Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Kuni kecha rus oppozitsiyasi vakillaridan bõlgan, 20 kun davomida qayerdaligi noma’lum bõlib turgan Aleksey Navalny mamlakatning eng shimoliy qismida joylashgan Harp posyolkasidagi koloniyadan topilganligi ma’lum bõldi.

Oldingi postlarda shaxsni ozodlikdan mahrum qilish va surgun qilish ikki alohida jazo sifatida muayyan tarxiy davriylikda mavjud bõlgani, biroq zamonaviy jazo sotsiologiyasida gulag operatsion mantiği bir vaqtning õzida ana shu ikki funksiyani bajarganligi haqida qarashlar ilgari surilgan. Jazo transportatsiyasi õz chõqqisida bõlgan 18-asrda mahkumlar Britaniya orollari va ularning koloniyalaridan uning eng uzoq koloniyalariga surgun qilingan. Bu jazo formal ravishda bekor bõlib ketsada, uning parchalari u yoki bu shaklda bugun ham kõzga tashlanmoqda.

Paradoksal ravishda, ittifoq tarqab ketishi munosabati bilan 1991-yil 25-dekabr kunida Kremlda sovet bayroği tushirilgan holda Rossiyaning amaldagi bayroği kõtarilgan.

@CJandLP
1991-yil 19-avgust kuni sodir etilgan coup d’état davomida Sovet davlat telekanali tõxtovsiz ravishda uch kun Chaikovskyning Oqqush kõli kompozitsiyasini uzatgan. Shundan beri ushbu kompozitsiya mamlakatdagi senzurani ifoda etuvchi ramzga aylanib qolgan.

Umuman olganda, Chaikovsky asarni pasxaning xotirlash haftaligida yozib tugatgan degan qarash mavjud. Shu sababdan, sovet xalqi degan umumiy nom ostida majburan birlashtirilgan xalqlarga Brezhnev, Andropov va Chernenkolar vafot etgan kunlarda siyosiy elita yopiq eshiklar ortida vorislik masalalarini hal qilib kuch bõshliğini tõldirilayotgan bir vaqtda televideniya orqali ertalabdan-kechgacha balet namoyish etilgan.

Mashhur asar nafaqat xotira va xotimani anglatuvchi ramziy ma’no kasb etadi, balki yangi davr boshlanishini ham bildiradi.

P.S.: Mazkur videoda Fransiya jamoat joylaridan birida Oqqush kõli asari ijrosi aks e’ttirilgan.

@CJandLP
Jodugarlar sudi: 17-asr Angliyasiga qisqacha sayohat

1612-yil avgust. Angliya shimoli ğarbidagi Lankashir grafligi. Uzoq vaqt graflik markazi bõlib keyinchalik marginallashib qolgan Lankaster qal’asida 10 kishi, ularning aksariyati ayollar, jodugarlik (witchcraft) yordamida odam õlimiga sabab bõlish jinoyatida ayblanib dorga osishga hukm qilinadi.

Bu sud tarixga Pendl jodugarlar sudi (The Pendle Witch Trials) deb qoladi. Sudda guvoh sifatida 9 yoshli Jennet Devays (Jennet Device) kõrsatmalari eshitiladi. 17-asr davomida bu sud jarayonlari nafaqat 14 yoshdan kichik bolalardan sudda guvoh sifatida foydalanishga, shu bilan birga, jodugarlar ovi (witch hunting) boshlanishiga yõl ochib beradi.

Xõsh, qanday shart-sharoitlar 17-asr Angliyasini bunchalik paranoya jamiyatiga aylantirgan edi? Jodugarlar ovi atrofidagi ijtimoiy va siyosiy diskurs qanday edi? Bugun ham zamonaviy jamiyatlarda u yoki bu tarzda witch-hunting amalga oshiriladimi? Bu haqida alohida post bõladi.

@CJandLP
18-asrda Angliyasida jinoyat va jamiyat qanday bõlganligi sizni qiziqtirsa mashhur huquq tarixchilaridan biri Duglas Hay va boshqalar tahriri ostida chop etilgan Albion’s Fatal Tree: Crime and Society in Eighteenth-Century England nomli esselar tõplamini xarid qilishingiz mumkin.

