Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Uzoq yillar davomida faylasuflar fanning maqsadi dunyoni o’zgartirish deb e’tirof etib kelgan. Bu jarayonlar verdiksiya, veritas—haqiqatni aniqlash, haqiqat—deb nomlanadi.

O’zingiz faoliyat yuritayotgan sohada sizning fikrlaringiz, g’oyalaringiz va qarashlaringiz rad etilishi mumkin. Ammo bu sizni harakatdan to’xtatmasligi darkor.

Yuqoridagi rasmda Oksford universiteti Kriminologiya Professori Yan Loader o’zining ilmiy maqola chop etish bilan bog’liq dastlabki xotiralari bilan ulashgan.

Bugun Professor Loader fanning eng ko’zga ko’ringan namoyondalaridan biri. Shubhasiz, uning ishlari yuqoridagi taqrizchilardan biri aytganidek fanga ‘yomon nom’ bermadi. Bu yerda Professorning profili bilan tanishingiz mumkin.

@CJandLP
Xorijiy ta’lim va universitetlar reytingi

Ko’plab bakalavriat bosqichini bitirish arafasida bo’lgan talabalar o’z ta’limini chet-el universitetlarida davom ettirish haqida bosh qotiradi. Shubhasiz, ular bu borada o'z harakatini, dastlab, universitetlar reytinglarini belgilovchi tashkilotlar (QS, THE, Shanghai va h.k.) veb-sahifalariga nazar tashlab ko’rish bilan boshlaydi.

Ehtimol, ayrimlari Qo’shma Shtatlarni ana shunday opsiya taklif qiluvchi mamlakatlar qatorida ko’radi. Quyida siz bilan bu yil e’lon qilingan o’ziga xos reyting haqida fikr almashamiz.

Yuqoridagi nomlari tilga olingan meynstrim reyting agentliklardan tashqari Forbes ham bir necha yillardan beri Universitetlarning reytinglarini e’lon qilib kelmoqda. Bu yilgi reytinglarda asosiy metrik (o’lchov) sifatida talabalarning universitetlariga qayta investitsiyasi va talabalarning ta’lim yakuniga ko’ra o’zlashtirgan bilm va ko’nikmalari asosiy birliklardan biri deb qabul qilgan.

Bundan tashqari, universitetlarning reytingini oshishiga talabalarning o’z vaqtida o’qishni yakunlashi, ularning yuqori ish haqiga ega bo’lishi, ta’lim kontraktidan kam qarzdor bo’lishi hamda muvaffaqiyatli karyera boshlashi yan bir muhim indikator sifatida e’tirof etildi.

Shu bilan birga, o’lchov sifatini oshirish maqsadida mutaxassislar bir qator yangi ma’lumotlarni metodologiyaga kiritib o’tishgan. Xususan, ma’lumotlar bitiruvchilarning o’qish xarajatlarini (buni mamlakatimizda ta’lim krediti sifatida ko’rishimiz mumkin) qanchalik tez qaytarganligi hamda universitetlarning kam-daromadli talabalarni qanchalik darajada ta’lim berishga jalb qilganligi bilan to’ldirildi.

Ushbu reytingda kutilmaganda xususiy universitet emas, balki davlat universiteti peshqadamlik qildi. Masalan, Kaliforniya universitet tizimiga kiruvchi OTMlarning 6 tasi top 25 talikni tashkil etdi. Birinchi o’rin ––Berklidagi Kaliforniya universiteti. 2021-yil reytingida Harvard universiteti 7-, Stenford universiteti 4-o’rinni egalladi.

Shunday qilib, xorijiy tilni bilishni tasdiqlovchi sertifikatni IELTS 7 va ekvivalent darajasi bilan Qo’shma Shtatlarning davlat universitetlariga hujjatingizni topshirib ko’ring.

@CJandLP
Qabul tizimi islohotlari

Universitetlarga qabul qilish tizimi butun dunyo bo’ylab islohotlarga
muhtoj. Masalan, ko'plab TOP universitetlarga qabul qilishda asosiy me'zonlardan biri sifatida e’tirof etiladigan tavsiyanoma berish ham bir necha olimlar va mutaxassislar tomonidan tanqid qilingan. Ular so'roq ostiga qo’ygan masala qabul jarayonida qanchalik nomzodga beriladigan tavsiyanoma universitetlarga qabul uchun ustuvor me’zonlardan biri bo’lishi kerak? Elitizmdan voz kechish vaqti kelmadimi? kabi savollarni o'z ichiga qamrab oladi.

