Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Ingliz Bar assotsiatsiyasi

Ingliz Bar assotsiatsiyasi (advokatlar uyushmasi) 4 ta Inn (Inn of Court) deb nomlanuvchi uylardan tashkil topgan: Lincoln’s Inn, Gray’s Inn, Inner Temple va Middle Temple.

Barrister bõlish uchun talabgor bakalavriatda huquqshunoslik darajasini olishi (3 yillik ta’lim), Bar kursini yakunlashi (1 yil) hamda bu jarayonda 4 ta barristerlik uylaridan biriga a’zo bõlish orqali 1 yil pupillage (stajirovka) õtashi kerak. Demak, barrister bõlish akademik komponent (yuridik mutaxassislik), vokatsional komponent (bar kursi) hamda ishlash orqali õrganish (work-based learning yoki pupillage) talablari bajarilishi kerak. Yuridik mutaxassislik bõyicha bakalavr darajasiga ega bõlmaganlar 1 yillik qayta ixtisoslashuv kursini õtib akademik komponentni bajarishi mumkin.

Vokatsional komponent davrida Inn’lardan biriga a’zo bõlgan talabgor. Bar kursi yakunida ushbu kursni taqdim etuvchi muassasada va Inn’da ichki va tashqi markazlashtirilgan imtixonidan õtadi hamda ishga asoslangan komponentga chaqiruv olishi mumkin. Stajirovka davrida iste’mol standardlari minimumidan kelib chiqib ularga kamida £21-24k yillik stipendiya tõlanishi belgilangan.

@CJandLP
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ommaviy madaniyat (pop-culture) va xalqaro huquq

HBO tomonidan sur’atga olingan mashhur Taxtlar õyini TV-seriyalarida sur’atga tushgan Britaniyalik taniqli aktor Charlz Danz va ko Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi keysini keng jamoatchilikka yetkazib beribdi.

Charlz õzining siyosiy qarashlarini ‘markazchilarning uzoq sõlida’ yoki ‘sõl markazchilarining biroz sõlida’ deb tasvirlaydi. U Breksitda mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishini yoqlab chiqqan hamda mamlakatning Amerikaning kichik yõldoshi bõlish õrniga Yevropa oilasiga yaqin bõlishini xohlashini bildirgan.

Video h/t X (oldingi Twitter) @incontextmedia

@CJandLP
Odatda huquq maktablari talabalari orasida anglo-sakson barristerlari va advokatlari haqida gap ketganida, ular kõz õngida turli-tuman mashhur filmlar va television seriyalar qahramonlari gavdalanadi. Biroq, ular aksar hollarda anglo-sakson sud zallarining muhitini aks ettirishdan ham kõra advokatlar va sudlar haqida muayyan miflar paydo qiladi.

Jinoyat ishlari bõyicha ixtisoslashgan sobiq barrister Stiv Uelles advokatlarning sudya, tribunal yoki jury qarshsida nutq qilish jarayonlari haqida gapirar ekan tinglovchilardan birining sud jarayonida tana harakatlarining qanchalik muhimligi haqida õz fikrini bildirgan. U bunga ingliz tilida ‘[m]y veiw is the best body language is no body language’ deb munosabat bildirgan.

Stiv tinglovchilarga birinchi navbatda anglo-sakson, xususan, ingliz sudlari haqidagi filmlar va TV-seriyalarini mutlaqo kõrmaslikka chaqiradi. Chunki, Ingliz barristerlari sudga keys yuzasidan õz tadqimotini qilayotgan vaqtida na sud zalining u yoğidan bu yoğiga qarab harakatlanadi va ortiqcha emotsional vositalardan foydalanadi. Aksincha, ular bir joyda turgan holda õz argumentlarini sudya, tribunal vakillari yoki jury a’zolariga yetkazib beradi.

@CJandLP
Neuton, Sidney.

