CardioScope
160 subscribers
240 photos
1 video
4 links
🫀 Inson salomatligini himoya qilishga bag‘ishlangan ta’lim platformasi.

🔷Murojaat: @cardioscope_admin

Bizni kuzatib boring:

📌Instagram:

https://www.instagram.com/cardio_scope/
Download Telegram
#daily_fact

💬 Grenlandiya akulasining yuragi dunyodagi eng sekin ishlaydigan yuraklardan biri bo‘lib, u 400 yildan ortiq yashashi mumkin. Uning yuragi daqiqasiga atigi 5-6 marta uradi. Buning asosiy sababi Sekin metabolizmdir. Shuning uchun olimlar uzoq umr ko‘rishning siri sekin harakatda deyishadi. Shunday ekan har bir ishni shoshmasdan hotirjam holatda bajaring

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
👍311🔥1👏1
#daily_fact

💬 Tibbiyotda shunday holatlar bo‘lganki, tana harorati keskin tushib ketgan (gipotermiya) insonlarning yuragi 45 daqiqagacha urishdan to‘xtab, keyin yana qayta ishlab ketgan. Sovuq harorat miya va yurak hujayralarini o‘lishdan saqlab turuvchi holat boʻlgan

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
🔥21👍1👏1🎉1
Yurak tez urishi (Tachycardia) organizmga qanday taʼsir qiladi?

Oddiy holatda inson yuragi daqiqasiga 60–100 marta uradi. Agar yurak bundan tez ura boshlasa, u qon aylanishini samarali bajara olmaydi va tananing bir qancha qismlariga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

🫀 Qon aylanish tizimi
Yurak juda tez urganida, har bir urishda yetarlicha qon chiqarishga ulgurmaydi. Natijada:
◉ qon bosimi pasayadi
◉ organlar va mushaklar yetarli kislorod olmaydi
◉ yurak ortiqcha ishlagani sababli tez toliqadi va zararlanishi mumkin


🧠 Miya va asab tizimi
Tez yurak urishi miya qon bilan yetarli taʼminlanmasligiga olib keladi. Shu sababli:
◉ bosh aylanishi
◉ diqqat jamlash qiyinlashadi
◉ bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi


👀 Ko‘zlarga taʼsiri
Qon bosimining o‘zgarishi ko‘zlarga ham taʼsir qiladi:
◉ ko‘rish xiralashadi
◉ ko‘zda og‘riq yoki bosim hissi paydo bo‘ladi


🫁 Nafas olish tizimi
Yurak tez urganda tana ko‘proq kislorod talab qiladi. Shu sababli:
◉ nafas olish qiyinlashadi
◉ tez charchash hissi paydo bo‘ladi


⚠️ E’tibor bering
Tez yurak urishi quyidagi odamlarda ayniqsa xavfli bo‘lishi mumkin:
◉ yurak kasalligi borlar
◉ yuqori qon bosimi bo‘lganlar
◉ ko‘z kasalliklari (masalan, glaukoma) borlar
◉ qon tomir muammolari mavjud bo‘lganlar


Yurak tez urishi organizmga ortiqcha yuk beradi va kislorod yetishmasligiga olib keladi. Shu sababli, agar yurak tez-tez yoki to‘satdan tez ura boshlasa, buni e’tiborsiz qoldirmaslik va shifokorga murojaat qilish muhim...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3💯2👍1🔥1😁1
#daily_fact

💬 Ideal darajada sog‘lom yurak bir xil maromda urmaydi. Aksincha, urishlar orasidagi vaqt oralig‘i millisekundlarda biroz farq qilib turishi kerak. Agar yurak urishi haddan tashqari "robotdek" aniq va bir xil bo‘lib qolsa, bu organizm kuchli stressda yoki kasal ekanligidan dalolat beradi.

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
3🔥2🥰21👍1
#daily_fact

💬 "Frank belgisi" haqida eshitganmisiz? Agar quloq solinchog‘ida (yumshoq qismida) diagonal chiziq yoki burma bo‘lsa, bu yurakning ishemik kasalligi va tomirlar tiqilib qolganining tashqi belgisi bo‘lishi mumkin. Bu belgi ko‘plab kardiologlar tomonidan yashirin xavf signali sifatida tan olingan.

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
👍53
Yurak sekin urishi (Bradycardia) organizmga qanday taʼsir qiladi?

Oddiy holatda inson yuragi daqiqasiga 60–100 marta uradi.
Agar yurak 60 martadan kam ura boshlasa, u organizmga yetarli miqdorda qon va kislorod yetkazib bera olmaydi natijada bu turli muammolarga olib kelishi mumkin.

