Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Туркистон Мухторияти Декларацияси

- - -

Яшасун Туркистон Мухторияти!

Туркистон мусулмонларининг тўртинчи фавқулодда қурултойи Туркистон ўлкасида бўлған халқларнинг хоҳишлари бўйича Русия инқилоби тарафидан берилган асосларга биноан фидиратсия асосига қурулған Русия жумҳурияти ила биргаликда қолғани ҳолда Туркистонни ерлик мухторияти, яъни "территорриальный автономиялик" эълон қиладур.

Бу мухториятнинг не суратда вужудга қўйилмоғини яқин орада йиғиладурғон Умумтуркистон халқининг "Учредительний Собрания" си ("Туркистон мажлиси муассасаси") га топширадур.

Шунинг ила баробар Туркистон ўлкасида ақаллият ташкил қилған миллатларнинг ҳуқуқларининг ҳар жиҳатидан сақланилмоғини ҳам тантанали суратда баён этадур!

«Шаҳри Ҳўқанд».

Ҳижрия 1336 сана, 25 сафар ойи / милодия 1917, 27 нўйобр.

- - -

📰 «Улуғ Туркистон» газетаси, 1917 йил 8 декабрь сонидан.

***

👉Туркистон кутубхонаси👈
😢1
‘Konsolidatsiyalashgan demokratiyalarda odamlar doim “tizim oxiri”, “kollaps” (inqiroz), va “oldin kuzatilmagan murakkabliklar” haqida jar soladi, shu bilan birga funksionalligini saqlab qoladi hamda yashashda davom etadi.

Avtokratiyalarda esa odamlar “yangidan-yangi barqarorlik/birlik chõqqilari zabt etilgani haqida gerdayadi, toki ular dab-durustdan yõqlikka yuz tutmaguncha.’

Anton Barbashin

@CJandLP
Uzoq yillar Qõshma Shtatlar Davlat departamentiga rahbarlik qilgan, tashqi siyosatda Lotin Amerikasidan Yaqin Sharqqacha, Janubi-Sharqiy Osiyodan Afrikagacha kõplab intervensionistik harakatlarni amalga oshirishda mamlakatga vakillik qilgan Henri Kissinjer (Henry Kissinger) vafot etibdi.

Henri siymosida nafaqat yovuzlik, balki kapitalizm, imperializm va qayta-qayta sodir bõluvchi urush vabosi aks etadi.

Sur'atda mualliflar jamoasi tomonidan uning turli mintaqalardagi ziddiyatlarda ishtiroki tahliliga bağishlangan kitob aks ettirilgan. Kitobga buyurtma berish uchun havola.

@CJandLP
Sudlanuvchilar odatda sud zalining temir yoki oyndan ixotalangan maxsus qismida turtib ishtirok etadi. Biroq, mazkur sud zali inshoati 18-asrning sarqitidir. Bu bir vaqtning õzida uning odil sudlovga huquqi va aybsizlik prezumpsiyasiga zid keladi.

Dastlabki prinsipial kolliziya uning sud jarayonida himoyachisi bilan bevosita muloqotining cheklanishida õz ifodasini topsa, keyingisi shaxs aybi sudda isbotlanmagunicha aybsiz degan qarashga qarama-qarshi harakat sifatida õziga xos paradoksni vujudga keltiradi.

Hattoki, xavsizlik nuqtai-nazaridan bu zarurat vujudga keladi degan argumentlar ham chalğituvchi argumentdir. Agar xavsizlik argumenti haqida bosh qotirish kerak bõlsa, shunda ham sudlar tomonidan har bir individual keysdan kelib chiqqan holda sudlanayotgan shaxsning sud zalidan qochib ketish yoki atrofdagilarga zarar yetkazish riski mavjud bõlganida, ular sud eskort xizmati vakillari tomonidan yarim kishanlanishi kerak.

@CJandLP
Jinoyatlarga, konvensional ravishda (ana’naviy yondashuv), jinoiy kontrol (crime control) yondashuvi asosida qaraladi. Uning natijasida qõllaniladigan jazo choralari oqibat bilan kurash.

