Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Jinoyat huquqi, jazo va imperializm jazo hokimiyatining asosiy konturlari sanaladi.

Yirik kolonial imperiyalarga ega mamlakatlar okeanorti va quruqlikdagi egallab olgan yerlarini boshqarishda muayyan guruh vakillarini marginallashtirish va irqlashtirish orqali jazo hokimiyatining mohiyatini shakllantirgan.

Fransuz va Ingliz kolonializmidan farqli õlaroq, rus kolonializmi okeanorti hududlarni emas, balki õziga tutash hududlarni egallash orqali imperialistik ideallarini rõyobga chiqargan.

Odatda mahalliy xalq ikkinchi darajali fuqarolar deb qaralgan. Xususan, Ural va Volgabõyi musilmon jamoalarini imperiyaga bõysundirish davomida ular kelib chiqishi begona bõlganlar (inorodsy) deb qaralgan.

Anna Aliverti, Henrique Carvalho, Anastasiya Chamberlen va Máximo Sozzo tahririda Jinoyatchi masalasini deekolonizatsiyalash: kolonial me'ros, zamonaviy muammolar nomli tõplam nashr etilgan.

20-noyabr kuni kitobning taqdimotini MCLR+ YouTube kanali orqali tungi soat 2:00 kuzatishingiz mumkin.

@CJandLP
Garchi Stalin terrorining markazida turgan gulag tizimi rasman 1929-1956-yillarda faoliyat yuritgan bõlsada, u sovet jamiyatida chuqur ijtimoiy iz qoldirgan.

Gulag mutaxassislarining nuqtai-nazariga kõra, jazo madaniyati sovet siyosati, iqtisodiyoti, huquqi va jamiyatini shakllanishining õzagi bõlgan. Kritika: Rus va Yevrosiyo tarixi jurnalining 2015-yilgi sonida Oleg Khlevniuk va Simon Belokovsky shunday fikr bildiradi:

‘[Stalin] despotizimini boshdan kechirgach, davlat avtoritarligicha saqlanib qolgan hamda terror va gulagdan tarqagan kõp ijtimoiy effektlar [jamiyatda] chuqur õrnashib qolgan. Qonunlar bilan cheklanmagan qattiq va murakkab jazo apparatining shakllantirilishi omma ongida saqlanib qoluvchi effektni yuzaga keltirgan’ (489-bet).

@CJandLP
👍1
Shotlandiya hukumati a’zosi, soğliqni saqlash vaziri Maykl Mateson harajatlarni dekloratsiya qilishda parlamentni yanglishtirgani uchun Shotland parlamenti oldida sõroqqa tutildi.

Gap shundaki, u oila a’zolari bilan Kristmas oldi Marokash ta’tili davomida farzandlarining hukumat a’zolariga foydalanish uchun berilgan iPad orqali futbol tomosha qilib £11,000 qarzdorlik keltirib chiqargani haqida Parlamentga xabar bermagan. Qarzdorlik roaming orqali 4 GB yaqin internet trafiki uchun qayd etilgan va tõlov soliq tõlovchilar hisobidan amalga oshirilgan.

Parlament a’zolari parlament etikasini buzgan hukumat a’zosini ish faoliyatida foydalanish uchun topshirilgan devaysdan boshqa maqsadlarda foydalanganligi va ish bilan boğliq bõlmagan safarga olib ketganligi uchun qoralagan. Hattoki, oppozitsiya vakillari uning iste’fosini talab qilgan.

Õz bayonotida vazir devaysni maqsadsiz ishlatilganligi uchun ma’suliyatni õz zimmasiga olishi va yuzaga kelgan qarzdorlikni õz hisobidan qoplashini ma’lum qilgan.

@CJandLP
Eski dunyo õlmoqda,
va yangisi tuğilmoq uchun kurashmoqda;
hozir mahluqlar davri.

