CentiSec
845 subscribers
125 photos
3 videos
1 file
95 links
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz.

Forum — https://t.me/+XfDNbo3_oLZhYTY8

@centihack
Download Telegram
😈 EvilAI – soxta “AI dastur” ichiga yashiringan malware

EvilAI — Windows uchun tarqatilayotgan zararli dastur kampaniyasi. U oddiy foydalanuvchiga “AI yordamchi” yoki “productivity” ilova sifatida ko‘rinadi. Lekin aslida u infostealer/backdoor bo‘lib ishlaydi: parollar, cookie’lar va boshqa maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi, ba’zan esa kompyuterga masofadan boshqaruv yo‘lini ochib beradi.

🧩 Qanday ko‘rinadi?
Nomlari oddiy bo‘ladi: AppSuite, OneStart, PDF Editor, Recipe Lister, TamperedChef va shunga o‘xshash.
Tashqi tomondan “haqiqiy ilova”dek ishlaydi: masalan PDF tahrirlaydi yoki retseptlarni ko‘rsatadi — shu sabab foydalanuvchi shubhalanmaydi.
Ba’zi variantlari raqamli imzo bilan chiqadi: Windows’da “trusted/ishonchli” ko‘rinib, odamni aldashi osonroq bo‘ladi.


🧬 Aslida nima qiladi?
O‘rnatilgandan keyin yashirincha fon rejimida qo‘shimcha .exe yoki script’larni ishga tushiradi.
Brauzerlardan ma’lumot yig‘adi: Chrome/Edge profil fayllaridan parol, cookie, session va boshqa shaxsiy ma'lumotlarni yeg'adi.
Kompyuter haqida ham ma'lumot to'playdi: qurilma/OS ma’lumotlari kabi narsalarni to‘plab, hammasini shifrlab C2 serverga yuboradi.
Keyin C2 orqali hujumchi yana qo‘shimcha “payload” yuklashi mumkin: masalan RAT, ransomware va boshqa zararli dasturlar.


🛡 Nima qilish kerak?
Har qanday “yangi AI ilova”ni faqat IT/Sec tasdiqlagan rasmiy manbadan o‘rnating. Noma’lum sayt, Telegram link, “free/pro cracked” variantlardan yiroq bo‘ling.
Yangi ro‘yxatdan o‘tgan domenlardan kelayotgan “AI tool” yuklab olish fayllarini avval sandbox (izolyatsiya qilingan muhit)da tekshiring.
Xodimlarga oddiy qoida qilib tushuntiring: “AI” deb nomlangan har bir app xavfsiz emas. Code-signing (raqamli imzo) ham 100% kafolat bermaydi — u ham aldov uchun ishlatilishi mumkin.


✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
36
🪦 CloudRip — Cloudflare himoyasi bo'lgan serverlarning subdomenlarini tekshirib, haqiqiy IP manzilini topishga yordam beradi.

git clone https://github.com/moscovium-mc/CloudRip

cd CloudRip;python3 -m venv venv;source venv/bin/activate

pip install -r requirements.txt
python3 cloudrip.py -h


https://github.com/moscovium-mc/CloudRip.git

#BugBounty #cheetsheat #centi #bb #cheet #bug #Cloud #Hack
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
46
Forwarded from CentiHack
Nima endi butun Osiyoga chiqmaymizmi?

CentiHack - Kiberxavfsizlik amaliyotida


Agar sizga o'qigan narsangizga amaliyot kerak bo'lsa, ushbu amaliyotni bajarganingizdan so'ng yana amaliyot qilmoqchi bo'lsangiz, bu nafaqat boshlang'ichlar, balki ushbu yo'lda professional tarzda ketayotganlar uchun ham ajoyib imkoniyat. Asosiysi, barchasi o'zbek tilida.

