Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Til reformalari va tabiiy tartib

Kecha lotin yozuviga asoslangan O‘zbek alifbosini isloh qilish yuzasidan alifboning bir necha harflarini optimallashtirish bo‘yicha loyiha e’lon qilindi. O‘zbek jamoatchiligi bu masalaning moliyaviy, ijtimoiy va siyosiy ahamiyati haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi. Ayrimlar uchun bu ulkan harajatlar, boshqalarga bu harajatlar amalda unchalik katta bo‘lmaydi. Yana kimlar uchun alifbo siyosatidagi bunday beqarorlikning mavjud bo‘lishi jamoatchilikning O‘zbek tilida emas, balki rus tilida ta’lim olishga bo‘lgan tanlovini chuqurlashtiradi.

Ha, albatta, bu nuqtai-nazarlarning barchasi muayyan darajada asoslarga ega. Ammo, sizga masalaga boshqa bir rakursdan qarashni taklif qilmoqchiman. Bu tilga davlat va jamiyat nuqtai-nazaridan yondashish, har ikkala tarafning islohotlarga munosabatini o‘rganishga va tabiiylik yondashuvi kelib chiqishiga qaratilgan.

1990-yillarning boshlarida Fors ko‘rfazida urush davom etayotgan bir paytda Fransiyada imlo qoidalari isloh qilinadigan bo‘ladi. Bu islohotlarga davlat va jamiyatdan turli reaksiyalar dinamikasi yuzaga keladi. Odatda istalgan jamiyatda alifbo yoki imlo siyosati bilan bog‘liq o‘zgarishlar bo‘lsa, alifbo va imlo ortodoksiyasi (ananaviy deb qaralgan siyosatni qo‘llovchilar) yangi islohotlar tilning yozuvda tabiiy ifoda etilishiga zarar yetkazadi deb qaraydi. Bunday tabiiylikning buzilishi tilning estetik go‘zalligiga salbiy ta’sir qiladi deb hisoblanadi. Biroq, jamiyatga tabiiy deb ko‘rinadigan mavjud imlo qoidalari qaysidir tarixiy bosqichda islohot nomi ositda ilgari surilgan siyosiy o‘zgarish natijasida yuzaga keladi. Tabiiylik esa davlat institutlari, xususan maktab, orqali jamoatchilikning mental (aqliy) va obyektiv strukturalariga to‘g‘ri talaffuz etish va uni yozuv shaklida aniq ifodalashda ko‘rinadigan ijtimoiy o‘rnatilgan forma bo‘lib muhirlanadi.

Bu o‘z-o‘zidan tabiiy tartibning ijtimoiy konstrukt ekanlgini hamda u zamon va makonda o‘zgarib turishini anglatadi.

@CJandLP
Global dunyoda neoliberal iqtisodiy siyosat yuritila boshlanishi bilan bir qatorda jamiyatlardagi ijtimoiy muammolar ko‘lami jihatdan o‘sib bordi. Bunday iqtisodiy siyosat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni suslashtirishga urg‘u qaratishi ortidan ana shunday ijtimoiy muammolar to‘planib bordi.

Neoliberal iqtisodiy siyosatni yurituvchi davlatlar oldingi ijtimoiy davlat (Welfare state) qo‘llab-quvvatlovidan mahrum bo‘lganlarni jinoiy adliya institutlari orqali kontrol qilishga o‘tgan. 1970-yillarda uncha katta bo‘lmagan 196,000 qamoq aholisiga ega Qo‘shma Shtatlar bugun deyarli 1,5 million mahkumni jamiyat ichidagi jamiyatlarda saqlamoqda.

Nyu York va erkin dunyo ikonasi va ramziga aylangan Ozodlik haykali yaqinida joylashgan Raykers orolidagi xususiy qamoqxonaga mahkumlarni saqlash uchun har mahkum uchun yiliga $556,539 miqdorida pul ajratiladi. Bu mablag‘ faqat mahkumga emas, ularni saqlovchi, nazorat inshoatlarni qurishga, korreksiya ofitserlarini moliyasiga yo‘naltirilishini o‘z ichiga oladi.

