#kundalik_faktlar
Tug‘ilgan kuningizni 20 million odam bilan baham ko‘rasiz🎂
@CardioScope bilan birga oʻrganing
Tug‘ilgan kuningizni 20 million odam bilan baham ko‘rasiz
Yer yuzida aholi soni juda ko‘pligi sababli, siz tug‘ilgan kunda dunyoda yana kamida 19-20 million odam o‘z tug‘ilgan kunini nishonlayotgan bo‘ladi.
@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁6👏4👍1🔥1
👃 Ovqatni chaynayotganingizda miyangiz "ta'm" yaratadi
🔄 Retronazal hid bilish nima?
🧠 Miya ta'mni qanday yaratadi?
Miya bir vaqtning o'zida bir nechta manbadan ma'lumot oladi:
🍫 Nega ayrim ovqatlarning ta'mi juda boy tuyuladi?
Masalan, shokolad, qahva yoki vanilda yuzlab turli hid molekulalari mavjud. Ularni aynan retronazal hid bilish orqali sezamiz. Shu sababli bu mahsulotlar juda murakkab va boy ta'mga ega bo'lib tuyuladi.
Retronazal hid bilish bo'lmaganida, ko'plab sevimli taomlarimizning o'ziga xos lazzati yo'qolgan bo'lardi.
🔄 Retronazal hid bilish nima?
Ovqatni og'izga solib chaynashni boshlaganingizda, undan ajralayotgan hid molekulalari og'izning orqa qismi orqali burun bo'shlig'iga ko'tariladi. Bu jarayon retronazal hid bilish deb ataladi ("retro" – orqadan, "nazal" – burunga oid). Qiziq tomoni shundaki, bu hid ham xuddi tashqaridan hidlagandek o'sha retseptorlar tomonidan qabul qilinadi. Faqat bu safar hid tashqaridan emas, og'iz ichidan keladi.
🧠 Miya ta'mni qanday yaratadi?
Miya bir vaqtning o'zida bir nechta manbadan ma'lumot oladi:
👅 Til – asosiy ta'mlarni sezadi.Miya ushbu ma'lumotlarning barchasini birlashtirib, biz "ta'm" deb ataydigan murakkab hissiyotni hosil qiladi.
👃 Burun – ovqatning hidini aniqlaydi.
🌡️ Harorat – issiq yoki sovuqligini bildiradi.
✨ Tekstura – ovqatning qarsildoq, yumshoq yoki qaymoqsimon ekanini his qiladi.
🍫 Nega ayrim ovqatlarning ta'mi juda boy tuyuladi?
Masalan, shokolad, qahva yoki vanilda yuzlab turli hid molekulalari mavjud. Ularni aynan retronazal hid bilish orqali sezamiz. Shu sababli bu mahsulotlar juda murakkab va boy ta'mga ega bo'lib tuyuladi.
Buruningizni qisib turib shokolad yeb ko'rsangiz, u odatdagidan ancha oddiy ta'mga ega ekanini sezishingiz mumkin.
Retronazal hid bilish bo'lmaganida, ko'plab sevimli taomlarimizning o'ziga xos lazzati yo'qolgan bo'lardi.
🔥4❤1👍1
#kundalik_faktlar
Ba'zi odamlarni ikkita DNKsi bor
@CardioScope bilan birga oʻrganing
Ba'zi odamlarni ikkita DNKsi bor
Tibbiyotda Ximerizm degan tushuncha bor. Bu bitta odamning tanasida ikki xil insonning DNKsi mavjud bo‘lishidir. Bu holat ona qornida ikki egizak embriondan biri ikkinchisini o‘ziga "yutib" (so‘rib) yuborganda sodir bo‘ladi. Natijada tug‘ilgan bolaning qon guruhi boshqa, ichki a’zolarining DNKsi esa butunlay boshqa odamga (tug‘ilmay qolgan egizagiga) tegishli bo‘ladi.
@CardioScope bilan birga oʻrganing
🔥2❤1👏1
#kundalik_faktlar
Qon guruhingiz o‘zgarishi mumkin 🩸
@CardioScope bilan birga oʻrganing
Qon guruhingiz o‘zgarishi mumkin 🩸
Maktabda qon guruhi umrbod o‘zgarmaydi deb o‘rgatishgan. Lekin bu xato! Agar odamga boshqa odamning iligi ko‘chirib o‘tkazilsa (suyak iligi transplantatsiyasi), bemorning qon guruhi va DNKsi vaqt o‘tishi bilan donorning (ilik bergan odamning) qon guruhiga butunlay aylanib ketadi.
