CardioScope
159 subscribers
240 photos
1 video
4 links
🫀 Inson salomatligini himoya qilishga bag‘ishlangan ta’lim platformasi.

🔷Murojaat: @cardioscope_admin

Bizni kuzatib boring:

📌Instagram:

https://www.instagram.com/cardio_scope/
Download Telegram
🩸 Qon bosimi tushganda qanday tabiiy giyohlardan foydalanish mumkin? 🌿

😮‍💨 Ba’zan charchoq, suvsizlanish, uzoq och qolish yoki keskin harakatlar sababli qon bosimi tushib ketishi mumkin.
Bu holatda bosh aylanishi, holsizlik, ko‘z oldi qorong‘ilashishi kuzatiladi. Bu tez-tez kuzatilsa miya va yurakka yetarlicha kislorod bormasligi mumkin 🤕
Shunday vaziyatlarda bir nechta tabiiy o‘simliklar organizmni tetiklashtirib, qon aylanishini qo‘llab-quvvatlashga yordam berishi mumkin 🌱

🗒 Quyida qon bosimi tushganda foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy giyohlardan bir nechtasini keltiramiz:
🌿 Qizilmiya ildizi — tanani tetiklashtiradi, qon tomirlar tonusini oshiradi. Past bosimda qadimdan ishlatib kelinadi.
🍵 Qora choy — tarkibidagi tabiiy kofein yurak urishini biroz faollashtiradi va qon bosimini ko‘tarishga yordam beradi. Ertalab ichish ayniqsa foydali.
🌱 Rozmarin — qon aylanishini yaxshilaydi, miya faoliyatini faollashtiradi. Choy yoki hid orqali tetiklantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
🍯 Jenshen (Ginseng) — kuchli adaptogen o‘simlik. Holsizlikni kamaytiradi, organizmni umumiy mustahkamlaydi va past bosimda foydali bo‘lishi mumkin.


💡 Eslatma: bu o‘simliklar dori vositalarini almashtirmaydi, balki sog‘lom turmush tarzining qo‘shimcha tabiiy qismi bo‘lishi mumkin. Jamoamiz nomidan ushbu o‘simliklardan foydalanishdan oldin ular haqida mustaqil o‘rganishni yoki mutaxassis bilan maslahatlashishni tavsiya qilamiz.

CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting! ❤️

@CardioScope
3🔥32👍1
#daily_fact

💬 Ayollar yurak xuruji paytida ko‘ngil aynishi, charchoq, bel og‘rig‘i yoki hatto tish og‘rig‘i his qilishi mumkin — klassik ko‘krak og‘rig‘i bo‘lmasligi ham mumkin.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
62❤‍🔥1👍1
#daily_fact

💬 Yurak urishi musiqa va atrofdagi tovushlarga ta'sir qiladi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
3🔥31👍1
😡G‘azablanib yig‘lash: Nega ba’zida g‘azablanganimizda yosh chiqadi

Hech g‘azablangan vaqtingizda endi o'z fikringizni aytib, o‘zingizni oqlamoqchi bo‘lib, yutish uchun urunganingizda yig‘lab yuborganmisiz? Keyin raqibdoshingiz sizga "Senga gap shuncha ta'sir qiladi deb o'ylamagandim" deb kechirim so‘raganmi? Yo‘q, bu sizni zaifligingizni yoki bosimni ko‘tara olmasligingizni ko‘rsatmaydi. Aksincha, bu sizning tanangizning o‘zini tinchlantirish va stressdan himoya qilishi boshqa insonlarnikidan ancha yuqoriroq ekanligini isbotlaydi. Ya'ni bunday bo‘lish aslida tabiiy hol.

🧠 Nega juda ham g‘azablanganimizda birdan ko‘zimiz yoshlanadi?
Tanangiz g‘azablanayotganida, bosh miyangizdagi maxsus hududlar tahdidni aniqlaydi va tanani yuqori kuch bilan o‘zini himoya qilish uchun harakatga tayyorlaydi. Agar g‘azab va noqulaylik yoki havotir his qilish aralashsa, miyangiz tinchlanish uchun signal yuboradi. Aynan shu signal orqali yuzingizdagi mushaklar, ovozingiz va yosh bezlaringiz faollashadi, shuning uchun yosh chiqishni boshlaydi.

Buning asosiy sababi shuki, kuchli g‘azab yurak xurujiga olib kelishi mumkin, va shu signal orqali tanangiz tinchlanadi. Yosh to‘kish inson tanasida tinchlantiruvchi gormonlarni ishlab chiqarishga sabab bo‘ladi va ma’lum bir vaqtdan so‘ng siz his qilgan hafagarchilik yoki g‘azab yo‘qoladi. Shuning uchun har qanday jinsda bo‘lishidan qat’i nazar, kerak bo‘lganda inson yig‘lab turishi kerak. Ammo ortiqcha yig‘lash ham yaxshi emas.


❤️ Yig‘lashimiz yurakka qanday tasir qiladi

Kuchli g‘azab yurakni tezlatadi va qon bosimini oshiradi. Yig‘lash esa boshida yurakni tezlashtiradi, keyin sekinlashtiradi va tana tinchlanadi. Doimiy stress yurak uchun xavfli bo‘lishi mumkin, lekin qisqa muddatli yig‘lash yurakni tinchlantiradi va uni himoya qiladi. Shuning uchun yosh chiqishi yurakni himoya qiluvchi tabiiy mexanizm hisoblanadi.

🛠 G‘azablanib yig‘lashni boshqarish
Ammo bahs paytida yig‘lash biz xohlamagan, yoki xavfli vaziyat bo‘lmaganligi tufayli uni boshqarishni o‘rganish kerak.
Agar sizda endi ko‘z yoshlari chiqishni boshlagan bo‘lsa, birinchi osmonga qarab 4 soniya nafas olib, 6 soniyaga chiqarish yoki ko‘zingizni qorachig‘ini aylantirib uni chiqishini oldini olishingiz mumkin.

Agar u chiqib bo‘lgan bo‘lsa va to‘xtatishni xohlasangiz:
• Hayolingizda qandaydir ongingizni ishlatadigan narsani o‘ylang. Masalan, matematika misolini ishlang (121+51-88+12 kabi qiyinroq), yoki bahsda yutish uchun ma'noli javob topishga uruning. Chunki emotsiya bilan ong bir vaqtda ishlay olmaydi. Ya'ni yig‘layotganingizda yoki boshqa qandaydir emotsiyani his qilayotganingizda miyangizni ishlatadigan mashg‘ulot qilolmaysiz. Shuning uchun shunday paytlarda borib tinchlanib kelish yoki keyinroq qilgan ma’qul.
• Agar o‘zingizni zaif his qilgan bo‘lsangiz va to‘g‘ringizda odam ustingizda kulganday yoki rahmi kelganday qarasa, siz nima uchun ko‘z yoshlari chiqqani tushuntiring. Bu sizning zaifligingiz tufayli emas, tanangiz sizni himoya qilgani va stressni kamaytirish uchun bo‘lganini ayting.


💡Xulosa
G‘azablanib yig‘lash — bu zaiflik emas. Bu tananing stressni kamaytirish va yurakni himoya qilish usuli. Keyingi safar g‘azablanib yosh chiqsa, bilinki tanangiz o‘zi uchun foydali ish qilmoqda.

CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting! ❤️

@CardioScope
❤‍🔥631🔥1
#daily_fact

💬 Tadqiqotlar yurak ritmi tinglayotgan musiqaga mos ravishda tezlashishi yoki sekinlashishini ko‘rsatgan.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
4👍3😁21
#daily_fact

💬 Chaqaloq yuragi homiladorlikning 4-haftasidayoq urishni boshlaydi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
4🔥2❤‍🔥11👍1
#daily_fact

💬 Bu nafaqat hayratlanarli, balki ultratovush orqali yurak urishini 6-haftada ko‘rish imkonini beradi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
51👍1
Diabet va yurak orasidagi bog‘liqlik; xalq tabobatida diabetga qarshi kurashish usullari

🩸 Diabet — bu qondagi tanadagi insulin gormoni yetishmovchiligi sabab, qondagi shakar miqdori muvozanatdagidan baland bo'lishiga olib keluvchi jiddiy kasallikdir. Ko‘pchilik diabetni faqat shakar bilan bog‘laydi, ammo aslida u yurak va qon tomirlarining eng katta dushmanlaridan biri hisoblanadi.


