CentiSec
846 subscribers
125 photos
3 videos
1 file
95 links
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz.

Forum — https://t.me/+XfDNbo3_oLZhYTY8

@centihack
Download Telegram
👽👽 NIKE “WorldLeaks” ransomware guruhi tomonidan buzilgani da’vo qilinmoqda

👽 WorldLeaks nomli guruh Nike tizimlaridan, ma’lumotlar o‘g‘irlaganini da’vo qildi. Bu guruh odatda to‘lov bo‘lmasa — ma'lumotlarni sizdirish bilan "shantaj" qilishadi.

🕐 Timeline
22-yanvar 2026 — Nike WorldLeaks’ning Tor leak-saytida “victim” sifatida paydo bo‘lgan va timer qo‘yilgan.

24-yanvar 2026 — timer tugash sanasi sifatida ko‘rsatilgan (to'lov o'tqazilinmasa, ma'lumotlar ochiqlanadi).

25–26-yanvar 2026 — bir nechta manbalar “ma'lumotlar haqiqatan ham leak qilingan” deb yozdi: hajm ~1.4TB, fayllar soni ~188k–190k atrofida.


Nimalar aniq?
Nike tomoni “vaziyatdan xabardormiz, hozir ehtimoliy cyber incident tekshiryapmiz” mazmunida hisobot berdi . Lekin bu hali “hammasi 100% tasdiq” degani emas. Hozircha Nike leak qilingan fayllar aniq bizniki deb rasmiy tarzda tasdiqlamagan. WorldLeaks esa tizimga qanday kirgani (qaysi zaiflik yoki qaysi credential orqali) haqida ochiq texnik tafsilot bermadi.

📦 Sizdirilgan ma'lumotlar ichida nimalar bo‘lishi mumkin?
Cybernews ko‘rgan sample’larda ko‘proq korporativ/ishlab chiqarish turdagi fayllar tilga olinadi, masalan:

product o‘lchamlari
materiallar bo‘yicha detallar
narxlar
yangi productlarning chiqish vaqtlari
test reportlar
corporate slide’lar va ichki hujjatlar
factory auditlar

Shu manbaga ko‘ra, ko‘rilgan sample’da mijozlar yoki ishchilarga tegishli shaxsiy ma'lumotlar topilmagan (bu “umuman yo‘q” degani emas — faqat sample bo‘yicha).


⬅️ To'liq ma'lumotni o'qish uchun

✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
41
📱 MobSF (Mobile Security Framework) — mobil ilovalarni tekshirish uchun qulay “all-in-one” platforma. APK/IPA/APPX yoki ilova code’ni yuklaysiz, MobSF esa avtomatik ravishda analiz qilib, tayyor hisobot chiqarib beradi: risklar, permission’lar, hardcoded secret’lar, insecure config’lar, va boshqa foydali ma'lumotlar.

💪 MobSF’ning kuchli tomoni — u faqatgina “static” emas, dynamic analysis ham olishidir (runtime kuzatish / instrumented test funksiyalari mavjud). Ya’ni ilova qanday ishlayotganini ko‘rishga yordam beradi.

🚨 Bundan tashqari MobSF open-source, lokalda ko‘tarib ishlatsa ham bo‘ladi (ko‘pchilik Docker orqali ishga tushiradi):
docker pull opensecurity/mobile-security-framework-mobsf:latest
docker run -it --rm -p 8000:8000 opensecurity/mobile-security-framework-mobsf:latest

# Default username va parol: mobsf/mobsf


⬇️ Xoziroq ishlatib ko'ring: https://github.com/MobSF/Mobile-Security-Framework-MobSF

Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


#cheetsheat #reverse #centi #bb #cheet #bug #android #android #apps
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
140
😈 Osiris Ransomware (yangi tahdid)

📂 PolySwarm’ning 2026-yil 30-yanvardagi threat bulletin’iga ko‘ra, Osiris nomli yangi ransomware 2025-yil noyabrida Janubi-Sharqiy Osiyodagi yirik oziq-ovqat servisi bilan ishlovchi kompaniyalarga qarshi ishlatilingan. Tahlilchilarning xulosalariga ko'ra, Osiris’ning uslubi va ishlash mexanizimi Inc ransomware ekotizimiga juda ham o'xshab ketishi aytilgan.

