#kundalik_faktlar
Jigar inson tanasida o‘zini to‘liq qayta tiklay oladigan yagona a’zo hisoblanadi. Agar jigarning 75% qismi olib tashlansa ham, u bir necha hafta ichida o‘zining asl hajmi va vazniga qayta oladi. Bu xususiyat tabiatda faqat ba’zi kaltakesaklarning dumini qayta o‘stira olishiga o‘xshaydi.
@CardioScope bilan birga o‘rganing

🔥7❤🔥3❤2🕊2🆒2💊2🥰1😁1🏆1
#kundalik_faktlar
Nega inson qoni qizil boʻladi?
Qonimizning qizil rangi gemoglobin tarkibidagi temir sababli bo‘ladi. Temir kislorod bilan reaksiyaga kirishganda oksidlanadi va qizil rang hosil qiladi. Qiziq tomoni shundaki, ayrim o‘rgimchak va mollyuskalarda temir o‘rniga mis mavjud bo‘lgani uchun ularning qoni ko‘k rangda bo‘ladi.

🆒4❤3🔥3👍2❤🔥1😁1🤗1💘1
Odam har kuni ertalab dush qabul qilsa tanasida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Har kuni ertalab dush qabul qilish nafaqat gigiyena, balki organizmning fiziologik va ruhiy holatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu oddiy odat tanani “uyg‘otish” va kunni to‘g‘ri boshlashga yordam beradi.
🚿 Uygʻotadi
🧼 Teri
🧠 Ruhiy holat
💪 Mushaklar
✨ O‘ziga ishonch
⚠️ Muhim eslatma
Juda issiq suvdan tez-tez foydalanish terini quritishi va himoya qatlamini zaiflashtirishi mumkin. Eng to‘g‘ri yo‘l bu iliq suvdan foydalanish va me’yorni saqlash.
@CardioScope bilan birga o‘rganing
Har kuni ertalab dush qabul qilish nafaqat gigiyena, balki organizmning fiziologik va ruhiy holatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu oddiy odat tanani “uyg‘otish” va kunni to‘g‘ri boshlashga yordam beradi.
🚿 Uygʻotadi
Ertalab suvning (ayniqsa iliq yoki biroz sovuqroq) teriga tegishi qon aylanishini tezlashtiradi. Bu miyaga signal yuboradi va organizmni uyqu holatidan faol holatga o‘tkazadi. Natijada odam o‘zini ancha tetik va hushyor his qiladi.
Uyqu davomida teri yuzasida ter, yog‘ va mikroqoldiqlar to‘planadi. Ertalab dush bu qatlamlarni tozalaydi, teri teshiklarini ochadi va terining sog‘lom ko‘rinishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu husnbuzar paydo bo‘lish xavfini ham kamaytirishi mumkin.
Suv tanaga ta’sir qilganda asab tizimi faollashadi va stress darajasi pasayadi. Iliq dush tinchlantiruvchi ta’sir bersa, sovuqroq suv endorfin ajralishini kuchaytirib, kayfiyatni ko‘taradi va energiya beradi.
Uyqudan keyin mushaklar biroz tarang va sust bo‘ladi. Dush qon aylanishini yaxshilab, mushaklarni bo‘shashtiradi va harakatni yengillashtiradi. Bu ayniqsa faol kun yoki sport uchun foydali.
Ertalab dush qabul qilish kundalik tartibni shakllantiradi va shaxsiy gigiyenaga e’tiborni oshiradi. Bu esa o‘z navbatida o‘ziga bo‘lgan ishonch va tashqi ko‘rinishdan qoniqish hissini kuchaytiradi.
Juda issiq suvdan tez-tez foydalanish terini quritishi va himoya qatlamini zaiflashtirishi mumkin. Eng to‘g‘ri yo‘l bu iliq suvdan foydalanish va me’yorni saqlash.
@CardioScope bilan birga o‘rganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6🎉3💯3😁2❤🔥1❤1🤗1🆒1
#kundalik_faktlar
Nega tirsagimizni urganimizda "to'k urgandek" tuyiladi?