Alternativ yondashuvda, jinoyatlar bu jamiyatdagi ijtimoiy va iqtisodiy notenglik oqibati deb qaraladi. Shu sababli, ana shu tengsizlikni keltirib chiqaruvchi omillarga ijtimoiy siyosat orqali yechim topishga uriniladi.

@CJandLP
1931-yilda nashr etilgan satiristlar Iliya Ilf va Yevgeniy Petrov qalamiga mansub Oltin buzoq romani marakazida tovlamachilik yotadi.

Boyib ketishni maqsadida ilgari ‘õtirib chiqqan’ Ostap Bender yerosti millioneri ya'ni oltin buzoqni topishni rejalashtiradi. Ana shunday oltin buzoqlardan biri ta'qib va qõrquvlar natijasida sovet davlatining anti-sotsialistik xulq-atvorini jazolashidan qõrqib barcha tõplagan mol-mulkini tovlamachilarga topshiradi.

Butun boshli sovet davri oltin buzoqlari tashqaridan qaraganda õzlarini oddiy sovet fuqarolaridek tutishga va õzining qora bozorda tõplagan mol-mulklarini oshkor etmaslikka uringan. Shu sababli, asarning asosiy sujeti bir qarashda kõzga kõrinmas oltin buzoqchalarni topishga qaratilgan.

1970-yillar mobaynida sovet xufiyona iqtisodiyoti eksponental ravishda kengayib borgan. Bu iqtisodiyot tarikibini sporadik tarqalgan, sovet davlat iqtisodiyotidagi bõshliqlardan foydalanishga qaratilgan turli tuman bizneslar tashkil etgan. Ular iste'mol tovarlarini noqonuniy ishlab chiqarish va alkogol tayyorlash, qonuniy ishlab chiqarilgan tovarlarni davlat hisob organlaridan yashirish, davlat mulkini talon-taroj qilish, antik buyumlar savdosi, yerosti qimor muassasalari tashkil etish bilan shuğillangan.

Oltin buzoqlar navlari oshib borishi bilan, Benderning izdoshlari ancha orqada qolgan. Chunki, potensial jabrlanuvchilarni topish murakkabligicha qolavergan. Ayrim oltin buzoqlar esa hattoki partiya markaziy apparatidan õzlari uchun patronajlik qiluvchi yuqori martabali mulozimlarni ham topib olishgan.

Oltin buzoq romanidagi fiksional obrazlardan farqli ravishda reket faoliyati bilan shuğillanuvchi uyushgan jinoiy guruh vakillari nafaqat xufiyona iqtisodiyotda tõplagan mulkini deyarli ishlata olmayotgan 'millionerlar' ortidan tushgan, balki ularni õğirlab ketgan va mulkidan voz kechishga majbur qilgan. Yer osti millionerlari uchun bir vaqtning õzida ikkita xavf mavjud paydo bõlgan: birinchisi, kapitalistik ishlab chiqarish va foydaga qarshi davlat kommunizmi, ikkinchisi, ularning mulkini talon-taroj qilishni kõzlagan uyushgan jinoiy guruhlar.

Ana shunday uyushgan jinoyatchilikning õsha davrdagi vakillari Mõğul jinoiy guruhiga birikib 1969-1972-yillarda faoliyat yuritgan.

Manba: Volkov, V., 2016. Zõravon tadbirkorlar: Rus kapitalizmini yartatishda kuch ishlatish. Cornell University Press nashriyoti

@CJandLP
TOP-10 Kriminologiya dasturlari: Amerika Qõshma Shtatlari

Jinoyat, jazo va jamiyatlarni õrganishga qiziqish bildiruvchilar uchun Shtatlarda ana shu sohaga doir õquv dasturlari taklif qiluvchi universitetlardan 10 taligini sizning e'tiboringizga havola etmoqchiman.

University of Maryland, College Park
Arizona State University
University of California, Irvine
University of Cincinnati
Pennsylvania State University, University Park
Univeristy at Albany, SUNY
Florida State University
Rutgers, The State University of New Jersey
Michigan State University
George Mason University

Mazkur reyting US News reyting agentligi tomonidan sohada faoliyat yurituvchi professor-õqituvchilarning sõrovnomalardagi ovozi asosiga qurilgan. Bunda kriminologiya bõyicha doktorantura dasturi taklif qiluvchi hamda sõngi besh yilda har yili kamida 5-6 nafardan doktorant qabul qilgan universitetlar baholangan.