H/T Tereza Hendl X (oldingi Twitter) orqali

@CJandLP
👍1
Õyin nazariyasi: mahbuslar dilemmasi

Mahbus dilemmasi õyinlar nazariyasi asosida paydo bōlgan tahliliy doira bõlib, undan bir necha ishtirokchidan iborat gumonlanuvchilarning xulq-atvorini tushuntirib berishda foydalaniladi.

Tergovchida gumonlanuvchilarning hech birini ayblash uchun yetarli dallilarga ega bõlmagan bir paytda, ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan shaxslar oldida dilemma vujudga keladi. Ular yoki birgalikda jim qolish orqali ozodlikka chiqishi yoki narigi mahbusni adliyaga topshirish orqali unga qarshi kõrsatma berib ozodlikka chiqishi mumkin. Sur’atda mahbuslarning qaysi qarori qanday natija berishi mumkinligi aks ettirilgan.

1/2

@CJandLP
Mazkur dilemma õziga xos õyin nazariyasini keltirib chiqaradi. Chunki, ratsional tanlov asosida tomonlarda narigi mahkumni adliyaga topshirish, u bilan birga hamkorlikda ishlashdan kõra kõproq natija berishi mumkin degan qarashni keltirib chiqaradi.

Ammo, fanda õyin nazariya metodlari asosida turuvchi shaxsning doim ratsional va õz manfaatlari uchun qaror qabul qiladi degan farazi tanqid qilinadi. Real hayotda shaxslararo munosabatlar bundanda murakkabroq kõrinish oladi. Ularning kundalik qabul qilishini bir-biriga boğliq bir qancha faktorlar shakllantiradi. Shu sababli, ushbu nazariya modellari shaxslar xulq-atvorini tõliq ochib bera olmasligi mumkin.

2/2

@CJandLP
👍1
Bir necha kun oldin tarix fanlari bõyicha falsafa doktori Baxtiyor Olimjonovning Markaziy Osiyoda sovet davri kolonial davr deb hisoblanmasligi lozim degan qarashi chop etildi hamda keng muhokama va turli reaksiyalar keltirib chiqardi.

Olimjonov fanda sovet davrini kolonial davr deb qaralishi haqida diskurs mavjudligini qayd etib, bunday yondashuv faqatgina muayyan maqsadlarga xizmat qiladi degan fikrni bildirgan.

Ehtimol tarixchi olim õz fikrini dallilab berishi uchun telegram postining imkoniyatlari kamlik qilar, biroq u fikrini qurishga uringan sovet hokimiyatining Markaziy Osiyoga investitsiya kiritganligi, garchi kiritilgan investitsiyaning hajmi, uning qaysi ijtimoiy guruhlarga yõnaltirilgani, fuqarolik mohiyati, uning kolonial boshqaruv ekanini inkor etmaydi. Aksincha, bularning barchasi kolonial hokimiyatni saqlab qolish uchun qaratilganligini ochib beradi.

Garchi uning nuqtai-nazariga qõshilmasamda, ijtimoiy tarmoqlardagi reaksion munosabatlar fikr bildirish erkinligi prinsiplariga zid. Har qanday fikr bildiruvchi u bildirgan pozitsiyasidan qati nazar u yoki bu shakldagi taqiblardan holi bõlishi lozim. Xoh bunday taqiblar akademik doiralarda, xoh keng jamoatchilik tomonidan bõlsin bu jamiyat taraqqiyoti uchun kontrproduktivdir.

Yakunda Avstraliyalik Artur Fillipsning madaniy krinj (cultural cringe) konsepti, nazarimda, post uchun mazmunli xotima bõlar edi. Madaniy krinj deganda u kolonial boshqaruvni boshidan õtkazgan xalqlarni õz madaniyatini boshqa ustuvor xalqlarning madaniyatiga qaraganda qoloq deb qarashini nazarda tutgan. Biroq, bugungi dunyo tartibi kolonial dominatsiya, ekspluatatsiya hamda imperializm ortidan shakllangan hamda muayyan xalqlar va millatlarni u yoki bu privilegiyalarga ega bõlishiga asos bõlgan.

