Criminal Justice & Legal Paradigm
245 subscribers
384 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Sirakuza universiteti Siyosatshunoslik professori, Fuqarolik va Ommaviy munosabatlar bõyicha Maksuell maktabining Moyniham Instituti direktori Brayn Teylor talabalar bilan Kremlshunoslikning birinchi qonunini muhokama qilgani haqida yozmoqda.
Londondagi Birkbek kolleji Birlashgan Qirollik tarixida eng birinchilardan bõlib 1830-yilda ayollarni õqishga qabul qilgan oliy ta’lim muassasasidir. U bu jarayonni Oksbridj (Oksford va Kembridj) universitetlaridan deyarli 4 dekada oldin amalga oshirgan.

Umuman olganda, Birkbek ishchi sinf vakillari oliy ta’lim olishida õziga xos õringa ega akademik muassasa sanaladi.

Bayram muborak!

@CJandLP
Tanishing: Yulia Motok. U kuni kecha Xalqaro jinoyat sudi sudyasi qasamyodini qabul qilgan holda õzining xalqaro adliya mahkamasidagi faoliyatiga start berdi.

Yulia, shuningdek Yevropa Inson huquqlari bõyicha sudining sobiq sudyasi sanaladi.

U, bundan tashqari, Buxarest universitetining Xalqaro huquq professori hisoblanadi.

@CJandLP
❤3👏1🎉1
Zamonaviy huquqiy ‘lawfare’

Yuridik terminlar orasida mustahkam õrin olgan, õzida uzoq muddatni qamrab oluvchi, ulkan moddiy harajatlarni aks ettiruvchi lawfare atamasi bor.

Industrial demokratiyalar kontekstida lawfare bu siyosiy doiralar bilan kollyuziyaga kirishgan, qudratli biznes doira vakillarining õz opponentlari va tanqidchilarini huquqiy institutlar orqali uzluksiz va davomiy litigatsiyalarga jalb etish orqali tanqidlar darajasini pasaytirishni nazarda tutadi.

Yodingizda bõlsa, The Guardian va The Observer nashri jurnalisti Karol Kaduelladr va Aron Banks õrtasidagi oxir-oqibatda jurnalist foydasiga hal etilgan tuhmat keysi haqida bir necha post qoldirgan edim.

The Guardian nashrining boshqa bir jurnalisti Tom Burjes bu jarayonlarni shunday ta’riflashga harakat qiladi:

‘Birlashgan Qirollikda boylar haqida beriladigan savollarni tõxtatib qõyishning boshqacha yõllari bor. Buning uchun Arktik jazo koloniyasi bõlishi shart emas. Shunchaki, Yuqori sudning (the High Court) õzigina kifoya. Hattoki, huquqiy tahdid va u bilan birga assotsiatsiyalanuvchi harajatlarning õzi legitim jurnalistikani cheklab turadi.’

Albatta, huquqiy soha vakillari doirasida, ayniqsa yuridik ta’limda bu haqida kõplab muhokamalar olib borilishi darkor. Sõnggi vaqtlarda, global huquqiy hamjamiyatda bunday reputatsiyalarni boshqaruvchi yuridik firmalar (reputation management law firms) faoliyatining etik masalalari qayta-qayta kun tartibiga chiqmoqda.

Ayrim bunday harakatlarni qõllovchi argumentlar ‘siz diktatorning doktorini uning mijoziga yordam kõrsatganligi uchun qõl uchida kõrsatib uni ahloqqa zid harakat qilmoqda deb ayta olmaysiz’ degan qarashlarni ilgari suradi. Shaksiz, tibbiyot vakillarining faoliyati har qanday shaxsni ularning klinik ehtiyojlaridan kelib chiqib kim bõlishidan qati nazar tibbiy yordam kõrsatish uchun qasamyod qabul qilgan. Biroq, huquqiy amaliyot vakillari qisman bundan mustasnodir. Agarda shaxs jinoyat sodir etishda ayblanayotgan bõlsa doktor va huquqshunos õrtasidagi taqqoslash mantiqiy deb qaralishi mumkin. Har bir shaxs qanday oğir jinoyat sodir etgan bõlishidan qati nazar yuridik himoyadan foydalanish huquqiga ega bõlishi lozim. Aksincha, huquqiy amaliyot vakillari biznes doirasi vakillari õz raqobatchilarini fuqarolik litigatsiyalari orqali huquqiy urush maydoniga tortishda instrumental vosita bõlish majburiyatiga ega emas.

