CardioScope
159 subscribers
240 photos
1 video
4 links
🫀 Inson salomatligini himoya qilishga bag‘ishlangan ta’lim platformasi.

🔷Murojaat: @cardioscope_admin

Bizni kuzatib boring:

📌Instagram:

https://www.instagram.com/cardio_scope/
Download Telegram
#daily_fact

💬 Yurak harakati elektr impulsdan boshlanadi, asabdan emas. Yurakda sinoatrial (SA) tugun deb ataladigan tabiiy “ritm beruvchi” bor. U yurak urishini boshlovchi elektr signalni ishlab chiqaradi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
6👍1
#daily_fact

💬 Yurakni “sindirish” mumkin. Bu “sindirilgan yurak sindromi” deb ataladi va yurak xurujiga o‘xshash alomatlarga ega. Farqi shundaki, yurak xuruji yurak kasalligidan, sindirilgan yurak sindromi esa hissiy yoki jismoniy stress gormoni toshqinidan kelib chiqadi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
4👍3
#daily_fact

💬 Sindirilgan yurakdan o‘lim juda kam uchraydi, ammo mumkin.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
4👍3
#daily_fact

💬 Muhabbat ramzi sifatidagi yurak shakli qadimda tug‘ilishni nazorat qilish uchun ishlatilgan silfium o‘simligidan kelib chiqqan deb hisoblanadi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
4👍31
Yugurib ketayotganda odamning yuragiga o‘q tegsa, bu qanday ta’sir qiladi?

Hech film yoki videoda ko‘rganmisiz: odam yugurib kelayotganda yurak qismidan jarohat oladi, lekin darrov yiqilmaydi — biroz vaqt yana bir necha qadam tashlaydi va keyin yiqiladi. O‘zi insonning yuragidan jarohat olishi odamga qanday ta’sir qiladi?

🧠 Birinchi soniyalar (0–5 soniya)
Yugurayotgan paytda tez nafas olamiz, yurak tez uradi, qon tez aylanadi va ko‘p miqdorda adrenalin ajraladi. Eng asosiysi, miya eng faol holatda bo‘ladi. Eng qiziq jihati shundaki, yurak jarohat olgan zahoti qon aylanishi buzila boshlaydi, ammo miyada hali ham oldinroq yetib kelgan kislorod bo‘ladi. Shu sababli boshida miya faoliyati keskin o‘zgarmaydi. Aynan shu soniyalarda siz o‘q tekkanini anglaysiz va harakatlaringiz sekinlashayotganini sezishni boshlaysiz.


⚠️ 5–15 soniya
Qon bosimi tushib boradi. Miya kislorodni kamroq ola boshlaydi. Shu bilan birga, ong va tana o‘rtasidagi aloqa sustlashadi. Bu paytda siz kuchsizlik, bosh aylanishi, diqqatni jamlay olmaslik va harakatlarning sekinlashishini his qilasiz.


15–30 soniya oralig‘i
Agar yurak qon hayday olmasa, miya normal ishlashi uchun yetarli kislorod olmaydi. Shu paytda muvozanatni saqlash qiyinlashadi. Odam oyoqlari bo‘shashib borayotganini, tanasi og‘irlashganini va atrofni noaniq sezishni boshlaydi. Bu bosqichda yiqilish ehtimoli juda yuqori.


😵 30–60 soniya
Miya hushni ushlab tura olmaydi, shu tufayli inson atrofga javob bermay qo‘yadi va ongini yo‘qotadi. Bu holat og‘riq yoki qo‘rquvdan emas, balki kislorod yetishmasligidan kelib chiqadi.


🕰 Keyingi daqiqalar
Agar qon ketishi davom etsa va tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, hayotni saqlab qolish ancha qiyinlashadi va o‘lim xavfi oshadi. Bu bosqichda inson tibbiy yordamga o‘ylaganidan ham ko‘proq muhtoj bo‘ladi.

@CardioScope bilan yuragingizni tushuning ❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥311👍1
#daily_fact

💬 Yurak qon haydaydigan tomirlarning umumiy uzunligi hayratlanarli! Agar inson tanasidagi barcha qon tomirlarini (arteriya, vena va kapillyarlar) bir chiziqqa ulasak, ularning uzunligi taxminan 100 000 kilometrni tashkil qiladi. Bu Yer sharini 2 tadan ko‘proq aylantirib chiqishga yetadi.
👍2🔥211🥰1
#daily_fact

💬 Ko‘z tubini tekshirish orqali kardiolog yuragingiz holatini aytib berishi mumkin. Ko‘z to‘r pardasidagi mikroskopik qon tomirlari tanadagi barcha tomirlarning holatini koʻrsatib bera oladi. Agar u yerda o‘zgarish bo‘lsa, demak, yurak tomirlarida ham muammo boshlangan.

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
👍3🔥211
Inson uzoq vaqt teskari (boshini pastga qaratib) holatda tursa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Inson tanasi vertikal holatda yashashga moslashgan. Teskari holat esa qon aylanishi va ichki organlar joylashuvini o‘zgartiradi, bu esa bir nechta fiziologik muammolarga olib kelishi mumkin.

🧠 Miya va qon aylanish tizimi
Teskari holatda qon bosh tomonga ko‘proq oqadi. Natijada miya tomirlarida bosim oshadi. Bu:
◉ bosh og‘rig‘i
◉ boshda bosim hissi
◉ diqqatning pasayishi
kabi holatlarga olib keladi.

👀 Ko‘zlarga ta’siri
Bosh tomonga qon to‘planishi ko‘z ichidagi bosimni oshiradi. Natijada:
◉ ko‘rishning xiralashishi
◉ ko‘zda og‘rishi
◉ optik nervga zarar yetishi
kabi holatlar bo‘lishi mumkin.

🫀Yurak-qon tomir tizimi
Yurak qon oqimini muvozanatda ushlab turish uchun ko‘proq ishlashga majbur bo‘ladi. Bu yurakka ortiqcha bosim beradi va toliqishni boshlaydi

🫁 Nafas olish tizimi
Ichki organlar diafragma tomonga siljiydi va o‘pkaga bosim beradi. Natijada nafas olish qiyinlashadi va organizm kamroq kislorod olishi mumkin.

⚖️Muvozanat va asab tizimi
Muvozanatni boshqaruvchi tizim izdan chiqadi. Shu sababli bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, hushdan ketish kuzatilishi mumkin

⚠️ Esta tuting
Quyidagi odamlarga uzoq vaqt teskari turish tavsiya etilmaydi:
◉ yurak kasalligi borlar
◉ yuqori qon bosimi bo‘lganlar
◉ ko‘z kasalliklari (ayniqsa glaukoma) bo‘lganlar
◉ qon tomir muammolari borlar

Inson tanasi tik holatga moslashgan. Uzoq vaqt teskari turish qon aylanishi, nafas olish va miya faoliyatini buzadi. Shu sababli bunday holat faqat qisqa vaqt va ehtiyot chorasi bilan bajarilishi kerak...

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥211🥰1
#daily_fact

💬 Grenlandiya akulasining yuragi dunyodagi eng sekin ishlaydigan yuraklardan biri bo‘lib, u 400 yildan ortiq yashashi mumkin. Uning yuragi daqiqasiga atigi 5-6 marta uradi. Buning asosiy sababi Sekin metabolizmdir. Shuning uchun olimlar uzoq umr ko‘rishning siri sekin harakatda deyishadi. Shunday ekan har bir ishni shoshmasdan hotirjam holatda bajaring

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
👍311🔥1👏1
#daily_fact

💬 Tibbiyotda shunday holatlar bo‘lganki, tana harorati keskin tushib ketgan (gipotermiya) insonlarning yuragi 45 daqiqagacha urishdan to‘xtab, keyin yana qayta ishlab ketgan. Sovuq harorat miya va yurak hujayralarini o‘lishdan saqlab turuvchi holat boʻlgan

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
🔥21👍1👏1🎉1
Yurak tez urishi (Tachycardia) organizmga qanday taʼsir qiladi?

Oddiy holatda inson yuragi daqiqasiga 60–100 marta uradi. Agar yurak bundan tez ura boshlasa, u qon aylanishini samarali bajara olmaydi va tananing bir qancha qismlariga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

🫀 Qon aylanish tizimi
Yurak juda tez urganida, har bir urishda yetarlicha qon chiqarishga ulgurmaydi. Natijada:
◉ qon bosimi pasayadi
◉ organlar va mushaklar yetarli kislorod olmaydi
◉ yurak ortiqcha ishlagani sababli tez toliqadi va zararlanishi mumkin


🧠 Miya va asab tizimi
Tez yurak urishi miya qon bilan yetarli taʼminlanmasligiga olib keladi. Shu sababli:
◉ bosh aylanishi
◉ diqqat jamlash qiyinlashadi
◉ bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi


👀 Ko‘zlarga taʼsiri
Qon bosimining o‘zgarishi ko‘zlarga ham taʼsir qiladi:
◉ ko‘rish xiralashadi
◉ ko‘zda og‘riq yoki bosim hissi paydo bo‘ladi


🫁 Nafas olish tizimi
Yurak tez urganda tana ko‘proq kislorod talab qiladi. Shu sababli:
◉ nafas olish qiyinlashadi
◉ tez charchash hissi paydo bo‘ladi


⚠️ E’tibor bering
Tez yurak urishi quyidagi odamlarda ayniqsa xavfli bo‘lishi mumkin:
◉ yurak kasalligi borlar
◉ yuqori qon bosimi bo‘lganlar
◉ ko‘z kasalliklari (masalan, glaukoma) borlar
◉ qon tomir muammolari mavjud bo‘lganlar


Yurak tez urishi organizmga ortiqcha yuk beradi va kislorod yetishmasligiga olib keladi. Shu sababli, agar yurak tez-tez yoki to‘satdan tez ura boshlasa, buni e’tiborsiz qoldirmaslik va shifokorga murojaat qilish muhim...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3💯2👍1🔥1😁1
#daily_fact

💬 Ideal darajada sog‘lom yurak bir xil maromda urmaydi. Aksincha, urishlar orasidagi vaqt oralig‘i millisekundlarda biroz farq qilib turishi kerak. Agar yurak urishi haddan tashqari "robotdek" aniq va bir xil bo‘lib qolsa, bu organizm kuchli stressda yoki kasal ekanligidan dalolat beradi.

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
3🔥2🥰21👍1
#daily_fact

💬 "Frank belgisi" haqida eshitganmisiz? Agar quloq solinchog‘ida (yumshoq qismida) diagonal chiziq yoki burma bo‘lsa, bu yurakning ishemik kasalligi va tomirlar tiqilib qolganining tashqi belgisi bo‘lishi mumkin. Bu belgi ko‘plab kardiologlar tomonidan yashirin xavf signali sifatida tan olingan.

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
👍53
Yurak sekin urishi (Bradycardia) organizmga qanday taʼsir qiladi?

Oddiy holatda inson yuragi daqiqasiga 60–100 marta uradi.
Agar yurak 60 martadan kam ura boshlasa, u organizmga yetarli miqdorda qon va kislorod yetkazib bera olmaydi natijada bu turli muammolarga olib kelishi mumkin.

🫀 Qon aylanish tizimi
Yurak juda sekin urganda qon aylanish sustlashadi:
◉ qon bosimi tushib ketishi mumkin
◉ organlarga kislorod kam yetib boradi
◉ yurak zo‘riqib ishlashni boshlaydi

🧠 Miya va asab tizimi
Miya kislorodsiz qoladi va natijada:
◉ bosh aylanishi
◉ hushdan ketishga yaqin holat
◉ xotira va diqqat pasayishi
◉ holsizlik hissi kabi holatlarni boshdan kechirasiz
👀 Ko‘zlarga taʼsiri
Qon yetarli bormagani sababli:
◉ ko‘rish xiralashadi
◉ ko‘z oldi qorong‘ilashadi
◉ binolar yiqilib tushyatgandek ko‘rinishi yoki yer qimirlagandek tuyilishi mumkin( bosh aylanishi)

🫁 Nafas olish tizimida
◉ tez nafas olish
◉ havo yetmayotgandek his qilish
◉ tez charchash kabi holatlar kuzatiladi

🦵 Mushaklarda
◉ oyoq-qo‘llar sovuq bo‘lib qoladi
◉ kuchsizlik paydo bo‘ladi
◉ jismoniy faollik qiyinlashadi

⚠️ E’tibor bering
Yurak sekin urishi quyidagi odamlarda ayniqsa xavfli bo‘lishi mumkin:
◉ yurak kasalligi borlar
◉ past qon bosimi bo‘lganlar
◉ qalqonsimon bez kasalligi (gipotireoz) borlar
◉ sport bilan shug‘ullanmaydigan, lekin yuragi juda sekin uradiganlar
Yurak juda sekin urishi tufayli organizmga yetarli miqdordan kam kislorod yetib boradi. Bu esa miya, ko‘z, mushaklar va umumiy holatga salbiy taʼsir qilishi mumkin
Agar yurak urishi tez-tez sekinlashsa, bosh aylansa yoki hush ketishga yaqin bo‘lsa, buni oddiy hol deb qabul qilmaslik va shifokorga murojaat qilish kerak..


