Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Huquq va jamiyat

Huquq bu mavhum muhitda shakllanuvchi, rivojlanuvchi va o‘zgaruvchi hodisa emas. Uning paydo bo‘lishi muayyan zamon va makonda o‘zgarishi yoki yo‘qolib ketishi bu jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy faktorlar bilan chambarchas bog‘liq. Huddi shunday nuqtai-nazar huquqni qo‘llash amaliyoti bilan shug‘illanuvchi aktorlar yoki ijtimoiy agentlarga ham tadbiq qilinishi mumkin. Ushbu sotsial agentlarning u yoki bu huquq normasini turlicha qo‘llashiga yoki muayyan tarzdagi xulq-atvorni namoyish etishiga jamiyatdagi yuqorida sanab o‘tilgan faktorlar dinamikasi o‘z ta‘sirini o‘tkazadi.

Ayrim tahlilchilar o‘z kuzatishlarida jinoiy adliya institutlari ijtimoiy aktorlarining jamiyat bosimiga uchragan holda qabul qilayotgan muayyan qarorlaridan havotirda ekanligini bildirmoqda. Albatta, bu havotirlarning katta qismi o‘rinli, biroq shu bilan bir qatorda ana shunday qarorlarning qabul qilinishi tabiiy ijtimoiy jarayon. Jamiyat va jinoiy adliya institutlari o‘rtasidagi munosabatda kuch oqimini bir tomonlama deb qarab bo‘lmaydi. Aksincha, ularning har ikkalasi, garchi bu jarayonlar yurisdiksiyadan yurisdiksiyaga, rejimdan rejimga qarab farqlanib tursada, bir-birini shakllantirib turadi.

@CJandLP
👍1
Xalqaro shartnomalar dunyo siyosiy tartibini belgilashning bir instrumenti sifatida uzoq asrlardan beri insoniyat taraqqiyotini belgilab kelmoqda.

Ana shunday xalqaro shartnomalardan biri imperial Fransiya va Rossiya o’rtasida 1807-yil 9-iyulda imzolangan Tilsit bitimidir.

Bunday kelishuvlarning rasmiy e’lon qilingan hamda maxfiy bandlari ham mavjud bo’lgan. Rasmiy kelishuv bandlariga ko’ra Markaziy va Sharqiy Yevropa xaritasida yangi subyektlar paydo bo’ladi.

Shartnomaning maxfiy bandlari o’zi ichiga ruslar Usmonli turklar Yevropasini ‘ozod’ etishda Napoleonning ko’magini olishi, evaziga ruslar kontenental savdo tizimiga qo’shilgan holda Britaniya bilan savdo qilishni cheklashga rozi bo’ladi.

P.S.: Shartnomaning maxfiy bandlarida, shuningdek, Napaleonning Hindistonga Britanlardan olib qo’yish rejasi, bunda ruslar Eron orqali fors ko’rfaziga qarab fransuz qo’shinlariga yordamga kelishi haqida kelishuvlar kiritilganligi aytiladi. Bu haqida quyidagi podcastni tinglashingiz mumkin.
👍1
Ijtimoiy kontrol/nazorat

Jamiyatlar o‘zini turli formal (rasmiy) va informal (norasmiy) vositalar yordamida nazorat qiladi. Jamiyatshunoslik ana shunday nazorat turlaridan birini ijtimoiy kontrol/nazorat deb ataydi.

Ijtimoiy nazorat jamiyat o’zining ijtimoiy tartibi va hamjihatliligini saqlash uchun yo’naltiriladigan bosimda ifodalanadi. Ushbu bosim jamiyat a’zolari uchun muayyan standardlardagi xulq-atvorini o’rnatish va tartibga solish maqsadida turli mexanizmlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Ular uyaltirish, majburlash, zo’rlik ishlatish, cheklov o’rnatish yoki ishontirish kabi texnikalarni o’z ichiga qamrab olish mumkin.

Umuman olganda ijtimoiy nazorat ikki xil katta kanal orqali harakatga keltiriladi. Birinchisi bu jamiyatning alohida individlari orqali, boshqashi esa oila, mahalla, tanishlar kabi ijtimoiy institutlar yoki davlat, diniy muassalar, maktablar va ishxonalar kabi tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. Manbasidan qati nazar ijtimoiy nazoratning privorad maqsadi jamiyatda o’rnatilgan normalar va qoidalarga rioya etishni ta’minlashga qaratiladi. U odatda guruh a’zolari tomonidan deviatsiyaga uchragan (muayyan norma va qoidalardan og’ishayotgan), problematik (muammoli), tahdid soluvchi, xushlanmaydigan (undesirable) deb topilgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi.