@CJandLP
❤1👍1
Sud majlislarida qat’iy belgilangan kiyinish qoidalariga amal qilishi lozim bõlgan Angliya va Uels barristerlariga ayrim barristerlik uylari tomonidan ikkilamchi kiyim bosh taklif etish amaliyoti ham bor.

@CJandLP
Yoshlar uyushgan jinoyatchiligi sotsiologiyasi

Õzbek ijtimoiy diskursida shunday bir termin paydo bõldiki, uning foydali ijtimoiy samarasi hali hamon bõy chõzmadi. Aksincha, u yoshlar dilinkentligini yanada orttirishga xizmat qildi. Gap uyushmagan yoshlar degan odatdagi Õzbek amaldorining õziga xos terminologik novellasi haqida ketmoqda.

Tarixan sanoqsiz bolalar avlodi kõchalarda õzaro õynash va mushtlashuvlar bilan õz bolaligini õtkazgan. Kõcha bolalar uchun kattalar nazoratidan holi bõlish va erkinlik imkonini beruvchi maskan sifatida qaralgan. Tez-tez sodir bõladigan urushlar kontekstida erkaklar zõravonligi, viqori va sharafi jamiyatlar uchun muhim sanalgan va kõchadagi mushtlashuv va janglar bolalarda ana shunday xususiyatlarni shakllantirgan.

Zamonaviy dunyoga mazkur holatlardan holi bõlmagan holda yetib keldik. Dunyoning turli burchaklarida yoshlar erkaklar birodarligi, zõravonlik tajribasi va moddiy manfaatdorlik maqsadlarida hali hanuz tõdalar shakllantirib keladi. Bunday ijtimoiy strukturalar õz a’zolarini ‘tashqaridagilarga’ qaraganda cheksiz ustuvorlik, mardlik, qudrat va kattalar tomonidan õrnatilgan majburiyat va javobgarliklardan erkinlikka da’vo qilib adolat va õzaro himoyani va’da qiladi.

Kollins (2011) õz tadqiqotlarida zamonaviy tõdalarni Viking jangchi koalitsiyalari, Nemis jangari qabilalari va qadimiy Yunon kolonistlari bilan õxshash xususiyatlarga ega deydi. Nemis sotsiologi Maks Ueber esa bu ijtimoiy formani partrimonial ittifoq deb nomlaydi. Reydlar õtkazish va bosib olish uchun tuzilgan mazkur jangchi tõdalar qabiladoshlik sadoqati va psevdo-uruğchilik majburiyatlari atrofida birlashib õz ajdodlari haqida mifologik tõqimalar yaratgan. Zamonaviy shaharlarda esa bunday jangchi tõdalar asosan ishchi sinf vakillari tomonidan tuzilib, ular õzlarining kichik partimonial qabilasini shakllantirgan holda maktabning disiplinar kuchiga qarshi bosh kõtaradi.

Garchi zamonaviy davlatlar buyrokratiyalari patrimonalizm ildiziga bolta urishga urinib kelayotgan bõlsada kõcha tõdalari davlatning jazolovchi kuchiga qarshi turib hali hamon yashab kelmoqda.

Yoshlar deviantalogiyasi va dilinkentligi juda ham qiziq va muhim. Yoshlarga oid davlat siyosatini shakllantirishda esa asossiz farazlarga emas, ilmiy hamjamiyatda e’tirof etilgan tadqiqotlarga suyanish maqsadga muvofiq.

*

Adabiyotlar:

Collins, Randall. 2011. “Patrimonial Alliances and Failures of State Penetration.” Annals of the American Academy of Political and Social Science 636 (1): 16–31.
Weber, Max. 1978 [1922]. Economy and Society: An Outline of Interpretive Sociology.
Berkeley: University of California Press.

@CJandLP
Kaliforniyadagi Berkli universiteti professori Chihan Tugal hafta davomidagi ma’ruza mashğulotlariga tayyorgarlik haqida post qoldiribdi.

Asosiy adabiyotlar sifatida Mishel Fukoning Bio-siyosat tavalludi nomli Kollej de Fransdagi maruzalar tõplamidan tortib, Pyer Bordjeuning Amaliyot mantiği va Farqlashga bağishlangan tanqidiy ishigacha; Gramshining Qamoqxona daftari va Fanonning dekolonial ishlarini kuzatish mumkin.