@CJandLP
Forwarded from Jamshid Muslimov
Anglyada o’qiyotgan o’zbekistonlik talabaning ta’lim tizimimiz haqidagi fikrlari:
Maqtnchoqlikni to’xtataylik.
—————————————
London xaqida qisqacha:

Bu yerda tili burro tadbir uyishtirib "Faol" bo'lganlar bir ting ekan.

Men Hindlar va Xitoy, Korea va Yapon talabalarini ko'rib maktabdagi olgan bilimlariga tan beryapman.

Xullas men shunchaki bo'm bo'sh miyya bilan magistraturaga kep qolibman. Masalan guruhdagi hamma matematikani chachvoradi. Siz o'ylagan darajada emas, Yaxshi biladi degani ham emas- Bular "Chachvoradi". Shunaqangi tenglamalarni ular maktablaridan o'rganib kelishganki men ularga haliyam yeta olmayapman.

Kompyuterni, offis dasturlarini, har xil programmalar va dasturlashni o'zimcha yaxshi bilaman desam. Butun guruh, ha ishoning har biri mendan yaxshi biladi.

Dunyo qarash jihatidanham biz markaziy osiyo talabalari oqsoqmiz ekan. Ular shunaqangi dunyo tanigan brendlarni egalaridan tortib ular nima ishlab chiqaradiyu qaysi maxsuloti yaxshi ekanini bilishadi. Men bo'lsa xaliyam Cofe turlarini farqiga bormayman.

Siz o'zingizni O'zbekistonda turib Kelajak bizniki,shu turishimda O'zbekistonni dunyoga tanitaman demang. Men shunaqa deb xato qilganimni. Biz rostan yurtimizni yuqoriga olib chiqmoqchi bo'lsak rostakamdan o'qishimiz kerak. Londonga kelib bildim. Biz orqada ekanmiz. Ko'p sohada. Davlat siyosati yoki Iqtisodiy nuqtai nasaridan emas, Oddiy maktabdagi asosiy fanlar ko'nikmalaridan ularni amaliyotga tadqiqotigacha.

Bizni yana eng katta aybimiz bu noloyiq bo'lgan nomzodlarga katta rag'batlar berishimiz. Misol uchun: Bizning Navoiy, Beruniy va Zulfiyani olayotgan bolalar kelib New York, London va Tokio shunga o'xshagan shaxarlardagi biznes markazlardan yuqori lavozim tugul qabulxonachilikka ham ishga kira olmaydi. Nega?

Chunki uyerda bizdagi faoldan oldin Xind yoki Xitoylik ishga topshirib bo'lgan. Undan ustun bo'lish uchun "Kompaniyam faxrim" degan video yasab kelsangiz o'tmaydi.

Bu yerda, ya'ni Londonda. Yaxshi offis ishiga kirishingiz osmonopar binoda ishlashingiz uchun rostakam yuzma yuz "interview" bo'ladi. Ular sizdan yutuqlaringizni umuman so'ramaydi. Ular sizdan "Ilm" so'raydi. Ularga sizning 2 ta maqola orqalik har kimga beriladigan Qozog'istonning xususiy ko'krak nishonlari bir ting. Ular ilm so'raydi.

Xulosa: Bu fikrlar hech kimga negativ qaratilmagan lekin, ko'zimizni ochishimiz kerak. Dunyo ortida biz talabalar ancha ortda qolyapmiz. Sizdan iltimos "Men eng faol, eng zo'r talabaman" demang. Angliyada siz tengi odamlar ancha buncha sizning va bizning kelajakdagi ish joylarimizni egallab, qo'limizdan olib bo'lishmoqda.