~ Antoni Gramshi

@CJandLP
👍1
Post sovet mintaqasidagi õzini kriminologiya bilan affillovchi yoki ilmiy ishning bir qismni kriminologik muammoni õrganishga qaratgan tadqiqotchilar va olimlar sovet maktabi asosiga qurilgan jinoyatchilik, kriminogen faktorlar, jinoyatchilik ustidan ijtimoiy nazorat va jazo haqidagi ananaviy qarashlar kundan-kunga õz ahamiyatini yõqotib, amaldagi ijtimoiy realliklardan uzoqlashib borayotganligi tan olgisi kelmaydi.

Oldingi postlarda bir qator rus va xorijlik tadqiqotchilar kriminologiya, jinoiy adliya va jazo 'inqirozi' haqida yozib kelayotganligi haqida kichik postlar qoldirgan edim.

Bu post esa Yakov Gilinsky tomonidan yozilgan essening asosiy jihatlariga qaratiladi.

Yakov Gilinskiy bir vaqtning õzida ham sovet kriminologiya maktabidan chiqqan, ammo shu bilan birga 1990-yillardan sõng xalqaro maydonda rus kriminologlarini reprezentatsiya qilgan kam sonli rus olimlaridan biri sanaladi.

U õzining Post-modern kriminologiyasi (neo-kriminologiya) nomli essesini mintaqa hamjamiyati uchun oğriqli savollar bilan boshlagan. U kriminologiyani klassik jinoyat huquqi haqidagi qarashlardan, pozitivist maktab ananasi (jinoyatchilarni antropologik-psixologik nuqtai-nazardan tushuntirib berishga uringan qarashlar tizimi), radikal kriminologiya (ayrim hollarda, tanqidiy kriminologiya) va post-modernlik davrigacha evolyutsion rivjonlanib kelayotganiga urğu beradi. Bu orqali, hamkasblariga jamiyat zamon va makonda õzgarib boradi, huddi shuningdek fan ham, shunday ekan fandagi qarashlar ham õz aktualligini yõqotib borishi mumkin deyishga uringan.

U kõplab rus olimlarining kriminologiyaga bağishlangan kitoblar yozganligini taqsinga sazovor deb mazkur ishlarning asosan kriminologiyani jinoyatchilik haqidagi fan: jinoyatlar genezisi, 'jinoyatchi shaxsi' va jazo haqidagi mavzular atorfida aylanishini takidlagan. U hamkasblariga yondashuni õzgartirish kerakligi haqidagi chqiriq bilan murojaat qiladi. Kriminologiya haqiqatni aniqlovchi fan emasligini tushuntirishga urinadi. Õzining ishlaridan birida, mashur ravishda, 'kõplab haqiatlar bor, lekin Haqiqat yõq' ('есть много истин, нет Истины') degan nuqtai-nazarni ilgari surgan. Gilinskiyning mazkur fikrining ildizi tanqidiy falsafaning bir tarmoği vakillari qarashlariga borib taqaldi.

Umuman olganda, u yetkazib berishga harakat qilgan ğoya post-modernlik davrining zamonaviy chaqiriqlaridan kelib chiqqan holda atrofdagi jinoyat va jazo masalasiga yondashuv darkorligi haqida.

Essening tõliq matniga havola.

@CJandLP
Jamiyatlar õzlarining shakllangan jazo madaniyati va mantiğiga kõra ham bir-biridan farqlanadi.

Bu kõp jihatdan jamiyatlarning qanchalik inklyuziv (qamrab oluvchi) yoki eksklyuziv (ajratib qõyuvchi) ekanligi ham boğliq. Jamiyatlarning inklyuzivligi ular jazoni qanday tassavvur qilishi va undan nimalarni kutishiga ham ta'sir qiladi.