🔎 Asosiy kuzatuvlar
• Hujumda maxsus imzolangan (custom-signed) zararli driver — Abyssworker / Poortry — ishlatilingan. Bu, katta ehtimol bilan, BYOVD (Bring Your Own Vulnerable Driver) orqali himoyani chetlab o‘tish usullari uchun qo‘llanilingan.

• Tadqiqotchilar WinZip Remote Desktop ko‘rinishida niqoblangan, juda kuchli modifikatsiya qilingan Rustdesk binary’idan foydalanilganini qayd etgan.

• Avvalgi Inc ransomware operatsiyalari bilan ustma-ust tushadigan aniq taktikalar haqida dalillar mavjud

Osiris — juda kuchli “hybrid encryption” ransomware: u ECC + AES-128-CTR ishlatadi, har bir fayl uchun alohida kalit (per-file keys) yaratadi va shifrlash rejimlarini moslashuvchan tarzda tanlay oladi.


📡 Umumiy manzara shuni ko‘rsatadiki, bu hujum ortida resurslari kuchli va tajribali tahdid actor'lar jamoasi turibdi — ular katta ehtimol bilan avval Inc ransomware operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan va endi ekotizimga texnik jihatdan salohiyatli yangi ransomware oilasini olib kirishgan. Murakkab shifrlash, imzo qilingan zararli driver orqali agressiv himoyani chetlab o‘tish, living-off-the-land usullarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash hamda Inc bilan aniq taktik o‘xshashliklar kombinatsiyasi Osiris ortida tajribali ransomware operatorlari turganiga kuchli dalil hisoblanadi.

Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
37
🧐 XSS topdingiz, lekin Content Security Policy (CSP) sababli payloadlaringiz ishlamayaptimi?

👍 CSPBypass — CSP sabab bloklanayotgan holatlarda faqat ruxsat berilgan (whitelist) domenlar orqali XSS’ni ekspluatatsiya qilish uchun ishlaydigan payloadlarni taqdim etuvchi servis.

Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


#cheetsheat #bugbount #centi #bb #bypass #bug #android #xss #csp
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
41
📡 Singapore telekommunikatsiya sectorlariga APT hujumi: “UNC3886”

👽👽 Singapurning Cyber Security Agency (CSA) 2026-yil 9-fevral kuni rasmiy bayonot berdi: mamlakatning telekommunikatsiya sektori (operatorlar va aloqa infratuzilmasi) keng ko'lamli APT hujumiga uchragan. Hujum ortida Xitoyning UNC3886 guruhi turgani aytildi. Shuningdek, bu hujum “Operation CYBER GUARDIAN” deb nomlangan, bir nechta davlat tashkilotlari birgalikda qatnashgan keng ko‘lamli javob amaliyoti orqali to‘xtatilgani bildirildi.

🎯 Kimlar nishonda bo‘lgan?
Singapore’ning 4 ta yirik operatori:

Singtel
StarHub
M1
SIMBA Telecom


Hujum qanday amalga oshirilgan?
CSA bayonotiga ko‘ra hujumchilar:

Zero-day zaiflik orqali (kamida bitta holatda) perimetr firewall’ni chetlab o‘tib tarmoqqa kirgan. Ya’ni himoya qurilmasida hali ommaga noma’lum zaiflikdan foydalanilgan.

• Tarmoqqa kirgach, ichkarida lateral movement qilgan — ya’ni bir joydan boshqasiga o‘tib, ko‘proq tizim va segmentlarga kirishni kengaytirgan.

• Izlarini sezdirishmaslik uchun rootkit kabi yashirin (“stealth”) vositalar ishlatilingan — maqsad: faoliyatini berkitish va uzoqroq qolish.

