48 subscribers
20 photos
8 videos
15 files
38 links
Download Telegram
Channel created
📣 Intensiv bog'larda Olma yetishtiruvchi bog'bonlar diqqatiga!!!

🔰 Xalqaro qishloq xo'jaligi universitetining Capacity building center (Malaka oshirish markazi) da Polshalik Xalqaro mutaxassis Grzegorz Stanisław Cieśliński bilan "Olma daraxtlarining hosildorligini oshirish va meva sifatini yaxshilash" mavzusida 16-fevral kuni 09:00 da o'quv-amaliy seminari bo'lib o'tadi.

🔰 Seminarda:
• Sifatli ko'chatlarni tanlash;
• Olma daraxtining mineral oziqlanishining meva hosildorligi va sifatiga ta'siri;
• Daraxtlarni kesish va shakl berish (amaliy bog'da);

📌 Ishtirok etish: BEPUL
📌 Ro'yxatdan o'ting: https://forms.gle/ov7ePJg3zNpGLyyJ6
📌 Batafsil ma'lumot uchun: @OybekOdilov94

📞 +998 99 898 16 80 - Oybek Odilov
👍1
🤩 Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti o’zining navbatdagi o’quv – amaliy seminariga taklif qiladi.

🫐 Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti “Capacity Building center” (Malaka oshirish markazi) bilan birgalikda Zamonaviy meva yetishtirish akademiyasini tashkil etish tashabbusini ishga tushirdi, joriy yilning 15 – mart kuni “O’zbekistonda golubika yetishtirish – imkoniyatlar va cheklovlar” mavzusida bog’dorchilikda amalda qo’llaniladigan eng so’nggi texnologik yechimlar bilan tanishtiradigan bir qator seminarlar va mahorat darslari o’tkaziladi.

🫐 Polsha golubika yetishtirish boʻyicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Seminarimizda Polshalik yuqori malakali mutaxassislar golubika yetishtirish bo’yicha o’z bilim va tajribalari bilan o’rtoqlashadilar. Dastur davomida siz golubikani to’g’ri yetishtirish uchun kerak bo’lgan barcha bosqichlarni bilib olasiz:
• O’zbekiston uchun navlarni tanlash;
• Golubika butalarini ko’paytirish usullari;
• O’zbekistonda golubika mevasini yetishtirish tizimlari;
• O’simliklarning oziqlanishi;
• Sug’orish va urug’lantirish tizimlari;
• Kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish.


📌 Ishtirok etish: BEPUL
📌 Ro'yxatdan o'ting: https://forms.gle/LuaPQYjp6YFLV3jT8
📌 Batafsil ma'lumot uchun: @OybekOdilov94

📞 +998 99 898 16 80 - Oybek Odilov
👍3🔥1
🐄 Chorvachilikda “Tuyoq kesish va davolash” kursi.

📣 Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti “Capacity Building Center” (Malaka oshirish markazi) Chorvachilik sohasidagi mutaxassislarni va qiziquvchilarni “Tuyoq kesish va davolash” kursiga taklif qiladi.

🩺 Kursda oliy toifali veterinarlar o’z bilim va tajribalari bilan o’rtoqlashadilar. “Tuyoq kesish va davolash” dasturi nazariy va amaliy qismlardan iborat bo'lib siz qoramollarni tuyog’ini kesib, shakl berish va davolash uchun kerak bo’lgan ma’lumotlarni bilib olasiz. Kursning amaliy qismi, tuyoqni kesish va chorva fermasiga borishni o’z ichiga oladi.


📌 Davomiyligi: 2 kun (10 kishi yig'ilishi bilan boshlanadi)
📌 Ishtirok etish: 300 000 so’m
📌 Ro'yxatdan o'ting: https://forms.gle/GtY2VKP1ZFV7iF3a8
📌 Batafsil ma'lumot uchun: @OybekOdilov94

☎️ +998 99 898 16 80 - Oybek Odilov
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTONDA GOLUBIKA YETISHTIRISH – IMKONIYATLAR VA CHEKLOVLAR

🫐Joriy yilning 15-mart kuni “O‘zbekistonda golubika yetishtirish – imkoniyatlar va cheklovlar” mavzusida qator seminar va mahorat darslari
o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar bog‘dorchilikda qo‘llanilayotgan eng yangi texnologik yechimlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

#golubika #seminar #IAU

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ВЫРАЩИВАНИЕ ГОЛУБИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ – ВОЗМОЖНОСТИ И ОГРАНИЧЕНИЯ

🫐15 марта текущего года прошел ряд семинаров и мастер-классов на тему «Выращивание голубики в Узбекистане - возможности и ограничения», на которых можно было ознакомиться с самыми последними технологическими решениями, применяемыми в садоводстве.