CentiSec loyihalaridan biri bo'lgan CentiHack bu yildan katta qadamlar tashlash maqsadida yo'lga chiqdi va bu yo'lda sizning borligingiz va biz bilan qadam ma-qadam yurishingiz bizga to'xtamay energiya berishda davom etadi.

Jamoat transportida, ushbu holatdan qulay foydalanib endilikda sizning mobil telefoningiz kitob vazifasini o'tab bera oladi. Aynan shu sababdan, har qanday holatda ham barcha bilim endi sizning qo'lingizda.

CentiHack - Kiberxavfsizlik Amaliyotda


🌐 WebPage
✉️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
330
Transparent Tribe (APT36) Hindistonga qarshi yangi RAT hujumi

👽 Transparent Tribe (APT36) Hindistondagi tashkilotlarga qarshi josuslik hujumini yanada kuchaytirgani kuzatilmoqda. Bu safar hujumchilar foydalanuvchiga oddiy hujjat sifatida ko‘rinadigan fayllar orqali yashirin boshqaruv dasturini o'rnatib, zararlanish jarayonini maksimal darajada sezilmas tarzda olib bormoqda.

🎠 Ular RAT (Remote Access Trojan) dan foydalanib, Hindistonning davlat, akademik va strategik tashkilotlarini nishonga olyapti. Bunday zararli dastur hujumchiga qurilmani masofadan boshqarish, ma’lumotlarni kuzatish va tizimda uzoqroq muddat yashirin qolish imkonini beradi.

🔪 Hujum boshlanishi
Hujum odatda aniq bir shaxs yoki guruhni nishonga olgan spear-phishing xati bilan boshlanadi. Xatda ZIP fayl bo'ladi, ZIP ichidan esa PDFga o‘xshab ko‘rinadigan fayl chiqadi.

Lekin bu fayl haqiqiy PDF emas — u `.LNK` Windows shortcut fayl. Hujumchilar ishonchni oshirish uchun shu shortcut ichiga haqiqiy PDF kontentini ham qo'shib qo‘yishadi. Shuni hisobiga foydalanuvchi faylni ochganda ekranda rostdan ham PDF'dek ko‘rinadi va shubha uyg‘onmaydi.

Ammo aynan shu vaqtda, foydalanuvchi sezmagan holda, orqa fonda zararli kodlar ishga tushadi — ya’ni shortcut orqali zararli buyruqlar bajarilib, tizimga keyingi bosqichdagi zararli dasturlar yuklanishi yoki ishga tushirilishi mumkin.


😈 Supply Chain
Zanjirning asosiy ishlash usuli Windows’ning `mshta.exe` kabi o‘zining tizim komponentlariga tayangan. Hujumchi aynan shundan foydalanib, faoliyatini “oddiy tizim jarayoni”ga o‘xshatib ko‘rsatishga harakat qiladi — ya’ni tashqaridan qaraganda hammasi odatiydek ko‘rinadi.

Zararli kod bir martada tayyor holatda kelmaydi. U bir necha bosqichda “ochib boriladi” — ya’ni avval kodlangan/shifrlangan bo‘ladi, keyin bosqichma-bosqich decode/decrypt qilinadi. Yakunda esa u kompyuterga alohida `.exe` yoki `.dll` fayl sifatida yozilmaydi, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri RAM (xotira) ichida ishga tushadi. Shu usul bilan hujumchilar oddiy fayl tekshiruvlaridan chetlab o‘tishga harakat qilishadi.

Oxirgi bosqichda tizimga `RAT` (Remote Access Trojan) o‘rnatilib, hujumchiga qurilmani masofadan boshqarish imkonini beradi. Bunday malware'larda odatda quyidagi funksiyalar bo'ladi:
• fayllarni ko‘rish/ko‘chirish/o‘chirish kabi boshqaruv
• tizimdan ma’lumot yig‘ish va tashqariga chiqarish
• ekrandan skrinshot olish
clipboard (copy/paste buferi) bilan ishlash
• jarayonlarni (process) kuzatish va nazorat qilish


🔴 Yana bir xavfli jihat — persistence (tizimda “doimiy saqlanib qolish”) masalasi. Ayrim holatlarda zararli dastur qurilmada qaysi antivirus yoki himoya vositasi borligini tekshirib, o‘zini tizimda doimiy saqlab qolish usulini shunga moslab o‘zgartirishi mumkin. Bu esa hodisani (incident) tozalash va zararli dastularni butunlay olib tashlashni ancha qiyinlashtiradi.

✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
37
O'rta Osiyoda Bug Hunting bo'yicha CentiSec jamoa a'zosi top birinchida

tumar.one O'rta Osiyoda Bug Bounty platformasi bo'yicha tashkilot hisoblanadi, ammo ushbu platformada aktiv tarzda boshqa mamlakatlar ham qatnashib borishadi.

Biz hursand bo'lib aytamizki tumar.one platformasida o'zbek yigiti birinchilarni egallab turibdi va ushbu yigit CentiSec jamoa a'zosi hisoblanadi, bu albatta O'zbekistonda kiberxavfsizlik rivoji uchun qo'shilgan katta hissalarimizdan biridir.

O'zining shaxsiy sahifasi ham mavjud obuna bo'lishingiz va kuzatishingiz mumkin

✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1542
🖥 Jsmon — bu client-side xavfsizlikni tekshirishga mo'ljallangan platforma, ya’ni web ilovalarning JavaScript fayllarni tahlil qilib, xavfli pattern’lar yoki xavfsizligi taminlamagan API key/secret’larni aniqlashga yordam beradi.

📡 Uni brauzer extension qilib ishlatish, Burp Suite extension orqali proxy traffic paytida JS fayllarni tekshirish yoki CLI orqali avtomatlashtirilgan scan qilishda foylanish mumkin. Maqsad — front-end va third-party script’lar qaysi joylarda risk keltirayotganini tezda ko‘rish va ularni oldini olishdir.

Foydalanish uchun: https://jsmon.sh/

Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


#BugBounty #jsmon #cheetsheat #centihack #JS #centisec
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
34
Caido nima?

🔴 Caido — web va API testlari uchun yengil (lightweight) proxy dastur.U brauzer yoki ilovadan chiqayotgan trafikni ushlab, request va response’larni ko‘rsatadi. Kerak bo‘lsa so‘rovlarni tahrirlab, qayta yuborib tezkor test qilishingiz mumkin. Eng yoqimli tomoni — interfeysi zamonaviy va qulay bo‘lgani uchun hammasini o‘zingizga moslab joylash, filtrlash va tarixni tartibli tarzda ko'rib borish oson.

Xo'sh Caido’da qanday qulayliklar bor?
Keling Caido’ni bir nechta asosiy funksiyalarini ko'rib chiqamiz.

Intercept — brauzer/ilovadan chiqqan trafikni “to‘xtatib”, request’ni yuborishdan oldin ko‘rib chiqish va o‘zgartirish uchun.
Replay — bitta request’ni olib, uni tahrirlab qayta-qayta yuborib turli variantlarni sinash uchun.
Automate — turli xil payload’lar bilan bir xil joyni “bulk” tarzda tekshirish, ya’ni ko‘p urinishni avtomatik qilib ko‘rish uchun xuddi Burp Intruder kabi.
Findings — qiziq yoki muhim request’larni “issue” sifatida saqlab qo‘yib, keyinchalik report uchun tayyorlab qo'yish .

Yana Workflow'lar ham bor: u bilan takrorlanadigan ishlarni (masalan, bir xil tekshiruv ketma-ketligini) avtomatlashtirib qo'ysangiz bo'ladi. Plugin'lar bilan esa Caido’ni kutubxonalari desak bo'ladi — qo‘shimcha imkoniyatlar qo‘shib, o‘zingizga kerakli funksiyalarni o'rnatib ishlatasiz.


