Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Jazo bu jinoyat odil sudlovining eng muhim institutlaridan biri sanaladi. Muayyan geografik hududda jazo g’oyasi, amaliyoti va ideallari qanday ekanligini aniqlash shu hududning madanaiyatini o’rganishni taqazo etadi.

Tadqiqot ishlarim uchun manba qidirib o’zbek va rus manbalaridan aytarlik ma’lumotlar topa olamdim. Qidiruv jarayonida Christian Robert Lange’ning Justice, Punishment and Medieval Muslim Imagination nomli ishga duch keldim.

Ishda Saljuqiylar imperiyasi davrida yoki boshqacha aytganda Islom klassik davrida jazo falsafasi va amaliyoti to’g’risida izlanishlar olib borilgan.

Jazo sotsiologiyasi, penologiya yoki jinoyat huquqiga qiziquvchilarga mazkur ish bilan tanishib chiqishni tavfsiya qilaman.

Christian Lange doktorlik dissertatsiyasini Harvard universitetida yoqlagan.


@CJandLP
2020-yilning so’nggi kunlarini o’tkazish bilan bir qatorda har birimiz kelgusi yil uchun rejalarimizni tuzishga kirishmoqdamiz. Biz yil so’ngini sarhisob qilar ekanmiz o’tgan yili shu pallada tuzgan rezolyutsiyalarimizni qay darajada realizatsiyalay olganligimiz haqida o’zimizga bot-bot savol beramiz.

Jamiyat ham o’zining faoliyatini salmoq va eng muhimi mazmun jihatidan optimallashtirish maqsadida yangi yil rezolyutsiyasi o’laroq o’z auditoriyasini aniqlash, uni kengaytirish kabi vazifalarni o’z oldiga qo’ymoqda.

Shu maqsadda tayyorlanga kichik bir so’rovnomani to’ldirishni sizning ixtiyoringizga havola etamiz. Kelgusi yilda o’z oldingizga qo’ygan marralarni zabt etishda davom eting.

O’ylaymizki, biz o’z loyihalarimiz bilan siz va maqsadlaringiz o’rtasidagi intervalni qisqartirishda sizga baholi qudrat ko’makdosh bo’lamiz.
Shimol va janub

Turli xil kriminologik adabiyotlar va umuman ilmiy ishlarni o’rganish jarayonida bugun dunyoning ikki qutbi haqida—global shimol va global janub–haqida so’z yuritiladi.

Atrof muhitni bilish, uni tushunishga harakat qilish borliqdagi narsa ba hodisotlarni klassifikatsiyash zaruratini taqazo etadi. Biz ularda muayyan umumiy va xususiy xususiyatlarni inobatga olib guruhlarga ajratib chiqamiz: sharq va g’arb, kun va tun, chuqur va sayoz kabi.

Insoniyat 20-asrda misli ko’rilmagan progressga erishish bilan bir qatorda bir qator inqirozlarni ham boshdan kechirdi. Bu davr mobaynida, masalan, sharq va g’arb tushunchasi qurollanish poygasi hamda ‘sovuq urush’ bilan xarakterlandi.

Yangi yuz yillikda globalizatsiya jarayoni chuqur ildiz otib fuqarolik va davlatning chegaralari o’zgardi. Endilikda global shimol atamasi dunyoning industrial demokratiyalariga nisbatan qo’llanila boshlandi. Rivojlanayotgan va nisbatan qoloq sotsiumlar, boshqa tarafdan, global janub atamasi orqali ifodalana boshlandi. Bo’linishda eng asosiy me’zon sifatida iqtisodiy taraqqiyot belgilab olingan.

Qo’shma Shtatlar Viskonsin universiteti (Wisconsin University) Biznes maktabi doktaranti Behzod Hoshimov kecha bir maqola e’lon qildi. Unda “[d]emokratlashtirish jarayoni”—deydi Behzod Hoshimov–“aholi farovonligini oshiradi, agarda biz darmadlarni oshirishni jamiyat uchun yaxshi amal deb qabul qilsak demokratiya hech bo’lmaganda mana shu maqsadni amalga oshirish vositasi bo’ladi.”
Iqtisodiy shimol va janub
Global dunyo ta’siri oqibatida bizning jamiyat ham u yoki bu darajada globallashib bormoqda.

Shubhasiz, pandemiyaning oqibati o’laroq ko’plab sohalarda raqamlashish tendensiyasi rejalashtirilgandanda tezlashib ketdi. Umumiy ovqatlanish shohobchalari, savdo uylari yoki boshqa servis ko’rsatuvchi dillerlardan xizmatlar harid qilganimizda bank kartalarimiz PIN kodini beparvolarcha jamoat oldida ovoz chiqarib aytish odat bo’lib qolgan, afsus.

