Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
‘Mening nazarimda, intellektual qatlam uchun hech narsa u to‘g‘ri deb bilgan, prinspislarga asoslangan, murakkab pozitsiyadan, ammo yakunda bunday qilishdan chekinishchalik ahloqiy prinsiplarga zid holat bo‘lmasa kerak. Bunda siz juda siyosiylashgan ko‘rinishni xohlamasligingiz mumkin; siz munozarali deb ko‘rinishdan cho‘chishingiz mumkin. Sizga rahbaringizdan yoki siz hisobdor bo‘lgan hokimiyatdan rozilik muhim bo‘lishi mumkin; siz uchun balansli, obyektiv va mo‘tadil mushohada qiladi degan reputatsiya muhim bo‘lishi mumkin; siz sizdan maslahat va konsultatsiyalar olinishini, prestijga ega kengashlarga a’zo bo‘lishni va shu orqali ustuvor guruh tarkibida qolish muhim bo‘lishi mumkin; Siz bir kun kelib sharafli daraja, katta sovg‘a, ehtimol elchilik rolini olishni kutayotgan bo‘lishingiz mumkin.

Intellektual uchun bunday fikrlash tarzi eng katta zarar keltiruvchisidir. Agar qizg‘in intellektual hayotni notabiy qiluvchi, neytralizatsiyalovchi va oxir-oqibatda o‘ldiruvchi bir aqliy holatni ko‘rsatish lozim bo‘lsa, bu ham ana shu xususiyatlarni o‘zlashtirishdir.’

@CJandLP
2021-yil 2-yanvarida Turkiya prezidentining qaroriga asosan Boğaziçi universitetiga rektor qilib tayinlangan AKP partiyasi sobiq vakili Melih Bulu tayinloviga universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan protest e’lon qilingan.

Professor-o‘qituvchilar o‘z akedemik liboslarini kiygan holda rektorat binosiga o‘girilib turgan holda o‘z noroziligini namoyish etgan.

Noroziliklar negizida yuqoridan-pastga qarata qabul qilingan qaror, universitetlarning avtomoniyasi hamda akademik erkinlikning cheklanishi yotibdi.

Umuman olgnada, Turk universitetlarining akademik erkinlik uchun kurashi bu epizod bilan alohida olgan holda emas, Turk respublikasi tashkil etilganidan bugungi kungacha davomiy kartina sifatida qaralishi lozim.

@CJandLP
👍1
Har qanday mamlakatda, hattoki global shimolning industrial demokratiyalarida ham, demokratik qadriyatlar va ananalarni doimiy va o'zgarmas deb qabul qilish kerak emas. Hattoki, demokratik mamlakatlar ham avtoritarlashuvi, oxir oqibatda totalitarlashuvi ham mumkinligini bizga tarix ko'rsatib bergan.

Demokratik qadriyatlar va ananalar shakllanuvchi va butun jamiyatga tarqaluvchi boshlang'ich maskan bu universitetlardir. Yaniqda, Birlashgan Qirollikning Fan, innovatsiyalar va texnologiyalar bo'yicha davlat kotibi Mishel Donelan Tadqiqot va innovatsiyalar bo'yicha fondning (UKRI) Tenglik, diversifikatsiya va inklyuziya bo'yicha maslahat kengashi a'zosini G'azodagi holat bo'yicha bildirgan nuqtai-nazaridan so'ng a'zolikdan mahrum qilish to'g'risida tashkilotga xat yuborgan.

Bunga javoban ko'plab olimlar va tadqiqotchilar hukumat a'zosining tadqiqot va tadqiqotlarni moliyalashtirish kengashlarining mustaqilligi hamda akademik erkinligi ildiziga bolta urayotganligi bildirib uni tanqid ostiga olmoqda

@CJandLP
👍1
‘The party told you to reject the evidence of your eyes and ears. It was their final, most essential command.’

George Orwell, 1984

@CJandLP
Birlashgan Qirollikda barrister kvalifikatsiyasiga ega bo'lish juda mashaqqatli va qimmat jarayon. Quyida qisqacha 2019-yilgacha bo'lgan davrdagi harajatlar strukturasini ko'rishingiz mumkin.

