CardioScope
163 subscribers
240 photos
1 video
4 links
🫀 Inson salomatligini himoya qilishga bag‘ishlangan ta’lim platformasi.

🔷Murojaat: @cardioscope_admin

Bizni kuzatib boring:

📌Instagram:

https://www.instagram.com/cardio_scope/
Download Telegram
#kundalik_faktlar

Chap tomonga qarab yotish jigildon qaynashini kamaytirishi mumkin 🛌
Agar kechasi ovqatdan keyin jigildoningiz qaynayotgan bo‘lsa, chap tomoningizga qarab yotib ko‘ring. Oshqozon tananing chap tomonida joylashgani sababli, bu holatda oshqozon kislotasining qizilo‘ngachga qayta chiqishi qiyinlashadi. O‘ng tomonga yotganda esa, aksincha, kislota yuqoriga ko‘tarilishi osonroq bo‘lishi mumkin.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
🥰4😁3
#kundalik_faktlar

Tirnoqlar yozda tezroq o‘sadi 💅
Qo‘l tirnoqlari qishga qaraganda yozda tezroq o‘sadi. Sababi esa, issiq havoda qon aylanishi yaxshilanadi va tirnoq ildizlariga ko‘proq ozuqa moddalari yetib borashidir. Qizig‘i, eng ko‘p ishlatadigan qo‘lingizning (masalan, o‘ng qo‘l) tirnoqlari tezroq o‘sadi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🥰2👏2
#kundalik_faktlar

Chaynash miyani uyg‘otadi 🧠
Agar mashina haydayotganda yoki darsda uyqungiz kelsa, shunchaki saqich chaynang. Chaynash harakati miyadagi qon aylanishini kuchaytiradi, koʻproq kislorod yetkazib beradi va uni faol holatga keltiradi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2😁2
#kundalik_faktlar

Ko‘k ko‘zli odamlarning ajdodi bitta 👁
Dunyodagi barcha ko‘k ko‘zli insonlar (ular qayerda yashashidan qat’i nazar) bundan taxminan 6 000 - 10 000 yil oldin yashagan bitta umumiy ajdoddan tarqalgan. Aynan o‘sha insonda birinchi marta jigarrang ko‘zni ko‘kka aylantiruvchi genetik mutatsiya paydo bo‘lgan.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3😁2🥰1
#kundalik_faktlar

Soch va tirnoqlar o‘limdan keyin ham o‘sadi💅
Bu shunchaki dahshatli optik illyuziya. Odam vafot etganidan keyin uning tanasi suvsizlanadi va terisi keskin tortilib, kichrayadi. Teri tortilishi hisobiga soch ildizlari va tirnoqlar go‘yo o‘sib chiqqandek uzunroq ko‘rinadi. O‘lik tanada yangi hujayra hosil bo‘lishi yaʼni oʻsishi imkonsiz.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4🔥1🥰1
#kundalik_faktlar

Sigaret pachtasidagi "Dahshatli" suratlar teskari taʼsir qiladi 🚬
Neyromarketing tadqiqotlariga ko‘ra, sigaret qutisidagi kasalliklar haqidagi  rasmlar odamni chekishdan to‘xtatmaydi. Aksincha, u kashandalarda kuchli stress uyg‘otadi va miya o‘sha stressni bosish uchun yana sigaret chekishni talab qila boshlaydi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2💊2🥰1👏1
#kundalik_faktlar
Ko‘zlarimiz rasmga olganda 576 Megapiksel 📸
Agar inson ko‘zini raqamli kamera bilan solishtirsak, uning o‘lchamlari roppa-rosa 576 megapikselga teng bo‘ladi. Eng qimmat smartfonlar ham ko‘zimiz beradigan tiniqlik va ranglar chuqurligiga hali yetib kelgani yo‘q.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
👃 Nega ovqatning hidi uning ta'mini o'zgartiradi? (1-qism)

🌬️ Ortonazal hid bilish nima?
Ko'pchiligimiz ovqatning ta'mini faqat tilimiz sezadi deb o'ylaymiz. Aslida esa, ta'mni his qilishda burun ham til kabi muhim rol o'ynaydi.
Ovqatni hali og'izga solmasingizdan oldin uning hid molekulalari nafas olayotganingizda burun orqali hid retseptorlariga yetib boradi. Ushbu jarayon ortonazal hid bilish deb ataladi ("orto" – to'g'ridan-to'g'ri, "nazal" – burunga oid).