🗒 Diabetning yurak va qon tomirlar uchun ko'plab salbiy ta'sirlari mavjud, jumladan:
Qonda qand miqdorining ko‘pligi qon tomir devorlarini qattiqlashtiradi va ichini toraytiradi. Natijada yurakka kamroq qon yetib boradi.
Diabet "jim yurak hurujlari"ni ham keltirib chiqarishi mumkin. Diabet asab tolalariga ham ta’sir qiladi, shuning uchun yurakdagi og'riq vaqtida sezilmaydi va vaqtida davolanilmaydi.
Eng yomoni, diabet bilan kasallangan odamlarda infark, yuqori qon bosimi va yurak yetishmovchiligi kabi jiddiy muammolar havfi doimgiga qaraganda bir necha barobar yuqori bo'ladi.


Xalq tabobatida avvaldan diabetni “ichki muvozanat buzilishi” deb bilishgan va uni tabiiy yo‘l bilan yengillashtirishga yordam beruvchi giyohlar o'rganilgan. Quyida ulardan bir nechtasini keltirib o'tamiz:
🍃 Qora sedana (qora zira)
— Qondagi shakar miqdorini me’yorga tushirishga yordam beradi.
— Yurak va qon tomirlarini mustahkamlaydi.
🌿 Do‘lana (boyarishnik)
— Yurak mushagini quvvatlaydi.
— Diabet fonida kuchayadigan yurak zo‘riqishini kamaytiradi.
🍵 Karam bargi yoki tut bargi choyi
— Xalq tabobatida qandni pasaytiruvchi vosita sifatida ishlatilgan.
— Qon aylanishini yaxshilaydi.
🫚 Zanjabil (me’yorda)
— Modda almashinuvini faollashtiradi.
— Qon tomirlarida tiqilish xavfini kamaytiradi.
🌰 Yong‘oq
— Yurak uchun foydali yog‘lar manbai.
— Diabetda zaiflashadigan tomirlarni qo‘llab-quvvatlaydi.


⚠️ Unutmang:

Bu o‘simliklar dori vositalarini almashtirmaydi, balki sog‘lom turmush tarzining qo‘shimcha tabiiy qismi sifatida sizga yordam beradi. Jamoamiz nomidan ushbu o‘simliklardan foydalanishdan oldin ular haqida mustaqil o‘rganishni yoki mutaxassis bilan maslahatlashishni tavsiya qilamiz.

CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting! ❤️

@CardioScope
61👍1
#daily_fact

💬 Yurak chap tomonda emas – o‘rtada joylashgan.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
🔥421👍1
#daily_fact

💬 Yurak ko‘krak qafasining markazida, lekin chapga og‘ib joylashgan. Faqat yurakning pastki uchi (apeksi) chapga qaragan.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
32👍1
#daily_fact

💬 Inson yuragining aortasi eng katta arteriya hisoblanadi. U o‘rtacha 2,5 sm diametrga ega va yurakdan butun tanaga qon olib chiqadi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
👍521
Nega hech nima qilmayotganimizda birdan yurak urishini his qilishni boshlaymiz?

Hech nima qilmay o‘tiribsiz, tinch, sokin… va birdan yuragingiz urishini sezasiz. Bu holat gohida hayratlanarli ko‘rinadi, chunki siz buni faqat shunday paytlarda sezishingiz mumkin, ammo qolgan vaqtlarda, hatto u doim urib tursa ham, umuman his qilmaysiz.