@CJandLP
Bizning barcha yozuvchilarimizni—hamda boshqa ijodkorlarimizni—anglo-sakson muvaffaqiyatlarining ulkan jamlanmasi daxshatga soladi. Bunday holat shubhasiz Avstraliya madaniy krinjni yuzaga keltiradi. Bu yo tõğri yoki egri madaniy krinj sifatida ochiq safsatabozlar xulq-atvorida namoyon bõlib ‘men yaratgan inom etgan yerda yashovchi, sendan zõrroq odamman, Avstraliya aborigeni’ shaklida ifodalanishi mumkin.

~ Artur Fillips

@CJandLP
Rus siyosiy diskursiga Gulagning qayta kirib kelganligi bir vaqtning õzida jamoatchilikni xayratga solishi va havotirini uyğotishi bejiz emas. Jamoatchilik gulag tizimining bekor bõlishini 50-yillar ikkinchi yarimiga boğlasada, uning asoratlari mintaqa bõylab turli chuqurlikda saqlanib qolgan.

Yodingizda bõlsa Atlantikaning narigi qirğoğida yashovchi sotsiolog va kriminolog olimlarning palimpsestik davriylik nazariyasi haqida post joylagan edim.

Sovet va post-sovet siyosiy diskursida gulagga yechim sifatda qayta-qayta murojaat qilinishi Vizantiya imperiyasida qoğoz taqchilligi bois Arximedning asari bitilgan palimpset qoğozidagi qõl yozmaning qirib õchirilishi hamda unga diniy matn tushirilganini yodga soladi. Qõl yozma ortida esa mashhur asarning izlarini kõrish mumkin.

@CJandLP
👍1
Criminal Justice & Legal Paradigm
Ingliz Bar assotsiatsiyasi Ingliz Bar assotsiatsiyasi (advokatlar uyushmasi) 4 ta Inn (Inn of Court) deb nomlanuvchi uylardan tashkil topgan: Lincoln’s Inn, Gray’s Inn, Inner Temple va Middle Temple. Barrister bõlish uchun talabgor bakalavriatda huquqshunoslik…
Advokatlik osonmi?

Angliya va Uels yurisdiksiyasida barristerlik chaqiruvini olish uchun vokatsional komponentni avtorizatsiyalangan ta’lim va trening tashkilotlarida (ATTT) õtayotgan nomzodlar Bar Trening kursi (BTK) yakuniga kõra Fuqarolik va Jinoiy litigatsiya imtixonlarini topshirishi talab etiladi.

Ushbu grafikda Angliya bõylab BTK tashkil qilish huquqiga ega ATTTlarda treningdan õtayotgan talabgorlarning imtixondan õtish darajasi õz aksini topgan. Advokatlik kolleji (ICCA) va Siti universiteti BTKsida tahsil oluvchi talabgorlar ULaw’ning mintaqaviy filiallari va boshqa ATTTlarda treningdan õtgan talabgorlardan yaxshiroq natija qayd etib kelgan.

BTKda tahsil olish nafaqat moliyaviy resurslarni talab etadi (£15-20k), balki uning yakunida imtixondan õtishni kafolatlamaydi. Imtixonlardan õtish va Bar assotsiatsiyasiga barristerlik chaqiruvini olish bir qadar uzoqroq muddat talab etishi mumkin.

@CJandLP
Sovet avtobiografik tadqiqotlarida deyarli chuqur õrganilmagan bir inqilobchi borki, uning shaxsi nafaqat Turkiston õlkasi bilan boğliq, balki u tom ma’noda siyosiy huquqshunos hamdir. Gap Aleksandr Feodorovich Kerensky haqida ketmoqda.

Kerensky Volga õrta oqimida joylashgan Simbirsk shahrida tavallud topib, 8 yoshga tõlganida uning oilasi Chor Rossiyasi anneksiya qilib olgan Turkistonga kõchib boradi.