O'qing birodarlar 👍

Alisher Hashimjanov
👍5
Haga, 29-dekabr. Janubiy Afrika Respublikasi Isroil davlatining Ğazo sektorida Falastinliklarga nisbatan amalga oshirayotgan jinoiy hatti-harakatlari munosabati bilan Genotsid jinoyatini oldini olish va jazolash haqidagi Konvensiya doirasida Xalqaro adliya sudida ish ochish yuzasidan da’vo arizasi kiritdi.

Arizada ‘Isroilning harakat va harakatsizligi mohiyatan genotsid bõlib, ular Ğazodagi Falastinliklarni keng kõlamli Falastinni milliy, irqiy va etnik guruh sifatida yõq qilish maqsadiga qaratilgan qasd rekviziti talablarini bajaradi’ hamda ‘Isroilning Ğazodagi Falastinliklarga nisbatan hatti-harakati—uning manfaatlari uchun u bergan kõrsatmalar, topshiriqlari orqali yoki ta’siri ostida uning davlat organlari, davlat agentlari va boshqa shaxslar hamda muassasalari—uning xalqaro konvensiya doirasidagi majburiyatlarining buzilishidir’ deb ta’kidlangan.

Garchi JAR xalqaro munosabatlarning eng ta’sirli vakillaridan bõlmasada, uning XJSga kiritgan mazkur arizasi simvolik ahamiyatga ega.

@CJandLP
Gruziyani misli kõrilmagan islohotlar bilan tom ma’noda kuchli davlat qilishda alohida hissa qõshgan, hozirda Rustavidagi 12-son penitensiar uyda siyosiy mahkum sifatida jazo õtayotgan Mixyel Saakashvili Aleksey Navalniyga maktub yõllabdi.

Unda Saakashvili turdosh mahkum dõstiga uning muayyan vaqt yõqolib qolganidan havotirga tushganini bildirib uni erksevar yuz minglab shaxslar, jumladan õziningda qahramoni ekanligini e’tirof etgan.

Maktub uning salomatligi kelajakdagi muqarrar õzgarishlar uchun muhimligi bilan yakunlangan.

Albatta, ushbu maktub kelajakdagi Jazo va jamiyat (Punishment and Society) õquv kurslarining ajralmas bir bõlagi sifatida post-sovet/post-kolonial markaziy Yevro-Osiyo mintaqasini õrganuvchi talabalar mubokamasiga havola etiladi.

@CJandLP
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil akademik erkinlik, avtonomiya va demokratiya yili bõlsin.

2023-yil davomida ana shu erkinliklarni saqlab qolish uchun kurashgan global akademik hamjamiyat vakillariga solidarlik.

@CJandLP
👍3
Odatda tarix kitoblari va biografiyalarda Britaniyaning eng buyuk Ingliz shaxsi deb qaraluvchi Uinston Cherchil. Uning xulq-atvori hattoki hozirgi kun konservativ siyosatchilari uchun qõllanma deb qaraladi.

Õzining Uinstonga bağishlangan kitobida yozuvchi va rejissyor Toriq Ali 1940-1941 yillar uchun fashizm oldida kapitulyatsiya bõsağasida Cherchil tanlovi tõğri tanlov bõlganini e’tirof etgan holda uning imperiya va imperialist qarashlarning qattiq himoyachisi bõlganini ochib berishga uringan.

Asarda muallif Uinstonning uluğlovchi qarashlarni sõroq ostiga olgan. Birinchi jahon urushida millionlab shaxslar hayotiga ta’sir qilgan bir necha xato qarorlardan tashqari, u yaralari hamon bitmagan, chuqur izga ega Irland muammosining paydo bõlishi va chuqurlashishi ham uning nomi bilan boğliq.

Yangi yil munosabati bilan Verso mazkur kitobning e-book versiyasini 80% chegirmada £1.50’ga sotmoqda. Chegirmaning sõnggi kuni bugun.