Yuqoridagi savollarning javobi Shtatlardagi universitetlarga qabul bilan bog’liq mojarolarda o’z aksini topdi (Operation Varsity Blues: The College Admission Scandal). Ta’sirga ega shaxslarning farzandlari qobiliyatga ega bo’lishiga qaramasdan boshqa nomzodlarning o’rinlarini ana shunday ta’sir doiralari bilan
egallab olganligi o’ziga xos katta rezonansni keltirib chiqardi.

Garchi, universitetga qabul qilinishga loyiq bo’lgan talabalar o’rniga o’zlarining ustuvorligi va imkoniyatlaridan foydalangan holda farzandlarini o’qishga qabul qilinishi uchun ‘pora’ bergan ota-onalar adliya tizimi oldida javob berayotgan bo’lsada, muhokamalarning markazida tizim islohoti qolmog’i darkor. Qanday qilib mavjud qabul tizmini adolat prinsiplariga tayangan holda eng munosib nomzodlarga o'qish uchun joy ajratish lozim? Konvensional mexanizmlar qanchalik yuqoridagi talablarga javob beradi? Universitetlar qanday qilib xilma-xillikni (diversity) ta'minlab berishi darkor?

Ushbu muhokamada adolat me’zoni, adolat me’zoni deb bir necha bor ta’riflar bir qadar murakkab bo’lgan mujmal konsepsiya haqida gap bordi. O’zi u qanday bo’lishi kerak? Quyida XX asr oxiri XXI asrning boshlarida ijod qilgan katta intellektual ta’sirga ega bo’lgan va shu bilan tanqidga uchragan siyosiy faylasufi John Rawls’dan mavzuga oid iqtibos:

‘Adolat ijtimoiy institutlarning eng dastlabki tamal toshi bo’lmog’i darkor. Biroq, haqiqat shundaki, ulug’vorlik va iqtisodiy asos birlamchi va ular rad etilishi yoki qayta ko’rib chiqib o’zgartirilishi lozim. Huddi shuningdek, qonunlar va institutlar qanchalik samarali va yaxshi tashkil etilganiga qaramasdan adolatsiz bo’lsa ular tahrir qilinishi yoki bekor qilinmog’i shart’ (Rawls, 1971: 3).

Shubhasiz, Qo’shma Shtatlar universitetlarining keskin rivojlanishiga ularning bitiruvchilari va boshqa yuqori profilga ega shaxslarning amalga oshirgan xayriyalari (donation & endowment) sabab bo’lgan. Biroq, qilingan xayriyalar yuqoridagi kabi manfaatlarni ko’zlashi tizimning bugungi dolzarb muammolaridan biri.

@CJandLP
‘Haqiqiy sud mustaqilligi bu ijro etuvchi hokimiyatning qonunsizligiga qarshi eng kuchli himoyalardan biridir’ (Bingham, 2010:25).

Tom Bingham (1933-2010) Apellatsiya sudining fuqarolik ishlari bo’yicha raisi (Master of the Rolls), Apellatsiya sudining jinoyat ishlari bo’yicha raisi (Lord Chief Justice), huquq lordi (law lord) kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan ingliz sudyasi.

P.S.: Havola manbasi Tom Bingham, The Rule of Law (Allen Lane, 2010)

@CJandLP
Jazo va jamiyat

Jazodagi kontrast nomli kitob orqali Uellingtondagi Viktoria universiteti Kriminologiya professori Jon Prat (John Pratt) va Monash universitetining katta o’qituvchisi Anna Erikson penologlar, qonun ijodkorlarini va keng jamiyatchilikni muhim ilmiy ish bilan ta’minlagan.

Mazkur ishda olimlar ‘ozodlikdan mahrum qilish muassasalari [qamoq] bu shunday linzaki, bu orqali jamiyat tub mohiyatiga ko’ra qanday ishlashini anglash mumkin’. Zero Dostoyevsky takidlaganidek ‘xalqlarning sivillik darajasi uning ozodlikdan mahrum qilish muassasalarini eshigini ochish orqali baholanishi mumkin’. Britaniya bosh vaziri Cherchil ham ‘istalgan mamlakatda xalqlar sivilizatsiyasini baholashda jamoatchilikning jinoyat sodir etganlar va jinoyatlarga munosabat bildirishdagi kayfiyati va qahri eng mukammal ko’rsatkichdir’ degan nuqtai-nazarni bildirgan.

