48 subscribers
20 photos
8 videos
15 files
38 links
Download Telegram
Capacity building center (Malaka oshirish markazi) Chorvadorlar va chorvaga qiziquvchilarni 11-may (3-maydan ko’chirilgan) “Zotdor chorva mollarini oziqlantirish va ratsion tuzish” seminariga taklif etamiz!

Mavzular:
-Qoramollarni oziqlantirish asoslari
-Ozuqa turlari va ularni baholash
-Buzoqlarni oziqlantirish va saqlash
-Sog'in sigirlar uchun ratsion tuzish (Hybrimin va Excel)
-Oziqlantirishda uchraydigan xato va kamchiliklar

Ishtirok etish uchun: https://forms.gle/irNiXwn2w1519suD9
Narxi: Bepul
Manzil: Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti (Agrar universiteti ichida)
Murojaat uchun: +998998981680 @OybekOdilov94

P.S Seminar soat 9:00 dan boshlanadi.

https://t.me/Capacity_Building_Center
👍23
Forwarded from Capacity Building Center
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISHDAGI ZAMONAVIY TALABLAR

🐄Bugun qishloq xo‘jaligi sohasidagi har bir yo‘nalish zamon bilan hamnafas ravishda rivojlanishga intilmoqda. Bunda nafaqat mahalliy tajribalar asosidagi saʼy-harakatlar, izlanishlar, balki xalqaro tajribalarni o‘rganish va amaliyotimizga tadbiq etish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida tashkil etilgan “Zotdor chorva mollarini oziqlantirish va ratsionini tuzish” mavzusidagi seminar ham aynan chorvachilikni davr talablari asosida rivojlantirishga bag‘ishlandi. Unda ushbu yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari, soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminarda muhokama etilgan mavzulardan biri: “Chorvachilikda yo‘l qo‘yilgan xatolar va kamchiliklar” — bu nafaqat o‘sha xo‘jalikning, balki respublikada sohaning rivojiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Buning oldini olish uchun esa, buzoqlarning o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish, ularning hayotini saqlab qolish,  to‘g‘ri parvarishlash lozim. 50 bosh buzoqning hayotini saqlab qolish orqali 250 ta chorva moli parvarishlanadigan fermadan 5 yildan keyin yana bitta katta ferma paydo bo‘lishiga erishish mumkin. Bu esa, bevosita mamlakatimizda sut, go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan aholi talabining qondirilishiga erishish demakdir.

#seminar #chorvachilik #IAU

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Forwarded from Shakhzod Khaydarov
👍8
raschetKRS-2.xls
31 KB
👍4👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥Yoshlar” telekanalining informatsion dasturida “Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi” hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan agronomlar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda o‘quv kursi tinlovchilari poytaxtimizdagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida bo‘lishgani va xorijlik professor o‘qituvchilar tomonida tashkil etilgan mahorat darslarida ishtirok etiishgani haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Yoshlar #fermer_xojaligi #dehqon_xojaligi #agronom #IAU

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
👍3
‼️Qishloq xo’jaligi sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazi ‼️
Agroklasterlar va fermerlarni 27-28 iyul kunlari bo’lib o’tadigan, “Makkajo’xorini sifatli yetishtirish” ilmiy-amaliy seminariga taklif qiladi.

🤵🏼‍♂️Seminarni Germaniyalik mutaxassis agr. inj. Robert Grimm🇩🇪 olib boradi.

✔️Qatnashish bepul va faqat registratsiya orqali:
https://forms.gle/Di2ZtHWuSZmQFGuy6
📍Manzil: Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti (Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2.) Lokatsiya
🛠Amaliyot: O’rtachirchiq va Chinoz tumanlarida (transport🚌 ta’minlanadi)
Tel.: +998998981680

P.S. Joylar soni cheklangan.

https://t.me/Capacity_Building_Center
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAKKAJO’XORI YETISHTIRISH: NAZARIYA HAMDA AMALIYOT UYG’UNLIGI

🌽“Makkajo‘xorini sifatli yetishtirish” mavzusida o’tgan o‘quv seminarining ikkinchi kuni ham qiziqarli tarzda bo’ldi.