Tirsagingizni qattiq narsaga urib olganingizda, butun qo‘lingiz bo‘ylab “elektr to'ki” o‘tgandek hissiyot paydo bo‘ladi. Aslida bu suyak emas, balki nerv bilan bog‘liq holat hisoblanadi. Tanadagi ko‘pchilik nervlar mushak va suyaklar orasida himoyalangan bo‘ladi, lekin tirsak qismida ular teriga juda yaqin joylashgan boʻladi. Shu sababli tirsak urilganda nerv suyakka qisiladi va miyaga kuchli signal yuboradi. Natijada esa qoʻlingiz bo‘ylab achishish yoki “to'k urgandek” hissiyotni sezasiz

⚡5🔥5🤗2❤🔥1🥰1🙏1🆒1
#kundalik_faktlar
🧠Miyadagi tok quvvati nima ekanligini bilasizmi?
Lampochka quvvati: Uyg'oq miya kichik bir lampochkani yoqishga yetadigan (taxminan 20 vatt) energiya ishlab chiqaradi.

❤5👍3👏2❤🔥1😁1🆒1
#kundalik_faktlar
Inson — dunyodagi eng chidamli mavjudot
@CardioScope bilan birga o‘rganing
Inson — dunyodagi eng chidamli mavjudot
Tezlik borasida inson ko'plab hayvonlarga (masalan, gepardga) yutqazishi mumkin, lekin uzoq masofaga yugurishda bizga teng keladigani yo'q. Bizning tanamizdagi millionlab ter bezlari va junning yo'qligi bizga harakat davomida tanani sovutish imkonini beradi. Qadimda ajdodlarimiz kiyiklarni tezlikda emas, balki ularni charchatish (kiyik issiqdan hushidan ketgunicha quvib borish) orqali ovlashgan.
@CardioScope bilan birga o‘rganing
❤5🔥4❤🔥1🥰1😁1🆒1
#kundalik_faktlar
Nega qon tahlili nomsiz barmog'imizdan olinadi?
@CardioScope bilan birga o‘rganing
Nega qon tahlili nomsiz barmog'imizdan olinadi?
Nega qon tahlili uchun ko'pincha aynan nomsiz barmoq tanlanadi? Birinchidan, bu barmoq ko'rsatkich yoki o'rta barmoqqa qaraganda kamroq ishlatiladi, demak undagi jarohat tezroq bitadi. Ikkinchidan, nomsiz barmoqning terisi yupqaroq va nervlari biroz kamroq boʻladi, shuning uchun kamroq og'riqni his qilamiz. Eng muhimi, nomsiz barmoqning ichki qismlari bilak bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lanmagan (masalan, jimjiloq va bosh barmoqdan farqli o'laroq), bu esa tasodifiy infeksiya tarqalish xavfini kamaytiradi.
@CardioScope bilan birga o‘rganing
🔥6👍2❤1🥰1😁1🆒1
Ko‘pchilik o‘ylaydi: "Texnologiya rivojlangan davrda nega hanuz saratonga to‘liq davo topilmagan?" Aslida saraton bitta kasallik emas. U organizmdagi oddiy hujayralarning nazoratdan chiqib ketishi natijasida yuzaga keladigan juda murakkab kasalliklar guruhidandir. Shu sababli uni davolash juda qiyin hisoblanadi.
Organizmdagi hujayralar odatda ma’lum tartibda o‘sadi va nobud bo‘ladi.Lekin ba’zi hujayralar mutatsiyaga uchrab:
• to‘xtovsiz ko‘payishni boshlaydi
• organizm buyruqlariga bo‘ysunmaydi
• sog‘lom to‘qimalarga zarar yetkazadi
Shu hujayralar yig‘ilib o‘sma hosil qiladi.
• Saratonning 100 dan ortiq turi mavjud. Har birining rivojlanishi va davolanishi boshqacha boʻladi.
• Saraton hujayralari "yashirina" oladi va immun tizimi ularni ba’zida oddiy hujayra deb hisoblaydi.
• U juda tez mutatsiyaga uchrab, koʻp o‘zgaradi va ayrim dorilarga chidamli bo‘lib qolishi mumkin.
• Kech aniqlanishi mumkin chunki ba’zi saraton turlari uzoq vaqt hech qanday belgi bermaydi.
