Criminal Justice & Legal Paradigm
245 subscribers
384 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
1970-yillardagi Neft inqirozi

@CJandLP
Odillikni belgilab beruvchi narsa bu sud va sudyalarning bunday harakatlarni amalga oshirishi emas; Bu magistrat (sudyalar) — hattoki, ular shunchaki, mediatorlik yoki arbitorlik funksiyasini amalga oshirsa-da — intervensiyasi emas. Huquqiy akt, protsess va protseduralarni keng ma'noda xarakterlashtiruvchi jihat bu nizoning tartibga solinishi qay yo'sinda rivojlanganligidir hamda mazkur jarayonda sudyalar intervensiyasi, ularning fikri va qarorlari epizodlardan biri xolos. Huquqiy tartibni belgilab beruvchi narsa bu bizning bir-birimiz bilan qanday konfrontatsiyaga yuzlashishimiz, nizoga borishimizdir. Qoida hamda qarama-qarshilik, qarama-qarshilikdagi qoida — bu huquqiy maydon haqida bilishimiz kerak bo'lgan barcha narsalardir.

~ Michel Foucault, Théories et institutions pénales. Cours au Collège de France (1971-1972)

@CJandLP
Guernica, Basque Country, Spain. 27 April, 1937.

@CJandLP
‘War: first, one hopes to win; then one expects the enemy to lose; then, one is satisfied that the enemy too is suffering; in the end, one is surprised that everyone has lost’

~ Karl Kraus, Die Fackel (The Torch)
@CJandLP
👍2
École normale supérieure—O‘zbek tiliga Oliy ta’lim maktabi nomi bilan tarjima qilinuvchi—nufuzli Fransuz oliy ta’lim muassasasining Falsafa fanidan kirish imtixonlari o‘zining juda murakkabligi bilan dunyoga tanilgan.

Imtixonning davomiyligi olti soat va bu yil imtixon mavzusi ‘Fan hokimiyati’ deb nomlanibdi. Imtixonda hech qanday qo‘llanmalardan foydalanishga ruxsat yo‘q. Maktabda o‘qiganlar o‘z imtixonlarini eslar ekan, yonidagi nomzodning ko‘ziga deyarli yosh kelganini ta’kidlaydi.


@CJandLP
William Hogarth qalamiga mansub mazkur sur’atlar gin spritli ichimligini distillashni noqonuniy deb belgilagan Gin Act of 1751 qonuni qabul qilingan davrda chizilgan.

Chap tarafda, Ingliz pivosini iste’mol qilayotgan xushchaqchaq, mehnatkash shahar vakillari aks ettirilgan Beer Street ko’chasi.

O’ng tarafda, ishyoqmas, dangasa gin iste’mol qiluvchilar tasvirlangan Gin Lane ko’chasi.


@CJandLP
O‘n sakkizinchi asr Angliyasidagi ‘Gin Crisis’dan yigirma birinchi asr binge-drinking ‘inqirozigacha’

Toshkent shahrida 5-7-iyun kunlari Taras Shevchenko ko‘chasida bo‘lib o‘tgan Beerfest festivali bir necha kunlardan beri tarmoqlardagi muhokamalarning markazida bo‘lib kelmoqda. Jamiyatning turli segmenti u yoki bu asnoda argument keltirgan holda o‘z pozitsiyasini bildirishga urinmoqda. Argumentlar valid yoki validlik kuchiga emasligi, ularning ishontira olish darajasi bir masala, bu post orqali sizning e’tiboringizni Ingliz jamiyatida yoshlarning ekzessiv ravishda alkogol ichish trendi – ‘binge-drinking’ va bu trendning Ingliz siyosiy diskursi, media makonida inqirozga tenglashtirgan holda Sotsiolog Steve Cohen ta’biri bilan aytganda o‘ziga xos ahloqiy sarosima (moral panic) yuzaga keltirganligiga qaratmoqchiman.