Ijtimoiy nazorat haqidagi dastlabi diskurs Jon Lok, Tomas Hobbes, Jan Jak Russo kabi klassik hamda Karl Marks, Emil Durkhaym va Maks Ueber kabi modernist mutaffakirlarning ishlariga borib taqaladi.

#socialcontrols
@CJandLP
Kuni kecha O’zbekiston – 2030 strategiyasi tasdiqlanibdi. Uning IV bo’limi, 2-bobi Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimidagi islohotlarga qaratilgan.

Belgilab olingan ushbu maqsadlar ichida e’tibor qaratish muhim bo’lgan bir maqsad bu Sud va boshqa organlarning hujjatlarini ijrosini ta’minlashda ishlar toifasining 30% qismini xususiy sektor yordamida amalga oshirishdir.

Bu yerda ishlar toifasi deganda sudlarda ko’rib chiqiladigan ishlarning murakkabligidan kelib chiqqan holda uncha murakkab bo’lmagan ishlar kategoriyasini xususiy sektorga topshirish nazarda tutilgan bo’lishi mukin.

Ammo, sud qarorlarini ijro etish bu Maks Ueber ta’limotidan kelib chiqqan holda davlatning legitim kuch ishlatishga bo’lgan da’vosini xususiy sektorga topshirishni taqazo etadi. Bu esa dunyo ilmiy hamjamiyatida katta bahs-munozaralarga olib kelgan, muammoli amaliyotlar toifasiga kiradi. Chunki, sud qarorlarini ijro etish jarayoni ijro talablarini bajarishni rad etish, unga to’sqinlik qilish kabi aktlarda o’z ifodasini topishi mumkin. Ana shunday holatlarda Ueberning davlat haqidagi ta’rifi muhokamalar markaziga kelib qoladi.

@CJandLP
Forwarded from Prof. Sherzod
Юкхонанинг инглизчаси

Бундан ўн беш йилча олдин, Британияга энди талаба бўлиб келган пайтларда, маҳаллий такси хайдовчиси билан бўлган мулоқот хотирамда қолиб кетган. Ватанга қайтиш учун аэропортга кетаётган эдим, шу сабаб чемоданимни машинанинг юкхонасига қўйгандим. ("Юкхонанинг" бу ҳикояда тутган муҳим ўрнини ҳисобга олиб, айтиб ўтишим керак: ёзувни бошлаб, тушундимки, "багажникнинг" ўзбекчасини билмас эканман 😅 Твиттердаги ўқувчиларимдан сўрадим, "юкхонани" улар айтишди).

Боргунча хайдовчи билан суҳбатлашиб кетдик. Хайдовчи амаки ғирт инглиз экан. Яъни, бизнинг тасаввуримиздаги ғирт инглиз - оқ танли, маҳаллий аҳолидан, ёши каттароқ инсон. Ҳозирги кунда таксичилик касбини асосан менга ўхшаб четдан келганлар бажаради. Уларнинг орасида турк ёки курдлар, покистонлик ва бошқа Жанубий Осиёликлар кўп.

Манзилга етгач, юкхонани очишини сўраб, "Can you open the trunk, please?" деганимда, хайдовчи кутилмаганда "We call it the boot here. The Americans call it the trunk," деб жавоб берган. Яъни, биз юкхонани "бут" деймиз, "транк" деб уни Америкада айтасан, маъносида. Ҳазил сифатида айтган бўлса керак, аммо менинг тилимни шу тарзда тўғирлагани бироз қўрсликдек туюлган. Кўп йиллар ўтса-да, ана шу инглиз тили "дарси" эсимдан чиқмади. Аммо бошида бироз қўпол туюлган тўғирлаш аслида менга фойдали бўлганини ҳозир тан олмай иложим йўқ.

Британия инглиз тилиси билан Америка инглиз тилиси орасидаги фарқ қанчалик осон туюлса-да, аслида инглиз тили она тилиси бўлмаганлар ўзлари пайқамайдиган хатоларни қилишади. Дунёнинг катта қисми, табиийки Ҳолливуд филмлари таъсири остида, ўзи билмаган ҳолда АҚШча талаффуз ва лексика қўллашади. Буни Британия ё хоҳлаган бошқа давлат университетига ўқишга келган, она тилиси инглиз тили бўлмаган талабанинг талаффузидан билиш мумкин. 50-60 йил олдин Европа аҳолиси учун британча талаффуз стандарт ҳисобланган бўлса, ҳозирда улар ҳам асосан американча шевада сўзлашади. Мамлакатнинг, унинг маданиятининг таъсирини шундан билиш мумкин.

Кўп йилдан бери Британияда инглизча мулоқот қилиб келсам-да, ҳали-ҳануз иккала шеванинг фарқига тўлиқ бораман, деб ишонч билан айтолмайман. Гап бу ерда талаффуз ҳақида эмас, балки турли вазиятларда ишлатиладиган сўзлар, иборалар, ҳатто ундов сўзлари ҳақида. (Бир куни билган фарқларимни битта ёзув қиларман). Тажрибамдан битта мисол: китобим АҚШ нашриётидан чиқишини билганим учун, унинг устига дунё аҳолиси кўпроқ американча имлога ўргангани учун, бошидан охиригача американчада ёзишга қарор қилганман. Синчковлик билан, бир неча ой давомида, салкам 400 бетлик китобга айланган қўлёзмани британча сўзу орфографиядан "тозалаганман". Шунга қарамай, АҚШлик мусаҳҳиҳ опа қўлёзмани биринчи марта ўқиб чиққанидан сўнг менга "Китобда британча иборалар кўп экан, ижозатинг билан биринчи навбатда шуларни американчага ўгирсам, қарши бўлмайсанми?" деган имейл ёзган 😁

Билмадим, балки таксичи амаки АҚШнинг таъсирига қарши бўлгандир. Бундай эҳтимол йўқ эмас. АҚШ ва айниқса америкаликларга нисбатан танқидий назарга келганида, британияликларга етадиганлар жуда кам. Лекин фикримча, инглиз таксичи менга шунчаки "Британияга келдингми, шуни билиб қўй," маъносида гапирган. У шундай қилмаганида, ким билади дейсиз, ҳозир ҳам машинанинг юкхонасини trunk деб юрган бўлармидим?

Каналга ёзилиш ➡️ https://t.me/profsherzod
👍1
Qozog‘istonda 1929-56 yillar oralig‘ida Stalin davri siyosiy repressiyasi qurboni bo‘lganlar bilan bog‘liq 2,4 million arxiv kartalari ochiqlanganligi xabar qilinmoqda.

Aynan mazkur repressiyalar davrida Qozoq lagerlariga 5 milliondan ortiq shaxslar joylashtirilgan. Prezident arxiviga maxsus joylashtirligan shaxslarga doir 251 ming ish yuborilgan. Qozog‘iston Bosh prokuroturasi ma’lumotlariga ko‘ra yil yakuniga qadar yana 265 ming ish yuborilishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Sovet Ittifoqi tugatilgach Qozog‘iston sovet gulag muassasalarini ‘meros qilib olishda’ sobiq ittifoqdosh respublikalar bo‘yicha Rossiyadan keyingi o‘rinda bo‘lgan.

@CJandLP
Islohotlar dilemmasi

Nima uchun sud-huquq tizimidagi islohotlar tranzitsion/post-tranzitsion mamlakatlarda murakkab, ayrim hollarda esa muvaffaqiyatli kechmaydi deb savol qo’yilganida, unga javob berish bir qancha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.

Garchi bunday malakatlar tranzitsiya natijasida yangi huquqiy regulyatsiyalarni o’rnatsada, masalaning ildizi u yoki bu kontekstda, ma’lum bir geografik muhitda shakllangan siyosiy va ijtimoiy madaniyatga borib taqaladi.

Masalan, Sobiq Ittifoqdan ajralib chiqqan mamlakatlar sud-huquq tizimi, xususan, jinoiy adliya institutlarini xalqaro standardlarga moslash haqida bayonotlar beradi, muayyan xalqaro shartnomalarni imzolaydi, ularni ratifikatsiya qiladi hamda ularga rioya etish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.