Chantal-Aimée Doerries KC hisob kitobiga ko'ra baklavriat davrida huquqshunoslik bilan bog'liq bo'lmagan ta'lim yo'nalishida o'qigan shaxslar mazkur kvalifikatsiyaga ega bo'lishi uchun taxminan £127,000 miqdorida harajat qilishi lozim bo'ladi. Mazkur harajatlar o'z ichiga bir yillik graduate diploma in law (GDL) o'tish kursi hamda bar professional trening kursini (BPTC) hamda 5 yil davomida Londonda o'rtacha yashash inobatga olgan holda hisoblangan.

@CJandLP
Xalqaro insonparlik huquqi mutaxassislari:

@CJandLP
Sharqiy Angliya universitetining Yapon tarixi bo‘yicha dotsenti Sherzod Muminov Tarix assotsiatsiyasi jurnalining ham-muharrirlaridan biri deb e’lon qilinibdi.

@profsherzod’ga O‘zbek ilmiy hamjamiyatini xalqaro maydonda representatsiya qilishda muvaffaqiyat hamroh bo‘lsin!

@CJandLP
Edinburg universiteti Kriminologiya bo‘yicha ma’ruzachisi bugun PhD dissertatsiyasi himoyasida dissertatsiyani qabul qilib oluvchi ekspert sifatida ishtirok etayotib, sobiq kommunistik blok mamlakatlaridagi PhD dissertatsiyasi himoyalarini xotirlaganligi haqida yozmoqda.

Serbiyadagi holat sobiq kommunistik blok a’zolari bo‘lgan Sharqiy Yevropa mamlakarlaridanda kengroq hududlargilarga ana shunday xotiralarni va amaliyotni eslatishi mumkin.

@CJandLP
Mahkumlarga jazo o‘tash muddati mobaynida ularni jamiyatga tayyorlash uchun turli nodavlat-notijorat tashkilotlari tomonidan turli dasturlar, xususan ta’lim dasturlari taqdim etiladi.

Ammo, so‘nggi kriminologik tadqiqotlar jazo muddatlarining uzaytirilganligi (Three-strike, IPP kabi qonunlar orqali) oqibatida nafaqat mahkumlar sonining haddan tashqari ortib ketishi (overcrowding), balki ijtimoiy, ta’lim va psixologik qo‘llab-quvvatlov dasturlarini mavjud kontingentni qamrab ola olmasligiga olib kelgan. Natijada, qamoq jazosi mahkum uchun ham, ularning oila a’zolari uchun ham va jamiyat uchun ham samarasiz bo‘lib qolmoqda.

Sur’atda Angliya va Uels yurisdiksiyasida faoliyat yurituvchi Mahkumlar ta’lim trasti xayriya tashkiloti tomonidan tashkil etilgan substansiyalarni suiste’mol qilish onlayn kursi ishtirokchisining kurs haqidagi izohlari aks ettirilgan.

@CJandLP
Garchi umumiy tarixga ega bo‘lsada, Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan mamlakatlarda qamoqxonalar islohoti turli darajada amalga oshirilgan. Ana shunday turli natijalarga olib kelgan va o‘zaro yonma-yon bo‘lgan ikki Boltiqbo‘yi mamlakatlari bu Latviya va Litva sanaladi.

Qamoqxonalarni yevropacha standardlarga olib kelish maqsadida bu ikki mamlakat eng insonparvar tizimga ega Norvegiyadan jazo-siyosati transferini amalga oshirishga urinadi. Oqibatda, Norvegiya qo‘llab-quvvatlovi va treninglari asosida narkotik vositalari iste’moli ortidan jazo o‘tovchilar uchun Latviyada Olaine markazi va Litvada Pravieniškės bo‘limi tashkil etiladi.

Nadejda Burciu tomonidan e’lon qilingan tadiqiqot natijalariga ko‘ra, islohotlar muvaffaqiyatidagi farqlanish quyidagi asoslarga yuzaga keladi. Agar mamlakatda qamoq reformalarini amalga oshiruvchi rahbariyat nostabil va cheklangan vakolatlarga ega bo‘lsa hamda noformal boshqaruv qoldiqlari kuchli bo‘lsa hamda islohot strategiyasi fragmentlashgan bo‘lsa islohotlar Litvadagidek samarasiz kechadi. Aksincha, reforma qiluvchi doira stabil faoliyat yuritsa hamda islohotlar strategiyasi yagona bo‘lsa Latviya kabi muvaffaqiyat keysi bo‘lishi mumkin.

