Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
“You can’t do much carpentry with your bare hands, and you can’t do much thinking with your bare brain.”

Daniel C. Dennett

@CJandLP
“Ikki emas, to‘rt til kerak”: 21-asr zaruratlari

“Biz turkistoniylarg‘a”–deb yozadi Oyna jurnalining 1913-yil, 1-sonida Mahmudxo‘ja Behbudiy–“turkiy, forsiy, arabiy va rusiy bilmoq lozimdir.” Shubhasiz, garchi oradan bir yuz yillik va deyarli bir dekada o‘tgan bo‘lsada jadidning nuqtai-nazari o‘zining operatsion ahamiyatini yo‘qotmagan.

Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda biz, aniqroq qilib aytganda har birimiz, Behbudiy elementlaridan muayyan birlarini saqlab, muayyanlarini yangilagan holda re-formulyatsiya etishimiz mumkin. Nazarimda, original [dastlabki] taklifdagi, o‘zbek tilini saqlagan holda har birimiz individual ravishda o‘z ehtiyojlarimizdan kelib qolgan elementlarni to‘ldirishimiz mumkin.

Bugungi kunda globallashuvni hisobga olgan holda sizning savatingizda ingliz/fransuz/nemis tillaridan biri, albatta, bo‘lishi darkor.

Demak, re-formulyatsiya o‘zbek, rus, ingliz fors/arab shaklida tashkil etilishi mumkin. Sur’atdagi Andy (Oydin) ingliz, turk va slovyan tillarini egallagan.

@CJandLP
Asaxiy Books nashriyoti asoschisi Firuz Allaev o’zining Facebook sahifasida yaxshi yangilik bilan o’rtoqlashibdi. Aytishicha, firma vakillari Peter Hopkirk’ning bestseller kitoblaridan biri ‘The Great Game: The Struggle for Empire in Central Asia’ nomli kitobini nashr etish uchun mualliflik huquqini qo’lga kiritibdi.

Albatta, bu kitobni u Aprel oyida nashrdan chiqqanida sotib olib o’qishni tavsiya qilaman. Kitobda 18-19-asrlarda dunyoning ikki qudratli imperial kuchlari––Viktoria Britaniyasi hamda Chor Rossiyasi––o’rtasidagi Markaziy Osiyo uchun bo’lgan kurash ochib berishga harakat qilingan.

P.S.: Bugungi kunda tarixchilari Katta o’yin metafrasini tanqid ostiga olishgan va Markaziy Osiyoga Rus bosqinini amalga oshishi yuzasidan o’z interpretatsiyalarini bildirgan.

#tavsiya #kattaõyin #peterhopkirk

@CJandLP
Suratda Dr. Alexander Morrison

Morrison o’z tadqiqot qiziqishlarini (research interest) imperiya va kolonial urushlarga qaratgan. Muxtasar qilib aytganda, uning mazkur qiziqishlari Chor Rossiyasining Markaziy Osiyoga kirib kelishi bilan bog’liq davr va geografik hududni qamrab olgan.

Hozirda u Oksford universitetida Zamonaviy urushlar tarixi doirasida maruzalar qiladi. Bundan ilgari Dr Morrison Ostona shahridagi Nazarboyev universitetida Tarix professori (2014-17) hamda Liverpul universitetida Imerial tarix maruzachisi sifatida faoliyat yuritgan.

Uning eng yangi ishlaridan biri Cambridge University Press tomonidan nashr etilgan ‘The Russian Conquest of Central Asia: A Study in Imperial Expansion, 1814–1914’ kitobidir.

Quyidagi havolalar orqali uning bosqin haqidagi nazariyalarini qisqa va keng tahlilini tomosha qilishingiz mumkin.

@CJandLP
Britaniyada huquq amaliyoti bilan shug‘illanuvchi kasb egalari erishishi mumkin bo‘lgan eng yuqori martaba bu monarxning maslahatchisi. Amalda monarx qirolicha bo‘lganligi uchun bu unvon Queen’s Counsel (Qirolicha Maslahatchisi) deb nomlanadi.

