Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Dunyodagi eng yirik avtomobil o‘g‘riligi qanday sodir bo‘lganini bilasizmi? Bu 1970-yillarda Shimoliy Koreya iqtisodiy o‘sish natijasidagi ehtiyojlarini qondirish maqsadida Shvetsiyaga 1000 ta Volvo 144 sedan avtomobillariga buyurtma beradi. Mazkur buyurtma uchun Shimoliy Koreya hukumati to‘lov amalga oshirishdan bosh tortgan.

Umuman olganda, bu shunchaki savdo bitimi bo‘lmagan, balki diplomatik munosabatlar sifatida yuzaga kelgan. Volvo kompaniyasi Shvetsiya hukumati vositachiligi asosida tovar yetkazib berishni amalga oshirgan. Shevtsiya hukumati esa, Shimoliy Koreya qarzlarini budjet hisobodan yopib bergan hamda bugungi kungacha yilda ikki marotaba invoys yuborib turadi. Qarzdorlik foizlar va soliqlarni inobatga olgan holda $322 millionga yetgan.

@CJandLP
👍1
Tilni dekolonizatsiya qilish

Sõnggi vaqtlarda Markaziy Osiyolik olimlar va tadqiqotchilar xalqaro doiralarda mintaqa mamlakatlari nomini yozishda kolonial yozuv shaklidan voz kechgan holda talaffuzning milliy tillarda yozuvda fonetik jihatdan tõğri aks ettirilishi ğoyasini ilgari surmoqda.

Bu harakat, garchi kichik qadam bõlsada, ramziy ahamiyat kasb etuvchi, muhim harakat deb qaralmoqda.

Demak, Qozoq va Qirğiz qõshnilarimiz tomonidan boshlangan harakatda takliflarga asosan mamlakat nomlarini

Kazakhstan emas, Qazaqstan;

Kirgizstan yoki Kirgiziya emas, Kyrgyzstan

shaklida ifoda etish fikri õrtaga tashlanmoqda. Bu takliflar, albatta, rasmiy pozitsiya emas, balki olim va tadqiqotchilarning mazkur masalaga shaxsiy yondashuvi õlaroq õrtaga tashlanmoqda.

#Õzbekiston

@CJandLP
Davlatning siyosiy õzligi abstrakt, alohida olingan, izolyatsiyalangan muhitda emas, balki 'boshqa davlatlar va xalqaro nodavlat aktorlar bilan munosabatga kirishishi yoki interaksiyalari orqali paydo bõladi' (Risse & Sikkink, 1999:11).

Xalqaro sotsializatsiya nazariyasiga kõra, ijtimoiy harakatning eng ideal 3 kõrinishini instrumental adaptatsiya, chuqurlashtirilgan diskurs va institutsionallashtirish tashkil etadi. Bu uchlik õziga xos spiral modelni tashkil etadi.

Xõsh bu spiral model qanday ishlaydi? Bunda inson huquqlari borasida yaxshi natijalarga ega bõlmagan davlatlar fuqarolarga nisbatan repressiv ta'sir choralarini qõllaydi. Natijada, inson huquqlari tashkilotlari bu masalalarni keng jamoatchilikka olib chiqadi. Xalqaro tashkilotlar davlatlarga inson huquqlari borasidagi umume'tirof etilgan standardlarga rioya etishga chaqiradi. Davlat bunday ayblovlarni rad etadi. Bu davlatning muayyan taktik konsessiyalar qilishiga olib boradi. U muayyan xalqaro hujjatlarni imzolaydi. Davlatda bu jarayon inson huquqlari haqidagi muhokamalarni chuqurlashtiradi. Konvensiylarning imzolanishi yangi institutlarning paydo bõlishi yoki mavjudlarini yaxshilanishiga olib keladi. Oxir-oqibat davlatda õzining retorikasi va institutsional õzgarishlari ta'sirida huquqqa amal qiluvchi xulq-atvor shakllanadi.

Iqtibos manbasi: Risse, Thomas, and Kathryn Sikkink. 1999. “The Socialization of International Human Rights Norms into Domestic Practices: Introduction.” In The Power of Human Rights: International Norms and Domestic Change, edited by Thomas Risse, Stephen C.