@CJandLP
👍1
Yevropa Kengashi tomonidan 1978-yilda ishlab chiqilgan Yevropa qamoqxona qoidalari qamoqxonalarni boshqarish hamda u yerda saqlanadigan shaxslar bilan munosabatlar standardlarini belgilab bergan tavsiyalardan tashkil topgan.

Uning 5-qismi qamoqxonalar menejmenti va personaliga oid qoidalarni õz ichiga oladi. Xususan, qoidalarning 71-bandida qamoqxonalarni boshqarish harbiy, politsiya yoki tergov organlaridan alohida bõlgan davlat organi vakolati doirasida bõlishi kerakligi belgilangan.

Sovet Ittifoqi tarqab ketgach, Gruziya va Rossiya Federatsiyasi qamoqxonalar boshqaruvini Ichki ishlar tizimidan Adliya tizimiga kõchirib õtkazdi. Qozoğistonda bu jarayon unchalik uzoq davom etmadi va mamlakat yana oldingi tartibga qaytdi.

Õzbekistonda bu haqidagi diskurslarda tuzilmaning ichki ishlar tizimida saqlanishi maqsadga muvofiqligiga ishora qiladi. Biroq, bu nuqtai-nazarlar qamoqxona tuzilmalarining rivojlanish tarixini chetlab õtgan holda ularni doim ichki ishlar tizimida bõlib kelgan degan yanglish qarashni shakllantiradi.

@CJandLP
Kuch bu nafaqat fizik birlik, balki u shu bilan birga sotsiologik ahamiyatga ega konsept sanaladi. Fizikada kuch bu muayyan jismga boshqa bir jism tomonidan kõrsatilayotgan ta'sirni õzida ifoda etsa, jamiyatshunoslikda, odatda, kuchga dominatsiya õrnatish uchun shaxslar va guruhlar tomonidan epizodik yoki suveren ta'sir deb qaraladi.

Fransuz mutafakkiri Mishel Fuko esa konvensional qarashlarni rad etib, kuchga markazlashmagan, balki tarqoq va keng qamrovli hodisa deb qaragan. Kuch hamma yoqda, u har xil yõnalishdan kirib keladi (Power is everywhere and comes from everywhere).

Unga kõra, kuch muayyan jamiyatda õrnashib qolgan haqiqat rejimlaridan (regimes of truth) kelib chiqqan holda shakllanadi. Haqiqat rejimi deganda u haqiqat yaratishning umumiy siyosatini tushungan. Bunda jamiyatlar muayyan hodisa yoki narsani turli xil diskurslar ta’sirida muayyan holatda tõğri deb qabul qilish jarayoni anglanishi darkor.

Masalan, u õzining magnum opiumi Tartibga solish va jazolash: qamoqxona tavalludi (Surveiller et punir; Naissance de la prison) ishini 1750-yillarda Parij markazida Damiens ismli shaxs hukmining ijro etilishini tasvirlash bilan boshlagan. Sud uni regitsid ya’ni bõlaklarga bõlib tashlashga hukm qilgan. Bunda qiynoq va tananing jismonan yõq qilinishi orqali suveren kuch namoyish etilgan. 80 yil õtib Lion Fushe (Léon Faucher) tomonidan taklif etilgan voyaga yetmaganlar qamoqxonasidagi rejim va tartib qoidalar esa kuch mohiyatan suveren kuchdan disiplinar kuchga aylanganligini kõrsatib bergan.

Fukoning nuqtai-nazariga kõra, har ikkala jazo muayyan jazo uslubiyotini õzida aks ettirgan hamda aynan mana shu jazo uslubiyotidagi farq ortidan yuzaga kelgan kuch dinamikasidagi õzgarish uning ushbu ishdagi markaziy argumentini tashkil etgan.