Germaniyalik mutaxassis, agronom Robert Grimm dastlab mavzuga doir nazariy bilimlari bilan o‘rtoqlashgan bo‘lsa kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi dala maydonida xorijlik mutaxassisning  fikrlari bilan tanishishdi.
*****
ВЫРАЩИВАНИЕ КУКУРУЗЫ: ИНТЕГРАЦИЯ ТЕОРИИ И ПРАКТИКИ

🌽Не менее интересным был и второй день учебного семинара на тему «Качественное выращивание кукурузы».

Немецкий специалист, агроном Роберт Гримм первым делом поделился своими теоретическими знаниями, а во второй половине дня участники смогли узнать его практическое видение вопроса непосредственно на поле, в Чиназском районе Ташкентской области.

#seminar #makkajoxori #семинар #кукуруза

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from International Agriculture University (Shakhzod Khaydarov)
👩‍🎓 Bo‘lajak talabalar va ularning ota-onalari diqqatiga!

🇬🇧 Buyuk Britaniyaning 178 yillik tarixga ega Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining quyidagi ta’lim dasturlari uchun ajratilgan grantlarini qo‘lga kiriting:
• Agroiqtisodiyot;
• Agrologistika;
• Oziq-ovqat xavfsizligi hamda biznes boshqaruvi;
• Aqlli va barqaror qishloq xo‘jaligi.

Shoshiling! Universitetning o‘zingiz istagan yo‘nalishida tahsil olib, raqobatbardosh mutaxassisga aylaning!

Hujjatlaringizni iau.agro.uz platformasi orqali topshiring va o‘z grant o‘rningizni band qilishga shoshiling.

HOZIROQ RO‘YXATDAN O‘TING!

Batafsil ma’lumot uchun:

☎️ 99 981 09 19
🌏 www.iau.uz
👍3
‼️Qishloq xo’jaligi sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazi ‼️
Agroklasterlar va fermerlarni 5-oktabr Samarqand viloyatida bo’lib o’tadigan, “Chorva xo’jaliklarida yozgi va qishgi tadbirlar” ilmiy-amaliy seminariga taklif qiladi.

🤵🏼‍♂️Seminarni Germaniyada faoliyat olib boradigan mutaxassis va mahalliy ekspertlar olib boradi.

✔️Qatnashish bepul va faqat registratsiya orqali: https://forms.gle/EunCvdcuqw7KDELP8
Soat 9:00 dan boshlanadi.
📍Manzil: Samarqand Agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti (Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Dahbet qo‘rg‘oni, A.Temur ko‘chasi 7-uy) Lokatsiya

Tel.: +998998981680

P.S. Joylar soni cheklangan.
🐑 CHORVACHILIK AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH
 
🔰 Qishloq xoʻjaligi klasterlari va mahalliy fermerlarning qishloq xoʻjaligi salohiyatini oshirish maqsadida 5-oktyabr kuni Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti qoshidagi “Malaka oshirish markazi” tomonidan “Chorva xo‘jaliklarida yozgi va qishki tadbirlar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbir soha ishtirokchilarining katta doirasini birlashtirdi: ular orasida chorvadorlar, veterinariya mutaxassislari, tadqiqotchilar, shuningdek, nemis mutaxassislari va mahalliy mutaxassislardan bilim olishni istagan ishtiyoqli talabalar ham bor edi.

📈 Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti salohiyatini oshirish markazi va Germaniya mutaxassislari o‘rtasidagi hamkorlik Samarqand chorvachilik tarmog‘ida yanada barqaror va farovon kelajakka yo‘l ochdi.

Mazkur seminarda olingan saboqlarni amaliyotga tatbiq etish samarqandlik fermer xo‘jaliklarining farovonligiga, hududda iqtisodiy barqarorlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz

#chorvachilik #seminar
 
🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM