Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Siz ehtimol Pavlik Morozov, Kolya Mayagotin, Grisha Akopian, Vladimir Dubinin, Zina Portnova, Marat Kazey nomlarini turli badiiy adabiyotlar o’qiganda yohud katta yoshli avlodlarning 18-may arafasidagi suhbatlarida eshitgandirsiz.

Yagona ideologiya hegemoniyasi ustiga qurilgan avtoriatar/totalitar rejimlar o’zini-o’zi saqlashi uchun turli texnika, taktika, va strategiyalardan foydalangan. Bunday rejimlarda oxir-oqibatda ijtimoiy uyg’unlik yo’qolgan hamda shaxslararo ishonchsizlik muhiti hukmron bo‘lgan.

Bir necha kun ilgari OAVda Rossiya Federatsiyasining 8-sinf o’quvchilari Ukrainaga nisbatan agressiyaga qarshi bildirgan fikrini diktofonga yozib olib politsiyaga topshirgani va ingliz tili o’qituvchisiga nisbatan jinoyat ishi ochilganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Bunday holat RF’da o’z-o’zidan paydo bo’lmagan. Sotsiologik jihatdan Sovet davlati qurgan jamiyat aynan shunday nazorat mexanizmlari ustiga qurilgan. Xabarni o’qib bexosdan ko’pchilik maktab darsliklari orqali tanishgan Odil Yoqubov qalamiga mansub Muzqaymoq hikoyasi esga tushishi tabiiy.

Sovet rejimi yoshlar bo’yicha ideologi Nadezhda Krupskaya tomonidan hukumatga kiritgan hisobot orqali yangi tashkil etilgan Sovet davlatiga yoshlarni birlashtirib turuvchi tashkilot kerakligini ma’lum qilishi Sovet pionnerlari tashkil etilishiga olib kelgan.

Nomlari yuqorida sanab o’tilgan bolakaylarning ayrimlari o’zining ‘partiyaviy xushyorligini’ namoyish etgan holda partiya dushmanlari kirdikorlarini ochib tashlagan. Boshqalari urush yillaridagi qahramonligi uchun butun-sovet bolakaylariga na’muna qilib ko’rsatilgan.

1980-yillarda olib borilgan tadqiqotlar sovet pionnerlarining qahramonliklari kompartiyaning ‘uydirmalari’ ekanligi arxiv hujjatlari, pionnerlarning yaqinlari hamda ular yashagan atrof-muhitda istiqomat qiluvchi shaxslar bilan muloqotlar orqali ochib berilgan.

Yuqoridagi bolakaylar haqidagi rasmiy ma’lumotlar ularning hayotidagi identik umumiy holatlar ustiga qurilgan. Ular sovet hukumatining dushmanlariga qarshi kurash yo’lida mardonavor kurashib bu yo’lda o’z jonini qurbon qilgan.

Sovet davlati bunday repressiv mexanizmlardan foydalanishi o’ziga xos ishonchsizlik jamiyatini paydo bo’lishiga, bunday jamiyatda ijtimoiy birlik va oxir oqibatda rivojlanish bo’lmasligiga olib kelgan.

Kimdir otasining hukumatga qarshi kirdikorlarini ochib bergan, kimdir onasining bug’doy og’irlaganligi (aynan o’zini boqish uchun) haqida xabar bergan. Faol bolakaylar Partiya rahbarining mukofoti va Qirimdagi Artek bolalar oromgohida dam olish huquqini qo’lga kiritgan.

Nazarimda, bunday diskursiyaning shakllanishi Ittifoqdan ajralib chiqqan jamiyatlarda qachon, qaysi hollarda, qaysi asoslarda muayyan hatti-harakatlar ustidan shikoyat qilish legitim yoki legitim emasligi borasida holat yuzasidan izlanishlar amalga oshirib ko’rish zaruratini tug’diradi.