Kuchli ommaviy nutq qilish qobiliyatiga ega Kerensky sõl-demokratik qarashlarga ega shaxs õlaroq muhim inqilobchi shaxslardan biri sanaladi. Fevral inqilobidan sõng tuzilgan Muvaqqat hukumatning adliya, mudofa vaziri kabi lavozimlarida hamda bir muddat uning bosh vaziri sifatida faoliyat yuritgan.

1/2

@CJandaLP
Qiziq tarafi, mutaxassisligi bõyicha huquqshunos bõlgan Aleksandr Chor Rossiyasining turli burchaklarida monarxiyaga qarshi kurashgan inqilobchilarning ishida advokat sifatida ishtirok etgan. Xususan, Yangi Marğilon sudining bayonnomalarida qayd etilishicha, u 1910-yilda sotsial-inqilobchilar partiyasi vakillarining ishida himoyachi sifatida ishtirok etgan. 1912-yildagi Toshkentdagi analogik jarayonlarda ham u himoyachi sifatida ishda ishtirok etgan hamda sud ishlari yakuniga kõra sudlanayotganlarga nisbatan sõralagan õlim jazosi bekor qilishga erishgan.

Umuman olganda arxiv materiallarida, hattoki, Peterburg guberniyasi jandarma boshqarmasi boshliğining Turkiston mintaqaviy qõriqlash bõlimi boshlğiga Kerensky shaxsiyati va SR’chilar partiyasi vakillari ishi yuzasidan advokatlik faoliyatini tavsiflovchi xati ham saqlanib qolgan.

2/2

@CJandLP
❤1👍1
AQSh adliya tizimidagi yondashuvlarning paradoksi shundaki, Oliy sudning kõpchilikni tashkil etuvchi konservativ vakillari bir vaqtning õzida hayot tarafdorlari (pro-life) hamda buning mutlaqo teskarisi bõlishi mumkin. Xususan, ayollarning abort qilish huquqini kafolatlagan Roe v. Wade keysini bekor qilgan ana shu fraksiya, hali ham õlim jazosini ijro etish bõyicha debatlarda jazoni ijro etilishi yuzasidan Oliy sud buyruğini chiqarishga qaror qabul qiladi.

@CJandLP
Xalqaro huquq terminal holatda, ammo uning impulslari saqlanib turibdi.

@CJandLP
Bugun Xalqaro Adliya sudi tomonidan Janubiy Afrika Respublikasining Isroil davlatiga qarshi Genotsid konvensiyasi doirasida kiritgan da’vosi yuzasidan sud buyruği e’lon qilindi. Bu bilan ushbu kun xalqaro huquq tizimidagi muhim tarixiy kunlardan biriga aylandi.

Sud buyruğida õt ochishni tõxtatish haqida band mavjud bõlmasada, u Isroilga genotsid aktini tõxtatish yuzasidan muvaqqat choralar kõrish majburiyatini yukladi: harbiylar qismlarini genotsid sodir etishdan tiyib turish, genotsidga chaqiriqlarni oldini olish va jazolash, dalillarni saqlash, Ğazoga yordam kirishini ta’minlash, XASga õz majburiyatlarini bajarayotganligi yuzasidan hisobot kiritish.

XAS, shuningdek, Isroil tarafining ishni kõrib chiqishni tõxtatish yuzasidan iltimosnomasini rad etdi. Bu degani XAS Janubiy Afrika da’vosidagi qator argumentlarni asosli deb topgan hamda mazkur eshituv yuzasidan Genotsid konvensiyasiga doir tõliq ish yurituvini davom ettiradi.

Xalqaro huquq tizimi va hamjamiyat oldidagi endigi katta sinov bu buyruqning ijrosini qay darajada ta’minlanishidir.

@CJandLP
❤1
Õlim jazosini ijro etish va uning atrofidagi nyuanslar

Kuni kecha Qõshma Shtatlarning Alabama shtatida Kennis Smitga (Kenneath Smith) nisbatan chiqarilgan hukm ijro etildi. Sud uni 30 yil avval sodir etgan qotilligi uchun õlim jazosiga hukm qilgan edi.