@CJandLP
👍4
Criminal Justice & Legal Paradigm
Haga, 29-dekabr. Janubiy Afrika Respublikasi Isroil davlatining Ğazo sektorida Falastinliklarga nisbatan amalga oshirayotgan jinoiy hatti-harakatlari munosabati bilan Genotsid jinoyatini oldini olish va jazolash haqidagi Konvensiya doirasida Xalqaro adliya…
Xalqaro adliya sudi 11-12-dekbar kunlari sud joylashgan Niderlandiyaning Haga shahridagi Tinchlik saroyida Isroilning Xalqaro genotsid konvensiyasini buzishi yuzasidan ochilgan keysning dastlabki eshtuvni boshlashini ma’lum qildi.

@CJandLP
Jazo islohotlari bõyicha Hovard Ligasi veb sahifasida e’lon qilingan interaktiv xaritaga kõra Angliya va Uels yurisdiksiyasida joylashgan qamoqxonalarning 3/2 qismi õzi qabul qila olishi mumkin bõlgan siğimdan ortiq mahkum saqlaydi.

Piter Bell tomonidan vizulallashtirilgan xaritadagi har bir qizil nuqta siğimidan oshiqcha mahkum saqlayotgan qamoqxonalarni kõrsatib turadi.

Keyingi infografikada siğimidan ortiqcha mahkum saqlayotgan qamoqxonalar õnligini kõrsatilgan.

@CJandLP
Tanishing: Blinne Ní Ghrálaigh. U Londondagi Matriks Chembers (Matrix Chambers) yuridik shirkati barristeri. Blinne xonim Xalqaro Adliya sudida Janubiy Afrika Respublikasi nomidan Isroilga qarshi da’vo arizasini olib chiquvchi huquqshunoslar jamoasiga vakillik qiladi.

U reprezentatsiya qilgan eng bahs-munozarali keyslardan biri bu, shubhasiz, Kolston tõrtligi (Colston Four) ishi. Mazkur ishda Bristol shahrida quldor haykalining qulatilishi munosabati bilan yetkazilgan jinoiy zararda ayblangan tõrtlikka qaratilgan. 2022-yil yanvar oyida Bristoldagi Qirollik sudi jury a’zolari protestchilarni aysiz deb topgan.

Ishda Irland barristeri Ní Ghrálaigh huquqiy iste’snolar (lawful excuses) prinsipiga tayangan holda himoya pozitsiyasini olib boradi. Bunda u qurol yetkazib berishga qarshi protestlar keysiga Director of Public Prosecutions v Ziegler havola qilgan holda sõz va uyushishga bõlgan huquq jinoiy zararni iste’sno etishi mumkinligini juryga yetkazib berishga urinadi.

1/

@CJandLP
Bundan tashqari himoya argumenti kelgusi jinoyatlarning oldini olish himoyasi atrofida mustahkamlangan. Bunda guruh a’zolari Kolston haykalining—84,000 qora tanli shaxlarning qullikka mahkum etilishi va 20,000 qora tanli, shu jumladan bolalar, õlimiga sabab bõlishi—uni Bristolning ‘eng donishmand va fazilatli insoni’ sifatida uluğlashi jinoyat deb hisoblagan.

Jury e’tibori, shuningdek, haykalga zarar yetganmi, agar yetgan bõlsa guruh haykalni qulatish davomida unga zarar yetkazishni kõzlaganmi degan savolga qaratilgan.

2/

@CJandLP
Blinne ichki yurisdiksiyada xalqaro ommaviy huquq, inson huquqlari va fuqarolik erkinliklari, protestlar huquqi, ma’muriy va ommaviy huquq sohalari bõyicha ixtisoslashgan. U Irlandiyaning ham janub ham shimoliy qismidagi Bar assotsiatsiyasiga a’zo, shuningdek, Angliya va Uels yurisdiksiyasi Bar assotsiatsiyasiga chaqirilgan.

Qiziqarli tarafi uning faoliyat Õzbekistondagi bir mifga chek qõyadi: bu advokatlik faoliyati uchun bazaviy yuridik ma’lumot talabidir. U dastlab Kembridjdagi Qirolicha kollejining Õrta asrlar va zamonaviy tillar (lotin va fransuz tili) mutaxassisligi bõyicha bakalavriat darajasini olgan. Keyinchalik esa Vestminister universitetida yuridik soha bõyicha bir yillik qayta tayyorlov kurslari orqali huquqshunoslik mutaxassisligiga ega bõlgan. Buning natijasida u barristerlik tayyorlovidan õtib sohaga kirib kelgan.