Asosiy maqsad: foydalanuvchilar ma’lumotlarini o‘g‘irlash emas, balki tarmoqga oid texnik ma’lumotlar (konfiguratsiya, arxitektura, ichki tuzilma)ni olish. Bunday ma'lumotlar keyingi bosqichlarda hujumni chuqurlashtirish yoki “operatsion maqsadlar” uchun juda foydali hisoblanadi.


🛡 Singapore qanday javob qaytardi?
“Operation CYBER GUARDIAN” — bu javob amaliyoti 11 oydan ko‘proq davom etgan (ya’ni uzoq muddatli, bosqichma-bosqich tozalash va nazorat ishlari bo‘lgan).

• Unda 100+ nafar kiber himoyachi qatnashgan: CSA, IMDA, CSIT, DIS, GovTech, ISD va boshqa tegishli tashkilotlar (ya’ni bir nechta agentliklar birgalikda ishlagan).

• Natijada: hujumchilar kirib kelgan yoki foydalangan bo‘lishi mumkin bo‘lgan access point’lar yopilgan, tizimlarda remediation (zaifliklarni tuzatish, tozalash, sozlamalarni mustahkamlash) qilingan va monitoring kuchaytirilgan (shubhali faollikni erta aniqlash uchun).


📌 Xulosa: Bu hodisa oddiy “data leak” (mijoz ma’lumoti sizib chiqishi)dan ko‘ra ko‘proq kiber josuslik va kritik infratuzilma (telekom tarmoqlari) mavzusiga yaqin. Chunki maqsad foydalanuvchilarning ma'lumotlari emas, balki tarmoqning ichki tuzilmasi va texnik ma’lumotlarini olish bo‘lgan. Zero-day va rootkit kabi professional hujum usullari ishlatilgani esa hujum yuqori darajada rejalashtirilgani va kuchli bo‘lganini ko‘rsatadi.

Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
245
🔒 SecurityTrails — o'zida deyarli barcha domenlar haqida ma'lumotlar mavjud bo'lgan sayt. Siz biror domen nomini yozasiz, u esa shu domenning to'liq infratuzilmasini ko‘rsatib beradi: DNS yozuvlari hozir qanday, oldin qanday bo‘lgan, qaysi IP’larda turgan, qaysi subdomainlari bor, mail serveri (MX) qanaqa, name serverlari qaysilar — hammasini bir joyga yig‘ib beradi.

👍 Eng foydali jihati — “tarix” qismi. Ko‘p servislar domenlarning faqat hozirgi xolatini ko'rsatadi, SecurityTrails esa domen oldin qaysi IP’da bo‘lganini, DNS qachon o‘zgargani kabi eski ma'lumotlarni ham saqlab boradi.

Xoziroq sinab ko'ring: https://securitytrails.com

Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


#BugBounty #cheetsheat #centi #bb #cheet #bug #security #domens
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31
🇺🇸 AQSh Adliya vazirligi venesuelalik jinoiy guruhni Ploutus ATM-malware orqali bankomatlarni buzishda aybladi

United States Department of Justice ma’lumotiga ko‘ra, 54 nafar shaxs bankomatlarga qarshi keng ko‘lamli zararli dasturiy hujumda ishtirok etganlikda ayblanmoqda. Hujumlarda asosiy vosita sifatida Ploutus nomli ATM-malware ishlatilgan.

Ayblovlarga ko‘ra, millionlab dollar mablag‘lar noqonuniy ravishda bankomatlardan chiqarib olingan.

🔎 Ploutus nima?
Ploutus — bu bankomatlar (ATM) uchun maxsus ishlab chiqilgan zararli dastur bo‘lib, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilmaning ichki operatsion tizimiga ta’sir qiladi.
Oddiy karta skimming yoki phishingdan farqli ravishda, Ploutus:

💻 Windows asosida ishlovchi ATM tizimlarini nishonga oladi
🔐 Bankomat xavfsizlik mexanizmlarini chetlab o‘tadi
💸 “Cash-out” (majburiy naqd chiqarish) buyruqlarini bajaradi
🧹 Hujum izlarini o‘chira oladi

Eng xavfli tomoni — u masofadan emas, balki bankomat ichiga jismoniy kirish orqali o‘rnatiladi. Qurilma ochilib, disk almashtirilishi yoki USB orqali zararli kod yuklanishi mumkin.