@CJandLP
Criminal Justice & Legal Paradigm
Jazo va jamiyat Jazodagi kontrast nomli kitob orqali Uellingtondagi Viktoria universiteti Kriminologiya professori Jon Prat (John Pratt) va Monash universitetining katta o’qituvchisi Anna Erikson penologlar, qonun ijodkorlarini va keng jamiyatchilikni muhim…
[yuqoridagi postning davomi]

Ushbu ilmiy ish Jon Pratning Britaniya kriminologiya jurnalida (British Journal of Criminology) e’lon qilgan ikki katta qismli maqolasidan so’ng yozilgan.

Unda qiyosiy metodologiya asosida ikki katta klaster –– ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatlar Angliya, Avstraliya (Yangi Janubiy Uels yurisdiksiyasi) va Yangi Zelandiya hamda Nordik mamlakatlar Finlandiya, Norvegiya va Shvetsiya –– mamlakatlari taqqoslangan.

Kuzatishlar Skandinaviya mamlakatlarida ozodlikdan mahrum qilish aholi jon boshiga indeksini past bo’lishi, egalitarianizm ananalarini kuchli bo’lishi, mo’tadillik, ijtimoiy inklyuziya holatlarini; Anglofon guruhga mansub mamlakatlarda esa ijtimoiy bo’linish va ijtimoiy eksklyuziya hamda OMQ indeksining yuqori bo’lishini qayd etadi. Olimlarning fikricha, ushbu mamlakatlardagi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga suyanib qolish 19-asrga borib taqaluvchi keng va chuqur ijtimoiy kelishuvlarning harakatga kelish mahsuli hisoblanadi.
Qoyaga chiqish va yiqilish

U yoki bu sohada xoh o’qish yo ish ‘yiqilish’dan qo’rqmasligingiz kerak deydi Havai universiteti Kriminolgiya dotsenti (Associate Professor) Ashli Rubin. Sezilarli balandlikdan yiqilish sizga yanada murakkabroq muammolarga qarshisida qo’rqmasdan turishingizga motivatsiya beradi.

‘Yiqilmaslik’—deydi Ashlixonim— sizni ‘yaxshi qoyaga chiquvchi ekanligingizning emas, balki kerakligicha ko’proq harakat qilmayotganingizning belgisidir’.

Bu jarayonlarni olima ilmiy jurnallardan maqola rad etilishi, mukofot taqdim etuvchi tanlovlarda g’olib bo’lmaganlik, ish bilan bog’liq tanlovlarda rad javobini olish bilan qiyoslaydi. ‘Agar rad etilmayotgan bo’lsangiz, demak marrani yuqori qo’ymayapsiz!’

Obunachilarimizdan marrani yuqori olishni so’raymiz. Zero, aynan siz huquqiy va yondosh interdisiplinar fanlarni kelgusi diskursiyasini belgilab berasiz.

@CJandLP
Konstitutsiyaviy nazorat: Germaniya Federativ Respublikasi

Bir oycha muqaddam Germaniya Federal Konstitutsiyaviy sudi o’zining 70-yillik yubileyini nishonladi. Sud 1951-yil 28-sentabr kunidan boshlab faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Federal Konstitutsiyaviy sud rasmiy sahifalarida ana shu sana munosabati bilan sudning faoliyati haqida hujjatli film taqdim etildi. Filmni ingliz va nemis tillarida ko’rishingiz mumkin.

GFRda Konstitutsiyaviy nazorat Federal Konstitutisyaviy sud tomonidan amalga oshiriladi. Federal konstitutsiyaviy sud bugungi kunga qadar bir qator muhim konstitutsiyaviy qarorlarni qabul qilgan.

Bunday muhim tarixiy qarorlardan biri sifatida Konstitutsiyaviy sudning 1961-yil 28-fevral kuni mamlakat kanslerining hukumat tomonidan televediniyani tashkil qilish to’g’risidagi qarorini konstitutsiyaga nomuvofiq deb topgan.

Sud qarorni Asosiy qonun (Basic Law), ya’ni konstitutsiyaning 73-moddasiga tayangan holda asoslab beradi. 73-moddaga ko’ra, federal hukumat kommunikatsiya tashkilotini tashkil etish bilan bog’liq sohada vakolatli qilib belgilanmagan. Shu sababli, hukumat qarori kuchga ega emas va haqiqiy emas (null and void) deb topiladi.