@CJandLP
Dunyodagi eng yirik avtomobil o‘g‘riligi qanday sodir bo‘lganini bilasizmi? Bu 1970-yillarda Shimoliy Koreya iqtisodiy o‘sish natijasidagi ehtiyojlarini qondirish maqsadida Shvetsiyaga 1000 ta Volvo 144 sedan avtomobillariga buyurtma beradi. Mazkur buyurtma uchun Shimoliy Koreya hukumati to‘lov amalga oshirishdan bosh tortgan.

Umuman olganda, bu shunchaki savdo bitimi bo‘lmagan, balki diplomatik munosabatlar sifatida yuzaga kelgan. Volvo kompaniyasi Shvetsiya hukumati vositachiligi asosida tovar yetkazib berishni amalga oshirgan. Shevtsiya hukumati esa, Shimoliy Koreya qarzlarini budjet hisobodan yopib bergan hamda bugungi kungacha yilda ikki marotaba invoys yuborib turadi. Qarzdorlik foizlar va soliqlarni inobatga olgan holda $322 millionga yetgan.

@CJandLP
👍1
Tilni dekolonizatsiya qilish

Sõnggi vaqtlarda Markaziy Osiyolik olimlar va tadqiqotchilar xalqaro doiralarda mintaqa mamlakatlari nomini yozishda kolonial yozuv shaklidan voz kechgan holda talaffuzning milliy tillarda yozuvda fonetik jihatdan tõğri aks ettirilishi ğoyasini ilgari surmoqda.

Bu harakat, garchi kichik qadam bõlsada, ramziy ahamiyat kasb etuvchi, muhim harakat deb qaralmoqda.

Demak, Qozoq va Qirğiz qõshnilarimiz tomonidan boshlangan harakatda takliflarga asosan mamlakat nomlarini

Kazakhstan emas, Qazaqstan;

Kirgizstan yoki Kirgiziya emas, Kyrgyzstan

shaklida ifoda etish fikri õrtaga tashlanmoqda. Bu takliflar, albatta, rasmiy pozitsiya emas, balki olim va tadqiqotchilarning mazkur masalaga shaxsiy yondashuvi õlaroq õrtaga tashlanmoqda.

#Õzbekiston

@CJandLP
Davlatning siyosiy õzligi abstrakt, alohida olingan, izolyatsiyalangan muhitda emas, balki 'boshqa davlatlar va xalqaro nodavlat aktorlar bilan munosabatga kirishishi yoki interaksiyalari orqali paydo bõladi' (Risse & Sikkink, 1999:11).

Xalqaro sotsializatsiya nazariyasiga kõra, ijtimoiy harakatning eng ideal 3 kõrinishini instrumental adaptatsiya, chuqurlashtirilgan diskurs va institutsionallashtirish tashkil etadi. Bu uchlik õziga xos spiral modelni tashkil etadi.

Xõsh bu spiral model qanday ishlaydi? Bunda inson huquqlari borasida yaxshi natijalarga ega bõlmagan davlatlar fuqarolarga nisbatan repressiv ta'sir choralarini qõllaydi. Natijada, inson huquqlari tashkilotlari bu masalalarni keng jamoatchilikka olib chiqadi. Xalqaro tashkilotlar davlatlarga inson huquqlari borasidagi umume'tirof etilgan standardlarga rioya etishga chaqiradi. Davlat bunday ayblovlarni rad etadi. Bu davlatning muayyan taktik konsessiyalar qilishiga olib boradi. U muayyan xalqaro hujjatlarni imzolaydi. Davlatda bu jarayon inson huquqlari haqidagi muhokamalarni chuqurlashtiradi. Konvensiylarning imzolanishi yangi institutlarning paydo bõlishi yoki mavjudlarini yaxshilanishiga olib keladi. Oxir-oqibat davlatda õzining retorikasi va institutsional õzgarishlari ta'sirida huquqqa amal qiluvchi xulq-atvor shakllanadi.

Iqtibos manbasi: Risse, Thomas, and Kathryn Sikkink. 1999. “The Socialization of International Human Rights Norms into Domestic Practices: Introduction.” In The Power of Human Rights: International Norms and Domestic Change, edited by Thomas Risse, Stephen C.

@CJandLP
Ishga taklif qilishning õziga xos, no-odatiy usuli: ‘biz bilan birga ishlang, biz uchalik yomon emasmiz’

@CJandLP
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Putin boshchiligidagi rus delegatsiyasining tashrifi davomida nutq sõzlar ekan davlatlararo munosabatlarda kuch dinamikasi õzgarib borayotganligini kõrsatib berdi.