⚙️ Texnik ishlash mexanizmi
Ko‘pchilik ATM’lar Windows asosida ishlaydi va qurilma modullari bilan XFS (Extensions for Financial Services) orqali aloqa qiladi.
Ploutus aynan shu qatlamdan foydalanadi:

ATM ichiga joylashtiriladi
XFS API orqali cash dispenser moduliga ulanadi
O‘zini rasmiy ATM dasturi kabi tutadi
Dispenser’ga to‘g‘ridan-to‘g‘ridan pul chiqarish buyrug‘ini yuboradi

Natijada bankomat karta yoki tranzaksiyasiz pul chiqaradi. Bu usul kiberxavfsizlik sohasida “jackpotting” deb ataladi.

📚 Tarix va evolyutsiya
2013-yilda birinchi marta Symantec tomonidan aniqlangan
Dastlab Meksikada keng qo‘llanilgan
Google uni ATM uchun eng ilg‘or zararli dastur oilalaridan biri deb baholagan
So‘nggi 10+ yil davomida Ploutus turli variantlar orqali takomillashib bordi. Yangi versiyalari:

Turli ATM platformalari bilan mos ishlaydi
Loglarni tozalash imkoniyatiga ega
Modul arxitekturaga ega
Ba’zi variantlari shifrlangan

Bu oddiy malware emas — bu moliyaviy infratuzilmaga qarshi mo‘ljallangan professional darajadagi tahdid.

🛡 Nega bu muhim?
Ploutus hodisasi shuni ko‘rsatadiki:
Bankomatlar hali ham eski Windows versiyalarida ishlashi xavf tug‘diradi
Jismoniy xavfsizlik kiberxavfsizlikning ajralmas qismi
XFS qatlamini monitoring qilish zarur
Disk encryption va secure boot majburiy bo‘lishi kerak


Bu oddiy firibgarlik emas — bu bank infratuzilmasiga qarshi tizimli va tashkillashtirilgan hujum.
Moliyaviy sektor uchun bu jiddiy signal.

Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
33
🇮🇷 Eron kiber frontidagi hacktivistlik faoliyati

SecurityWeek ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 28-fevraldan keyin Eron bilan bog‘liq kiber maydonda, pro-Eron hacktivist guruhlari faollashgan. Lekin yirik kiberxavfsizlik kompaniyalari hozircha Eronning APT guruhlari tomonidan keng ko‘lamli, murakkab hujumlar kuzatilmaganini bildirmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, so'ngi kunlarda Eron hacktivistlari tomonidan DDoS hujumlar, website defacement va turli shov-shuvli “biz buzib kirdik” degan da’volar ko‘paygan. Ammo bu da’volarning katta qismi hali rasmiy ravishda tasdiqlanmagan va ayrimlari shunchaki propaganda yoki e’tibor tortishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

🔎 Nimalar bo‘lyapti?
CrowdStrike, Palo Alto Networks, Cisco Talos va Sophos kuzatuvlariga ko‘ra, ayni paytda asosiy o‘sish hacktivist'lar hujumlarida ko‘rinmoqda. Ular ko‘proq:

🌐 saytlarni vaqtincha ishdan chiqarish (DDoS)
🧱 asosiy sahifani almashtirish (defacement)
📣 balandparvoz, ammo tasdiqlanmagan hujum da’volari
🎯 siyosiy yoki ramziy tashkilotlarga bosim o‘tqazish

kabi usullar bilan faoliyat yuritmoqda.