@CJandLP
Qo‘shma Shtatlar qamoqxonalarida saqlanayotgan mahkumlar dinamikasining 1970-2017-yillar davomida o‘sishi

Manba: Vera Institute of Justice

@CJandLP
TV-seriyalarida va real hayotdagi Peaky Blinders bir-biridan keskin farqlanadi. Tarixiy jinoiy to‘da seriyalardagi davrdan oldinroq faol bo‘lgan. Ularga berilgan mashhur nom ham keyinroq paydo bo‘lgan.

Birmengemdagi ko‘cha to’dalari slogging gangs yoki sluggers deb nomlangan. Keyinchalik, bu to‘da vakillari qirrali qalpoq kiyib uni bir tarafga og‘ishtirib ko‘zlarni to‘sib boshqa bosh old qismining narigi tarafidan sochning kokil qismini ko‘rsatib yurishgan. Peaky Blinders atamasi shundan paydo bo‘lgan.

Ularning jarahat yetkazish texnikasi ham seriyalarda o‘zgartirilgan. Qirrali qalpoqlar uchiga razor o‘rnatib boshqa to‘da a’zolariga jarohat yetkazilmagan. Jarohat yetkazish musht zarbalari, siniq g‘ish bo‘laklarini uloqtirish, kamarni qo‘lgan o‘rab urish va pichoqlash kabi texnikalarni o‘z ichiga olgan.

1/2

@CJandLP
Umuman olganda, Viktoriya Britaniyasida ko‘cha jinoyatlarining oshib ketishi yuqori kambag‘allik darajasi bilan belgilanadi. Paradoksal ravishda, dunyoning eng katta boyliklariga egalik qiluvchi mamlakat kambag‘allik domiga cho‘kkan. Qolaversa, industriallashtirish va temir yo‘llar qurilishi boy va o‘rta qatlam vakillari emas, balki ana shu qatlamning turar joylarini buzish hisobidan amalga oshirilgan.

Demografik jihatdan, yoshlar miqdori ko‘p bo‘lgan davrda o‘smirlar va yoshlar vaqtini mazmunli o‘tkazuchi joylar deyarli bo‘lmagan. Natijada, ular o‘rtasi kuchlilik va qattiq jismoniy holat bir-biriga baho berishdagi mezon bo‘lib qolgan. Bezorilar to‘dasi lokal shaharlardagi ko‘chalardan tortib, Liverpul, Manchester, Birmingemdan Londongacha shaharlararo raqobat qilgan.

Quyidagi havolada tarixchi Karl Chinn Birmingemdagi to‘daning kelib chiqishi va Viktoria Britaniyasi haqida qisqacha hikoya qiladi.

2/2

@CJandLP
Birlashgan Qirollikning mashhur sudyalaridan biri Lord Sampshen (Jonathan Sumption) mamlakat Yevropa Inson huquqlari sudidan chiqib ketishi kerak degan nuqtai-nazarni ilgari suribdi.

Keyingi postda uning nuqtai-nazari va unga berilgan kontr-argumentlar haqida batafsil yozib qoldiraman.

Sur’at manbasi: The Spectator nashri

@CJandLP
Birlashgan Qirollikda 1980-yillar ikkinchi yarimigacha davlat prokuratura xizmati mavjud bo‘lmagan. Tarixan bu funksiya huquqiy amaliyot bilan shug‘illangan shaxslar tomonidan xususiy yollanish tarzda amalga oshirib kelingan.

Qirollik Prokuratura xizmati jinoyat ishlarini tergov qilish bilan shug‘illanmaydi, balki politsiya tergovining qanchalik qonunchilik normalariga asosan amalga oshayotganligini nazorat qiladi. Bundan tashqari, politsiya tergovi yakuni yuzasidan ayb e’lon qilish prokuror tasdiqlovini taqazo etadi. Qolaversa, prokuror sudda jinoyat ishi yuzasidan ayblovni qo‘llab-quvvatlaydi va jinoyat jabrlanuvchilari bilan ishlashdan iborat vazifalarni bajaradi.