Bunday unvonga ega bo‘lgan huquqshunoslar sudning ichki zalida o‘tirish, maxsus shoyidan tayyorlangan sud libosida bo‘lish kabi privligiyalarga ega.

Muayyan Britaniya hamdo‘stligi mamlakatlari imperial konnotatsiyadan voz kechib ‘Katta Maslahatchi’, ‘Katta Advokat’ kabi konsepsiyalarni qabul qilgan. Britaniyada ham tizim ancha-muncha tanqidlarga uchragan. Tanqidlarning eng asosiylaridan biri tayinlovni Lord kansler (LK) amalga oshirishi atorofida aylangan.

2000-yillar ikkinchi yarimidan tayinlovlar hukumat vakili tomonidan emas, balki 9 kishilik—raislik qiluvchi, 2 ta barrister, 2 ta solicitor, 1 nafar iste’fodagi sudya va 3 nafar no-huquqshunoslar—komissiya tomonidan amalga oshirilgan.

Sur’atda LK tomonidan 21-martda o‘tkaziladigan rasmiy jarayon.

@CJandLP
👍1
Ijtimoiy ish va ijtimoiy siyosat

Shaxslar, oilalar, mahallalar yoki keng ma’noda jamiyatning umumiy ijtimoiy ehtiyojlarini hamda farovonligini o‘rganuvchi va uni yaxshilash uchun harakat qiluvchi soha vakillari ijtimoiy ishchilar (social workers) deb nomlanadi.

O‘zbekistondagi post-sovet rivojlanish tendensiyasi davrida bu soha alohida mustaqil soha sifatida ajralib chiqa olmadi. Bir qator oliy ta’lim muassasalari ana shunday mutaxassis tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘lsada, amalda ularning bitiruvchilari ijtimoiy ish bilan band emas. Odatda huquq maktablari (yuridik fakultetlar va institut/universitetga bir necha yil o‘qishga kira olmaganlar o‘zlarining xohish-istaglaridan kelib chiqqan holda emas, balki huquqshunoslikka yaqinroq soha sifatida bu mutaxassislikka o‘qishga kirib kelgan.

U yoki bu mamlakatning rivojlanishida bu sohaning rivojlanishi juda muhim. Bizning kontekstda ijtimoiy ish funksiyasi qonun hujjatlari bilan Ichki ishlar vazirligi strukturasiga topshirilgan. Militarizatsiyalashgan xususiyat, funksional yuklamalarning oshib ketishi faoliyatning samarasiz bo‘lib qolishiga olib keladi.

Fransuz sotsiologi Pyer Borjeu (Pierre Bourdieu) ta’biri bilan aytganda davlatning ikki qo‘li turli funksiyalarga ixtisoslashgan. O‘ng qo‘l fiskal moliya siyosatiga javob bersa, chap qo‘l farovonlik siyosati uchun javob beradi. Qo‘l metaforasi olim tomonidan oilaga qiyoslanadi. O‘ng qo‘l oilaning erkak kishi tarafi, chap qo‘l ayol kishi tarafi.

Albatta, yechilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy muamolarga boshqa linza ostidan qarash vaqti allaqachon yetib kelgan. Ehtimol, muayyan ishni bajarayotgan qo‘lni o‘zgartirib yanada farovon jamiyat qurish sari diskursiya qilishimiz mumkin.

@CJandLP
Kuni kecha Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi huzuridagi Jamoatchilik markazi tarqatib yuborilganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Korrupsiyaga kurash haqida gap ketganida ko’plar SIngapur yoki Gruziya tajribasiga ishora qiladi. Fanda korrupsiyani nazorat qilish bilan bog’liq bir necha qarashlar mavjud hamda ushbu qarashlarning samaradorligi haqida uzil-kesil xulosaga kelinmagan.

Umuman olgan olimlar va mutaxassislar korrupsiyaga qarshi kurashib bo’ladi ammo, u yoki bu mamlakat oldida buni qanday amalga oshirish mumkin degan savol turishi haqida fikr yuritadi.