Sur'atda Norvegiyaning Halden super-maksimum xavsizlik darajali (super-max security) qamoqxonasi

@CJandLP
Jury orqali sudlov

Rossiyaning Yevropa Kengashiga a'zo bõlishi va ular õrtasidagi munosabatlar juda chigal kechgan. Oxir-oqibatda u Kengash a'zoligidan chiqarib yuborilib, izolyatsiyalangan huquqiy pariya davlatiga aylangan bõlsada, ikki dekadan biroz kõproq davr ichida bir qadar progress kuzatilgan.

Xususan, inkvizitsion jinoyat protsessining adversarial tizimga qaytarish masalasi kõrib chiqilgan. Bunda aybdorligi sudda kõrib chiqilayotgan shaxsning taqdirini hal etish yakka sudya yoki xalq maslahatchilari bilan cheklangan shaxslar guruhida emas, balki jury yordamida amalga oshirish qayta tiklangan.

Jury orqali sud qilish (trial by jury) 19-asrning ikkinchi yarmida Ğarbiy Yevropada tarqalgan davrda, Rus imperiya ham bunday yondashuvni qabul qilgan hamda bu jarayon 1917-yilgacha davom etgan. Shu bois, bu rus huquq tizimi uchun yangilik deb emas, balki oldingi huquqiy ananani tiklash deb qaralgan.

1993-yildan jury orqali sud qilish amaliyoti tiklangan bõlsada, hozirda bu institutning kelajagi mavhum. Sovet davrida bunday demokratik institutlar kapitalistik jamiyatlar sarqiti deb qaralganligi uchun hamda ijro apparati uchun sud qarorlari qabul qilish jarayoni sustlashtirganligi sababli bekor qilingan.

Rossiyaning revizionistik tarix yozishga urinishi fonida tarix õzini takrorlagan holda bu institut ham qayta bekor bõlishi xavfi ostida qolmoqda.

@CJandLP
Criminal Justice & Legal Paradigm
Jury orqali sudlov Rossiyaning Yevropa Kengashiga a'zo bõlishi va ular õrtasidagi munosabatlar juda chigal kechgan. Oxir-oqibatda u Kengash a'zoligidan chiqarib yuborilib, izolyatsiyalangan huquqiy pariya davlatiga aylangan bõlsada, ikki dekadan biroz kõproq…
Oktabr inqilobigacha bõlgan davrdagi sud tizimi qiziq bir siyosiy tarixiy epizodni taqdim etadi. Bu ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyat avtokratik bõlgan bir davrda, sud tizimi demokratik bõlishi mumkinligidir.

Ayrim rus sudyalari õz memuarlarida bu davrdagi sud jarayonlarini qayd etib borgan. Masalan, davrining kõzga kõringan sudyalaridan biri Anatoli Feodorovich Koni memuarida advokatlarning himoya nutqlari-yu, sud majlisining nuqtai-nazarlarini yozib borgan. U 1878-yilgi jinoyat ishi haqida yozib Sankt-Peterburg meri Trepovga nisbatan suyuqasdda ayblanib sudlanayotgan Vera Zasulichga qarshi hukumat vakillari tomonidan taqdim etilgan dallilarni inobatga olmagan. Zasulich oqlangan, hukumatdagilar esa veridktni hurmat qilgan.

@CJandLP
👍1
Sud huquq tizimi va jazo islohotlari haqida gap ketganida, sovet ananalari asosida ta'lim olganlar shartli Ğarbdagi institutlarni MDH mamlakatlarida joriy qilib bõlmaydi deb hisoblaydi.

Ammo, ular dastlabki rus huquq professori Semyon Yefimovich Desnitskiyning Shotland ma'rifatparvarlik ğoylari ta'sirida rus huquq tizimini isloh qilganlardan biri ekanligini yoddan chiqaradi.

U 1761-1767-yillarda Glazgo universitetida Adam Smit va boshqalar qõl ostida tahsil olib Fuqarolik va cherkov huquqi doktorligi darajasini olgan. Huquqiy transplant yoki huquqiy shablon ananalaridan foydalangan holda kõplab huquq institutlarini Rossiya imperiyasida joriy etishga tavsiya qilgan.