⚙️ Nega APT darajasidagi hujumlar kam yuz beryapti?
Maqoladan kelib chiqgan holatda, buning asosiy sabablaridan biri — Erondagi internet uzilishlari va operatsion cheklovlar. Palo Alto Networks aynan shu omil sabab murakkab, barqaror va markazlashgan davlat operatsiyalar salohiyati vaqtincha pasayganini ta’kidlaydi.

Shu bilan birga, ayrim APT darajasidagi xakerlar eski hacktivisimni qayta faollashtirayotgani ham qayd etilgan. Ya’ni tashqaridan qaraganda oddiy “hacktivist” bo‘lib ko‘ringan ayrim guruhlar ortida APT guruhlarining ta’siri bo‘lish ehtimoli ham inkor qilinmayapti.

📚 Qaysi guruhlar tilga olingan?
Hisobotlarda Hydro Kitten, NoName057(16), Cyber Islamic Resistance, FAD Team va Fatimion Cyber Team kabi nomlar tilga olinadi. Ularning ayrimlari DDoS, ayrimlari esa data exfiltration yoki SQL injection kabi usullar bilan bog‘langan da’volar bilan chiqgan. Lekin bu faoliyatning hammasi ham tasdiqlanmagan.

🛡 Nega bu muhim?
Xulosa qilib aytganda, hozircha asosiy xavf — murakkab APT hujumlaridan ko‘ra, ko‘proq shov-shuvli hacktivist operatsiyalar, reputatsion bosim va past-o‘rta darajadagi buzuvchi faoliyatlar deb hisoblanmoqda. Ammo vaziyat keskinligi sabab kuzatuv va himoya choralarini kuchaytirish baribir zarur.

🫥 Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
40
⌨️ Qanday qilib zip-fayl yordamida serverdagi fayllarni o‘qish mumkin

📝 Hujumning g‘oyasi oddiy: agar test qilinayotgan ilovada .zip fayllarni yuklash imkoniyati bo‘lsa, arxiv ichiga symbolic link bo‘lgan fayl joylanadi. Symbolic link faylning o‘zi emas, balki tizimdagi boshqa faylga ishora qiladigan yorliq bo‘lgani uchun, server uni noto‘g‘ri qayta ishlasa, boshqa ichki fayllarni o‘qish imkoniyati paydo bo‘ladi.

$ ln -s /etc/passwd test.txt
$ zip --symlinks test.zip test.txt


Agar server bunday arxivni qabul qilib, uni ochsa, keyin yuklangan faylga murojaat qilish orqali aslida unga bog'langan faylning mazmunini ko‘rish mumkin:

https://vulnerable.com/test.txt


💡 Keyin bu usul orqali — source code’larni ko‘rib chiqib, ilovani ichki tomondan tahlil qilish va yangi zaifliklarni topish ehtimoli oshadi.

🫥 Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


#Zip #Symbolic #Bug #BugBounty #WebSecurity #Pentest #CentiSec #centipede
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
38
🐧 SSHStalker botnet IRC orqali Linux serverlarni boshqarib, eski kernel zaifliklari bilan tarqalmoqda

The Hacker News xabariga ko‘ra, tadqiqotchilar SSHStalker nomli yangi botnet kampaniyasini aniqladi. Bu tahdid Linux tizimlarga kirib, boshqaruv uchun zamonaviy C2'lar emas, balki eski uslubdagi IRC orqali C2 buyruqlarini qabul qiladi.

🔎 SSHStalker nima?
SSHStalker — bu zararlangan Linux serverlarni “bot”ga aylantirib, ularni bitta tarmoq sifatida boshqaradigan zararli infratuzilma.
Odatiy miner yoki DDoS botnetlardan farqli ravishda, SSHStalker serverlarda:

🚛 uzoq muddat yashirin kirishni yo'qotmaslikga harakat qiladi
boshlanishiga katta hech qanday zararli ish qilmasdan keyinroq ishlatish uchun tizimni tayyor holatda qoldiradi


☠️ Qanday kiradi?
Hujumning asosiy yo‘li — SSH:
👩‍💻 Go da yozilgan scanner serverlarda 22-port ochiq yoki yopiqligini tekshiradi
🔑 Keyin oddiy/default parollar orqali serverga ulanishga urinadi
🪱 Kirilgan hostlarda esa yana boshqalarni qidirib, worm malware kabi tarqalishni davom ettiradi


📡 IRC C2 nima va nega ishlatiladi?
SSHStalker’ni boshqarish usulining asosiy ketma-ketligi:

✉️ IRC (Internet Relay Chat) — eski chat protokoli.
🧠 C2 (Command & Control) — hujumchi botlarga buyruq yuboradigan boshqaruv markazi.

Malware IRC serverga ulanadi, ma’lum bir kanalga kiradi va shu kanal orqali buyruqlarni qabul qiladi. Tashqaridan oddiy chatga o‘xshab ko‘rinadigan bu usul, eski yoki e’tibordan chetda qolgan tizimlarda haligacha samarali ishlaydi.


🧹 Izlarni yashirish: log o'chirgich
Bu hujumlar faqat kirib olish bilan emas, izlarni yashirish bilan ham ajralib turadi:

• SSH orqali kirish loglarni tozalash uchun turli dasturlar (masalan, C’da yozilgan utilitalar) ishlatilinadi.
• Tizimda login tarixini saqlaydigan fayllar (utmp, wtmp, lastlog) butunlay o'chirib tashlanadi.


♻️ Persistence: 60 soniyada qaytib keladi
SSHStalker’da “keep-alive” funksiyasi bor, ya'ni antivirus malware'ni o‘chirsa ham, u taxminan 60 soniya ichida avtomatik qayta ishga tushadi.

🫥 Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
33
🤓 Ba'zi holatlarda sanitizer’lar https:// bilan boshlangan matnni Markdown’dagi autolink deb hisoblaydi va uni xavfsiz link deb o'ylaydi. Ammo bu matn keyin <a> tegi sifatida emas, balki HTML raw sifatida render qilinsa, u XSS vektorga aylanish ehtimoli mavjud.

👩‍💻 Bu usulda XSS payload oddiy URL’ga o‘xshatib yashiriladi:
<https://site.com/x?v1/onfocus=alert().jpg 
https://site.com/x?v1/autofocus=1.jpg
https://site.com/x?v1/tabindex=1.jpg>


🎞 Tashqaridan qaraganda bu oddiy linkdek ko'rinishi mumkin. Lekin noto‘g‘ri parsing yoki render yuz beradigan bo'lsa onfocus, autofocus, tabindex kabi qismlar HTML atribut sifatida render qilinib, XSS hujumi bajariladi.

🫥 Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


#XSS #Scripting #Bug #BugBounty #BBTips #CentiSec #centipede
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
361
🚨 AQSh Handala guruhi ortida Eron hukumati turganini rasman tasdiqladi

🌐 AQSh Adliya vazirligi 2026-yil 19-mart kuni Handala guruhi bilan bog‘liq 4 ta domen musodara qilinganini e’lon qildi. Ushbu saytlar xakerlik hujumlari uchun javobgarlikni e’lon qilish, o‘g‘irlangan ma’lumotlarni tarqatish hamda psixologik bosim o‘tkazish uchun ishlatilgan.

🔎 Handala uzoq vaqt davomida “hacktivist” niqobi ostida faoliyat yuritgan bo‘lsa-da, kiberxavfsizlik tadqiqotchilari uni anchadan beri Eronning Razvedka va xavfsizlik vazirligi — MOIS bilan bog‘liq tahdid subyekti sifatida kuzatib kelayotgan edi. AQShning ushbu bayonoti esa bu bog‘liqlikni rasman tasdiqlab berdi.

⚠️ So‘nggi kunlarda AQSh–Isroil–Eron o‘rtasidagi keskinlik fonida guruhning faolligi yanada oshdi. Handala Isroilga qarshi turli kiberhujumlarda ayblanmoqda. Ular qatoriga harbiy ob-havo serverlarini ishdan chiqarish, xavfsizlik kameralariga buzib kirish, kompaniyalardan ma’lumotlarni o‘g‘irlash va tarqatish, razvedka xodimlariga oid ma’lumotlarni sizdirish hamda neft-gaz qidiruv kompaniyasini nishonga olish kabi holatlar kiradi.

🏥 Handalaning eng ko‘p muhokama qilingan hujumlaridan biri AQShdagi tibbiy texnologiyalar kompaniyasi Strykerga qarshi uyushtirilgan hujum bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hujum oqibatida minglab tizimlar o‘chirib tashlangan, va bu yirik operatsion uzilishlarga olib kelgan.

🫥 Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21
Telegram’da Zero-Day — ZDI-CAN-30207

📰 2026-yil 26-mart kuni Zero Day Initiative ro‘yxatida Telegram uchun zaiflik paydo bo‘ldi. U ZDI-CAN-30207 identifikatori bilan qayd etilgan va CVSS score 9.8 bilan baholangan. Bu zaiflik juda jiddiy va yuqori darajada ekanini anglatadi.

👽 Zaiflikni Michael DePlante (@izobashi) aniqlagan. U Zero Day Initiative (ZDI)'ning tajribali security researcheri bo‘lib, ilgari ham murakkab zaifliklar, RCE va low-level buglar ustida ishlagan.
Researcherning shaxsiy sahifasi: https://izobashi.info/


☺️ Hozircha zaiflikning texnik tafsilotlari ochiqlanmagan. Exploit qanday ishlashi yoki muammo aynan nimada ekani hozircha noma’lum. Ochiq manbalarda hozircha zaiflik identifikatori va uning xavflilik darajasi ko‘rsatilgan. Odatda ZDI bunday holatlarda vendorga patch tayyorlash uchun ma’lum vaqt beradi. Lekin bu holat kritik darajada baholangani uchun tuzatish odatdagidan tezroq chiqishi ham mumkin.

🟢 CVSS ma’lumotlariga ko‘ra, bu zaiflik tarmoq orqali, akkauntga kirmasdan va foydalanuvchidan hech qanday amal talab qilmasdan ishlaydi. Natijada account’ni egallash, xabar va fayllarga ruxsatsiz kirish, sessiyaga ega chiqish yoki ilova darajasida zarar yetkazish kabi jiddiy zaiflik bo'lishi mumkin. Ayrim ssenariylarda RCE ehtimoli ham bor. Lekin hozircha texnik tafsilotlar ochiqlanmagani sabab, aynan qaysi ta’sir real ekanini aniq tasdiqlab bo‘lmaydi.

📱 Telegram hozircha bu zaiflik bo‘yicha rasmiy izoh bermagan.

🫥 Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
29
👽👽 Telegramda sticker orqali accountni buzib kirish?

📱 Telegram “Код Дурова” resursiga bergan izohida messenjerda chiqgan 0-day zaiflik borligi haqidagi da’voni rad etdi.
To'liqroq: https://kod.ru/telegram-oproverg-zero-day


📰 Dastlab xabarlarda ushbu zaiflik zararli stiker orqali istalgan akkauntni buzishga imkon berishi aytilingan edi. Lekin Telegram vakillari bu senariy noto‘g‘ri ekani, platformaga yuklanadigan barcha stikerlar server tomonda tekshiruvdan o‘tishi va shu sabab bunday exploit texnik jihatdan ishlamasligini bildirishgan.

⚠️ Telegram atrofida jiddiy muhokama uyg‘otgan ZDI-CAN-30207, 0-day zaifligi haqida oldinroq habar bergan edik.

💪 Kuzatishda davom etamiz.

🫥 Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30
⚠️ Axios paketiga supply chain hujumi

👩‍💻 2026-yil 31-mart kuni npm’dagi axios paketining ikkita versiyasi 1.14.1 va 0.30.4 qisqa vaqtga platformaga qo'yilgan edi. Lekin keyinchalik bu versiyalar buzib kirilgani ma'lum bo'ldi.