Korrupsiya va anti-korrupsiya bilan bog’liq birinchi qarash bu demokratizatsiya bilan bog’liq ya’ni mamlakatlar qanchalik demokratlashsa korrupsiya shunchalik kamaydi degan nuqtai-nazar bu qarashlarning asosi sanaladi. Uzoq muddat demokratiya bo‘lgan mamlakatlarda bu qarash ilmiy jihatdan o‘z tasdig‘ini topgan. Biroq yangi demokratiyalar va qisman-demokratik mamlakatlar misolida ilmiy jihatdan bunday uzil-kesil xulosaga kelib bo‘lmaydi.

Ikkinchi qarash Chikago iqtisodiyot maktabi vakili Gary Becker tomonidan yozilgan maqola bilan bo’liq. Olim o’zining To Root out Corruption, Boot out Big Government nomli maqolasida korrupsiyani oldini olish uchun hukumatni ixchamlashtirish kerak degan nuqtai-nazarni ilgari surgan. Mazkur nuqtai-nazar tarafdorlarining firkriga ko’ra davlatning qanchalik ko’p funksiyalarni bajarishi korrupsiya uchun retsept vazifasini bajarishi ehtimolini oshiradi. Ammo, so’nggi tadqiqotlarda Becker gipotezasi qo’llab-quvvatlanmagan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun qisqa muddatda minimal ravishda quyidagilar amalga oshirlishi maqsadga muvofiq deb qaraladi:

🔘 samarali jinoiy huquqiy ijro (yetarli emas ammo zarur vosita)

🔘 maxsus korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ, qaysidir holatlarda kerak bo’lishi mumkin. Ammo, uning faoliyati korrupsiyaga qarshi samarali kurashda na zaruriy na yetarli mexanizm;

🔘 qonunlar. Antikorrupsiya qonunlari faqatgina poraxo’rlik yoki rastrata (embazzelement) bilan bog’liq jinoyatlarni emas, balki pul yuvish, korporativ ochiqlik korrupsiyaga yondosh sohalar;

🔘 korrupsiya haqida xabar berganlarni himoyasi (whistleblower protection);

🔘 korrupsion yo’l bilan qo’lga kiritilgan mablag’larni izidan topish (assest tracking);

🔘 ochiq OAV va hisobdorlik.

Biroq, bunday vositalarning o’zi yetarli emas. Chunki, korrupsiya birinchi navbatda siyosiy muammo. Harvard universiteti Professori Matthew Stephenson jarayonni xazilomuz tasvirlaganidek “Shukronalik kuni uchun ovoz berishga qanday qilib kurkani olib borasiz? (How do you get turkeys to vote for Thanksgiving?)” Boshqacha qilib ayganda, bunday tizimdan foyda olayotgan shaxslarni bu tizimni bekor qilishga qanday rozi qilasiz?

P.S.: Professor Matthew Stephenson ma’ruzasiga havola.
Huquq maktablarining (fakultetlar, universitet) birinchi bosqichida talabalarga Davlat va huquq nazariyasi fani o’qitiladi. Ayrim soha mutaxassisliklari siyosiy-huquqiy ta’limotlar fanini o’rganadi.

Ana shu ikki fan doirasida birdek muhim mutafakkirlardan biri bu shubhasiz Thomas Hobbes’dir. Mutaffakirning ayniqsa bir iqtibosi bugungi sotsiologiya, siyosatshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlarda debatlarning davom etishiga sabab bo’lgan.

‘Insonlarning tabiiy holati’—deydi Hobbes—‘ular jamiyatga birlashishidan ilgari shunchaki urush bo’lib qolmasdan, barchaning barchaga qarshi urushi bo’lgan’.

Mutafakkirning argumenti shundaki, suverensiz, ijtimoiy tartib, boshqaruv vositalarisiz hamda fuqarolik jamiyatisiz insoniyat bir zumda parokandalik va urush holatiga o’tib qoladi.

