CardioScope
163 subscribers
240 photos
1 video
4 links
🫀 Inson salomatligini himoya qilishga bag‘ishlangan ta’lim platformasi.

🔷Murojaat: @cardioscope_admin

Bizni kuzatib boring:

📌Instagram:

https://www.instagram.com/cardio_scope/
Download Telegram
#kundalik_faktlar

Telefonsiz qolish qo‘rquvi  rasmiy kasallik hisoblanadi 📱
Telefoningiz uyda qolib ketganda yoki uning quvvati (zaryadi) tugab borayotganda paydo bo‘ladigan ichki vahima va xavotir hissi tibbiyotda rasman tan olingan. Bu kasallik "Nomofobiya" (no-mobile-phone-phobia) deb ataladi va u hozirda eng tez tarqalayotgan zamonaviy ruhiy kasalliklardan biridir


@CardioScope bilan birga oʻrganing
🥰3
#kundalik_faktlar

👩🏿Nima sabab inson quyoshda qorayishini bilasizmi?
Terining ustki qavatida "melanotsit" hujayralari bo'lib, quyosh nuri tushganda bu hujayralar "melanin" pigmentini ishlab chiqaradi.
Melanin- Jigarrang yoki qora rangli bo'yiq modddasi bo'lib, u terini chuqur qatlamlarini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. U zararli nurlani o'ziga yutib, tana hujayralari DNKsi shikastlanishining oldini oladi. Melanin miqdori ko'paygan sari teri to'qlashaveradi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
🔥6🆒2
☕️ Kofeni aslida xato ichayotgan bo'lishingiz mumkin

Kunni bir finjon qahvasiz boshlay olmaydiganlardanmisiz? Ko'pchilik qahvani charchoqni yo'qotadigan va energiya beradigan "sehrli ichimlik" deb biladi. Aslida esa u sizga energiya bermaydi. "Axir qahva ichganimizdan keyin o'zimizni ancha tetik his qilamiz-ku", deyishingiz mumkin, lekin qahva siz o'ylagandan ko'ra butunlay boshqacha ishlaydi.

🧠 Hammasi adenozindan boshlanadi
Kun davomida miyamizda adenozin deb ataladigan modda asta-sekin to'planib boradi. Uni organizmning "charchoq signali" desa ham bo'ladi. Adenozin qancha ko'paysa, shuncha ko'proq uyqumiz keladi, diqqatni jamlash qiyinlashadi va tanamiz dam olishni xohlay boshlaydi. Kofein esa tarkibiy jihatdan adenozinga o'xshash bo'lgani uchun miyadagi retseptorlarga borib, uning o'rnini egallaydi. Natijada adenozin o'z signalini bera olmaydi va miya charchoqni vaqtincha "sezmay" qoladi. Shuning uchun qahva charchoqni yo'qotmaydi. U faqat uni bir muddat sezdirmaydi.


Nega qahva darrov ta'sir qilmaydi?
Qahva ichishingiz bilan kofein birdaniga miyaga yetib bormaydi. Avval u oshqozon va ichak orqali qonga so'riladi, keyin esa qon orqali miyaga yetadi. Buning uchun odatda 15–45 daqiqa kerak bo'ladi.Shu sababli qahvani ichiboq "hech qanday ta'sir qilmadi" deb ketma-ket yana bir finjon ichishga shoshilmang.

😴 "Coffee nap" nima?
Coffee nap inglizcha ibora bo'lib, qahva ichgandan keyin 15–20 daqiqaga mizg'ib olish degan ma'noni anglatadi. Birinchi qarashda bu g'alati tuyulishi mumkin.Axir qahva ichib, yana uxlashning nima keragi bor? Aslida buning biologik sababi bor.Siz mizg'ib yotganingizda miyadagi adenozinning bir qismi tabiiy ravishda kamayishni boshlaydi. Shu vaqt ichida esa kofein ham miyaga yetib keladi.Natijada uyg'onganingizda go'yo bir o'q bilan ikkita nishonga tekkandek bo'ladi: adenozin kamaygan bo'ladi, kofein esa qolgan adenozinning ta'sirini vaqtincha to'sib turadi.

Shuning uchun ko'pchilik oddiy qahva ichgandan ko'ra coffee napdan keyin o'zini ancha tetik his qiladi.

