#daily_fact
💬 Chap o‘pkangiz o‘ng o‘pkangizdan kichikroq ekanini bilarmidingiz? Buning sababi juda oddiy: yurak ko‘krak qafasining o‘rtasida joylashgan bo‘lsa-da, uning katta qismi chap tomonga yo‘nalgan. Shunin uchun chap o‘pka yurak uchun joy bo‘shatgan.
@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.

🔥6👍4🥰2
#daily_fact
💬 Tadqiqotlarga ko‘ra, insonning qo‘l siqish kuchi uning yurak salomatligi bilan bog‘liq. Qo‘l siqish kuchi zaiflashishi kelajakda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfining bilvosita belgisi bo‘lishi mumkin.

⚡5🔥5❤3👍1👏1
#daily_fact
💬 Otlarning yurak urishi ularga yaqin turgan insonning yurak urish tezligiga moslashishi isbotlangan. Shuning uchun ham otlar bilan muloqot qilish inson ruhiyati va yuragi uchun tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

❤6👍2🔥2🎉2
#daily_fact
💬 Olimlar inson yuragida ham hid bilish retseptorlari borligini aniqlashgan! Albatta, yurak miya kabi hidni sezmaydi, lekin qondagi ba’zi kimyoviy moddalarni o‘sha retseptorlar orqali aniqlab, o‘z ish maromini o‘zgartirishi mumkin.

❤5🔥4👏2
#daily_fact
💬 Tish milki kasalliklari va yurak xuruji o‘rtasida bevosita bog‘liqlik bor. Og‘iz bo‘shlig‘idagi zararli bakteriyalar qon oqimiga tushib, yurak klapanlariga yetib borishi va yallig‘lanish (endokardit) keltirib chiqarishi mumkin. Yuragingiz sog‘lom bo‘lishini xohlasangiz, tishlaringizni asrang!

🔥6❤4🥰3👍1
#daily_fact
💬 Uyqu yetishmasligi yurak urish tezligining o‘zgaruvchanligiga salbiy ta’sir qiladi. Kuniga 6 soatdan kam uxlaydigan odamlarda yurak xastaliklari xavfi muntazam uxlaydiganlarga nisbatan 2 barobar yuqori bo‘lishi mumkin. Uyqu — yurakning qayta tiklanish vaqti hisoblanadi.

⚡7👍4💘1
Forwarded from Edu Grands
CardioScope loyihasi jamoasiga qo‘shilish imkoniyati
Davlat: O‘zbekiston🇺🇿
Dastur shakli: Offline/Online
Yosh toifasi: 14-20
Inson salomatligiga qaratilgan uzoq muddatli ilmiy-ijtimoiy loyiha. Jamoa a'zolari shifoxonalar va qariyalar uylariga tashrif buyurgan holda turli xil salomatlik ishlarini olib borishadi.
➡️ Imtiyozlar:
- Jamoa bilan ishlash va tadbirlar tashkil qilish imkoniyati
- CV hamda universitet arizalari uchun kuchli portfolio
- Sertifikat va faoliyat bo‘yicha rasmiy tavsiyanoma
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Havola
📌 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 20-mart
⚡️ @EduGrandsUz
Davlat: O‘zbekiston
Dastur shakli: Offline/Online
Yosh toifasi: 14-20
Inson salomatligiga qaratilgan uzoq muddatli ilmiy-ijtimoiy loyiha. Jamoa a'zolari shifoxonalar va qariyalar uylariga tashrif buyurgan holda turli xil salomatlik ishlarini olib borishadi.
- Jamoa bilan ishlash va tadbirlar tashkil qilish imkoniyati
- CV hamda universitet arizalari uchun kuchli portfolio
- Sertifikat va faoliyat bo‘yicha rasmiy tavsiyanoma
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9❤3😁1
#kundalik_faktlar
Nega barmoq izlarimiz bor?
Barmoq uchidagi mayda chiziqlar (papillyar chiziqlar) bizga narsalarni ushlaganda ishqalanish kuchini oshirish uchun kerak. Agar barmoqlarimiz silliq bo‘lganda, ho‘l narsalarni ushlash imkonsiz bo‘lardi. Qizig‘i shundaki, koalalar ham xuddi insonnikiga o‘xshash barmoq izlariga ega.
@CardioScope bilan birga o‘rganing

❤🔥8😁3😇3⚡2❤2👍2🆒2🥰1🤗1💘1
#kundalik_faktlar
Agar insonning ikkala o‘pkasini yoyib chiqilsa, ularning umumiy yuzasi taxminan tennis kortining maydoniga (taxminan 70-100 kvadrat metr) teng bo‘ladi.