Sur’at manbasi: The Atlantic

@CJandLP
Xalqaro jinoyat sudi genezisi

Tarixda birinchi bor qayd etilgan xalqaro jinoyat ishlari bo’yicha sud Sir Peter von Hagenbach’ga nisbatan 1474-yilda amalga oshirilgan.

Ad hock shaklida o’tkazilgan sud jarayonida Muqaddas Rim imperiyasi hududidan 28 nafar sudya ishtirok etgan.

Olimlar tomonidan mazkur sud jarayoniga nisbatan turli qarashlar mavjud. Ayrimlar, bu sudni insoniyatga qarshi jinoyatlarga nisbatan hukm o’qiganligi uchun olqishlasa, boshqalar unda nomusga tegish bilan bog’liq epizodlar ko’rib chiqilgan holda jazo tayinlangaligi uchun qadrlaydi.

Ayrimlar revizionist tarixchilar sud jarayonlari good faith asosida amalga oshirilmagan deb baholaydi. Bundan tashqari, ularning tanqidi sudning ‘xalqaro’ emas, balki muqaddas Rim ipmeriyasi hududidagi sudyalardan tarkib topganligi bilan izohlanadi. Ular, shuningdek, harbiy to’qnashuvni tashkil etuvchi tomonlar bo’lmaganligi bois sudga urush jinoyatlari sudi deb baho bermaslik kerak deb hisoblaydi.

Mazkur xalqaro sudning ahamiyati uning kelgusi sudlarda tarixiy legitimlikni ta’minlab berishi bilan izohlanadi. Ana shunday xalqaro keyslar o’z ichiga Nyurenberg sudi yoki Serb yetakchisi Miloshevichga qarshi amalga oshirilgan xalqaro jinoyat sudi ishlarini o’z ichiga qamrab oladi.

@CJandLP
Shtatlar huquq maktablari reytingi: US News Rankings

Bugun Qo’shma Shtatlar universitetlarining USNews agentligi bo’yicha 2023-yilgi reytingi e’lon qilindi.

Reytingning eng asosiy o’ziga xosligi Harvard huquq maktabi 30 yilda birinchi marta huquq maktablari reytingida T3 (top-3) reytingidan tushib qolganligidadir. 1-o’rinda Yale, uning ortidan Stanford; Chicago huquq maktabi uchlikni yakunlagan.

Bizning jamiyat uchun muhim bo’lgan reyting bu, albatta, Jinoyat huquqi programmalari bo’yicha huquq maktablarining ko’rsatkichlari:

1-o’rin New York University (NYU);
2-o’rin University of California, Berkeley;
3-o’rin Georgetown University.

@CJandLP
Criminal Justice & Legal Paradigm
Shtatlar huquq maktablari reytingi: US News Rankings Bugun Qo’shma Shtatlar universitetlarining USNews agentligi bo’yicha 2023-yilgi reytingi e’lon qilindi. Reytingning eng asosiy o’ziga xosligi Harvard huquq maktabi 30 yilda birinchi marta huquq maktablari…
Darvoqe, post-sovet mamlakatlarida Jinoyat huquqiga yordamchi fan sifatida o’rganiladigan, deyarli ko’pchilik universitetlar administratsiyasi tomonidan ham o’quv kursi ham tadqiqot agendasi sifatida e’tibordan chetda qoldirilgan Kriminologiya dasturlarining reytingi ham e’tiborga molik.

Odatda sizga ko’p eshitilgan ‘jarangdor’ Ivy League universitetlari bu dasturlarda mashhur emas.

1-o’rin University of Maryland;
2-o’rin Arizona State University;
3-o’rin Univeristy of California, Irvine.

Agar siz Sutherlandchasiga aytganda “qonunlar yaratilishi, ularning buzilishi va har ikkala holatga jamiyatning munosabati”ni o’rganishga qiziqsangiz, xorijiy universitetlarda aynan mana shu programmalarda (mutaxassislik) o’qishni tavfsiya qilaman.

@CJandLP
Sud mustaqilligi: sudya bo’lish yoki sudya bo’lishni rad etish siyosati

Bugun Britaniyalik eng martabali ikki sudya Hong Kongdagi Yakuniy apellatsiya sudi tarkibidan iste’fo berganligini ma’lum qildi.