Bunday kompakt vazifalar doirasiga ega bo‘lish tashkiliy jihatdan idoraning o‘z vazifalarini imkon qadar to‘liq va sifatli amalga oshirishiga olib keladi. Tergov va tergovni nazorat qilish, ayblovni e’lon qilish hamda uni sudda qo‘llab-quvvatlashning chegaralari aniq belgilangan.

@CJandLP
Qorabog‘ning Ozarbayjon nazoratiga qaytishi bu katta tarixiy voqeylik. Bu Turkiy koridorni shakllanishidagi oxirigi yetishmayotgan element edi. Bu, mutaxassislarning fikricha, Turkiy davlatlarning Rossiyaning ta’siriga qarshi turishdagi o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

Qiziq tarafi, Qorabog‘da Ozarbayjonning yakuniy hamlasini amalga oshirish davomida, Aliyev hukumati Aleksandr Duginning Yevroosiyo harakatini mamlakatdagi koordinatorlarini hibsga olishga buyruq beradi. Bu, avvalo, ramziy ahamiyat kasb etib Rossiyaning mintaqadagi Yevroosiyo qarashi o‘zining so‘nggi pallasiga yetganligini Turkiy davlatlar birdamligi g‘oylari uning alternativi ekanligiga ishora qiladi.

Qolaversa, G‘arbda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kamaytirish yoki hattoki butunlay bekor qilish haqidagi diskursning paydo bo‘lishi baravarida Qozog‘istonning sanksiyalar rejimiga, kech bo‘lsada, qo‘shilishi Qozoq rasmiylarini ham o‘zlarini Rossiya ta’sir doirasidan holi bo‘layotgani ko‘rsatishga urinayotganligini ko‘rsatadi.

@CJandLP
1-oktabr

1964-yil 1-oktabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari universitetlari tarixiga so‘z erkinligi harakatining boshlanishi bilan muhrlanadi.

Aynan ana shu kuni Kaliforniya Berkli universiteti talabalarining yetakchilaridan biri Jack Weinberg politsiya tomonidan fuqarolik huquqlari bilan bog‘liq adabiyotlarni talabalar orasida tarqatganligi uchun hibsga olinishi ortidan kampusda boshqa talabala hamda professor-o‘qituvchilar uni himoyasini talab qilib norozilik bildirib chiqadi. Bu voqea tarixga So‘z erkinligi harakati deb kiradi.

Aynan mazkur universitet talabalarining noroziligi ortidan Qo‘shma Shtatlar hukumati apartiedchi Janubiy Afrika bilan ayrim hamkorliklariga chek qo‘yishga majbur bo‘ladi.

@CJandLP
🔥1
Niderlandiyaning Utrext universiteti o‘zining Times of Higher Education reyting tizimidan chiqqanligini e’lon qilibdi. Aniqrog‘i, universitet tomonidan reyting agentligiga ma’lumot taqdim qilinishi to‘xtatib qo‘yilganligidan so‘ng, uning natijalari bu yilgi reyting tizimiga kiritilmagan.

Reyting tizimi u yoki bu universitetda, ayniqsa ana shu reyting tizimiga kirishni o‘z oldiga qo‘ygan tranzitsion mamlakatlar muassasalarida, muyyan akademik va ilmiy qadriyatlarni paydo bo‘lishi va mustahkamlanishiga emas, balki noetik amaliyotlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunda reytingga kirish maqsadini amalga oshirishda har qanday choralar, xususan reyting ko‘rsatkichlarini manipulyatsiyalash, qandaydir impakt faktorga ega jurnallarda maqola chop etishga urinish oxir-oqibatda ilmiy hamjamiyatga o‘zida xos salbiy effektlar keltirib chiqaradi.

O‘tgan yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti dotsenti Valeriy Xan ana shu muammolar va ularni qanday yechish haqida o‘z fikrlarini bildirgan.

