Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Kuni kecha Strasburgdagi Yevropa Inson huquqlari bõyicha sudi (YIHS) Laurijsen va boshqalarning Niderlandiyaga qarshi ishni kõrib chiqib Niderlandiya namoyishchilarni jarimaga tortish orqali Yevropa Inson huquqlari bõyicha konvensiyasining (YIHK) 11-moddasini (Uyushishga bõlgan huquq) buzgan deb topdi.

Niderland sudlari protestchilarning Amsterdamdagi majburiy kõchirib yuborish harakatiga qarshi yõllarni tõsib qõyib, yõldan qochishni rad etganligini hamda ularni politsiyaga qarshilik kõrsatganligni inobatga olib protestlar tinch protestlar emas degan nuqtai-nazarni ilgari surgan.

Biroq, YIHS tinch tõplanish deganda namoyishchilar tomonidan yõllarni bloklab qõyish va harakatlanishdan bosh tortish ham tushunilishi kerak degan interpretatsiyani ilgari surgan (54-paragraf).

Strasburg sudining qarori matni bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.

@CJandLP
Qõshma Shtatlarda 19-asr yakuni 20-asr boshlarida bir maktab ananasi vujudga keladiki, ular ijtimoiy disorganizatsiya nazariyasi asosida nima uchun muayyan hududlarda jinoyat boshqa hududlarga nisbatan kõproq sodir etiladi degan savolni tadqiq etishga qaratilgan. Bu maktab keyinchalik fanga Chikago kriminologiya maktabi nomi ostida kirdi.

Chikago universiteti Sotsiologiya kafedrasi professor-õqituvchilari va talabalari zamonasining yangi nazariy va tahliliy doirasini yaratish orqali kriminologiyani mustaqil fan tarmoği asosida ajralib chiqishiga õz hissasini qõshgan.

@CJandLP
Jinoyatchilikni õrganish: Chikago modeli

Xõsh Chikago maktabi vakillari urban hududlarda jinoyatlarning kelib chiqishini qanday tushuntirib bergan? Ijtimoiy disorganizatsiya nazariyasi õzi nima? Bu savollarga javob olish uchun avallo, 19-asr davomida Qõshma Shtatlar shaharlarining õsish jarayoniga e'tibor qaratish lozim.

Shimoldagi Amerika shaharlari Chikago shahri kabi Yevropadan kirib kelgan immigratsiya tõlqini natijasida eksponental ravishda õsib borgan. Xususan, 1870-yillarda shahar aholisi 299,000 kishidan 1900-yillarga borib 1,698,600 kishiga yetadi. Bu kõrsatkich bõyicha Chikago õsha davrda eng tez õsgan shaharlardan biri deb e'tirof etiladi. Shu sababli, yangicha qarashlarning markaziga shahar kirib keladi.

1/2

#CRIM101

@CJandLP
Chikago maktabi vakillari Robert Park and Ernest Burgess ta'siri ostida shaharga tushib bevositda birinchi kuzatuvlar ostida shahardagi delinkentliklarni (oğishuv) õrganishni maqsad qiladi. Park va uning hamkasblari kuzatuvlariga kõra, jinoyatlar shahar bõylab teng taqsimlanmagan, balki shaharning muayyan hududlarida konsentratsiyalashgan. Ular tavsiya etgan shaharni õrganish modeli daraxtning tanasidagi aylanalarga õxshatilgan hamda har bir konsentrik aylana muayyan bir urban zonani anglatgan.

Ularning tushuntirishi muayyan zonalar kõproq darajada ijtimoiy disorganizatsiyaga uchraganligi va ana shu disorganizatsiya urban mobilizatsiya ya'ni yangi immigrantlar qatlamining kirib kelishi va eskilarini boshqa zonalarga kõchishi oqibatida shahar bõylab tarqalishini ilgari surgan. Garchi jinoyatchilik barcha tomonidan qoralansada, bu shahar rivojlanishining bir qismi deb qaragan olimlar vaqt õtishi bilan ijtimoiy disorganizatsiya reorganizatsiya jarayoni orqali normallashadi deb qaragan.