Deyarli bir yil muqaddam Britaniyalik advokat QC Professor Thomas Grant bu borada fikrlashga undovchi bir qator chuqur mulohazalarini bildirib o’tgan edi. Uning fikriga ko’ra sud mustaqilligi g’oyasi — aniqroq qilib aytganda ideali — bu avvalo siyosiy qarashlarga asoslanadi. Chunki, muayyan jamiyatlarda umuman olganda sudya bo’lish kerakmi degan savol atrofida aylanish siyosiy spektrga ega masala.

Bu savol o’tgan yili Hong Kong avtonomiyasida markaziy Xitoy hokimiyati tomonidan yangi drakoncha xavfsizlik qonuning joriy etilishi bilan bog’liq holda yuzaga kelgan. Biz yuqorida nomini tilga olgan Hong Kong Yakuniy apellatsiya sudi bir yilda bir necha hafta faoliyat yurituvchi Britaniya, Avstraliya va Kanadalik muvaqqat sudyalardan iborat.

O’tgan yili Times nashrida e’lon qilingan maqolada Pekin tomonidan o’rnatilgan yangi tartibdan so’ng ham sudyalarning sud tarkibida qolishi tanqid ostiga olingan edi. Maqolada sudyalarning harakatsizligi amaldagi Xitoy qarorini legitimlab berishi, sudyalar bunday aktdan so’ng iste’fo berishi lozimligi haqida so’z yuritilgan. Bu pozitsiya shuningdek, parda-orti bosh advokat vazifasini bajaruvchi (shadow attorney-general: Britaniya siyosiy tizimida oppozitsiya vakillari hukumat lavozimlariga parallel ravishda o’zining parda-orti hukumati ‘the-shadow cabinet’ tuzadi) QC Lord Falconer tomonidan ham bildirilgan.

Hong-Kongda faoliyat yurituvchi sudyalardan biri Lord Sumption o’zining sud tarkibida qolish pozitsiyasini himoya qilib sudyalar siyosiy boykot jarayonida ishtirok etishi emas, balki adolatni qaror toptirishda qatnashishi darkor degan nuqtai-nazarni bildirgan.

Muammo shundaki, huquqiy tizim qanchalik vijdonli harakat qilishiga qaramasdan, muayyan bir davrda ular tomonidan qo’llaniladigan huquq normalari qo’llash imkonsiz bo’lib qolishi mumkin.

Bunday holatlar va sudyalar yuzlashadigan savollar bugungi kun uchun unikal savollar emas. Rejim o’zgarganida va yangi rejim demokratik rivojlanishni yemirganida sudyalar qanday qaror qabul qilishi lozim? Ular shunchaki o’z yondashuvini yangi rejim va konstitutsiyaga moslashi darkormi? Bu savollar ilmiy yondashuv talab etuvchi faqatgina ahloqiy ahamiyat kasb etib qolmaydi. Iste’fo bu moliyaviy oqibatni ham keltirib chiqaradi. Sudya ham yashash harajatlarini qoplashi yoki oilasini boqishi zarur.

1960-yilda Janubiy Rodeziyada mana shunga o’xshash keys sodir bo’lgan. Mamlakatni bosh vazir sifatida boshqargan Ian Smith bir tomonlama mustaqillik dekloratsiyasi e’lon qilgan holda mamlakat aholisining asosiy qismi qora tanli bo’lishiga qaramasdan oq tanlilardan iborat hukumat tuzadi.

Yangi hukumat qabul qilgan konstitutsiyani Britaniya hukumati haqiqiy emas deb e’lon qiladi. Ana shunday vaqtda vakolat muddatini o’tayotgan, Britaniya qirolichasi va eski konstitutsiya oldida sudyalik qasmiyodini qabul qilgan sudyalar qanday qarorga kelishi darkor?