Gin crisis (Konspt O‘zbek tilida boshqa mazmun beruvchi so‘z ma’nosi kelib chiqishini oldini olish maqsadida jin inqirozi degan tarjima konseptdan foydalanilmadi). Gin crisis 17-asr yakunida qisman Ingliz hukumatining past navli vino mahsulotlariga bolarni kamaytirish orqali o‘sib kelayotgan mahalliy distileriyalarni qo‘llab-quvvatlashi ortidan alkogol mahsulotlari iste’molining o‘sishi natijasida yuzaga kelgan fenomenon. Taqqoslash uchun agar 1690-yillarda Ingliz disteleriyalari yarim million gallon spirt mahsulotlari uchun boj to‘lagani qayd etilgan bolsa, 1720-yillarga borib Londonda yiliga 2,5 million gallon gin tayyorlangan hamda manbalarda bu ko‘rsatkich shaharda jon boshiga haftasiga bir pint (ichimlik idishi) to‘g‘ri kelganligini ko‘rsatadi. 1740-yillarga borib gin ishlab chiqish iqtisodiy faktorlar, 1751-yildagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgarish va ichkilik iste’molidagi o‘zgarish natijasidagi spirtli ichimlik iste’mololidagi tushishgacha gin ishlab chiqarish 7-8 million gallonga ko‘tarilgan.

1/n

@CJandLP
Yuqoridagi postda qoldirilgan Hogarth qalamiga mansub Gin Lane nomi ostidagi sur’ati davr davomiy ‘inqiroz’ va muammoni yechishga qaratilgan kompaniya o‘zining kulminatsion nuqtasiga chiqqan davrini ifodalaydi. 1751-yilda chop etilgan ushbu sur’at o‘zining sherigi bo‘lgan narigi kartina bilan jamiyatning ‘oldingi’ va ‘keyingi’ davrlarini tasvirlashga uringan hamda aynan Ingliz Parlamenti o‘zining yangi sessiyasini boshlayotgan davrda muhokama maydoniga olib chiqilgan.

Bosmadan chop etib chiqarilgan sur’atlarga e’tibor bilan qarash ularni reallikni ochib berishga qaratilgan shunchaki sur’at emas, balki ana shu reallikni mohirlik bilan konstruktlashtirib berishga harakat qilgan kartina ekanligiga guvoh bo‘lish mumkin. Ajratib ko‘rsatish mumkinb bo‘lgan muayyan mavzular sirasiga yaxshigina reprezentatsiya qilingan erkaklar–xususan, Beer Streetda ular muqaddas manbalarda tasvirlangan xususiyatlar orqali ifodalangan–qolaversa, Gin Lane’da ayollarning muayyan salbiy konnotatsiya kasb etuvchi bo‘yoqlar orqali tasvirlanganligi ko‘rinadi. ‘Keyingi’ davr ifodalangan bosma nashrda erkaklar obrazi ikki xil salbiy bo‘yoqdorlik orqali tasvirlanadi. Ular yoki gin mahsulotini iste’mol qilish uchun to‘lov qilishga o‘z anjomlarini sotib shahardagi binolarni xarob ahvolga tushishi yoki o‘z oilasini boqa olmasdan ularni parish ya’ni mahalliy munitsipal administratsiya zimmasiga yuk qilib qoldirgan shaxslar sifatida gavdalantiriladi.

2/n

@CJandLP
Tasvirlardagi ajratib o‘tish mumkin bo‘lgan boshqa mavzular doirasiga ‘patriotizm’ va davlat boshqaruvi. Xususan, Gin kontenetal, va albatta Fransuz, mahsuloti bo‘lganligi bois Beer Street tasvirlangan bosma nashrlarning bir versiyasi unda ‘nozik’ Fransuz Beer Street’dan viqorli Ingliz artizani tomonidan chiqarib yuborilayotgani tasvirlangan. Davlat boshqaruvi maslasida esa Gin Lane bosmasi orqali hukumat qanday qilib bularning barchasi sodir bo‘lishiga yo‘l ochib bergan yoki yanayam soddaroq qilganda hukumat qayerda–O‘zbekchada aytganda, mahalla qayga qarayapti?–degan savol o‘rtaga tashlanadi.