2/2

@CJandLP
👍2
Birlashgan Qirollik hukumatidan mamlakatda Falastin ozodligini qõllab-quvvatlash namoyishlari va protestlari fonida õzining Terrorizm qonunchiligini qattiqlashtirish masalasi haqida retorikalar kuzatilib boshqa siyosiy partiyalar va guruhlar diskursi paydo bõlmoqda.

Mamlakatda bunday jarayonlar hukumatdan mustaqil uchinchi tomon orqali amalga oshirilgan tahlillar va hisobotlar orqali muvozanatlashtirib boriladi. Alternativ qarashlar tinglanadi. Xususan, Terrorizm qonunchiligini baholash bõyicha mustaqil kuzatuvchi (Independent reviewer) qirollik advokati (King’s counsel) Jonatan Hol ana shunday diskursga õzining mulohazalarini qõshibdi.

Uning sõnggi hisoboti ‘hozirda Terrorizm qonunchiligiga hech qanday õzgartirish kiritishga ehtiyoj yõq’ degan xulosani ma’lum qilgan. U amaldagi qonunchilikda terroristik hatti-harakatlar uchun bõshliq mavjud emas, boshqa huqqa xilof hatti-harakatlar, xususan antisemitism uchun alohida boshqa qonunlar mavjud deydi.

1/2

@CJandLP
Mustaqil kuzatuvchi hozirda muhokamalarda ilgari surilayitgan kelajakda sodir bõlishi mumkin bõlgan (hipotetik) hodisalar Birlashgan Qirollikning Terrorizm qonunchiligi muvaffaqiyatiga zid degan nuqtai-nazarni ilgari surgan. Uningcha, terorrizm qonunchiligining amalda mavjud bõlgan real xavfga qaratilganligi ana shu muvaffaqiyatning õzagini tashkil etadi.

Muayyan turdagi protest va namoyishlarga qarshi qonunlarda cheklov õrnatish õzida boshqa turdagi ana shunday harakatlarni cheklash riskini olib yuradi. Tahlilchi yakunda ‘real keyslar hozirda sud ishida kõrib chiqilmoqda va bu orqali qonunchilikning qanday ahvoldaligi imtixondan õtkazilmoqda’—deb xulosasini yakunlagan.

2/2

@CJandLP
Oksford universiteti Tarix kafedrasi õqituvchisi, Kafkaz va Markaziy Osiyo tarixi, madaniyati va tillarini õrganish bõyicha Oksford Nizomi Ganjavi markazining muvaqqat direktori Aleksandr Morrison Rossiyaning Ukrainaga bosqini haqida shunday yozmoqda:

‘Õzining 19-asrdagi Rus millatchiligi, Oq immigtant ğoyasi va Yevropa fashizmi õzaklariga tayangan holda Rossiyaning Ukrainaga bosqini kolonializmdanda yomonroq. Chunki uning maqsadi shunchaki Ukrainlarni Rus hukumronligiga bõysindirish emas, balki Ukrainlarni butkul yõq qilish. Yõq qilish deganda qoida tariqasida jismonan yõq qilishni emas, ularni ruslashtirish va Ukrain õzligini yõqotish orqali amalga oshirishni kõzlagan.’

@CJandLP
Anti-mafia reformalari: Gurjiston modeli

2003-yilda õğirlab ketilgan ikki BMT vakillarini qaytara olishga qurbi yetmagan inqirozli Gurjiston bizga bu borada yaxshi dars õtib berishi mumkin. Ana shunday vaziyatda BMT xodimlarini Gurjistonlik informal jamiyat boshqaruvi vakillari (vor v zakone) tomonidan ozodlikka chiqariladi.

Kelib chiqishi sovet gulaglariga borib taqalgan ushbu qatlam mazkur jamiyatga shunday singib ketgan ediki, ularni yõqotish bajarib bõlmaydigan vazifadek kõrinar edi.

2005-2006-yillar Atirgul inqilobi natijasida hokimiyatga kelgan Saakashvili hukumati bu ishlarni amalga oshirish uchun Anti-mafiya qonunchiligi tizimini yaratadi.

Ular buning uchun Italiyadan kõmak va maslahatlar olishni yõlga qõyadi. Italiyalik anti-mafiya kampaniyasi asoschisi Leoluka Orlando gruzin hamkasblariga ikki ğildirakli arava modeli qõllanilishi lozimligini bildiradi. Mohiyatiga kõra bu model, bir tarafdan, kuchli anti-mafia qonunchiligi va ularga qarshi kurashuvchi tuzulma ya'ni politsiya reformalarini talab qilsa, boshqa tarafdan, jamiyatda mafia-bilan boğliq ijobiy qarashlarni qisqartirishga qaratilgan madaniy reformalarni talab qiladi.