Ana shu sudyalar tomonidan ko’rib chiqilgan ishlardan birida yangi hukumat tomonidan o’rnatilgan normalar asosida ushlab turilgan shaxsning turmush o’rtog’i tomonidan ushlab turishni noqonuniy deb topish haqida edi. Ish Londondagi Privy Council’da ko’rib chiqilib ushlab turish asoslangan norma qonuniy bo’lmaganligi bois haqiqiy emas deb topiladi. Biroq, yangi de-fakto hukumat Londondagi sud qarorini tan olmaydi. Eski konstitutsiyaga asosan tayinlangan va Londondagi Privy Council’ni yakuniy apellatsiya sudi deb tan olgan sudyalar qanday qaror qabul qilishi lozim? Sud tarkibining ikki sudyasi iste’fo e’lon qilgan.
👍1
Yuqoridagi misollar bir fundamental haqiqatni ochib beradi. Sudyalar ularning oldiga qo’yilgan qonunlarning mazmuniga qaramasdan qaror qabul qiluvchi passiv mavjudod emas. Insoniyat oldida uzoq davrlar davomida shakllangan shunday adolat konsepsiyalari borki, ular varvarizm na’munasi bo’lgan qonunlarni rad etadi. Bu shunday turtkiki, unda ishtirok etayotgan sudya shunchaki bu qonunlarni qabul qila olmaydi, balki ahloqiy qarashlar ta’siri ostida egallab turgan lavozimidan iste’fo beradi. Qabul qilingan qarorning ahloqiy yoki siyosiy deb yorliqlanishi esa ahamiyat kasb etmaydi.

@CJandLP
Erkin bozor va Jazo

Post-90-yillardan so’ng iste’molga kirib kelgan kapitalizm, bozor iqtisodiyot va eng asosiy konsepsiyalardan biri erkin bozor u yoki bu darajada post-sovet mamlakatlariga kirib kelib turli kenglikda o’rnashdi.

Kolumbiya universiteti Huquq va Siyosatshunoslik professori Bernard Harcourt 2012-yilda chop etilgan Erkin bozor illyuziyasi: Jazo va tabiiy tartib afsonasi nomli ishida bozorning erkinligi haqida qarashlar bu insonlar tomonidan o’ylab topilgan illyuziya degan argument atrofida fikr-mulohazalar yuritgan.

Iqtisodchilar lassiez faire konsepsiyasi asosida bozorni ‘ko’rinmas qo’llar’ boshqaradi. Erkin bozorda davlatning ishtiroki juda cheklangan darajada bo’ladi degan nuqtai-nazariga qarama-qarshi ravishda u argumentini bozorni biz bugun faraz qiladigan erkin bo’lishi uchun davlatning ulkan intervensionstik harakati talab etilishi bilan izohlaydi.

Shtatlardagi jarayonlar bilan fikrini asoslash maqsadida Chicago Board of Trade degan erkin bozorni ta’minlovchi institutni misol qilib keltiradi. Chicago shahrida bunday institut tuzilishidan oldin uning ishini kichik kichik, tarqoq institutlar amalga oshirgan hamda davlat yangi institutni joriy qilib oldingi tarqoq muassalarni bekor qilish uchun ana shunday faoliyatni kriminalizatsiya qilgan.

Demak, erkin bozor bu tabiiy holat emas, balki sun’iy fenomenon. Erkin bozor muayyan effektlarni keltirib chiqaradi. Distributsiyadagi muammolar va jazoning qattiqlashishi.

@CJandLP
Forwarded from "The Art of Advocacy" DR. Mukarrum Ahmed
"THE ART OF ADVOCACY"

⏳ 2022-yil 13-aprel kuni Buyuk Britaniyaning Lancaster universiteti o‘qituvchisi Mukarrum Ahmed tomonidan TDYU talabalariga onlayn ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

👉 Ma’lumot uchun: Buyuk Britaniyaning Lancaster universiteti QS World University Rankings 2022 reytingida 132-o‘rinni egallagan.

🗣 Ma’ruza “Advokatlik san’ati” (The Art of Advocacy) mavzusida bo‘lib o‘tadi.