🫀 Qon aylanish tizimi
Yurak juda sekin urganda qon aylanish sustlashadi:
◉ qon bosimi tushib ketishi mumkin
◉ organlarga kislorod kam yetib boradi
◉ yurak zo‘riqib ishlashni boshlaydi

🧠 Miya va asab tizimi
Miya kislorodsiz qoladi va natijada:
◉ bosh aylanishi
◉ hushdan ketishga yaqin holat
◉ xotira va diqqat pasayishi
◉ holsizlik hissi kabi holatlarni boshdan kechirasiz
👀 Ko‘zlarga taʼsiri
Qon yetarli bormagani sababli:
◉ ko‘rish xiralashadi
◉ ko‘z oldi qorong‘ilashadi
◉ binolar yiqilib tushyatgandek ko‘rinishi yoki yer qimirlagandek tuyilishi mumkin( bosh aylanishi)

🫁 Nafas olish tizimida
◉ tez nafas olish
◉ havo yetmayotgandek his qilish
◉ tez charchash kabi holatlar kuzatiladi

🦵 Mushaklarda
◉ oyoq-qo‘llar sovuq bo‘lib qoladi
◉ kuchsizlik paydo bo‘ladi
◉ jismoniy faollik qiyinlashadi

⚠️ E’tibor bering
Yurak sekin urishi quyidagi odamlarda ayniqsa xavfli bo‘lishi mumkin:
◉ yurak kasalligi borlar
◉ past qon bosimi bo‘lganlar
◉ qalqonsimon bez kasalligi (gipotireoz) borlar
◉ sport bilan shug‘ullanmaydigan, lekin yuragi juda sekin uradiganlar
Yurak juda sekin urishi tufayli organizmga yetarli miqdordan kam kislorod yetib boradi. Bu esa miya, ko‘z, mushaklar va umumiy holatga salbiy taʼsir qilishi mumkin
Agar yurak urishi tez-tez sekinlashsa, bosh aylansa yoki hush ketishga yaqin bo‘lsa, buni oddiy hol deb qabul qilmaslik va shifokorga murojaat qilish kerak..


@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥51👍1🥰1👏1
#daily_fact

Yurak xuruji (infarkt) ayollar va erkaklarda turlicha namoyon bo‘ladi. Erkaklarda ko‘pincha ko‘krak qafasidagi kuchli og‘riq kuzatilsa, ayollarda og‘riq bo‘lmasligi mumkin. Buning o‘rniga kuchli ko‘ngil aynishi, bel yoki jag‘ sohasidagi og‘riq va tushunarsiz charchoq hissi kuzatiladi. Bu yashirin simptomlar tufayli ayollar shifokorga kechroq murojaat qilishadi.

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
81👍1
#daily_fact

💬 Professional sportchilarning yuragi oddiy odamnikidan farq qiladi. Muntazam mashg‘ulotlar natijasida yurak shunchalik kuchayadiki, u bir marta urishda oddiy odamdan ikki baravar ko‘p qon hayday oladi. Shu sababli sportchilarning tinch turgandagi yurak urishi daqiqasiga 40–50 martani tashkil qiladi (normada 60–90).

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
👍32🥰1
#daily_fact

💬 Qon guruhingiz yurak xastaliklari xavfiga ta’sir qilishini bilarmidingiz? Tadqiqotlarga ko‘ra, 0 (birinchi) qon guruhiga ega insonlarda yurak-qon tomir kasalliklari va tromblar paydo bo‘lish xavfi boshqa qon guruhlariga qaraganda ancha past bo‘lar ekan.

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
🔥51👍1🥰1😁1
🩸 Qon guruhi va uning oldidagi +/- nimani bildiradi?

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega har birimizda har xil qon guruhi bor? U shunchaki harf yoki belgi emas — qon guruhi organizmingizning immun tizimi qanday ishlashini ko‘rsatib beruvchi muhim ko‘rsatkichdir. Qon guruhidan foydalanib sizni davolashadi, aks holda mos kelmagan qon guruhi organizmga kirib, tuzatish o‘rniga holatni yanada yomonlashtirishi mumkin.

🧬 Bizda nechta qon guruhi bor?
8 ta qon guruhi mavjud:
• O(1) +
• O -
• A(2) +
• A -
• B(3) +
• B -
• AB(4) +
• AB -


🧪 A, B, AB, O nimani anglatadi?
Bu qizil qon hujayralaridagi antigenlar bilan bog‘liq:
• A → A antigen bor
• B → B antigen bor
• AB → A va B antigen bor
• O → A ham, B ham yo‘q
Antigenlar organizmga “do‘st” yoki “dushman” hujayralarni ajratishga yordam beradi.
“+” va “-” nimani bildiradi?
Bu Rh faktorini anglatadi:
• + (musbat) → Rh oqsili bor
• – (manfiy) → Rh oqsili yo‘q
Agar Rh mos kelmasa, organizm buni xavf sifatida qabul qilishi va uni yo‘qotish uchun kurashishi mumkin.


💡 Qiziq faktlar:
• Qon guruhi ota-onadan irsiy o‘tadi
• U butun umr davomida o‘zgarmaydi
• Qon guruhi — bu sizning biologik pasportingiz, shuning uchun uni doim yodingizda tuting

Qon guruhi organizmingiz qanday ishlashi haqida muhim ma’lumot beruvchi ko‘rsatkichdir.
Uni bilish organizmingizni yaxshiroq tushunishingizga yordam beradi.


