Criminal Justice & Legal Paradigm
245 subscribers
384 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Criminal Justice & Legal Paradigm
O’tin tashiyotgan dehqon (1919-19123-yillar orasi), Julio Gonzalez @CJandLP
1842-yilda Germaniyaning Reyn provinsiyasi qonun chiqaruvchi hokimiyati kambag’allar odat huquqi bo’lib Nemis jamiyati ijtimoiy hayotining sotsial to’qimasiga aylangan qurib qolgan darxat shox-shabbalarini yig’ish—kollektiv yoki xususiy egalikdagi yerdan bo’lishidan qat’i nazar—huquqini kriminalizatsiya qilish to’g’risida qonun qabul qilgan.

Huquq maktablarida odatdagi doktorinal tahlil—qonunlar qanday bo’lishi kerak, ular qanday qo’llanilishi kerak kabi—normativ tahlil 1970-yillarda Tanqidiy huquqiy tadqiqotlar (Critical Legal Studies, CLS) nomi ostidagi radikal qanot vakillarining alternativ epistimologiyasi bilan to’ldiriladi.

THTchilar akademik muassasalardagi ijtimoiy harakat o’laroq huquqiy tadqiqotlarga tanqidiy va ijtimoiy nazariyalar, strukturalizm va post-struktruralizm qarashlarini olib kiradi. THT huquqqa neytral, barcha uchun teng, xolis fenomenon sifatida emas, sinfiy dominatsiyada hukumron sinf manfaatlarini ifoda etuvchi, qo’riqlovchi hamda muhofaza qiluvchi vosita deb qaraydi. 1970-yillardagi jinoyat va jazo tadqiqotlarini amalga oshirgan olimlar jinoyat ‘kapitalning ishchi sinfini yaratish va nazorat qilishdagi eng ko’hna qurolidir’ degan nuqtai-nazarni ilgari surgan.

@CJandLP
Birlashgan Qirolliklar Bariga—Ingliz bari Lincoln's Inn, Inner Temple, Middle Temple va Gray's Inn nomli 4 ta alohida professional assotsiatsiyadan iborat—qabul qilinganlik haqida shahodatnoma.

@CJandLP
Al-Kaponening qamoqxona kamerasi, Filadelfiyadagi Sharqiy Shtat Penitensiar muassasasi (Eastern State Penitentiary)

Manba: Rubin, A.T., 2021. The Deviant Prison: Philadelphia's eastern state penitentiary and the origins of America's modern penal system, 1829–1913. Cambridge University Press.

@CJandLP
Yevro Osiyo mintaqasida Rossiya tomonidan u yoki bu tarixiy davrda mustamlaka qilingan mamlakatlarning zamonaviy oliy ta’lim tizimida hali hamon post-kolonial davomiylik kuzatilmoqda.

Fundamental nazariy o’quv dasturlari doirasida deyarli mintaqadagi barcha universitetlarda umumiy tanlangan adabiyotlarga qayta-qayta murojaat qilinadi.

@CJandLP
❤1
Urush bilan bir qatorda [o’lim jazosi] uzoq vaqt davomida qilichga bo’lgan huquqning boshqa bir shakli bo’lib kelgan; bu suverenning uning xohish-irodasi, qonunlariga yoki shaxsiyatiga qarshi chiqqanlarga nisbatan bergan javobini tashkil etgan… Hokimiyat o’ziga hayotni boshqarish funksiyasini olgach, uning mavjud bo’lishi va ana shu mavjudlik mantig’i—insoniy hissiyotlarni uyg’otib yubormagan holda—o’lim jazosini harakatga keltirishni murakkablashtirib qo’ygan.

Qanday qilib hokimiyat, toki uning asosiy vazifasi hayotni tartibga solish, uzaytirish, barqarorlashtirish va ta’minlashdan iborat bo’lsa, o’zining eng katta prerogativ huquqini insonlarni o’limga hukm qilish orqali amalga oshirishi mumkin? Bunday hokimiyat iqtidori uchun o’lim jazosini ijro etish bir vaqtning o’zida chegara, mojaro va ziddiyatdir. Shu sababli, jinoyatning og’irligidan-da, uni sodir etgan shaxsning hayvoniyligini, uni tuzatib bo’lmasligi hamda jamiyatning himoyasini ilgari surmaguncha, oliy jazoni saqlab turishning imkoni mavjud emas.