• Erta aniqlangan saratonning davolanish ehtimoli ancha yuqori
• Ba’zi saraton turlarini bugungi kunda to‘liq davolasa boʻladi
• Sog‘lom turmush tarzi xavfini kamaytirishga yordam beradi
• Olimlar har yili yangi davolash usullarini ishlab chiqmoqda
@CardioScope bilan birga o‘rganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤1👍1🥰1👏1😁1🆒1
#kundalik_faktlar
DNK zanjirining uzunligi
@CardioScope bilan birga o‘rganing
DNK zanjirining uzunligi
Agar tanangizdagi atigi bitta hujayra ichidagi DNK zanjirini to‘liq yoyib chiqsangiz, uning uzunligi taxminan 2 metrni tashkil qiladi. Agar tanangizdagi barcha (trillionlab) hujayralardagi DNK zanjirlarini bir-biriga ulab chiqsangiz, hosil bo‘lgan ip Yer sharidan Quyoshgacha borib, yana ortga qaytishga yetadi!
@CardioScope bilan birga o‘rganing
🔥4🥰4❤2😁2👍1💯1🆒1
#kundalik_faktlar
Nega barmoqlarimiz suvda uzoq tursa burishib qoladi?
@CardioScope bilan birga o‘rganing
Nega barmoqlarimiz suvda uzoq tursa burishib qoladi?
Ko‘pchilik buni teri shunchaki suvni o‘ziga shimib shishganidan deb o‘ylaydi. Biroq, nevrologik tadqiqotlar bu avtonom asab tizimining faol reaksiyasi ekanini isbotlaydi. Agar barmoq nervlari kesilsa, terining burishishi to‘xtaydi. Evolyutsiya davomida bu xususiyat inson suv ostidagi ho‘l narsalarni yoki oziq-ovqatlarni sirpanib ketmasdan, mahkamroq ushlay olishi uchun moslashgan.
@CardioScope bilan birga o‘rganing
🔥8🆒2❤1👍1
Nega o‘smirlar kunduzi juda uyqusirab yuradi?
Ko‘pchilik o‘smirlarni telefonda o‘tirib kech uxlaydi, shuning uchun ertalab xushyor va dadil bo‘la olmaydi deb o‘ylaydi, lekin aslida buning sababi faqat telefonlarda emas. O‘smirlik davrida miya va organizm katta o‘zgarishlardan o‘tadi va bu uyqu rejimiga bevosita ta’sir qiladi.
🧠 O‘smir miyasi nega boshqacha ishlaydi?
Qiziq tomoni shundaki, o‘smir miyasi hali to‘liq shakllanmagan hisoblanadi. Shu tufayli:
• qaror qabul qilish
• hissiyotlarni boshqarish
• diqqatni jamlash
uchun javob beradigan qismlar hali ham rivojlanishda davom etadi.
😵💫 Nega ertalab maktabda juda qiynalishadi?
@CardioScope bilan birga o‘rganing
Ko‘pchilik o‘smirlarni telefonda o‘tirib kech uxlaydi, shuning uchun ertalab xushyor va dadil bo‘la olmaydi deb o‘ylaydi, lekin aslida buning sababi faqat telefonlarda emas. O‘smirlik davrida miya va organizm katta o‘zgarishlardan o‘tadi va bu uyqu rejimiga bevosita ta’sir qiladi.
Rivojlanish davrida organizmning biologik soati o‘zgaradi. Uyqu uchun javob beradigan melatonin gormoni bolalardagiga qaraganda kechroq ishlab chiqarila boshlaydi. Shu sabab:
• o‘smirlarning kechasi uxlagisi kelmaydi
• ertalab uyg‘onish qiyinlashadi
• miya ertalab to‘liq ishga tushishga ulgurmaydi
Qiziq tomoni shundaki, o‘smir miyasi hali to‘liq shakllanmagan hisoblanadi. Shu tufayli:
• qaror qabul qilish
• hissiyotlarni boshqarish
• diqqatni jamlash
uchun javob beradigan qismlar hali ham rivojlanishda davom etadi.
Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlarning biologik soati kattalarnikidan ancha farq qiladi. Ularning miyasi tabiiy ravishda kechroq faol bo‘ladi. Shu sabab juda erta uyg‘onish organizm qiynalishiga olib kelishi mumkin
@CardioScope bilan birga o‘rganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰5😁4👏3🆒3🤝2❤1
#kundalik_faktlar
Sochning qanchalik mustahkam ekanligini bilasizmi?