@CJandLP
👍1
Current reading

@CJandLP
👍2
Qozon Leviatani

Svetlana Stefenson Tatar avtonom respublikasi markazi Qozon shahrida faoliyat yuritgan kõcha bezorilarini (street gangs) evolyutsiya jarayonini tahlil qilib bu jarayonga Qozon Leviatani deb nom beradi. Chunki, tõda nafaqat muayyan ijtimoiy yoki iqtisodiy dominatsiya maqsadida kuch ishlatadi, balki uning ishlatilishini regulyatsiyalaydi.

Svetlananing argumenti õzagida tõdalar, shunchaki ijtimoiy tartibsizlik mahsuli yoki yaratuvchisi sifatida emas, balki boshlanğich darajadagi ijtimoiy regulyatsiya õrnatuvchi tarixiy agentlar sifatida qaralishi lozim degan qarash yotadi.

Sovet va post-sovet ijtimoiy tartibidagi bir qator inqirozlar tõdalardagi uyushish tartibiga ham õz ta'sirini õtkazgan. Kõchalarda va umuman olganda jamiyatdagi kuch defitsiti oqibatida bunday tõdalar bir qator õzgarish bosqichlaridan õtgan. Ular sirasiga (i) erkakcha sotsializatsiya (masculine socialisation) qilish haqidagi ananaviy qarashlari asosida tashkil topgan yoshlar guruhlari; (ii) territorial 'elita' formatsiyalari; (iii) zõravon tadbirkorlar va (iv) avtonom boshqaruv rejimlari kabi bosqichlar ajratib kõrsatilgan.

Manba: Stephenson, S. (2011). The Kazan Leviathan: Russian Street Gangs as Agents of Social Order. The Sociological Review, 59(2), 324-347.

@CJandLP
Nordic prison vis-á-vis London apartment

via No Context Brits

@CJandLP
😁1
Ba’zi narsalar faktlarga asoslanadi. Ba’zilari interpretatsiyaga boğliq. Ayrimlari preferensiyaga, boshqalari esa ananalarga tayanadi. Toki biz qandaydir tõğri javob mavjud emasligini tan olsak, keyingi uchta holat yuzasidan samarali fikrlar qarama-qarshiligiga ega bõlishimiz mumkin.

Faktlar yuzasidan samarali qarama-qarshiliklar esa e’tibor qaratilishi lozim bõlgan yangi dalil paydo bõlganida yuzaga keladi. Qolgan barcha narsa interpretatsiya, preferensiya yoki ananalarga tayanadi.

@CJandLP
❤2👍1
Huquq va jamiyat

Huquq va jamiyatni õrganish huquqiy qoidalar va qarorlar muayyan bir kontekstda tushunilishi lozim degan qarashdan kelib chiqqan. Chunki, huquq tashqi olamdan uzilib qolgan avtonom birlik emas, balki u jamiyatda chuqur õrnashib olgan kategoriyadir.

Agar siyosiy fanlar bõyicha olimlar va mutaxassislar huquqning fundamental ravishda siyosiylashgan tabiatga ega ekanligini tan olsa, huquq va jamiyat nuqtai-nazaridan masalaga yondashadigan olim va tadqiqotchilar mazkur qarashni yanada kengaytirib uchta jihatga e’tibor qaratadi. Ular:

(i) huquqni qanday qilib tarixan va ijtimoiy jihatdan konsturksiyalashganini;
(ii) uning qanday qilib madaniyatni ifoda etishi hamda unga ta’sir qilishini; va
(iii) qanday qilib tengsizliklar huquqiy protseduralar va institutlarga differensial imkoniyat yaratib berilish orqali hamda ular bilan yuzaga keladigan qarama-qarshiliklar fonida qayta rivojlanishini tushunishga urinadi.

@CJandLP
Aktivist yoki uyqudagi sudyalar

Brilashgan Qirollikning Gresham kolleji professori Tomas Grant qabul qiladigan qarorining xususiyatidan kelib chiqib sudyalarni—aktivist yoki uyqudagi—ikki turga bõlish kerak deb hisoblaydi. Ammo, bu bõlinish partiyaviylik jihatidan siyosiy qarashlar bilan korrelyatsiyalanmaydi.