@CJandLP
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Qo‘shma Shtatlar Oliy sudi uchun tarixiy kun. Bir necha haftadan beri nomzodi Senatning Sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasida ko‘rib chiqilib Repsublilachilar tomonidan uning maqbul nomzod ekanligi shubha ostiga olinayotgan Ketanji Brown Jackson Senat umumiy yig‘ilishida Oliy sud sudyaligiga tavsiya etildi.

Endilikda Justice Ketanji Brown Jackson — AQSh Oliy sudi sudyalari shunday unvonga ega bo‘ladi — Oliy sudning dastlabki qora tanli ayol sudyasi sifatida o‘z faoliyatini boshlaydi. Respublikachilar Senat qo‘mitasi eshituvida hattoki, uning huquq maktabiga kirish imtixoni natijalari (SAT scores) qanday bo‘lganligi to‘g‘risida surishtiruvlar o‘tkazgan.

@CJandLP
Harvard Huquq maktabining qora tanli talabalari hamda huquqshunos ayollar jamiyati a’zolari 1996-yilda aynan shu Huquq maktabini bitirgan Ketanji Jacksonning Senat tomonidan tasdiqlanish jarayonini universitetda watch-party sifatida namoyish etibdi.

@CJandLP
❤1
Yodingizda bo‘lsa Jamiyat faoliyati doirasida o’tgan yili Nazarboyev universiteti dotsenti Gavin Slade’ning ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishgan edik.

Crime and Justice Series doirasida o’z sohasida fanning rivojlanishiga sezilarli hissa qo’shgan olimlar va tadqiqotchilar bilan online seminarlar tashkil etishga harakat qilamiz.

Seriyalarning navbatdagi mehmoni UC Berkeley Professori Jonathan Simon. Suhbat mavzusi haqida hamda seminar tafsilotlari haqida quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.

#CrimeandJusticeSeries #JonathanSimon #UCBerkeley

@CJandLP
Criminal Justice & Legal Paradigm pinned «Yodingizda bo‘lsa Jamiyat faoliyati doirasida o’tgan yili Nazarboyev universiteti dotsenti Gavin Slade’ning ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishgan edik. Crime and Justice Series doirasida o’z sohasida fanning rivojlanishiga sezilarli hissa qo’shgan olimlar…»
Criminal Justice & Legal Paradigm
Yodingizda bo‘lsa Jamiyat faoliyati doirasida o’tgan yili Nazarboyev universiteti dotsenti Gavin Slade’ning ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishgan edik. Crime and Justice Series doirasida o’z sohasida fanning rivojlanishiga sezilarli hissa qo’shgan olimlar…
2018-yilda Jonathan Simon va uning hamkasbi UC Berkeley’ning faxriy professori Malcolm Feeley (Claire Sanders Clements Dean's Professor of Law, Emeritus) Amerika kriminologlar jamiyati uchun birgalikda intervyu bergan.

Intervyu orqali ularning universitetda talabalik hayotidan tortib, amaldagi ilmiy ishlarigacha bo’lgan turli savollar yangragan. Ular birgalikda 1990-yillarning boshida ko’plab ham-mualliflikdagi ishlar chop etgan. Ular fanga jazo sohasida neolibiral iqtisodiy siyosat oqibatida o’ziga xos diskursiya paydo bo’lib kirib kelganligini aktuarial adliya (actuarial justice) va yangi jazoviylik (new punitiveness) kabi konsepsiyalari orqali kiritgan.

@CJandLP
📖Why is It So Hard to Shrink the Carceral State?

👨‍💼Ma’ruzachi: Jonathan Simon
🏛Ish joyi/lavozimi: Kalifornia universiteti Berkli kampusi (University of California, Berkeley) professori

📆Vaqti: 6-may, 2022-yil; soat 9:00
📍Joyi: Zoom

P.S.: Havola uchrashuv boshlanishiga bir necha soat qolganda e’lon qilinadi.