George I davrida ushbu ahloqiy sarosima–ichkilik bilan bog‘liq yuzaga chiqqan ehtimoliy ilk ahloqiy sarosima–nafaqat ichkilik iste’molini o‘sishi muammosi, balki Qirol George I davridagi jamiyatning keng ijtimoiy muammolarini ichkilik iste’molining o‘zgarishi muammosi orqali o‘zida aks ettirgan. Jumladan, urbanlashuv jarayonlarining kengayishi Londonga mamlakatning turli hududlaridan kirib keluvchi aholining o‘sishiga, bu esa shaharning sotsial to‘qimimasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy effektni keltirib chiqargan. Ushbu davr, qolaversa, jamiyat boylik darajasining umumiy ma’noda o‘sishi, xususan, ischi sinf vakillari real daromadlari oshishi, ichkilik iste’mol qilish, ishlash va uy-xo‘jaligi bilan bo‘g‘liq xulq-atvoriga ta’sir o‘tkazgan. Shu jumladan, jamiyatda oila instituti va onaning bolalarga bo‘lgan munosabati yuzasidan xavotir paydo bo‘lgan. Bularning barchasi hukumat jamiyat yuzlashayotgan ijtimoiy muammoning jiddiylik darajasiga lozim darajada e’tibor qaratmayapti degan umumiy havotirlarni shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shgan.

Gin inqirozi kompaniyasi esa abstrakt, mavhum ijtimoiy muhitda emas, balki aynan mana shu ijtimoiy sharoitda vujudga kelgan. 1695-yildagi Lintsenziyalash Akti bosma-nashrlarning oshishiga va Hogarth kompaniya tarafdorlarining bundan uch dekada davomida foydalangan holda jamiyatning keng qatlamiga yetib borishiga olib keladi.

3/n

@CJandLP
❤1
‘[W]e require history for life and action, not for the smug avoiding of life and action, or even to whitewash a selfish life and cowardly, bad acts. Only so far as history serves life will we serve it.’

~ Friedrich Nietzsche

@CJandLP
‘Totalitar harakatlar atomlashgan, isolyatsiyadagi individuallardan tashkil topgan ommaviy tashkilotlardir. Boshqa barcha siyosiy partiyalar va harakatlar bilan taqqoslanganda ularning yaqqol ko’zga ko’ringan tashqi belgisi bu ularning individual a’zolardan total, cheklanmagan, shartsiz va o’zgarmas sadoqat kutishidadir.’

1/2

@CJandLP
👍1
‘…Mazkur talab bunday totalitarian harakatlar yetakchilari tomonidan ular hokimiyatni egallab olishidan oldin ilgari suriladi. Bu odatda ularning hokimiyati ostida o’z mamlakatini boshqarishdan ham kengroq doiraga yetib, vaqti kelib butun insoniyat yetib borishga da’vo qiladi hamda mazkur da’vo ular tayangan ideologiyadan kelib chiqadi. Totalitar hokimiyat totalitar harakat ortidan shakllanmagan hollarda (bu Nazi Germaniyasidagi shart-sharoitga qarama-qarshi ravishda Rossiyada yuzaga kelgan shart-sharoitdir), bunday harakat hokimiyat egallanganidan so’ng total sadoqatga—total dominatsiya uchun psixologik asosga—erishish uchun sun’iy ravishda yaratilishi darkor.

Bunday sadoqat faqatgina barcha ijtimoiy aloqalardan—xususan, oila, do’stlar, ham-maslak yoki shunchaki tanishlardan uzib qo’yilgan holda shaxsning o’zligini harakat yoki siyosiy partiyaga bog’lagan holda—uzib qo’yilgan insondan kutilishi mumkin.’

~ Arendt, H., 1951. The origins of totalitarianism (Vol. 7). Harcourt: New York.

2/2

@CJandLP
Har qanday sud-huquq tizimidagi o’zgarishlar tahlili sporadik, tarqoq, epizodik u yoki bu hodislarga e’tibor qaratish orqali emas, balki ana shunday voqea-hodislarni bir-biriga bog’lash, hokimiyat tarmoqlari-aro va aynan bir hokimiyat ichidagi institutlar o’rtasidagi munosabatlar dinamikasi hamda kuch kounturining qanday o’zgarishga e’tibor qaratish lozim.

P.S.: Sur’atda 1953-yil Mart va 1982-yil Yanvar holatiga ko’ra Sobiq Ittifoqning asosiy ijroiya organlari a’zolari va ularning lavozimlari tavsiflangan.

Manba: Huskey, E. ed., 1992. Executive power and Soviet politics: the rise and decline of the Soviet state. ME Sharpe.

@CJandLP
Huquqiy soha vakillarining no-demokratik kontekstda faoliyat yuritishi ularni yo davlatning harakatlarini legitimlab beruvchi “o’rgangan yordamchiga” yoki davlatning ekzessiv harakatlarini moderatsiya qila oluvchi “huquqiy fazilatlar himoyachisi” vazifasini bajarishdek ikki dillema o’rtasida qoldiishi yuzasidan ko’plab tadqiqotlar o’tkazilgan.

