CardioScope
163 subscribers
240 photos
1 video
4 links
🫀 Inson salomatligini himoya qilishga bag‘ishlangan ta’lim platformasi.

🔷Murojaat: @cardioscope_admin

Bizni kuzatib boring:

📌Instagram:

https://www.instagram.com/cardio_scope/
Download Telegram
#kundalik_faktlar

💤 Uyqu kelmayaptimi? 4-7-8 qoidasi!
Agar tunda yotogʻingizda u yoqdan-bu yoqqa ag‘darilib uxlolmayotgan bo‘lsangiz, buni sinab ko‘ring: 4 soniya davomida burundan nafas oling, nafasni ichingizda 7 soniya ushlab turing va 8 soniya davomida og‘izdan sekin chiqarib yuboring. Buni 3-4 marta takrorlasangiz, yurak urishi sekinlashadi, o‘pka kislorodga to‘yadi va miyaga "hamma narsa tinch, uxlash kerak" degan signal boradi.



@CardioScope bilan birga oʻrganing 🩺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🥰2👏1
#kundalik_faktlar

To‘g‘ri o‘tirish xotirani yaxshilaydi
Agar biron bir narsani eslay olmayotgan bo‘lsangiz, qomatingizni tik tutib, boshingizni biroz yuqoriga ko‘taring. Qomat rostlanganda miyaga qon borishi 20% ga yaxshilanadi. Psixologlarning aniqlashicha, odam egilib o‘tirganda faqat salbiy va g‘amgin xotiralarni eslaydi, qomatini tik tutganda esa miya ijobiy va kerakli ma’lumotlarni tezroq eslashni boshlaydi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing 🩺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰6👏2😁1
Nordon ta'm sevarlar (O'ychan va tanqidiy fikrlovchi):
Nordon narsalarni (masalan, limon) xush ko'ruvchilar ko'p hollarda siyosat va san'atga qiziquvchi, o'ziga nisbatan talabchan insonlardir. Biroq, haddan tashqari nordonsevarlik ba'zan yuqori xavotirlilik yoki kayfiyatning tez o'zgarishi bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin.


Tushkun achchiq ta'mlar (Kofe va achchiq shokolad):
Qora kofe yoki shakarsiz achchiq mahsulotlarni yaxshi ko'radigan insonlar ba'zida introvert va mustaqil bo'lishadi. Journal of Appetite nashrida chiqqan tadqiqotlarga ko'ra, o'ta achchiq ta'mga bo'lgan moyillik ba'zan qat'iy va murosasiz xarakter belgisi ham hisoblanadi.


Bog'liqlikning sabablari nimada?
Masalan, shokolad yoki shirinlik yeyilganda miyada baxt gormoni — dofamin va serotonin ajralib chiqadi. Tez-tez tushkunlikka tushadigan yoki hissiyotga beriluvchan insonlar ongsiz ravishda shirinlikka intiladi.

Genetika: Ayrim insonlar tug'ma ravishda ta'mlarni o'ta kuchli sezishadi. Bunday insonlar tabiatdan ehtiyotkor va xavotirga moyil bo'lishadi, shu sababli ular o'ta o'tkir yoki notanish ta'mlardan qochishadi.

Davomi bor...👀

@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🥰31
#kundalik_faktlar

Ko‘zingiz doim burningizni ko‘rib turadi 👁️

Ko‘zlaringiz har soniyada burningizni ko‘rib turadi, lekin miyangiz ortiqcha ma’lumot xalaqit bermasligi uchun uni shunchaki "o‘chirib" (filtrlab) tashlaydi. Hozir buni o‘qib, burningizga qarashga urunib ko‘rdingiz, to‘g‘rimi?


@CardioScope bilan birga oʻrganing
😁5🥰31👏1
#kundalik_faktlar

Olma kofedan yaxshiroq uyg‘otadi 🍎

Ertalab uyquni ochish uchun kofe ichish shart emas. Bitta yangi olma tarkibidagi tabiiy shakar va kislotalar miyani kofeinga qaraganda tezroq va sog‘lomroq uyg‘otadi.

