CLAMO.uz | Rasmiy kanali
9.98K subscribers
279 photos
110 videos
237 links
Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi rasmiy telegram kanali - https://t.me/CLAMO_uz

🌐Rasmiy sayt: clamo.uz
📷Instagram: instagram.com/clamo.uz
📘Facebook: facebook.com/CLAMORasmiy

📍Toshkent sh. Parkent ko’chasi 51-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ikki kun oldin Guliston shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz balloni portlab, 29 nafar odam jarohat olgan edi. Bugun Prezidentimiz Sirdaryoga tashrifi doirasida shifoxonaga kelib, ulardan xabar oldi, yaqinlari bilan suhbatlashdi.

Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📲Aloqa bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiy_xizmat
#Huquqingizni_biling

❗️ TIBBIY XIZMATNI ERKIN TANLASH – SIZNING HUQUQINGIZ

Ba’zan shifokor sizga “Faqat mana shu klinikaga boring”, “falon laboratoriyada analiz topshiring”, “ana shu joyda MRT qildiring”, deb tavsiya berishi mumkin.

⚠️ Bunday paytda rozilik bildirishga shoshilmang.
Sizning tibbiy xizmatni erkin tanlash huquqingiz bor.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunigа koʻra:
tovar, ish yoki xizmatni erkin tanlash – iste’molchilarning asosiy huquqlaridan.


Demak:
✔️ Mutaxassis faqat tavsiya beradi, ammo yakuniy tanlov doimo sizniki.
✔️ Tibbiy xizmatlar bozorida raqobat mavjud, shu bois sifat, narx, joylashuv bo‘yicha o‘zingizga eng mos klinikani tanlashga haqlisiz.

O‘z huquqingizdan foydalaning!
Sog‘lig‘ingiz bo‘yicha qaror – avvalo sizning shaxsiy tanlovingiz
.

➡️ RU

Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📲Aloqa bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Asosiy qonunimizning 48-moddasiga muvofiq, har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.

Mazkur modda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha tibbiy islohotlarning poydevori bo‘lib, inson salomatligini eng oliy qadriyat sifatida belgilab bergan tamoyildir.

Fuqarolarimizning sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi ro‘yobga chiqarish – har bir tibbiyot muassasaning mas’uliyati, har bir mutaxassisning burchi va umumiy maqsadimizdir.

Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi barcha yurtdoshlarimizni bugungi umumxalq bayrami – O‘zbekiston Respublikasining Bosh Qomusi qabul qilingan kun munosabati bilan samimiy tabriklaydi.

Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📲Aloqa bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_akkreditatsiya

🇺🇿 Milliy akkreditatsiya: ishonch va sifat belgisi

❗️Bemor ishonchini oqlash, sifatli xizmat ko‘rsatish – har bir tibbiyot muassasasining burchidir.

Bugun bu mas’uliyatning o‘lchovi aniq: Milliy akkreditatsiya!

🇺🇿 Milliy akkreditatsiya – bu tibbiyot muassasasining sifat, xavfsizlik va boshqaruv madaniyati bo‘yicha baholanishidir.


😊 Baholash Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi tomonidan ishlab chiqilgan Milliy standartlar asosida o‘tkazilib, yetakchilik, xavfsizlik, klinik amaliyot, bemor huquqlari va kadrlar salohiyati kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Milliy standartlar – bu sifat mezoni,
Milliy akkreditatsiya – bu ishonch belgisi.

📌 Muhim ma'lumot:
📅 2026-yildan Milliy akkreditatsiyadan o‘tgan davlat tibbiyot muassasalari xodimlariga 10% oylik ustama belgilanadi.

🔔TIBBIYOT TASHKILOTLARI DIQQATIGA:
— Siz Milliy akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o'tib, ishonchli va xavfsiz tibbiy xizmat ko'rsatuvchi muassasa maqomini olmoqchimisiz?

Buning uchun:
📥 Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazining info@clamo.uz elektron pochta manziliga ariza yuboring.
📞 Batafsil ma'lumot va murojaat uchun 1369 raqami bilan bog'laning.

➡️RU

Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📲Aloqa bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bugun – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

1992-yil 10-dekabr kuni O‘zbekistonning Davlat madhiyasi rasman qabul qilingan. Shundan buyon madhiyamiz xalqimizning g‘ururi, mustaqillik ramzi va yagona Vatan tuyg‘usining timsoli bo‘lib kelmoqda.

Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📲Aloqa bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

Zamonaviy jarrohlik yutuqlariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy uchrashuv o‘tkazildi

Tadbir Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash markazi, Tibbiyot tashkilotlari assotsiatsiyasi va Hindistonning yirik tibbiyot tarmog‘i Max Healthcare hamkorligida Toshkent shahrida tashkil etildi.

Uchrashuvda Hindistonning yetakchi jarrohlari Dr. Bipin Walia (neyroxirurgiya) va Dr. Kulbhushan Singh Dagar (bolalar yurak jarrohligi) o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va tajribalarini poytaxtimizdagi tibbiyot muassasalaridan kelgan shifokorlar bilan oʻrtoqlashdilar.


Xususan, orqa va bosh miya jarrohligi, minimal invaziv umurtqa operatsiyalari, o‘smalar va boshqa murakkab neyroxirurgik holatlarni davolash, tug‘ma yurak nuqsonlarini davolash, chaqaloqlar va bolalarda yuqori aniqlikdagi yurak operatsiyalari bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar taqdim etildi.

➡️ RU

Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📲Aloqa bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogoh_boʻling

❗️TIBBIYOT TASHKILOTLARINI LITSENZIYALASH VA AKKREDITATSIYALASH MARKAZI OGOHLANTIRADI!

Litsenziyaga ega bo‘lmasdan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish taqiqlangan!

⚠️ ESDA TUTING
Tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish faqat qonuniy asosda, litsenziya mavjud bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin.

🏥Tibbiy faoliyat litsenziyasi – bu tibbiyot muassasasiga belgilangan talab va shartlarga to‘liq javob berganidan keyin, unga tibbiy xizmat ko‘rsatish huquqini beruvchi rasmiy hujjatdir.

🚫Litsenziyasiz tibbiy xizmat koʻrsatish:
– bemorning hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘diradi;
– malakasiz mutaxassislar tomonidan noto‘g‘ri tashxis va davolash ehtimolini oshiradi;
– sanitariya-gigiyena va xavfsizlik talablarini buzadi;
– qonun oldida javobgarlikka sabab bo‘ladi.


📋Har bir tibbiy muassasadagi isteʼmolchilar burchagida tibbiy faoliyatga ruxsat beruvchi litsenziya ham joylashtirilishi lozim.

‼️SOGʻLIGINGIZNI XAVF OSTIGA QOʻYMANG!
Tibbiy xizmatdan foydalanishdan avval tibbiyot muassasasining  litsenziyasi mavjudligini albatta tekshiring.

📞Aniqlangan holat boʻyicha “1369” qisqa raqami orqali bizga xabar bering.

➡️ RU

Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📲Aloqa bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4💯2
#Milliy_akkreditatsiya
#ekspertlar

📢 TIBBIYOT TASHKILOTLARINI AKKREDITATSIYADAN O‘TKAZISH BO‘YICHA MUSTAQIL EKSPERTLARNI TANLAB OLISH BOSHLANDI!

Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiya qilish jarayonlarida ishtirok etadigan mustaqil ekspertlarni tanlab olish bo‘yicha qabul boshlandi.

Nomzodlar uchun talablar
:

👨‍⚕️Shifokor–ekspertlar uchun
✔️Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi;
✔️Sog‘liqni saqlash sohasida kamida uzluksiz 7 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi.

👩‍⚕️O‘rta tibbiyot xodimlari orasidan mutaxassis–ekspertlar uchun
✔️Hamshiralik ishi bo‘yicha o‘rta maxsus yoki oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi;
✔️Sog‘liqni saqlash sohasida kamida uzluksiz 7 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi.