~ Foucault

@CJandLP
YouGov/CATO so‘rovnomasi natijasiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda yoshlarning deyarli 2/3 qismi sotsializm g‘oyalariga ustuvorlik bermoqda.

Bu ko‘rsatkich 2019-yilda 51%ni tashkil etgan.

@CJandLP
❤1
Nietzsche Fransuz madaniyati haqida:

@CJandLP
Birlashgan Qirollik Milliy arxivining MI5 ko’rgazmasida Hitlerning Myunxen bitimini qanday interpretatsiya qilishi haqida Britaniya xavsizlik idorasining hisoboti saqlanadi.

Unda bir vaqtlar dunyoga o’z ta’sirini o’tkazgan Britaniya imperiyasining ‘soyabon-pasifist’ bosh vaziri Nevil Chemberlinga nisbatan ishlatigan kamsitish va hazillar haqida qaydlar kiritilib, Hitler G’arb demokratiyaslari haqidagi qarashlariga iqtibos keltirilgan:

‘Demokratiyalar bizning maqsadlarimizga erishishni qanchalar osonlashtirayotganligi juda hayratli. […] Ular qancha ko’p narsa taklif qilsa, men shuncha do’q-po’psa orqali ulardan boshqa narsalarni talab qilaman.’

@CJandLP
1991-yil 19-avgust kuni sodir etilgan coup d’état davomida Sovet davlat telekanali tõxtovsiz ravishda uch kun Chaikovskyning Oqqush kõli kompozitsiyasini uzatgan. Shundan beri ushbu kompozitsiya mamlakatdagi senzurani ifoda etuvchi ramzga aylanib qolgan.

Umuman olganda, Chaikovsky asarni pasxaning xotirlash haftaligida yozib tugatgan degan qarash mavjud. Shu sababdan, sovet xalqi degan umumiy nom ostida majburan birlashtirilgan xalqlarga Brezhnev, Andropov va Chernenkolar vafot etgan kunlarda siyosiy elita yopiq eshiklar ortida vorislik masalalarini hal qilib kuch bõshliğini tõldirilayotgan bir vaqtda televideniya orqali ertalabdan-kechgacha balet namoyish etilgan.

Mashhur asar nafaqat xotira va xotimani anglatuvchi ramziy ma’no kasb etadi, balki yangi davr boshlanishini ham bildiradi.

P.S.: Mazkur videoda Fransiya jamoat joylaridan birida Oqqush kõli asari ijrosi aks e’ttirilgan.

@CJandLP
❤1👍1
Sud hokimiyatining mustaqilligi haqidagi ilk yirik bayonot Ingliz huquqshunosi Eduard Kuk (Edward Coke CJ) tomonidan Prohibitions del Roy (1607) nomi ostidagi sud ishida e’tirof etilgan bo‘lib unda shunday deyilgan:

Qirolning o‘zi mustaqil tarzda hech qaysi ish—xoh jinoiy, xoh taraflar o‘rtasidagi ishlar—yuzasidan hukm chiqarishga haqli emas; ammo bunday ishlar Adliya sudlari (Court of Justice) tomonidan Ingliz huquqi va odatlari asosida o‘rganilib va ko‘rib chiqilishi darkor. Qirol suddagi Qirol o‘rindig'ida o‘tirishga haqli [King's Bench], biroq qaror sud tomonidan chiqariladi. Mamlakatda hech qaysi qirol bosqindan [tahr. Ulliam Istilochi boschiligidagi Normandlar bosqini nazarda tutilmoqda] so‘ng adolat o‘rnatish masalalari yuzasidan hech qaysi asoslarga ko‘ra qaror qabul qilishni o‘z zimmasiga olmagan hamda mazkur asoslar faqat va faqat Adliya sudlari tomonidan aniqlangan va o‘rnatilgan.