Bir dona sog‘lom soch tolasi 100 grammgacha bo‘lgan og‘irlikni (masalan, bitta olma yoki kichikroq shokoladni) ko‘tara oladi. Agar insonning boshidagi barcha soch tolalarini birlashtirib arqon qilinsa, u taxminan 12 tonna yoki ikkita filning vazniga bardosh berishi mumkin.

🔥4😁4👏3😴2🆒2❤1🥰1💯1
#kundalik_faktlar
@CardioScope bilan birga o‘rganing
Suyaklar almashinuvi: Chaqaloqlar 300 ta suyak bilan tug'iladi, ulg'aygach esa ular birlashib, 206 tani tashkil etadi. Har 10 yilda tanamizdagi suyaklar to'liq yangilanadi.
@CardioScope bilan birga o‘rganing
🔥6⚡2❤2🥰1👏1😁1💯1🆒1
#kundalik_faktlar
@CardioScope bilan birga õrganing!
Inson tanasidagi barcha qon tomirlari bir qatorga chõzilsa, ularning umumiy uzunligi taxminan 96.000 kilometrdan oshadi. Bu esa Erni ekvator bõylab ikki martadan kõproq aylanib útishga teng degani!
@CardioScope bilan birga õrganing!
🔥4❤2⚡1💯1🆒1
Assalomu alaykum azizlar!
Cardioscope jamoasi nomidan barchangizni Qurbon Hayiti ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Ushbu muborak kun xonadonlaringizga fayz-u baraka, qalblaringizga esa tinchlik va xotirjamlik olib kelsin. Hayit ayyomi mehr-oqibat, saxovat va insoniylik qadri yanada kuchayadigan eng go‘zal kunlardan biridir.
@CardioScope

Yaqinlaringiz davrasida quvonchli lahzalar ko‘payib, har bir qilgan ezgu niyatingiz o‘zingiz kutmagan paytlarda amalga oshsin.💫
@CardioScope
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥7❤3👏2⚡1🥰1😁1💯1🤗1
#kundalik_faktlar
Nega ba'zan tushimizda balandlikdan yiqilib, birdan cho‘chib uyg‘onamiz?
@CardioScope bilan birga oʻrganing!
Nega ba'zan tushimizda balandlikdan yiqilib, birdan cho‘chib uyg‘onamiz?
Uyquga ketayotganda tanangiz birdan silkinib, go‘yo yiqilib tushayotgandek uyg‘onib ketishingiz "gipnik silkinish" deyiladi. Siz haddan tashqari charchaganingizda, yurak urishi va nafas olish juda keskin sekinlashadi. Miyangiz buni "tana o‘lyapti" deb noto‘g‘ri tushunadi va sizni qutqarish uchun mushaklarga kuchli elektr impulsi (shok) yuboradi. Ya'ni, miyangiz sizni omon saqlash uchun beixtiyor elektr toki bilan uyg‘otadi.
@CardioScope bilan birga oʻrganing!
❤4🔥3😁2🤗2👍1💯1🆒1
#kundalik_faktlar
Nega soatga qaraganingizda birinchi soniya o‘ta uzoq cho‘zilgandek tuyuladi?
@CardioScope bilan birga oʻrganing
Nega soatga qaraganingizda birinchi soniya o‘ta uzoq cho‘zilgandek tuyuladi?
Hech e'tibor berganmisiz, soniya ko‘rsatkichli soatga birdan qaraganingizda, birinchi soniya go‘yo to‘xtab qolgandek, keyingilari esa odatdagidek tezlashgandek tuyuladi? Bu optik illyuziya bo‘lib, "Xronostaz" deyiladi. Ko‘zingiz bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko‘chayotganda, miya tasvirlar xiralashib ketmasligi uchun o‘sha harakat soniyalarini xotiradan o‘chirib tashlaydi va siz ko‘rib turgan birinchi aniq tasvirni o‘sha bo‘sh qolgan vaqtga uzaytirib qo‘yad
@CardioScope bilan birga oʻrganing
🔥4😁4🆒2❤1👍1🤝1
Darsda, uchrashuvda yoki jimjit xonada qorningiz birdan g‘urillab ketganmi?