Biroq, ana shu xalqaro normalar talablarini bajarish (komplayns) huquqiy regulyatsiyalarda aks topsada, ular bir vaqtning o’zida siyosiy va ijtimoiy madaniy kontekstda shakllanadi. Xalqaro normalardan milliy normalar darajasiga qabul qilingan ana shu normalar yuqorida takidlab o’tilgan madaniy determinantlar bilan ziddiyatli sharoitda ishlaydi. Bu ziddiyatlar islohotlar kirib borayotgan institutlarda huquq normalari shaklida tashqi dunyodan kelgan impulslar dinamikasi va ichki davlat ideologiyasi o’rtasida ikkita katta bahslashuvchi yondashuvni vujudga kelishiga olib keladi.

@CJandLP
Tranzitsion o‘zgarishlar haqida gap ketganida bunday davrni boshdan o‘tkazayotgan jamiyatlar ana shu jarayonlarni oldinroq boshdan kechirgan jamiyatlar qanday qilib rejim o‘zgarishiga erisha olganligi haqida fikr va mulohazalar yuritishi, keys stadilardan yaxshi ijobiy xulosa chiqara olishi juda muhim.

Ana shunday keys stadi sifatida o‘rganilishi lozim bo‘lgan mamlakatlar qatoriga, nazarimda, albatta Chili kiritilishi darkor.

Chilining iqtisodiy jihatdan o‘sishi erkin bozor ideallarini qo‘llab quvvatlagan qoida tariqasida Shtatlarning Chikago universitetida ilmiy darajani qo‘lga kiritgan Chililik Chikago yigitlari (Chicago Boys) bilan bog‘lanadi. Ular nafaqat iqtisodiyot, balki yangi ta’lim tizimini yaratishda ham o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan. Quyida ularning genezisi haqida qisqacha bayon qilishga harakat qilaman.

Qo‘shma Shtatlar davlat departamenti, Chikago universiteti hamda Chili Katolik universiteti o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan mazkur universitetda tahsil olgan Chililik iqtidorli yoshlar Shtatlarda doktorlik treningidan o‘tib ilmiy darajani olgach Katolik universitetiga ularni ishga olish majburiyati yuklanadi. Bu orqali ana shu yosh akademiklar yangi iqtisodchilar avlodlarini tayyorlashi ko‘zda tutilgan. Albatta, bunday o‘zgarishlarni amalga oshirish bir qancha murakkabliklarga duch kelgan.

Ananaviy ta’limda Chili ta’lim eski establishment vakillari Iqtisodiyot va menejment maktabi talabalariga asosan bojxona qoidalarini tushuntirish bilan cheklangan. Talabadan muayyan turdagi bojxona tovarilariga qancha boj stavkasi belgilanishi, turdosh turdagi tovarlarni belgilaridan ajratib olish orqali ularning ko‘nikmalari imtixon etilgan.

Chicago boys vakillari esa talabalarga statistika, iqtisodiyot nazariya, talab va taklif qonuniyatining bozorda qanday ishlashini tushuntirib berishga kirishgan va chinakam iqtisodiy ta’limni yo‘lga qo‘ya boshlagan.

Universitet kansleri bunga javoban ularni o‘z huzuriga chorlab talabalar hech narsa o‘rgana olmayotganligi haqida gaplar yurganligini aytadi. Qolaversa, Katolik universitetiga Chilining elitasi vakillari kelganligi sababli ularni imtixondan yiqitmanglar, aks holda ularning ota-onalari cherkovga xayriya qilishni to‘xtatib qo‘yishiga olib kelishini bildirgan.

Bu Chicago Boys’ning universitet kansleri bilan birinchi nizosi bo‘lmagan. Ular va kansler o‘rtasida universitetga yahudiy talabalarni qabul qilish bo‘yicha ham uzoq vaqt qarama-qarshi yondashuv mavjud bo‘lgan. Chikoda tahsil olgan yangi avlod akademiklari agar yahudiylar kvalifikatsiya talablarini bajarsa ularning universitetda o‘qishi tarafdori bo‘lgan. Yakunda bu qarama-qarshilikda ham ularning foydasiga hal bo‘ladi. Yahudiy talabalari ular o‘qitgan eng sara talabalar bo‘lib yetishib chiqadi. Ta’lim dasturiga qabul qilingan ilk yahudiy oxir-oqibatda Chikagoda o‘qishini davom ettirib Harvard’ga ishga joylashadi.

