Criminal Justice & Legal Paradigm
245 subscribers
384 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Guernica, now and then

I stand before Guernica, the
familiar canvas of dismembered
bodies, dead babies and
soldiers; a weeping mother, a
shrieking horse; once remembered
for its chronicle of carnage,
warnings of mass murder
to come, enough to move
the dial from tragedy
to statistic, now forgotten.
Silence has settled upon
the world, snuffed out by
apologists for the
sacred State’s need for
human sacrifice.

In Madrid and Cordoba
jasmine petals loose
their fragrance; the
oranges fall to
the ground.

In Gaza and Israel
combatants loose
their bombs and
bullets; the bodies
fall, broken petals.

Peace protests and beauty bloom
in the Spanish squares. I ask:
By what right
do I enjoy this now?
By what right
do I not?

The burden of
living is
to live
while others are
dying.

~ Trevor Harrison is a Professor of Sociology at the University of Lethbridge

Image: Wikimedia Commons

@CJandLP
Dekarseratsiya ya’ni qamoq shaklidagi jazoni ijro etish muassasalarining tugatilishi post-kolonial davrda sobiq ittifoqdosh mamlakatlar orasida u yoki bu darajada kõzga tashlanmoqda. Xususan, Õzbekistonda ham õtgan yillar ichida manzil koloniyalarning bosqichma-bosqish qisqartirib borlishi haqida siyosiy retorikalar yangradi.

Qozoğistonning Nazarboyev universitetida faoliyat yurituvchi kriminolog hamkasblar Gavin Slade va Aleksey Trochev mamlakatning shimoliy va markaziy qismlarida 3 ta tugatilgan muassasada dekarseratsiyaning mahalliy hamjamiyatga ta’sirini õrgangan. Qiziq tarafi shundaki, tadqiqot yakuniga kõra har uchala hudud respondentlarning bir ovozdan bunday muassasalar tugatilishiga qarshi ekanligini ma’lum bõlgan.

@CJandLP
Bristol universitetining professori David Miller 2021-yilda Zionist harakatining Islomofobiya tarqatishdagi roli haqidagi qarashlarini bayon etganligi sababli universitet tomonidan ishdan bõshatilgan.

Bunga javoban professor universitetni Tenglik Akti 2010 doirasida fikrlar va qarashlar uchun diskriminatsiyada ayblab Mehnat tribunaliga olib chiqqan.

Mehnat tribunali a’zolari bir ovozdan Millerning diskriminatsiyaga uchragani va Mehnat munosabatlari Akti 1996 98-bandiga asosan noqonuniy ishdan bõshatilganini e’tirof etgan.

Qaror matni: https://www.rllaw.co.uk/wp-content/uploads/2024/02/Judgment_Miller-v-Bristol-Uni_Rahman-Lowe-Solicitors.pdf

@CJandLP
❤1👍1
Bristol shahridagi Mehnat tribunalida kõrib chiqilgan David Millerning Bristol universitetiga qarshi ishi Rahman Lowe Solicitors firmasi rahbari Zillur Rahman tomonidan yollangan 11 KBW yuridik firmasi barristeri Zak Sammur (Zac Sammour) vakilligida amalga oshirilgan.

Zak Bar assotsiatsiyasiga 2014-yilda chaqiruv olgan. U tijorat, mehnat, shaxsiy ma’lumotlar dahlsizligi, media, sport va ommaviy huquq sohalarida amaliyot bilan shuğillanadi.

@CJandLP
Mazkur ish kelgusida nafaqat Birlashgan Qirollik balki global shimol miqiyosida bahs-munozarali nuqtai-nazarlar hamda qarashlarni ish joyida himoya qilishda muhim pretsident bõlib xizmat qiladi. Qolaversa, bu keys anti-Zionizm hamda antisemitizm õrtasidagi chegaraning yuridik jihatdan belgilanishida yordam beradi.

Zak vakillik qilgan David Miller Birstol universiteti Sotsiologiya professori sifatida faoliyat yuritgan hamda siyosiy sotsiologiya doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Uning ishdan bõshatilishiga sabab bõlgan izohi quyidagicha bõlgan:

‘Zionizm har doim irqchi, zõravon, imperialist mafkura bõlib etnik tozalash õzagiga qurilgan. U ich-ichidan anti-Arab hamda Islomofob mafkuradir. Unga hech bir jamiyatda õrin bõlmasligi kerak.’