@CJandLP
Ishga taklif qilishning õziga xos, no-odatiy usuli: ‘biz bilan birga ishlang, biz uchalik yomon emasmiz’

@CJandLP
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Putin boshchiligidagi rus delegatsiyasining tashrifi davomida nutq sõzlar ekan davlatlararo munosabatlarda kuch dinamikasi õzgarib borayotganligini kõrsatib berdi.

Ingliz tilida bu power moves ya’ni dominantlikni amalda harakat qilish orqali õrnatish deyiladi. Toqayevning murojaatni rus tilida qilishini shaksiz deb kutgan rus delegatsiyasi quloqchinlarni qidirishga shoshib qoldi.

Albatta, Qozoğiston davlat rahbarining Qozoq tilida nutq sõzlashi tabiiy deb qabul qilinishi lozim. Biroq, hali ham kolonial va imperialistik fikrlash qobiğida fikr yurituvchi neo-kolonial/neo-imperial doiralarda bunday yondashuvning õzi mavjud emas.

@CJandLP
Birlashgan Qirollik Umumpalatasi Xalqaro munosabatlar bõyicha qõmitasi mamlakatning Markaziy Osiyo bilan munosabatlariga bağishlangan hisobotni 1999-yildan beri birinchi marta nashr etdi.

Unda CA5+UK formatidagi forumni tashkil etish taklifi ilgari surilgan, biroq, mutaxassislar bu forum namoyishkorlik nuqtai-nazaridan õtkazilishini aytmoqda. Buning sababi sifatida hozirda BQ boshqa yirik mamlakatlar darajasida emasligida deb qaralmoqda. Fransiya va Germaniyaning mintaqa bilan keng xalqaro aloqalarni yõlga qõyayotganligi shunchaki tanlov masalasida emas, balki ularning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi bilan xarakterlanadi.

‘“Global Britaniya”ning kuchi’—deb yozadi Exeter universiteti Siyosatshunoslik professori Jon Hetershou—‘qisqarib borayotgan qõllab-quvvatlash budjeti, muayyan darajadagi kichik qurolli kuchlari, tanqid ostida qolgan diplomatik xizmatida emas, Breksit natijasida zaiflashgan markaziy davlatida emas, bu uning biznes va madaniyat sohasidagi no-davlat aktorlaridir’.

@CJandLP
Boshi berk islohot

Rus imperiyasida, umumiy olib qaraganda, jazo, xususan, qamoq reformalari Yekaterina II nomi bilan boğlanadi. U Ğarbdagi ğoyalar va ideallarga tayanib knyazlik va cherkov yertõlalari hamda yoğochli ixotalangan ostroglarni toshdan qurilgan qamoqlarga almashtirish loyihasini amalga oshiradi.

19-asr õrtasida va sõngida Aleksandr I va Nikolay II tomonidan amalga oshirishi kõzlangan islohot dasturlari muvaffaqiyatsiz kechadi. Hattoki Nikolay Angliyada safari vaqtida HM Pentonville qamoqxonasi bilan tanishgan.

Oktabr inqilobidan sõng sovetlar kõplab tosh qamoqxonalarni (toshturmalar) buzib tashlagan yoki boshqa maqsadda qayta ixtososlashtirgan. Ularning õrnini mehnat lagerlari (1929-1956) va mehnat koloniyalari (1922-1997) egallagan.

Hozirgi kunda imperial qamoqxonalardan Butyrka, Vladimir-Markaziy va Rostov toshturmalari saqlanib qolgan.

Sur’atda: 19-asrdagi ostrog aks ettirilgan.

1/2

@CJandLP
Õqish uchun tavsiyalar:

Griffiths, A., 2022. Russian Prisons: St. Peter and St. Paul; the Schlüsselburg; the Ostrog at Omsk; the story of Siberian exile; Tiumen, Tomsk, Saghalien. DigiCat.
Adams, B.F., 2019. The Politics of Punishment: Prison Reform in Russia, 1863–1917. Northern Illinois University Press.

2/2

@CJandLP
Har safar ‘[b]iz progressiv islohotlarga tayyor emasmiz’ degan retorika quloğimga jaranglaganida Yekaterina II’ning Yevropalik Ma’rifatparvarlik davri (Enlightenment) mutafakkirlari bilan yozishmalari va ayrim hollarda ularning ayrimlarini imperial saroyga tashrifi natijasida humanizm, sivillik va sivilizatsiya ğoyalariga yõğrilgan islohotlar dasturiga rus oqsuyaklari ‘“yumshoq choralar” ma’rifatliroq xalqlarga xos, biz hali bunga tayyor emasmiz. Jinoyatlarni jazolash murakkablashib qoldi’ deb takidlagani yodga keladi.

@CJandLP
Chor Rossiyasi tarixi bõyicha tarixchi olim Oleksandr Polianichev Rus Federal Arxivi tomonidan nashr etilgan Rus-Ukraina tarixiy birligi haqidagi hujjatlar tõplami haqida post qoldiribdi.

Unda Oleksandr '[bu] kitob, hattoki, rus akademik standardlari bilan baholaganda ham juda ekstraordinar kitob' ekaligini ta'kidlaydi. Odatdagidek, kitob Putinning maqolasi bilan boshlangan.

Qiziq tarafi, kitobning deyarli hamma joyida 'butun boshli rus tarix eksperti' Putinga iqtibos va havolalar keltirilgan; epigraflar qõllangan.

Kitobga havola: https://t.co/8aw8vaZ3mV

@CJandLP
Birlashgan Qirollik Bosh vaziri Rishi Sunak õz kabineti tarkibida bir qator õzgarishlar qilibdi.

1. Amaldagi Ichki ishlar kotini Suella Braverman lavozimidan ozod etilib, uning õrnini Tashqi ishlar kotibi Jeyms Kleverli egallagan.

2. Yangi tashqi ishlar kotibi vazifasi kutilmaganda sobiq Bosh vazir, Bullingdonchi, bir necha korrupsion mojarolar markazida qolib ketgan David Kamerunga topshirilgan.

@CJandLP
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
David Kamerun Dauning stritdagi 10-uyga kirib ketmoqda

@CJandLP
Haddan ziyod markazlashgan boshqaruvning oqibatlari turli sohalarda kõzga tashlanishi mumkin.

Faqatgina kitob nashr etish sohasi olinadigan bõlsa, Rossiyada nashr etilgan barcha kitoblarning 88.7% Moskvada, 4.5% Sankt-Peterburgda, 6.8% esa qolgan boshqa 81 ta ma’muriy birlikda nashrdan chiqqan.

@CJandLP
😢1
Õzini juda qattiq ruslashganligini va buning oqibatida qachonlardir egallagan muyyan qarashlaridan uyalishini yozayotgan Qozoğistonlik sotsiolog Azamat Yunusboy Qozoğiston poytaxtida rus tilida emas, Qozoq tilida sõzlashgan Qozoğistonliklar õsha davrda qõpol va surbet millatchi deb qaralganligi haqida yozmoqda.

Dekolonial harakarlar, avallo, ana shunday harakatlarni amalga oshiruvchi shaxslarning õz pozitsiyasini sõroq ostiga olishidan boshlanadi.

@CJandLP
‘Har bir imperiya va uning rasmiy diskursi bu [imperiya] olingilaridaqa emas, buning xususiyati va shart-sharoitlari boshqa, bu õz oldiga ma’rifat tarqatish, sivilizatsiya olib kelish, demokratiya va tartib õrnatishni maqsad qilib qõygan hamda faqatgina oxirgi chora sifatida kuch ishlatishga suyanadi kabi nuqtai-nazarlarni ilgari surgan.’

Eduard Said

@CJandLP
Markaziy Osiyoning Rus imperiyasi tomonidan okkupatsiya qilinishi zamonaviy post-kolonial tadiqoqlar uchun asos bõlishi kerak. Huquqiy jihatdan, bu õziga xos shunday bir jarayonki, unda bir vaqtning õzida mahalliy huquq tizimi (Shariat va Odat qoidalari) hamda kolonial huquq tizimi birgalikda yashagan (co-existence).

Bu õziga xos, tushuntirib berilishi hamda nazariylashtirilishi lozim bõlgan davr salanadi. Biroq, bu jarayonga monolitik, yaxlit, oldindan rejalashtirilgan hamda muayyan tadrijiy rivojlangan hodisa deb qaralmasligi, balki kolonial administratsiya vakillarining turli idealogik qarashlari tõqnashuvi natijasida shakllangan davr sifatida qaralishi darkor.

@CJandLP
Rus kolonial administratsiyasi vakillari orasidagi debatlar mahalliy xalqni qoloq, tõpori va varavarlar sifatida tavsiflab kelgan. Xususan, Turkiston õlkasini boshqarish tõğrisidagi 1886-yilgi nizomni tayyorlashda ishtirok etgan general Vrevsky õlkada fuqarolik yoki harbiy boshqaruv joriy etish yuzasidan bõlib õtgan debatlar doirasida mahalliy tub aholi haqida shunday degan:

‘...faqatgina “qattiq va yagona hokimiyatni hurmat qilishga õrganib qolgan”, hokimiyatlarning bõlinish prinsipi, ularning birini ikkinchisidan mustaqil faoliyat yuritishini tushunmaydigan, “shu bilan birga har doim ham õzaro kelisha olaydigan”’ xalq deya ta'rif bergan.

@CJandLP
Demokratik institutlar rivojlangan va yetarlicha mustahkam poydevorga ega mamlakatlarda muayyan lavozimga tayinlanish va undan ozod etilishning ham õziga xos demokratik funksiyasi mavjud.

Kuni kecha Birlashgan Qirollik Bosh vaziri Rishi Sunakning Ichki ishlar kotibini lavozimidan ozod etish haqidagi va kabinet õzgarishi yuzasidan e’lon qilingan qarori ham ana shunday oqibatlardan holi emas.

Lavozimidan ozod etilgan ichki ishlar kotibi bosh vazirga yõllagan maktubida ‘garchi xafa qiladigan bõlsada’ bu ‘yaxshilikka’ deb rasmiy xatini boshlagan Suella Braverman.

Shundan sõng, u 3 betda Rishi Sunakka nisbatan õz e’tirozlarini ma’lum qilgan hamda xatni ‘kimdir tõğrisini aytishi kerak: rejangiz ishlamayapti. Yõnalishni kech bõlmasidan õzgartirish kerak’ deb yakunlagan. Bu orqali sobiq kotib kelayotgan umumiy saylovga ishora qilingan.

@CJandLP
Atrofdagi ekologik holatdan kelib chiqib Braziliyalik treyd yunionchi va ekolog Chiko Mendezning mashhur fikri yodga tushadi:

‘Sinfiy kurashsiz ekologiya bu shunchaki boğdorchilikdir’. (Ecology without class struggle is gardening).

Kriminologiyada bu borada maxsus yashil kriminologiya degan kichik tarmoq tadqiqotlari va ta’limotlari shakllangan.

@CJandLP
Lotin Amerikasida õng siyosiy partiyalarining hukmroniligi yarimiga qisqargan. Masalan, Braziliyada Jair Bolsanaro õz õrnini Lula Da Silva’ga bõshatib berdi; Chilida esa Sebastian Piñera õrniga Gabriel Boric hukumatga keldi.

Lotin Amerikasi transitsion mamlakatlar uchun juda muhim keys stadilar qatoriga kiritilishi darkor. Ayniqsa, ijtimoiy fanlar, jumladan huquq sohasidagi tadiqiqotlarda mintaqa mamlakatlaridagi diktatura va post-diktatura davridagi demokratik tranzitsiya qanday kechganligiga qaratilishi kerak.

@CJandLP
Jinoyat huquqi, jazo va imperializm jazo hokimiyatining asosiy konturlari sanaladi.

Yirik kolonial imperiyalarga ega mamlakatlar okeanorti va quruqlikdagi egallab olgan yerlarini boshqarishda muayyan guruh vakillarini marginallashtirish va irqlashtirish orqali jazo hokimiyatining mohiyatini shakllantirgan.

Fransuz va Ingliz kolonializmidan farqli õlaroq, rus kolonializmi okeanorti hududlarni emas, balki õziga tutash hududlarni egallash orqali imperialistik ideallarini rõyobga chiqargan.

Odatda mahalliy xalq ikkinchi darajali fuqarolar deb qaralgan. Xususan, Ural va Volgabõyi musilmon jamoalarini imperiyaga bõysundirish davomida ular kelib chiqishi begona bõlganlar (inorodsy) deb qaralgan.

Anna Aliverti, Henrique Carvalho, Anastasiya Chamberlen va Máximo Sozzo tahririda Jinoyatchi masalasini deekolonizatsiyalash: kolonial me'ros, zamonaviy muammolar nomli tõplam nashr etilgan.

20-noyabr kuni kitobning taqdimotini MCLR+ YouTube kanali orqali tungi soat 2:00 kuzatishingiz mumkin.

@CJandLP