@CJandLP
Til reformalari va tabiiy tartib

Kecha lotin yozuviga asoslangan O‘zbek alifbosini isloh qilish yuzasidan alifboning bir necha harflarini optimallashtirish bo‘yicha loyiha e’lon qilindi. O‘zbek jamoatchiligi bu masalaning moliyaviy, ijtimoiy va siyosiy ahamiyati haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi. Ayrimlar uchun bu ulkan harajatlar, boshqalarga bu harajatlar amalda unchalik katta bo‘lmaydi. Yana kimlar uchun alifbo siyosatidagi bunday beqarorlikning mavjud bo‘lishi jamoatchilikning O‘zbek tilida emas, balki rus tilida ta’lim olishga bo‘lgan tanlovini chuqurlashtiradi.

Ha, albatta, bu nuqtai-nazarlarning barchasi muayyan darajada asoslarga ega. Ammo, sizga masalaga boshqa bir rakursdan qarashni taklif qilmoqchiman. Bu tilga davlat va jamiyat nuqtai-nazaridan yondashish, har ikkala tarafning islohotlarga munosabatini o‘rganishga va tabiiylik yondashuvi kelib chiqishiga qaratilgan.

1990-yillarning boshlarida Fors ko‘rfazida urush davom etayotgan bir paytda Fransiyada imlo qoidalari isloh qilinadigan bo‘ladi. Bu islohotlarga davlat va jamiyatdan turli reaksiyalar dinamikasi yuzaga keladi. Odatda istalgan jamiyatda alifbo yoki imlo siyosati bilan bog‘liq o‘zgarishlar bo‘lsa, alifbo va imlo ortodoksiyasi (ananaviy deb qaralgan siyosatni qo‘llovchilar) yangi islohotlar tilning yozuvda tabiiy ifoda etilishiga zarar yetkazadi deb qaraydi. Bunday tabiiylikning buzilishi tilning estetik go‘zalligiga salbiy ta’sir qiladi deb hisoblanadi. Biroq, jamiyatga tabiiy deb ko‘rinadigan mavjud imlo qoidalari qaysidir tarixiy bosqichda islohot nomi ositda ilgari surilgan siyosiy o‘zgarish natijasida yuzaga keladi. Tabiiylik esa davlat institutlari, xususan maktab, orqali jamoatchilikning mental (aqliy) va obyektiv strukturalariga to‘g‘ri talaffuz etish va uni yozuv shaklida aniq ifodalashda ko‘rinadigan ijtimoiy o‘rnatilgan forma bo‘lib muhirlanadi.

Bu o‘z-o‘zidan tabiiy tartibning ijtimoiy konstrukt ekanlgini hamda u zamon va makonda o‘zgarib turishini anglatadi.

@CJandLP
Global dunyoda neoliberal iqtisodiy siyosat yuritila boshlanishi bilan bir qatorda jamiyatlardagi ijtimoiy muammolar ko‘lami jihatdan o‘sib bordi. Bunday iqtisodiy siyosat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni suslashtirishga urg‘u qaratishi ortidan ana shunday ijtimoiy muammolar to‘planib bordi.

Neoliberal iqtisodiy siyosatni yurituvchi davlatlar oldingi ijtimoiy davlat (Welfare state) qo‘llab-quvvatlovidan mahrum bo‘lganlarni jinoiy adliya institutlari orqali kontrol qilishga o‘tgan. 1970-yillarda uncha katta bo‘lmagan 196,000 qamoq aholisiga ega Qo‘shma Shtatlar bugun deyarli 1,5 million mahkumni jamiyat ichidagi jamiyatlarda saqlamoqda.

Nyu York va erkin dunyo ikonasi va ramziga aylangan Ozodlik haykali yaqinida joylashgan Raykers orolidagi xususiy qamoqxonaga mahkumlarni saqlash uchun har mahkum uchun yiliga $556,539 miqdorida pul ajratiladi. Bu mablag‘ faqat mahkumga emas, ularni saqlovchi, nazorat inshoatlarni qurishga, korreksiya ofitserlarini moliyasiga yo‘naltirilishini o‘z ichiga oladi.

@CJandLP
Qo‘shma Shtatlar qamoqxonalarida saqlanayotgan mahkumlar dinamikasining 1970-2017-yillar davomida o‘sishi

Manba: Vera Institute of Justice

@CJandLP
TV-seriyalarida va real hayotdagi Peaky Blinders bir-biridan keskin farqlanadi. Tarixiy jinoiy to‘da seriyalardagi davrdan oldinroq faol bo‘lgan. Ularga berilgan mashhur nom ham keyinroq paydo bo‘lgan.