@CardioScope bilan birga oʻrganing
🔥2🥰1
😳 Nega kimdir to'satdan qo'rqitsa, beixtiyor seskanib yoki sakrab yuboramiz?
Tasavvur qiling: tinchgina telefonga qarab o'tiribsiz. Birdan orqangizdan kimdir "Boo!" deb qo'rqitdi.Siz esa o'ylab ham o'tirmay sakrab yubordingiz. Lekin... siz sakrashga xohkamagan edingiz-ku. Unda buni kim boshqardi?
🧠 Miyangiz sizdan tezroq ishlaydi
⚡ Hammasi millisekundlarda sodir bo'ladi
Signal quloq yoki ko'z orqali miyaga boradi. Miya esa darrov mushaklarga buyruq yuboradi:
Bu startle reflex, ya'ni seskanish refleksi deb ataladi.
🤔 Nega ayrim odamlar ko'proq seskanadi?
🧠 Qiziq fakt
Seskanish refleksi odatda 30–50 millisekund ichida boshlanadi. Bu ko'zni yopib ochishga ketadigan vaqtdan ham qisqaroq.
@CardioScope bilan birga oʻrganing
Tasavvur qiling: tinchgina telefonga qarab o'tiribsiz. Birdan orqangizdan kimdir "Boo!" deb qo'rqitdi.Siz esa o'ylab ham o'tirmay sakrab yubordingiz. Lekin... siz sakrashga xohkamagan edingiz-ku. Unda buni kim boshqardi?
🧠 Miyangiz sizdan tezroq ishlaydi
To'satdan chiqqan baland ovoz yoki kutilmagan harakat miyangiz uchun " xavf bor boʻlishi mumkin!" degan signal hisoblanadi. Shu paytda miya "Bu nima ekan?" deb o'tirib tahlil qilmaydi. Avval tanani himoya qiladi, keyin vaziyatni tushunishni boshlaydi. Shuning uchun siz seskanganizdan soʻng kimligiga eʼtibor berasiz.
⚡ Hammasi millisekundlarda sodir bo'ladi
Signal quloq yoki ko'z orqali miyaga boradi. Miya esa darrov mushaklarga buyruq yuboradi:
• yelkalar taranglashadi
• qo'llar qimirlab ketadi
• ba'zida butun tana sapchib ketadi
Bu startle reflex, ya'ni seskanish refleksi deb ataladi.
🤔 Nega ayrim odamlar ko'proq seskanadi?
Bunga bitta sabab yo'q. Ko'pincha uyqusizlik, stress, xavotir yoki ko'p kofein iste'mol qilish nerv tizimini sezgirroq qilib qo'yadi. Shuning uchun ba'zi odamlar eng kichik shovqindan ham seskanib ketadi, boshqalari esa deyarli reaksiya bildirmaydi.
🧠 Qiziq fakt
Seskanish refleksi odatda 30–50 millisekund ichida boshlanadi. Bu ko'zni yopib ochishga ketadigan vaqtdan ham qisqaroq.
@CardioScope bilan birga oʻrganing
🔥2👍1👏1🆒1
#kundalik_faktlar
Tanamizdagi hujayralarning yarmidan ko‘pi bizniki emas! 🦠
@CardioScope bilan birga oʻrganing
Tanamizdagi hujayralarning yarmidan ko‘pi bizniki emas! 🦠
Agar tanangizdagi barcha hujayralarni sanab chiqadigan bo‘lsak, ularning atigi 43% qismigina inson hujayralaridir. Qolgan 57% qismi tanamizda yashaydigan bakteriyalar, viruslar va zamburug‘lar kabi mikroskopik organizmlardir.
@CardioScope bilan birga oʻrganing
🔥3👍1
#kundalik_faktlar
Miya o‘limdan soʻng 7 daqiqa yashay olishi mumkin
@CardioScope bilan birga oʻrganing
Miya o‘limdan soʻng 7 daqiqa yashay olishi mumkin
Yurak urishdan va nafas olishdan to‘xtaganidan keyin ham, inson miyasi yana 7 daqiqa davomida o‘z faolligini saqlab qoladi. Neyrobiologlarning fikricha, o‘sha so‘nggi daqiqalarda miya barcha hayotiy xotiralarni xuddi tush kabi ketma-ketlikda egasiga qayta ko‘rsatib beradi.