2022-yilda unga nisbatan e’lon qilingan hukmda oliy jazo ijro etish letal inyeksiya uslubidan foydalanish belgilangan. Biroq, jazoni ijro etishning muvaffaqiyatsiz yakunlangani shtatning õlim jazosini kõrib chiqishga olib kelgan.

Mahkumga nisbatan shtat va butun federal mamlakat tarixida ilk bor nitrogen gaz orqali jazoni ijro etish tayinlangan. Uning huquqshunoslari unga nisbatan 2-marta õlim jazosini qõllanilishini Oliy sudga olib chiqqan. Huquqshunoslar argumentining AQSh konstitutsiyasiga kiritilgan 8-õzgartirish (shafqatsiz va noodatiy jazolar qõllashdan himoyalash) õzagida qurgan edi. Bunda ular mahkumga nisbatan õlim jazosini birinchi marta muvaffaqiyatsiz qõllanilishi, unda qattiq travmaning hosil bõlgani bois ikkinchi urinish 8-õzgartirishga zid degan nuqtai-nazarni ilgari surgan. Ammo, oldingi postda ta’kidlaganimdek Oliy sudning konservativ sudyalari Alabama shtati sudining qarori yuqoridagi prinsip talablarini buzmagan degan qarorga keldi. Albatta, liberal sudyalar lageri bu qarorga qarshi ovoz bergan, biroq sudda ular minoritar ovoz bõlganligi bois yakuniy qaror ana shunday tarzda shakllantirildi.

Ikkinchi marta õlim jazosini ijro etish Alabamada amalga oshirildi. Gaz orqali jazoni ijro etishdagi nitrogen haypoksiya uslubi mahkumga kislorod yetib borishini tõxtatib qõyish orqali amalga oshirilib nitrogen silinderiga ulangan maska yordamida ijro etiladi.

Bu postni hozir jazoning ahloqiy jihatdan tõğri yoki notõğri ekanligiga qaratmayman. Balki, mazkur keys komparativ konstitutisyaviy va jinoiy huquqiy bir necha masalalarni õrtaga chiqaradi.

Komparativ konstitutsiyaviy masala bu Oliy sud tarkibini shakllantirish tartibiga borib taqaladi. AQSh Konstitutsiyasiga kõra, Oliy sud sudyasi nomzodi mamlakat prezidenti tomonidan ilgari suriladi hamda Senat tomonidan tasdiqlanadi. AQShdagi ikki partiyaviy tizim ideologik jihatdan sudiylarni ham ikki guruhga ajralgan holda partizanlik muhitini shakllanishiga olib keladi. Prezidentning tayinlovi esa u yoki bu ideologik guruh vakillarining kõpchiligini formatsiya bõlishiga olib keladi. Xususan, AQSh misolida, sõnggi uchta sudya nomzodini ilgari surish faqat respublikachi prezidentlar davriga tõğri kelib qolgan. Bu õz-õzidan mazkur modelning ana shunday nyuans taraflarini ifodalab beradi. Shu sababli, konstitutsion reforma qiluvchi mamlakatlar uchun e’tibor qaratish lozim bõlgan juda muhim jihat sanaladi.

Keyingi jinoiy huquqiy masala jazo tayinlash amaliyoti bilan boğliq savoldan iborat. Bunda Oliy sud Alabama shtatida õlim jazosini ijro etish komissiyasi qaroriga kõra 1982-yildan sõng Shtatlar tarixida ilk bora (õshanda letal inyeksiya orqali hukmni ijro etish amaliyotga joriy etilgan) yangi uslubda jazoni ijro etish mexanizmining kiritilishi hamda dastlabki hukmdagi jazoni ijro etish uslubini õzgartirish yuzasidan õz pozitsiyasini bildirmaganligi qiziq holat.