Birmengemdagi ko‘cha to’dalari slogging gangs yoki sluggers deb nomlangan. Keyinchalik, bu to‘da vakillari qirrali qalpoq kiyib uni bir tarafga og‘ishtirib ko‘zlarni to‘sib boshqa bosh old qismining narigi tarafidan sochning kokil qismini ko‘rsatib yurishgan. Peaky Blinders atamasi shundan paydo bo‘lgan.

Ularning jarahat yetkazish texnikasi ham seriyalarda o‘zgartirilgan. Qirrali qalpoqlar uchiga razor o‘rnatib boshqa to‘da a’zolariga jarohat yetkazilmagan. Jarohat yetkazish musht zarbalari, siniq g‘ish bo‘laklarini uloqtirish, kamarni qo‘lgan o‘rab urish va pichoqlash kabi texnikalarni o‘z ichiga olgan.

1/2

@CJandLP
Umuman olganda, Viktoriya Britaniyasida ko‘cha jinoyatlarining oshib ketishi yuqori kambag‘allik darajasi bilan belgilanadi. Paradoksal ravishda, dunyoning eng katta boyliklariga egalik qiluvchi mamlakat kambag‘allik domiga cho‘kkan. Qolaversa, industriallashtirish va temir yo‘llar qurilishi boy va o‘rta qatlam vakillari emas, balki ana shu qatlamning turar joylarini buzish hisobidan amalga oshirilgan.

Demografik jihatdan, yoshlar miqdori ko‘p bo‘lgan davrda o‘smirlar va yoshlar vaqtini mazmunli o‘tkazuchi joylar deyarli bo‘lmagan. Natijada, ular o‘rtasi kuchlilik va qattiq jismoniy holat bir-biriga baho berishdagi mezon bo‘lib qolgan. Bezorilar to‘dasi lokal shaharlardagi ko‘chalardan tortib, Liverpul, Manchester, Birmingemdan Londongacha shaharlararo raqobat qilgan.

Quyidagi havolada tarixchi Karl Chinn Birmingemdagi to‘daning kelib chiqishi va Viktoria Britaniyasi haqida qisqacha hikoya qiladi.

2/2

@CJandLP
Birlashgan Qirollikning mashhur sudyalaridan biri Lord Sampshen (Jonathan Sumption) mamlakat Yevropa Inson huquqlari sudidan chiqib ketishi kerak degan nuqtai-nazarni ilgari suribdi.

Keyingi postda uning nuqtai-nazari va unga berilgan kontr-argumentlar haqida batafsil yozib qoldiraman.

Sur’at manbasi: The Spectator nashri

@CJandLP
Birlashgan Qirollikda 1980-yillar ikkinchi yarimigacha davlat prokuratura xizmati mavjud bo‘lmagan. Tarixan bu funksiya huquqiy amaliyot bilan shug‘illangan shaxslar tomonidan xususiy yollanish tarzda amalga oshirib kelingan.

Qirollik Prokuratura xizmati jinoyat ishlarini tergov qilish bilan shug‘illanmaydi, balki politsiya tergovining qanchalik qonunchilik normalariga asosan amalga oshayotganligini nazorat qiladi. Bundan tashqari, politsiya tergovi yakuni yuzasidan ayb e’lon qilish prokuror tasdiqlovini taqazo etadi. Qolaversa, prokuror sudda jinoyat ishi yuzasidan ayblovni qo‘llab-quvvatlaydi va jinoyat jabrlanuvchilari bilan ishlashdan iborat vazifalarni bajaradi.

Bunday kompakt vazifalar doirasiga ega bo‘lish tashkiliy jihatdan idoraning o‘z vazifalarini imkon qadar to‘liq va sifatli amalga oshirishiga olib keladi. Tergov va tergovni nazorat qilish, ayblovni e’lon qilish hamda uni sudda qo‘llab-quvvatlashning chegaralari aniq belgilangan.

@CJandLP
Qorabog‘ning Ozarbayjon nazoratiga qaytishi bu katta tarixiy voqeylik. Bu Turkiy koridorni shakllanishidagi oxirigi yetishmayotgan element edi. Bu, mutaxassislarning fikricha, Turkiy davlatlarning Rossiyaning ta’siriga qarshi turishdagi o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

Qiziq tarafi, Qorabog‘da Ozarbayjonning yakuniy hamlasini amalga oshirish davomida, Aliyev hukumati Aleksandr Duginning Yevroosiyo harakatini mamlakatdagi koordinatorlarini hibsga olishga buyruq beradi. Bu, avvalo, ramziy ahamiyat kasb etib Rossiyaning mintaqadagi Yevroosiyo qarashi o‘zining so‘nggi pallasiga yetganligini Turkiy davlatlar birdamligi g‘oylari uning alternativi ekanligiga ishora qiladi.