Mazkur infografikada ‘kuryerlik vositasida firibgarlik’ qilish qanday bo’lishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Siz esa keyingi tranzaksiyangizdan boshlab karta PIN kodini o’zingiz kiritasiz yoki kontaksiz kartalar vositasida to’lov qilishni boshlaysiz deb umid qilamiz.
Criminal Justice & Legal Paradigm pinned «2020-yilning so’nggi kunlarini o’tkazish bilan bir qatorda har birimiz kelgusi yil uchun rejalarimizni tuzishga kirishmoqdamiz. Biz yil so’ngini sarhisob qilar ekanmiz o’tgan yili shu pallada tuzgan rezolyutsiyalarimizni qay darajada realizatsiyalay olganligimiz…»
Bir muddat oldin El-yurt umidi fondi moliyalashtirishi orqali Buyuk Britaniyaning Kembridj universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan Adham Xudayqulov haqida yozgan edik.

Kuni kecha Kun.uz maxsus dasturi oraqli Fondning xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka, magistratura hamda doktorantura bosqichlarida ta’lim olishni moliyalashtirish jarayonlari hamda bu borada nomzodlarning fikr-mulohazalari haqida dastur tayyorlabdi.

@CJandLP
Jazo sotsiologiyasi, jazo va jamiyat yoki penologiya deb ataluvchi fan tarmog’ida tadqiqot olib boruvchi ko’plab kriminologlar 21-asr jazo amaliyoti o’ziga xos xususiyat kasb etayotganligini e'tirof etib keladi. Xususan, Kristi Nils (Christie Nils) o’zining Crime control as an Industry nomli asarida dunyo globallashuv natijasida jinoyatlarni nazorat qilish sohasini industriyalashib ketganligini, David Garland bu hodisani ‘nazorat qilish madaniyatiga’ –– Culture of Control –– qiyoslagan.

Bunga asosiy sabab qilib global shimol kontekstida iqtisodiy-ijtimoiy siyosatning o’nglashuvi ko’rsatiladi. Anjela Devis (Angela Davis) 1880-yillar va 1980-yillar oralig’ida Kaliforniya shtatidagi ozodlikdan mahrum qilish muassasalari soni mavjud ko’rsatkich darajasidaga teng darajada ko’payganligini tanqid qiladi.

Suratdagi bino Kalifornia shtati Los-Anjeles shahrining markazida 10 akrli maydonda bunyod etilgan Egizak minoralar korrektsiya muassasasi (Los Angeles Twin Towers Correctional Facility, TTCF)

@CJandLP
Vorislik javobgarligi va korrupsiya

Qo’shma Shtatlarda paydo bo’lgan korrupsion jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan bir mexanizm diqqatga sazovor. Korporativ jinoyatlarni jilovlashning Amerikacha modeli korporatsiyalarni kengayish jarayonida (akvizitsiya jarayonida) shunday jinoyatlarni aniqlash, xabar berish hamda isbotlashda yordam beradi.

Fransiya modeli

Garchi Fransiya prokurorlari yaqin-yaqingacha bunday korporativ jinoyatlarni fosh etishda qiyinchiliklar girdobida qolib ketgan bo’lsada Fransiyada ham ushbu modelni joriy etilishi korporativ jinoyatlar va korrupsiyaning oldini olishda muhim qadam bo’ldi. 2020-yil 25-noyabrda Fransiya Oliy sudi (Cour de Cassation) akvizitsiya jarayonida qo’shib oluvchi korporatsiya qo’shib olingan korporatsiya tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgar bo’lishi to’g’risida qaror qabul qildi.

Bu qaror qabul qilinganidan so’ng fransuz va Fransiyadagi xorijiy kompaniyalar akvizitsiya-oldi shartnomalar mobaynida o’z tarkibiga qo’shib olmoqchi bo’lgan kompaniyalarning moliyaviy audit hisobotlarini o’rganib huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda prokuraturaga xabar beradigan bo’ldi.

Advokat ishtiroki

Bunday jarayonlarda advokatlar qanday ishtirok etishi mumkin? Jinoiy tergov jarayonida qo’llanilishi mumkin bo’lgan materiallarni tayyorlash uchun Fransuz Advokatlar Komissiyasi advokatlar uchun kasbiy majburiyat belgilab berdi.

Korrupsiyaga qarshi kurash: qayta nazar

Yuqoridagi mexanizm, shaksiz, garchi sust rivojlanayotgan va stagnatsiyalashuvlar davomiyligidan aziyat chekayotgan global janub mamlakatlari uchun yangicha yondashuv bo’lishi mumkin.