Ana shunday õtkir qarama-qarshiliklar 20-asrning eng mashhur ishlaridan birida õz aksini topgan. 1941-yil. Urushning eng qizğin pallasida Robert Liversij nomli shaxs 1939-yilda qabul qilingan qattiqõl 18B Mudofa regulyatsiyasiga asosan Ichki ishlar kotibi buyruği asosida hibsga olinadi. Bu hujjat ichki ishlar kotibida shaxslarni ‘nodõstona munosabatdaligiga’ shubhalanishga ‘zaruriy sabab’ bõlganda hibsga olish vakolatini bergan. Ichki ishlar kotibining qaroridan norozi yahudiy millatiga mansub Robert Liversij qarorni sudga beradi.

Lordlar palatasi Huquq lordlari mõmin-qobillik bilan Ichki ishlar kotibining zaruriy sababga ega qarorini bekor qilmaslikka qaror qabul qilish lozim degan tõxtamga keladi. Sudyalardan biri bu qarorga qõshilmaydi hamda boshqa pozitsiya tanlaydi. Bu sudya 72 yoshli Lord Atkin edi va u radikal qarashga ega davridan allaqachon õtib bõlganiga qaramay shunday fikrni bayon etadi:

‘Qõrqamanki, kõrib chiqilayotgan masala yuzasidan shaxs erkinligi haqida gap ketganida sudyalar tomonidan bunday xulq-atvorning namoyish etilishi, ularning ijroiya hokimiyatidanda ijroiyaga yõnaltirilgan qaror qabul qilayotganligini namoyish etadi. Ularning vazifasi sõzlarga urush davriga moslashtirilgan erkinlik tushunchasini emas, balki Bouditch v. Balchin ishidagi Pollokning diktumi kabi ularning tabiiy mohiyatini ochib berishdan iborat bõlishi lozim. “Agar kõrib chiqilayotgan masala shaxs erkinligiga qaratilgan bõlsa, biz statutning natural qurilishidan oğisha olmaymiz.” Bu mamlakatda qurolli tõqnashuvlar bõlayotgan bir vaqtda qonunlar ovozsiz bõlib qolmagan. Ular õzgarishi mumkin, biroq urush va tinchlikda ham bir xil ma’no anglatadi. Bu har doim erkinlikning ustunlaridan biri bõlib kelgan va hozir biz uzoq yillardan beri amalda bõlib kelgan ana shu hukmron qoidaga qarshi chiqmoqdamiz. Bu sudyalarning shaxs erkinligini hurmat qiluvchi shaxs emas, balki ijroiya hokimiyati bilan yonma yon turgan, har qanday kuch ishlatishni qonun bilan asoslangan deb qarovchi ekanligini anglatadi. Modomiki shunday ekan, men õzimni Charles I saroyidagi sud zalida õtirgandek his qildim va bu yerda ilgari surilgan argumentlar uning saroyida normal deb qabul qilingan bõlar edi.’

Liversij ishidagi nuqtai-nazarini e’lon qilganidan sõng Lord Atkinning qizi Nensi unga maktub yõllab unga bu pozitsiyasi uchun rahmat aytadi hamda uning qizi ekanligidan doim fahrlanishini bildiradi.

@CJandLP
Kuni kecha rus oppozitsiyasi vakillaridan bõlgan, 20 kun davomida qayerdaligi noma’lum bõlib turgan Aleksey Navalny mamlakatning eng shimoliy qismida joylashgan Harp posyolkasidagi koloniyadan topilganligi ma’lum bõldi.

Oldingi postlarda shaxsni ozodlikdan mahrum qilish va surgun qilish ikki alohida jazo sifatida muayyan tarxiy davriylikda mavjud bõlgani, biroq zamonaviy jazo sotsiologiyasida gulag operatsion mantiği bir vaqtning õzida ana shu ikki funksiyani bajarganligi haqida qarashlar ilgari surilgan. Jazo transportatsiyasi õz chõqqisida bõlgan 18-asrda mahkumlar Britaniya orollari va ularning koloniyalaridan uning eng uzoq koloniyalariga surgun qilingan. Bu jazo formal ravishda bekor bõlib ketsada, uning parchalari u yoki bu shaklda bugun ham kõzga tashlanmoqda.