@CJandLP
Criminal Justice & Legal Paradigm
Õlim jazosini ijro etish va uning atrofidagi nyuanslar Kuni kecha Qõshma Shtatlarning Alabama shtatida Kennis Smitga (Kenneath Smith) nisbatan chiqarilgan hukm ijro etildi. Sud uni 30 yil avval sodir etgan qotilligi uchun õlim jazosiga hukm qilgan edi. 2022…
Mavzu yuzasidan õqish uchun tavsiya qilinishi mumkin bõlgan kitoblardan biri bu, shubhasiz, Nyu York universiteti Sotsiologiya va Arthur T. Vanderbilt nomidagi Huquq Professori David Garland qalamiga mansub Pekulyar institut: Abolitsionizm davrida Amerika õlim jazosi nomli kitobidir.

Unda muallif pekulyarlikning (õziga xoslik) sabablarini ochib berishga urinadi: jazoning notekis qõllanilishi, uning uzoqqa chõzilishi, individual keyslarda uning qõllanilishi yoki qõllanilmasligi atrofidagi mavhumlik kabi jihatlarning na jinoyatchilikning oldini olish siyosatidagi, na jinoiy adliya tizimi samaradorligiga hissa qõshishiga e’tibor qaratilgan.

1/2

@CJandLP
Muallif bosh/oliy jazoning bunday kõrinishda saqlanib qolishi Amerika siyosiy institutlari va madaniyatlar õrtasidagi ziddiyat hosilasi degan nuqtai-nazarni bildirgan. Ya’ni Amerika radikal federalizmi hamda lokal demokratizmi, shuningdek, zõravonlik va irqchilik asoratlari Ğarbning boshqa mamlakatlarida bu jazo bekor qilinganiga qaramasdan ushbu mamlakatda uning saqlanib qolayotganini tushuntirib beradi.

Garchi Ğarb siyosatchilari jamoatchilik va ommaning fikridan qati nazar bu turdagi jazoni uzil-kesil bekor qilishiga qaramasdan, Amerika elitasi bunday qilishga qodir emas, aniqroği ommadagi bu jazoning saqlab qolinishiga bõlgan qõllab-quvvatlov sababli bunday qilishni xohlamaydi.

2/2

@CJandLP
Bugun Birlashgan Qirollik Labour partiyasi (rus manbalari orqali Õzbek tiliga Leyboristlar tarzida kirib kelgan Mehnatkashlar Partiyasi) õzining dastlabki hukumati tuzilganligining 100 yilligini nishonlamoqda.

1924-yilgi Parlament saylovlarida Ramse Makdonald (Ramsay McDonald minoritar ğalaba orqali hukumat tuzishga muvaffaq bõlgan. Ana shu davrdan boshlab jamoatchilik uchun notanish bõlgan, sinovdan õtmagan, siyosiy tajribaga ega bõlmagan, siyosiy tassavvuri aniq bõlmagan yangi partiya õzining faoliyatini boshlagan.

Britonlar Leybor partiyasini Milliy salomatlik tizimi (National Health system), Good Friday Agreement (Irland muammosidagi progress) orqali eslaydi. Partiya õzining eng yuqori chõqqisiga Toni Blayr va Gordon Braun boshchiligidagi Yangi Leybor hukumati davrida erishgan.

2024-yil yakunida Birlashgan Qirollikda Umumiy saylov bõlib õtadi. Biroq, tahlilchilar amaldagi partiya õzining 1924-yildagi holatida deb baholamoqda.

@CJandLP
Irlandiyadagi Gaulvey universitetining Irland Inson huquqlari markazi (University of Galway) magistratura talabalarini Xalqaro jinoyat huquqi bõyicha 10-13-iyun kunlari yozgi onlayn maktabga taklif qilmoqda.

Yozgi maktab uchun maxsus Megan Feyrli nomidagi moliyalashtirish ajratilgan hamda undan Global janub mintaqasidan (shu jumladan Õzbekiston) ishtirokchi magistratura talabalari uchun €75 miqdoridagi yozgi maktabda ishtirok etish badalini bekor qilishda foydalanish kõzda tutilgan.