Ingliz tilida bu power moves ya’ni dominantlikni amalda harakat qilish orqali õrnatish deyiladi. Toqayevning murojaatni rus tilida qilishini shaksiz deb kutgan rus delegatsiyasi quloqchinlarni qidirishga shoshib qoldi.

Albatta, Qozoğiston davlat rahbarining Qozoq tilida nutq sõzlashi tabiiy deb qabul qilinishi lozim. Biroq, hali ham kolonial va imperialistik fikrlash qobiğida fikr yurituvchi neo-kolonial/neo-imperial doiralarda bunday yondashuvning õzi mavjud emas.

@CJandLP
Birlashgan Qirollik Umumpalatasi Xalqaro munosabatlar bõyicha qõmitasi mamlakatning Markaziy Osiyo bilan munosabatlariga bağishlangan hisobotni 1999-yildan beri birinchi marta nashr etdi.

Unda CA5+UK formatidagi forumni tashkil etish taklifi ilgari surilgan, biroq, mutaxassislar bu forum namoyishkorlik nuqtai-nazaridan õtkazilishini aytmoqda. Buning sababi sifatida hozirda BQ boshqa yirik mamlakatlar darajasida emasligida deb qaralmoqda. Fransiya va Germaniyaning mintaqa bilan keng xalqaro aloqalarni yõlga qõyayotganligi shunchaki tanlov masalasida emas, balki ularning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi bilan xarakterlanadi.

‘“Global Britaniya”ning kuchi’—deb yozadi Exeter universiteti Siyosatshunoslik professori Jon Hetershou—‘qisqarib borayotgan qõllab-quvvatlash budjeti, muayyan darajadagi kichik qurolli kuchlari, tanqid ostida qolgan diplomatik xizmatida emas, Breksit natijasida zaiflashgan markaziy davlatida emas, bu uning biznes va madaniyat sohasidagi no-davlat aktorlaridir’.

@CJandLP
Boshi berk islohot

Rus imperiyasida, umumiy olib qaraganda, jazo, xususan, qamoq reformalari Yekaterina II nomi bilan boğlanadi. U Ğarbdagi ğoyalar va ideallarga tayanib knyazlik va cherkov yertõlalari hamda yoğochli ixotalangan ostroglarni toshdan qurilgan qamoqlarga almashtirish loyihasini amalga oshiradi.

19-asr õrtasida va sõngida Aleksandr I va Nikolay II tomonidan amalga oshirishi kõzlangan islohot dasturlari muvaffaqiyatsiz kechadi. Hattoki Nikolay Angliyada safari vaqtida HM Pentonville qamoqxonasi bilan tanishgan.

Oktabr inqilobidan sõng sovetlar kõplab tosh qamoqxonalarni (toshturmalar) buzib tashlagan yoki boshqa maqsadda qayta ixtososlashtirgan. Ularning õrnini mehnat lagerlari (1929-1956) va mehnat koloniyalari (1922-1997) egallagan.

Hozirgi kunda imperial qamoqxonalardan Butyrka, Vladimir-Markaziy va Rostov toshturmalari saqlanib qolgan.

Sur’atda: 19-asrdagi ostrog aks ettirilgan.

1/2

@CJandLP
Õqish uchun tavsiyalar:

Griffiths, A., 2022. Russian Prisons: St. Peter and St. Paul; the Schlüsselburg; the Ostrog at Omsk; the story of Siberian exile; Tiumen, Tomsk, Saghalien. DigiCat.
Adams, B.F., 2019. The Politics of Punishment: Prison Reform in Russia, 1863–1917. Northern Illinois University Press.

2/2

@CJandLP
Har safar ‘[b]iz progressiv islohotlarga tayyor emasmiz’ degan retorika quloğimga jaranglaganida Yekaterina II’ning Yevropalik Ma’rifatparvarlik davri (Enlightenment) mutafakkirlari bilan yozishmalari va ayrim hollarda ularning ayrimlarini imperial saroyga tashrifi natijasida humanizm, sivillik va sivilizatsiya ğoyalariga yõğrilgan islohotlar dasturiga rus oqsuyaklari ‘“yumshoq choralar” ma’rifatliroq xalqlarga xos, biz hali bunga tayyor emasmiz. Jinoyatlarni jazolash murakkablashib qoldi’ deb takidlagani yodga keladi.

@CJandLP