Jamiyat ongidagi mafia bilan boğliq tassavvurlarni, xususan, ularning tegib bõlmasligi haqidagi qarashlarni parchalash hukumat tomonidan mafia mulklarini musodara qilish, mafia qõrğoni deb qaralgan binolarni politsiya mahkamasiga aylantirish orqali amalga oshiriladi.

Adliya vazirligi ma'lumotlariga kõra, 2010-yilda õtkazilgan sõrovnoma qatnashchilarining 70% qonundagi õğrilarning mavqeyi keskin tushganligini, 10% biroz qisqarganligini, 6% ularning mutlaqo yõqolganligini ma'lum qilgan.

Umuman olganda, Gruziyadagi islohotlar ishlab ketgan. Ammo, uning qanday tarzda bunday qisqa davr ichida muvaffaqiyatga erishganligi alohida bir nazariy savol. Bu savolga Nazarboyev universiteti dotsenti Gavin Sleyd õzining bir necha tadqiqot ishlarida javob berishga harakat qilib kõrgan.

@CJandLP
Xõsh nima uchun bunday noformal institutlar u yoki bu jamiyatda xususan Gurjistonda õziga xos õringa ega bõladi(gan)?

Bu savolning javobi davlatning davlatlilik darajasiga borib taqaladi. post-1991-yillar Sovet davlati tomonidan majburan okkupatsiya qilingan hududlar, xususan, Kavkazda ham oldingi boğlamlarning parchalanishi oqibatida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni vujudga keltirgan.

Odatda ikki shaxs õrtasida u yoki bu shakldagi tranzaksiya sodir bõlganida tomonlar bitim va shartnoma shartlarini bajarishga, undan bosh tortilgan taqdirda esa sud qarori orqali davlat organlarining ana shunday kafolatni vujudga keltrishi kutadi.

Hali konsolidatsiyalashib ulgurmagan yangi milliy davlatlarda ana shunday kafolatni ta'minlay olish darajasi õz-õzidan tushib ketadi. Shu sababli, maydonga jamiyatda muayyan ijtimoiy mavqega ega shaxslar chiqib keladi. Ular esa nizolarni muqobil ravishda hal etish vositasiga aylanib qoladi. Ya'ni davlat bajarishi darkor bõlgan ayrim funksiyalar ana shunday shart-sharoitlarda noformal doiralarga õtib qolishi mumkin.

@CJandLP
Yevropa Kengashi ma’lumotlariga kõra 2022-yil yanvariga borib YK a’zo mamlakatlarida har 100,000 aholiga mahkumlar nisbati.

Gruziyada bu kõrsatkich har 100,000 aholiga 237 ta mahkumni tashkil etadi.

@CJandLP
Туркистон Мухторияти Декларацияси

- - -

Яшасун Туркистон Мухторияти!

Туркистон мусулмонларининг тўртинчи фавқулодда қурултойи Туркистон ўлкасида бўлған халқларнинг хоҳишлари бўйича Русия инқилоби тарафидан берилган асосларга биноан фидиратсия асосига қурулған Русия жумҳурияти ила биргаликда қолғани ҳолда Туркистонни ерлик мухторияти, яъни "территорриальный автономиялик" эълон қиладур.

Бу мухториятнинг не суратда вужудга қўйилмоғини яқин орада йиғиладурғон Умумтуркистон халқининг "Учредительний Собрания" си ("Туркистон мажлиси муассасаси") га топширадур.

Шунинг ила баробар Туркистон ўлкасида ақаллият ташкил қилған миллатларнинг ҳуқуқларининг ҳар жиҳатидан сақланилмоғини ҳам тантанали суратда баён этадур!

«Шаҳри Ҳўқанд».

Ҳижрия 1336 сана, 25 сафар ойи / милодия 1917, 27 нўйобр.

- - -

📰 «Улуғ Туркистон» газетаси, 1917 йил 8 декабрь сонидан.