Dadbruch (1957) tadqiqotlarida muayyan o’rnatilgan qoidalar asosida faoliyat yuritishda o’z ifodasini topgan o’ta formalistik shakldagi “huquq ustuvorligi” atrofida qurilgan rejimlarda huquqshunoslar adolatsiz qonqunlarni ijro etishiga qaramasdan javobgarlikni o’z zimmasidan soqit qilgan deb hisoblagan. Bunday nyuansli kartina, ayniqsa, Uchinchi reyxning Nemis huquqshunoslari misolida yaqqol ko’zga tashlagan. Garchi ular rejimning adolatsizliklari qarshisida ko’z yumgan bo’lsa-da, o’zlarini erkinlikka prinisiplariga sodiq shaxslar deb ishontirgan. Vaholangki, rejim siyosatini amalga oshirishda “huquqiy dekorum” yaratib berish orqali, ular nafaqat bunday siyosatni implementatsiyasiga o’z hissasini qo’shgan, balki oxir-oqibat ularni legitimlashtirib bergan.

Umuman olganda bunday kontekstda “huquq ustuvorligi” konsepsiyasining rivojlanishi Germaniyada 19-asr yakuniga borib ultra-pozitivistik Rechtsstaat doktrinasining paydo bo’lishiga borib taqaladi. Unga ko’ra, 1848-yilgi demokratik-inqilobiy harakatlarni bostirgan Kayzer hukumati mag’lubiyatga uchratilgan burjua harakatini hokimiyat manbasi o’zgarmaganligini qabul qilishga erish maqsadida o’z harakatini huquqqa asoslashga, bog’lashga kirishgan. Boshqacha qilib aytganda, huquq ustuvorligiga tayangan holda faoliyat yurituvchi Rechtsstaat (davlat) konsepsiyasi Nemis boshqaruv elitasi qabul qilishi mumkin bo’lgan qaror-qabul qilish jarayonini xalq tomonidan demokratik nazorat qilish g’oyasiga eng maqbul alternativ sifatida ma’qullangan.

@CJandLP
Har bir jamiyatda u yoki bu shaklda nizolar paydo bo’lishi tayin. Thomas Hobbescha tilda aytganida ana shunday nizolar yiriklashib, jamiyat ‘barchaning barcha bilan urushiga’ aylanib ketmasligi uchun, mazkur jarayonlarni boshqarib boruvchi yagona mavjudod, maxluq—Leviathan bo’lishi darkor.

Zamonaviy global shimolda (yoki odatdagi terminologiyadagi G’arb) bunday nizolar, odatda, uchta yirik ommaviy mexanizmlar orqali yechiladi: reprezentativ institutlar, sudlar va bozor.

Sobiq Ittifoq merosidagi mamlakatlar uch dekadadan ortiqroq vaqt mobaynida hali hamon mazkur makonlarni yaratib olishni uzil-kesil yakuniga yetkaza olgani yo’q. Demokratiya oroliga qarab harakat qilgan Qirg’iziston reprezentativ institutlari inqirozlar siklida, kuchli bozorni yaratib global shimol bilan mustahkam aloqa qurish ortidan borgan Gurjistonda qisqa muddatda effekt bergan reformalar mustaqil sud instrumenti defetsitidan aziyat chekmoqda.

Nizolarni hal etishning ushbu vositalarini rad etgan Sovet hukumati jamiyatni nizolarni hal etish instrumentlari partiya va boshqa ijroiya hokimiyati funksionerlari qo’lida jamlangan modelni afzal ko’rgan.

@CJandLP
Birinchi rasmda Xitoy Xalq Respublikasi Shanxay provinsiyasi sud personalining 1980-yillar o’rtalarida olingan fotosur’ati aks ettirilgan.

2000-yilda Xitoy ham bunday harbiylashgan uniformalar eng fundamental huquq prinsiplariga zid ekanligini anglagan holda bu uniformalar modelidan butunlay voz kechgan.

Sud hokimiyati personali ijroiya hokimiyatining funksionerlari emas, nizolashayotgan tomonlar o’rtasidagi arbitr. Sud personali formal usti-boshi qatoriga uniforma va pogonlarni joriy etish sovet arxaizmidan boshqa narsa emas.

@CJandLP