❗️ Ammo bu yerda bitta muhim jihat bor.
Uyqu 20 daqiqadan oshmasligi kerak. Aks holda miya chuqur uyqu bosqichiga o'tishni boshlaydi va uyg'onganingizda tetiklashish o'rniga o'zingizni yanada lanj his qilishingiz mumkin.

@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2👏1😁1🎉1
#kundalik_faktlar

🦈Akulalar daraxtlardan ham qadimiyroq 🌳
​Erkin suzib yurgan akulalar Yer yuzida daraxtlar va hatto dinozavrlar paydo bo‘lishidan ancha oldin mavjud bo‘lgan. Eng qadimgi akula qoldiqlari taxminan 450 million yil oldinga borib taqaladi. Birinchi daraxtlar esa bundan atigi 350 million yil oldin o‘sib chiqqan


@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰2😁2👏1
#kundalik_faktlar

Olovning soyasi bo‘lmaydi🔥
Devorga sham yoki gugurt tutib, ortidan chiroq tutsangiz, shamning o‘zi va qo‘lingizning soyasi devorga tushadi, lekin olovning soyasi paydo bo‘lmaydi chunki olov yorug‘likni to‘smaydi, aksincha o‘zidan yorug‘lik taratadi


@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1😁1
☕️Qahva ichdingiz, lekin baribir uyqungiz kelyaptimi? (2-qism)

"Bir finjon qahva ichsam, darrov o'zimga kelaman." Ko'pchiligimiz shunday deb o'ylaymiz. Lekin ba'zida qahva ichganimizdan keyin ham ko'zimiz ilinib, yana yotgimiz keladi. Nega?

😴 Balki siz shunchaki juda charchagandirsiz
Oldingi postda aytganimizdek, kofein adenozinning miyaga yuboradigan "charchoq signali"ni vaqtincha to'sib turadi. Ammo agar siz bir necha kun davomida yetarlicha uxlamagan bo'lsangiz, organizmingizda adenozin juda ko'p to'planib qolgan bo'ladi.
Bunday vaziyatda bitta finjon qahva charchoqni butunlay yo'q qila olmaydi. U faqat miyangizga charchoqni bir muddat kamroq his qildiradi, xolos. Shu sababli tanangiz hali ham holsiz bo'lishi mumkin.


🔄 Organizm kofeinga o'rganib qolishi mumkin
Agar siz qahvani har kuni va tez-tez ichsangiz, organizmingiz vaqt o'tishi bilan kofeinga moslasha boshlaydi.Natijada avval sizni ancha tetiklashtirgan miqdor keyinchalik avvalgidek ta'sir qilmasligi mumkin.

🍬 Qahvangizga nima qo'shayotganingiz ham muhim
Qahvani shakar, sirop yoki shirinlik bilan ichadigan bo'lsangiz, ba'zida uyquchanlikka kofeinning o'zi emas, boshqa omillar ham sabab bo'lishi mumkin.Ayniqsa, juda shirin ichimliklardan keyin qondagi glyukoza darajasidagi o'zgarishlar ayrim odamlarda holsizlikni kuchaytirishi mumkin.Shuning uchun "qahva ichdim, lekin baribir uyqum kelyapti" degan holat har doim ham "qahva menga ta'sir qilmaydi" degani emas.


☕️ Unda yana bir finjon ichish kerakmi?
Har doim ham emas. Agar ko'zingiz ilinayotgan bo'lsa, yana qahva ichishdan oldin o'zingizdan so'rab ko'ring:
Men chindan ham kofeinga muhtojmanmi yoki shunchaki uxlashim kerakmi?

Chunki kofein sizga vaqtincha tetiklik berishi mumkin, lekin organizmning haqiqiy uyquga bo'lgan ehtiyojini yo'q qila olmaydi.

Ba'zida sizga yana bir finjon qahva emas, shunchaki yaxshi uyqu kerak bo'ladi.