Mehnat tribunali qarorining 224-bandida da’vogarning qarashlari uning Zionist harakatini ‘no-Yahudiy aholini Yahudiy aholi manfaatlarini kõzlab kõchirib yuborishi hamda saylash va saylanish huquqidan mahrum qilishi (disenfranchisement)… territorial nazorat va ekspansiya maqsadida apartied, etnik tozalash va genotsid amaliyotini shakllantiruvchi’ mafkura ustiga qurilganidan kelib chiqqanligi qayd etilgan.

Shu bilan birga Tribunal qarori 237-bandi Zionizm mafkurasiga qarshi bõlish Yahudiylarning õz taqdirini õzi belgilashi, Yahudiy davlatining mavjud bõlishiga qarshilik emas, balki ularning õz taqdirini õzi belgilash huquqi eksklyuziv ravishda substantiv miqdorda no-yahudiy aholi yashovchi mintaqada amalaga oshishi darkor degan qarashga yõnaltirilganligi urğu berilgan.

@CJandLP
Professor Fayzullayev õzi tashrif buyurgan Qõshma Shtatlar universitetida ishlatiladigan ikki eng muhim, shu bilan birga, u va boshqa shu kabi alma-materlarda ramziy jihatdan muqaddas deb qabul qilinuvchi ikki konsept haqida yozibdi.

Akademik erkinlik bu professor-õqituvchining akademik kurs dasturini mustaqil shakllantira olish, auditoriyada bahsli deb qaralgan mavzularni õrtaga tashlash hamda muayyan nuqtai-nazari uchun õzi faoliyat yurituvchi universitet administratsiyasi yoki tashqaridan kelishi mumkin bõlgan bosimlardan himoya qilinishi imkoniyatini õzida mujassamlashtiradi.

Akademik halollik bu ilmiy faoliyatda halollik, adolatlilik, ma’suliyat va hurmat kabi umum qabul qilingan qoidalar asosida ishlashni õzida ifoda etadi. Boshqacha qilib aytganda, talabalardan muayyan standardlar doirasida yozma ish tayyorlashda plagiat qilmaslik yoki iqtibos va havolalar keltirish qoidalariga rioya qilishni talab qilgan akademik doira vakilining tadqiqotlari ana shu qoidalarga tayanishi darkor.

@CJandLP
The Old Bailey: London Markaziy Jinoyat sudi

Londonda joylashgan kõcha nomi bilan ataluvchi London markaziy jinoyat sudi turli davrlarda turlicha: Adliya holli (Justice Hall) Sessiyalar uyi (Sessions House) va 1834-yildan e’tiboram Markaziy Jinoyat sudi deb nomlangan.

Uning sud zallari 1674—1913-yillarda umumiy bino dizayni saqlangan holda uning ichki tuzilishi sud protsessining mohiyati vaqtlar osha õzgarishiga qarab bir necha bora qayta qurilgan.

Adversarial sud tizimining shakllanishi, advokatlar va jury rolining õzgarishi hamda jamoatchilik rolining oshib borishi aynan mana shu õzgarishlarga ta’sir qiluvchi determinantlar bõlib xizmat qilgan.

Sur’at manbasi: https://flickr.com/photos/29057345@N04

@CJandLP
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
London Markaziy Jinoyat sudi binosiga kirish eshigi atrofida turli keyslarda himoya yoki ayblovni qõllab-quvvatlovchi sifatida ishtirok etuvchi barristerlar ananaviy dreskod talablari doirasida

@CJandLP
👍1
Anti-kolonial harakatlar kolonializm kabi uzoq tarixga ega.

Qayerda kolonial dominatsiya bõlsa, õsha yerda unga qarshilik mavjud.

H/t: @Jairo_I_Funez

@CJandLP
Niderlandiyaning Haga sharida joylashgan Xalqaro Adliya sudi 2024-yil 19-26-fevral kunlari sud joylashgan Tinchlik saroyida Isroilning okupatsiya qilingan Falastin yerlari, shu jumladan, Sharqiy Quddusdagi siyosati hamda amaliyoti oqibatida yuzaga keladigan huquqiy oqibatlar masalasida tavsiyaviy mulohaza qabul qilish yuzasidan ommaviy eshituv õtkazilishini ma’lum qildi.