Unda ishtirok etish uchun humanrights@universityofgalway.ie email manziliga bir betdan iborat motivatsiya xati va CV yuborish sõralgan.

@CJandLP
Adversarial v Inqusitorial modellar

Bugun @advokatnews’da advokatning Oliy sudga kassatsiya tartibida protest kiritish uchun protest kiritganligi, biroq bir necha oydan beri uning murojaatiga javob yõqiligi haqida post e’lon qilinibdi.

Advokat õziga ishonch bildirilgan shaxs nomidan ish kõrar ekan, uning ishini muayyan protsessual muddatlarda bajarishga harakat qilishi darkor. Odil sudlovni amalga oshirish jarayonida kõhna qit’aning Briton orollarida joylashgan xalqlar ayniqsa vaqt masalasiga juda jiddiy ahamiyat qaratadi. Ular bejiz kechiktirilgan adolat bu rad etilgan adolatdir (justice delayed, justice denied) tamoyili asosida odil sudlovning funksional faoliyatida vaqt bilan boğliq tõsiqlar bõlmasligi uchun turli huquqiy lobbi guruhlar tuzmaydi.

Bizdagi fundamental muammo jinoiy adliya tizimining Britaniyadagidek adversarial emas, balki kontenintal Yevropa orqali rus kolonial bosqini ta’siri ostida inkvizitorial modelga asoslanganligidadir. Adversarial tizimda sud jarayonida tomonlar teng vakolatlarga ega bõladi. Natijada, shaxslarning himoyadan foydalana olish imkoniyatlari juda keng. Inkvizitsion modelda va totalitar rejim sharoitidagi tarixiy rivojlanish merosi oqibatida post-kolonial mintaqada advokatning himoya imkoniyatlari cheklanganicha qolmoqda.

Garchi bu kõpchilik qõllab-quvvatlamaydigan nuqtai-nazar bõlsada, post-kolonial kontekstda sud huquq reformasi adversarial tizimga õtishdan boshlanishi kerak. Bunda prokurorning vakolatlari faqatgina jinoyat ishida ayblovning qanchalik tõğri e’lon qilinganini baholash, oğir va õta oğir jinoyatlarda tergov organlariga ayblov e’lon qilishda kõrsatmalar berish hamda jinoyat ishini sudda reprezentatsiya qilish bilan cheklanishi lozim. Ushbu modelda prokuror vakolatlari ayblovni qõllab-quvvatlash atrofida shakllanadi. Natijada, tizim professionallashadi, faqat õzining vazifalari bilan, ayniqsa, real bajarish imkoni bõlgan ish yuklamalarida ishlay oluvchi kompakt tizimga aylanadi.

Ushbu nuqtai-nazarni qõllab-quvvatlamaydigan, hattoki, uni absurd deb qrovchilar ehtimol 19-asr 60-yillardagi islohotlar natijasini e’tibordan chetda qoldirgan. U kompakt prokuratura va jury orqali sud mintaqaga begona emasligini kõrsatadi. 1864-yilning 20-noyabr kuni, uch yil ilgari qullikni bekor qilgan Aleksandr II farmoni bilan, Rossiya adversarial jinoiy adiliya tizimiga õtgan. Sudlarda jury ishtiroki majburiy qilib belgilangan. Sudya ikki teng tomon õrtasida arbitrlik vazifasini bajarish ortidan bir qadar mustaqillikka ega bõlgan. Prokuraturaning qonunlar ustidan umumiy nazorat vakolati tugatilib Ğarb modelidagi davlat prokurori sifatida faoliyat yurita boshlagan.

1864-1906-yillardagi Rossiyadagi unikal tarixiy davr demokratik prinsiplar asosida faoliyat yurituvchi sud hokimiyatining faoliyatiga guvoh bõlgan. Paradoksal ravishda, bu davrda mamlakatning qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati avtokratikligicha qolgan.

@CJandLP
👍1👎1