafsilotlarni o'rgandilar. Shundan keyingina jamoatchilikka chiqishdi. Bu voqea davlat homiyligidagi kiberjangchilar o‘zlari hujum nishoniga aylangan kamdan-kam holatlardan biridir.
Hacktivistlar quyidagi ma'lumotlarni e’lon qilishdi:
1. Josuslik tool'lari va infratuzilma: Maxsus zararli dasturlar, boshqaruv serverlar va Shimoliy Koreya razvedkasiga bog‘liq inside ma'lumotlar.
2. Nishonga olingan komponiyalar: Jabrlanganlar orasida Janubiy Koreya va Tayvan tashkilotlari bo‘lgani tasdiqlandi.
3. Shubhali belgilar: Xaker faoliyati Xitoy milliy bayramlari davrida to‘xtagan — bu xaker aslida Xitoyda bo‘lishi yoki ular bilan yaqin ishlashini bildiradi.
Saber va cyb0rg qonuniy oqibatlarni tushungan holda ham oshkor qilishni zarur deb bildilar. Albatta ularda buni tushuntirish uchun sabablar bor:
1. Tadqiqotchilarni yangi ma’lumot bilan ta’minlash, hujumlarni aniqlashni osonlashtirish.
2. Jabrlangan kompaniyalarni ogohlantirish, ular o‘zini himoya qilishi uchun.
3. Hukumat xakerlarni ham, "kuzatish" mumkinligini ko'rsatib berish.
Ularning qarashlari mashhur hacktivist Phineas Fisher eslatib yubordi — u ham hukumat va maxfiy tashkilotlarni fosh etib, shaffoflikni targ‘ib qilgan.
Bu voqea shuni ko‘rsatadiki, kibermaydonda mutlaq ovchi yo‘q. Bugun hujum qilayotgan kishi ertaga o‘zi hujumga uchrashi mumkin. Raqamli dunyoda hech kim daxlsiz emas.
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1 Qism — APT Guruhlar: Ghosts in the Machine
👽 “Hackerlar” deganda, ko‘pchilik ko‘z oldiga kapyushon kiygan yolg‘iz odamni keltiradi. Lekin APT yoki Advanced Persistent Threats - bu nima? yoki kim ular? Nega xukumatlar ulardan qo'rqishadi?
APT nima?
👽 APT - bu yuqori darajada tashkil etilgan, yaxshi moliyalashtirilgan xaker guruhlari bo'lib, ko'pincha davlatlar tomonidan qo'llab-quvvatlanovchi yoki ularning himoyasida faoliyat yurutuvchi "Legend" hackerlar. Ular tizimlarni “qiziqish uchun aylanib ko‘raylik” deb kiradigan bolalar emas: ular maqsadli strategik operatsiyalarni bajaruvchi professionallar - boshqa davlatlarni josuslik qilish, intellektual mulkni o‘g‘irlash va kiberurushlarga tayyorgarlik ko'rish kabi aniq missiyaga ega bo'ladi.
🕸 APTlarning asosiy xususiyatlari:
❓ Nima uchun ularni bilish muhim?
APTlarning xavfi nihoyatda katta - ular milliardlab dollarlik savdo sirlarini o‘g‘irlashgan, muhim infratuzilmalarga zarar yetkazishgan va hattoki kiber-sabotaj orqali jismoniy zarar ham yetkazishgan. Masalan, Eronning yadroviy dasturini izdan chiqargan Stuxnet yoki bugungi kunda energiya tarmoqlariga yashirincha kirib borayotgan ilg‘or infiltratsiyalar, kiber-urushning yangi davrini boshlab berdi.
✉️ Telegram ✊ Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 📹 TikTok
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
APT nima?
1. Advanced (Ilg‘or): APT'lar asoson maxsus ishlab chiqilgan tool'lardan foydalanadi, 0-kunlik (zero-day) zaifliklarni ekspluatatsiya qiladi va qanchalik himoyachilar kuchaygani sari, ular shunga moslashadi.
2. Persistent (Barqaror): Ular shunchaki "urib qochish" uslubidan foydalanmaydi. Tarmoqqa kirganidan so'ng, ko'pincha oylar yoki yillar davoimda yashirincha qoladi, o'rganadi va nishonlarini tahlil qilib, infratuzilmaning ichiga chuqur kirib boradi.