#CrimeandJusticeSeries
@CJandLP
👍2
🔗Bugungi onlayn mashg’ulot uchun havola

Topic: "Why Is It So Hard to Shrink the Carceral State?" A Guest Lecture by Jonathan Simon
Time: May 6, 2022 09:00 AM Asia/Samarkand

Join Zoom Meeting
https://us06web.zoom.us/j/81915363321?pwd=SlpxZ0lPd09xdmt3dFBwTEVkRU82QT09

Meeting ID: 819 1536 3321
Passcode: 176946

Mashg’ulot bir soatdan so’ng boshlanadi.

P.S.: Iltimos administrator/moderator sizni mashg’ulotga qabul qilishini (waiting room) kutib turing.

@CJandLP
Research Speed-Dating Event/Conference

Ilmiy tadqiqot olib borishni niyat qilgan, bu jarayonlarni boshlagan har bir shaxsda mazkur jarayonlar davomida turli muammolar paydo bo’lishi, savollar tug’ilishi tabiiy holat. Nimani qachon qanday qilish hammani boshini qotirishi turgan gap.

Global shimol kontekstida ilmiy tadqiqot olib boruvchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida turli xil dasturlar amalga oshiriladi. Ulardan biri ‘research speed-dating’ ya’ni ilmiy ish yuzasidan tezkor tanishuv deb nomlanadi.

Mazkur formatning mohiyati yosh olimlarni (Early Career Researcher, ECR) sohadagi bir necha yillar davomida tadqiqot olib borayotgan olimlar, fan darg’alari bilan tanishib olishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Bunda PhD darajasini olish uchun talabgor o’zi olib borayotgan tadqiqotni bir necha olimlarga so’zlab beradi.

Muhimi, talabgor turli olimlardan do’stona kontekstda tezkor izohlar (quick feedback) eshitish imkoniyatiga ega bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, bu talabgorlarning bilimini sinash emas, ularga to’g’ri yo’nalish berishga qaratilgan.

@CJandLP
'Research Speed-Dating Event/Conference’ loyihalarida ishtirok etgan bo’lar edingizmi?
Final Results
85%
Ha, albatta
15%
Yo’q
👍1
'Research Speed-Dating Event/Conference’ loyihalarida ishtirok etishda siz uchun asosiy barrier nima?
Anonymous Poll
35%
Fan sohasini chuqur bilmaslik
65%
Chet-tillarida kommunikatsiya qila olmaslik
Intro_Simon_Jonathon_Why_is_it_so_hard_to_shrink_the_carceral_state41.pdf
232.2 KB
Jonathan Simonning chop etilishi kutilayotgan yangi yakka mualliflikdagi monografiyasi kirish qismi bilan tanishish orqali uning 6-may kuni olib borgan ma’ruzasi mohiyatini tushinib olishga urinishingiz mumkin.

Muallifning roziligi bilan mazkur parchani sizlarning e’tiboringizga havola etamiz.

@CJandLP
Sur’atda Anna Gurinskaya

Anna Gurinskaya Huquqshunoslik doktori darajasiga ega. Hozirgi kunda Sankt Piterburug davlat universiteti Liberal san’at va fanlar kafedrasi dotsenti hamda Herzen davlat pedagogika universiteti professori.

U Rossiya federatsiyasidagi o’zining global hamkasblari bilan muloqot qiluvchi va global hamjamiyat e’tirof etiluvchi jurnallarda maqolalar chop etib borruvchi barmoq bilan sanarli rossiyalik kriminologlardan biri.

@CJandLP
Criminal Justice & Legal Paradigm
Sur’atda Anna Gurinskaya Anna Gurinskaya Huquqshunoslik doktori darajasiga ega. Hozirgi kunda Sankt Piterburug davlat universiteti Liberal san’at va fanlar kafedrasi dotsenti hamda Herzen davlat pedagogika universiteti professori. U Rossiya federatsiyasidagi…
Bir necha yillar ilgari uning Russian Criminology as ‘Terra-Incognita’ nomli maqolasini o’qigan edim. Ish ko’p jihatdan deyarli barcha Post-sovet mamlakatlarining kriminologiyasi tavfsifi bo’lishi mumkin. Quyida ushbu fikrlarni umumlashtirishga harakat qilaman.