Biz amaldagi oliy ta’lim tizimi akademik jarayonlarni tez-tez almashib turuvchi õquv dasturlari doirasida tayyorlangan, cheklangan va qattiq darsliklar ustiga qurishda qayta-qayta urinayotgan bir vaqtda, zamonaviy ta’lim tizimida darsliklar õrnini mana shunday asosiy ilmiy adabiyotlar egallagan.

@CJandLP
Iqtisodiy beqarorlik va õlim krizisi

Qatardagi Jorjtaun universiteti professori Gábor Scheiring Sharqiy Yevropa, Rossiya va AQSh’dagi iqtisodiy tushkunlik oqibatidagi õlim darajasini qiyosiy tadqiq qilayotgan ekan.

Bugungi kunda Qõshma Shtatlarda iqtisodiy tushkunlik va umidsizlikdan õlayotganlar darajasi Sharqiy Yevropa mamlakatlarida bundan 30 yil oldin post-kommunizmdan kapitalizmga õtish jarayonida kuzatilgan.

Birgina Rossiya Federatsiyasida post-kommunistik tranzitsion davrning dastlabki 15 yilida butun 1-jahon urushi davrida bergan qurbonlaridan 3 baravar kõp õlim qayd etilgan. Erkaklarning umr kõrishi 1991-yildan 1994-yilgacha 5.7 yoshga qisqargan. Ushbu mortal krizis mazkur mamlakatning urush yoki ocharchilikdan tashqari davrda kõrgan eng katta demografik falokatidir.

Gáborning markaziy tezisi mortal krizisning chuqurligi turli iqtisodiy shok va terapiyalar bilan izohlanadi degan qarash atrofida qurilgan. Iqtisodiy shok qanchalik katta bõlsa, shuncha kõp odam stress va tushkunlikdan õladi. Terapiya qanchalik yaxshi bõlsa, shuncha kam odam stress va tushkunlikdan õladi.

@CJandLP
‘This business of “publish or perish” has been a catastrophe. People write things which should never have been written and which should never be printed. Nobody’s interested. But for them to keep their jobs and get the proper promotion, they’ve got to do it. It demeans the whole of intellectual life.’

~ Hannah Arendt

‘[Akademik doiralarda] “nashr qil yoki yõq bõlib ket” qabilidagi yondashuv fojeaga aylandi. Odamlar shunday ishlar yozmoqdaki, ular hech qachon yozilmasligi yoki nashr etilmasligi lozim. Bular hech kimga qiziq emas. Ular nazarida bu ularning õz ishini saqlab qolish hamda yaxshi kõtarilishga erishish uchun ana shunday ishlarni qilishga majbur. Bu butun akademik hayotning obrõsiga putur yetkazadi.’

@CJandLP
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Birlashgan Qirollikning BBC telekanali dasturlari doirasida BBC Question Time nomli bayroqdor siyosiy debat dasturi mavjud.

Respublika doirasida talabalar orasida turli debat loyihalari paydo bõlgan va bunday loyihalarning mavjudligi albatta odamni xursand qiladi.

Ana shunday debatlar ishtirokchilariga #bbcqt loyihasini õz pleylist’lariga qõshib qõyishni tavsiya beraman.

@CJandLP
👍3
‘Under socialism, political inequality tended to translate into economic inequality; under capitalism, economic inequality enabled political inequality.’

Milanovic, B., 2023. Visions of inequality: from the French Revolution to the end of the Cold War. Harvard University Press.

@CJandLP
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yorkshirlik Monty Python nomli komik truppa a’zolari tayyorlagan sketchlardan biri.

Unda truppa a’zolari konstitutsionalizm va davlat boshqaruvining zamonaviy konseptlaridan mohirona foydalanib feodal jamiyatni hajviya orqali qayta tasvirlab berishga uringan.

@CJandLP
😁1
Siyosiy va ijtimoiy fanlar doirasida rus kuch ministerliklarini (power ministries) tadqiq etuvchi olimlardan biri, Sirakuza universiteti Siyosatshunoslik professori Brayn Teylor õzining Putin Rossiyasida davlat qurilishi: kommunizmdan sõng politsiya faoliyati va kuch ishlatish nomli monografiyasida quyidagi tezisni ilgari suradi:

Davlat rasmiylari va amaldorlarining xalq va jamoatchillikka nisbatan salbiy xulq-atvorining inobatga olinmasligi [ularga nisbatan chora kõrilmasligi] davlat qobiliyatlilik darajasiga (state-capacity) salbiy ta’sir kõrsatadi.

Bugungi kunda kuch strukturalarida rus davlatining davlatchilik darajasi va qobiliyatliligi miqdor kõrsatkich nuqtai-nazaridan 1990-yillar oxiri 2000-yillar boshiga qaraganda yaxshilangan bõlsada, u sifat kõrsatkichi jihatidan mutlaqo zaruriy standardlar darajasiga olib chiqilmagan.

Bu tizim personalining xulq-atvori keng jamoatchilikning emas, balki shaxsiy manfaatlar yoki hokimiyatdagilar manfaatlarini himoya qilishga orientatsiyalashganligi natijasida biz Krokus siti hol kabi fojealarni kuzatishda davom etamiz.

@CJandLP
Neoliberal iqtisodiy siyosat ortidan global shimoldagi industrial demokratiyalarda qamoqxona industrial kompleksi (prison industrial complex) yuzaga keldi.

Bir tomondan, davlat ijtimoiy siyosatida qisqartirishlar amalga oshirdi, mehnatning xususiyati õzgardi, kazual mehnat shartnomalari normallashtirildi. Boshqa tarafdan, jinoiy adliya institutlari, xususan, qamoqxonalar samaradorlik bahonasida xususiylashtirildi.

Qõshma Shtatlar esa bu borada Atlantikaning nargi qirğoğidagi Yevropa davlatlaridan ham ilgarilab ketgan.

@CJandLP
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
No exit, no voice, loyalty

Mashhur iqtisodchi Albert Hirshman firmalar, tashkilotlar va davlatlarning inqirozga qanday javob berishi haqidagi kitob yozgan. Unda ana shunday u yoki bu ijtimoiy birlikda faoliyat yurituvchi personal yoki iste’molchi/a’zo/vatandoshlar inqirozlarga tark etish (exit), e’tiroz bildirish (voice) va sadoqat (loyalty) bilan javob berishi mumkin degan fikrni ilgari surgan.

Õtgan kunlarda sodir etilgan trektda nima uchun rus kuch ishlatar tuzilmalarining falaj holatga kelib qolganligi yuzasidan siyosatshunos olima Yekaterina Shulman Hirshmanning nazariy qarashlariga tayangan holda õz tahlilini taqdim etgan. Loyallik talab etiladigan joyda kompetentlikka õrin yõq.

@CJandLP
‘For a market economy to flourish, government needs to be effective and constrained but it need not be small.’

~ Tim Besli, London Iqtisodiyot va siyosatshunoslik maktabi

@CJandLP
1871-yil 6-aprel. Parij kommunasi vakillari mahalliy guillotina egallab, uni ‘monarxiya domanatsiyasiyasiga’ qarshilik ramzi sifatida yoqib yuborgan.

1871-yilda õrnatilgan Parij kommunasi ishchi sinfining ilk bor hokimiyatni egallashi hisoblanadi. Turli interpretatsiyalarga sabab bõlgan mazkur jarayonlarga qarama-qarshi fikr bildiruvchilar uni ‘yuvuqsizlarning qotilona piyonistaligi’ deb qoralasa, uning tarafdorlari voqealarni ishchi sinfining jamoa boshqaruvini harakatda bõlgan davri deb olqishlaydi.

Kommuna davrida Parijda uyğoq bosma nashrlar faoliyat yuritgan. Kommunachilarning Jules Vallès muharrirligida Le Cri du Peuple (Xalq dardi) nomli gazetasi nashr etilgan. Har qanday legitim hukumatlar kabi Parij kommunasining parlament sessiyalari ish yuritgan.

@CJandLP
👍2
Atoqli Amerikalik Nemis siyosiy nazariyotchisi Hannah Arendt Hegel dialektikasini piktografik tizimlashtirib bergan.