Burundagi millionlab retseptorlar bu molekulalarni aniqlaydi va signallarni miyaga yuboradi. Miya esa ularni oldingi tajribalaringiz bilan taqqoslab, "Bu yangi pishgan non", "Bu qahva", "Bu limon" kabi xulosaga keladi.

👅 Tilning vazifasi nimadan iborat?
Ko'pchilikni hayratga soladigan fakt shundaki, til ovqatning barcha ta'mlarini ajrata olmaydi. U faqat 5 ta asosiy ta'mni sezadi:
🍬 Shirin
🧂 Sho'r
🍋‍🟩 Nordon
☕️ Achchiq
Masalan, qulupnay va olma ikkalasi ham shirin bo'lishi mumkin. Ammo ularni bir-biridan farqlashimizga aynan hid bilish yordam beradi.

🤧 Nega shamollaganda ovqat "mazasiz" bo'lib qoladi?
Burun bitib qolganida hid molekulalari retseptorlarga yetib bora olmaydi. Natijada til faqat asosiy ta'mlarni sezadi, ammo ovqatning o'ziga xos lazzati yo'qolgandek tuyuladi.
Shu sababli shamollagan paytda sevimli taomingiz ham odatdagidek mazali tuyulmasligi mumkin.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1👏1
#kundalik_faktlar
Tug‘ilgan kuningizni 20 million odam bilan baham ko‘rasiz 🎂
Yer yuzida aholi soni juda ko‘pligi sababli, siz tug‘ilgan kunda dunyoda yana kamida 19-20 million odam o‘z tug‘ilgan kunini nishonlayotgan bo‘ladi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁6👏4👍1🔥1
👃 Ovqatni chaynayotganingizda miyangiz "ta'm" yaratadi

🔄 Retronazal hid bilish nima?
Ovqatni og'izga solib chaynashni boshlaganingizda, undan ajralayotgan hid molekulalari og'izning orqa qismi orqali burun bo'shlig'iga ko'tariladi. Bu jarayon retronazal hid bilish deb ataladi ("retro" – orqadan, "nazal" – burunga oid). Qiziq tomoni shundaki, bu hid ham xuddi tashqaridan hidlagandek o'sha retseptorlar tomonidan qabul qilinadi. Faqat bu safar hid tashqaridan emas, og'iz ichidan keladi.


🧠 Miya ta'mni qanday yaratadi?
Miya bir vaqtning o'zida bir nechta manbadan ma'lumot oladi:
👅 Til – asosiy ta'mlarni sezadi.
👃 Burun – ovqatning hidini aniqlaydi.
🌡️ Harorat – issiq yoki sovuqligini bildiradi.
Tekstura – ovqatning qarsildoq, yumshoq yoki qaymoqsimon ekanini his qiladi.
Miya ushbu ma'lumotlarning barchasini birlashtirib, biz "ta'm" deb ataydigan murakkab hissiyotni hosil qiladi.

🍫 Nega ayrim ovqatlarning ta'mi juda boy tuyuladi?
Masalan, shokolad, qahva yoki vanilda yuzlab turli hid molekulalari mavjud. Ularni aynan retronazal hid bilish orqali sezamiz. Shu sababli bu mahsulotlar juda murakkab va boy ta'mga ega bo'lib tuyuladi.
Buruningizni qisib turib shokolad yeb ko'rsangiz, u odatdagidan ancha oddiy ta'mga ega ekanini sezishingiz mumkin.

Retronazal hid bilish bo'lmaganida, ko'plab sevimli taomlarimizning o'ziga xos lazzati yo'qolgan bo'lardi.
🔥41👍1
#kundalik_faktlar

Ba'zi odamlarni ikkita DNKsi bor
Tibbiyotda Ximerizm degan tushuncha bor. Bu bitta odamning tanasida ikki xil insonning DNKsi mavjud bo‘lishidir. Bu holat ona qornida ikki egizak embriondan biri ikkinchisini o‘ziga "yutib" (so‘rib) yuborganda sodir bo‘ladi. Natijada tug‘ilgan bolaning qon guruhi boshqa, ichki a’zolarining DNKsi esa butunlay boshqa odamga (tug‘ilmay qolgan egizagiga) tegishli bo‘ladi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
🔥21👏1
#kundalik_faktlar

Qon guruhingiz o‘zgarishi mumkin 🩸
Maktabda qon guruhi umrbod o‘zgarmaydi deb o‘rgatishgan. Lekin bu xato! Agar odamga boshqa odamning iligi ko‘chirib o‘tkazilsa (suyak iligi transplantatsiyasi), bemorning qon guruhi va DNKsi vaqt o‘tishi bilan donorning (ilik bergan odamning) qon guruhiga butunlay aylanib ketadi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
🔥2🥰1
😳 Nega kimdir to'satdan qo'rqitsa, beixtiyor seskanib yoki sakrab yuboramiz?

