CardioScope
157 subscribers
240 photos
1 video
4 links
🫀 Inson salomatligini himoya qilishga bag‘ishlangan ta’lim platformasi.

🔷Murojaat: @cardioscope_admin

Bizni kuzatib boring:

📌Instagram:

https://www.instagram.com/cardio_scope/
Download Telegram
Channel created
🫀 CardioScope loyihasi – Yuragingizga e’tibor bering!

Bilasizmi???🤔🤔🤔

Har 40 soniyada dunyoda bir inson yurak-qon tomir kasalliklari tufayli hayotdan ko‘z yumadi. Eng achinarlisi — bu kasalliklarning ko‘pchiligi oldini olish mumkin.

🇺🇿O‘zbekistonda esa bu muammo ayniqsa jiddiy:

🔻Har yili 100 000 dan ortiq inson yurak-qon tomir kasalliklari tufayli hayotdan ko‘z yumadi.

🔻Bu esa mamlakatdagi o‘lim sabablarining birinchi o‘rini egallaydi.

🔻18 yoshdan oshgan aholining yarmidan ko‘pi yuqori qon bosimidan aziyat chekadi.


Shu sababli biz "CardioScope" loyihasini boshladik.

Bizning maqsadlarimiz oddiy:
Aholi orasida yurak salomatligi bo‘yicha xabardorlikni oshirish.
Kasalliklarni oldini olish uchun foydali maslahatlar berish.
Har bir inson yuragini asrashni odatiy hayot tarziga aylantirish.

Bu — nafaqat tibbiyot, bu hayot-mamot masalasi.

CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting! ❤️

@CardioScope
🔥20👏53
Yurak — hayot motori

Har bir daqiqa yuragimiz taxminan 70-75 marta qisqaradi va kuniga 100 000 martadan ortiq uradi! U tanamizdagi 100 ming kilometrdan ortiq qon tomirlar orqali qonni haydaydi. Bu uzunlik bilan butun dunyoni ikki marta aylanib chiqish mumkin!

🫀 Yurak – mushakli organ bo‘lib, u qonimizni kislorod va oziq moddalari bilan to‘ldirib, har bir hujayragacha yetkazib beradi. 4 bo‘limdan iborat: 2 bo‘lmacha va 2 qorincha.

Yuragingiz haqida qayg‘uring! Sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va muntazam tibbiy ko‘riklar yurak xastaliklarining oldini oladi.

CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting! ❤️

@CardioScope
❤‍🔥147🔥42👏1
📣Cardioscope loyihasiga volontyorlar qabul qilinmoqda!
Agar siz tibbiyot, biologiya, sog‘liqni saqlash yoki ijtimoiy faoliyat yo‘nalishlariga qiziqsangiz, bizga qo'shiling!

👥❤️ Cardioscope — bu yurak-qon tomir kasalliklari va ularni oldini olish haqida aholiga ma’lumot beruvchi yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan loyihadir.

🔎Biz hozirda faol, mas’uliyatli va g‘ayratli volontyorlarni izlayapmiz:
Tibbiyot, biologiya, psixologiya yoki shunga yaqin yo‘nalishda o‘qiyotgan talabalar;
Ijtimoiy loyihalarda ishtirok etishni istaydigan maktab o‘quvchilari yoki boshqa yoshlar;
Yurak salomatligiga befarq bo‘lmagan, foydali ish qilishni istagan har bir kishi!

✍️Nima taklif qilamiz?
🌐 Yaxshi jamoa, do‘stona muhit
Real tajriba, amaliy ko‘nikmalar
👍 Extracurricular activities uchun kuchli faoliyat
🔵 Sertifikatlar va faoliyat bo‘yicha tavsiyanomalar

🌐 Agar sizga qiziq bo‘lsa, quyidagi formani to‘ldiring (yoki biz bilan bog‘laning):
👨‍💻 https://forms.gle/u5sfK81BAzepiyxFA
🌐@cardioscope_manager

➡️ Arizalar qabul qilish muddati: 15-Avgust
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1672🔥2👍1
Siz energetik ichimliklar ichasizmi?
Anonymous Poll
22%
Ha
54%
Yo'q
24%
Bir-ikki marta ichib ko'rganman
🔥105🌚2👍1💊1
Energetik ichimliklarni iste’mol qilish miqdori

Energetik ichimliklar tobora ommalashib bormoqda, ayniqsa yoshlar orasida.

Quyidagi statistik ma’lumotlarga e’tibor bering:
▪️ 12–17 yoshdagilarning 30% haftasiga kamida bir marta ichadi
▪️ 18–25 yoshdagilar orasida bu ko‘rsatkich 50% ni tashkil qiladi
▪️ O‘quvchilarning 33% energiyaga to‘lish yoki darsga tayyorlanish uchun ichadi
▪️ 15% yoshlar esa uni alkogol bilan aralashtirib iste’mol qiladi — bu esa sog‘liq uchun ayniqsa xavfli


📌Energetik ichimliklar ko‘pincha kuch va hushyorlik beradigandek tuyuladi. Ammo ularning tarkibi va yurakka ko‘rsatadigan ta’siri haqida yetarlicha ma’lumotga egamisiz?

Energetik ichimliklar qanday qilib sizga energiya beradi?

Energetik ichimliklar aslida sizga energiya bermaydi, faqat miyangizning charchash hususiyatini o‘chirib, tezroq ishlashiga yordam beradi. Qanday qilib?
▪️Kofein: Miya charchoqqa sabab bo‘ladigan adenozin moddasining miyaga boradigan yo‘lini bloklaydi. Bu sizni bir necha soatga hushyor turishingizni ta’minlaydi. Eng muhimi — siz shu modda tufayli uyqungiz kelmaydi.
▪️ Shakar: Qon tarkibidagi glukoza darajasini tez ko‘tarib, qisqa muddatli energiya beradi.
▪️Taurin va guarana kabi moddalar miya faoliyatini tezlashtiradi.


📌Lekin bu holat sun’iy hisoblanadi. Shu tufayli 1–2 soatdan keyin charchoq, asabiylik va holsizlikni his qilishingiz tabiiy hol.

Energetik ichimliklar yurakka qanday zarar yetkazadi?

Energetik ichimliklar ko‘pchilikka qisqa muddatli “quvvat” beradi. Lekin aslida bu kuch sun’iy va yurak uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Quyida bu ichimliklar yurakka qanday zarar yetkazishini batafsil tushuntiramiz:

🧬 1. Kofein yurak ritmini tezlashtiradi
Energetik ichimliklarda odatda juda ko‘p kofein bo‘ladi (100–300 mg gacha). Kofein adenozin deb nomlangan moddani bloklaydi. Adenozin esa organizmga tinchlanish va dam olish signallarini yuboradi. Uni bloklaganingizda yurak “stress” holatiga tushadi:
▪️Yurak urishi tezlashadi (taxikardiya)
▪️Qon bosimi ko‘tariladi
▪️Yurak notekis urishni boshlashi mumkin (aritemiya)


⚠️ 2. Asab tizimi haddan tashqari qo‘zg‘aladi

Energetik ichimliklardagi boshqa moddalar (masalan, taurin, guarana, L-karnitin) asab tizimini tezroq ishlashga undaydi. Bu esa yurakka ortiqcha bosim olib keladi:
▪️Yurak dam olmasdan ishlaydi
▪️Muskullar haddan tashqari zo‘riqadi
▪️Bosh aylanishi yoki hushdan ketish holatlari yuzaga keladi


🧪 3. Organizm muvozanatini buzadi
Energetik ichimliklar tanada suv yo‘qotilishini kuchaytiradi, ayniqsa sport bilan shug‘ullanganda yoki jazirama issiqda ichilganda. Bu tananing muvozanatini buzadi (kaliy, natriy, magniy darajasi kamayadi), natijada:
▪️Yurak mushaklari noto‘g‘ri qisqara boshlaydi
▪️Yurak to‘xtab qolishi xavfi oshadi


16 yoshli o‘smir atigi 2 soat ichida 3 ta energetik ichimlik ichgan. Natijada yurak urish ritmi buzilib, hushini yo‘qotgan va afsuski, hayotdan ko‘z yumgan. Shifokorlar tekshiruvlarida uning yuragi sog‘lom bo‘lganini aniqlashgan. Ammo juda ko‘p miqdordagi energetik ichimlik yurakka haddan tashqari bosim bergan va bu yurak to‘xtashiga olib kelgan.

📌 Yodda tuting
Energetik ichimliklar yurakni zo‘riqtiradi. Agar siz hali o‘smir bo‘lsangiz yoki yurak bilan bog‘liq muammolaringiz bo‘lsa bitta ichimlik ham yetarli xavf tug‘dirishi mumkin.
🔥11❤‍🔥73🫡2👍1
Energetik ichimliklar qancha miqdorda xavfsiz?

Har bir yoshga qarab kofeinning eng ko‘p ichish mumkin bo‘lgan xavfsiz miqdori mavjud:

👶 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
:
🚫Umuman energetik ichimlik ichmaslik kerak!
Ularning yuragi va asab tizimi hali rivojlanmoqda. Har qanday miqdor zararli.

👦 13–18 yoshdagi o‘smirlar:
✔️ Kuniga 100 mg kofeindan oshmasligi kerak.
Bu degani bitta energetik ichimlik yetarli (odatda 80–100 mg kofein bo‘ladi).
🚫 2 ta yoki undan ko‘p energetik ichimlik ichish yurakka jiddiy bosim o‘tkazadi va ritm buzilishiga olib kelishi mumkin.

👨 Kattalar (18+ yosh):
✔️ Kuniga 300–400 mg kofein zarar qilmaydi.
Bu 2–3 ta kichik energetik ichimlikka teng.
Lekin:
– Agar siz yurak kasalliklariga moyil bo‘lsangiz, bu miqdor kamroq bo‘lishi kerak.
Kofein faqat energetik ichimlikda emas, qahva, choy, shokoladda ham bo‘ladi. Shu narsalarni ham hisobga olish kerak!


📌 Yodda tuting:
Energiya olishning eng yaxshi yo‘li — sog‘lom uxlash, suv ichish va to‘g‘ri ovqatlanish.

Energetik ichimliklar vaqtincha yordam beradi, ammo uzoq muddatda salomatlikka zarar yetkazishi mumkin.

@CardioScope
🔥15❤‍🔥73👍1👀1
#daily_fact

💬 Sizning yuragingiz kuniga taxminan 100,000 marta uradi. O‘rtacha inson umrida yurak 2,6 milliard martadan ko‘proq uradi. (Sizning pulsingiz yuragingiz urayotganini his qilish usuli hisoblanadi.)

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
13🔥9🆒4👀2👍1
#daily_fact

💬 Yuragingiz urishidan chiqadigan “lub-dub, lub-dub, lub-dub” tovushi klapanlarning ochilib-yopilishidan kelib chiqadi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
14🔥86👀3👍1
🫀 Yuragingiz sog‘lom ekanini qanday bilasiz? – 5 muhim belgi

Sog‘lom yurak — sog‘lom hayotning asosi. Quyidagi 5 belgiga e’tibor bering — agar ularning ko‘pchiligi sizda mavjud bo‘lsa, demak, yuragingiz yaxshi holatda bo‘lishi mumkin:

1️⃣ Yurak urishi muntazam va osoyishta
Tinch holatda yurak urishi 60-100 urinish/min oralig‘ida bo‘lishi kerak. Tez-tez yurak “urib ketishi” yoki notekis urishi muammo belgisi bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Jismoniy faollikka bardoshlilik
Yuragingiz sog‘lom bo‘lsa, siz zinapoyadan chiqishda yoki yurish paytida tez charchamaysiz. Nefas qisishi yoki yurak urishining keskin oshishi — ogohlantiruvchi signal.

3️⃣ Normal qon bosimi
120/80 mmHg atrofidagi qon bosimi yurak uchun maqbul hisoblanadi. Bosim juda yuqori yoki past bo‘lsa, bu yurakka yuk tushayotganidan darak beradi.

4️⃣ Sog‘lom teri va tirnoqlar
Toza, rangpar bo‘lmagan teri hamda tirnoqlarda ko‘karishlar bo‘lmasligi — qon aylanishi yaxshi ekanligidan darak beradi.

5️⃣ Stressga chidamli bo‘lish
Sog‘lom yurakka ega odamlar ko‘p hollarda stressga bardoshlidir. Doimiy stress yurak faoliyatini izdan chiqarishi mumkin.

🔎 Yurak sog‘lig‘ingizni tekshirishni unutmang! Agar yuqoridagi belgilar sizda yo‘q bo‘lsa yoki shubhalaringiz bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishni kechiktirmang.

CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting! ❤️

@CardioScope
❤‍🔥118🔥4👍1
#daily_fact

💬 O‘rtacha inson yurak klapani yarm dollarlik tangaga teng kattalikda bo‘ladi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
315👍1🔥1
#daily_fact

💬 Har bir daqiqada yuragingiz taxminan 1,5 gallon (5,7 litr) qon haydaydi. Bu tezlikda yurak bir yilda Olimpiya o‘lchamidagi basseynni to‘ldirishi mumkin. (Bu haqiqatan ham oltin medalga arzigulik ish!)

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
13🏆7🔥2👍1👏1
Bizning fikrlarimiz, xayollarimiz yurak bilan qanday bog‘liqligi bor?

Yurak faqat qon haydaydi deb o‘ylasangiz, ming afsuski, adashyapsiz. U faqat tanaga emas, balki ongimizga ham bog‘langan.
Yuragingiz va miyangiz orasida vagus nervi bor, va aynan shu nerv sizning kayfiyatingizni, his-tuyg‘ularingizni yurakka yetkazib turadi.

🔬 Olimlar aniqlashicha:
Salbiy fikrlar yurak faoliyatini izdan chiqaradi.
Stress va xavotir esa qon bosimini oshirib, yurakning tez urishiga olib kelar ekan.


Endi sizda “Qanday qilib yurakni asrash mumkin?” degan savol tug‘iladi.

Quyidagi usullarni bir ko‘rib chiqing:
🌬 Nafas olish mashqlari (2–5 daqiqa) – yurakni tinchlantirib, sog‘lom urishiga yordam beradi.
🧘 O‘zingiz bilan gaplashish yoki ibodat va zikr qilish – yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi va yuragingizga osoyishtalik olib keladi.
📖 Shukronalik – har kuni hayotingizdagi 3 narsaga shukr qilib yozib boring. Bu hayotga bo‘lgan muhabbatingizni oshiradi va ijodiy fikrlashni boshlaysiz.
🚶 Jismoniy harakat – yurakni mustahkamlaydi
🗣 Suhbatlashish – ichingizga yutib o‘tirgandan ko‘ra, yaqin insoningizga ichingizdagilarni to‘kib soching. Agar bunday inson bo‘lmasa, hammasini yozing — bitta daftar oling va his-tuyg‘ularingizni qog‘ozga to‘kib yozing.
🎨 Raqamli bo‘yaydigan rasmlar chiqarib oling yoki sotib oling va bo‘yashni boshlang. Bu sizni tinchlantirib, stressni yengishga yordam beradi.


💡 Yurakni asrash — ijodiy fikrlashdan boshlanadi.

CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting! ❤️

@CardioScope
16👍2🕊1
#daily_fact

💬 Katta odam yuragi ikki qo‘l birlashtirilgan kattalikka teng. Bola yuragi esa bir musht kattaligida bo‘ladi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
11❤‍🔥4👍2🔥1🕊1
#daily_fact

💬 Joylashuv hayotda hamma narsani belgilaydi, shundaymi? Bu yurak uchun ham to‘g‘ri. Yurak ko‘krak oldida, to‘sh suyagining biroz orqa va chap tomonida joylashgan. Qovurg‘alar hayotiy muhim organni qo‘shimcha himoya qiladi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
12🔥7👍1🕊1
Yuragingiz ham uxlaydimi? 💤
Siz uxlayotgan paytda yuragingiz nima qiladi deb o‘ylaysiz?

🫀U hali ham to‘xtamasdan o'zining muhim vazifalarini bajaradi. Gap shundaki uyqu vaqtida yurakning urish tezligi pasayadi, qon bosimi tushadi — bu esa yurakni ta’mirlash va dam olish imkonini beradi.

❗️Lekin yetarli uxlamasangiz:
Yurak urishi notekis bo‘lib qoladi
Qon bosimi oshadi
Yurak xurujlari xavfi ortadi
Hatto yurak mushaklari zaiflashishi mumkin

📊 Tadqiqotlar ko‘rsatadiki:
7–8 soat sifatli uyqu – yurak salomatligi uchun eng kerakli narsalardan biridir.

Qanday qilib yurakni uyqu orqali asrash mumkin?
🕖 Har kuni bir xil vaqtda yotish va uyg‘onish
📵 Yotishdan oldin telefon va ekranlardan uzoqlashish
🌿 Tinchlantiruvchi musiqa tinglash yoki nafas mashqlarini bajarish
💤 Kechqurun og'ir ovqat iste'molini iloji boricha cheklash

💡 Yodingizda bo‘lsin:
Siz uxlayotgan paytda yuragingiz to'xtamasdan harakat qilmoqda.
Va u sizdan birgina narsani iltimos qiladi:
👉 "Meni ham tin olishimga imkon ber"

CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting! ❤️

@CardioScope
14❤‍🔥4👍1🔥1
#daily_fact

💬 Yurak uchun joy ochish maqsadida chap o‘pka o‘ng o‘pkaga qaraganda biroz kichikroqdir.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
11🔥8👍2👏1