Unitilgan Kriminologiya va izolyatsionizm

Gorbachyovning ‘qayta qurish’ dasturi olimlardan ideologik taqib va bosimni olib tashladi. Ko’plab tadqiqotchilar bu davrdan so’ng rus kriminologik maktabi o’zining 1920-yillardagi gullagan davriga qayta olishi va g’arb kriminologiya hamjamiyati bilan ‘ilmiy-bahs’lashuvlar qaytishiga umid bog’lashgan. Biroq, uch dekadali Post-sovet tarixida bu jarayon sust riojlanib, kriminologiya kelajagi mavhum bo’lib turibdi.

Tashqaridan qaraganda tarmoqda progress

🏫 Huquq maktablari: 52 tadan 1211 taga yetgan (Bizda muayyan muddatda huquq maktablari tugatilib yuridik ta'limning yakka monopoliyasi o‘rnatilgan edi).

👨‍🎓1989—2013 yillarda kriminologiya doirasida yoki qisman kriminologiyani o‘z ichiga qamrab olgan himoya qilingan dissertatsiyalar: 1566 ta

🏛 Rus kriminologiya assotsatsiyasi a'zolari: 1300. Taqqoslash uchun mazkur raqam Yevropa kriminologiya jamiyatining a’zolari miqdori bilan teng. Ammo, mazkur jamiyatda atagi 5 nafar rus kriminologi a’zo sifatida qayd etilgan.

Biroq

▪️Kriminologik tadiqot jurnallarini tahlili shuni ko’rsatadiki, mualliflik materaillarining aksariyati tasnfilovchi ahamiyatga ega bo’lib, siyosiy tashabbuslarga tanqidiy jihatdan yondashuvchi maqolalar sanoqli.

▪️Buyrokratik Oliy ta’lim vazirligi huquq maktablari o’quv rejasidan kriminologiya fanini chiqarib tashlagan.

▪️Boshqa ijtimoiy fanlar bilan solishtirilganda kriminologik kontentlarda muhim g’arb g’oyalari o’z aksini topmagan. Misol sifatida Kudryavstev va Eminov muallifligidagi 800 varaqli Kriminologiya darsligining atagi 6 beti xorijiy nazariyalar muhokamasiga bag’ishlangan.

Boloniya standardlari

▪️Ta’lim sohasida OTMlar o’ratasida raqobatni oshirish va ularning xalqaro hamjamiyatiga integratsiyasini ta’minlash maqsadida joriy etilgan Boloniya standardlari ta’lim tizimida haddan tashqari ortiqcha nazorat vositalari va institutsional buyrokratiyaning vujudga kelishi zamin yaratgan.

▪️Yuqori reyting indeksiga ega jurnallarda maqola chiqarish talabi va amaldagi tadqiqot olib borish metodologiyasida to'siqlar maqola chop etishda qiyinchiliklarni vujudga keltirmoqda.

Bu kabi muammolar shubhasiz bizning akademik doiralarni ham chetlab o’tgani yo’q. Hozir ham, nazarimda, turli reytinglar orqasidan quvish planida haqiqatda ilmiy ishlar va o’quv jarayonini sifat darajasiga e’tibor qaratish ikkinchi darajaga tushib qolmoqda.

@CJandLP
Criminal Justice & Legal Paradigm
Sur’atda Anna Gurinskaya Anna Gurinskaya Huquqshunoslik doktori darajasiga ega. Hozirgi kunda Sankt Piterburug davlat universiteti Liberal san’at va fanlar kafedrasi dotsenti hamda Herzen davlat pedagogika universiteti professori. U Rossiya federatsiyasidagi…
90-yillarda Rossiya Federatsiyasida kriminologiya rivojlanishining yangi bosqichi markazdan emas, balki periferiyalarda boshlangan.