@CardioScope bilan birga oʻrganing
❤2🔥2👏1
#kundalik_faktlar
Tirnoq o‘sishi barmog‘ingiz uzunligiga bog‘liq 💅
@CardioScope bilan birga oʻrganing
Tirnoq o‘sishi barmog‘ingiz uzunligiga bog‘liq 💅
Barcha barmoqlardagi tirnoqlar bir xil tezlikda o‘smaydi. Eng uzun barmog‘ingiz (odatda o‘rta barmoq)ning tirnoqlari eng tez o‘sadi, eng kalta barmog‘ingiz (bosh barmoq yoki jimjiloq)niki esa eng sekin o‘sadi. Sababi uzun barmoqlar ko‘proq harakat qiladi va u yerda qon aylanishi yaxshiroq bo‘ladi.
@CardioScope bilan birga oʻrganing
🔥4
#kundalik_faktlar
Inson qorong‘uda porlaydi (Lekin buni ko'rib bo'lmaydi) ✨
@CardioScope bilan birga oʻrganing
Inson qorong‘uda porlaydi (Lekin buni ko'rib bo'lmaydi) ✨
Bizning tanamiz ham xuddi tunda nur taratadigan meduzalar kabi qorong‘uda bioluminessensiya xususiyatiga ega ya’ni o‘zidan nur taratadi. Biroq, tanamiz chiqaradigan bu yorug‘lik inson ko‘zi ilg‘ay oladigan darajadan 1000 marta kuchsizroqdir. Maxsus o‘ta sezgir kameralar esa qorong‘u xonada insonning porlab turganini osongina suratga ola oladi.
@CardioScope bilan birga oʻrganing
🔥5
#kundalik_faktlar
Telefonsiz qolish qo‘rquvi rasmiy kasallik hisoblanadi 📱
@CardioScope bilan birga oʻrganing
Telefonsiz qolish qo‘rquvi rasmiy kasallik hisoblanadi 📱
Telefoningiz uyda qolib ketganda yoki uning quvvati (zaryadi) tugab borayotganda paydo bo‘ladigan ichki vahima va xavotir hissi tibbiyotda rasman tan olingan. Bu kasallik "Nomofobiya" (no-mobile-phone-phobia) deb ataladi va u hozirda eng tez tarqalayotgan zamonaviy ruhiy kasalliklardan biridir
@CardioScope bilan birga oʻrganing
🥰3
#kundalik_faktlar
👩🏿Nima sabab inson quyoshda qorayishini bilasizmi?
@CardioScope bilan birga oʻrganing
👩🏿Nima sabab inson quyoshda qorayishini bilasizmi?
Terining ustki qavatida "melanotsit" hujayralari bo'lib, quyosh nuri tushganda bu hujayralar "melanin" pigmentini ishlab chiqaradi.
Melanin- Jigarrang yoki qora rangli bo'yiq modddasi bo'lib, u terini chuqur qatlamlarini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. U zararli nurlani o'ziga yutib, tana hujayralari DNKsi shikastlanishining oldini oladi. Melanin miqdori ko'paygan sari teri to'qlashaveradi.
@CardioScope bilan birga oʻrganing
🔥6🆒2
Kunni bir finjon qahvasiz boshlay olmaydiganlardanmisiz? Ko'pchilik qahvani charchoqni yo'qotadigan va energiya beradigan "sehrli ichimlik" deb biladi. Aslida esa u sizga energiya bermaydi. "Axir qahva ichganimizdan keyin o'zimizni ancha tetik his qilamiz-ku", deyishingiz mumkin, lekin qahva siz o'ylagandan ko'ra butunlay boshqacha ishlaydi.
Kun davomida miyamizda adenozin deb ataladigan modda asta-sekin to'planib boradi. Uni organizmning "charchoq signali" desa ham bo'ladi. Adenozin qancha ko'paysa, shuncha ko'proq uyqumiz keladi, diqqatni jamlash qiyinlashadi va tanamiz dam olishni xohlay boshlaydi. Kofein esa tarkibiy jihatdan adenozinga o'xshash bo'lgani uchun miyadagi retseptorlarga borib, uning o'rnini egallaydi. Natijada adenozin o'z signalini bera olmaydi va miya charchoqni vaqtincha "sezmay" qoladi. Shuning uchun qahva charchoqni yo'qotmaydi. U faqat uni bir muddat sezdirmaydi.
Qahva ichishingiz bilan kofein birdaniga miyaga yetib bormaydi. Avval u oshqozon va ichak orqali qonga so'riladi, keyin esa qon orqali miyaga yetadi. Buning uchun odatda 15–45 daqiqa kerak bo'ladi.Shu sababli qahvani ichiboq "hech qanday ta'sir qilmadi" deb ketma-ket yana bir finjon ichishga shoshilmang.
Coffee nap inglizcha ibora bo'lib, qahva ichgandan keyin 15–20 daqiqaga mizg'ib olish degan ma'noni anglatadi. Birinchi qarashda bu g'alati tuyulishi mumkin.Axir qahva ichib, yana uxlashning nima keragi bor? Aslida buning biologik sababi bor.Siz mizg'ib yotganingizda miyadagi adenozinning bir qismi tabiiy ravishda kamayishni boshlaydi. Shu vaqt ichida esa kofein ham miyaga yetib keladi.Natijada uyg'onganingizda go'yo bir o'q bilan ikkita nishonga tekkandek bo'ladi: adenozin kamaygan bo'ladi, kofein esa qolgan adenozinning ta'sirini vaqtincha to'sib turadi.
Shuning uchun ko'pchilik oddiy qahva ichgandan ko'ra coffee napdan keyin o'zini ancha tetik his qiladi.
Uyqu 20 daqiqadan oshmasligi kerak. Aks holda miya chuqur uyqu bosqichiga o'tishni boshlaydi va uyg'onganingizda tetiklashish o'rniga o'zingizni yanada lanj his qilishingiz mumkin.
@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥2👏1😁1🎉1
#kundalik_faktlar
🦈 Akulalar daraxtlardan ham qadimiyroq 🌳
@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Erkin suzib yurgan akulalar Yer yuzida daraxtlar va hatto dinozavrlar paydo bo‘lishidan ancha oldin mavjud bo‘lgan. Eng qadimgi akula qoldiqlari taxminan 450 million yil oldinga borib taqaladi. Birinchi daraxtlar esa bundan atigi 350 million yil oldin o‘sib chiqqan
@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡2🥰2😁2👏1
#kundalik_faktlar
Olovning soyasi bo‘lmaydi🔥
@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Olovning soyasi bo‘lmaydi
Devorga sham yoki gugurt tutib, ortidan chiroq tutsangiz, shamning o‘zi va qo‘lingizning soyasi devorga tushadi, lekin olovning soyasi paydo bo‘lmaydi chunki olov yorug‘likni to‘smaydi, aksincha o‘zidan yorug‘lik taratadi
@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2👍1😁1
"Bir finjon qahva ichsam, darrov o'zimga kelaman." Ko'pchiligimiz shunday deb o'ylaymiz. Lekin ba'zida qahva ichganimizdan keyin ham ko'zimiz ilinib, yana yotgimiz keladi. Nega?
Oldingi postda aytganimizdek, kofein adenozinning miyaga yuboradigan "charchoq signali"ni vaqtincha to'sib turadi. Ammo agar siz bir necha kun davomida yetarlicha uxlamagan bo'lsangiz, organizmingizda adenozin juda ko'p to'planib qolgan bo'ladi.
Bunday vaziyatda bitta finjon qahva charchoqni butunlay yo'q qila olmaydi. U faqat miyangizga charchoqni bir muddat kamroq his qildiradi, xolos. Shu sababli tanangiz hali ham holsiz bo'lishi mumkin.
Agar siz qahvani har kuni va tez-tez ichsangiz, organizmingiz vaqt o'tishi bilan kofeinga moslasha boshlaydi.Natijada avval sizni ancha tetiklashtirgan miqdor keyinchalik avvalgidek ta'sir qilmasligi mumkin.
🍬 Qahvangizga nima qo'shayotganingiz ham muhim
Qahvani shakar, sirop yoki shirinlik bilan ichadigan bo'lsangiz, ba'zida uyquchanlikka kofeinning o'zi emas, boshqa omillar ham sabab bo'lishi mumkin.Ayniqsa, juda shirin ichimliklardan keyin qondagi glyukoza darajasidagi o'zgarishlar ayrim odamlarda holsizlikni kuchaytirishi mumkin.Shuning uchun "qahva ichdim, lekin baribir uyqum kelyapti" degan holat har doim ham "qahva menga ta'sir qilmaydi" degani emas.