📌 EKSPERTLAR UCHUN UMUMIY TALABLAR
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash, tashqi kompleks baholashda ishtirok etish yoki jamoat sog‘lig‘ini saqlash yo‘nalishida kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
Sog‘liqni saqlashda sifat va akkreditatsiya yo‘nalishlarida sertifikatga ega nomzodlar ustunlikka ega bo‘lishadi;
Ekspert darajasi (Respublika yoki viloyat darajasidagi tibbiy tashkilotlar uchun ekspertlar ham shundan past bo‘lmagan darajada ishlashi kerak);
Davlat tilida erkin gapira olishi hamda hujjatlar yuritishni bilishi;
Davlat tilida hisobotlarni yoza olishi;
Kompyuter savodxonligi, jumladan, Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint v.b.) dasturlari bilan hamda internetda ishlashni bilishi;
Xorijiy tillarni (ayniqsa ingliz tilini) biladigan (fikrini og‘zaki va yozma shakllarda erkin bayon eta oladigan) nomzodlar ustunlikka ega bo‘lishadi;
Manfaatlar to‘qnashuvi yo‘qligi (oxirgi 5 yilda baholanayotgan tashkilotda ishlamagan bo‘lishi; xodimlar yoki rahbariyat bilan qarindosh emasligi; manfaatlar to‘qnashuvini yashirmasligi; tibbiyot tashkiloti joylashgan hududda kasbiy faoliyat olib bormasligi; manfaatlar to‘qnashuvi yo‘qligi haqida yozma bayonot taqdim etishi);
Markaz o‘quv dasturi boshlanishidan oldin tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiya qilish standartlari bilan tanishib chiqish va o‘rganishga tayyor bo‘lishi;
O‘quv dasturi davomida 100% qatnashish va yakuniy sinovlardan o‘tish hamda sinov natijalaridan so‘ng tibbiyot tashkilotlarini tashqi kompleks baholashda kuzatuvchi (stajyor-ekspert) sifatida ishtirok etishga tayyor bo‘lishi.


🔗Nomzodlar o‘z ma’lumotlarini info@clamo.uz elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin.

➡️RU

Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📲Aloqa bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogoh_boʻling

❗️ LITSENZIYASIZ TIBBIY FAOLIYAT – QONUNBUZARLIK

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, tibbiy faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish qat’iyan taqiqlanadi.

⚠️ Shuningdek, tibbiy faoliyat uchun berilgan litsenziya amal qilishi vaqtincha to‘xtatib turilgan davrda ham bunday faoliyatni amalga oshirish qonunga zid hisoblanadi.

Ushbu talablar O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan.


💰 Javobgarlik chorasi
Tibbiy faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik yoki litsenziyalarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olganlik uchun yuridik shaxslarga 300 BHM miqdorida jarima solinadi.

📌 Ogoh bo‘ling!
Tibbiy xizmatdan foydalanishda muassasaning amaldagi litsenziyasi mavjudligini albatta tekshiring.
Litsenziyasiz faoliyat yuritayotgan klinikalarda davolanish sog‘lig‘ingiz va hayotingiz uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

📞 Agar shubhali holatlarga duch kelsangiz yoki qonunbuzarlikka guvoh bo‘lsangiz, 1369 qisqa raqamiga xabar bering.

➡️RU

Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📲Aloqa bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2
🔴 ✏️✏️✏️

❗️“Электрон рецепт” тизимини жорий этиш масалалари муҳокама қилинди

Соғлиқни сақлаш вазирлигида давлат ва хусусий тиббиёт ташкилотларининг етакчи шифокорлари, тегишли идоралар вакиллари ва соҳа экспертлари иштирокида учрашув ўтказилди.


📌 Унда "Электрон рецепт” тизимини жорий этишнинг кейинги босқичма-босқич тартибини белгилаш мақсадида Соғлиқни сақлаш вазирининг тегишли буйруғи қабул қилинди.

👉 БАТАФСИЛ

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.


🔵@ssvuz|🔵@ssvmatbuotkotibi|👥Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
❗️ "Elektron retsept” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibi belgilandi

“Elektron retsept” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3725-son, 15.12.2025 y.).


Nizomga ko‘ra, bemorlarga tayinlangan dori vositalari to‘g‘risidagi ma’lumot elektron retseptga bevosita shifokor tomonidan kiritiladi hamda elektron tasdiqlash usullari orqali tasdiqlanadi.

Elektron retseptga o‘tkaziladigan dori vositalarining guruhlarini shakllantirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan Ekspertlar kengashi tashkil etiladi.

Retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlashning 1-bosqichida quyidagi dori vositalari elektron retsept asosida belgilanadi:

antibiotiklar va tizimli ta’sir etuvchi sintetik antibakterial dori vositalari;
– tizimli ta’sir etuvchi gormonal dori vositalari.