Unga kõra muayyan nuqtai-nazar, qarash yoki nazariya (tezis) ilgari suriladi. Ushbu tezisga qarama-qarshi antitezis paydo bõladi. Ularning har ikkisi õrtasidagi ziddiyat natijasida har ikkila qarashlar orqali generatsiya qilingan boshqa yangi bir qarashlar tizimi yuzaga keladi.

Bu jarayon esa tõxtovsiz davom etadi, shu sababli cheksiz progress kuzatiladi.

@CJandLP
👍1🔥1
Jury orqali odil sudlov Õzbek akademik va/yoki ommaviy maydonida kam muhokama etilgan, shu bilan birga, muhim mavzular qatoriga kiradi. Odatda, bu masalaga milliy akademik doiralarda skeptik qaraladi. Meynstrim qarashlarda odil sudlov jamoatchilik ishtiroki orqali emas, professional sudyalar tomonidan amalga oshirilishi darkor degan qarash hukumronlik qiladi.

Ammo, jury a’zolari xalq ichidan tanlab olinishi va ana shu jamoatchilikni reprezentatsiya qilganligi sababli legitimlikni õzida ifoda eta oladi. Ular xalq nomidan ayblilik yoki aybsizlik verdiktini e’lon qiladi hamda ana shu mamlakatning qonunlari ta’siri ostida õzining kundalik faoliyatini davom ettiradi. Kõpchilik konstitutsiyalarda xalq hokimiyatning birdan bir manbai ekanligi mustahkamlab qõyilgan. Eng muhimi ayblilik masalasi yakka shaxsning irodasi bõlib qolmaydi va qaror qabul qilish demokratik prinsipi hukmron bõladi.

Jury orqali sud qilish Markaziy Osiyoga 2000-yillarning ikkinchi yarmida kirib kelgan. Xususan, Qozoq qõshnilarimiz 2007-yildan e’tiboran qisman õta oğir jinoyatlarni kõrishda 10 kishilik jury ishtirok etishini milliy qonunchilikka joriy etgan. Hozirgi kunda jury orqali odil sudlov 12 yildan ortiq jazo tayinlanishi nazarda tutilgan jinoyatlarni ham õz ichiga qamrab oladi.

Qozoğistonda jury reformalari natijasida mamlakat jinoiy odil sudlovi aralash xususiyat kasb etgan. Unga kõra jury orqali odil sudlov sudlanuvchining iltimosnomasiga kõra 10 nafar jury a’zosi va sudyaning yashirin ovoz berishi yõli bilan hukm chiqarilgan holda amalga oshiriladi.

Tizimning muammosi sifatida mutaxassislar tomonidan sudyalarning juryga ta’sir õtkaza olish qobiliyati tanqid ostiga olinib kelinadi. Olma Otada joylashgan Huquqiy siyosat tadqiqot markazi tomonidan õtkazilgan sõrovnomaga ishtirokchilari bõlgan har 10 ta amaliyotchi huquqshunoslarning 9 tasi amaldagi jury tizimidan norozi ekanligini ma’lum qilgan.

Bu kamchilikni bartaraf etish uchun esa klassik 11 kishilik jury ishtirokini amaldagi aralash tizim õrniga joriy etish zarurati ta’kidlanadi.

@CJandLP
👍1
19-asrning ikkinchi yarmida Chor Rossiyasi Markaziy Osiyoning õtroq aholi yashovchi qismlarini egallab u yerlarda harbiy boshqaruvga asoslangan Turkiston general-gubernatorlikka asos solar ekan mustamlakachilik boshqaruvi ostida õlkaning jinoiy-adliya sohasidagi islohotlar ziddiyatli kechgan. Mustamlakachi boshqaruv sinfi õrtasidagi õlkani qanday boshqarish lozimligi yuzasidan shakllangan idealogik qarama-qarshilik nafaqat Turkiston õlkasi, balki butun Chor Rossiyasining mavjudligi uchun ekzistensial xavf bõlgan degan ayrim qarashlar ilgari suriladi.

Mustamlakachilik boshqaruvi Turkistonning õziga-xos xususiyatidan kelib chiqqan holda uni butun-imperiya qonunlari ostida birlashtirib bõlmaydi. Shu sababli, ularni grazhdansvennost’ ya’ni tõliq integratsiyalashgan xalqlar sifatida qabul qilishni emas, balki ularni Volga va Sibr bõylaridagi xalqlar kabi inorodsy (boshqa irq vakillari) deb klassifikatsiyalagan.