Har doim ham emas. Agar ko'zingiz ilinayotgan bo'lsa, yana qahva ichishdan oldin o'zingizdan so'rab ko'ring:
Men chindan ham kofeinga muhtojmanmi yoki shunchaki uxlashim kerakmi?
Chunki kofein sizga vaqtincha tetiklik berishi mumkin, lekin organizmning haqiqiy uyquga bo'lgan ehtiyojini yo'q qila olmaydi.
Ba'zida sizga yana bir finjon qahva emas, shunchaki yaxshi uyqu kerak bo'ladi.
@Cardioscope bilan birga o'rganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1🔥1👏1
#kundalik_faktlar
🌌 Koinotda yig‘lay olmaysiz
@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Vaznsizlik sharoitida (koinotda) ko‘z yoshlari yerdagidek pastga oqib tushmaydi. Ular ko‘zingiz atrofida kichik suv pufakchasi bo‘lib yig‘ilib qolaveradi va oxir-oqibat ko‘zingizni achishtira boshlaydi.
@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁3🥰1
#kundalik_faktlar
🐬 Delfinlar bir ko‘zini ochib uxlaydi
@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Delfinlar uxlashganda miyasining faqat bir yarim shari dam oladi, ikkinchisi esa uzoqdan kelayotgan xavfni va suv yuzasiga chiqib nafas olishni nazorat qiladi. Shu sababli ular bir ko‘zini yumib, ikkinchisini ochiq holda uxlaydilar.
@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1🆒1💘1💊1
Qahva ichish uchun "eng to'g'ri vaqt" bormi? Internetda turli maslahatlarni uchratamiz: kimdir uyg'onishimiz bilan ichish kerak deydi, boshqalar esa kamida 1–2 soat kutishni maslahat beradi. Aslida esa, qahvani qachon ichish nima qilmoqchi ekaningizga ham bog'liq.
🌅 Uyg'ongan zahoti ichish kerakmi?
Uyg'onganimizdan keyin organizmning o'zi ham bizni uyg'otishga yordam beradi. Bu paytda kortizol darajasi tabiiy ravishda yuqori bo'ladi. Shuning uchun uyg'onishingiz bilan darhol qahvaga yopishib olish shart emas. Agar o'zingizni tetik his qilsangiz, biroz kutib, keyin ichishingiz mumkin. Lekin bu "hamma uyg'ongandan 90 daqiqa o'tib qahva ichishi kerak" degani emas. Agar siz uyg'onishingiz bilan qahva ichsangiz va bu sizga yaxshi ta'sir qilsa, bundan xavotir olishga sabab yo'q.
Agar sizga diqqatni jamlash va hushyor bo'lish kerak bo'lsa, qahvani ish yoki o'qishdan 20–30 daqiqa oldin ichish qulay bo'lishi mumkin. Chunki kofein ta'sir qilishni boshlashi uchun biroz vaqt kerak. Masalan, imtihonga kirishingizga 5 daqiqa qolganida qahva ichishdan ko'ra, uni oldinroq ichib qo'yish mantiqiyroq.
🏃 Sportdan oldin qahva ichsa bo'ladimi?
Kofein jismoniy mashqlar paytida ham foydali bo'lishi mumkin. Ayrim odamlarda u charchoqni kamroq his qilishga va uzoqroq mashq qilishga yordam beradi. Shu sababli ba'zi sportchilar qahva yoki boshqa kofeinli ichimliklarni mashg'ulotdan taxminan 30–60 daqiqa oldin iste'mol qiladi. Lekin bu hamma uchun bir xil ishlamaydi. Agar kofein sizda yurak urishining tezlashishi, titroq yoki bezovtalik keltirib chiqarsa, sportdan oldin qahva ichish yaxshi fikr bo'lmasligi mumkin.
🍽️ Ovqatdan oldinmi yoki keyin?
Bu yerda ham bitta qat'iy qoida yo'q. Agar och qoringa qahva ichganingizda oshqozoningiz bezovta bo'lsa yoki jig'ildoningiz qaynasa, uni ovqatdan keyin ichib ko'ring. Agar sizda bunday muammo bo'lmasa, qahvani och qoringa ichishning o'zi majburiy ravishda zararli degani emas.