@CJandLP
👍1
Criminal Justice & Legal Paradigm
Siyosiy institutlar va bosh qomus 1993-yilning kuzida Rossiya Federatsiyasida nafaqat mamlakat, balki mintaqa kelajagiga ta'sir qiluvchi konstitutsiyaviy inqiroz yuzaga keladi. Unda o'sha vaqtdagi mamlakat prezidenti Boris Yeltsin masalani hal etish uchun…
Bu yil oktabr oyi Rossiya Federatsiyasida konstitutsiyaviy inqiroz sodir bo’lganligiga 30 yil to’ldi. Unda demokratik saylovda saylangan prezident va saylangan parlament o’rtasida ziddiyat yuzaga keladi hamda Oliy Sovet binosi tanklardan o’qqa tutiladi. Mintaqa esa hali hamon ana shu inqiroz keltirib chiqargan salbiy oqibatlarini boshdan kechirmoqda.

Bu voqea ‘qora oktabr’, ‘oq uy shturmi’, ‘oktabr qo’zg’aloni’ nomlari bilan tilga olinsada, rus etablishmentida deyarli ko’pchilik bu voqealarni esga olgisi kelmaydi. Hattoki, Sovetlar uyi binosi restovratsiya qilinayotgan bir davrda Qo’shma Shtatlardan tashrif buyurgan arxitektor Charles Jenkinsning tank snaryadlaridan zarar ko’rgan binoning yuqori qavatlarini qora granit bilan ajratib pardozlash taklifi rad etiladi.

@CJandLP
Qattiq jazo tarafdorlari, jumladan, oliy jazo tarafdorlari, odatda, u yoki bu keyslarda sud xatolikka yo’l qo’yishi ehtimolligi mavjud ekanini hamda bunday xatolarning real ko’lami qanday bo’lishi mumkinligini e’tibordan chetda qoldiradi.

1996-yilda Rossiya prezidenti huzuridagi Avf komissiyasi raisi Anatoliy Pristavkin hamda Inson huquqlari bo’yicha komissiya vakili Valery Borshchev tomonidan o’tkazilgan matbuot konferensiyasida yil davomida mamlakatda 53 ta o’lim jazosi ijro etilganligi aytilgan.

Afsuski, konferensiyada mazkur vakillari tomonidan 30 foiz o’lim jazosi bilan bog’liq sud ishlarida noto’g’ri hukm chiqarilganligi e’tirof etiladi.

@CJandLP
Xalqaro munosabatlarda davlatlarning global hamjamiyatdan uzilib qolishi 2 xil ko‘rinishda aks etishi mumkin. Ular pariya davlat (pariah state) va muammo tug‘diruvchi davlat (rogue state).

Pariya davlatlari diplomatik jihatdan global hamjamiyatdan uzilib qo‘yilgan, sanksiyalar rejimi qo‘llaniluvchi va odatda o‘z vatandoshlariga nisbatan umume’tirof etilgan inson huquqlarini buzuvchi davlat.

Muammo tug‘diruvchi davlat pariya davlatining xususiyatlari va shu bilan birga global xavsizlik hamda xalqaro tinchlikka tahdid soluvchi mamlakat.

Mazkur ikki konsept orqali bir vaqtning o‘zida tariflash mumkin bo‘lgan davlatlar sanoqli.

@CJandLP
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Birlashgan Qirollikda 2024-yilda Umumiy saylov bo‘lishi kutilmoqda.

Turli ideologik qarash tarafdorlari ora-orada qiziqarli parodiyalar tayyorlab turishadi.

Mana bunisi ham Tori partiyasi va ular shakllantirgan hukumat siyosati hamda saylov oldi dasturi haqida qisqa parodiya.

@CJandLP
😁1
Jinoyat va yosh egri chizig’i erroziyasi

Kriminologiyada yosh va jinoyat o’rtasidagi munosabatning ananaviy talqiniga ko’ra shaxslarning jinoyat sodir etish ehtimolligining pik nuqtasi shaxslarning so’nggi o’smirlik davriga borib taqalishi qabul qilingan.

Ammo so’nggi tadqiqotlar Qo’shma Shtatlarda bu trendning o’zgarib borayotganligini ko’rsatmoqda. Endi yoshlarning jinoyat sodir etish davri cho’qqisi taxminan 18 yoshdan boshlanib kech o’rta yosh davrigacha susayib borishi emas, balki ushbu pik 27 yoshga ko’tarilganligi qayd etilmoqda. Montana universiteti Sotsiologiya va kriminologiya kafedrasi assistent professori James Tuttle farqlanish indeksidan foydalanish orqali 2019-yildagi jinoyat va yosh egri chizig’i zo’ravonlik va mol-mulk bilan bog’liq jinoyatlar 1985-yildagidan keskin farq qilishini takidlaydi.