Sankt-Piterburg, Volga-Neva, Saratovda yangi maktablar paydo bo‘lgan. Moskvadagi konservativ maktab vakillari va yangi maktablar o‘rtasida intellektual opponentlik shakllangan.

Rus kriminologiyasining kechasi, hoziri va kelajagi haqida mulohaza qilgan Annaxonim uning ertasiga juda pessimistik qaraydi.

@CJandLP
Jinoyat huquqi va qonunchiligida o‘z aksini topgan bir tushuncha bor — ijtimoiy xavf. Bu konstruksiya orqali post-sovet mamlakatlari jinoyat qonunchiligi jinoyatlarni tabaqalashtiradi.

Ijtimoiy xavf haqida fikr mushohada qilish bizni bir savolga qarab yetaklashi mumkin. Muayyan jinoiy qilmishlarning ijtimoiy xavfli yoki xavfli emasligini kim belgilaydi? Jamiyat a’zolari? Ularning vakillari? Sud?

Odatda global shimol kontekstida muayyan bir qilmish/harakat ommaviy-axborot vositalarida muhokama qilinadi (bu jamiyatda ahloqiy sarosima “moral panic” keltirib chiqaradi), vakillik qiluvchilar bunga darhol reaksiya bildiradi. Qonunchilik jarayonlari orqali qilmish kriminalizatsiya qilinishi yoki qattiqroq sanksiyalar orqali penalizatsiya qilinadi. Sud esa ana shu qonunchilik hujjatlarini amaliyotga tadbiq etilishini ta’minlaydi.

Bu aksariyat hollarda yaxshi oqibatlarni keltirib chiqmagan. Shtatlar, Birlashgan Qirollik yoki Kontinental Yevropada jinoyatlarga qattiq javob berish (tough on crime) siyosati paydo bo‘lgan.

Shtatlar misolida bu elektoral doirani belgilash, ushlab qolish bilan izohlanadi. Ya’ni siyosiy kurash davomida nomzodlar elektoratga agar ular ovoz olsa yon-atrofda jinoyatchilikni kamaytirib berishni va’da beradi.

Qarama-qarshi ravishda post-sovet mintaqada ijtimoiy xavf odatda qonunchilik tashabbusini ilgari suruvchi organ tomonidan belgilab beriladi.

Har ikkala holatda ham muayyan kamchiliklar bor.

Masalani yechishning eng samarali formulasi ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish, jamiyatni, uning a’zolarini huquqqa bo‘lgan munosabatini o‘rganib ko‘rishdan iborat. Eng muhimi soliq to‘lovchilar soliqlaridan shakllangan mablag‘larni jinoyatchillikka qarshi kurashish, huquqni muhofaza qilish faoliyatini saqlab turish o‘rniga ijtimoiy sohalarga yo‘naltirish darkor.

P.S.: Savolga qaytadigan bo‘lsak jinoyat bu ijtimoiy qurilma (a crime is socially constructed) ya’ni zamon va makonga qarab muayyan qilmish jinoyat deb topiladi yoki jinoyatlar doirasidan chiqarib yuboriladi (de-kriminalizatsiya).

@CJandLP
👍2
21-22-may kunlari Qozog‘istonning Nazarboyev universiteti Harvard universitetining Davis Rus va Yevrosiyo tadqiqot markazi bilan hamkorlikda Imperiya, koloniyalar va bilim mavzusidagi katta xalqaro konferensiya tashkil etmoqda.

Qiziquvchilar o‘ziga ma’qul kelgan ma’ruza/taqdimotni kuzatishi mumkin. Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Zoom havola:

https://nu-edu-kz.zoom.us/j/93463316481#success

@CJandLP
Anastasia Aiguzina, ‘Post-Soviet Flag’

@CJandLP