🆚 Burp Suite’dan farqi nimada?
Burp Suite ko‘proq “katta ombor”ga o‘xshaydi: proxy ichida juda ko‘p modul bor (Repeater, Intruder, Sequencer va boshqalar). Eng katta ustunligi — Burp Suite Professional’dagi Scanner: u saytni avtomatik aylanib (crawl), audit qilib, turli zaifliklarni topishga yordam beradi.

Caido esa boshqacharoq yo‘nalishda: u tez va yengil ishlashga, manual testingni qulayroq qilishga va workflow orqali takrorlanadigan ishlarni avtomatlashtirishga ko‘proq urg‘u beradi.

💲 Narxlar
Caido’ning Pro tarifi: oyiga $20 yoki yiliga $200. Bundan tashqari — Student Plan bor: talaba bo‘lsangiz, 1 yil Pro bepulga olishingiz mumkin.
Burp Suite Professional esa pullik: 1 user uchun $499.

✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
137
🆘 Linux’da CRITICAL zaiflik: telnetd orqali loginni chetlab o‘tish

Nima gap?
GNU InetUtils paketidagi telnetd (Telnet server) da CVE-2026-24061 zaiflik aniqlandi. Ushbu zaiflikdan foydalanib, hujumchilar login/parolsiz shu servis mavjud bo'lgan tizimlarga root huquqi bilan kirishlari mumkin.

🔴 Telnet — kompyuterlarga masofadan ulanishni eski usuli bo'lib, ulanish vaqtida klient yuborgan USER (foydalanuvchi nomi) qiymatini olib, tizimdagi /usr/bin/login dasturiga uzatadi. Aynan shu username'ni yuborish jarayoni to'g'ri filterlanmaganligi tufayli, hujumchi username o'rniga buyruq parametriga o'shash matn yuboradi (masalan -...). login buni parametr deb hisoblan, uni ishga tushiradi.

Poc va To'liq ma'lumot olish

Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
139
👽👽 NIKE “WorldLeaks” ransomware guruhi tomonidan buzilgani da’vo qilinmoqda

👽 WorldLeaks nomli guruh Nike tizimlaridan, ma’lumotlar o‘g‘irlaganini da’vo qildi. Bu guruh odatda to‘lov bo‘lmasa — ma'lumotlarni sizdirish bilan "shantaj" qilishadi.

🕐 Timeline
22-yanvar 2026 — Nike WorldLeaks’ning Tor leak-saytida “victim” sifatida paydo bo‘lgan va timer qo‘yilgan.

24-yanvar 2026 — timer tugash sanasi sifatida ko‘rsatilgan (to'lov o'tqazilinmasa, ma'lumotlar ochiqlanadi).

25–26-yanvar 2026 — bir nechta manbalar “ma'lumotlar haqiqatan ham leak qilingan” deb yozdi: hajm ~1.4TB, fayllar soni ~188k–190k atrofida.


Nimalar aniq?
Nike tomoni “vaziyatdan xabardormiz, hozir ehtimoliy cyber incident tekshiryapmiz” mazmunida hisobot berdi . Lekin bu hali “hammasi 100% tasdiq” degani emas. Hozircha Nike leak qilingan fayllar aniq bizniki deb rasmiy tarzda tasdiqlamagan. WorldLeaks esa tizimga qanday kirgani (qaysi zaiflik yoki qaysi credential orqali) haqida ochiq texnik tafsilot bermadi.

📦 Sizdirilgan ma'lumotlar ichida nimalar bo‘lishi mumkin?
Cybernews ko‘rgan sample’larda ko‘proq korporativ/ishlab chiqarish turdagi fayllar tilga olinadi, masalan:

product o‘lchamlari
materiallar bo‘yicha detallar
narxlar
yangi productlarning chiqish vaqtlari
test reportlar
corporate slide’lar va ichki hujjatlar
factory auditlar

Shu manbaga ko‘ra, ko‘rilgan sample’da mijozlar yoki ishchilarga tegishli shaxsiy ma'lumotlar topilmagan (bu “umuman yo‘q” degani emas — faqat sample bo‘yicha).