#голубика #семинар

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
👍3
‼️Asalarichilik sohasiga yangi qadam qo'yayotganlar diqqatiga!‼️

O'zingizning asalarichilik biznesingizni boshlamoqchimisiz unda, "Asalarichilik Start" kursimiz aynan SIZ uchun!

“Art-bee-tech” asalarichilik majmuasi rahbari, ekspert Dilshod Artikov boshchiligidagi ushbu bir haftalik kurs asalarichilik bo‘yicha bilishingiz kerak bo‘lgan barcha asosiy mavzularni qamrab oladi. Parvarishlash texnologiyasidan tortib biologiyasi, kasalliklari va marketinggacha bo'lgan barcha mavzular o'rgatib boriladi. Shuningdek, kurs tugagandan keyin ham asalarichilikdagi yo‘lingizni davom ettirishingiz uchun yil davomida onlayn maslahatlar va amaliy ishlar bo‘yicha tavsiyalar beriladi.


Davomiyligi: 1 hafta
Narxi: 1 500 000 so'm
Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/GwE1nHKqqnM5TtEr9
P.S 15 kishi bo'lganidan keyin boshlanadi!

Qo'shimcha ma'lumot uchun
+998 97 446 82 38 @ArtikovDilshod
👍11
Capacity building center (Malaka oshirish markazi) Chorvadorlar va chorvaga qiziquvchilarni 11-may (3-maydan ko’chirilgan) “Zotdor chorva mollarini oziqlantirish va ratsion tuzish” seminariga taklif etamiz!

Mavzular:
-Qoramollarni oziqlantirish asoslari
-Ozuqa turlari va ularni baholash
-Buzoqlarni oziqlantirish va saqlash
-Sog'in sigirlar uchun ratsion tuzish (Hybrimin va Excel)
-Oziqlantirishda uchraydigan xato va kamchiliklar

Ishtirok etish uchun: https://forms.gle/irNiXwn2w1519suD9
Narxi: Bepul
Manzil: Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti (Agrar universiteti ichida)
Murojaat uchun: +998998981680 @OybekOdilov94

P.S Seminar soat 9:00 dan boshlanadi.

https://t.me/Capacity_Building_Center
👍23
Forwarded from Capacity Building Center
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISHDAGI ZAMONAVIY TALABLAR

🐄Bugun qishloq xo‘jaligi sohasidagi har bir yo‘nalish zamon bilan hamnafas ravishda rivojlanishga intilmoqda. Bunda nafaqat mahalliy tajribalar asosidagi saʼy-harakatlar, izlanishlar, balki xalqaro tajribalarni o‘rganish va amaliyotimizga tadbiq etish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida tashkil etilgan “Zotdor chorva mollarini oziqlantirish va ratsionini tuzish” mavzusidagi seminar ham aynan chorvachilikni davr talablari asosida rivojlantirishga bag‘ishlandi. Unda ushbu yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari, soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminarda muhokama etilgan mavzulardan biri: “Chorvachilikda yo‘l qo‘yilgan xatolar va kamchiliklar” — bu nafaqat o‘sha xo‘jalikning, balki respublikada sohaning rivojiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Buning oldini olish uchun esa, buzoqlarning o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish, ularning hayotini saqlab qolish,  to‘g‘ri parvarishlash lozim. 50 bosh buzoqning hayotini saqlab qolish orqali 250 ta chorva moli parvarishlanadigan fermadan 5 yildan keyin yana bitta katta ferma paydo bo‘lishiga erishish mumkin. Bu esa, bevosita mamlakatimizda sut, go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan aholi talabining qondirilishiga erishish demakdir.

#seminar #chorvachilik #IAU

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6