Qolaversa, G‘arbda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kamaytirish yoki hattoki butunlay bekor qilish haqidagi diskursning paydo bo‘lishi baravarida Qozog‘istonning sanksiyalar rejimiga, kech bo‘lsada, qo‘shilishi Qozoq rasmiylarini ham o‘zlarini Rossiya ta’sir doirasidan holi bo‘layotgani ko‘rsatishga urinayotganligini ko‘rsatadi.

@CJandLP
1-oktabr

1964-yil 1-oktabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari universitetlari tarixiga so‘z erkinligi harakatining boshlanishi bilan muhrlanadi.

Aynan ana shu kuni Kaliforniya Berkli universiteti talabalarining yetakchilaridan biri Jack Weinberg politsiya tomonidan fuqarolik huquqlari bilan bog‘liq adabiyotlarni talabalar orasida tarqatganligi uchun hibsga olinishi ortidan kampusda boshqa talabala hamda professor-o‘qituvchilar uni himoyasini talab qilib norozilik bildirib chiqadi. Bu voqea tarixga So‘z erkinligi harakati deb kiradi.

Aynan mazkur universitet talabalarining noroziligi ortidan Qo‘shma Shtatlar hukumati apartiedchi Janubiy Afrika bilan ayrim hamkorliklariga chek qo‘yishga majbur bo‘ladi.

@CJandLP
🔥1
Niderlandiyaning Utrext universiteti o‘zining Times of Higher Education reyting tizimidan chiqqanligini e’lon qilibdi. Aniqrog‘i, universitet tomonidan reyting agentligiga ma’lumot taqdim qilinishi to‘xtatib qo‘yilganligidan so‘ng, uning natijalari bu yilgi reyting tizimiga kiritilmagan.

Reyting tizimi u yoki bu universitetda, ayniqsa ana shu reyting tizimiga kirishni o‘z oldiga qo‘ygan tranzitsion mamlakatlar muassasalarida, muyyan akademik va ilmiy qadriyatlarni paydo bo‘lishi va mustahkamlanishiga emas, balki noetik amaliyotlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunda reytingga kirish maqsadini amalga oshirishda har qanday choralar, xususan reyting ko‘rsatkichlarini manipulyatsiyalash, qandaydir impakt faktorga ega jurnallarda maqola chop etishga urinish oxir-oqibatda ilmiy hamjamiyatga o‘zida xos salbiy effektlar keltirib chiqaradi.

O‘tgan yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti dotsenti Valeriy Xan ana shu muammolar va ularni qanday yechish haqida o‘z fikrlarini bildirgan.

@CJandLP
👍1
Criminal Justice & Legal Paradigm
Siyosiy institutlar va bosh qomus 1993-yilning kuzida Rossiya Federatsiyasida nafaqat mamlakat, balki mintaqa kelajagiga ta'sir qiluvchi konstitutsiyaviy inqiroz yuzaga keladi. Unda o'sha vaqtdagi mamlakat prezidenti Boris Yeltsin masalani hal etish uchun…
Bu yil oktabr oyi Rossiya Federatsiyasida konstitutsiyaviy inqiroz sodir bo’lganligiga 30 yil to’ldi. Unda demokratik saylovda saylangan prezident va saylangan parlament o’rtasida ziddiyat yuzaga keladi hamda Oliy Sovet binosi tanklardan o’qqa tutiladi. Mintaqa esa hali hamon ana shu inqiroz keltirib chiqargan salbiy oqibatlarini boshdan kechirmoqda.

Bu voqea ‘qora oktabr’, ‘oq uy shturmi’, ‘oktabr qo’zg’aloni’ nomlari bilan tilga olinsada, rus etablishmentida deyarli ko’pchilik bu voqealarni esga olgisi kelmaydi. Hattoki, Sovetlar uyi binosi restovratsiya qilinayotgan bir davrda Qo’shma Shtatlardan tashrif buyurgan arxitektor Charles Jenkinsning tank snaryadlaridan zarar ko’rgan binoning yuqori qavatlarini qora granit bilan ajratib pardozlash taklifi rad etiladi.

@CJandLP