Qoringizdan chiqadigan o‘sha g‘alati tovushning ilmiy nomi borborygmi. Bu aslida ovqat hazm qilish tizimingizning tabiiy ishlash ovozi hisoblanadi.
⚙️ Qanday sodir bo‘ladi?
Sizning hazm qilish tizimingiz doimo harakatda bo‘ladi. U peristaltika deb ataladigan jarayon orqali ovqat, suyuqlik va gazlarni ichak bo‘ylab harakatlantiradi. Bu jarayon to‘lqinsimon qisqarish va bo‘shashishlar orqali amalga oshadi. Oshqozon va ichaklarda ovqat, yutilgan havo hamda ichak bakteriyalari hosil qilgan gazlar birgalikda harakatlanadi. Ular tor joylardan o‘tayotganda havo pufakchalari yoriladi va suyuqliklar siljiydi. Natijada siz eshitadigan tovush paydo bo‘ladi
🍽️ Ovqatdan keyin nega eshitiladi?
Ovqat yegandan so‘ng ichaklar yanada faol ishlaydi. Odatda tovush biroz pasayadi, chunki ovqat ichkaridagi harakatlar natijasida hosil bo‘lgan tovushlarni qisman yutib yuboradi.
Agar baribir g‘urillash eshitilsa, bu ko‘pincha tez ovqat yeyish (ko‘proq havo yutishga olib keladi), gazli ichimliklar iste’mol qilish yoki gaz ko‘p hosil qiladigan mahsulotlarni yeyish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Qorin bo‘sh bo‘lganda organizm Migratsion motor kompleks deb ataladigan “tozalash rejimi”ga o‘tadi. Bu jarayon taxminan har 1–2 soatda ichaklarni qoldiq ovqat va boshqa moddalardan tozalab turadi. Ovqat bo‘lmagani sababli tovushlarni yutib yuboradigan muhit ham bo‘lmaydi. Shu sababli ichaklardagi tovushlar aks-sado berib, yanada balandroq va aniqroq eshitiladi.
@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3🥰3😁2💯1🤝1
#kundalik_faktlar
Qaynoq suv sovug'idan tezroq muzlaydi❄️
@CardioScope bilan birga oʻrganing🩺
Qaynoq suv sovug'idan tezroq muzlaydi
Agar siz muzlatgichga bir vaqtda qaynoq suv va muzday suvni qo'ysangiz, qaynoq suv birinchi bo'lib muzga aylanadi! Bu hodisa "Mpemba effekti" deyiladi va olimlar hali ham uning aniq sababi ustida urishishmoqda.
@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤3😁3👍2👏1🤝1
#kundalik_faktlar
Koalalar sizni jinoyatchiga aylantirib qo‘yishi mumkinmi?🐨
@CardioScope bilan birga oʻrganing🩺
Koalalar sizni jinoyatchiga aylantirib qo‘yishi mumkinmi?
Koalalarning barmoq izlari inson barmoq izlariga juda o‘xshash. Hatto mikroskop ostida ham ularni bir-biridan ajratish qiyin bo‘lishi mumkin. Shu sababli, agar jinoyat joyida tasodifan koala kelib qolsa, kriminalistlar barmoq izlarini tahlil qilishda biroz qiynalishlari mumkin.
@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥2👍1🥰1😁1🤝1
#kundalik_faktlar
🍌 Banan kayfiyatni ko‘tara olishini bilarmidingiz?
@CardioScope bilan birga o‘rganing🩺
Agar kayfiyatingiz tushib ketgan bo‘lsa, bir dona banan yeyish yomon fikr emas. Banan tarkibida triptofan va B6 vitamini mavjud. Bu moddalar organizmga serotonin ishlab chiqarishda yordam beradi. Serotonin esa kayfiyat, uyqu va umumiy ruhiy holatga ta’sir qiluvchi muhim moddalardan biridir. Shu sababli, banan iste’mol qilganingizdan so‘ng o‘zingizni biroz yaxshiroq his qilishingiz mumkin
@CardioScope bilan birga o‘rganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤2⚡1👍1😁1