Buning javobi siz qahvadan nima kutayotganingizga bog'liq:
☀️ Uyg'onish uchun — uyg'ongandan biroz vaqt o'tib.
📚 O'qish yoki ishlash uchun — kerakli vaqtdan taxminan 20–30 daqiqa oldin.
🏃 Sport uchun — mashg'ulotdan taxminan 30–60 daqiqa oldin.
Qahvani ichish uchun bitta "sehrli vaqt" yo'q. Eng yaxshi vaqt siz qahvadan nima kutayotganingizga va organizmingiz unga qanday javob berishiga bog'liq. Lekin bitta narsani unutmang: qahva ichish vaqti sizning uyquingizni buzayotgan bo'lsa, demak, siz uchun bu vaqt to'g'ri vaqt emas.
@Cardioscope bilan birga o'rganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1🫡1🆒1💘1
#kundalik_faktlar
🧊 Eskimoslarning muzlatgichi ovqatni isitadi
@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Shimoldagi o‘ta sovuq hududlarda yashaydigan eskimoslar muzlatgichdan ovqatni muzlab qolishidan asrash uchun foydalanishadi. Tashqarida havo harorati -40°C bo‘lganda, muzlatgich ichidagi 0°C yoki +4°C havo ular uchun issiq hisoblanadi.
@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
🚨 Volontyorlar kerak!
Hurmatli volontyorlar, sizlarga yangi bir imkoniyat bor! Shu hafta davomida xayriya tashabbusimizda bizga yordam beradigan faol va mas’uliyatli volontyorlarni qidiryapmiz.
🤩Volontyorlarning vazifalari:
• Xayriya qutilarini xarid qilish va ularni turli joylarga joylashtirishda yordam berish
• Keyinchalik bolalar uyiga tashrif buyurib, bolajonlarga o‘yinchoqlar tarqatish jarayonida ishtirok etish
🎓 Sizga taqdim etiladi:
• Maxsus rasmiy sertifikat
• Yangi tanishlar va ijobiy muhit
• Kelajakdagi loyihalarimizda ishtirok etish uchun imkoniyat
Agar shu hafta davomida bo‘sh vaqtingiz bo‘lsa va ishtirok etishni istasangiz, quyidagi akkaunt orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin:
✉️ @Cardioscope_admin
Sizning yordamingiz biz uchun juda muhim. Keling, birgalikda bolajonlarni xursand qilaylik! 🤍
Hurmatli volontyorlar, sizlarga yangi bir imkoniyat bor! Shu hafta davomida xayriya tashabbusimizda bizga yordam beradigan faol va mas’uliyatli volontyorlarni qidiryapmiz.
📍 Toshkent va Farg‘ona shaharlarida
🤩Volontyorlarning vazifalari:
• Xayriya qutilarini xarid qilish va ularni turli joylarga joylashtirishda yordam berish
• Keyinchalik bolalar uyiga tashrif buyurib, bolajonlarga o‘yinchoqlar tarqatish jarayonida ishtirok etish
🎓 Sizga taqdim etiladi:
• Maxsus rasmiy sertifikat
• Yangi tanishlar va ijobiy muhit
• Kelajakdagi loyihalarimizda ishtirok etish uchun imkoniyat
Agar shu hafta davomida bo‘sh vaqtingiz bo‘lsa va ishtirok etishni istasangiz, quyidagi akkaunt orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin:
✉️ @Cardioscope_admin
Sizning yordamingiz biz uchun juda muhim. Keling, birgalikda bolajonlarni xursand qilaylik! 🤍
🔥4❤🔥1👏1😁1🆒1💘1
#kundalik_faktlar
🧅 Piyoz to‘g‘raganda saqich chaynang
@CardioScope bilan birga oʻrganing!
🧅 Piyoz to‘g‘raganda saqich chaynang
Piyoz kesilganda undan ajraladigan gaz ko‘z yosh bezlarini ta’sirlantiradi. Agar piyoz to‘g‘rash davomida og‘iz bilan nafas olsangiz va saqich chaynasangiz, bu gaz burun va ko‘zga yetib bormay, og‘iz orqali so‘lakka yutilib ketadi va yig‘lamaysiz.
@CardioScope bilan birga oʻrganing!
❤🔥3🔥2👏2😁1