Paradoksal ravishda, ittifoq tarqab ketishi munosabati bilan 1991-yil 25-dekabr kunida Kremlda sovet bayroği tushirilgan holda Rossiyaning amaldagi bayroği kõtarilgan.

@CJandLP
1991-yil 19-avgust kuni sodir etilgan coup d’état davomida Sovet davlat telekanali tõxtovsiz ravishda uch kun Chaikovskyning Oqqush kõli kompozitsiyasini uzatgan. Shundan beri ushbu kompozitsiya mamlakatdagi senzurani ifoda etuvchi ramzga aylanib qolgan.

Umuman olganda, Chaikovsky asarni pasxaning xotirlash haftaligida yozib tugatgan degan qarash mavjud. Shu sababdan, sovet xalqi degan umumiy nom ostida majburan birlashtirilgan xalqlarga Brezhnev, Andropov va Chernenkolar vafot etgan kunlarda siyosiy elita yopiq eshiklar ortida vorislik masalalarini hal qilib kuch bõshliğini tõldirilayotgan bir vaqtda televideniya orqali ertalabdan-kechgacha balet namoyish etilgan.

Mashhur asar nafaqat xotira va xotimani anglatuvchi ramziy ma’no kasb etadi, balki yangi davr boshlanishini ham bildiradi.

P.S.: Mazkur videoda Fransiya jamoat joylaridan birida Oqqush kõli asari ijrosi aks e’ttirilgan.

@CJandLP
Jodugarlar sudi: 17-asr Angliyasiga qisqacha sayohat

1612-yil avgust. Angliya shimoli ğarbidagi Lankashir grafligi. Uzoq vaqt graflik markazi bõlib keyinchalik marginallashib qolgan Lankaster qal’asida 10 kishi, ularning aksariyati ayollar, jodugarlik (witchcraft) yordamida odam õlimiga sabab bõlish jinoyatida ayblanib dorga osishga hukm qilinadi.

Bu sud tarixga Pendl jodugarlar sudi (The Pendle Witch Trials) deb qoladi. Sudda guvoh sifatida 9 yoshli Jennet Devays (Jennet Device) kõrsatmalari eshitiladi. 17-asr davomida bu sud jarayonlari nafaqat 14 yoshdan kichik bolalardan sudda guvoh sifatida foydalanishga, shu bilan birga, jodugarlar ovi (witch hunting) boshlanishiga yõl ochib beradi.

Xõsh, qanday shart-sharoitlar 17-asr Angliyasini bunchalik paranoya jamiyatiga aylantirgan edi? Jodugarlar ovi atrofidagi ijtimoiy va siyosiy diskurs qanday edi? Bugun ham zamonaviy jamiyatlarda u yoki bu tarzda witch-hunting amalga oshiriladimi? Bu haqida alohida post bõladi.

@CJandLP
18-asrda Angliyasida jinoyat va jamiyat qanday bõlganligi sizni qiziqtirsa mashhur huquq tarixchilaridan biri Duglas Hay va boshqalar tahriri ostida chop etilgan Albion’s Fatal Tree: Crime and Society in Eighteenth-Century England nomli esselar tõplamini xarid qilishingiz mumkin.

@CJandLP
Forwarded from Jamshid Muslimov
Anglyada o’qiyotgan o’zbekistonlik talabaning ta’lim tizimimiz haqidagi fikrlari:
Maqtnchoqlikni to’xtataylik.
—————————————
London xaqida qisqacha:

Bu yerda tili burro tadbir uyishtirib "Faol" bo'lganlar bir ting ekan.

Men Hindlar va Xitoy, Korea va Yapon talabalarini ko'rib maktabdagi olgan bilimlariga tan beryapman.

Xullas men shunchaki bo'm bo'sh miyya bilan magistraturaga kep qolibman. Masalan guruhdagi hamma matematikani chachvoradi. Siz o'ylagan darajada emas, Yaxshi biladi degani ham emas- Bular "Chachvoradi". Shunaqangi tenglamalarni ular maktablaridan o'rganib kelishganki men ularga haliyam yeta olmayapman.