Tanamiz doimo yurak urishi haqida signal yuboradi, lekin ko‘pincha biz ularni sezmaymiz, chunki ong buni muhim deb hisoblamay, e’tiborni uncha qaratmaydi. Tinch paytlarda, hech narsa haqida o‘ylamayotganingizda yoki kuchliroq emotsional holatda, uxlay olmayotgan paytingizda, miyamiz yurak signalini yanada diqqat bilan qabul qiladi, chunki u boshqa muhim vazifalarni bajarmayapti. Shu sababdan yurak urishi birdan sezilishi mumkin.

Bu xavfli hisoblanmaydi. Aksincha, yurak urishini sezish tananing o‘zini tinchlantirish va himoya qilish usuli. Qisqa muddatli yurak sezish stressni kamaytiradi va yurakni tinchlantiradi. Agar bu sizga yoqmasa yoki bezovta qilsa, chuqur nafas oling, biror voqea haqida o‘ylang yoki keyinroq dam oling.

Shunday qilib, tinch paytda yurak urishini sezish tabiiy va foydali jarayon hisoblanadi. Yuragingiz sizni himoya qilmoqda va stressni kamaytirishga yordam bermoqda. Keyingi safar yuragingiz birdan urishini sezsangiz, tanangiz va ongingiz ham dam olayotganini his qilasiz

CardioScope bilan yuragingizga quloq tuting! ❤️

@CardioScope
🔥32👍1
#daily_fact

💬 Har bir yurak urishi bir necha milliard hujayraga kislorod yetkazadi. Har urishda yurak qon orqali millionlab tanadagi hujayralarga oziq va kislorod olib boradi. Faqat shox parda (ko‘z) bundan mustasno.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
51👍1
#daily_fact

💬 Yurak o‘ng va chap bo‘limi turli bosimda ishlaydi. Chap qorinchada bosim o‘rtacha 120 mmHg bo‘ladi, o‘ng qorinchada esa 25 mmHg atrofida. Bu ularning har xil vazifasiga moslashgan.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
2🔥2👍1
#daily_fact

💬 Yurak yurishni davom ettirish uchun atigi bir daqiqa ichida tanani to‘liq qon bilan aylantiradi. Bu hayratlanarli samaradorlik yurakni eng kuchli mushaklardan biriga aylantiradi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
🔥211👍1
#daily_fact

💬 Yurak hujayralari doimiy yangilanmaydi. Yurak mushak hujayralarining juda kam qismi umr davomida yangilanadi. Shuning uchun yurakda shikast yetgan joylar o‘z-o‘zidan tiklanmaydi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
42
#daily_fact

💬 Yurakdagi klapanlar har kuni million martalab ochilib-yopiladi. 4 ta asosiy yurak klapani — mitral, trikuspidal, aortal va o‘pka klapani — har biri kuniga 100,000 martadan ko‘proq harakat qiladi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
4👍1
#daily_fact

💬 Surunkali stress yurak devorlarini qalinlashtirishi mumkin. Doimiy kortizol (stress gormoni) yurak mushagini qattiqlashtirib, yurak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
🔥31👍1
#daily_fact

💬 O‘ng va chap yurak bo‘lmachalari sinxron ishlaydi. Yurakning o‘ng va chap bo‘lmachalari bir vaqtda qisqaradi, ammo har biri turli qon aylanish doiralariga xizmat qiladi: o‘ng tomon o‘pkaga, chap tomon esa butun tanaga.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
4👍1
#daily_fact

💬 Yurak harakati elektr impulsdan boshlanadi, asabdan emas. Yurakda sinoatrial (SA) tugun deb ataladigan tabiiy “ritm beruvchi” bor. U yurak urishini boshlovchi elektr signalni ishlab chiqaradi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
6👍1
#daily_fact

💬 Yurakni “sindirish” mumkin. Bu “sindirilgan yurak sindromi” deb ataladi va yurak xurujiga o‘xshash alomatlarga ega. Farqi shundaki, yurak xuruji yurak kasalligidan, sindirilgan yurak sindromi esa hissiy yoki jismoniy stress gormoni toshqinidan kelib chiqadi.

@CardioScope — yuragingizga quloq tuting.
4👍3