3. Threat (Tahdid): Ularning harakatlari kordinatsiyalashtirilgan, maqsadlar aniq va yuqori qiymatga ega missiyalarga yo'naltirilgan.
APTlarning xavfi nihoyatda katta - ular milliardlab dollarlik savdo sirlarini o‘g‘irlashgan, muhim infratuzilmalarga zarar yetkazishgan va hattoki kiber-sabotaj orqali jismoniy zarar ham yetkazishgan. Masalan, Eronning yadroviy dasturini izdan chiqargan Stuxnet yoki bugungi kunda energiya tarmoqlariga yashirincha kirib borayotgan ilg‘or infiltratsiyalar, kiber-urushning yangi davrini boshlab berdi.
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from xamzaaff
Amerika harbiylari musiqani qurol sifatida ishlatadi
Sonic Warfare ortidagi ilm nimadan iborat?
Yuqori ovoz va ma’lum chastotalarda tovush:
🔻 Boshni aylantiradi, chalg‘itadi, tashvish uyg‘otadi, uyquni buzadi, yurak urishini tezlashtiradi, panikaga olib keladi, harbiylar buni akustik qurol deb atashadi.
Masalan, LRAD — uzoq masofaga juda kuchli tovush yuboruvchi qurilma.
O‘zingizni tasavvur qiling:
Ulkan karnay sizga “Uyga qayt!” deb qichqiryapti, lekin oddiy qichqiriqdan yuz barobar balandroq.
Ammo musiqa faqat og‘riq emas — u qarshilik ham ko‘rsatishi mumkin.
🏳️ Norozilik qo‘shiqlari fuqarolik huquqlari harakatiga, urushga qarshi yurishlarga va inqiloblarga kuch bag‘ishlagan.
Bob Dylan, Nina Simone, Kendrick Lamar, H.E.R. va boshqa ko‘plab san’atkorlar musiqani adolatsizlikka qarshi qurol sifatida ishlatgan.
Musiqa sehrdir. U ilhomlantiradi, sindiradi, birlashtiradi yoki ajratadi.
U davo bo‘lishi ham mumkin, manipulyatsiya vositasi ham.
Har qanday kuchli vosita kabi, uni qanday ishlatishga bog‘liq, harbiylar uchun u — strategik vosita, norozilar uchun u — ovoz, marketologlar uchun u — ta’sir vositasi.
Shunday ekan, keyingi safar play tugmasini bossangiz, o‘zingizdan so‘rang:
🎧 Bu musiqa menga nima qilmoqda?
🎼 Qanday maqsadda ishlatilmoqda?
🔴 Men vaziyatni boshqaryapmanmi — yoki kimdir ohangni belgilab beryaptimi?
Kitobda keltirilgan, musiqa sehr va boshni aylantirishligi haqida, izlanib ko’rgan paytimiz shuni angladik.
@trk_1337
Sonic Warfare ortidagi ilm nimadan iborat?
Yuqori ovoz va ma’lum chastotalarda tovush:
Masalan, LRAD — uzoq masofaga juda kuchli tovush yuboruvchi qurilma.
O‘zingizni tasavvur qiling:
Ulkan karnay sizga “Uyga qayt!” deb qichqiryapti, lekin oddiy qichqiriqdan yuz barobar balandroq.
Ammo musiqa faqat og‘riq emas — u qarshilik ham ko‘rsatishi mumkin.
Bob Dylan, Nina Simone, Kendrick Lamar, H.E.R. va boshqa ko‘plab san’atkorlar musiqani adolatsizlikka qarshi qurol sifatida ishlatgan.
Musiqa sehrdir. U ilhomlantiradi, sindiradi, birlashtiradi yoki ajratadi.
U davo bo‘lishi ham mumkin, manipulyatsiya vositasi ham.
Har qanday kuchli vosita kabi, uni qanday ishlatishga bog‘liq, harbiylar uchun u — strategik vosita, norozilar uchun u — ovoz, marketologlar uchun u — ta’sir vositasi.
Shunday ekan, keyingi safar play tugmasini bossangiz, o‘zingizdan so‘rang:
Kitobda keltirilgan, musiqa sehr va boshni aylantirishligi haqida, izlanib ko’rgan paytimiz shuni angladik.
@trk_1337
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM