CardioScope
158 subscribers
240 photos
1 video
4 links
🫀 Inson salomatligini himoya qilishga bag‘ishlangan ta’lim platformasi.

🔷Murojaat: @cardioscope_admin

Bizni kuzatib boring:

📌Instagram:

https://www.instagram.com/cardio_scope/
Download Telegram
#daily_fact

💬 Eng kichik hayvon yuragi peri pashshalarda uchraydi. Bu juda kichkina hashorat yuragini ko‘rish uchun mikroskop kerak bo‘ladi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
❤‍🔥7🔥73
#daily_fact

💬 Yuragingiz koordinatsiyalangan mashina sifatida ishlaydi. Yurakning o‘ng tomoni “ishlatilgan” qonni o‘pkaga haydab, uni kislorod bilan to‘ldiradi. Chap tomoni esa qayta kislorodga to‘yingan qonni tana bo‘ylab haydaydi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
7🔥6❤‍🔥5
Qaysi biri yurak uchun xavfliroq deb o‘ylaysiz?
Anonymous Poll
52%
Sigaret chekish🚬
48%
Spirtli ichimliklarni ichish🍺
🔥7❤‍🔥43
Qaysi biri yuragingizga ko‘proq zarar yetkazadi

Ko‘pchilik chekish yoki spirtli ichimlik ichishning faqat o‘pka yoki jigar uchun zararli ekanini o‘ylaydi. Aslida esa, bu odatlar yuragingizga ham kuchli ta’sir o‘tkazishi mumkin. Hozir sizlar bilan bu ikkisini ta’sirlarini solishtirib, qaysi biri xavfliroq ekanligini aniqlaymiz.

🚬 Chekish
• Qon tomirlarini toraytiradi va qondagi kislorod miqdorini keskin kamaytirib yuboradi.
• Yurakni odatdagidan ko‘proq ishlashga undaydi.
• Yurak xuruji, insult va yurak-tomir kasalliklari xavfini hatto yosh shaxslarda ham oshirib yuboradi.


🍺 Spirtli ichimliklar
• Ortiqcha iste’mol qilinsa, qon bosimini ko‘taradi.
• Yurak mushagini zaiflashtirib, yurakning notekis urishiga olib keladi.
• Vaqt o‘tishi bilan yurak faoliyatini to‘xtatishi mumkin.


📌 Xulosa
Har ikkalasi ham yurak uchun xavfli, lekin chekish bevosita va tezkor zarar yetkazgani uchun ko‘pincha xavfliroq deb hisoblanadi. Har bir tutun zarrachasi yurak-tomir tizimiga zarar yetkazib, uni yemirilishiga olib keladi. Spirtli ichimliklar ham yurakka jiddiy zarar keltiradi, ammo odatda ularning ta’siri sekin-sekin bo‘lgani sababli oqibatini kechroq boshdan kechiramiz.

CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting! ❤️

@CardioScope
9🔥54❤‍🔥1
#daily_fact

💬 Tana hujayralarining deyarli barchasi yurakdan qon oladi. Faqat ko‘zning shox parda qismi bundan mustasno.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
7🕊5❤‍🔥4🔥11
#daily_fact

💬 Yuragingiz 60,000 mil (96,000 kilometr) uzunlikdagi qon tomirlari orqali qon haydaydi. Bu masofani tasavvur qilish uchun: bu tizim Yer ekvatori bo‘ylab ikki marta aylanishi mumkin.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
🔥6🤩54❤‍🔥2👀1
CardioScope
Birinichi qadamni qòying - sòrovnomada qatnashing! https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScLuMmA2jXMqr6_PBvnE0bNpRl5slvdAE6NWFJjwxESFdEcwQ/viewform?usp=header @CardioScope
Yuragingiz siz o‘ylagandan ham ko'ra ko'proq charchagan bo‘lishi mumkin…

Biz yaqinda yurak salomatligi bo‘yicha kattalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdik. Natijalar — biroz hayratlanarli, biroz xavotirli.

💡 Ko‘pchilik yurak kasalligi faqat yoshi katta odamlarda uchraydi deb o‘ylaydi. Lekin bizning so‘rovda, 18 yoshdan oshganlarning katta qismi — deyarli yarmi — o‘z qon bosimini bilmasligini aytdi.
➡️ Demak, ko‘pchilik yuragi haqida “e'tibor bermay” yashayapti.

🔍 Yana bir qiziq fakt: Kattalarning yarmidan ko‘pi shifokorga faqat kasal bo‘lganda boradi. Bu esa xavfli — chunki yurak kasalliklari ko‘pincha alomat bermay rivojlanadi.

😮 Eng tashvishlisi: So‘rovnomada qatnashgan kattalarning 15% i ko‘krakda og‘riq sezgan, ammo ularning yarmi ham shifokor ko‘rigiga bormagan. Bu — befarqlikning juda qimmatga tushishi mumkinligini anglatadi.

💪 Yaxshi tomoni ham bor: So‘rovnomada qatnashgan kattalarning yarmidan ko‘pi sport bilan shug‘ullanishini aytdi. Ammo muntazam mashg‘ulot qilmaydiganlar ham oz emas. Yodda tuting — jismoniy faollik yurak kasalligi xavfini 30–40% ga kamaytiradi.

❤️ Xulosa: Yuragingizni “ko'rinmas dushman”ga qarshi yolg‘iz qoldirmang. Qon bosimingizni biling. Muntazam tekshiruvdan o‘ting. Harakat qiling.

📌 Siz oxirgi marta qon bosimingizni qachon o‘lchagansiz?

CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting! ❤️

@CardioScope
❤‍🔥8👍531🔥1
#daily_fact

💬 Ayol yuragi o‘rtacha erkak yuragidan daqiqasiga 8 marta tezroq uradi. Sababi? Yuraklari odatda kichikroq bo‘lgani uchun, ayollar yuragi bir xil miqdorda qon haydash uchun ko‘proq urishi kerak bo‘ladi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
❤‍🔥55🔥2🥰2🤩2
#daily_fact

💬 O‘rtacha yurak har bir urishda taxminan 4 osh qoshiq qon haydaydi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
🔥8❤‍🔥5332
Musiqa nafaqat ruhingizga, balki yuragingizga ham foyda keltirishini bilganmisiz? 😯

Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, sevimli kuylaringizni tinglash yurak urishini tinchlantiradi, qon bosimini pasaytiradi va stress gormonlarini kamaytiradi. Hatto yurak xuruji bo‘lgan bemorlar uchun ham musiqa tezroq sog‘ayishga yordam beradi! 🎶💓

🔎 Garvard universiteti tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra, kuniga atigi 30 daqiqa musiqa tinglash yurak sog‘lig‘ini yaxshilashilaydi, qon tomirlaridagi bosim va negativ his tuyg'ularni kamaytiradi.

Shuning uchun:

Kundalik ishlaringiz orasida sevimli musiqangizga vaqt ajrating 🎧
Yotishdan oldin tinchlantiruvchi kuylar tinglang 🌙
Faol mashg‘ulotlar paytida ritmik musiqa bilan o‘zingizni quvvatlantiring 🏃‍♀️

Musiqa qalbingizni quvontiradi, yuragingizni esa mustahkamlaydi! 💪❤️

CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting! ❤️

@CardioScope
❤‍🔥877💘11
CardioScope
📣Cardioscope loyihasiga volontyorlar qabul qilinmoqda! Agar siz tibbiyot, biologiya, sog‘liqni saqlash yoki ijtimoiy faoliyat yo‘nalishlariga qiziqsangiz, bizga qo'shiling! 👥❤️ Cardioscope — bu yurak-qon tomir kasalliklari va ularni oldini olish haqida aholiga…
📢CardioScope Jamoasiga Qo‘shilish uchun Ro‘yxatdan O‘tish Yopildi!

Tez orada qabul qilingan ishtirokchilar e’lon qilamiz.

Tanlab olingan qatnashchilar bilan shaxsan bog‘lanamiz. Sizning qiziqishingiz va faol ishtirokingiz uchun tashakkur! ❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍5❤‍🔥2🔥21
#daily_fact

💬 Yurakning o‘z elektr ta’minoti bor va u tanadan ajratilganda ham urishni davom ettiradi. Bu maxsus hujayralar tarmog‘i yurakning elektr o‘tkazuvchanlik tizimi deb ataladi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
13❤‍🔥954🔥3
🌱Tabiat yuragingiz uchun qanchalik muhim?

So‘nggi marta daraxtlar shovqinini, qushlarning sayrashini va toza havoni qachon his qilgansiz? 😌
📊 Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tabiat qo‘ynida 20 daqiqa sayr qilishning o‘zi yurak urishini tinchlantiradi, qon bosimini tushiradi va stressni kamaytiradi.

🔎 Statistik ma’lumot: Haftasiga atigi 2 soat ochiq havoda vaqt o‘tkazadiganlarda yurak xastaligi xavfi 25% gacha kamayadi!

Shuning uchun:

Har kuni qisqa vaqt bo‘lsa ham ochiq havoga chiqing🚶‍♂️
Dam olish kunlari park, o‘rmon yoki tog‘ga sayohat qiling 🏞
Tabiatni nafaqat ko‘ring — uni his qiling 🌬

Tabiat siz uchun eng yaxshi do'st bo'la oladi. Uni hayotingizga kiriting — yuragingiz minnatdor bo‘ladi. 💪❤️

CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting! ❤️

@CardioScope
207🔥73❤‍🔥2
#daily_fact

💬 Yurak kasalligi sog‘liq uchun eng katta tahdid va butun dunyo bo‘yicha o‘limning yetakchi sababi hisoblanadi. Yaxshi tomoni? Yurak sog‘lig‘ini parhez, muntazam jismoniy mashqlar va stressni boshqarish orqali nazorat qilish mumkin.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
1773🤩2❤‍🔥1
#daily_fact

💬 Ba’zi yurak muammolari meros bo‘lib o‘tishi mumkin. Shuningdek, qon bosimi va xolesterinni nazorat qilish orqali ularning ta’sirini kamaytirish mumkin.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
137🔥6❤‍🔥2
❤️ Yurak xastaliklari faqat kattalarning muammosimi?

Ko‘p odamlar yurak kasalliklari haqida gap ketganda, uni faqat 40–50 yoshdan keyin uchraydigan muammo deb o‘ylaydi. Lekin aslida bu katta xato. Bugungi kunda noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakat turmush tarzi, chekish, stress va energetik ichimliklarga qaramlik tufayli yurak kasalliklari yoshlar orasida ham sezilarli darajada ko‘paymoqda.

📊Masalan
So‘nggi yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda 20–30 yoshdagi yoshlarda ham yuqori qon bosimi, aritmiya (yurak urishining buzilishi) va xolesterin ko‘tarilishi kabi belgilar ancha ko‘p uchrayotgani aniqlangan.


💡 Yana bir qiziq fakt:
“Broken Heart Syndrome” (sindirilgan yurak sindromi) deyiladigan holat bor. Kuchli stress yoki ruhiy zarba tufayli yurak vaqtincha ishdan chiqishi mumkin. Bu nafaqat kattalarda, balki yoshlar orasida ham qayd etilgan! Demak, hissiyotlarni boshqarish ham jismoniy sog‘likdek muhim.

🥤Nimalar xavf tug‘diradi?
• Energetik ichimliklarni tez-tez ichish
• Fast-food va yog‘li ovqatlarga qaramlik
• Uzoq vaqt kompyuter yoki telefonda harakatsiz o‘tirish
• Yetarli uyqu olmaslik va doimiy stress


Nimalar yordam beradi?
• Har kuni kamida 30 daqiqa yurish yoki sport
• Meva, sabzavot va yong‘oqlarni ko‘proq iste’mol qilish
• Suvni yetarlicha ichish (energetik ichimliklar o‘rniga)
• Stressni boshqarish: nafas mashqlari, musiqa yoki do‘stlar bilan suhbat


📌 Unutmang
yuragingiz yosh bo‘lsa ham, unga g‘amxo‘rlik qilishni bugundan boshlash kerak.💪
CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting! ❤️

@CardioScope
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17❤‍🔥887🔥2
#daily_fact

💬 Yuguruvchilarda yurak kasalligi yoki insult xavfi 45% ga pastroq bo‘ladi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
🆒128🏆6😍4😘2
#daily_fact

💬 Yurak sog‘lig‘i qadimiy muammo bo‘lib, 3,000 yillik mumiyalarda yurak kasalligi alomatlari topilgan.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
117❤‍🔥5441
#daily_fact

💬 Tadqiqotlarga ko‘ra, dushanba — ish haftasining boshlanishi — yurak xurujlari eng ko‘p sodir bo‘ladigan kun hisoblanadi. Bu hodisa “Blue Monday” effekti deb ataladi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
😁21753
Siz qanaqa choyni ko‘proq ichasiz?☕️
Anonymous Poll
74%
Ko'k Choy
26%
Qora Choy
🔥6❤‍🔥3
Siz bir piyola choyga odatda nechta choy qoshiq shakar qo‘shasiz?🍯
Anonymous Poll
57%
Qo'shmayman
28%
1-2
15%
3-4
1%
To'rttadan ko'p
🔥8