Fransuz Jazoiri va Britaniya Hindistonidagi mustamlakachilik boshqaruvini kuzatib, mahalliy noroziliklardan chõchigan rus kolonial administratorlari sud-huquq sohasida jiddiy õzgarishlar qilmagan. Avloddan-avlodga õtuvchi qozilik lavozimlari, ularning ta’sir doirasini kamaytirish va loyal mahalliy elitani shakllantirish maqsadida ommaviy saylangan qozilik lavozimi sifatida qayta tashkil etilgan.

Garchi 1867-yildagi Turkiston õlkasini vaqtincha boshqarish nizomini tayyorlovchi komissiya tomonidan berilgan tavsiyalar asosida Chor ma’muriyati davrida shariat qoidalari asosida tayinlangan tanaga jarohat yetkazish jazolari de jure bekor qilingan bõlsada, de facto von Kaufman buyruqlari bajarilmay qolgan hamda bunday jazolar 1870-yillar oxirigacha qõllanilib kelingan. Bu harbiy ma’muriyatning Buxoro amirligi davridan qolgan zindonlardan foydalanishni taqiqlaganligi va shu bilan birga istilo etilgan hududlarda zamonaviy qamoqxonalarning mavjud bõlmaganligi bilan izohlanishi mumkin. Masalan, Samarqand viloyati Kattaqõrğon shahridagi zindon faoliyati tugatilib uning õrniga alternativ muassasa ishga tushirilmagach, jinoyat sodir etgan Umarbek Abdurasulev ismli shaxs jazoni qamoqda õtash õrniga 400 darraga hukm qilingan.

@CJandLP
Jazolashga bõlgan vakolat bu, odatda, monolitik (qoliplashgan, quyma kõrinishga ega) xususiyatga ega emas, balki bir necha sotsial aktorlar tomonidan amalga oshirilgan. Bunday qarash nafaqat zamonaviy jinoiy adliya institutlariga nisbatan qõllaniladi, balki retrospektda Õzbek xonliklarida ham õz isbotini topgan. Garchi hokimiyatlar bõlinish prinsipi mavjud bõlmagan bõlsada, jazo tayinlash va uni ijro etish mirshablardan tortib, raislargacha, qozilardan ulamolargacha va hattoki amir va xonlarning ishtirokini taqazo etgan. Mavjud akademik adabiyotlarda jinoiy adliya sohasida qozilar yurisdiksiyasi haqida aniq tõxtamga kelinmagan.

Ular amirlar/xonlar va mahalliy beklar tomonidan lavozimga tayinlangan. Odatda, ular tomonidan shaxsiy va mulk masalalariga oid ishlarni kõrib chiqilgan va ishni kõrib chiqishga murojaat qilgan taraflar tomonidan qilinadigan badal evaziga tirikchilik qilgan. Qozilar tomonidan qoldirib ketilgan kam sonli yozma manbalarda ham ular aynan qaysi turdagi ishlarni kõrib chiqishiga aniqlik kiritilmagan. Xususan, Buxoro protektoratida qozi sifatida faoliyat yuritgan Muhammad Sharif-i Sadr-i Ziyo õz kundaligida shunchaki ‘shariat masalalari yuzasidan’ ishlarni kõrib chiqaman deb yozib qoldirgan. Edward Allworth tahririda nashr etilgan Buxoro mutafakkirlarining shaxsiy tarixi kitobida mazkur qozining shia qurolsozini kulolni otib qõyganligi uchun qamoqqa olishga buyruq berganligi qayd etgan. Biroq, bu ham ulamo vakillari hamda amir bilan õtkazilgan maslahatlashuvlardan sõng amalga oshirilgan. Bu esa õz-õzidan uning sof qozilik yurisdiksiyasini tashkil etmaydi.

Ahmad Donish õzining Manğit xonadoni tarixiga bağishlangan ishida jiddiy jinoyatlar, xususan, Ğijduvonda bosqinchilik yoki qotillik sodir etilganida mahalliy mirshablik va qozilar ishni kõrib chiqishga qõyib berilmaganligini qayd etgan. Kuzatuvlarini yozishda davom etar ekan u ‘bu ishlarni to amir kõrib chiqishni boshlagunicha, õğrilar katta ehtimol bilan Xorazmda bõladi’ deb zaharhanda qilgan.

@CJandLP