@CJandLP
Oğzaki taqdimot va jury orqali odil sudlov

Huquq amaliyotining aksar qismida advokatlar va adliya jarayonlarining boshqa ishtirokchilari õz nuqtai-nazari va pozitsiyasini ilgari surish uchun asosan yozma shakldagi murojaatnoma/iltimosnoma/protest kabi yuridik ahamiyatga molik hujjatlarga tayangan holda ish yuritadi.

Huquq maktablarida ta’lim jarayonlarini tashkil etishda yozma nutq madaniyatiga alohida urğu berishga harakat qilinadi. Shubhasiz, huquqshunos uchun bunday kõnikmaning bõlishi juda muhim. Ammo, bayonotlar, tushuntirishlar va boshqa turdagi yozma materiallar, nazarimda, odil sudlov jarayonining samaradorligi bilan teskari proportsional.

Agar biz adliya tizimimizni qayta tassavvur qilisak va uni isloh qilishimiz lozim bõlsa, bunday islohotlar psevdo-fasad islohotlari emas, balki tizimning fundamental qoidalarini qayta kõrib chiqadigan, uni õzgartiradigan islohotlar dasturi bõlmoği darkor. Ana shunday reformalar õzagini odil sudlov jarayonida protsess ishtirokchilarining õz argumentini jury a’zolariga oğzaki taqdim etishi tashkil etishi lozim.

Odatda, yuqoridagi kabi reformalarga qarshi chiquvchi guruh vakillari Shotland uyğonish davri vakili David Hume falsafasidagi ratsionallik talablari asosida yozma argument orqali ham samarali kommunikatsiya qurish mumkin degan ğoyani ilgari surishi mumkin. Biroq, mashhur Yunon faylasufi Arestotel õzining Retorikasida nutqda ishontirishning uch uslubi yoki vositasi: etos, patos va logos mavjud bõlishi darkorligiga alohida urğu bergan. Xõsh, sizningcha 1960-yillarda Fuqarolik erkiniklari kurashchishi Martin Lyuter King õzining ‘Mening orzuyim bor’ sarlavhasidagi nutqini auditoriyaga yozma shaklda samarali yetkazib bera olarmidi? Katta ehtimol bilan uning nutqlari qoğozga kõchganida nutqning effektivligi susayib qolgan bõlar edi. Ingliz sudyasi Lord Pannik (Pannick) advokatlikning muhim tomoni bu unda kontr-intuitivlikning mavjud bõlishidir. Unda tomonlar bir-birining argumentlarini tinglashi va sudyani tinglash orqali uning nima talab qilayotganligini angalashi darkor.

Jury orqali odil sudlov bu, birinchi navbatda, sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlashda va sudni adolatsiz qarorlar chiqarish (miscarriages of justice) ehtimolligini kamaytirishga õz hissasini qõshadi. Odatda, mamlakatimizdagi huquq nazariyasi va amaliyoti bilan shuğillanuvchilarning bu institutga ishonchi pastligini kuzatish mumkin. Bu ularning qarshi-argumentini jury a’zolarini no-huquqshunos soha vakili ekanligi asosiga qurishida õz ifodasini topadi. Ammo, tadqiqotlar yakka tartibdagi professional sudya tomonidan kõrib chiqilgan muayyan toifadagi ishlar tahlilini amalga oshirganida, sudyalar qarorida doimiylik (consistency) kuzatilmagan ya’ni sudya bir-biriga yaqin keyslarda turlicha qarorlar qabul qilganligini kõrsatmoqda.

Jury orqali odil sudlov, avvallo, demokratik prinisplar asosida jamiyatning bahslashuvchi turli tuman guruhlarini õzida aks ettiradi. Shu orqali, sud qarorlariga jamoatchilik ishonchini shakllantiradi va umumiy legitimlik yaratadi. Qolaversa, har bir shaxs õzining aybli yoki aybsizlik masalasini yakka tartibda sudya tomonidan emas, random ravishda tanlangan õziga õxshagan oddiy 12 kishi tomonidan chiqarilishini ma’qul kõradi. Shunda, ehtimol, adolat yuoqridan õrnatilgan degan qarshlar kamayadi.