[1607] EWHC KB J23
77 ER 1342, 12 Co.Rep. 64

@CJandLP
❤1
O’ng populist mediasida ahloqiy sarosima prizmasi orqali odatda yanglish tavsiflanuvchi ijtimoiy davlat funksiyasi o’zi bilan birga muayyan darajada madaniy kapital yaratadi. Xususan, Britaniyada paydo bo’lgan deyarli barcha e’tiborga molik narsalar—musiqa hollaridan ko’cha kaboblarigacha, stend up komediya shoularidan tortib rock ’n’ rollgacha—ishchi sinfi vakillari tomonidan yaratilgan fenomenlardir.

Boshqacha qilib aytganda, ishchi sinf qatlami o’z bo’sh vaqtini shunchaki dam olish va xordiq chiqarishdan tashqari, ana shunday narsalarni yaratishga ishdan holi vaqtda sarflagan.

Brit pop-madaniyatining 1960-yillarda bunday kengayishi faravon davlat g’oyasi orqali implementatsiya qilingan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash dasturlari orqali amalga oshirilgan. Butun dunyoni egallab olgan Britaniya pop-rock guruhlarining vakillarining aksar qismi o’z formativ davrining kamida muayyan bir qismni ishsizlik nafaqalarida o’tkazgan.

@CJandLP
👍1
Har yili sentabr oyining birinchi Dushanbasi Qo‘shma Shtatlarda Mehnat kuni sifatida ‘nishonlanadi’. Ko‘pchilik xalqaro mehnat harakatidan ajaratib olingan va izolyatsiyalangan bu bayramni global mehnatkashlarning asrlar davomida davom etgan mehnat huquqlari uchun harakatini ifodalovchi 1-Mayning kapitalist siyosatchilar tomonidan sanitatsiyalangan, mehnatning kollektiv muzokara kuchini ‘ma'sul’ kanallarga yo‘naltirib yuborilgan ko‘rinishi deb baholaydi.

Shunday qilib, bu yondashuv Mehnat kuni bayramini ischilar harakatini mag‘lubiyatga uchratgan ‘boshliqlarning bayrami’ deb interpretatsiya qiladi.

@CJandLP
❤1
Barristerlar va Chamberlar

Huquq amaliyoti landshaftiga nazar tashlansa ahyon-ahyonda barrister yoki chamber so’zlariga ko’zingiz tushishi tabiiy. Ayrim chalkashliklarning oldini olish uchun ko’hna qit’adan ajralib qolgan Britaniya orollaridagi Angliya va Uels—oroldagi yurisdiksiyalar turli geografik nomlar ostida yuritiladi, ammo sof yuridik jihatdan, Angliya va Uels birgalikda bitta yurisdiksiya, Shotlandiyaning o’zi alohida bitta yurisidiksiya va tarixiy jihatdan, respublikaschilik emas, qirollik ittifoqini qo’llab-quvvatlagan Shimoliy Irlandiya alohida yana bir boshqa yurisdiksiyani tashkil etadi—yurisdiksiyadagi qora rangli ustki yopinchiqlar (robe) va otning dumini elatib yuboruvchi turmaklangan oq bosh kiyimda (wig) yuruvchi shaxslar va ular ishlovchi ishxonalar haqida gaplashamiz.

Birinchi navbatda, o’zini barrister—ananaga ko’ra Ingliz sud zallari jamoatchilik va huquqiy soha vakillari o’rtasidagi to’siq ya’ni bar bilan ajratib qo’yiladi; mazkur soha vakillari bilan bir qatorda bo’lish uchun nozmodlar imtixondan o’tishi hamda barga chaqiruv olishi nazarda tutilgan—deb atovchi huquq amaliyoti vakillari o’zini-o’zi band qilgan, mustaqil shaxslar deb qaraladi. Ular muayyan joyda va binoda o’ziga o’xshash boshqa soha vakillari bilan o’zaro umumiy resurslarni bo’lishgan holda faoliyat yuritadi.