Qarorning mohiyati shundaki, radio-telekommunikatsiya uzatuvlari keng jamoatchilikka taalluqli bo’lganligi bois, bu sohadagi faoliyatni hukumat va hukumat agentliklari tomonidan amalga oshirilishi radio-telekommunikatsiya uzatuvlarining ommaviylik funksiyasini davlat funksiyasiga aylantirib qo’yadi.

Bundan tashqari, sud qarorni Germaniyadagi ommaviy kommunikatsiya bilan bog’liq salbiy tarixiy (1923-1945) davr misolida asoslaydi. Ommaviy kommunikatsiyalarning hukumat va hukumat idoralari qo’lida propoganda vositasiga aylanishi Germaniyada ana shunday tarixiy diskursiyaning shakllanishiga olib kelgan.

@CJandLP
Sudyalar: yoki aktivist yo uyquda

Yuqoridagi sarlavhadan kelib chiqqan holda, Birlashgan Qirollikdagi Gresham kolleji Professori, advokat (QC) Tomas Grant, o’zining ma’ruzalaridan birida sudyalarni keng ma’noda ikki katta guruhga –– intervensionist yoki non-intervensionist –– ajratish mumkinligi haqida gapiradi.

Buning yaqqol misoli sifatida 2-JU davridagi sudyalarni ikkiga bo’lgan qarordan dalil keltiriladi. Gap shundaki, 1941-yilda Ichki ishlar kotibi (Home Secretary)ning 1939-yil so’ngida qabul qilingan daxshatli Umumiy mudofaa qoidalarining 18B bandiga ko’ra Robert Liversidge nomli shaxs hibsga olinadi.

Ushbu qoidalarga ko’ra muayyan shaxslarning “g’arazli maqsadlarga” ega ekanligiga “asosli sabablar” bo’lgan taqdirda Ichki ishlar kotibiga bunday shaxslarni ushlab turish haqida vakolat berilgan.

Janob Liversidge yahudiy millatiga mansub bo’lgan hamda u oxir-oqibatda hibsga olinganidan so’ng Ichki ishlar kotibining ushlab turish haqidagi buyrug’iga qarshi sud tartibida da’vo kiritadi.

Lordlar palatasining mazkur ishni ko’rib chiqqan 4 nafar huquq lordlari (Law Lords) Ichki ishlar kotibining “asosli sabalari”dan chetga chiqmasdan uning buyrug’ini qonuniy deb topadi.

Ammo bir sudya o’zgacha nuqtai-nazar bildiradi. O’sha vaqtda 72 yoshli bo’lgan va radikal qarashlarga ega bo’lmagan Lord Atkin shunday deyishga jur’at etadi:

“Qo’rqamanki, shaxs erkinligini o’rtaga qo’ygan masala yuzasidan ishni ko’rib chiqqan sudyalarning munosabati ijro hokimiyati vakillariga qaraganda ijroiya-yo’naltirilgan. Ularning faoliyati so’zlarga urush davri bo’yoqdorligi o’rniga tabiiy ma’no yuklashdan iborat bo’lmog’i darkor…

Shaxsning erkinligi so’roq ostida bo’lgan ish yuzasidan qonunlarda ko’zda tutilgan tabiiy konstruksiyalardan chetga chiqa olmaymiz. Bu mamlakatda, qurollar to’qnashayotgan bir vaqtda, qonunlar jimlikka mahkum emas. Ular o’zgarishi mumkin, biroq ular urush vaqtida ham tinchlik davrida ham bir tilda gapiradi.

Qonunlar har doim erkinlikning ustunlaridan biri bo’lib kelgan, biz hozirda so’nggi vakolatlar doirasida bahslashayotgan erkinlik prinsipi va unda sudyalar shaxsni hurmat qiluvchilar emas, balki fuqarolar va ularning erkinligiga rahna soluvchi har qanday harakat o’rtasida turishi, har qanday kuch ishlatishning huquqiy asosi borligini aniqlashga shay bo’lishi lozim.
”

Garchi, so’nggi vaqtlarda Birlashgan Qirollikda sudyalarning keng vakolatlarini qisqartirish tarafdorlari paydo bo’lgan bo’lsada, ularning uzoq muddatli faoliyati sud faolligiga xarakteriga ega. Mamlakatdagi ‘common law’ sudyalar tomonidan hech qachon tugamaydigan bir-necha avlodlararo muloqotlar natijasida yaratilgan va rivojlantirilgan.