Yakunda kõzga kõringan Ingliz huquqshunosi Blakstoning jury tizimi haqida qarashiga havola keltirish (Blackstone) orqali postni tugataman:

‘[j]ury orqali sud qilish har doim Ingliz huquqining shon-sharafi sifatida qaralib kelingan va shunday bõlib qoladi deb ishonaman. Angliya erkinliklari mazkur palladium muqaddasligi va buzilmasligi ortidan uzoq yashab kelmoqda.’

@CJandLP
Til õrganish va uning mashaqqati haqida gap ketganida Engels’ning Marksga hazilomuz yozgan maktubi e’tiborga molik.

Unda Fredrix Fors tilini õrganmoqchi bõlgani haqida gapirib, agar uning bir necha õnlab harflari boshqa bir õnlab harflariga õxshamaganida va unli tovushlar tushirib qoldirilmaganida uning butun boshli grammatikasini 48 soatda õrgangan bõlishi (bolalar õyini qilib tashlaydigan darajada) haqida mubolağa qilib qõygan.

Engels bu unga eskirmas Hāfīzning she’rlarini asliyatida õqish zavqini berishiga ham urğu bergan.

@CJandLP
Kaliforniya Oliy sudi raisi Rojer Traynor (Chief Justice Roger Traynor) eng kõzga kõringan huquqshunos olimlardan biri bõlgan. Uning 1948-yildagi Perezning Sharpga qarshi ishi (Perez v Sharp) yuzasidan chiqargan qarori shtatning irqlararo nikohni taqiqlovchi qonunlarini nokonstitutsiyaviy deb topgan.

Rojer Berklidagi Kaliforniya universitetidan 1923-yilda BA, 1926-yilda PhD va 1927-yilda LLB darajalarini olgan.

@CJandLP
Gulag qamoqxonalari liboslari 1980-yillar ikkinchi yarmidagi Qozoğistonning haute couture doiralarida paradoksal ravishda urfga kirgan.

Mamlakat tarixida gulag instituti va uning muassasalari chuqur iz qoldirganiga qaramasdan, bunday hodisaning rõy berishi qiziq jarayon. Qozoğiston ittifoqdosh respublikalar ichida gulag muassasalari miqdori bõyicha eng katta ikkinchi davlat bõlgan.

P.S.: Sur’at Modalar jurnali 1987-yil 1-sonidan Avstraliya Milliy universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari klasteri Twitter sahifasi orqali olingan.

@CJandLP
Turk konstitutsionalizmi inqirozi

Yaqin dekada davomida yaxshigina rivojlanib kelgan Turk konstitutsionalizm ananalari erroziyaga uchrab kelmoqda.

Bu inqirozga 2023-yil 25-oktabr kuni Turk Konstitutsiyaviy sudining (TKK) Gezi hiyoboni atrofidagi ommaviy tartibsizliklarda ayblanib 18 yilga hukm qilingan oppozitsiya vakili, huquqshunos Can Atalay’ning konstitutsiyaviy shikoyatini (individual murojaat) kõrib chiqib uni ozod etish haqida bergan buyruğining bajarilmay qolishi sabab bõlgan. TKK’ning buyruğiga qarshilik qilgan Istanbul jinoyat sudi ishni Yarğitay deb nomlanuvchi Kassatsiya sudiga oshirgan. Kassatsiya sudi esa buyruqni bajarishdan bosh tortib TKK sudyalariga nisbatan jinoiy da’vo kiritgan.

Dastlabki qaror ijrosiz qolgach, Can Atalay TKK’ga qayta konstitutsiayviy shikoyat kiritgan. TKK 2023-yil 21-dekabrda uni ishini qayta kõrib chiqish va ozod etish haqida takroriy buyruq chiqargan.

Shubhasiz, bunday holat mamlakatda pretsidentga ega emas. Qolaversa, birinchi instansiya sudining TKK qarorini implementatsiya qilishni rad etib uni Yarğitoyga yuborishi Turk konstitutsiyasi 153-moddasi talablariga zid. Unda TKK qarorlarining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari tomonidan bajarilishi majburiyligi belgilangan.

Hozirda 2012-yilda qabul qilinib shaxsiy erkinliklar va huquqlarni himoya qilish qõrğoni sifatida e’tirof etilgan shaxslarning TKK’ga individual murojaat qilish huquqining kelajagi mahvumligicha qolmoqda. TKK bu davr mobaynida hukumatning bir necha qarorlari, xususan, ijro hokimiyatining ijtimoiy tarmoqlarga cheklov kiritish yoki Turk parlament a’zolarini sudgacha ushlab turish bilan boğliq qarorlarini bekor qilgan.