@CJandLP
👍4
Umuman olganda, advokatura institut sifatida eksklyuziv a’zolik kulubini ifoda etuvchi tuzilma bõlmasligi darkor.

Bazaviy huquqshunoslik yoki unga tenglashtirilgan (qayta-tayyorlov yoki magistratura kurslari) daraja taqdim etuvchi kurslarda tahsil olishdan qati nazar, har qanday shaxsning mazkur institutga kvalifikatsiyalanish huquqi hech qanday tarzda cheklanmasligi lozim.

@CJandLP
👍2
Qõshma Shtatlardagi Jorj Vashington universiteti arxivida AQSh-Rossiya õrtasidagi xalqaro aloqalarning deklassifikataiyalangan bir hujjati e’lon qilinibdi. Bu hujjatda 1999-yil Istanbulda õtkazilgan Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining sammitida Klinton va Yeltsin õrtasidagi muloqotdan bir parchasining transkripti õz aksini topgan.

Yeltsin Klintondan ‘shunchaki Yevropani Rossiyaga berishini’ sõragan.

@CJandLP
Bugun Õzbekiston Prokuraturasi xodimlarining kasb bayram kuni sifatida soha vakillari tomonidan nishonlanmoqda.

Bir vaqtning õzida biz u haqida kõp narsa bilamiz va hech narsani bilmaymiz. U institutsional jihatdan kolonial boshqaruvning bir apparati sifatadi Markaziy Osiyo hududiga kirib kelgan va mahalliy tub aholining emas, balki kolonial boshqaruv manfaatlariga xizmat qilgan. 1930-yillar Stalin terroridan tortib 1980-yillar ikkinchi yarmidagi Õzbek ishi yoki Paxta ishigacha turli-tuman siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy konfiguratsiyani boshidan õtkazgan.

Õylaymanki, post-kolonial davrning õtgan uch dekadasidan sõng sohada bevosita faoliyat yuritadigan professional xodimlar, uni tadqiq etuvchi olimlar va tadqiqotchilar mazmunli dialog orqali soha haqidagi miflarni parchalagan holda ideal holatda tizimning qanday bõlishi lozimligi haqida, ehtimol, barchaga manzur bõlmaydigan, noqulay va qiyin savollar haqida mulohaza yuritadigan ayni vaqt allaqachon kirib kelgan.

Tortishuvchanlik prinsipi asosidagi model ustiga qurilgan, bajarishning real imkoni bor va aynan mazkur organ uchun mõljallangan progressiv tizimdan faqat barcha yutadi.

@CJandLP
👍3🔥1
3 yil davomida MSNBC kanalida õzining mualliflik dasturini olib borgan Brtaniyalik jurnalist Mehdi Hasan kecha õzining yakuniy shousini olib borganligini hamda bu uning telekanaldagi sõnggi kuni ekanligini ma’lum qildi.

Sõl progressiv nuqtai-nazardan õng va õta õng siyosiy doiralarning siyosiy qarashlari va faoliyatiga tanqidiy baho beruvchi Mehdi dunyodagi eng kuchli debat qilish qobiliyatiga ega shaxs ekanligini deyarli barcha e’tirof etgan.

Uning mashhur debatlari ichida Oksford universitetining Ittifoq tashkiloti (Oxford Union) tomonidan õtkazilgan debati tahsinga loyiq. U debatlarni qanday qilib yutib chiqish haqida (How to win every argument: the art of debating, persuading and public speaking) kitob ham yozgan.

@CJandLP
‘Tahlillarga kõra, ommaviy budjet sarflanishini qisqartirish yoki immigratsiya siyosatini qattiqlashtirishni elektoratga va’da beruvchi sõl-markazchi siyosiy doiralar õng saylovchilarni õzlariga ovoz berishga ishontira olish ehtimoli juda past hamda õzining progressiv bazasini begonalashtirish riskiga duch keladi.’