@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥1👏1
#daily_fact

💬 Chap o‘pkangiz o‘ng o‘pkangizdan kichikroq ekanini bilarmidingiz? Buning sababi juda oddiy: yurak ko‘krak qafasining o‘rtasida joylashgan bo‘lsa-da, uning katta qismi chap tomonga yo‘nalgan. Shunin uchun chap o‘pka yurak uchun joy bo‘shatgan.

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
🔥6👍4🥰2
#daily_fact

💬 Tadqiqotlarga ko‘ra, insonning qo‘l siqish kuchi uning yurak salomatligi bilan bog‘liq. Qo‘l siqish kuchi zaiflashishi kelajakda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfining bilvosita belgisi bo‘lishi mumkin.

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
5🔥53👍1👏1
#daily_fact

💬 Otlarning yurak urishi ularga yaqin turgan insonning yurak urish tezligiga moslashishi isbotlangan. Shuning uchun ham otlar bilan muloqot qilish inson ruhiyati va yuragi uchun tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
6👍2🔥2🎉2
#daily_fact

💬 Olimlar inson yuragida ham hid bilish retseptorlari borligini aniqlashgan! Albatta, yurak miya kabi hidni sezmaydi, lekin qondagi ba’zi kimyoviy moddalarni o‘sha retseptorlar orqali aniqlab, o‘z ish maromini o‘zgartirishi mumkin.
@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
5🔥4👏2
#daily_fact

💬 Tish milki kasalliklari va yurak xuruji o‘rtasida bevosita bog‘liqlik bor. Og‘iz bo‘shlig‘idagi zararli bakteriyalar qon oqimiga tushib, yurak klapanlariga yetib borishi va yallig‘lanish (endokardit) keltirib chiqarishi mumkin. Yuragingiz sog‘lom bo‘lishini xohlasangiz, tishlaringizni asrang!

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
🔥64🥰3👍1
#daily_fact

💬 Uyqu yetishmasligi yurak urish tezligining o‘zgaruvchanligiga salbiy ta’sir qiladi. Kuniga 6 soatdan kam uxlaydigan odamlarda yurak xastaliklari xavfi muntazam uxlaydiganlarga nisbatan 2 barobar yuqori bo‘lishi mumkin. Uyqu — yurakning qayta tiklanish vaqti hisoblanadi.

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
7👍4💘1
Forwarded from Edu Grands
CardioScope loyihasi jamoasiga qo‘shilish imkoniyati

Davlat: O‘zbekiston 🇺🇿
Dastur shakli: Offline/Online
Yosh toifasi: 14-20

Inson salomatligiga qaratilgan uzoq muddatli ilmiy-ijtimoiy loyiha. Jamoa a'zolari shifoxonalar va qariyalar uylariga tashrif buyurgan holda turli xil salomatlik ishlarini olib borishadi.

➡️Imtiyozlar:
- Jamoa bilan ishlash va tadbirlar tashkil qilish imkoniyati
- CV hamda universitet arizalari uchun kuchli portfolio
- Sertifikat va faoliyat bo‘yicha rasmiy tavsiyanoma

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Havola

📌 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 20-mart

⚡️@EduGrandsUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥93😁1
#kundalik_faktlar

Nega barmoq izlarimiz bor?
Barmoq uchidagi mayda chiziqlar (papillyar chiziqlar) bizga narsalarni ushlaganda ishqalanish kuchini oshirish uchun kerak. Agar barmoqlarimiz silliq bo‘lganda, ho‘l narsalarni ushlash imkonsiz bo‘lardi. Qizig‘i shundaki, koalalar ham xuddi insonnikiga o‘xshash barmoq izlariga ega.

@CardioScope bilan birga o‘rganing
❤‍🔥8😁3😇322👍2🆒2🥰1🤗1💘1
#kundalik_faktlar

Agar insonning ikkala o‘pkasini yoyib chiqilsa, ularning umumiy yuzasi taxminan tennis kortining maydoniga (taxminan 70-100 kvadrat metr) teng bo‘ladi.

@CardioScope bilan birga o‘rganing
❤‍🔥5🔥543🆒2
#kundalik_faktlar

Uyalganda yuzi qizaradigan insonlarni bilasizmi?🤭
Ular uyalganda oshqozonlari ham qizaradi. Gap shundaki inson uyalganda yoki kuchli hayajonlanganda, organizmda adrenalin gormoni miqdori keskin ortadi.Bu gormon ta’sirida butun tanada qon tomirlari kengayadi va qon oqimi tezlashadi.Yuz terisi kabi oshqozonning ichki shilliq qavati ham mayda qon tomirlariga boy bo‘lgani uchun, u ham ko'p qon kelishi natijasida qizaradi.

@CardioScope bilan birga o‘rganing
😁65❤‍🔥4🔥4🫡3💘3👍2😇2🆒2🥰1💊1