@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥51👍1🥰1👏1
#daily_fact

Yurak xuruji (infarkt) ayollar va erkaklarda turlicha namoyon bo‘ladi. Erkaklarda ko‘pincha ko‘krak qafasidagi kuchli og‘riq kuzatilsa, ayollarda og‘riq bo‘lmasligi mumkin. Buning o‘rniga kuchli ko‘ngil aynishi, bel yoki jag‘ sohasidagi og‘riq va tushunarsiz charchoq hissi kuzatiladi. Bu yashirin simptomlar tufayli ayollar shifokorga kechroq murojaat qilishadi.

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
81👍1
#daily_fact

💬 Professional sportchilarning yuragi oddiy odamnikidan farq qiladi. Muntazam mashg‘ulotlar natijasida yurak shunchalik kuchayadiki, u bir marta urishda oddiy odamdan ikki baravar ko‘p qon hayday oladi. Shu sababli sportchilarning tinch turgandagi yurak urishi daqiqasiga 40–50 martani tashkil qiladi (normada 60–90).

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
👍32🥰1
#daily_fact

💬 Qon guruhingiz yurak xastaliklari xavfiga ta’sir qilishini bilarmidingiz? Tadqiqotlarga ko‘ra, 0 (birinchi) qon guruhiga ega insonlarda yurak-qon tomir kasalliklari va tromblar paydo bo‘lish xavfi boshqa qon guruhlariga qaraganda ancha past bo‘lar ekan.

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
🔥51👍1🥰1😁1
🩸 Qon guruhi va uning oldidagi +/- nimani bildiradi?

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega har birimizda har xil qon guruhi bor? U shunchaki harf yoki belgi emas — qon guruhi organizmingizning immun tizimi qanday ishlashini ko‘rsatib beruvchi muhim ko‘rsatkichdir. Qon guruhidan foydalanib sizni davolashadi, aks holda mos kelmagan qon guruhi organizmga kirib, tuzatish o‘rniga holatni yanada yomonlashtirishi mumkin.

🧬 Bizda nechta qon guruhi bor?
8 ta qon guruhi mavjud:
• O(1) +
• O -
• A(2) +
• A -
• B(3) +
• B -
• AB(4) +
• AB -


🧪 A, B, AB, O nimani anglatadi?
Bu qizil qon hujayralaridagi antigenlar bilan bog‘liq:
• A → A antigen bor
• B → B antigen bor
• AB → A va B antigen bor
• O → A ham, B ham yo‘q
Antigenlar organizmga “do‘st” yoki “dushman” hujayralarni ajratishga yordam beradi.
“+” va “-” nimani bildiradi?
Bu Rh faktorini anglatadi:
• + (musbat) → Rh oqsili bor
• – (manfiy) → Rh oqsili yo‘q
Agar Rh mos kelmasa, organizm buni xavf sifatida qabul qilishi va uni yo‘qotish uchun kurashishi mumkin.


💡 Qiziq faktlar:
• Qon guruhi ota-onadan irsiy o‘tadi
• U butun umr davomida o‘zgarmaydi
• Qon guruhi — bu sizning biologik pasportingiz, shuning uchun uni doim yodingizda tuting

Qon guruhi organizmingiz qanday ishlashi haqida muhim ma’lumot beruvchi ko‘rsatkichdir.
Uni bilish organizmingizni yaxshiroq tushunishingizga yordam beradi.


@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥1👏1
#daily_fact

💬 Chap o‘pkangiz o‘ng o‘pkangizdan kichikroq ekanini bilarmidingiz? Buning sababi juda oddiy: yurak ko‘krak qafasining o‘rtasida joylashgan bo‘lsa-da, uning katta qismi chap tomonga yo‘nalgan. Shunin uchun chap o‘pka yurak uchun joy bo‘shatgan.

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
🔥6👍4🥰2
#daily_fact

💬 Tadqiqotlarga ko‘ra, insonning qo‘l siqish kuchi uning yurak salomatligi bilan bog‘liq. Qo‘l siqish kuchi zaiflashishi kelajakda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfining bilvosita belgisi bo‘lishi mumkin.

@CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting.
5🔥53👍1👏1