@Cardioscope bilan birga o'rganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🔥1👏1
#kundalik_faktlar

🌌Koinotda yig‘lay olmaysiz
Vaznsizlik sharoitida (koinotda) ko‘z yoshlari yerdagidek pastga oqib tushmaydi. Ular ko‘zingiz atrofida kichik suv pufakchasi bo‘lib yig‘ilib qolaveradi va oxir-oqibat ko‘zingizni achishtira boshlaydi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁3🥰1
#kundalik_faktlar

🐬Delfinlar bir ko‘zini ochib uxlaydi
Delfinlar uxlashganda miyasining faqat bir yarim shari dam oladi, ikkinchisi esa uzoqdan kelayotgan xavfni va suv yuzasiga chiqib nafas olishni nazorat qiladi. Shu sababli ular bir ko‘zini yumib, ikkinchisini ochiq holda uxlaydilar.


@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🆒1💘1💊1
Qahvani qaysi vaqtda ichgan ma'qul? (3-qism)

Qahva ichish uchun "eng to'g'ri vaqt" bormi? Internetda turli maslahatlarni uchratamiz: kimdir uyg'onishimiz bilan ichish kerak deydi, boshqalar esa kamida 1–2 soat kutishni maslahat beradi. Aslida esa, qahvani qachon ichish nima qilmoqchi ekaningizga ham bog'liq.

🌅 Uyg'ongan zahoti ichish kerakmi?
Uyg'onganimizdan keyin organizmning o'zi ham bizni uyg'otishga yordam beradi. Bu paytda kortizol darajasi tabiiy ravishda yuqori bo'ladi. Shuning uchun uyg'onishingiz bilan darhol qahvaga yopishib olish shart emas. Agar o'zingizni tetik his qilsangiz, biroz kutib, keyin ichishingiz mumkin. Lekin bu "hamma uyg'ongandan 90 daqiqa o'tib qahva ichishi kerak" degani emas. Agar siz uyg'onishingiz bilan qahva ichsangiz va bu sizga yaxshi ta'sir qilsa, bundan xavotir olishga sabab yo'q.


📚 O'qish yoki ishlashdan oldin-chi?
Agar sizga diqqatni jamlash va hushyor bo'lish kerak bo'lsa, qahvani ish yoki o'qishdan 20–30 daqiqa oldin ichish qulay bo'lishi mumkin. Chunki kofein ta'sir qilishni boshlashi uchun biroz vaqt kerak. Masalan, imtihonga kirishingizga 5 daqiqa qolganida qahva ichishdan ko'ra, uni oldinroq ichib qo'yish mantiqiyroq.

🏃 Sportdan oldin qahva ichsa bo'ladimi?
Kofein jismoniy mashqlar paytida ham foydali bo'lishi mumkin. Ayrim odamlarda u charchoqni kamroq his qilishga va uzoqroq mashq qilishga yordam beradi. Shu sababli ba'zi sportchilar qahva yoki boshqa kofeinli ichimliklarni mashg'ulotdan taxminan 30–60 daqiqa oldin iste'mol qiladi. Lekin bu hamma uchun bir xil ishlamaydi. Agar kofein sizda yurak urishining tezlashishi, titroq yoki bezovtalik keltirib chiqarsa, sportdan oldin qahva ichish yaxshi fikr bo'lmasligi mumkin.


🍽️ Ovqatdan oldinmi yoki keyin?
Bu yerda ham bitta qat'iy qoida yo'q. Agar och qoringa qahva ichganingizda oshqozoningiz bezovta bo'lsa yoki jig'ildoningiz qaynasa, uni ovqatdan keyin ichib ko'ring. Agar sizda bunday muammo bo'lmasa, qahvani och qoringa ichishning o'zi majburiy ravishda zararli degani emas.

Demak, qahvani aynan qachon ichish kerak?
Buning javobi siz qahvadan nima kutayotganingizga bog'liq:
☀️ Uyg'onish uchun — uyg'ongandan biroz vaqt o'tib.
📚 O'qish yoki ishlash uchun — kerakli vaqtdan taxminan 20–30 daqiqa oldin.
🏃 Sport uchun — mashg'ulotdan taxminan 30–60 daqiqa oldin.

Qahvani ichish uchun bitta "sehrli vaqt" yo'q. Eng yaxshi vaqt siz qahvadan nima kutayotganingizga va organizmingiz unga qanday javob berishiga bog'liq. Lekin bitta narsani unutmang: qahva ichish vaqti sizning uyquingizni buzayotgan bo'lsa, demak, siz uchun bu vaqt to'g'ri vaqt emas.