Chamberlar ya’ni O’zbekchada xona yoki palata so’zlari bilan ifodalanishi mumkin bo’lgan tushuncha tavsiflash biroz murakkab bo’lsa-da, na korporativ strukturaga ega kompaniya (LLC) yoki na shirkatlardir (partnership). Ular birgalikda ishlovchi ananaviy tarzda ijrachilar ya’ni tenants deb ataluvchi yoki zamonaviy huquqiy olamda shunchaki a’zo degan neytral, o’zida bo’yoqdorlik ma’nolarini ifodalamaydigan so’zda ifodalanadi. Natijada, palatalar (chambers) brend yoki platforma vazifasini o’tab beruvchi bir necha ofislardan iborat makonga aylanadi.

Umuman olganda, palatalar muayyan qadriyatlar atrofida birlashgan barristerlardan iborat forum salanadi. Bunda qarorlar qo’mitalar orqali yoki ovoz berish yo’li bilan hal etiladi. Palatalarga rais yoki CEO, yohud boshaqruvchi sherik (managing partner) rahbarlik qilmaydi, balki uning boshlig’i a’zolari tomonidan ovoz berish yo’li bilan saylanadi hamda boshqaruvchi sherikdan farqli ravishda palatalar rahbari uning individual barristeri faoliyati yuzasidan javobgar sanalmaydi.

@CJandLP
❤2
Proudhon, P.J., 1876. What is property?: An inquiry into the principle of right and of government (No. 23). BR Tucker.

@CJandLP
❤2
Fin oliy ta'limidan keyingi ta'limida o'ziga xos ritual mavjud—ilmiy ishini himoya qilgan nomzodga maxsus tayyorlangan bosh kiyim va marosim qilichi taqdim etiladi.

Bosh kiyim tadqiqot qilishga bo'lgan erkinlikni o'zida ifoda etsa, olimning qilichi fanning o'zagini tashkil etuvchi haqiqatni topishga urinish, fan orqali har doim haq uchun kurashish ramziyatini ifodalaydi.

@CJandLP
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‘Ehtimol qirol qo‘lidan medal olish va uning qo‘lini siqib qo‘yish yaxshi muqova hosil qilar, siz yana ko‘plab nusxada kitoblar sotishingingiz mumkin’ — deb yozadi Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan Northwestern universiteti Professori Joel Mokyrning sobiq talabalaridan biri.

Xatini davom ettirar ekan British Columbia’da faoliyat yurituvchi professor ‘odamlar ilmiy ishlaringiz yetkazib beruvchi bilimlar va innovatsiyadan ko‘plab narsalarni o‘rganishi mumkin. Biroq, qanchalik hayratlanarli eshitilsada, sizning Nobel mukofoti bilan davom etgan faoliyatingiz ikkinchi eng muhim meros bo‘lib qoladi. Birinchi darajadagi merosingiz — biz: siz fikrini shaklantirgan o‘nlab talabalardir!’ — deb o‘z maktubini yakunlagan ekan.

📹 Northwestern universitetining Twitter sahifasidan

@CJandLP
👍1
Sotsiologiya va siyosiy fanlarda, institutsional tutqunlik nazariya (Institutional Capture Theory) bor. 1982-yilda iqtisodchi Jorj Stigler tomonidan ilgari surilgan nazariya dastlab davlat regulyatorlik tashkilotlari aksar hollarda o‘zi regulyatsiya qilishi lozim bo‘lgan industriya tomonidan egallab oladi degan nuqtai-nazarni ilgari surgan. Natijada u yoki bu huquqni himoya qilish darkor bo‘lgan regulyator jamoatchilik manfaatlariga emas, xususiy manfaatlarga xizmat qiladi.

Bu nazariya boshqa ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy institutlarni tushuntirib berishda yaxshi analitik doira vazifasini bajarish imkoniga ega. Qolvaersa, nazariya asosida institutsional tutqunlik vertikal ya'ni iyerarxiya bo‘ylab yuqoridan pastga yoki horizontal o‘zaro bo‘ysunuvda bo‘lmagan tashkilotlar tomonidan amalga oshishi izohlab berilishi mumkin.

@CJandLP