Paradoksal tarfi, ular shuningdek jinoyat va jazo masalasida ham õnglar taklif qiluvchi siyosatga replika qilib keladi. Bunda ular, aytaylik, jazolar oğirlik darajasini yengillashtirish emas, balki ularni oğirlashtirish (jinoyatlarga qattiq qõl munosabatda bõlish ya’ni tough on crime) retorikasini ilgari suradi. Masalan, Amerikadagi three strikes and you’re out nomi bilan dov taratgan shartli ozod qilish doirasini qisqartirish siyosati Demokratlardan saylangan prezident Bill Klinton davrida qonunchillikka kiritilgan.

Bugun Amerikalik soliq tõlovchilar hisob kitoblarga kõra har bir mahkumni yil davomida qamoqda saqlash uchun $1M tõlamoqda. Ammo, bu ijtimoiy muammolarni yechgani yõq.

@CJandLP
Bugun Jabubiy Afrika tomonidan Xalqaro Adliya sudiga Isroilning Xalqaro Genotsid konvensiyasidagi majburiyatlarini buzayitganligi yuzasidan kiritgan da’vosini ommaviy eshitish boshlanadi.

Quyida Xalqaro huquq mutaxassisi Õt ochishni tõxtatish markazi ijrochi direktori Mark Lattimerning keys yuzasidan tahlilini e’tiboringizga havola etaman.

Uningcha, XAS ommaviy eshituvi yakuniga kõra na Isroilning genotsid sodir etayotganligi sud tomonidan qayd etiladi, na Janubiy Afrikaning da’vosi rad etiladi. Realistik jihatdan XAS tomonidan 5 ta ehtimoliy chora kõrilishi mumkin.

Sud muhokamasida JA tomonidan sõralgan qaysi ‘vaqtinchalik choralar’ kõrilishi mumkinligiga aniqlik kirtilishi mumkin. Xususan, Gambia v Myanmar ishida XAS Genotsid konvensiyasidagi majburiyatlarga bõysinishni talab qilgan. Ukraina v Rossiya ishida sud harbiy harakatlarni darhol tõxtatishni sõragan.

1. Dalillar tõplash va ehtimoliy qonun buzilishini tergov qilish. Bunda Isroildan qay darajada mustaqil, faktlarni õrganuvchi tergov missiyalarini, jumladan Xalqaro Jinoyat sudi komissiyalarini, kiritishni talab qilinishi muhim.

2. Genotsidga undovchi bayonotlarni jazolash. Bunda sud Isroil siyosiy doiralari tomonidan qõllanilayotgan de-humanizatsiyalovchi va ayrim hollarda qirib tashlashga undovchi chaqiriqlarni nazorat qilishi mumkin.

3. Zaruriy humanitar yordam kiritishga ruxsat berish. Genotsidga yõğirilgan bayonotlardan tashqari, Ğazo Falastinliklari murakkab yashash va hayot tarzidan aziyat chekayotganligi mazkur keysning asosini tashkil etadi. Sud bu boradagi dalillarni qabul qilishi mumkin.

4. Harbiy harakatlarni tõxtash. Bu qaror juda katta ish bõlar edi, ammo uning ehtimoli ancha past. Ukraina v Rossiya keysida masala Rossiyaning hatti-harakati genotsid yoki genotsid emasligini aniqlashda emas, balki uning Ukraina hududiga bostirib kirishining qonuniyligiga qaratilgan.

5. XAS Isroildan konvensiyada nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida harbiy harakatlarni cheklash/modifikatsiya qilishni talab qilishi mumkin.

Ishni ommaviy eshitish bugundan boshalanadi. Uni Xalqaro Adliya sudining veb sayti orqali kuzatishingiz mumkin.

Update: XAS ommaviy eshituvi: https://webtv.un.org/en/asset/k11/k11gf661b3. Unda bugun Janubiy Afrika vakillarining argumentlari eshitiladi.

@CJandLP
😁1