⬅️ To'liq ma'lumotni o'qish uchun

✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
41
📱 MobSF (Mobile Security Framework) — mobil ilovalarni tekshirish uchun qulay “all-in-one” platforma. APK/IPA/APPX yoki ilova code’ni yuklaysiz, MobSF esa avtomatik ravishda analiz qilib, tayyor hisobot chiqarib beradi: risklar, permission’lar, hardcoded secret’lar, insecure config’lar, va boshqa foydali ma'lumotlar.

💪 MobSF’ning kuchli tomoni — u faqatgina “static” emas, dynamic analysis ham olishidir (runtime kuzatish / instrumented test funksiyalari mavjud). Ya’ni ilova qanday ishlayotganini ko‘rishga yordam beradi.

🚨 Bundan tashqari MobSF open-source, lokalda ko‘tarib ishlatsa ham bo‘ladi (ko‘pchilik Docker orqali ishga tushiradi):
docker pull opensecurity/mobile-security-framework-mobsf:latest
docker run -it --rm -p 8000:8000 opensecurity/mobile-security-framework-mobsf:latest

# Default username va parol: mobsf/mobsf


⬇️ Xoziroq ishlatib ko'ring: https://github.com/MobSF/Mobile-Security-Framework-MobSF

Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


#cheetsheat #reverse #centi #bb #cheet #bug #android #android #apps
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
140
😈 Osiris Ransomware (yangi tahdid)

📂 PolySwarm’ning 2026-yil 30-yanvardagi threat bulletin’iga ko‘ra, Osiris nomli yangi ransomware 2025-yil noyabrida Janubi-Sharqiy Osiyodagi yirik oziq-ovqat servisi bilan ishlovchi kompaniyalarga qarshi ishlatilingan. Tahlilchilarning xulosalariga ko'ra, Osiris’ning uslubi va ishlash mexanizimi Inc ransomware ekotizimiga juda ham o'xshab ketishi aytilgan.

🔎 Asosiy kuzatuvlar
• Hujumda maxsus imzolangan (custom-signed) zararli driver — Abyssworker / Poortry — ishlatilingan. Bu, katta ehtimol bilan, BYOVD (Bring Your Own Vulnerable Driver) orqali himoyani chetlab o‘tish usullari uchun qo‘llanilingan.

• Tadqiqotchilar WinZip Remote Desktop ko‘rinishida niqoblangan, juda kuchli modifikatsiya qilingan Rustdesk binary’idan foydalanilganini qayd etgan.

• Avvalgi Inc ransomware operatsiyalari bilan ustma-ust tushadigan aniq taktikalar haqida dalillar mavjud

Osiris — juda kuchli “hybrid encryption” ransomware: u ECC + AES-128-CTR ishlatadi, har bir fayl uchun alohida kalit (per-file keys) yaratadi va shifrlash rejimlarini moslashuvchan tarzda tanlay oladi.


📡 Umumiy manzara shuni ko‘rsatadiki, bu hujum ortida resurslari kuchli va tajribali tahdid actor'lar jamoasi turibdi — ular katta ehtimol bilan avval Inc ransomware operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan va endi ekotizimga texnik jihatdan salohiyatli yangi ransomware oilasini olib kirishgan. Murakkab shifrlash, imzo qilingan zararli driver orqali agressiv himoyani chetlab o‘tish, living-off-the-land usullarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash hamda Inc bilan aniq taktik o‘xshashliklar kombinatsiyasi Osiris ortida tajribali ransomware operatorlari turganiga kuchli dalil hisoblanadi.

Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
37
🧐 XSS topdingiz, lekin Content Security Policy (CSP) sababli payloadlaringiz ishlamayaptimi?