AQSh’da paydo bo’lgan Birlashgan Qirolliklarda 2014-yildan beri amalda bo’lgan bu vosita joriy etish tergov va jinoyat ishini nazorat qiluvchi organlar rutin faoliyatini bir qadar yengillashtirgan bo’lar edi.

@CLandLP
Crime & Justice Lecture Series

Criminal Justice & Legal Paradigm Jamiyati ‘Crime and Justice’ ruknida o’zining dastlabki online ma’ruzalari boshlanishini ma’mnuniyat bilan e’lon qiladi.

Agarda siz jazo sotsiologiyasi, penologiya hamda jazo va jamiyat deb nomlanuvchi fan tarmog’iga qiziqsangiz mazkur rukndagi online ma’ruzalarimizga sizni taklif etamiz.

Bizning dastlabki ma’ruzachimiz Professor Gevin Sleyd (Gavin Slade). Professor Sleyd Oksford universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Uning tadqiqotlari post-sovet mintaqasida ijtimoiy tartib va jinoyat adliyasi sohalari kesishgan nuqtani qamrab oladi.

2013-yilda uning Re-organizing Crime: Mafia and Anti-Mafia in Post-Soviet Georgia nomli kitobi Oxford University Press nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Dr. Slade asosan kriminologik jurnallarda, xusuan British Journal of Criminology, Theoretical Criminology, Law and Society Review and Punishment and Society kabi jurnallarda o’z maqolalarini e’lon qiladi.

Barchangizni 27-aprel kuni Zoom platformasida kutib qolamiz. Tadbirning vaqti va unga zoom havolani tez orada sizga ma’lum qilamiz.

@CLandLP
• Professor Gevin Sleyd bilan “Criminal Justice & Legal Paradigm” to‘garagi doirasida tashkil etilayotgan onlayn ma’ruzalarda ishtirok eting

Mashg‘ulot 27-aprel soat 15:00da boshlanadi va ZOOM platformasi orqali...

——————————

• Профессор Гэвин Слейд из Великобритании проведет онлайн-лекции, организуемые в рамках кружка «Criminal Justice & Legal Paradigm»

Занятие пройдет на платформе ZOOM на английском языке и начнется 27...

@tsulofficial
Suratda Leyden universiteti (Leiden University) Senat xonasi. Bu xonada mazkur universitetning PhD nomzodlari o’z dissertatsiyalarini formal himoya qilishadi.

Qoidaga ko’ra PhD darajasi uchun nomzod o’zining ikki assistenti––paranimfs––hamrohrohligida oppozitsiya komissiyasi oldida o’z dissertatsiyasini himoya qiladi.

@CJandLP
Leyden universiteti. PhD tezisi himoya qilanadigan ikkinchi bino––Ulkan auditoriya (the Great Auditorium)

@CL_andLP
Yaqinda Angliya va Uels yurisdiksiyasidagi Sayleks––CILEx The Chartered Institute of Legal Exicutives––deb nomlanuvchi huquqiy xizmat ko’rsatish institut jinoyat ishlarida advokat ishtiroki borasidagi o’z tadqiqotlarini e’lon qilgan.

So’nggi tadqiqotlariga ko’ra unga a’zo bo’lgan huquq amaliyotchilarining aksariyati jinoyat ishlarida advokat sifatida ishtirok etishni barqaror karyera sifatida ko’rmasliklari bois bunday faoliyatni to’xtatishni boshlagan.

Sayleksning ta’lim sektoridagi muassasalarida ta’lim oluvchi talabalar orasida jinoyat ishlari bo’yicha ixtisoslashuv istagi 50%gacha tushib 2012-yildagi 423tadan 213tani tashkil qilgan. Bu borada uy-joy oldi-sotdisi, fuqarolik-ishlariga ixtisoslashuv kabi tarmoqlarda faoliyat boshlash ko’rsatkichlari o’sib borayotgani kuzatilmoqda.

Institut vakillariga jinoyat ishlarida jinoyat ishlarini ko’rib chiqish suratiga qarab ish haqqi to’lash o’rniga oylik maosh to’lash taklifini ilgari surishmoqda. Bu chaqiriqdan so’ng Birlashgan Qirollik Adliya vazirligi o’zining mustaqil tekshiruv komissiyasi orqali jinoyat ish yurituvida yuridik yordam sohasidagi vaziyatni o’rganib chiqishga kirishgan.
Suratda Lyusi Mak Donald (Lucy McDonald).