@CJandLP
👍2
Forwarded from Prof. Sherzod
Нафрат тўла дунёда инсонийликни йўқотмаслик муҳимлиги ҳақида

Охирги кунларнинг даҳшатли воқеалари мени ҳам жунбушга келтирди. Негатив ҳис-туйғулар ва ҳар томонни қамраб олган нафрат бўҳронидан ижтимой тармоқларга киргим келмай қолди. Бир нарсага яна амин бўлдим: бундай вазиятларда инсонлар ҳодисаларга инсон сифатида эмас, кимлигига таяниб жавоб қилмоқда.

Яъни, мусулмонлар мусулмон бўлгани учунгина Ҳамас тарафини олмоқда. Ҳамас билан Фаластин мухторияти фарқини, турли манфаатларини, кўп йиллик қарама-қаршилигини тушунмас, аммо мусулмонлигининг ўзи кифоя. Яҳудий борки, Исроил ёнини оляпти. Ич-ичидан арабу мусулмонлардан ҳайиқадиганлар ҳам Исроил томонида турибди. Қизиғи, булар орасида одатда Исроилни қаттиқ танқид қиладиган Оврўполик зиёлилар ҳам талайгина. Албатта, битта-яримта исломофоб ҳам бор.

Бу тарафкашлик гўёки табиийдек, лекин менимча бу ниҳоятда аянчли ҳолатдир. Чунки фақат эҳтиросларгагина аҳамият берилса (булардан энг осонлари - нафрат ва ғазаб),арабу яҳудий, япону инглиз, ўзбегу мексикаликни бирлаштирувчи пойдевор - инсонийлик йўқдек. Гўёки ақлан бир хиллигимизни, бир хил орзу-истакда яшашимизни тушуна туриб, барибир бўлинишга, тарафкашликка маҳкумдекмиз.

Бу аслида қўрқинчли фикрдир. Чунки миллату динга асосланмаган, тор бўлинишлардан юксакда турадиган инсонийлик бўлмаса, одамзод ҳолига маймунлар йиғлайди. Бир-биримизни сабаб-бесабаб ўлдиришдан тўхтатувчи куч айнан инсонийлик (humanism) бўлиши керак. Бошқа нарса фақат бўлинишни юзага келтиради. Қачонки инсонга мусулмон, ё эркак, ё немис, ё ногирон, ё қора танли сифатида эмас, инсон сифатида қараш ҳамма учун олий мақсад бўлмас экан, бу хавф ҳамиша кучли бўлади.

Аксар ОАВ, баъзи сиёсатчилар, сиёсий гуруҳлар (масалан, неофашистлар) бундай инсонийликни рад этиши тайин. Чунки бўлинишлар уларнинг манфаатларига мос келади. Бундай гуруҳлар инсонларни бир-бирига гиж-гижлаш йўли билан мақсадларига эришади. Divide et Impera.

Унинг устига, инсонийликни асраш куч ва ирода талаб қилади. Кўзларингизни очиқ тутишга ундайди. Фарзандларингизга дунёга соғлом назар билан қарашни, бўлинишга эмас, инсонийликка асосланиб яшашни ўргатишингизни талаб қилади. Булар осон вазифалар эмас. Айниқса нафрат тўла ҳозирги замонда.

Лекин ундан бошқа йўл йўқ.

Инсонийлик, бошқаларга инсонларча ёндашиш шунчаки "яхшилик" белгиси бўлиши шарт эмас. Аксинча, у тинч тараққиётнинг устунидир. Камида икки сабабга кўра инсонга инсондек қараш муҳим:

1. Ҳаммада инсоний ғурур бор. Сизга ёқмаган инсон бўлсин, сиз мусулмон сифатида "адашяпти" деб ҳисоблайдиган насроний ё яҳудий бўлсин, ё танангизнинг оч рангидан ғурурланиб, паст назар билан қарайдиганингиз ҳабаш бўлсин. Ҳар бир инсонда қадр-қиймат, ғурур, қолаверса кўнгил бор.