@CardioScope bilan birga oʻrganing
5🥰1👏1
Agar sizga hamma ta'mlar birdek yoqsa, bu sizning psixologik va biologik jihatdan juda qiziqarli inson ekanligingizdan dalolat beradi. Psixologiyada bunday insonlarni "universal tatib ko'ruvchilar" yoki "gastronomik diplomatlar" deb ham guruhlash mumkin.
Hamma ta'mlarni birdek xush ko'rish xarakteringiz haqida quyidagi ijobiy jihatlarni bilin oling:
• Moslashuvchanlik: Siz hayotiy o'zgarishlarga va kutilmagan vaziyatlarga juda tez moslashasiz. Atrof-muhit yoki sharoit o'zgarganda stressga tushmaysiz.
Keng dunyoqarash: Yangi g'oyalar, madaniyatlar va tajribalarni qabul qilishga doim tayyorsiz. Konservativ (eskilikparast) emassiz, aksincha, hayotni bor rang-barangligi bilan yaxshi ko'rasiz.
Hissiy muvozanat: Sizda ma'lum bir gormon yoki hissiyotning keskin yetishmovchiligi yo'q. Masalan, faqat shirinlikka o'chlik stressdan, o'ta achchiqqa o'chlik esa adrenalin yetishmasligidan bo'lishi mumkin. Hamma ta'mning balansi — ruhiy xotirjamlik belgisidir.
Kirishuvchanlik: Turli xarakterdagi insonlar bilan oson til topishasiz. Davralarda o'zingizni erkin his qilasiz va murosaga kelishni bilasiz.
5🥰1👏1😁1
#kundalik_faktlar

Aslida 5 ta emas, 20 dan ortiq tuyg‘umiz bor 🧠
Maktabda bizga 5 ta tuyg‘u (ko‘rish, eshitish va h.k.) borligini o‘rgatishgan. Lekin aslida ularning soni 20 dan ko‘p! Masalan: muvozanat hissi, harorat hissi va tana a’zolaringiz qayerda turganini ko‘rmasdan bilish hissi (proprioseptsiya).


@CardioScope bilan birga oʻrganing
4🥰1👏1😁1💊1
#kundalik_faktlar

Kosmosda bo‘yingiz o‘sadi
Agar koinotga uchsangiz, u yerdagi vaznsizlik hisobiga umurtqa pog‘onangiz kengayadi va bo‘yingiz birdan 3-5 sm ga uzayadi. Yerga qaytgach esa gravitatsiya sizni yana joyingizga qaytarib qo‘yadi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
3🔥2🥰1👏1💊1
🧐 Nega bizda appendiks bor?

Ko‘pchilik appendiksni keraksiz a’zo deb o‘ylaydi. Ammo zamonaviy tadqiqotlar uning organizmda ma’lum vazifalari borligini ko‘rsatmoqda.

📍 Appendiks nima?
Appendiks — yo‘g‘on ichakning boshlanish qismiga birikkan, uzunligi odatda 5–10 sm bo‘lgan kichik naychasimon a’zo.

🦠 Foydali bakteriyalar uchun “omborhisoblanadi
Olimlarning fikricha, appendiks ichakdagi foydali bakteriyalar uchun xavfsiz joy vazifasini bajaradi. Masalan, kuchli ich ketishi yoki ayrim infeksiyalar paytida ichakdagi ko‘plab bakteriyalar yo‘qolib ketishi mumkin. Shunda appendiksda saqlanib qolgan foydali bakteriyalar ichak mikroflorasini qayta tiklashga yordam beradi.


🛡 Immun tizimida ham ishtirok etadi
Appendiks tarkibida limfoid to‘qimalar mavjud. Bu to‘qimalar immun hujayralarining shakllanishi va faoliyatida qatnashadi, ayniqsa bolalik davrida.

🤔 Unda nega appendiksni olib tashlash mumkin?
Chunki uning vazifalari hayot uchun mutlaqo zarur emas. Appendiks olib tashlanganidan keyin ham organizm odatda normal faoliyatini davom ettira oladi.


📚 Qiziqarli fakt
Bir vaqtlar appendiks evolyutsiya jarayonida o‘z vazifasini yo‘qotgan “qoldiq a’zo” deb hisoblangan. Hozir esa olimlar uning immunitet va ichak mikroflorasini saqlashdagi ehtimoliy rolini tan olmoqdalar.