👨‍💼 Doktor Mukarrum Ahmed Lancaster universitetida Biznes huquqi yo’nalishida dars mashg‘ulotlari olib boradi. U bir vaqtning o‘zida Lincoln's Inn. firmasi advokati hisoblanadi. Mukarrum Ahmed London universitetida bakalavr hamda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Aberdeen universitetida huquq yo‘nalishida falsafa doktori (PhD) darajasini olgan.

🇪🇺 Ma’lumot uchun: doktorlik ishi loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan Xalqaro xususiy huquq yo‘nalishi bo‘yicha moliyalashtirilgan.

👨‍💼 Mukarrum Ahmedning ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari xalqaro xususiy huquq va xalqaro tijorat arbitraji, Yevropa Ittifoqi huquqi hamda xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik sohalarini qamrab oladi.

🇬🇧 Ma’ruzachi ayni paytda Buyuk Britaniyaning Lancaster universiteti bakalavr bosqichi talabalariga Xalqaro xususiy huquq va Tijorat huquqi tamoyillari fanlaridan, magistratura bosqichi talabalariga esa Xalqaro arbitrajlar huquqi fanidan dars mashg‘ulotlarini o‘tib kelmoqda.

🗓⌛️ Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun ma’ruza mashg‘uloti 13-aprel kuni soat 15.00da onlayn shaklda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
👍1
Reytinglar va ‘performizm’

Biz turli sohadagi o’zgarishlarga baho berishda reytinglar tizimiga yuzlanamiz. Agarda ta’tilda biror bir mamlakatga borsak, o’sha mamlakatning xavfsizlik indekslariga e’tibor qaratamiz. Ammo, reytinglar tizimi qanchalik samarali degan savolga tadqiqotchilar va olimlar skeptik qaraydi.

Milliy sud-huquq tizimimizdagi individual shaxslarni baholash uchun o’nlab reytinglarni ishlab chiqildi: sudyalar reytingi, ichki ishlar xodimlari reytingi va hokazo reytinglar. Biroq, bu reytinglar oxir-oqibatda ijobiy o’zgarishlarga olib kelmasligi, yaxshi niyat bilan boshlangan harakatlar yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin (good intentions may inevitably have bad consequences).

Siyosatshunoslik va siyosiy fanlar doirasida ingliz tilida ‘performing state’ deb nomlanuvchi konsepsiya mavjud. Bu konsepsiya orqali ko’plab mamlakatlardagi islohotlar bayrog’i ostida yuzaki ishlar qilinganligi ko’zga tashlanib qoladi.

Adabiyotlarda bu holat ‘teaching for the test’ ya’ni test uchun o’qitish deb baholanadi. Masalan, abituruyentlar test uchun o’qitilganda asosan ularga mohiyat emas, balki natijaga erishish o’rgatiladi. Oxir-oqibatda, potensial nomzod o’zi o’qib o’rganganlarining tag ma’nosiga yetib bormaydi.

Afsuski, ko’plab reyting tashkilotlari yuritayotgan reytinglarga ham muayyan yurisdiksiyalarda ana shunday yondashuv shakllanandi hamda ijro hokimiyati vakillari faqatgina reytingni manipulyatsiya qilish mumkin bo’lgan mezonlar ustida ish olib boradi. Yechilishi kerak bo’lgan muammo esa o’z o’rnida qolib ketadi.

@CJandLP
Siz ehtimol Pavlik Morozov, Kolya Mayagotin, Grisha Akopian, Vladimir Dubinin, Zina Portnova, Marat Kazey nomlarini turli badiiy adabiyotlar o’qiganda yohud katta yoshli avlodlarning 18-may arafasidagi suhbatlarida eshitgandirsiz.

Yagona ideologiya hegemoniyasi ustiga qurilgan avtoriatar/totalitar rejimlar o’zini-o’zi saqlashi uchun turli texnika, taktika, va strategiyalardan foydalangan. Bunday rejimlarda oxir-oqibatda ijtimoiy uyg’unlik yo’qolgan hamda shaxslararo ishonchsizlik muhiti hukmron bo‘lgan.