***

👉Туркистон кутубхонаси👈
😢1
‘Konsolidatsiyalashgan demokratiyalarda odamlar doim “tizim oxiri”, “kollaps” (inqiroz), va “oldin kuzatilmagan murakkabliklar” haqida jar soladi, shu bilan birga funksionalligini saqlab qoladi hamda yashashda davom etadi.

Avtokratiyalarda esa odamlar “yangidan-yangi barqarorlik/birlik chõqqilari zabt etilgani haqida gerdayadi, toki ular dab-durustdan yõqlikka yuz tutmaguncha.’

Anton Barbashin

@CJandLP
Uzoq yillar Qõshma Shtatlar Davlat departamentiga rahbarlik qilgan, tashqi siyosatda Lotin Amerikasidan Yaqin Sharqqacha, Janubi-Sharqiy Osiyodan Afrikagacha kõplab intervensionistik harakatlarni amalga oshirishda mamlakatga vakillik qilgan Henri Kissinjer (Henry Kissinger) vafot etibdi.

Henri siymosida nafaqat yovuzlik, balki kapitalizm, imperializm va qayta-qayta sodir bõluvchi urush vabosi aks etadi.

Sur'atda mualliflar jamoasi tomonidan uning turli mintaqalardagi ziddiyatlarda ishtiroki tahliliga bağishlangan kitob aks ettirilgan. Kitobga buyurtma berish uchun havola.

@CJandLP
Sudlanuvchilar odatda sud zalining temir yoki oyndan ixotalangan maxsus qismida turtib ishtirok etadi. Biroq, mazkur sud zali inshoati 18-asrning sarqitidir. Bu bir vaqtning õzida uning odil sudlovga huquqi va aybsizlik prezumpsiyasiga zid keladi.

Dastlabki prinsipial kolliziya uning sud jarayonida himoyachisi bilan bevosita muloqotining cheklanishida õz ifodasini topsa, keyingisi shaxs aybi sudda isbotlanmagunicha aybsiz degan qarashga qarama-qarshi harakat sifatida õziga xos paradoksni vujudga keltiradi.

Hattoki, xavsizlik nuqtai-nazaridan bu zarurat vujudga keladi degan argumentlar ham chalğituvchi argumentdir. Agar xavsizlik argumenti haqida bosh qotirish kerak bõlsa, shunda ham sudlar tomonidan har bir individual keysdan kelib chiqqan holda sudlanayotgan shaxsning sud zalidan qochib ketish yoki atrofdagilarga zarar yetkazish riski mavjud bõlganida, ular sud eskort xizmati vakillari tomonidan yarim kishanlanishi kerak.

@CJandLP
Jinoyatlarga, konvensional ravishda (ana’naviy yondashuv), jinoiy kontrol (crime control) yondashuvi asosida qaraladi. Uning natijasida qõllaniladigan jazo choralari oqibat bilan kurash.

Alternativ yondashuvda, jinoyatlar bu jamiyatdagi ijtimoiy va iqtisodiy notenglik oqibati deb qaraladi. Shu sababli, ana shu tengsizlikni keltirib chiqaruvchi omillarga ijtimoiy siyosat orqali yechim topishga uriniladi.

@CJandLP
1931-yilda nashr etilgan satiristlar Iliya Ilf va Yevgeniy Petrov qalamiga mansub Oltin buzoq romani marakazida tovlamachilik yotadi.

Boyib ketishni maqsadida ilgari ‘õtirib chiqqan’ Ostap Bender yerosti millioneri ya'ni oltin buzoqni topishni rejalashtiradi. Ana shunday oltin buzoqlardan biri ta'qib va qõrquvlar natijasida sovet davlatining anti-sotsialistik xulq-atvorini jazolashidan qõrqib barcha tõplagan mol-mulkini tovlamachilarga topshiradi.

Butun boshli sovet davri oltin buzoqlari tashqaridan qaraganda õzlarini oddiy sovet fuqarolaridek tutishga va õzining qora bozorda tõplagan mol-mulklarini oshkor etmaslikka uringan. Shu sababli, asarning asosiy sujeti bir qarashda kõzga kõrinmas oltin buzoqchalarni topishga qaratilgan.

1970-yillar mobaynida sovet xufiyona iqtisodiyoti eksponental ravishda kengayib borgan. Bu iqtisodiyot tarikibini sporadik tarqalgan, sovet davlat iqtisodiyotidagi bõshliqlardan foydalanishga qaratilgan turli tuman bizneslar tashkil etgan. Ular iste'mol tovarlarini noqonuniy ishlab chiqarish va alkogol tayyorlash, qonuniy ishlab chiqarilgan tovarlarni davlat hisob organlaridan yashirish, davlat mulkini talon-taroj qilish, antik buyumlar savdosi, yerosti qimor muassasalari tashkil etish bilan shuğillangan.

Oltin buzoqlar navlari oshib borishi bilan, Benderning izdoshlari ancha orqada qolgan. Chunki, potensial jabrlanuvchilarni topish murakkabligicha qolavergan. Ayrim oltin buzoqlar esa hattoki partiya markaziy apparatidan õzlari uchun patronajlik qiluvchi yuqori martabali mulozimlarni ham topib olishgan.

Oltin buzoq romanidagi fiksional obrazlardan farqli ravishda reket faoliyati bilan shuğillanuvchi uyushgan jinoiy guruh vakillari nafaqat xufiyona iqtisodiyotda tõplagan mulkini deyarli ishlata olmayotgan 'millionerlar' ortidan tushgan, balki ularni õğirlab ketgan va mulkidan voz kechishga majbur qilgan. Yer osti millionerlari uchun bir vaqtning õzida ikkita xavf mavjud paydo bõlgan: birinchisi, kapitalistik ishlab chiqarish va foydaga qarshi davlat kommunizmi, ikkinchisi, ularning mulkini talon-taroj qilishni kõzlagan uyushgan jinoiy guruhlar.

Ana shunday uyushgan jinoyatchilikning õsha davrdagi vakillari Mõğul jinoiy guruhiga birikib 1969-1972-yillarda faoliyat yuritgan.

Manba: Volkov, V., 2016. Zõravon tadbirkorlar: Rus kapitalizmini yartatishda kuch ishlatish. Cornell University Press nashriyoti

@CJandLP
TOP-10 Kriminologiya dasturlari: Amerika Qõshma Shtatlari

Jinoyat, jazo va jamiyatlarni õrganishga qiziqish bildiruvchilar uchun Shtatlarda ana shu sohaga doir õquv dasturlari taklif qiluvchi universitetlardan 10 taligini sizning e'tiboringizga havola etmoqchiman.

University of Maryland, College Park
Arizona State University
University of California, Irvine
University of Cincinnati
Pennsylvania State University, University Park
Univeristy at Albany, SUNY
Florida State University
Rutgers, The State University of New Jersey
Michigan State University
George Mason University

Mazkur reyting US News reyting agentligi tomonidan sohada faoliyat yurituvchi professor-õqituvchilarning sõrovnomalardagi ovozi asosiga qurilgan. Bunda kriminologiya bõyicha doktorantura dasturi taklif qiluvchi hamda sõngi besh yilda har yili kamida 5-6 nafardan doktorant qabul qilgan universitetlar baholangan.

@CJandLP
👍1
Yevropa Kengashi tomonidan 1978-yilda ishlab chiqilgan Yevropa qamoqxona qoidalari qamoqxonalarni boshqarish hamda u yerda saqlanadigan shaxslar bilan munosabatlar standardlarini belgilab bergan tavsiyalardan tashkil topgan.

Uning 5-qismi qamoqxonalar menejmenti va personaliga oid qoidalarni õz ichiga oladi. Xususan, qoidalarning 71-bandida qamoqxonalarni boshqarish harbiy, politsiya yoki tergov organlaridan alohida bõlgan davlat organi vakolati doirasida bõlishi kerakligi belgilangan.

Sovet Ittifoqi tarqab ketgach, Gruziya va Rossiya Federatsiyasi qamoqxonalar boshqaruvini Ichki ishlar tizimidan Adliya tizimiga kõchirib õtkazdi. Qozoğistonda bu jarayon unchalik uzoq davom etmadi va mamlakat yana oldingi tartibga qaytdi.

Õzbekistonda bu haqidagi diskurslarda tuzilmaning ichki ishlar tizimida saqlanishi maqsadga muvofiqligiga ishora qiladi. Biroq, bu nuqtai-nazarlar qamoqxona tuzilmalarining rivojlanish tarixini chetlab õtgan holda ularni doim ichki ishlar tizimida bõlib kelgan degan yanglish qarashni shakllantiradi.