Uning ‘Iltimos mazkur maqolaga layk bosing’ nomli mualliflik ishi Biralshgan Qirolliklarning Qirollik Falsafa instituti tomonidan e’lon qilingan esselar tanlovida g’olib deb topildi. Yozma ish institut tomonidan nashr etiluvchi Falsafa jurnalida chop etilgan.

Quyida mazkur ish haqida kichik post bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Kriminologiya

Huquq maktablarida talabalarga taklif etiladigan kurslardan biri aynan mana shu fandir. Post-sovet mintaqasida bu fanni jinoyat huquqiga yordamchi fan deb qaraladi va shu sababdan fan rivoji ‘global shimol’ning rivojlangan industrial davlatlariga qaraganda anchayin stagnatsiyalashgan, turg’un va muallaq deb baholanadi.

Kriminologiya faniga berilgan eng optimal ta’rif Chikago maktabi vakili Edvin Sazerland tomonidan berilgan. ‘Kriminologiya’––deydi Professor Sazerland––‘qonunlar yaratish, qonunlarni buzish va ularga nisbatan jamiyatning munosabatini o’rganuvchi fan tarmog’idir’. Demak, o’z-o’zidan ushbu ta’rif orqali tarmoqning bir necha eng muhim tarkibiy qismlarini ajratib ko’rsatish mumkin.

Birinchidan, fan muayyan shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan jamiyatdagi ijtimoiy tartibni o’rnatish, rivojlantirish va saqlab qolish uchun qonunlar yaratadi. Buning oqibatida u yoki bu shakldagi marginal guruhlar––irqiy, jinsiy, etnik va boshqa belgilarga ko’ra––paydo bo’ladi.

Ta’rifdagi ikkinchi xususiyat bu qonunlarning buzilishini nazarda tutadi. Kriminologiya siyosiy, ijtimoiy, psixologik nazariyalarga tayangan holda jinoyat sodir etgan shaxslarning xulq-atvorini o’rganadi hamda jinoyat sodir etilish sabablarini tushuntirib berishga harakat qiladi.

Uchinchi muhim element yuqoridagi har ikkila hodisaga jamiyatning munosabatini o’rganishni o’z ichiga qamrab oladi. Nima uchun muayyan jamiyatda boshqa(lar)iga qaraganda ayrim turdagi jinoyatlar sodir etiladi? Qanday ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy madaniy faktorlar bunga ta’sir qiladi? Nima uchun ayrim jamiyatlarda zo’ravonlik normal qabul qilinadi?

Quyida Sankt-Peterburgdagi Yevropa universiteti Huquqni qo’llash muammolari instituti kichik tadqiqotchisi Vladimir Kudryavsev Irina Shixmanning «А поговорить» ko’rsatuviga intervyu beribdi.

Albatta, suhbatda Vladimir jinoyatchilikni izohlashda asosan italyan ilmiy maktabining qarashlariga tayanib mulohaza yuritishga uringan. Ya’ni unga asosan olimlar jinoyatchilikka biologik fenomenon deb qaraydi. Ammo, ‘global shimol’ kontekstida bunday qarashlar o’zini oqlamagan. Ushbu mintaqadagi tadqiqotchilar jinoyat ijtimoiy konstruksiya deb qarab jinoyat sodir etish muayyan ijtimoiy kontekstdan rivojlanadi degan nuqtai-nazarni ilgari suradi.

Ana shunday nazariy qarashlardagi dikatomiya kriminologiyaning o’zagi sanaladi. Xullas, intervyuni tomosha qiling.

@CJandLP
Suratda Havai universiteti (Hawaii University, Mānoa) dotsenti (Associate Professor) Eshli Rubin (Ashley T. Rubin).

Eshlixonim 2013-yilda Berklidagi Kaliforniya universitetida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan.

Yaqinda u Stenford universiteti nashriyoti bilan hamkorlikda o’zining ‘Rocking Qualitative Social Sciences’ kitobini chop etdi. Kitobda muallif ilmiy tadqiqot qilishni cho’qqini zabt etishga qiyoslaydi hamda mazkur jarayonda tadqiqotchi oldida vujudga keladigan muammolarni qanday bartaraf etish mumkinligiga o’z nuqtai-nazarini bildiradi. Ushbu kitobni Amazon orqali harid qilishingiz mumkin.

Bundan tashqari, u ‘Deviant Prisons’ nomli monografiyasida Qo’shma Shtatlardagi Filadelfiya sharqiy davlat penitensiar muassasasi hamda Nyu York shtatida paydo bo’lgan Auburn tizimini orqali shtatlar darajasida jazo siyosatidagi penitentsiar muassasalar administratiyalarning rolini tahlil qiladi.

@CLandLP