Quyida Birlashgan Qirollikdagi sud huquq ijodkorligining eng asosiy uchta misoli:

(i) 1770-yillarda Lord Mansfield qullik konsepsiya sifatida Britaniyada tan olinmasligini e’lon qilgan.

(ii) 1932-yilda delikt huquqi sudlar tomonidan yaratilgan.

(iii) 1991-yilda Lordlar palatasi sudyalari nikohdagi zo’rlikni jinoyat deb e’lon qiladi.

Xullas, 1932-yilda yuqorida nomi tilga olingan Lord Atkin Parlament tomonidan delikt huquqi bo’yicha akt qabul qilinishini kutib o’tirmasdan case law orqali bunday institutni yaratgan. Asrlar davomida Angliyada erkaklar turmush o’rtog’ini roziligisiz unga nisbatan jinsiy aktlar sodir etsa zo’rlik jinoyat sifatida e’tirof etilmasligi lozim degan qarashlarga ega bo’lgan. Sud aktivizmi esa qonun chiqaruvchi hokimiyatning harakatini kutmasdan bu masalalarni sud huquq ijodkorligi orqali yechgan.

@CJandLP
Hoshimov iqtisodiyoti podkasti muallifi Qo’shma Shtatlardagi Uiskonsin universiteti (Wisconsin University) Biznes maktabi doktoranti Behzod Hoshimov o’zining telegram kanalida okeanorti mamlakatiga ko’ra immigratsiya qilgan mintaqa vakillari ma’lumoti haqidagi statistikani o’z obunachilari bilan bo’lishibdi.

Albatta, statistika ortida turgan mohiyatni ochib berish fan va tadqiqot uchun muhim. Shu nuqtai-nazardan o’rtaga tashlanishi va ochib berilishi lozim bo’lgan savol nima uchun bizning mintaqadan Shtatlarga immigratsiya qilish darajasi doim yuqori? Qaysi toifadagi mutaxassislar mintaqani ko’p tark etmoqda? va eng muhimi boshqaruv nuqtai-nazaridan qanday qilib bunday yo’qotishlarni kamaytirish mumkin?

Bu savollarga javobni aniqlash uchun tahliliy doira sifatida Albert Hirschman tomonidan o’tgan asrning 70-yillarida nashr etilgan ‘Exit, Voice and Loyalty: Responses to the Decline in Firms, Organisations and States’ nomli ishi juda ham foydali bo’ladi.

Dunyoning top davlat boshqaruvi maktablarida aynan iqtisodchi Hirschmanning ishi talabalarga o’qish uchun vazifa qilib beriladigan fundamental adabiyotlardan biridir.

Unda olim korxona, tashkilot va davlatlarda inqiroz boshlanganida odatda uch xil reaksiya beradi deb argument keltiradi. Ya’ni iste’molchi, xodim va fuqaro bunday inqirozlar davrida tark etish (exit), norozilik bildirish (voice) yoki neytral qolish (loyalty) kabi munosabat bildirishi mumkin.

Kitob sarlavhasini tashkil etgan bu uch xil munosabat har bir korxona, tashkilot va davlat menejmentiga ogohlik qo’ng’irog’i vazifasini bajarib berishi mumkin. O’z vaqtida bunday inqirozlarga munosabat bildirgan menejment bu orqali boshlangan inqirozning oldini olishi mumkin.

@CJandLP
Dr. Mukarrum Ahmed (Lancaster University) Breksit va Ingliz sudlarida xalqaro xususiy huquqning kelajagi mavzusida kitobini chop etish uchun tayyorlabdi.

Mazkur kitob mazkur mavzuga oid ingliz tilida yozilgan dastlabki kitob hisoblanadi. Kitob Oxford University Press tomonidan 2022-yil bahoriga borib chop etilishi rejalashtirilgan.

Kitobda muallif Angliya va Uels yurisdiksiyasining YI’dan chiqib ketishi munosabati bilan fan tarmog‘ining kelgusi diskursiyasi haqida hamda YI huquqiy rejimi yakunlanishi oqibatlari haqida fikr yuritgan.