@Cardioscope bilan birga o'rganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1🫡1🆒1💘1
#kundalik_faktlar

🧊Eskimoslarning muzlatgichi ovqatni isitadi
Shimoldagi o‘ta sovuq hududlarda yashaydigan eskimoslar muzlatgichdan ovqatni muzlab qolishidan asrash uchun foydalanishadi. Tashqarida havo harorati -40°C bo‘lganda, muzlatgich ichidagi 0°C yoki +4°C havo ular uchun issiq hisoblanadi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
🚨 Volontyorlar kerak!

Hurmatli volontyorlar, sizlarga yangi bir imkoniyat bor! Shu hafta davomida xayriya tashabbusimizda bizga yordam beradigan faol va mas’uliyatli volontyorlarni qidiryapmiz.

📍 Toshkent va Farg‘ona shaharlarida


🤩Volontyorlarning vazifalari:
• Xayriya qutilarini xarid qilish va ularni turli joylarga joylashtirishda yordam berish
• Keyinchalik bolalar uyiga tashrif buyurib, bolajonlarga o‘yinchoqlar tarqatish jarayonida ishtirok etish

🎓 Sizga taqdim etiladi:
• Maxsus rasmiy sertifikat
• Yangi tanishlar va ijobiy muhit
• Kelajakdagi loyihalarimizda ishtirok etish uchun imkoniyat

Agar shu hafta davomida bo‘sh vaqtingiz bo‘lsa va ishtirok etishni istasangiz, quyidagi akkaunt orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin:
✉️ @Cardioscope_admin

Sizning yordamingiz biz uchun juda muhim. Keling, birgalikda bolajonlarni xursand qilaylik! 🤍
🔥4❤‍🔥1👏1😁1🆒1💘1
#kundalik_faktlar

🧅Piyoz to‘g‘raganda saqich chaynang
Piyoz kesilganda undan ajraladigan gaz ko‘z yosh bezlarini ta’sirlantiradi. Agar piyoz to‘g‘rash davomida og‘iz bilan nafas olsangiz va saqich chaynasangiz, bu gaz burun va ko‘zga yetib bormay, og‘iz orqali so‘lakka yutilib ketadi va yig‘lamaysiz.


@CardioScope bilan birga oʻrganing!
❤‍🔥3🔥2👏2😁1
🌙 Kechasi qahva ichish mumkinmi? (4-qism)

"Soat 16:00 dan keyin qahva ichish mumkin emas." Bu gapni ko'p eshitganmiz. Lekin aslida hamma uchun bunday qat'iy qoida yo'q. Ba'zi odamlar kechqurun qahva ichib, bemalol uxlab qoladi. Boshqalar esa tushdan keyin ichilgan bir finjon qahvadan keyin ham tun bo'yi ko'zini yumolmaydi. Nega?

☕️ Kofein tanada bir zumda yo'qolib ketmaydi
Qahva ichganimizdan keyin kofein organizmda bir necha soat davomida qolishi mumkin. O'rtacha hisobda kofeinning yarmi organizmdan chiqib ketishi uchun taxminan 5 soat kerak bo'ladi. Ammo bu vaqt hamma uchun bir xil emas. Masalan, kechki soat 18:00 da qahva ichdingiz. Soat 23:00 ga kelib kofeinning taxminan yarmi hali ham organizmingizda bo'lishi mumkin.Shuning uchun siz uxlab qolgan bo'lsangiz ham, kofein hali ham tanangizda ishlayotgan bo'lishi ehtimoli bor. "Lekin men qahva ichib ham uxlay olaman-ku!" Ha, bu boʻlishi mumkin, lekin uxlab qolish va sifatli uxlash bir xil narsa emas. Kofein ba'zi odamlarda uyquga ketishni qiyinlashtirishi mumkin. Boshqalarda esa uyquning chuqurligi yoki umumiy sifatiga ta'sir qilishi mumkin. Natijada siz 7–8 soat uxlagandek bo'lasiz, ammo ertalab uyg'onganingizda: "Nega men hali ham charchaganman?"deb qolishingiz mumkin


Ammo bu hamma odamda albatta shunday bo'ladi degani emas.
🧬 Nega qahva hammaga har xil ta'sir qiladi?
Buning sabablaridan biri — genetika. Organizmimiz kofeinni qanchalik tez parchalashi odamdan odamga farq qiladi. Bunda CYP1A2 kabi genlar ham rol o'ynaydi.
Shuning uchun:
Bir odam kechki 9 da qahva ichib, 10 da bemalol uxlab qolishi mumkin.
Boshqa odam esa tushdan keyin ichgan qahvasidan keyin ham uzoq vaqt uxlay olmaydi.