👍 CSPBypass — CSP sabab bloklanayotgan holatlarda faqat ruxsat berilgan (whitelist) domenlar orqali XSS’ni ekspluatatsiya qilish uchun ishlaydigan payloadlarni taqdim etuvchi servis.

Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


#cheetsheat #bugbount #centi #bb #bypass #bug #android #xss #csp
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
41
📡 Singapore telekommunikatsiya sectorlariga APT hujumi: “UNC3886”

👽👽 Singapurning Cyber Security Agency (CSA) 2026-yil 9-fevral kuni rasmiy bayonot berdi: mamlakatning telekommunikatsiya sektori (operatorlar va aloqa infratuzilmasi) keng ko'lamli APT hujumiga uchragan. Hujum ortida Xitoyning UNC3886 guruhi turgani aytildi. Shuningdek, bu hujum “Operation CYBER GUARDIAN” deb nomlangan, bir nechta davlat tashkilotlari birgalikda qatnashgan keng ko‘lamli javob amaliyoti orqali to‘xtatilgani bildirildi.

🎯 Kimlar nishonda bo‘lgan?
Singapore’ning 4 ta yirik operatori:

Singtel
StarHub
M1
SIMBA Telecom


Hujum qanday amalga oshirilgan?
CSA bayonotiga ko‘ra hujumchilar:

Zero-day zaiflik orqali (kamida bitta holatda) perimetr firewall’ni chetlab o‘tib tarmoqqa kirgan. Ya’ni himoya qurilmasida hali ommaga noma’lum zaiflikdan foydalanilgan.

• Tarmoqqa kirgach, ichkarida lateral movement qilgan — ya’ni bir joydan boshqasiga o‘tib, ko‘proq tizim va segmentlarga kirishni kengaytirgan.

• Izlarini sezdirishmaslik uchun rootkit kabi yashirin (“stealth”) vositalar ishlatilingan — maqsad: faoliyatini berkitish va uzoqroq qolish.

Asosiy maqsad: foydalanuvchilar ma’lumotlarini o‘g‘irlash emas, balki tarmoqga oid texnik ma’lumotlar (konfiguratsiya, arxitektura, ichki tuzilma)ni olish. Bunday ma'lumotlar keyingi bosqichlarda hujumni chuqurlashtirish yoki “operatsion maqsadlar” uchun juda foydali hisoblanadi.


🛡 Singapore qanday javob qaytardi?
“Operation CYBER GUARDIAN” — bu javob amaliyoti 11 oydan ko‘proq davom etgan (ya’ni uzoq muddatli, bosqichma-bosqich tozalash va nazorat ishlari bo‘lgan).

• Unda 100+ nafar kiber himoyachi qatnashgan: CSA, IMDA, CSIT, DIS, GovTech, ISD va boshqa tegishli tashkilotlar (ya’ni bir nechta agentliklar birgalikda ishlagan).

• Natijada: hujumchilar kirib kelgan yoki foydalangan bo‘lishi mumkin bo‘lgan access point’lar yopilgan, tizimlarda remediation (zaifliklarni tuzatish, tozalash, sozlamalarni mustahkamlash) qilingan va monitoring kuchaytirilgan (shubhali faollikni erta aniqlash uchun).


📌 Xulosa: Bu hodisa oddiy “data leak” (mijoz ma’lumoti sizib chiqishi)dan ko‘ra ko‘proq kiber josuslik va kritik infratuzilma (telekom tarmoqlari) mavzusiga yaqin. Chunki maqsad foydalanuvchilarning ma'lumotlari emas, balki tarmoqning ichki tuzilmasi va texnik ma’lumotlarini olish bo‘lgan. Zero-day va rootkit kabi professional hujum usullari ishlatilgani esa hujum yuqori darajada rejalashtirilgani va kuchli bo‘lganini ko‘rsatadi.

Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
245
🔒 SecurityTrails — o'zida deyarli barcha domenlar haqida ma'lumotlar mavjud bo'lgan sayt. Siz biror domen nomini yozasiz, u esa shu domenning to'liq infratuzilmasini ko‘rsatib beradi: DNS yozuvlari hozir qanday, oldin qanday bo‘lgan, qaysi IP’larda turgan, qaysi subdomainlari bor, mail serveri (MX) qanaqa, name serverlari qaysilar — hammasini bir joyga yig‘ib beradi.

👍 Eng foydali jihati — “tarix” qismi. Ko‘p servislar domenlarning faqat hozirgi xolatini ko'rsatadi, SecurityTrails esa domen oldin qaysi IP’da bo‘lganini, DNS qachon o‘zgargani kabi eski ma'lumotlarni ham saqlab boradi.

Xoziroq sinab ko'ring: https://securitytrails.com

Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


#BugBounty #cheetsheat #centi #bb #cheet #bug #security #domens
Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31
🇺🇸 AQSh Adliya vazirligi venesuelalik jinoiy guruhni Ploutus ATM-malware orqali bankomatlarni buzishda aybladi

United States Department of Justice ma’lumotiga ko‘ra, 54 nafar shaxs bankomatlarga qarshi keng ko‘lamli zararli dasturiy hujumda ishtirok etganlikda ayblanmoqda. Hujumlarda asosiy vosita sifatida Ploutus nomli ATM-malware ishlatilgan.

Ayblovlarga ko‘ra, millionlab dollar mablag‘lar noqonuniy ravishda bankomatlardan chiqarib olingan.

🔎 Ploutus nima?
Ploutus — bu bankomatlar (ATM) uchun maxsus ishlab chiqilgan zararli dastur bo‘lib, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilmaning ichki operatsion tizimiga ta’sir qiladi.
Oddiy karta skimming yoki phishingdan farqli ravishda, Ploutus:

💻 Windows asosida ishlovchi ATM tizimlarini nishonga oladi
🔐 Bankomat xavfsizlik mexanizmlarini chetlab o‘tadi
💸 “Cash-out” (majburiy naqd chiqarish) buyruqlarini bajaradi
🧹 Hujum izlarini o‘chira oladi

Eng xavfli tomoni — u masofadan emas, balki bankomat ichiga jismoniy kirish orqali o‘rnatiladi. Qurilma ochilib, disk almashtirilishi yoki USB orqali zararli kod yuklanishi mumkin.


⚙️ Texnik ishlash mexanizmi
Ko‘pchilik ATM’lar Windows asosida ishlaydi va qurilma modullari bilan XFS (Extensions for Financial Services) orqali aloqa qiladi.
Ploutus aynan shu qatlamdan foydalanadi:

ATM ichiga joylashtiriladi
XFS API orqali cash dispenser moduliga ulanadi
O‘zini rasmiy ATM dasturi kabi tutadi
Dispenser’ga to‘g‘ridan-to‘g‘ridan pul chiqarish buyrug‘ini yuboradi

Natijada bankomat karta yoki tranzaksiyasiz pul chiqaradi. Bu usul kiberxavfsizlik sohasida “jackpotting” deb ataladi.

📚 Tarix va evolyutsiya
2013-yilda birinchi marta Symantec tomonidan aniqlangan
Dastlab Meksikada keng qo‘llanilgan
Google uni ATM uchun eng ilg‘or zararli dastur oilalaridan biri deb baholagan
So‘nggi 10+ yil davomida Ploutus turli variantlar orqali takomillashib bordi. Yangi versiyalari:

Turli ATM platformalari bilan mos ishlaydi
Loglarni tozalash imkoniyatiga ega
Modul arxitekturaga ega
Ba’zi variantlari shifrlangan

Bu oddiy malware emas — bu moliyaviy infratuzilmaga qarshi mo‘ljallangan professional darajadagi tahdid.