📞 Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil qilingan 1003 qisqa raqamli “Call-markaz” orqali yotoq rejimida bo‘lgan va surunkali kasallikka chalingan bemorlar uchun quyidagi imkoniyatlar ta’minlanadi, jumladan:
– o‘zlari biriktirilgan oilaviy shifokorga murojaat qilish;
– davolash kursini davom ettirish maqsadida o‘z oilaviy shifokoriga (yoki tor soha mutaxassisiga) masofadan murojaat qilish orqali elektron retsept olish.

➡️ RU

Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📲Aloqa bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_akkreditatsiya

📢 Tibbiyot muassasalari rahbarlari diqqatiga!

KLINIKANGIZNI SIFAT JIHATIDAN YUQORI BOSQICHGA KOʻTARIB, RAQOBATDA USTUN BOʻLMOQCHIMISIZ?


Bu maqsadga erishishning eng muhim qadamlaridan biri – Milliy akkreditatsiyadan o‘tishdir.

Milliy akkreditatsiya – tibbiyot tashkilotida bemorlar xavfsizligi, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarga berilagan sifat belgisidir.

Milliy akkreditatsiyadan o‘tish – klinikangizni sifat jihatdan yuqori bosqichga ko‘tarish va raqobatda ustun bo‘lish uchun katta imkoniyatdir.

😊TIBBIYOT TASHKILOTLARINI LITSENZIYALASH VA AKKREDITATSIYALASH MARKAZI bu borada sizga yordam beradi.

Batafsil maʼlumot va murojaat uchun:
📞 1369 qisqa raqami
✉️ info@clamo.uz


➡️ RU

Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📲Aloqa bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Urgutning chekka qishloqlaridan biridagi “Navoiy” poliklinikasida bo‘ldim. 1972-yilda qurilgan bino kapital ta’mirga, yangi standartlar va tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga muhtoj. Muassasa 13 mingdan ortiq aholi uchun birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatadi. 16 ta qishloqda yashovchi aholi uchun esa bu tug’ruqni qabul qiladigan eng yaqin va yagona tibbiyot maskani. Yuklama nihoyatda katta, sharoit esa izoh talab qilmaydi. Zax xonalarning kulrang oynalariga urilayotgan yomg‘ir tomchilari ham vaziyatni aks ettiryapti.

Bu holat bitta poliklinikaning muammosi emas. Bu — birlamchi tibbiy xizmat tizimida mavjud bo‘lgan katta muammolarning aksi. Oldimizda diagnostika va davolash standartlarini takomillashtirish, kadrlar tayyorlash vazifalari turibdi. Mutaxassislar bilan birgalikda viloyat sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha yangi master-rejani batafsil ko’rib chiqdik.

Bu jarayon faqat binolarni ta’mirlash bilangina cheklanmaydi, balki birlamchi tibbiy-sanitariya tizimiga bo‘lgan yondashuv tubdan qayta ko‘rib chiqiladi. Bugun ko‘rganlarim shuni yana bir bor isbotladi: sog‘liqni saqlashdagi muammolarni faqat hisobot va hujjatlar asosida baholab bo‘lmaydi.
___

Посетила поликлинику «Навои» в одном из отдалённых сёл Ургута. Построенная в 1972 году, она давно нуждается в капитальном ремонте, в новых стандартах организации работы и повышения уровня качества услуг. Это учреждение оказывает первичную помощь более чем 13 тысячам жителей махалли. А примерно для 16 сёл это единственное ближайшее учреждение, в котором принимают роды. Нагрузка колоссальная, а условия и возможности не требуют комментариев на фоне настырного стука дождя по серым стёклам затхлых кабинетов.

Важно понимать, речь идёт не о проблеме одной конкретной поликлиники. Это отражение более масштабной ситуации — отставания организации первичной медико-санитарной помощи. Мы будем совершенствовать стандарты диагностики и лечения, улучшать кадровый потенциал. Со специалистами подробно изучили новый мастер-план по улучшению здравоохранения области. И это не просто ремонт зданий, а пересмотр самого подхода к системе первичной медико-санитарной помощи. То, что я увидела сегодня, ещё раз показало неоспоримое: о проблемах здравоохранения нельзя судить лишь по отчётам и документам.
2