@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏2🥰1😁1
#kundalik_faktlar

Telefonga qarash bo‘yinga 27 kg yuk beradi 📱
Boshingizni 60 darajaga egib, telefonga tikilib o‘tirganingizda, bo‘yin umurtqangizga rosa 27 kg og‘irlik tushadi. Bu bo‘yningizga 7-8 yoshli bolani o‘tqizib qo‘yish bilan barobar! Qomatingizni tik tuting.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1🥰1
#kundalik_faktlar

Ko‘zingizni ochib aksira olmaysiz
Odam aksirayotganda miya ko‘z mushaklariga avtomatik ravishda "yopil" degan buyruq beradi. Bu himoya refleksi bo‘lib, o‘pka orqali chiqadigan kuchli havo bosimidan ko‘z tomirlarini asrash uchun kerak.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
🔥6❤‍🔥1🥰1👏1😁1
#kundalik_faktlar

Chap tomonga qarab yotish jigildon qaynashini kamaytirishi mumkin 🛌
Agar kechasi ovqatdan keyin jigildoningiz qaynayotgan bo‘lsa, chap tomoningizga qarab yotib ko‘ring. Oshqozon tananing chap tomonida joylashgani sababli, bu holatda oshqozon kislotasining qizilo‘ngachga qayta chiqishi qiyinlashadi. O‘ng tomonga yotganda esa, aksincha, kislota yuqoriga ko‘tarilishi osonroq bo‘lishi mumkin.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
🥰4😁3
#kundalik_faktlar

Tirnoqlar yozda tezroq o‘sadi 💅
Qo‘l tirnoqlari qishga qaraganda yozda tezroq o‘sadi. Sababi esa, issiq havoda qon aylanishi yaxshilanadi va tirnoq ildizlariga ko‘proq ozuqa moddalari yetib borashidir. Qizig‘i, eng ko‘p ishlatadigan qo‘lingizning (masalan, o‘ng qo‘l) tirnoqlari tezroq o‘sadi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🥰2👏2
#kundalik_faktlar

Chaynash miyani uyg‘otadi 🧠
Agar mashina haydayotganda yoki darsda uyqungiz kelsa, shunchaki saqich chaynang. Chaynash harakati miyadagi qon aylanishini kuchaytiradi, koʻproq kislorod yetkazib beradi va uni faol holatga keltiradi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2😁2
#kundalik_faktlar

Ko‘k ko‘zli odamlarning ajdodi bitta 👁
Dunyodagi barcha ko‘k ko‘zli insonlar (ular qayerda yashashidan qat’i nazar) bundan taxminan 6 000 - 10 000 yil oldin yashagan bitta umumiy ajdoddan tarqalgan. Aynan o‘sha insonda birinchi marta jigarrang ko‘zni ko‘kka aylantiruvchi genetik mutatsiya paydo bo‘lgan.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3😁2🥰1
#kundalik_faktlar

Soch va tirnoqlar o‘limdan keyin ham o‘sadi💅
Bu shunchaki dahshatli optik illyuziya. Odam vafot etganidan keyin uning tanasi suvsizlanadi va terisi keskin tortilib, kichrayadi. Teri tortilishi hisobiga soch ildizlari va tirnoqlar go‘yo o‘sib chiqqandek uzunroq ko‘rinadi. O‘lik tanada yangi hujayra hosil bo‘lishi yaʼni oʻsishi imkonsiz.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4🔥1🥰1
#kundalik_faktlar

Sigaret pachtasidagi "Dahshatli" suratlar teskari taʼsir qiladi 🚬
Neyromarketing tadqiqotlariga ko‘ra, sigaret qutisidagi kasalliklar haqidagi  rasmlar odamni chekishdan to‘xtatmaydi. Aksincha, u kashandalarda kuchli stress uyg‘otadi va miya o‘sha stressni bosish uchun yana sigaret chekishni talab qila boshlaydi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2💊2🥰1👏1
#kundalik_faktlar
Ko‘zlarimiz rasmga olganda 576 Megapiksel 📸
Agar inson ko‘zini raqamli kamera bilan solishtirsak, uning o‘lchamlari roppa-rosa 576 megapikselga teng bo‘ladi. Eng qimmat smartfonlar ham ko‘zimiz beradigan tiniqlik va ranglar chuqurligiga hali yetib kelgani yo‘q.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
👃 Nega ovqatning hidi uning ta'mini o'zgartiradi? (1-qism)