👻 Muammo, hujumchi axios paketi ichiga zararli dependency qo‘shishidan kelib chiqgan. Natijada, shunchaki npm install — ya’ni kutubxonalarni o‘rnatish jarayonining o‘zidayoq — zararli kod ishga tushishi mumkin bo‘lgan.

🚨 Hujumning xavfli tomoni, bu holat dasturchilarning kompyuterlari, CI/CD pipeline’lar va build serverlar uchun ham xavf tug‘diradi. Chunki dependency’lar ko‘pincha avtomatik o‘rnatiladi.

🛡️ Agar loyihangizda o‘sha paytda dependency’lar yangilagan bo‘lsa, ishlatilgan axios versiyasini, lockfile’ni va o‘rnatish vaqtida kuzatilgan shubhali faoliyatlarni tekshirish kerak. Zararli versiya ishlatilgan bo‘lsa, token va login ma'lumotlarini almashtirish, shuningdek tizimni to‘liq tekshirib chiqish kerak.

🫥 Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25
📰 Handala agentining Toshkentdagi maxfiy uchrashuvi

✈️So‘nggi soatlarda Handala guruhining telegramdagi kanali ketma-ket postlar e’lon qilib, Vered Haimovich, Elbit Systems, Hermes dronlari hamda Toshkentda bo‘lib o‘tgan maxfiy uchrashuv haqidagi ma'lutmolarni ochiqlay boshladi.

Elbit Systems — Isroilning dron va boshqa harbiy texnologiyalar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalaridan. Kompaniyaning eng mashhur loyihalaridan biri Hermes seriyasidagi dronlar hisoblanadi. Handala esa o‘z postlarida Vered Haimovich nomini aynan shu loyiha va unga aloqador ichki jarayonlarda muhim rol o‘ynagan shaxs sifatida tilga oldi.


Vered Haimovich Isroil havo kuchlari va dron yo‘nalishidagi muhim jarayonlar bilan bog‘liq shaxs sifatida ko‘rsatilgan. Handala uni 166-UAV Squadron, dron operatsiyalari va Elbit’ning kuzatuv hamda xavfsizlik tizimlarida ishlagan sobiq xodimi sifatida yozdi.

🇺🇿 Yana bir asosiy voqea Toshkentdagi maxfiy uchrashuvda bo'lib o'tadi. Ularning yozishicha, ushbu uchrashuvda Vered Haimovich Elbit’ga aloqador kuzatuv va xavfsizlik tizimlariga kirish imkoniyatini Handala agentiga 40 ming yevro naqd pul evaziga bergan.

Buni ular quyidagi xabar bilan ifodalagan:
O‘zbekiston yodingizdami?..
O‘sha mehmonxona, aynan o‘sha xona...
Vered Haimovich, Elbit kameralariga kirish huquqini topshirib, 40 000 yevro olgan kechangiz hali ham yodingizdami?

Ba’zida oddiy bir xona va yashirin kelishuv katta fosh etishlarning boshlanish nuqtasiga aylanadi.
Hali ham hammasi rejangiz bo‘yicha ketdi deb o‘ylaysizmi?


Ushbu postlardan xulosa qiladigan bo'lsak, Handala bu yo‘l orqali faqat bitta texnik kirish bilan cheklanmaganini, aksincha ancha kengroq ma’lumotlarga ega chiqqanini ko‘rsatmoqchi. Ba'zi postlarda Isroilning kuzatuv kameralariga kirish, operativ ma’lumotlar, maxfiy hujjatlar, ichki hisobotlar, dron loyihalari va operatsiyalariga aloqador materiallar tilga olinadi. Guruh bu ma’lumotlar o‘z qo‘lida ekanini da’vo qilib, keyingi postlarda yana yangi tafsilotlar berilishini bildirgan.

🫥 Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

#CyberNews #ThreatIntel #InfoOps #OSINT #CyberSecurity #Handala #centi #centipedes
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
28