Odatda yirik biznes subyektlar õrtasida nizo kelib chiqqanda aksariyat holda tomonlar nizo arbitral kõrinishda London xalqaro arbitraj sudida (London Court of International Arbitration) kõrib chiqishiga kelishib oladi.

Albatta, buning õziga xos sabablari bor. Eng asosiy sabab, shubhasiz, Ingliz sudlarining mustaqil qaror qabul qila olish darajasi yuqori bõlganidadir.

Kitob xususiy huquq sohasida õzini ko‘ruchilar kitob javoniga yangi repertuar bõlishi mumkin.

@CJandLP
Bugungi kun zamonaviy jazo falsafasida, jazo va jamiyat sohasida tadqiq qiluvchi olimlar ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalari inqirozi haqida ko‘plab fikr va mulohazalar yuritadi.

Post-sovet hududidagi sovet davridan mohiyatan deyarli o‘zgarmagan jazo doktorinalari qaryib hech qaysi maqsadi samarali emasligi shunchaki aksiyomaga aylangan.

Mazkur poemik ijod na’munasida muallif jazo falsafasidagi dikatomiya (ziddiyat, qarama-qarshilik)ni ochib berishga harakat qilgan.

@CJandLP
“You can’t do much carpentry with your bare hands, and you can’t do much thinking with your bare brain.”

Daniel C. Dennett

@CJandLP
“Ikki emas, to‘rt til kerak”: 21-asr zaruratlari

“Biz turkistoniylarg‘a”–deb yozadi Oyna jurnalining 1913-yil, 1-sonida Mahmudxo‘ja Behbudiy–“turkiy, forsiy, arabiy va rusiy bilmoq lozimdir.” Shubhasiz, garchi oradan bir yuz yillik va deyarli bir dekada o‘tgan bo‘lsada jadidning nuqtai-nazari o‘zining operatsion ahamiyatini yo‘qotmagan.

Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda biz, aniqroq qilib aytganda har birimiz, Behbudiy elementlaridan muayyan birlarini saqlab, muayyanlarini yangilagan holda re-formulyatsiya etishimiz mumkin. Nazarimda, original [dastlabki] taklifdagi, o‘zbek tilini saqlagan holda har birimiz individual ravishda o‘z ehtiyojlarimizdan kelib qolgan elementlarni to‘ldirishimiz mumkin.

Bugungi kunda globallashuvni hisobga olgan holda sizning savatingizda ingliz/fransuz/nemis tillaridan biri, albatta, bo‘lishi darkor.

Demak, re-formulyatsiya o‘zbek, rus, ingliz fors/arab shaklida tashkil etilishi mumkin. Sur’atdagi Andy (Oydin) ingliz, turk va slovyan tillarini egallagan.

@CJandLP
Asaxiy Books nashriyoti asoschisi Firuz Allaev o’zining Facebook sahifasida yaxshi yangilik bilan o’rtoqlashibdi. Aytishicha, firma vakillari Peter Hopkirk’ning bestseller kitoblaridan biri ‘The Great Game: The Struggle for Empire in Central Asia’ nomli kitobini nashr etish uchun mualliflik huquqini qo’lga kiritibdi.

Albatta, bu kitobni u Aprel oyida nashrdan chiqqanida sotib olib o’qishni tavsiya qilaman. Kitobda 18-19-asrlarda dunyoning ikki qudratli imperial kuchlari––Viktoria Britaniyasi hamda Chor Rossiyasi––o’rtasidagi Markaziy Osiyo uchun bo’lgan kurash ochib berishga harakat qilingan.

P.S.: Bugungi kunda tarixchilari Katta o’yin metafrasini tanqid ostiga olishgan va Markaziy Osiyoga Rus bosqinini amalga oshishi yuzasidan o’z interpretatsiyalarini bildirgan.

#tavsiya #kattaõyin #peterhopkirk

@CJandLP
Suratda Dr. Alexander Morrison

Morrison o’z tadqiqot qiziqishlarini (research interest) imperiya va kolonial urushlarga qaratgan. Muxtasar qilib aytganda, uning mazkur qiziqishlari Chor Rossiyasining Markaziy Osiyoga kirib kelishi bilan bog’liq davr va geografik hududni qamrab olgan.

Hozirda u Oksford universitetida Zamonaviy urushlar tarixi doirasida maruzalar qiladi. Bundan ilgari Dr Morrison Ostona shahridagi Nazarboyev universitetida Tarix professori (2014-17) hamda Liverpul universitetida Imerial tarix maruzachisi sifatida faoliyat yuritgan.