Bir necha kun ilgari OAVda Rossiya Federatsiyasining 8-sinf o’quvchilari Ukrainaga nisbatan agressiyaga qarshi bildirgan fikrini diktofonga yozib olib politsiyaga topshirgani va ingliz tili o’qituvchisiga nisbatan jinoyat ishi ochilganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Bunday holat RF’da o’z-o’zidan paydo bo’lmagan. Sotsiologik jihatdan Sovet davlati qurgan jamiyat aynan shunday nazorat mexanizmlari ustiga qurilgan. Xabarni o’qib bexosdan ko’pchilik maktab darsliklari orqali tanishgan Odil Yoqubov qalamiga mansub Muzqaymoq hikoyasi esga tushishi tabiiy.

Sovet rejimi yoshlar bo’yicha ideologi Nadezhda Krupskaya tomonidan hukumatga kiritgan hisobot orqali yangi tashkil etilgan Sovet davlatiga yoshlarni birlashtirib turuvchi tashkilot kerakligini ma’lum qilishi Sovet pionnerlari tashkil etilishiga olib kelgan.

Nomlari yuqorida sanab o’tilgan bolakaylarning ayrimlari o’zining ‘partiyaviy xushyorligini’ namoyish etgan holda partiya dushmanlari kirdikorlarini ochib tashlagan. Boshqalari urush yillaridagi qahramonligi uchun butun-sovet bolakaylariga na’muna qilib ko’rsatilgan.

1980-yillarda olib borilgan tadqiqotlar sovet pionnerlarining qahramonliklari kompartiyaning ‘uydirmalari’ ekanligi arxiv hujjatlari, pionnerlarning yaqinlari hamda ular yashagan atrof-muhitda istiqomat qiluvchi shaxslar bilan muloqotlar orqali ochib berilgan.

Yuqoridagi bolakaylar haqidagi rasmiy ma’lumotlar ularning hayotidagi identik umumiy holatlar ustiga qurilgan. Ular sovet hukumatining dushmanlariga qarshi kurash yo’lida mardonavor kurashib bu yo’lda o’z jonini qurbon qilgan.

Sovet davlati bunday repressiv mexanizmlardan foydalanishi o’ziga xos ishonchsizlik jamiyatini paydo bo’lishiga, bunday jamiyatda ijtimoiy birlik va oxir oqibatda rivojlanish bo’lmasligiga olib kelgan.

Kimdir otasining hukumatga qarshi kirdikorlarini ochib bergan, kimdir onasining bug’doy og’irlaganligi (aynan o’zini boqish uchun) haqida xabar bergan. Faol bolakaylar Partiya rahbarining mukofoti va Qirimdagi Artek bolalar oromgohida dam olish huquqini qo’lga kiritgan.

Nazarimda, bunday diskursiyaning shakllanishi Ittifoqdan ajralib chiqqan jamiyatlarda qachon, qaysi hollarda, qaysi asoslarda muayyan hatti-harakatlar ustidan shikoyat qilish legitim yoki legitim emasligi borasida holat yuzasidan izlanishlar amalga oshirib ko’rish zaruratini tug’diradi.

@CJandLP
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Qo‘shma Shtatlar Oliy sudi uchun tarixiy kun. Bir necha haftadan beri nomzodi Senatning Sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasida ko‘rib chiqilib Repsublilachilar tomonidan uning maqbul nomzod ekanligi shubha ostiga olinayotgan Ketanji Brown Jackson Senat umumiy yig‘ilishida Oliy sud sudyaligiga tavsiya etildi.

Endilikda Justice Ketanji Brown Jackson — AQSh Oliy sudi sudyalari shunday unvonga ega bo‘ladi — Oliy sudning dastlabki qora tanli ayol sudyasi sifatida o‘z faoliyatini boshlaydi. Respublikachilar Senat qo‘mitasi eshituvida hattoki, uning huquq maktabiga kirish imtixoni natijalari (SAT scores) qanday bo‘lganligi to‘g‘risida surishtiruvlar o‘tkazgan.

@CJandLP