Yuzaga kelgan konstitutsiyaviy inqirozda TKKning roli ham mavjud. Tahlilchilar oxirgi dekadada sudning siyosiy doiralar ta’siri ostiga tushib qolgani, ushbu ta’sir oqibatida konstitutsiyaviy prinsiplarni selektiv qõllagani hamda sudning ijroiya hokimiyati qarorlarini tobora kam sõroq ostiga olayotganiga alohida e’tibor qaratadi. Yaqin vaqt ichida mamlakat bosh vaziri Rajjab Tayyip Erdoğan 3 nafar TKK sudyasini amaldagi sudyalarning mandati tugashi munosabati bilan lavozimga tayinlashi kutilmoqda. 2024-yil aprel oyigacha u 15 nafar sudyalar tarkibining 10 nafarini tõğridan-tõğri tayinashda va 3 nafarini parlament orqali lavozimiga saylanishida ishtirok etgan bõladi. Natijada, uning shundoq ham mavjud bõlgan sud tarkibiga sezilari ta’siri yanada kengayadi.

@CJandLP
Til ramziy kuch sifatida

Til nafaqat instrumental vosita sifatida muloqot qurishda muhim ahamiyatga ega, balki uning ramziy o’lchovi ham mavjud. Mazkur qudratli kuch insonlarni o’zi hamda dunyo haqidagi tassavvurlarini shakllanishiga ta’sir qiladi.

Odatdagi qarashlarda tilga o’qlangan va istalgan vaqtda otilib ketishi mumkin bo’lgan vosita sifatida qaraladi. Ammo, post-strukturalist yondashuvga ko’ra, til ramziy effektlarni hosil qiluvchi diskurs deb e’tirof etiladi.

Ramziy kuch sifatida til shunday kuchki, u tovushlar va so’zlar orqali insonlarni ko’rishga, ishonishga undovchi, ularning dunyo haqidagi tassavvurini tasdiqlovchi yoki o’zgartiruvchi muayyan nutqdir. Bunda til nafaqat shaxslarning ongini mobilizatsiyalaydi, balki bu jarayonda ularning emotsiyalari, etiqodlari, xotiralari, tassavvurlari hamda istaklarini ham harakatga keltiradi.

@CJandLP
The Standard nashri sud korrespondenti Tristan Kirk Angliya Jinoyat ishlari bõyicha Bar assotsiatsiyasi yaqinda õtkazgan sõrovnoma Angliya va Uels yurisdiksiyasida nomusga tegish va jinsiy jinoyatlar (NTJJ) bõyicha ishlarni kõrishga ixtisoslashgan barristerlarning noroziligini keltirib chiqarayotganligi haqida yozibdi. Norozilik sababi tizimni moliyaviy ahvoli bilan boğliq.

Sõrovnoma natijalariga kõra, 64% ayblovni qõllab quvvatlagan barristerlar (prokuror vazifasini bajaruvchi) NTJJ ishlaridan boshqa turdagi ishlarni kõrib chiqishga e’tibor qaratishni kõzlaganini ma’lum qilgan. Qolaversa, yangi kvalifikatsiya olgan barristerlarning deyarli uch chorak qismi bu turdagi ishlarni olmasligini ma’lum qilgan. Atagi 246 nafar barrister bu tor ixtisoslikdagi ishlarda ayblovni qõllab-quvvatlashni davom ettirishini bildirgan.

Angliya va Uels Qirollik sudlarida osilib qolayotgan ishlar, 2023-yil sentabr holatiga kõra, 66,000 tani tashkil etmoqda hamda bu 5 yil oldingi kõrsatkichdan ikki baravar yuqori. Õtgan yil davomida mazkur toifadagi har 5 ta ishdan 1 tasida himoya yoki ayblovni qõllab-quvvatlovchi barrister ishtiroki mavjud bõlmagani uchun kõrib chiqish keyinga qoldirilgan.

UPD: Bu yerda gap moliyaviy imkoniyatlari yetmaganligi uchun himoya yoki ayblovni qõllab-quvvatlovchi barrister yollay olmaydigan shaxslarga yuridik yordam kõrsatib, unga ish haqini Birlashgan Qirollik Adliya vazirligi tomonidan õrnatilgan shkala miqodirda olayotgan barristerlar haqida ketmoqda.