Bu odamlarning biri "kuchli", ikkinchisi esa "kuchsiz" degani emas. Shunchaki ularning organizmi kofeinni turlicha qayta ishlaydi.

👀 Unda kechqurun qahva ichish mumkinmi?
Agar siz kechqurun qahva ichsangiz va:
• uyquga bemalol ketsangiz;
• ertalab tetik uyg'onsangiz;
• uyqungiz tez-tez bo'linmasa;
• yurak urishi yoki bezovtalik
kabi noqulayliklar bo'lmasa, demak, siz kofeinga nisbatan sezgir bo'lmagan odamlardan biri bo'lishingiz mumkin.Ammo agar kechki qahvadan keyin uxlash qiyinlashsa yoki ertalab o'zingizni charchagan his qilsangiz, uni kechroq ichmaslik yaxshiroq.

🌙 Eng muhimi — soat emas, sizning uyqungiz
Shuning uchun "16:00 dan keyin qahva ichish mumkin emas" degan qat'iy qoida hamma uchun mos kelmaydi.Siz uchun eng muhim savol:
"Men qahvani qaysi vaqtda ichsam, kechasi ham yaxshi uxlayman?"

Agar kechki qahva uyqungizni buzsa, uni ertaroq iching.
Agar siz kechqurun qahva ichib ham yaxshi uxlasangiz, demak, organizmingiz kofeinni boshqalarga qaraganda tezroq qayta ishlashi mumkin.

@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🥰1👏1😁1🆒1
#kundalik_faktlar

​Fil saklay olmaydigan yagona hayvon 🐘
Garchi fillar ulkan va kuchli bo‘lsa-da, ular barcha 4 oyog‘ini bir vaqtning o‘zida yerdan uzib sakray olmaydigan dunyodagi yagona sutemizuvchi hayvondir. Bunga ularning o‘ta og‘ir vazni va oyoq suyaklarining moslashmagani sababdir.

@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁2🥰1👏1
#kundalik_faktlar

Chaqmoq quyoshdan ham issiqroq
Osmondan tushadigan odatiy chaqmoq charqagida havo harorati ko‘tarilib, taxminan 30 000°C ga yetadi. Bu ko‘rsatkich Quyosh sirtidagi haroratdan (taxminan 5 500°C) deyarli 5 baravar issiqroqdir


@CardioScope bilan birga oʻrganing!
🔥2🥰2👏1
🧠 Bir yolg‘onni 100 marta eshitsangiz, u haqiqatdek tuyula boshlaydi

Siz biror ma’lumotni avval eshitgan bo‘lsangiz-u, keyin yana va yana uchratsangiz, u sizga tobora ishonchliroq tuyula boshlaganini sezganmisiz?Bu shunchaki tasodif emas. Psixologiyada bu hodisa Illuzor haqiqat effekti (Illusory Truth Effect) deb ataladi.

🧠 Miya tanish narsalarni osonroq qabul qiladi.
Biror gapni qayta-qayta eshitganimizda, miyamiz uni tezroq qayta ishlay boshlaydi. Bu esa bizga ma'lumotni "tanish" va "ishonarli" qilib ko‘rsatadi. Natijada, ba'zida "Men buni oldin ham eshitganman" degan tuyg‘u beixtiyor "Demak, bu rost bo‘lsa kerak" degan xulosaga aylanadi.


Eng qizig‘i, bu effekt ma'lumotning haqiqat yoki yolg‘on ekaniga bog‘liq emas.
Shuning uchun ham:
📱 ijtimoiy tarmoqlardagi mish-mishlar,
📢 reklamalardagi takroriy shiorlar,
🗣️ atrofimizdagilarning doimiy fikrlari

va hatto o‘zimizga qayta-qayta aytadigan gaplarimiz ham bizga ta'sir qilishi mumkin.
Masalan, biror inson har kuni o‘ziga "Men buni uddalay olmayman" desa, vaqt o‘tishi bilan bu gap unga shunchaki fikr emas, balki haqiqatdek tuyula boshlashi mumkin.