2. Кимлигидан қатъий назар, умумий мақсад йўлида бирлаша олиш - инсонни ҳайвондан фарқлайдиган энг асосий жиҳатдир. Ҳайвонлар орасида энг комил мулоқот воситаси - тил эгалари эканимиз бунга далолатдир.

Бошқалар билан мулоқот, ҳамкорлик қила олиш - инсонийлик ўзагидир, бўлиниш эмас. Бутун цивилизация шу қоидага асосланган. Тараққий этган, улғайган жамият борки, инсонларни дини, ирқи, жинси, ижтимоий келиб чиқиши ва ҳоказоларга қараб эмас, қўлидан нима келишига қараб баҳолайди.

Чунки инсонийлик ўрнини бўлиниш эгаллаганда, инсон инсон сифатида эмас, балки душман (яҳудий, мусулмон, аёл, ва ҳк) бўлиб гавдаланади. Сиздан тери ранги ё кўз шакли билангина фарқли, аммо бошқа нарсаларда ўхшаш инсон инсонийлигидан маҳрум бўлгач, нафратга лойиқ маҳлуққа айланади. Унга зарар бериш осонлашади. Инсонийликни ўлдириш - ваҳшийликни оқлашга биринчи қадамдир. 1930 йиллар Германиясида яҳудийлар, 70-йиллар Камбоджасида зиёлиларни, 1994 йил Руандасида Тутси қабиласи вакиллари инсонийликдан маҳрум қилинганини тарих эсидан чиқармайди.

Бу даҳшатларга қарамасдан, мен умидимни бутунлай йўқотмадим. Тарихчилар одатда медиа шовқини, қонли расмлар, шов-шувли чақириқларнинг овозини пасайтириб, масаланинг ўзагига қарашга ўрганган бўлади. Аммо оммани инсонийликка йўналтириш қийинлигини ҳам тушунаман. Шу сабабдан ҳам, инсонийликни асраш ҳаммамиз учун муҳимдир.

Каналга ёзилиш ➡️ https://t.me/profsherzod
Ushbu xatda Sovet Ittifoqi Ichki ishlar xalq komissari hamda davlat xavsizligi bosh komissari Yozhevning Stalinga murojaati aks ettirilgan.

Unda Yozhev Mikoyan so‘roviga ko‘ra Armanistonni anti-sovet elementlaridan tozalash uchun qo‘shimcha ravishda 700 ta dashnoq a’zolarini otuvga hukm qilish so‘ralganligi ma’lum qilgan.

Yozhev qo‘shimcha 1500 kishini, oldingi kiritilgan takliflar bilan hisoblaganda jami 2000 kishini otuvga hukm qilishni taklif qilgan.

@CJandLP
Keyingi yil noyabr oyida Qo‘shma Shtatlarda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Bu mamlakat saylovlarining o‘ziga xod jihati, albatta bu jihatdan ko‘plab tanqidlarga uchragan, unda eng ko‘p populyar ovoz olgan nomzod emas, balki eng yuqori ovozlar birligini taqdim etuvchi shtatlarda qo‘llab-quvvatlov olgan nomzod g‘olib deb topiladi. Masalan, 2016-yilgi saylovlarda Hillary Clinton Donald Trump’dan 1,322,095 ta ko‘proq ovoz olgan. Bunday Holat 2000-yilda Al Gore hamda kichik Bush qarama-qarshiligida ham kuzatilgan. Nizo hattoki, Oliy sudda ham ko‘rib chiqilgan. Gorening Oliy sud qaroriga munosabati butun dunyoni hayratga solgan.

Kelgusi saylovda prezidentlikka o‘z nomzodini ilgari surgan demokrat, respublikachi hamda mustaqil nomzodlar orasida qiziqarli shaxslar ham uchramoqda.

@CJandLP
Chexiyaliklar tomonidan tayyorlangan karikatura. Ushbu ish Rossiyaliklar va ularning televideniyasi sarlavhasi ostida tayyorlangan.

@CJandLP
😁1