❤🔥5🔥5❤4⚡3🆒2
#kundalik_faktlar
Uyalganda yuzi qizaradigan insonlarni bilasizmi?🤭
Ular uyalganda oshqozonlari ham qizaradi. Gap shundaki inson uyalganda yoki kuchli hayajonlanganda, organizmda adrenalin gormoni miqdori keskin ortadi.Bu gormon ta’sirida butun tanada qon tomirlari kengayadi va qon oqimi tezlashadi.Yuz terisi kabi oshqozonning ichki shilliq qavati ham mayda qon tomirlariga boy bo‘lgani uchun, u ham ko'p qon kelishi natijasida qizaradi.

😁6❤5❤🔥4🔥4🫡3💘3👍2😇2🆒2🥰1💊1
#kundalik_faktlar
Inson tanasidagi eng katta organ bu teri hisoblanadi.
U nafaqat bizni tashqi muhitdan himoya qiladi, balki haroratni tartibga solish, suv balansini saqlash va hatto immun tizimda ishtirok etish kabi muhim vazifalarni ham bajaradi. Ko‘pchilik uni oddiy “qoplama” deb o‘ylaydi, lekin aslida u juda faol va murakkab organ.

🔥4🆒3❤2❤🔥1⚡1😁1🕊1🤗1
#kundalik_faktlar
Nega tushda hid bilmaymiz?🧐
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson chuqur uyqu paytida hidlarni umuman sezmaydi. Hatto juda o‘tkir hidlar (masalan, tutun hidi) ham bizni uyg‘ota olmaydi. Shuning uchun ham yong‘in detektorlari tovushli signal berishi shart. Miya uyqu paytida hid bilish markazini deyarli "o‘chirib" qo‘yadi, lekin tovush va teginishga javob qaytaradi
@CardioScope bilan birga o‘rganing
Nega tushda hid bilmaymiz?
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson chuqur uyqu paytida hidlarni umuman sezmaydi. Hatto juda o‘tkir hidlar (masalan, tutun hidi) ham bizni uyg‘ota olmaydi. Shuning uchun ham yong‘in detektorlari tovushli signal berishi shart. Miya uyqu paytida hid bilish markazini deyarli "o‘chirib" qo‘yadi, lekin tovush va teginishga javob qaytaradi
@CardioScope bilan birga o‘rganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥4🔥4👏3👍2🏆2🆒2⚡1💘1
Shokoladning ham foydali tomonlari borligini bilasizmi?
🍫 Qora shokolad (kamida 70% kakao) me’yorida iste’mol qilinganda organizm uchun foydali bo‘lishi mumkin.
🫀 Yurak-qon tomir tizimi
🧠 Miya
😔 Foydali moddalar
💊 Antioksidant ta’siri
🔋 Energiya manbai
@CardioScope bilan birga oʻrganing
◉ qon aylanishini yaxshilaydi
◉ qon bosimini me’yorga keltirishga yordam beradi
◉ yurakka tushadigan yukni kamaytiradi
◉ miyaga qon oqimini yaxshilaydi
◉ xotirani qo‘llab-quvvatlaydi
◉ stressni kamaytiradi
◉ kayfiyatni ko‘taradi
◉ magniy, temir, rux (sink), kaliy manbai
◉ B va E vitaminlariga boy
◉ erkin radikallarga qarshi kurashadi
◉ hujayralarni himoya qiladi
◉ qarish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradi
◉ organizmga tez energiya beradi
◉ charchoqni kamaytirishga yordam beradi
@CardioScope bilan birga oʻrganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7❤🔥4❤2👏2😁2🤝2🤗2💯1
#kundalik_faktlar
Jigar inson tanasida o‘zini to‘liq qayta tiklay oladigan yagona a’zo hisoblanadi. Agar jigarning 75% qismi olib tashlansa ham, u bir necha hafta ichida o‘zining asl hajmi va vazniga qayta oladi. Bu xususiyat tabiatda faqat ba’zi kaltakesaklarning dumini qayta o‘stira olishiga o‘xshaydi.