Uning eng yangi ishlaridan biri Cambridge University Press tomonidan nashr etilgan ‘The Russian Conquest of Central Asia: A Study in Imperial Expansion, 1814–1914’ kitobidir.

Quyidagi havolalar orqali uning bosqin haqidagi nazariyalarini qisqa va keng tahlilini tomosha qilishingiz mumkin.

@CJandLP
Britaniyada huquq amaliyoti bilan shug‘illanuvchi kasb egalari erishishi mumkin bo‘lgan eng yuqori martaba bu monarxning maslahatchisi. Amalda monarx qirolicha bo‘lganligi uchun bu unvon Queen’s Counsel (Qirolicha Maslahatchisi) deb nomlanadi.

Bunday unvonga ega bo‘lgan huquqshunoslar sudning ichki zalida o‘tirish, maxsus shoyidan tayyorlangan sud libosida bo‘lish kabi privligiyalarga ega.

Muayyan Britaniya hamdo‘stligi mamlakatlari imperial konnotatsiyadan voz kechib ‘Katta Maslahatchi’, ‘Katta Advokat’ kabi konsepsiyalarni qabul qilgan. Britaniyada ham tizim ancha-muncha tanqidlarga uchragan. Tanqidlarning eng asosiylaridan biri tayinlovni Lord kansler (LK) amalga oshirishi atorofida aylangan.

2000-yillar ikkinchi yarimidan tayinlovlar hukumat vakili tomonidan emas, balki 9 kishilik—raislik qiluvchi, 2 ta barrister, 2 ta solicitor, 1 nafar iste’fodagi sudya va 3 nafar no-huquqshunoslar—komissiya tomonidan amalga oshirilgan.

Sur’atda LK tomonidan 21-martda o‘tkaziladigan rasmiy jarayon.

@CJandLP
👍1
Ijtimoiy ish va ijtimoiy siyosat

Shaxslar, oilalar, mahallalar yoki keng ma’noda jamiyatning umumiy ijtimoiy ehtiyojlarini hamda farovonligini o‘rganuvchi va uni yaxshilash uchun harakat qiluvchi soha vakillari ijtimoiy ishchilar (social workers) deb nomlanadi.

O‘zbekistondagi post-sovet rivojlanish tendensiyasi davrida bu soha alohida mustaqil soha sifatida ajralib chiqa olmadi. Bir qator oliy ta’lim muassasalari ana shunday mutaxassis tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘lsada, amalda ularning bitiruvchilari ijtimoiy ish bilan band emas. Odatda huquq maktablari (yuridik fakultetlar va institut/universitetga bir necha yil o‘qishga kira olmaganlar o‘zlarining xohish-istaglaridan kelib chiqqan holda emas, balki huquqshunoslikka yaqinroq soha sifatida bu mutaxassislikka o‘qishga kirib kelgan.

U yoki bu mamlakatning rivojlanishida bu sohaning rivojlanishi juda muhim. Bizning kontekstda ijtimoiy ish funksiyasi qonun hujjatlari bilan Ichki ishlar vazirligi strukturasiga topshirilgan. Militarizatsiyalashgan xususiyat, funksional yuklamalarning oshib ketishi faoliyatning samarasiz bo‘lib qolishiga olib keladi.

Fransuz sotsiologi Pyer Borjeu (Pierre Bourdieu) ta’biri bilan aytganda davlatning ikki qo‘li turli funksiyalarga ixtisoslashgan. O‘ng qo‘l fiskal moliya siyosatiga javob bersa, chap qo‘l farovonlik siyosati uchun javob beradi. Qo‘l metaforasi olim tomonidan oilaga qiyoslanadi. O‘ng qo‘l oilaning erkak kishi tarafi, chap qo‘l ayol kishi tarafi.

Albatta, yechilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy muamolarga boshqa linza ostidan qarash vaqti allaqachon yetib kelgan. Ehtimol, muayyan ishni bajarayotgan qo‘lni o‘zgartirib yanada farovon jamiyat qurish sari diskursiya qilishimiz mumkin.

@CJandLP
Kuni kecha Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi huzuridagi Jamoatchilik markazi tarqatib yuborilganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Korrupsiyaga kurash haqida gap ketganida ko’plar SIngapur yoki Gruziya tajribasiga ishora qiladi. Fanda korrupsiyani nazorat qilish bilan bog’liq bir necha qarashlar mavjud hamda ushbu qarashlarning samaradorligi haqida uzil-kesil xulosaga kelinmagan.