🌬️ Ortonazal hid bilish nima?
Ko'pchiligimiz ovqatning ta'mini faqat tilimiz sezadi deb o'ylaymiz. Aslida esa, ta'mni his qilishda burun ham til kabi muhim rol o'ynaydi.
Ovqatni hali og'izga solmasingizdan oldin uning hid molekulalari nafas olayotganingizda burun orqali hid retseptorlariga yetib boradi. Ushbu jarayon ortonazal hid bilish deb ataladi ("orto" – to'g'ridan-to'g'ri, "nazal" – burunga oid).

Burundagi millionlab retseptorlar bu molekulalarni aniqlaydi va signallarni miyaga yuboradi. Miya esa ularni oldingi tajribalaringiz bilan taqqoslab, "Bu yangi pishgan non", "Bu qahva", "Bu limon" kabi xulosaga keladi.

👅 Tilning vazifasi nimadan iborat?
Ko'pchilikni hayratga soladigan fakt shundaki, til ovqatning barcha ta'mlarini ajrata olmaydi. U faqat 5 ta asosiy ta'mni sezadi:
🍬 Shirin
🧂 Sho'r
🍋‍🟩 Nordon
☕️ Achchiq
Masalan, qulupnay va olma ikkalasi ham shirin bo'lishi mumkin. Ammo ularni bir-biridan farqlashimizga aynan hid bilish yordam beradi.

🤧 Nega shamollaganda ovqat "mazasiz" bo'lib qoladi?
Burun bitib qolganida hid molekulalari retseptorlarga yetib bora olmaydi. Natijada til faqat asosiy ta'mlarni sezadi, ammo ovqatning o'ziga xos lazzati yo'qolgandek tuyuladi.
Shu sababli shamollagan paytda sevimli taomingiz ham odatdagidek mazali tuyulmasligi mumkin.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1👏1
#kundalik_faktlar
Tug‘ilgan kuningizni 20 million odam bilan baham ko‘rasiz 🎂
Yer yuzida aholi soni juda ko‘pligi sababli, siz tug‘ilgan kunda dunyoda yana kamida 19-20 million odam o‘z tug‘ilgan kunini nishonlayotgan bo‘ladi.


@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁6👏4👍1🔥1
👃 Ovqatni chaynayotganingizda miyangiz "ta'm" yaratadi

🔄 Retronazal hid bilish nima?
Ovqatni og'izga solib chaynashni boshlaganingizda, undan ajralayotgan hid molekulalari og'izning orqa qismi orqali burun bo'shlig'iga ko'tariladi. Bu jarayon retronazal hid bilish deb ataladi ("retro" – orqadan, "nazal" – burunga oid). Qiziq tomoni shundaki, bu hid ham xuddi tashqaridan hidlagandek o'sha retseptorlar tomonidan qabul qilinadi. Faqat bu safar hid tashqaridan emas, og'iz ichidan keladi.


🧠 Miya ta'mni qanday yaratadi?
Miya bir vaqtning o'zida bir nechta manbadan ma'lumot oladi:
👅 Til – asosiy ta'mlarni sezadi.
👃 Burun – ovqatning hidini aniqlaydi.
🌡️ Harorat – issiq yoki sovuqligini bildiradi.
Tekstura – ovqatning qarsildoq, yumshoq yoki qaymoqsimon ekanini his qiladi.
Miya ushbu ma'lumotlarning barchasini birlashtirib, biz "ta'm" deb ataydigan murakkab hissiyotni hosil qiladi.

🍫 Nega ayrim ovqatlarning ta'mi juda boy tuyuladi?
Masalan, shokolad, qahva yoki vanilda yuzlab turli hid molekulalari mavjud. Ularni aynan retronazal hid bilish orqali sezamiz. Shu sababli bu mahsulotlar juda murakkab va boy ta'mga ega bo'lib tuyuladi.
Buruningizni qisib turib shokolad yeb ko'rsangiz, u odatdagidan ancha oddiy ta'mga ega ekanini sezishingiz mumkin.

Retronazal hid bilish bo'lmaganida, ko'plab sevimli taomlarimizning o'ziga xos lazzati yo'qolgan bo'lardi.
🔥41👍1