🔥7❤🔥3❤2🕊2🆒2💊2🥰1😁1🏆1
#kundalik_faktlar
Nega inson qoni qizil boʻladi?
Qonimizning qizil rangi gemoglobin tarkibidagi temir sababli bo‘ladi. Temir kislorod bilan reaksiyaga kirishganda oksidlanadi va qizil rang hosil qiladi. Qiziq tomoni shundaki, ayrim o‘rgimchak va mollyuskalarda temir o‘rniga mis mavjud bo‘lgani uchun ularning qoni ko‘k rangda bo‘ladi.

🆒4❤3🔥3👍2❤🔥1😁1🤗1💘1
Odam har kuni ertalab dush qabul qilsa tanasida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Har kuni ertalab dush qabul qilish nafaqat gigiyena, balki organizmning fiziologik va ruhiy holatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu oddiy odat tanani “uyg‘otish” va kunni to‘g‘ri boshlashga yordam beradi.
🚿 Uygʻotadi
🧼 Teri
🧠 Ruhiy holat
💪 Mushaklar
✨ O‘ziga ishonch
⚠️ Muhim eslatma
Juda issiq suvdan tez-tez foydalanish terini quritishi va himoya qatlamini zaiflashtirishi mumkin. Eng to‘g‘ri yo‘l bu iliq suvdan foydalanish va me’yorni saqlash.
@CardioScope bilan birga o‘rganing
Har kuni ertalab dush qabul qilish nafaqat gigiyena, balki organizmning fiziologik va ruhiy holatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu oddiy odat tanani “uyg‘otish” va kunni to‘g‘ri boshlashga yordam beradi.
🚿 Uygʻotadi
Ertalab suvning (ayniqsa iliq yoki biroz sovuqroq) teriga tegishi qon aylanishini tezlashtiradi. Bu miyaga signal yuboradi va organizmni uyqu holatidan faol holatga o‘tkazadi. Natijada odam o‘zini ancha tetik va hushyor his qiladi.
Uyqu davomida teri yuzasida ter, yog‘ va mikroqoldiqlar to‘planadi. Ertalab dush bu qatlamlarni tozalaydi, teri teshiklarini ochadi va terining sog‘lom ko‘rinishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu husnbuzar paydo bo‘lish xavfini ham kamaytirishi mumkin.
Suv tanaga ta’sir qilganda asab tizimi faollashadi va stress darajasi pasayadi. Iliq dush tinchlantiruvchi ta’sir bersa, sovuqroq suv endorfin ajralishini kuchaytirib, kayfiyatni ko‘taradi va energiya beradi.
Uyqudan keyin mushaklar biroz tarang va sust bo‘ladi. Dush qon aylanishini yaxshilab, mushaklarni bo‘shashtiradi va harakatni yengillashtiradi. Bu ayniqsa faol kun yoki sport uchun foydali.
Ertalab dush qabul qilish kundalik tartibni shakllantiradi va shaxsiy gigiyenaga e’tiborni oshiradi. Bu esa o‘z navbatida o‘ziga bo‘lgan ishonch va tashqi ko‘rinishdan qoniqish hissini kuchaytiradi.
Juda issiq suvdan tez-tez foydalanish terini quritishi va himoya qatlamini zaiflashtirishi mumkin. Eng to‘g‘ri yo‘l bu iliq suvdan foydalanish va me’yorni saqlash.
@CardioScope bilan birga o‘rganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6🎉3💯3😁2❤🔥1❤1🤗1🆒1
#kundalik_faktlar
Nega tirsagimizni urganimizda "to'k urgandek" tuyiladi?
Tirsagingizni qattiq narsaga urib olganingizda, butun qo‘lingiz bo‘ylab “elektr to'ki” o‘tgandek hissiyot paydo bo‘ladi. Aslida bu suyak emas, balki nerv bilan bog‘liq holat hisoblanadi. Tanadagi ko‘pchilik nervlar mushak va suyaklar orasida himoyalangan bo‘ladi, lekin tirsak qismida ular teriga juda yaqin joylashgan boʻladi. Shu sababli tirsak urilganda nerv suyakka qisiladi va miyaga kuchli signal yuboradi. Natijada esa qoʻlingiz bo‘ylab achishish yoki “to'k urgandek” hissiyotni sezasiz

⚡5🔥5🤗2❤🔥1🥰1🙏1🆒1
#kundalik_faktlar
🧠Miyadagi tok quvvati nima ekanligini bilasizmi?
Lampochka quvvati: Uyg'oq miya kichik bir lampochkani yoqishga yetadigan (taxminan 20 vatt) energiya ishlab chiqaradi.