Shuning uchun keyingi safar biror gapni ko‘p eshitganingizda, o‘zingizdan so‘rab ko‘ring:
Men bunga ishonayotganim uchunmi, yoki bu gapni shunchaki ko‘p eshitganim uchunmi?


@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1👏1😁1
#kundalik_faktlar

Sakkizoyoqning uchta yuragi va ko‘k qoni bor 🐙
Sakkizoyoqlarda  uchta yurak urib turadi: birinchisi qonni butun tanaga haydasa, qolgan ikkitasi qonni faqat jabralarga yetkazib beradi. Ularning qoni qizil emas, balki ko‘k rangda, chunki ularda temir o‘rniga misga boy bo‘lgan gemotsianin oqsili mavjud.


@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🥰1😁1
💊Dori ichganimizda, u qayerga borish kerakligini qanday biladi?
Biror joyimiz og‘risa, dori ichamiz. Biroz vaqt o‘tib esa og‘riq kamayadi. Lekin bir savol qiziq: dori bizning aynan qayerimiz og‘riyotganini qayerdan biladi? Axir biz uni ichganimizda "mana shu joyimni tuzat" deb aytmaymiz-ku.

🩸 Aslida, dori qayerga borishni bilmaydi
Dori ichganimizdan keyin u oshqozon va ichaklardan qonga so‘riladi va qon orqali butun tanaga tarqaladi. Demak, u faqat og‘riyotgan joyga borib qolmaydi. Dori tananing boshqa qismlariga ham yetib boradi, lekin uning ta'siri hamma joyda bir xil bo‘lmaydi.


🎯Unda nega aynan og‘riq kamayadi?
Chunki dorilar organizmdagi ma'lum jarayonlarga ta'sir qiladi. Masalan, ba'zi og‘riq qoldiruvchi dorilar og‘riq va yallig‘lanish paytida hosil bo‘ladigan moddalar ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Natijada miyaga yuboriladigan og‘riq signallari ham kamayadi va biz og‘riqni kamroq his qilamiz.

🔑Buni kalit va qulfga o‘xshatish mumkin
Dorilarni ma'lum bir "kalit" deb tasavvur qiling. Tanamizdagi ayrim oqsillar esa shu kalitga mos "qulf"ga o‘xshaydi. Dori butun tana bo‘ylab aylanib yuradi, lekin o‘ziga mos joyga kelgandagina u yerda ta'sir ko‘rsatadi.Shuning uchun dori aslida "qayerga borish kerakligini bilmaydi". U shunchaki qon orqali tarqaladi va o‘ziga mos keladigan joylarda reaksiyaga kirishadi.


⚠️ Shu sababli dorilar ba'zan nojo‘ya ta'sir ham qilishi mumkin
Dori faqat bitta joyga borib qolmagani uchun, uning ta'siri tananing boshqa qismlarida ham sezilishi mumkin. Aynan shuning uchun ayrim dorilarni ichganda uyquchanlik, ko‘ngil aynishi yoki boshqa noqulayliklar paydo bo‘lishi mumkin.

@Cardioscope bilan birga o‘rganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰4👏1😁1
#kundalik_faktlar

Pingvinlarda ham "tizzalar" bor 🐧
Pingvinlar kalta oyoqlari bilan juda kulgili va chayqalingancha yurishadi, shuning uchun ularda tizza suyaklari yo‘qdek tuyuladi. Aslida esa ularning tizza va son suyaklari tana ichida, qalin patlar va yog‘ qatlami ostida yashiringan bo‘ladi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#kundalik_faktlar

Venerada bir kun bir yildan uzunroq 🪐
Venera sayyorasi o‘z o‘qi atrofida juda sekin aylanadi, lekin Quyosh atrofini tezroq aylanib chiqadi. Natijada Venerada bir kun (o‘z o‘qi atrofida to‘liq aylanishi) 243 Yer kuniga, bir yil (Quyosh atrofida aylanishi) esa 225 Yer kuniga teng.


@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰2👏1😁1
#kundalik_faktlar

Suyak po‘latdan ham mustahkam bo‘lishi mumkin. 🦴
Bir xil og‘irlikdagi sog‘lom suyak ayrim turdagi po‘latdan kuchliroq bosimga bardosh bera oladi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing!
👍3🥰2🔥1👏1😁1