🛡 Nega bu muhim?
Ploutus hodisasi shuni ko‘rsatadiki:
Bankomatlar hali ham eski Windows versiyalarida ishlashi xavf tug‘diradi
Jismoniy xavfsizlik kiberxavfsizlikning ajralmas qismi
XFS qatlamini monitoring qilish zarur
Disk encryption va secure boot majburiy bo‘lishi kerak


Bu oddiy firibgarlik emas — bu bank infratuzilmasiga qarshi tizimli va tashkillashtirilgan hujum.
Moliyaviy sektor uchun bu jiddiy signal.

Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
33
🇮🇷 Eron kiber frontidagi hacktivistlik faoliyati

SecurityWeek ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 28-fevraldan keyin Eron bilan bog‘liq kiber maydonda, pro-Eron hacktivist guruhlari faollashgan. Lekin yirik kiberxavfsizlik kompaniyalari hozircha Eronning APT guruhlari tomonidan keng ko‘lamli, murakkab hujumlar kuzatilmaganini bildirmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, so'ngi kunlarda Eron hacktivistlari tomonidan DDoS hujumlar, website defacement va turli shov-shuvli “biz buzib kirdik” degan da’volar ko‘paygan. Ammo bu da’volarning katta qismi hali rasmiy ravishda tasdiqlanmagan va ayrimlari shunchaki propaganda yoki e’tibor tortishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

🔎 Nimalar bo‘lyapti?
CrowdStrike, Palo Alto Networks, Cisco Talos va Sophos kuzatuvlariga ko‘ra, ayni paytda asosiy o‘sish hacktivist'lar hujumlarida ko‘rinmoqda. Ular ko‘proq:

🌐 saytlarni vaqtincha ishdan chiqarish (DDoS)
🧱 asosiy sahifani almashtirish (defacement)
📣 balandparvoz, ammo tasdiqlanmagan hujum da’volari
🎯 siyosiy yoki ramziy tashkilotlarga bosim o‘tqazish

kabi usullar bilan faoliyat yuritmoqda.


⚙️ Nega APT darajasidagi hujumlar kam yuz beryapti?
Maqoladan kelib chiqgan holatda, buning asosiy sabablaridan biri — Erondagi internet uzilishlari va operatsion cheklovlar. Palo Alto Networks aynan shu omil sabab murakkab, barqaror va markazlashgan davlat operatsiyalar salohiyati vaqtincha pasayganini ta’kidlaydi.

Shu bilan birga, ayrim APT darajasidagi xakerlar eski hacktivisimni qayta faollashtirayotgani ham qayd etilgan. Ya’ni tashqaridan qaraganda oddiy “hacktivist” bo‘lib ko‘ringan ayrim guruhlar ortida APT guruhlarining ta’siri bo‘lish ehtimoli ham inkor qilinmayapti.

📚 Qaysi guruhlar tilga olingan?
Hisobotlarda Hydro Kitten, NoName057(16), Cyber Islamic Resistance, FAD Team va Fatimion Cyber Team kabi nomlar tilga olinadi. Ularning ayrimlari DDoS, ayrimlari esa data exfiltration yoki SQL injection kabi usullar bilan bog‘langan da’volar bilan chiqgan. Lekin bu faoliyatning hammasi ham tasdiqlanmagan.

🛡 Nega bu muhim?
Xulosa qilib aytganda, hozircha asosiy xavf — murakkab APT hujumlaridan ko‘ra, ko‘proq shov-shuvli hacktivist operatsiyalar, reputatsion bosim va past-o‘rta darajadagi buzuvchi faoliyatlar deb hisoblanmoqda. Ammo vaziyat keskinligi sabab kuzatuv va himoya choralarini kuchaytirish baribir zarur.

🫥 Centihack bilan kiberxavfsizlikni o'rganing, batafsil ma'lumot olish uchun: https://centihack.com/


✉️ Telegram Forum
🌐 Linkedin 🌐 Web
📷 Instagram 🌐 Academy

Biz shunchaki o'rganuvchilarmiz !!!
@CentiSec
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
40