Umuman olgan olimlar va mutaxassislar korrupsiyaga qarshi kurashib bo’ladi ammo, u yoki bu mamlakat oldida buni qanday amalga oshirish mumkin degan savol turishi haqida fikr yuritadi.

Korrupsiya va anti-korrupsiya bilan bog’liq birinchi qarash bu demokratizatsiya bilan bog’liq ya’ni mamlakatlar qanchalik demokratlashsa korrupsiya shunchalik kamaydi degan nuqtai-nazar bu qarashlarning asosi sanaladi. Uzoq muddat demokratiya bo‘lgan mamlakatlarda bu qarash ilmiy jihatdan o‘z tasdig‘ini topgan. Biroq yangi demokratiyalar va qisman-demokratik mamlakatlar misolida ilmiy jihatdan bunday uzil-kesil xulosaga kelib bo‘lmaydi.

Ikkinchi qarash Chikago iqtisodiyot maktabi vakili Gary Becker tomonidan yozilgan maqola bilan bo’liq. Olim o’zining To Root out Corruption, Boot out Big Government nomli maqolasida korrupsiyani oldini olish uchun hukumatni ixchamlashtirish kerak degan nuqtai-nazarni ilgari surgan. Mazkur nuqtai-nazar tarafdorlarining firkriga ko’ra davlatning qanchalik ko’p funksiyalarni bajarishi korrupsiya uchun retsept vazifasini bajarishi ehtimolini oshiradi. Ammo, so’nggi tadqiqotlarda Becker gipotezasi qo’llab-quvvatlanmagan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun qisqa muddatda minimal ravishda quyidagilar amalga oshirlishi maqsadga muvofiq deb qaraladi:

🔘 samarali jinoiy huquqiy ijro (yetarli emas ammo zarur vosita)

🔘 maxsus korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ, qaysidir holatlarda kerak bo’lishi mumkin. Ammo, uning faoliyati korrupsiyaga qarshi samarali kurashda na zaruriy na yetarli mexanizm;

🔘 qonunlar. Antikorrupsiya qonunlari faqatgina poraxo’rlik yoki rastrata (embazzelement) bilan bog’liq jinoyatlarni emas, balki pul yuvish, korporativ ochiqlik korrupsiyaga yondosh sohalar;

🔘 korrupsiya haqida xabar berganlarni himoyasi (whistleblower protection);

🔘 korrupsion yo’l bilan qo’lga kiritilgan mablag’larni izidan topish (assest tracking);

🔘 ochiq OAV va hisobdorlik.

Biroq, bunday vositalarning o’zi yetarli emas. Chunki, korrupsiya birinchi navbatda siyosiy muammo. Harvard universiteti Professori Matthew Stephenson jarayonni xazilomuz tasvirlaganidek “Shukronalik kuni uchun ovoz berishga qanday qilib kurkani olib borasiz? (How do you get turkeys to vote for Thanksgiving?)” Boshqacha qilib ayganda, bunday tizimdan foyda olayotgan shaxslarni bu tizimni bekor qilishga qanday rozi qilasiz?

P.S.: Professor Matthew Stephenson ma’ruzasiga havola.
Huquq maktablarining (fakultetlar, universitet) birinchi bosqichida talabalarga Davlat va huquq nazariyasi fani o’qitiladi. Ayrim soha mutaxassisliklari siyosiy-huquqiy ta’limotlar fanini o’rganadi.

Ana shu ikki fan doirasida birdek muhim mutafakkirlardan biri bu shubhasiz Thomas Hobbes’dir. Mutaffakirning ayniqsa bir iqtibosi bugungi sotsiologiya, siyosatshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlarda debatlarning davom etishiga sabab bo’lgan.

‘Insonlarning tabiiy holati’—deydi Hobbes—‘ular jamiyatga birlashishidan ilgari shunchaki urush bo’lib qolmasdan, barchaning barchaga qarshi urushi bo’lgan’.

Mutafakkirning argumenti shundaki, suverensiz, ijtimoiy tartib, boshqaruv vositalarisiz hamda fuqarolik jamiyatisiz insoniyat bir zumda parokandalik va urush holatiga o’tib qoladi.

Sur’at manbasi: The Atlantic

@CJandLP