1768-yilda Yekaterina II'ga õzining Rossiya imperiyasida qonun chiqaruvchi, sud va jazo institutlari haqida mulohazalar nomli tavsiyalarini yuboradi. Õz davri uchun õta radikal deb qaralgan bu takliflar arxivga tushirib yuboriladi. Takliflar ichida krepostnoylik huquqini (qullik) bekor qilish tavsiyasi ham õrin olgan. Krepostnoylik yuz yildan biroz õtib bekor qilingan.

@CJandLP
👍1
Kuni kecha Strasburgdagi Yevropa Inson huquqlari bõyicha sudi (YIHS) Laurijsen va boshqalarning Niderlandiyaga qarshi ishni kõrib chiqib Niderlandiya namoyishchilarni jarimaga tortish orqali Yevropa Inson huquqlari bõyicha konvensiyasining (YIHK) 11-moddasini (Uyushishga bõlgan huquq) buzgan deb topdi.

Niderland sudlari protestchilarning Amsterdamdagi majburiy kõchirib yuborish harakatiga qarshi yõllarni tõsib qõyib, yõldan qochishni rad etganligini hamda ularni politsiyaga qarshilik kõrsatganligni inobatga olib protestlar tinch protestlar emas degan nuqtai-nazarni ilgari surgan.

Biroq, YIHS tinch tõplanish deganda namoyishchilar tomonidan yõllarni bloklab qõyish va harakatlanishdan bosh tortish ham tushunilishi kerak degan interpretatsiyani ilgari surgan (54-paragraf).

Strasburg sudining qarori matni bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.

@CJandLP
Qõshma Shtatlarda 19-asr yakuni 20-asr boshlarida bir maktab ananasi vujudga keladiki, ular ijtimoiy disorganizatsiya nazariyasi asosida nima uchun muayyan hududlarda jinoyat boshqa hududlarga nisbatan kõproq sodir etiladi degan savolni tadqiq etishga qaratilgan. Bu maktab keyinchalik fanga Chikago kriminologiya maktabi nomi ostida kirdi.

Chikago universiteti Sotsiologiya kafedrasi professor-õqituvchilari va talabalari zamonasining yangi nazariy va tahliliy doirasini yaratish orqali kriminologiyani mustaqil fan tarmoği asosida ajralib chiqishiga õz hissasini qõshgan.

@CJandLP
Jinoyatchilikni õrganish: Chikago modeli

Xõsh Chikago maktabi vakillari urban hududlarda jinoyatlarning kelib chiqishini qanday tushuntirib bergan? Ijtimoiy disorganizatsiya nazariyasi õzi nima? Bu savollarga javob olish uchun avallo, 19-asr davomida Qõshma Shtatlar shaharlarining õsish jarayoniga e'tibor qaratish lozim.

Shimoldagi Amerika shaharlari Chikago shahri kabi Yevropadan kirib kelgan immigratsiya tõlqini natijasida eksponental ravishda õsib borgan. Xususan, 1870-yillarda shahar aholisi 299,000 kishidan 1900-yillarga borib 1,698,600 kishiga yetadi. Bu kõrsatkich bõyicha Chikago õsha davrda eng tez õsgan shaharlardan biri deb e'tirof etiladi. Shu sababli, yangicha qarashlarning markaziga shahar kirib keladi.

1/2

#CRIM101

@CJandLP
Chikago maktabi vakillari Robert Park and Ernest Burgess ta'siri ostida shaharga tushib bevositda birinchi kuzatuvlar ostida shahardagi delinkentliklarni (oğishuv) õrganishni maqsad qiladi. Park va uning hamkasblari kuzatuvlariga kõra, jinoyatlar shahar bõylab teng taqsimlanmagan, balki shaharning muayyan hududlarida konsentratsiyalashgan. Ular tavsiya etgan shaharni õrganish modeli daraxtning tanasidagi aylanalarga õxshatilgan hamda har bir konsentrik aylana muayyan bir urban zonani anglatgan.