@CJandLP
Huquq jamiyati tomonidan tayyorlangan ushbu interaktiv xaritada Ingliz solisitorlari—asosan sudgacha bõlgan bosqichda huquqiy yordam kõrsatuvchi huquqshunoslar—tomonidan Angliya va Uelsda immigratsion yuridik yordam kõrsatishning amaldagi holati aks ettirilgan.

Xaritaning tõq rangda aks ettirilgan qismida joylashgan ma’muriy birliklarda yuridik yordamga akses mavjud emas. Ya’ni Angliya va Uelsda yashovchi 38 million aholi (63%) tekin yuridik yordam olish imkoniyatiga ega emas.

Huquq jamiyatining tõliq hisobotiga havola

@CJandLP
2009-yil 16-noyabrda Moskvada joylashgan yomon reputatsiya bilan tanilgan Butyrka tergov hibsxonasida rus davlat amaldorlarining katta korrupsion sxemasini aniqlagan soliq huquqi bõyicha ixtisoslashgan Sergey Magnitsky vafot etganligi e’lon qilingandi. Uning õlimi tergov hibsxonasida bir yillik tergov muddatining sõnggi 7 kuni qolganida yuzaga kelgan. Bu voqea xalqaro hamjamiyatda õziga xos cause célèbre keltirib chiqargan edi.

Bugun esa rus oppozitsiyasi vakillaridan biri, siyosiy mahbus sifatida mamlakatning olis hududiga jazo õtashga yuborilgan Aleksey Navalny õlimi federal qamoqxonalar xizmati tomonidan ma’lum qilindi.

Akademik doiralarda Sovet davlati, shubhasiz, politsiya davlati sifatida e’tirof etilgan. Ammo, 1990-yillardagi post-sovet tranzitsiya davrida uning asosiy merosxõri sanalgan davlat sud-huquq sohasida radikal islohotlar qila olmadi. Turli kuch ishlatar tuzilmalarni strukturalash va qayta-strukturalash bilan boğliq psevdo-fasad reformalar tizimdagi sovok siyosiy madaniyatini parchalamadi, balki uni re-ittiratsiyalab qayta mustahkamladi.

@CJandLP
👍2
Xalqaro munosabatlarda davlatlarning global hamjamiyatdan uzilib qolishi 2 xil ko‘rinishda aks etishi mumkin. Ular pariya davlat (pariah state) va muammo tug‘diruvchi davlat (rogue state).

Pariya davlatlari diplomatik jihatdan global hamjamiyatdan uzilib qo‘yilgan, sanksiyalar rejimi qo‘llaniluvchi va odatda o‘z vatandoshlariga nisbatan umume’tirof etilgan inson huquqlarini buzuvchi davlat.

Muammo tug‘diruvchi davlat pariya davlatining xususiyatlari va shu bilan birga global xavsizlik hamda xalqaro tinchlikka tahdid soluvchi mamlakat.

Mazkur ikki konsept orqali bir vaqtning o‘zida tariflash mumkin bo‘lgan davlatlar sanoqli.

@CJandLP
1991-yil 19-avgust kuni sodir etilgan coup d’état davomida Sovet davlat telekanali tõxtovsiz ravishda uch kun Chaikovskyning Oqqush kõli kompozitsiyasini uzatgan. Shundan beri ushbu kompozitsiya mamlakatdagi senzurani ifoda etuvchi ramzga aylanib qolgan.

Umuman olganda, Chaikovsky asarni pasxaning xotirlash haftaligida yozib tugatgan degan qarash mavjud. Shu sababdan, sovet xalqi degan umumiy nom ostida majburan birlashtirilgan xalqlarga Brezhnev, Andropov va Chernenkolar vafot etgan kunlarda siyosiy elita yopiq eshiklar ortida vorislik masalalarini hal qilib kuch bõshliğini tõldirilayotgan bir vaqtda televideniya orqali ertalabdan-kechgacha balet namoyish etilgan.

Mashhur asar nafaqat xotira va xotimani anglatuvchi ramziy ma’no kasb etadi, balki yangi davr boshlanishini ham bildiradi.

P.S.: Mazkur videoda Fransiya jamoat joylaridan birida Oqqush kõli asari ijrosi aks e’ttirilgan.

@CJandLP