@CJandLP
Kuch bu nafaqat fizik birlik, balki u shu bilan birga sotsiologik ahamiyatga ega konsept sanaladi. Fizikada kuch bu muayyan jismga boshqa bir jism tomonidan kõrsatilayotgan ta'sirni õzida ifoda etsa, jamiyatshunoslikda, odatda, kuchga dominatsiya õrnatish uchun shaxslar va guruhlar tomonidan epizodik yoki suveren ta'sir deb qaraladi.

Fransuz mutafakkiri Mishel Fuko esa konvensional qarashlarni rad etib, kuchga markazlashmagan, balki tarqoq va keng qamrovli hodisa deb qaragan. Kuch hamma yoqda, u har xil yõnalishdan kirib keladi (Power is everywhere and comes from everywhere).

Unga kõra, kuch muayyan jamiyatda õrnashib qolgan haqiqat rejimlaridan (regimes of truth) kelib chiqqan holda shakllanadi. Haqiqat rejimi deganda u haqiqat yaratishning umumiy siyosatini tushungan. Bunda jamiyatlar muayyan hodisa yoki narsani turli xil diskurslar ta’sirida muayyan holatda tõğri deb qabul qilish jarayoni anglanishi darkor.

Masalan, u õzining magnum opiumi Tartibga solish va jazolash: qamoqxona tavalludi (Surveiller et punir; Naissance de la prison) ishini 1750-yillarda Parij markazida Damiens ismli shaxs hukmining ijro etilishini tasvirlash bilan boshlagan. Sud uni regitsid ya’ni bõlaklarga bõlib tashlashga hukm qilgan. Bunda qiynoq va tananing jismonan yõq qilinishi orqali suveren kuch namoyish etilgan. 80 yil õtib Lion Fushe (Léon Faucher) tomonidan taklif etilgan voyaga yetmaganlar qamoqxonasidagi rejim va tartib qoidalar esa kuch mohiyatan suveren kuchdan disiplinar kuchga aylanganligini kõrsatib bergan.

Fukoning nuqtai-nazariga kõra, har ikkala jazo muayyan jazo uslubiyotini õzida aks ettirgan hamda aynan mana shu jazo uslubiyotidagi farq ortidan yuzaga kelgan kuch dinamikasidagi õzgarish uning ushbu ishdagi markaziy argumentini tashkil etgan.

@CJandLP
👍1
Current reading

@CJandLP
👍2
Qozon Leviatani

Svetlana Stefenson Tatar avtonom respublikasi markazi Qozon shahrida faoliyat yuritgan kõcha bezorilarini (street gangs) evolyutsiya jarayonini tahlil qilib bu jarayonga Qozon Leviatani deb nom beradi. Chunki, tõda nafaqat muayyan ijtimoiy yoki iqtisodiy dominatsiya maqsadida kuch ishlatadi, balki uning ishlatilishini regulyatsiyalaydi.

Svetlananing argumenti õzagida tõdalar, shunchaki ijtimoiy tartibsizlik mahsuli yoki yaratuvchisi sifatida emas, balki boshlanğich darajadagi ijtimoiy regulyatsiya õrnatuvchi tarixiy agentlar sifatida qaralishi lozim degan qarash yotadi.

Sovet va post-sovet ijtimoiy tartibidagi bir qator inqirozlar tõdalardagi uyushish tartibiga ham õz ta'sirini õtkazgan. Kõchalarda va umuman olganda jamiyatdagi kuch defitsiti oqibatida bunday tõdalar bir qator õzgarish bosqichlaridan õtgan. Ular sirasiga (i) erkakcha sotsializatsiya (masculine socialisation) qilish haqidagi ananaviy qarashlari asosida tashkil topgan yoshlar guruhlari; (ii) territorial 'elita' formatsiyalari; (iii) zõravon tadbirkorlar va (iv) avtonom boshqaruv rejimlari kabi bosqichlar ajratib kõrsatilgan.

Manba: Stephenson, S. (2011). The Kazan Leviathan: Russian Street Gangs as Agents of Social Order. The Sociological Review, 59(2), 324-347.

@CJandLP