Kompyuterni, offis dasturlarini, har xil programmalar va dasturlashni o'zimcha yaxshi bilaman desam. Butun guruh, ha ishoning har biri mendan yaxshi biladi.

Dunyo qarash jihatidanham biz markaziy osiyo talabalari oqsoqmiz ekan. Ular shunaqangi dunyo tanigan brendlarni egalaridan tortib ular nima ishlab chiqaradiyu qaysi maxsuloti yaxshi ekanini bilishadi. Men bo'lsa xaliyam Cofe turlarini farqiga bormayman.

Siz o'zingizni O'zbekistonda turib Kelajak bizniki,shu turishimda O'zbekistonni dunyoga tanitaman demang. Men shunaqa deb xato qilganimni. Biz rostan yurtimizni yuqoriga olib chiqmoqchi bo'lsak rostakamdan o'qishimiz kerak. Londonga kelib bildim. Biz orqada ekanmiz. Ko'p sohada. Davlat siyosati yoki Iqtisodiy nuqtai nasaridan emas, Oddiy maktabdagi asosiy fanlar ko'nikmalaridan ularni amaliyotga tadqiqotigacha.

Bizni yana eng katta aybimiz bu noloyiq bo'lgan nomzodlarga katta rag'batlar berishimiz. Misol uchun: Bizning Navoiy, Beruniy va Zulfiyani olayotgan bolalar kelib New York, London va Tokio shunga o'xshagan shaxarlardagi biznes markazlardan yuqori lavozim tugul qabulxonachilikka ham ishga kira olmaydi. Nega?

Chunki uyerda bizdagi faoldan oldin Xind yoki Xitoylik ishga topshirib bo'lgan. Undan ustun bo'lish uchun "Kompaniyam faxrim" degan video yasab kelsangiz o'tmaydi.

Bu yerda, ya'ni Londonda. Yaxshi offis ishiga kirishingiz osmonopar binoda ishlashingiz uchun rostakam yuzma yuz "interview" bo'ladi. Ular sizdan yutuqlaringizni umuman so'ramaydi. Ular sizdan "Ilm" so'raydi. Ularga sizning 2 ta maqola orqalik har kimga beriladigan Qozog'istonning xususiy ko'krak nishonlari bir ting. Ular ilm so'raydi.

Xulosa: Bu fikrlar hech kimga negativ qaratilmagan lekin, ko'zimizni ochishimiz kerak. Dunyo ortida biz talabalar ancha ortda qolyapmiz. Sizdan iltimos "Men eng faol, eng zo'r talabaman" demang. Angliyada siz tengi odamlar ancha buncha sizning va bizning kelajakdagi ish joylarimizni egallab, qo'limizdan olib bo'lishmoqda.

O'qing birodarlar 👍

Alisher Hashimjanov
👍5
Haga, 29-dekabr. Janubiy Afrika Respublikasi Isroil davlatining Ğazo sektorida Falastinliklarga nisbatan amalga oshirayotgan jinoiy hatti-harakatlari munosabati bilan Genotsid jinoyatini oldini olish va jazolash haqidagi Konvensiya doirasida Xalqaro adliya sudida ish ochish yuzasidan da’vo arizasi kiritdi.

Arizada ‘Isroilning harakat va harakatsizligi mohiyatan genotsid bõlib, ular Ğazodagi Falastinliklarni keng kõlamli Falastinni milliy, irqiy va etnik guruh sifatida yõq qilish maqsadiga qaratilgan qasd rekviziti talablarini bajaradi’ hamda ‘Isroilning Ğazodagi Falastinliklarga nisbatan hatti-harakati—uning manfaatlari uchun u bergan kõrsatmalar, topshiriqlari orqali yoki ta’siri ostida uning davlat organlari, davlat agentlari va boshqa shaxslar hamda muassasalari—uning xalqaro konvensiya doirasidagi majburiyatlarining buzilishidir’ deb ta’kidlangan.

Garchi JAR xalqaro munosabatlarning eng ta’sirli vakillaridan bõlmasada, uning XJSga kiritgan mazkur arizasi simvolik ahamiyatga ega.

@CJandLP