Tasavvur qiling: tinchgina telefonga qarab o'tiribsiz. Birdan orqangizdan kimdir "Boo!" deb qo'rqitdi.Siz esa o'ylab ham o'tirmay sakrab yubordingiz. Lekin... siz sakrashga xohkamagan edingiz-ku. Unda buni kim boshqardi?

🧠 Miyangiz sizdan tezroq ishlaydi
To'satdan chiqqan baland ovoz yoki kutilmagan harakat miyangiz uchun " xavf bor boʻlishi mumkin!" degan signal hisoblanadi. Shu paytda miya "Bu nima ekan?" deb o'tirib tahlil qilmaydi. Avval tanani himoya qiladi, keyin vaziyatni tushunishni boshlaydi. Shuning uchun siz seskanganizdan soʻng kimligiga eʼtibor berasiz.


Hammasi millisekundlarda sodir bo'ladi
Signal quloq yoki ko'z orqali miyaga boradi. Miya esa darrov mushaklarga buyruq yuboradi:
• yelkalar taranglashadi
• qo'llar qimirlab ketadi
• ba'zida butun tana sapchib ketadi

Bu startle reflex, ya'ni seskanish refleksi deb ataladi.

🤔 Nega ayrim odamlar ko'proq seskanadi?
Bunga bitta sabab yo'q. Ko'pincha uyqusizlik, stress, xavotir yoki ko'p kofein iste'mol qilish nerv tizimini sezgirroq qilib qo'yadi. Shuning uchun ba'zi odamlar eng kichik shovqindan ham seskanib ketadi, boshqalari esa deyarli reaksiya bildirmaydi.


🧠 Qiziq fakt
Seskanish refleksi odatda 30–50 millisekund ichida boshlanadi. Bu ko'zni yopib ochishga ketadigan vaqtdan ham qisqaroq.

@CardioScope bilan birga oʻrganing
🔥2👍1👏1🆒1
#kundalik_faktlar

Tanamizdagi hujayralarning yarmidan ko‘pi bizniki emas! 🦠
Agar tanangizdagi barcha hujayralarni sanab chiqadigan bo‘lsak, ularning atigi 43% qismigina inson hujayralaridir. Qolgan 57% qismi tanamizda yashaydigan bakteriyalar, viruslar va zamburug‘lar kabi mikroskopik organizmlardir.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
🔥3👍1
#kundalik_faktlar

Miya o‘limdan soʻng 7 daqiqa yashay olishi mumkin
Yurak urishdan va nafas olishdan to‘xtaganidan keyin ham, inson miyasi yana 7 daqiqa davomida o‘z faolligini saqlab qoladi. Neyrobiologlarning fikricha, o‘sha so‘nggi daqiqalarda miya barcha hayotiy xotiralarni xuddi tush kabi ketma-ketlikda egasiga qayta ko‘rsatib beradi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
2🔥2👏1
#kundalik_faktlar

Tirnoq o‘sishi barmog‘ingiz uzunligiga bog‘liq 💅
Barcha barmoqlardagi tirnoqlar bir xil tezlikda o‘smaydi. Eng uzun barmog‘ingiz (odatda o‘rta barmoq)ning tirnoqlari eng tez o‘sadi, eng kalta barmog‘ingiz (bosh barmoq yoki jimjiloq)niki esa eng sekin o‘sadi. Sababi uzun barmoqlar ko‘proq harakat qiladi va u yerda qon aylanishi yaxshiroq bo‘ladi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
🔥4
#kundalik_faktlar

Inson qorong‘uda porlaydi (Lekin buni ko'rib bo'lmaydi)

Bizning tanamiz ham xuddi tunda nur taratadigan meduzalar kabi qorong‘uda bioluminessensiya xususiyatiga ega  ya’ni o‘zidan nur taratadi. Biroq, tanamiz chiqaradigan bu yorug‘lik inson ko‘zi ilg‘ay oladigan darajadan 1000 marta kuchsizroqdir. Maxsus o‘ta sezgir kameralar esa qorong‘u xonada insonning porlab turganini osongina suratga ola oladi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
🔥5
#kundalik_faktlar