❤5👍3👏2❤🔥1😁1🆒1
#kundalik_faktlar
Inson — dunyodagi eng chidamli mavjudot
@CardioScope bilan birga o‘rganing
Inson — dunyodagi eng chidamli mavjudot
Tezlik borasida inson ko'plab hayvonlarga (masalan, gepardga) yutqazishi mumkin, lekin uzoq masofaga yugurishda bizga teng keladigani yo'q. Bizning tanamizdagi millionlab ter bezlari va junning yo'qligi bizga harakat davomida tanani sovutish imkonini beradi. Qadimda ajdodlarimiz kiyiklarni tezlikda emas, balki ularni charchatish (kiyik issiqdan hushidan ketgunicha quvib borish) orqali ovlashgan.
@CardioScope bilan birga o‘rganing
❤5🔥4❤🔥1🥰1😁1🆒1
#kundalik_faktlar
Nega qon tahlili nomsiz barmog'imizdan olinadi?
@CardioScope bilan birga o‘rganing
Nega qon tahlili nomsiz barmog'imizdan olinadi?
Nega qon tahlili uchun ko'pincha aynan nomsiz barmoq tanlanadi? Birinchidan, bu barmoq ko'rsatkich yoki o'rta barmoqqa qaraganda kamroq ishlatiladi, demak undagi jarohat tezroq bitadi. Ikkinchidan, nomsiz barmoqning terisi yupqaroq va nervlari biroz kamroq boʻladi, shuning uchun kamroq og'riqni his qilamiz. Eng muhimi, nomsiz barmoqning ichki qismlari bilak bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lanmagan (masalan, jimjiloq va bosh barmoqdan farqli o'laroq), bu esa tasodifiy infeksiya tarqalish xavfini kamaytiradi.
@CardioScope bilan birga o‘rganing
🔥6👍2❤1🥰1😁1🆒1
Ko‘pchilik o‘ylaydi: "Texnologiya rivojlangan davrda nega hanuz saratonga to‘liq davo topilmagan?" Aslida saraton bitta kasallik emas. U organizmdagi oddiy hujayralarning nazoratdan chiqib ketishi natijasida yuzaga keladigan juda murakkab kasalliklar guruhidandir. Shu sababli uni davolash juda qiyin hisoblanadi.
Organizmdagi hujayralar odatda ma’lum tartibda o‘sadi va nobud bo‘ladi.Lekin ba’zi hujayralar mutatsiyaga uchrab:
• to‘xtovsiz ko‘payishni boshlaydi
• organizm buyruqlariga bo‘ysunmaydi
• sog‘lom to‘qimalarga zarar yetkazadi
Shu hujayralar yig‘ilib o‘sma hosil qiladi.
• Saratonning 100 dan ortiq turi mavjud. Har birining rivojlanishi va davolanishi boshqacha boʻladi.
• Saraton hujayralari "yashirina" oladi va immun tizimi ularni ba’zida oddiy hujayra deb hisoblaydi.
• U juda tez mutatsiyaga uchrab, koʻp o‘zgaradi va ayrim dorilarga chidamli bo‘lib qolishi mumkin.
• Kech aniqlanishi mumkin chunki ba’zi saraton turlari uzoq vaqt hech qanday belgi bermaydi.
• Erta aniqlangan saratonning davolanish ehtimoli ancha yuqori
• Ba’zi saraton turlarini bugungi kunda to‘liq davolasa boʻladi
• Sog‘lom turmush tarzi xavfini kamaytirishga yordam beradi
• Olimlar har yili yangi davolash usullarini ishlab chiqmoqda
@CardioScope bilan birga o‘rganing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤1👍1🥰1👏1😁1🆒1