Ularning tushuntirishi muayyan zonalar kõproq darajada ijtimoiy disorganizatsiyaga uchraganligi va ana shu disorganizatsiya urban mobilizatsiya ya'ni yangi immigrantlar qatlamining kirib kelishi va eskilarini boshqa zonalarga kõchishi oqibatida shahar bõylab tarqalishini ilgari surgan. Garchi jinoyatchilik barcha tomonidan qoralansada, bu shahar rivojlanishining bir qismi deb qaragan olimlar vaqt õtishi bilan ijtimoiy disorganizatsiya reorganizatsiya jarayoni orqali normallashadi deb qaragan.

2/2

@CJandLP
👍2
Birlashgan Qirollik hukumatidan mamlakatda Falastin ozodligini qõllab-quvvatlash namoyishlari va protestlari fonida õzining Terrorizm qonunchiligini qattiqlashtirish masalasi haqida retorikalar kuzatilib boshqa siyosiy partiyalar va guruhlar diskursi paydo bõlmoqda.

Mamlakatda bunday jarayonlar hukumatdan mustaqil uchinchi tomon orqali amalga oshirilgan tahlillar va hisobotlar orqali muvozanatlashtirib boriladi. Alternativ qarashlar tinglanadi. Xususan, Terrorizm qonunchiligini baholash bõyicha mustaqil kuzatuvchi (Independent reviewer) qirollik advokati (King’s counsel) Jonatan Hol ana shunday diskursga õzining mulohazalarini qõshibdi.

Uning sõnggi hisoboti ‘hozirda Terrorizm qonunchiligiga hech qanday õzgartirish kiritishga ehtiyoj yõq’ degan xulosani ma’lum qilgan. U amaldagi qonunchilikda terroristik hatti-harakatlar uchun bõshliq mavjud emas, boshqa huqqa xilof hatti-harakatlar, xususan antisemitism uchun alohida boshqa qonunlar mavjud deydi.

1/2

@CJandLP
Mustaqil kuzatuvchi hozirda muhokamalarda ilgari surilayitgan kelajakda sodir bõlishi mumkin bõlgan (hipotetik) hodisalar Birlashgan Qirollikning Terrorizm qonunchiligi muvaffaqiyatiga zid degan nuqtai-nazarni ilgari surgan. Uningcha, terorrizm qonunchiligining amalda mavjud bõlgan real xavfga qaratilganligi ana shu muvaffaqiyatning õzagini tashkil etadi.

Muayyan turdagi protest va namoyishlarga qarshi qonunlarda cheklov õrnatish õzida boshqa turdagi ana shunday harakatlarni cheklash riskini olib yuradi. Tahlilchi yakunda ‘real keyslar hozirda sud ishida kõrib chiqilmoqda va bu orqali qonunchilikning qanday ahvoldaligi imtixondan õtkazilmoqda’—deb xulosasini yakunlagan.

2/2

@CJandLP
Oksford universiteti Tarix kafedrasi õqituvchisi, Kafkaz va Markaziy Osiyo tarixi, madaniyati va tillarini õrganish bõyicha Oksford Nizomi Ganjavi markazining muvaqqat direktori Aleksandr Morrison Rossiyaning Ukrainaga bosqini haqida shunday yozmoqda:

‘Õzining 19-asrdagi Rus millatchiligi, Oq immigtant ğoyasi va Yevropa fashizmi õzaklariga tayangan holda Rossiyaning Ukrainaga bosqini kolonializmdanda yomonroq. Chunki uning maqsadi shunchaki Ukrainlarni Rus hukumronligiga bõysindirish emas, balki Ukrainlarni butkul yõq qilish. Yõq qilish deganda qoida tariqasida jismonan yõq qilishni emas, ularni ruslashtirish va Ukrain õzligini yõqotish orqali amalga oshirishni kõzlagan.’

@CJandLP
Anti-mafia reformalari: Gurjiston modeli

2003-yilda õğirlab ketilgan ikki BMT vakillarini qaytara olishga qurbi yetmagan inqirozli Gurjiston bizga bu borada yaxshi dars õtib berishi mumkin. Ana shunday vaziyatda BMT xodimlarini Gurjistonlik informal jamiyat boshqaruvi vakillari (vor v zakone) tomonidan ozodlikka chiqariladi.

Kelib chiqishi sovet gulaglariga borib taqalgan ushbu qatlam mazkur jamiyatga shunday singib ketgan ediki, ularni yõqotish bajarib bõlmaydigan vazifadek kõrinar edi.

2005-2006-yillar Atirgul inqilobi natijasida hokimiyatga kelgan Saakashvili hukumati bu ishlarni amalga oshirish uchun Anti-mafiya qonunchiligi tizimini yaratadi.

Ular buning uchun Italiyadan kõmak va maslahatlar olishni yõlga qõyadi. Italiyalik anti-mafiya kampaniyasi asoschisi Leoluka Orlando gruzin hamkasblariga ikki ğildirakli arava modeli qõllanilishi lozimligini bildiradi. Mohiyatiga kõra bu model, bir tarafdan, kuchli anti-mafia qonunchiligi va ularga qarshi kurashuvchi tuzulma ya'ni politsiya reformalarini talab qilsa, boshqa tarafdan, jamiyatda mafia-bilan boğliq ijobiy qarashlarni qisqartirishga qaratilgan madaniy reformalarni talab qiladi.

Jamiyat ongidagi mafia bilan boğliq tassavvurlarni, xususan, ularning tegib bõlmasligi haqidagi qarashlarni parchalash hukumat tomonidan mafia mulklarini musodara qilish, mafia qõrğoni deb qaralgan binolarni politsiya mahkamasiga aylantirish orqali amalga oshiriladi.

Adliya vazirligi ma'lumotlariga kõra, 2010-yilda õtkazilgan sõrovnoma qatnashchilarining 70% qonundagi õğrilarning mavqeyi keskin tushganligini, 10% biroz qisqarganligini, 6% ularning mutlaqo yõqolganligini ma'lum qilgan.

Umuman olganda, Gruziyadagi islohotlar ishlab ketgan. Ammo, uning qanday tarzda bunday qisqa davr ichida muvaffaqiyatga erishganligi alohida bir nazariy savol. Bu savolga Nazarboyev universiteti dotsenti Gavin Sleyd õzining bir necha tadqiqot ishlarida javob berishga harakat qilib kõrgan.

@CJandLP
Xõsh nima uchun bunday noformal institutlar u yoki bu jamiyatda xususan Gurjistonda õziga xos õringa ega bõladi(gan)?

Bu savolning javobi davlatning davlatlilik darajasiga borib taqaladi. post-1991-yillar Sovet davlati tomonidan majburan okkupatsiya qilingan hududlar, xususan, Kavkazda ham oldingi boğlamlarning parchalanishi oqibatida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni vujudga keltirgan.

Odatda ikki shaxs õrtasida u yoki bu shakldagi tranzaksiya sodir bõlganida tomonlar bitim va shartnoma shartlarini bajarishga, undan bosh tortilgan taqdirda esa sud qarori orqali davlat organlarining ana shunday kafolatni vujudga keltrishi kutadi.

Hali konsolidatsiyalashib ulgurmagan yangi milliy davlatlarda ana shunday kafolatni ta'minlay olish darajasi õz-õzidan tushib ketadi. Shu sababli, maydonga jamiyatda muayyan ijtimoiy mavqega ega shaxslar chiqib keladi. Ular esa nizolarni muqobil ravishda hal etish vositasiga aylanib qoladi. Ya'ni davlat bajarishi darkor bõlgan ayrim funksiyalar ana shunday shart-sharoitlarda noformal doiralarga õtib qolishi mumkin.

@CJandLP