Telefonsiz qolish qo‘rquvi  rasmiy kasallik hisoblanadi 📱
Telefoningiz uyda qolib ketganda yoki uning quvvati (zaryadi) tugab borayotganda paydo bo‘ladigan ichki vahima va xavotir hissi tibbiyotda rasman tan olingan. Bu kasallik "Nomofobiya" (no-mobile-phone-phobia) deb ataladi va u hozirda eng tez tarqalayotgan zamonaviy ruhiy kasalliklardan biridir


@CardioScope bilan birga oʻrganing
🥰3
#kundalik_faktlar

👩🏿Nima sabab inson quyoshda qorayishini bilasizmi?
Terining ustki qavatida "melanotsit" hujayralari bo'lib, quyosh nuri tushganda bu hujayralar "melanin" pigmentini ishlab chiqaradi.
Melanin- Jigarrang yoki qora rangli bo'yiq modddasi bo'lib, u terini chuqur qatlamlarini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. U zararli nurlani o'ziga yutib, tana hujayralari DNKsi shikastlanishining oldini oladi. Melanin miqdori ko'paygan sari teri to'qlashaveradi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
🔥6🆒2
☕️ Kofeni aslida xato ichayotgan bo'lishingiz mumkin

Kunni bir finjon qahvasiz boshlay olmaydiganlardanmisiz? Ko'pchilik qahvani charchoqni yo'qotadigan va energiya beradigan "sehrli ichimlik" deb biladi. Aslida esa u sizga energiya bermaydi. "Axir qahva ichganimizdan keyin o'zimizni ancha tetik his qilamiz-ku", deyishingiz mumkin, lekin qahva siz o'ylagandan ko'ra butunlay boshqacha ishlaydi.

🧠 Hammasi adenozindan boshlanadi
Kun davomida miyamizda adenozin deb ataladigan modda asta-sekin to'planib boradi. Uni organizmning "charchoq signali" desa ham bo'ladi. Adenozin qancha ko'paysa, shuncha ko'proq uyqumiz keladi, diqqatni jamlash qiyinlashadi va tanamiz dam olishni xohlay boshlaydi. Kofein esa tarkibiy jihatdan adenozinga o'xshash bo'lgani uchun miyadagi retseptorlarga borib, uning o'rnini egallaydi. Natijada adenozin o'z signalini bera olmaydi va miya charchoqni vaqtincha "sezmay" qoladi. Shuning uchun qahva charchoqni yo'qotmaydi. U faqat uni bir muddat sezdirmaydi.


Nega qahva darrov ta'sir qilmaydi?
Qahva ichishingiz bilan kofein birdaniga miyaga yetib bormaydi. Avval u oshqozon va ichak orqali qonga so'riladi, keyin esa qon orqali miyaga yetadi. Buning uchun odatda 15–45 daqiqa kerak bo'ladi.Shu sababli qahvani ichiboq "hech qanday ta'sir qilmadi" deb ketma-ket yana bir finjon ichishga shoshilmang.

😴 "Coffee nap" nima?
Coffee nap inglizcha ibora bo'lib, qahva ichgandan keyin 15–20 daqiqaga mizg'ib olish degan ma'noni anglatadi. Birinchi qarashda bu g'alati tuyulishi mumkin.Axir qahva ichib, yana uxlashning nima keragi bor? Aslida buning biologik sababi bor.Siz mizg'ib yotganingizda miyadagi adenozinning bir qismi tabiiy ravishda kamayishni boshlaydi. Shu vaqt ichida esa kofein ham miyaga yetib keladi.Natijada uyg'onganingizda go'yo bir o'q bilan ikkita nishonga tekkandek bo'ladi: adenozin kamaygan bo'ladi, kofein esa qolgan adenozinning ta'sirini vaqtincha to'sib turadi.

Shuning uchun ko'pchilik oddiy qahva ichgandan ko'ra coffee napdan keyin o'zini ancha tetik his qiladi.

❗️ Ammo bu yerda bitta muhim jihat bor.
Uyqu 20 daqiqadan oshmasligi kerak. Aks holda miya chuqur uyqu bosqichiga o'tishni boshlaydi va uyg'onganingizda tetiklashish o'rniga o'zingizni yanada lanj his qilishingiz mumkin.

@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2👏1😁1🎉1
#kundalik_faktlar

🦈Akulalar daraxtlardan ham qadimiyroq 🌳
​Erkin suzib yurgan akulalar Yer yuzida daraxtlar va hatto dinozavrlar paydo bo‘lishidan ancha oldin mavjud bo‘lgan. Eng qadimgi akula qoldiqlari taxminan 450 million yil oldinga borib taqaladi. Birinchi daraxtlar esa bundan atigi 350 million yil oldin o‘sib chiqqan


@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰2😁2👏1